Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA LOYIHALASH TEXNOLOGIYASINING QO‘LLASHNING AHAMIYATI'

BOSHLANG‘ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA LOYIHALASH TEXNOLOGIYASINING QO‘LLASHNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
354
61
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
ta’lim / tadqiqot / loyiha / loyihalash / texnologiya / amaliy loyihalar / izlanish va mo‘ljal olish loyihalari.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — G‘ofurova Mahfuza Abbosovna, Mamasoliyeva Jahonbu Baxromjon Qizi

Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘quv jarayonlarida qo‘llaniladigan loyiha ishlari bilan tanishish, loyiha turlari va tuzilishi, bosqichlari va o‘tkazilish tartibiga oid umumiy tushunchalar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA LOYIHALASH TEXNOLOGIYASINING QO‘LLASHNING AHAMIYATI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

BOSHLANG'ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA LOYIHALASH TEXNOLOGIYASINING QO'LLASHNING AHAMIYATI

1G'ofurova Mahfuza Abbosovna, 2Mamasoliyeva Jahonbu Baxromjon qizi

1pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD),FarDU, 2FarDU magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.11060267

Annotatsiya. Maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'quv jarayonlarida qo'llaniladigan loyiha ishlari bilan tanishish, loyiha turlari va tuzilishi, bosqichlari va o'tkazilish tartibiga oid umumiy tushunchalar keltirilgan.

Kalit so'zlar: ta'lim, tadqiqot, loyiha, loyihalash, texnologiya,amaliy loyihalar, izlanish va mo'ljal olish loyihalari.

Аннотация: В статье даны введение в проектную работу, используемую в образовательном процессе учащихся младших классов, общие понятия о видах и структуре проектов, этапах и порядке реализации.

Ключевые слова: образование, исследования, проект,дизайн, технологии, прикладные проекты, исследовательские и целевые проекты.

Abstract. The article provides an introduction to project work used in the educational processes of elementary school students, general concepts of project types and structure, stages, and the order of implementation.

Keywords: education, research, project, design, technology, applied projects, research and target acquisition projects.

KIRISH

Mamlakatimizda xalq ta'limi tizimini rivojlantirish ustuvor yo'nalish sifatida qaralmoqda. 2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasini "Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi to'g'risida Prezidentimiz farmoni qabul qilingan. Shu asosda sifatli ta'limni amalga oshirish uchun umumiy o'rta ta'lim muassasalarining 1-4-sinflarida o'quvchilarni ilg'or xorijiy tajriba asosida ishlab chiqilgan darsliklar bo'yicha o'qitish ko'zda tutilgan. Bunga misol qilib muammoli ta'lim,keys study, STEAM,STEM va loyiha ishi kabi yangi innovatsion ta'lim texnologiyalarini das jarayonlariga olib kirish va bu orqali o'quvchilarda ijodkorlik va tasavvur dunyosini kengaytirishda foydalanish ko'zda tutilgan. Loyihalash texnologiyasi hozirgi kunda AQSH, Buyuk Britaniya, Belgiya, Isroil, Finlandiya, Germaniya, Rossiya, Italiya, Braziliya va Niderlandiya kabi rivojlangan mamlakatlarning ta'lim muassasalarida muvaffaqiyatli qo'llanib kelinmoqda. J.Dyu o'qitishni o'quvchilarning qiziqishi va ehtiyojini hisobga olgan holda o'quvchilarning muayyan maqsadga yo'naltirilgan faoliyatini faollashtirish orqali tashkil etishni taklif etgan. Buning uchun o'quvchilarga o'zlashtirgan bilim, ko'nikma va malakalarini amaliyotga qo'llash, ulardan kelgusi hayotda foydalanish yo'llarini ko'rsatish, ya'ni nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog'liq holda o'qitish lozimligini uqtirgan. Bu jarayonda o'quvchilar tanish vaziyatdagi ahamiyatga molik muammolarni avval o'zlashtirgan bilim, ko'nikmalarini amaliyotga qo'llab hal etish orqali yangi bilim, ko'nikma va malakalarni o'zlashtiradilar.

O'quvchilar muammolarni muvaffaqiyatli hal etishlari uchun o'qituvchi ularga tegishli ko'rsatmalar berishi, foydalaniladigan manbalarni tavsiya etishi, o'qitishdan ko'zlangan natijaga erishish yo'llarini ko'rsatishi, buning uchun muammoni hal etishda o'quvchilarning faoliyatini loyihalashi lozim.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

Loyihalash texnologiyasining asosiy g'oyasi amaliy yoki nazariy ahamiyatga molik bo'lgan muammoni hal etish jarayonida ko'zlangan natijaga erishishdir. Agar nazariy muammoni loyihalash lozim bo'lsa, uning aniq yechimi, agar amaliy muammo bo'lsa, amaliyotga qo'llash masalasi bo'yicha aniq tavsiyalar ishlab chiqish lozim.

O'quvchilar ushbu natijaga erishish uchun mustaqil fikr yuritish ko'nikmalarini egallagan bo'lishlari, muammoni anglash va uni hal etish yo'llarini izlashlari bu borada avval o'zlashtirgan bilimlaridan foydalanishlari, fanning turli sohalarida izlanishlar olib borishlari, olinajak natijalarni bashorat qilish, turli yechimdagi variantlar ishlab chiqish, sabab-oqibat bog'lanishlarini tasavvur qilishlari zarur.

Loyihalash texnologiyasining asosiy g'oyasi amaliy yoki nazariy ahamiyatga molik bo'lgan muammoni hal etish jarayonida ko'zlangan natijaga erishishdir. Agar nazariy muammoni loyihalash lozim bo'lsa, uning aniq yechimi, agar amaliy muammo bo'lsa, amaliyotga qo'llash masalasi bo'yicha aniq tavsiyalar ishlab chiqish lozim.

O'quvchilar ushbu natijaga erishish uchun mustaqil fikr yuritish ko'nikmalarini egallagan bo'lishlari, muammoni anglash va uni hal etish yo'llarini izlashlari bu borada avval o'zlashtirgan bilimlaridan foydalanishlari, fanning turli sohalarida izlanishlar olib borishlari, olinajak natijalarni bashorat qilish, turli yechimdagi variantlar ishlab chiqish, sabab-oqibat bog'lanishlarini tasavvur qilishlari zarur.

Loyihalash texnologiyasining asosiy mohiyati ma'lum bir muammoli vaziyatni vujudga keltirish orqali o'quvchilarning qiziqishlarini orttirish, loyihalash faoliyatini shakllantirish, ularning tegishli bilimlarni egallashlari, fanlararo bog'lanishlarni amalga oshirish sanaladi.

Loyihalash texnologiyasining asosiy g'oyasi: o'rganilayotgan bilim, ko'nikmalar menga nima uchun zarurligi va undan qayerda va qay tarzda foydalanishni bilaman. Bu g'oya o'quvchilarning fan asoslarini ongli o'zlashtirishlari, hayotga moslashishlari va mo'ljalni to'g'ri olishlariga yordam beradi.

Matematikani o'qitishda o'qituvchi loyihalash texnologiyasidan o'quvchilarning qiziqishi va qobiliyatlarini hisobga olgan holda nafaqat darsda o'quv muammolarini hal etishda, balki darsdan va sinfdan tashqari ishlarda ham ijodiy muammolarni hal etishda foydalanishi zarur.

Loyihada ko'zda tutilgan faoliyatning ustunligiga ko'ra:

1. Tadqiqot xarakteridagi loyihalar;

2. Ijodiy xarakterdagi loyihalar;

3. Rolli loyihalar;

4. Amaliy xarakterdagi loyihalar;

5. Izlanish va mo'ljal olishga mo'ljallangan loyihalar.

Loyihalarning predmeti va mazmuniga ko'ra:

1. Bir fan sohasini qamrab olgan loyihalar;

2. Fanlararo izlanishni talab etadigan loyihalar.

Loyihalar xarakteriga ko'ra:

1. Aniq natija olishga mo'ljallangan loyihalar;

2. Ko'p yo'nalishli natija olishga mo'ljallangan loyihalar.

Loyihada ishtirok etadigan qatnashchilar soniga ko'ra:

1. Yakka tartibdagi loyihalar;

2. Ikki o'quvchiga mo'ljallangan loyihalar;

3. O'quvchilarning kichik guruhlarda ishlashiga mo'ljallangan loyihalar.

Loyiha ko'lamiga ko'ra:

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS" April 26, 2024

1. Bir sinf o'quvchilariga mo'ljallangan loyihalar;

2. Maktab o'quvchilariga mo'ljallangan loyihalar;

3. Shahar miqyosida hal etilishi mo'ljallangan loyihalar;

4. Mamlakat miqyosida hal etilishi mo'ljallangan loyihalar;

5. Dunyo miqyosida hal etilishi mo'ljallangan loyihalar.

Loyiha muddatiga ko'ra:

1. Qisqa muddatli;

2. Uzoq muddatlilarga ajratiladi.

Tadqiqot xarakteridagi loyihalar. Ushbu loyihalarning tuzilishi juda yaxshi ishlangan, jumladan, loyihada ishtirok etadigan qatnashchilar uchun tadqiqot predmeti, dolzarbligi, ijtimoiy ahamiyati, foydalaniladigan metodlar, tadqiqotlar va tajribalar o'tkazish, natijalarni rasmiylashtirish metodlari aniq bo'lishi kerak. Mazkur loyiha mantiqan to'lig'icha ilmiy tadqiqot muammolariga yaqinlashgan va uning yechimiga mos va bo'ysingan bo'lishi kerak.

Ijodiy xarakterdagi loyihalar. Mazkur loyihani hal etishda qatnashchilardan ijodiy yondashish talab etiladi. Ijodiy loyihalarning tadqiqot xarakteridagi loyihalardan asosiy farqi, ularning mantiqiy strukturasi avvaldan belgilanmaydi, balki loyihaning yechimi davomida shakllantiriladi. Ijodiy loyihada qatnashchilarning qiziqishi, motivi, ehtiyojiga ko'ra loyihaning yo'nalishi, olinajak natija belgilanadi. Lekin loyihada ko'zda tutilgan natijani rasmiylashtirish va jihozlashda qat'iy talab qo'yiladi.

Rolli o'yin loyihalari. Ushbu loyihalarda struktura aniqlanmaydi va ish tugagunga qadar ochiq bo'ladi. Loyiha qatnashchilari muayyan rollarni bajaradilar. Rollarga muvofiq holda ularning vazifalari aniqlanadi. O'yin syujetiga muvofiq ular rollarni bajarishi, tegishli hollarda "mansabdor shaxs" sifatida muloqotga kirishishi, bunda mavjud qobiliyat va iste'dodlari, o'zlashtirgan bilim, ko'nikma va malakalarini safarbar etishlari lozim. Loyihani hal etish jarayonida ko'zlangan natijaga erishishlari uchun juda ko'p mehnat qilishlari, izlanishlari, mustaqil va ijodiy fikr yuritishlari, mustaqillik va onglilik talab etiladi. Bu yerda ijodiy izlanish mavjud, lekin o'quvchilar ma'lum rollarni bajarish orqali loyiha hal etilganligi sababli rolli o'yin loyihalar sanaladi.

Izlanish xarakteridagi loyihalar. Loyihalarning bu tipi muayyan bir mavzu bo'yicha axborot va material to'plash, to'plangan axborot va materiallar bilan loyiha qatnashchilarini tanishtirish, ularni tahlil qilish, faktlarni umumlashtirish, olingan natijalarni rasmiylashtirishni o'z ichiga oladi. Mazkur loyihalar tadqiqot xarakteridagi loyihalar bilan uyg'unlashib ketadi va uning bir qismiga aylanishi mumkin. Izlanish xarakteridagi loyihalarning strukturasi quyidagicha bo'lishi mumkin:

kerakli bo'lgan axborotni izlash manbalari; izlanish bosqichlari;

to'plangan axborot, materiallar, faktlar ustida tahlil o'tkazish; xulosa yasash;

izlanish yo'nalishiga o'zgartirishlar kiritish; yangi faktlarni to'plash; umumlashtirish va xulosa yasash; olingan natijalarni rasmiylashtirish.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

Bu toifadagi loyihalardan sinfdan tashqari mashg'ulotlarda foydalanish mumkin. Bular jumlasiga quyidagi mavzulardagi loyihalarni kiritish mumkin: O'zbekistonning "Qizil kitob"i ga kiritilgan o'simliklar va hayvonlar, O'zbekistonda paxtachilikning rivojlanishi, O'zbekistonning dorivor o'simliklari va b.

Amaliy xarakterdagi loyihalar. Bu toifadagi loyihalar qatnashchilar faoliyatidan kutilgan natijalarning aniq belgilanishi bilan xarakterlanadi. Mazkur natija amaliy va ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lishi lozim. Bunday loyihalarda loyiha ssenariysi, qatnashchilarning vazifalari, natijaga erishish bosqichlari, foydalaniladigan metodlar, olingan natijalarni rasmiylashtirish shakllari aniq belgilanishi kerak. Bunday loyihani amalga oshirishda qatnashchilarning har birining ulushi, yakka tartibda va kichik guruhda olib boriladigan ishlar natijalari, taqdimot, olingan natijalarni amaliyotga qo'llash yo'llari ko'rsatiladi.

Bu toifadagi loyihalardan sinfdan tashqari mashg'ulotlarda foydalanish maqsadga muvofiq. Jumladan, tirik tabiat burchagida boqiladigan to'ti va boshqa hayvonlarning ovqat ratsionini tuzish, O'zbekistonga kelib-ketuvchi qushlarning kelish, uya qurish, ko'payish, uchib ketish muddatlari, ularning keltiradigan foydasi, qishlash joyi, ularni muhofaza qilish tadbirlarini o'rganish bo'yicha loyihalarni o'quvchilarning kichik guruhlariga tavsiya etish joiz.

Loyihalar predmeti va mazmuniga ko'ra, bir fan sohasini qamrab olgan loyihalar, fanlararo izlanishni talab etadigan loyihalarga ajratiladi. Bu loyihalarni shakllantirishda o'qituvchi biologiya sohasidagi muammoli, qiyin mavzularni olishi mumkin. Mazkur loyihalar biologiyani o'qitishda tabiiy fanlar, adabiyot, ma'naviyat, madaniyat, san'at va gumanitar fanlar bilan fanlararo bog'lanishni amalga oshirishga imkon beradi.

Matematikani o'qitishda o'qituvchi loyihalash texnologiyasidan foydalanishi uchun:

a) loyihalar toifasi, mavzusi va qatnashchilar sonini aniqlashi;

b) loyihani amalga oshirish uchun turli variantlardagi muammolar zanjirini tuzishi;

c) loyiha predmeti, vazifasi va bosqichlarini aniqlashi;

d) loyiha qatnashchilari uchun topshiriqlar tuzishi va ularni a'zolar o'rtasida

taqsimlashi;

e) ilmiy-izlanish, tadqiqot mavzulari bo'yicha o'quvchilarning yakka tartibdagi,

juftlikda yoki kichik guruhlarda mustaqil izlanishlarini tashkil etishi;

f) loyihadan kutilgan natijalarni aniqlashi, uni rasmiylashtirish va taqdimotini

belgilashi;

g) loyiha ishini yakunlashi, baholash mezoni va xulosalar yasash yo'llarini aniqlashi

lozim.

Loyihalash texnologiyasi rivojlantiruvchi ta'limga asos bo'ladi. O'quvchilarda aqliy faoliyat ko'nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishga zamin tayyorlaydi, ijodiy faoliyatning shakllanishiga asos bo'ladi. Ma'lumki, ijodiy faoliyat ta'lim mazmunining uchinchi tarkibiy qismi sanalib, uni o'qituvchining tayyor axboroti orqali shakllantirib bo'lmaydi.

O'quvchilar loyihalar yechimi ustida ishlar ekan, ular avval o'zlashtirgan bilim va ko'nikmalarini yangi vaziyatlarda qo'llab, yangi bilimlarni o'zlashtiradilar, shu tariqa ijodiy faoliyat tarkib topadi.

Buning uchun:

1. O'quvchilarga tayyor bilimlar berilmasdan, balki ularni bilimlarni mustaqil o'zlashtirish usullarini egallash, amaliy va bilishga oid muammolarni avval o'zlashtirgan bilim, ko'nikmalarini qo'llab hal etishga o'rgatish zarur;

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

2. Muloqotga kirishish ko'nikma va malakalarini egallashning ahamiyati, turli ijtimoiy rollarni bajarishda va kichik guruhlarda ishlash ko'nikmasiga ega bo'lish zarurligini tushuntirish;

3. Bitta muammoni hal etish uchun har xil nuqtai nazarni bayon etish, boshqa tabiiy fanlar hamda ma'naviyat va madaniyat kabi jabhalarda izlanishlar olib borish zarurligini tushuntirish;

4. O'quvchilarning tadqiqot metodlaridan foydalanish ko'nikmasiga ega bo'lishning ahamiyati, zarur axborotlar, faktlar, materiallar to'plash, ularni turli nuqtai nazardan tahlil qilish, farazlarni ilgari surish, xulosa va yakun yasash lozim.

Matematika darslarida o'quvchilar uchun ko'plab loyiha ishlari uchun qiziqarli va hayotiy mazmundagi mavzuviy ishlar juda ko'p. ulardan biri bu oilaviy byudjetni hisoblash va bu loyiha topshirig'i qisqa muddatli topshiriq hisoblanadi. Bu topshiriq individual tarzda olib boriladi, o'quvchilar ota-onalari yordamida oilaviy budjetlari va sarf harajatlarini hisoblab chiqishadi va diagramma ko'rinishida ifodalab berishadi. Agar 3oylik byudjet va sarflar hisoblansa va ularning o'rtachasi topilishi bilan amalga oshiriladigan loyiha topshirig'ini olinadigan bo'lsa u holda loyiha uzoq muddatli loyiga turiga kiradi. Bu topshiriq orqali o'quvchi nafaqat matematik hisoblashni, balki ayni bir vaqtda iqtisodiy bilimlarni egallab boradi. Quyida biz topshiriqning bajarilgan namunaviy loyihasini berib o'tamiz.

Xulosa

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki loyihalash ishlarini olib borishda ularning turlarining mohiyatiga qarab berilsa, o'quvchilar yuqorida qayd etilgan ko'nikma va

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

malakalarni egallaydilar va ular doimo o'zgarib turadigan hayotga tezroq moslashishga, turli muammoli vaziyatlarni tahlil qilib ulardan chiqishning muqobil variantini topishga, turli vaziyatlarda mo'ljalni to'g'ri olish va har xil jamoalarda ishlab ketish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, matematik ta'lim-tarbiya jarayonida "Loyihalash texnologiyasi"dan to'g'ri foydalanish orqali o'quvchilarda tayanch hamda fanga oid xususiy kompetensiyalarni rivojlantirishda ko'zlangan samaradorlikka erishilishi kafolatlanadi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. 2022-2026 yillarga

2. mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasini "Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi to'g'risida. 2023-yil 28-fevral

3. Тожиев М., Алимов А.Я., ^учкаров Д.У. Педагогик технология таълим жараёнига татбиги (Бошлангич таълимда математика укитиш методикаси фани дарсларининг лойихдси) -Тошкент. "Тафаккур" нашриёти. 2010, -148 б.

4. Muslimov, N., Usmonboeva, M., Sayfurov, D., & To'raev, A. (2015) Innovatsion ta'lim texnologiyalari. Sano-standart. Repyova I.R. 4-sinf Matematika. Darslik - T. "Novda Edutainment" nashriyoti 2023.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

5. Alijon, A., Xoldorovich, S. Z., & Abbosovna, G. M. kizi, MMA.(2022). Technology of Individualization of Learning. Spanish Journal of Innovation and Integrity, 6, 291-297.

6. Gofurova, M. A. (2020). Development of students' cognitive activity in solving problems. ISJ Theoretical & Applied Science, 1(81), 677-681.

7. Gafurova, M. A. (2021). Developing Cognitive Activities of Primary School Students based on an Innovative Approach. International Journal of Multicultural and Multireligious Understanding, 8(10), 236-242.

8. Gafurova, M. (2021). Intellectual and Cognitive Activities of School Pupils. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(2), 447-450.

9. Mamasoliyeva.J.(2024) effects of applying project technology in primary class mathematics lessons. Scientific Bulletin of Namangan state university,2, 410-416

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.