Научная статья на тему 'BOLANING KELAJAKDA KASB TANLASHIDA OTA-ONANING TA’SIRI PROFI UNIVERSITY'

BOLANING KELAJAKDA KASB TANLASHIDA OTA-ONANING TA’SIRI PROFI UNIVERSITY Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
kasb tanlash / teran mushohada / keng dunyoqarash / mustahkam poydevor.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Eshmo‘Minova Sitora Sherali Qizi

Ushbu maqolada, yoshlarning kasb tanlayotganida ota-onaning ta’siri va unga turlicha qarashlar va yechimlar haqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOLANING KELAJAKDA KASB TANLASHIDA OTA-ONANING TA’SIRI PROFI UNIVERSITY»

"MANAVIY BARKAMOL YOSHLAR YANGI OZBEKISTON BUNYODKORI" XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN 2024-YIL 16-MAY

BOLANING KELAJAKDA KASB TANLASHIDA OTA-ONANING TA'SIRI PROFI UNIVERSITY

Eshmo'minova Sitora Sherali qizi

"Ingliz tili va adabiyoti yo'nalishi" 1-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11217684

Annotatsiya. Ushbu maqolada, yoshlarning kasb tanlayotganida ota-onaning ta'siri va unga turlicha qarashlar va yechimlar haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: kasb tanlash, teran mushohada, keng dunyoqarash, mustahkam poydevor.

Darhaqiqat, kasb tanlash inson hayotidagi muhim qadamlardan biri. Kasb-nafaqat daromad topish manbayi, balki umrning asosiy qismi sarflanadigan faoliyati hamdir. Shu bilan birga, har bir o'smir yoshdagi bolalar kasb tanlayotganda, turli xil hodisalarga duch kelishadi. Shuningdek, ba'zi bir yoshlar kasbni o'z xohish-istaklariga tayanib tanlashsa, ayrim ota-onalar farzandlarining poydevorini o'zlari barpo etishni xohlashadi. Xo'sh, yosh avlodning xohish-istaklari bilan hisoblashmaslik qay darajada to'g'ri?

Inson bolasi dunyoga kelarkan turfa xil fikrlar olami qurshovida qoladi va ular ta'sirida voyaga yetadi. Aniqroq qilib aytadigan bo'lsak, har bir insonda har xil dunyoqarash, yondashuv mavjud va hamma o'z ma'naviy olamiga ega. Shuningdek, farzandni voyaga yetkazib, kamol toptirish mobaynida uning ruhiy dunyosini anglay bilish ota-ona uchun nihoyatda muhim mas'uliyat hisoblanadi. Abdulla Avloniy ta'kidlaganidek "Tarbiyani tug'ilgan kundan boshlamak, vujudimizni quvvatlantirmak, zehnimizni ravshanlantirmak lozim".[1]

Yuqorida ta'kidlaganimizdek, bolaning kamol topishida ota-onaning o'rni benihoyadir. Ammo bugungi kunga kelib, mustaqil bo'y cho'zishni xohlayotgan niholga bog'bonning tirgak qo'yishga urinishi bir necha salbiy oqibatlarga olib kelayotgani sir emas. Misol qilib aytadigan bo'lsak, o'qituvchi yoki tikuvchi bo'lishni xohlagan insonni majburan shifokor yoki harbiy va shunga o'xshash bolaning o'zi yoqtirmaydigan kasbiga yo'naltirish kimga foyda olib keladi? Yoki bo'lmasa, "Ot izini toy bosadi" qabilida "Mening kasbimni farzandim davom ettiradi" deyishi sababli , bola o'zi erkin kasb tanlayolmaydi. Natijada, bola kelajakda o'zi xohlamagan kasbning egasi bo'lganligi uchun, bu kasbida yaxshi faoliyat olib borolmaydi. Shuningdek, ba'zi bir ota-onalarimiz teran mushohada , keng dunyoqarash degan mavzulardan yiroqda yashaydilar. Ular farzandlarining iqbolini o'z orzularida yoki manfaatli manzillarda deb biladi. Shu boisdan bolalarning orzulari emas, balki kattalarning maqsadlari amalga oshib borayapti.

Ammo, tanganing ikkinchi tomoni bo'lganidek ,yoshlardan ko'ra, ota-onaning hayot tajribasi ko'pligi kunday ravshan hodisa. Tabiiyki, har kimda fikrlash qobiliyati har xil bo'ladi. Shuningdek, ba'zi ota onalar farzandlariga to'gri yo'nalish berolishi kerak. Agar farzand iqtisodchi bo'lishni istasayu, ammo hisob-kitob masalasida no'noqlik qilsa uni boshqa kasbga yo'naltirgani ma'qulroq. Shuningdek, "Maslahatli to'n tor kelmas" [2]deganlaridek, maslahatlashgan yaxshi. Ya'ni, har bir farzand bitta hayot, bitta taqdir ekanligini hisobga olsak, farzandlar oru-maqsadlari bilan hisoblashsak ya'ni bino qurishdan oldin poydevorini mustahkam tashlasak yosh avlodning yetuk o'z kasbining mutaxasisi bo'lib yetolishiga hech shubha yo'q. Shunday ekan ota-onaning ham, farzandning ham kasb tanlashdagi fikrlari juda muhim.

Xulosa o'rnida shuni aytishim joizki, har doim har ikki tomonning orzu, ham teng yuk bossa, tenglik qonun emas, tenglik adolat bo'lib xizmat qilsa har bir muammoning yechimi bo'lishga xizmat qiladi.

"MANAVIY BARKAMOL YOSHLAR YANGI OZBEKISTON BUNYODKORI" XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN 2024-YIL 16-MAY

REFERENCES

1. https//hikmatlar.uz

2. https//uz.m.wiktionary.org>wiki

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.