Научная статья на тему 'BOLANING IJTIMOIY VA SHAXS SIFATIDA SHAKLLANISHIDA DIALOGNING AHAMIYATI'

BOLANING IJTIMOIY VA SHAXS SIFATIDA SHAKLLANISHIDA DIALOGNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
dialog / imitasiya metodi / talaffuz / grammatik ko‘nikma / dialogik nutq / jonlanish kompleksi / emotsional / ijobiy munosabat.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Xalikova Shoxida Ibragimovna

Ushbu maqolada turli yosh guruhlar tarbiyasida bolalarni dialogik nutqqa o‘rgatish muammolari, dialogik nutqni rivojlantirishga doir maxsus mashg’ulotlarning ahamiyati, ilk yoshdagi ijtimoiy rivojlanish vaziyati va uning genetik vazifasi, bolalarga dialogik nutqni o‘rgatish usullarini shakllantirish masalasining ilmiy nazariy ahamiyati, uni o’rganilganlik darajasi va xozirgi vaqtdagi ahamiyati yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOLANING IJTIMOIY VA SHAXS SIFATIDA SHAKLLANISHIDA DIALOGNING AHAMIYATI»

BOLANING IJTIMOIY VA SHAXS SIFATIDA SHAKLLANISHIDA DIALOGNING AHAMIYATI

Xalikova Shoxida Ibragimovna

Qoqon shaxar 51- DMTT direktori https://doi.org/10.5281/zenodo.11206200

Annotatsiya. Ushbu maqolada turli yosh guruhlar tarbiyasida bolalarni dialogik nutqqa o'rgatish muammolari, dialogik nutqni rivojlantirishga doir maxsus mashg 'ulotlarning ahamiyati, ilk yoshdagi ijtimoiy rivojlanish vaziyati va uning genetik vazifasi, bolalarga dialogik nutqni o'rgatish usullarini shakllantirish masalasining ilmiy nazariy ahamiyati, uni o'rganilganlik darajasi va xozirgi vaqtdagi ahamiyati yoritilgan.

Kalit so'zlar: dialog, imitasiya metodi, talaffuz, grammatik ko'nikma, dialogik nutq, jonlanish kompleksi, emotsional, ijobiy munosabat.

Аннотация. В данной статье рассматриваются проблемы обучения детей диалогической речи в воспитании разных возрастных групп, значение специальной подготовки для развития диалогической речи, ситуация раннего социального развития и ее генетическая функция, научно-теоретическая значимость вопроса о освещены формирование методов обучения детей диалогической речи, ее изучение, уровень исследования и ее значение в настоящее время.

Ключевые слова: диалог, метод подражания, произношение, грамматические навыки, диалогическая речь, анимационный комплекс, эмоциональный, положительный настрой.

Abstract. In this article, the problems of teaching children dialogic speech in the upbringing of different age groups, the importance of special training for the development of dialogic speech, the situation of early social development and its genetic function, the scientific theoretical significance of the issue of the formation of methods of teaching dialogic speech to children, its study the level of research and its importance at the present time are highlighted.

Keywords: dialogue, imitation method, pronunciation, grammatical skills, dialogic speech, animation complex, emotional, positive attitude.

Dialogik nutq ikki va undan ortiq kishilar o'rtasida amalga oshiriladi. Nutqning bu ko'rinishi o'ziga xos xususiyatlarga ega, bu nutq keng jumlalarni talab etmaydi. Shuning uchun dialogik nutq tarkibida to'liqsiz gaplar juda ko'p bo'ladi. Bunday nutq tarkibida so'roq va undov gaplar ham uchraydi.

Dialogik nutqning mazmuni va vazifalari

Dialog - suhbat bolaning kattalar va o'z tengdoshlari bilan muloqotining asosiy shakli hisoblanadi

Bolalar bog'chasida o'qitish ikki shaklda amalga oshiriladi:

a) erkin nutqiy muloqot

b) maxsus mashg'ulotlarda

Dialog ko'proq erkin nutqiy muloqotda paydo bo'ladi va u bolalar lug'atini boyitishning talaffuzga oid grammatik ko'nikmalarini tabiiy ravishda rivojlantirish, ravon nutq ko'nikmalariga ega bo'lish bazasi hisoblanadi. Dialog maxsus mashg'ulotlarda o'qitiladi (oyiga 1-2 ta mashg'ulot); Bolalar bog'chasida bo'lib turgan vaqti mobaynida bola erkin muloqotda pedagog va boshqa bolalar bilan muloqotga kirishadi. Uyda esa kattalar bola bilan turli mavzularda dialogga kirishishlari lozim. Dialogik nutqni (yoki og'zaki nutqni) o'rgatish odatda suhbat shaklida, ya'ni

kattalar bilan bola o'rtasida hamda bolalarning o'zlari o'rtasida fikr almashish shaklida ro'y beradi.

Dialogik ravon nutqni rivojlantirishga doir maxsus mashg'ulotlar suhbat metodi (suhbat) va imitasiya metodi asosida o'tkaziladi. Mazkur metodlar ko'pincha quyidagi usullar yordamida amalga oshiriladi:

Tayyorgarlik suhbati (so'zlashish) usullari;

Teatrlashtirish usullari (imitasiya, qayta aytib berish).

Tayyorlangan suhbatning quyidagi vazifalari mavjud:

To'g'ridan-to'g'ri - bolalarni suhbatlashishga, ya'ni suhbatdoshi so'zlarini bo'lmasdan tinglash, luqma tashlash uchun qulay paytni kutgani holda o'zini tutib turish, suhbatdoshi uchun tushunarli qilib so'zlash;

Yo'ldosh - talaffuz va grammatik ko'nikmalarni mashq qilish, ma'lum so'zlar ma'nosini aniqlashtirish.

Suhbat jarayonida tarbiyachi savollar, topishmoqlar, badiiy so'z kabi turli usullardan foydalanadi. Bu usullarning barchasi suhbat paytida bilimlarni o'zlashtirish jarayonini yo'naltirish, nutqiy muloqotni ta'minlash, bolalar fikrlarini, ularning diqqat-e'tiborlarini, xotiralarini, emotsiyalarini faollashtirishga yordam beradi.

Bolaning kattalar bilan dialogining dastlabki belgilari «jonlanish kompleksi», ya'ni bolaning kattalarga nisbatan emotsional-ijobiy munosabati ko'rinishida paydo bo'ladi. 2-2,5 oydan boshlab kichkintoy dialogga kirishishni faol talab qila boshlaydi. Dialogning birinchi shakli - emotsional-erkin (vaziyat-shaxs) shakldir. Bu boshqa odamga bo'lgan qiziqish, unga nisbatan emotsional munosabat bilan tavsiflanadi. Dialogning bunday shakli bola hayotining birinchi yarim yilligiga xos xolatdir.

Dialogning yanada rivojlangan ikkinchi shakli - ya'ni, emotsional-vositali (vaziyatli-amaliy) shakli bola hayotining ikkinchi yarim yilligida ro'y beradi. Bu dialog predmetlar orqali vositali dialogga aylantiriladi. Ushbu yoshda bolaning qiziqishlari atrofdagi olamga yo'naltirilgandir. Unda yangi taassurotllarga e'tiyoj yorqin paydo bo'ladi. Bu yoshdagi rivojlantirish vazifalari quyidagilardan iborat:

Bolalar muassasalarida, oilada bolaga g'amxo'rlik ko'rsatayotgan kattalarga nisbatan emotsional bog'liqlik va ishonch hissini tarbiyalash. Unga nisbatan ijobiy diqqat-e'tiborga bo'lgan ehtiyojni qondirish. Kichkintoyning uni o'rab turgan atrof-olamga va uning o'ziga nisbatan qiziqishni rivojlantirishga ko'maklashish.

Bola hayotining birinchi yili oxiriga kelib erishgan natijalari yangi ijtimoiy rivojlanish vaziyatini qurishni talab qiladi. Bu bolaning katta odam bilan birgalikdagi faoliyatiga oid vaziyatdir. Ushbu birgalikdagi faoliyat mazmuni - predmetlardan foydalanishning jamoatchilik tomonidan ishlab chiqilgan usullarini o'zlashtirishdan iborat (bola qoshiq bilan ovqatlanishni, stakandan ichishni, rasm chizishni, stulchaga o'tirish va xokazolarni o'rganadi).

Dialog jadal rivojlanishda davom etadi, zero kattalar bilan bevosita muloqotsiz predmetli faoliyat mumkin emas. Predmetli faoliyat bilan bog'liq dialog faqat emotsionalligicha qolmaydi, u nutqiy dialogga aylanadi. Shunday qilib, ilk yoshdagi bosh vazifa narsalardan foydalanishning insoniy usullarini o'zlashtirish va nutqni rivojlantirishdan iborat bo'ladi.

Bola narsalar bilan harakat qilar ekan, hayotining ikkinchi yiliga kelib, ularning jismoniy (hajmi, shakli, rangi) va dinamik xususiyatlarini, masofaviy munosabatlarini (yaqin, uzoq), butun narsani qismlarga ajratish va qismlardan butun narsani yig'ishni (piramida, matrushka kabi o'yinchoqlarni qismlarga ajratadi va qayta yig'adi) o'zi uchun kashf qiladi. Biroq, bola narsalar

bilan qanchalik ko'p harakat qilmasin, u baribir ularni amalda qo'llashning jamoatchilik tomonidan ishlab chiqilgan usullarini (qoshiq bilan ovqat yeyiladi, bo'tqa aralashtiriladi; sochiqqa qo'llar, yuz artiladi; qalam bilan rasm chiziladi va h.k.) mustaqil ravishda kashf qila olmaydi. Narsalarning vazifasi va ularni amalda qo'llash usullarini bolaga kattalar o'rgatadilar.

Dialogga bo'lgan ehtiyoj, predmetli harakatlarni o'zlashtirish bolaning o'z faol nutqini ham talab qiladi. Nutq asosida umumlashtirishlar, fikrlashning ramziy vazifasi, ya'ni real narsalarning o'rnini almashtira olish hamda o'rnini bosuvchi narsalar va til belgilari bilan amallar bajarish qobiliyatlari rivojlanadi. Biroq nutqqacha predmetli harakatlarni aynan bir narsa bilan turli harakatlarni yoki turli narsalar bilan aynan bir xil harakatni bajarish, juftlik o'yinlarni rivojlantirish va umumlashtirishga oid uzoq yo'lni bosib o'tishga to'gri keladi.

Bola uchun katta yoshli odam - bitmas-tuganmas ijobiy emotsiyalar, qiziqarli taassurotlar va borgan sayin so'z muhim ahamiyatga ega bo'lib boradigan o'yinlar manbai hisoblanadi. Kattalar bilan dialogga kirishish, narsalar va o'yinochqlarga egalik qilishga intilarkan, bola ushbu maqsadlarga erishish uchun so'zdan foydalanish 'aqidagi chaqiriqqa javob beradi, baozida o'zi tashabbus ko'rsatib, fikr bildiradi. Katta yoshli odam bola bilan dialogga kirishadi, bolaning bir so'zli fikrlarini grammatik jixatdan to'liq shakllantirilgan iboraga aylanatirish orqali uning kamchiliklarini «tuzatatadi» (Timur dadasining mashinasini ko'rib qoldi: «Bi-bi, dada». Ona: «Dadasining mashinasi. Ketdik, dadaga boramiz»).

Bola tilni faol o'zlashtiradi. So'z ortida turgan tasavvur yagona o'xshashlikdan («lyalya» -katta va kichik qo'g'irchoq) ko'proq o'xshatishlargacha, keyinroq esa nisbatan aniq umumlashtirmalargacha («mol» so'zidan sigir, qo'y, echki va ot-eshaklarni ifodalashda foydalanishdan boshlab keyinchalik «mol» so'zini faqat sigir va buzoqchalarga nisbatan qo'llashgacha) rivojlanadi. Ayni bitta so'z yordamida ko'p obrazli munosabatlar ifodalanadi («nanna» so'zi bir vaqtning o'zida «bu non», «non bering», «non tushib ketdi» kabi ma'nolarni anglatishi mumkin va v.k.). Bola asta-sekin bu munosabatlarni grammatik jixatdan rasmiylashtirilmagan ikki so'zli, keyinroq esa uch so'zli gaplar orqali ifodalashni o'rganadi. Ikkinchi yilning oxiriga kelib dastlabki grammatik shakllar paydo bo'ladi. Bolaning so'z zaxirasi ortadi. 1 yoshu 6 oyda uning so'z zaxirasi 30-40 ta so'zni tashkil qilishi lozim. Fikrlar asosan bir tarkibli gaplardan iborat bo'ladi. Bunda nonutqiy dialog vositalari (ifodali harakat, bevosita namoyish qilish, ko'zlarning to'qnashuvi, mimikalar, imo-ishoralar va boshq) xamon xukmron bo'ladi. Bola maishiy vaziyatlar ma'nosini va ularda qo'llanilayotgan nutq mazmunini tushunib yetadi.

2 yoshga kelib bolaning so'z zaxirasi 200-300 tagacha o'sadi. Uning fikrlari grammatik jixatdan rasmiylashtirilmagan ikki-uch tarkibli iboralardan iborat bo'ladi. Bola bilan katta yoshli odam bevosita dialogga kirishgan vaziyatda esa nutqiy dialog yetakchi dialog turiga aylanadi.

Bola hayotining uchinchi yiliga kelib nutq rivojlanishi ko'proq keng qamrovli vazifalar doirasida, eng avvalo katta yoshli yaqin qarindoshlari va bolalar bilan munosabatga kirishish hamda ular bilan birgalikda harakat qilish (nutqning kommunikativ vazifasi), atrof-olamni bilish (nutqning intellektual vazifasi) orqali davom etadi. Bola nutqiy dialogning asosiy shaklini -dialogik nutqni o'zlashtiradi. U tashabbus ko'rsatib fikr bildirishni, savollar berishni, javob kutishni, o'zi ham savollarga javob berishni, atrofdagilarga iltimos va takliflar bilan murojaat qilishni o'rganadi. Bola o'z istak-xohishlari, hissiyotlari, fikrlarini ifodalash, kutilayotgan natijalarga erishish uchun so'zlardan foydalanadi. Biroq, bola tomonidan foydalanilayotgan so'zlar fonetik jixatdan ancha nomukammal bo'lib, u keng qamrovli ma'nolarni anglatadi. So'z va

predmetli harakatlarni qo'llash, ular bilan mos ravishda harakat qilish orqali katta yoshli kishi bola bilan o'zaro bir-birini tushunishini va uning tilini boyitishni yo'lga qo'yadi.

Bola tashabbus ko'rsatish orqali dialog sub'ekti, teng huquqli hamkor sifatida chiqadi. O'zini tushunishlariga intilish, o'z istak-xohishlarining bajarilishiga erishish bolani to'gri so'zlashga majbur qiladi. Ushbu yoshda tengdoshlari bilan dialogga kirirish emotsional aloqa o'rnatish va o'z shaxsiga e'tiborni jalb qilishga yordam beradi: bolalar bir-birlari bilan o'ynash jarayonida o'z harakatlarini nutq bilan sharxlab boradilar, ammo hozircha ular bir-biriga to'gridan-to'gri yuzlanib, murojaat qilmaydilar.

Bola hayotining uchinchi yiliga kelib bolaning til muhitidagi faol yo'naltiruvchi faoliyati boshlanadi. Bu quvonchli kechinmalar ta'siri ostida vujudga keladigan tovushlar bilan turli o'yinlarda («shovqinli qo'shiqlar») va oddiy so'z ijodkorligida («golf-molflar», «o'yin-po'yin» va boshq.) ko'rinadi.

Bu yosha u kattalar bilan dialogda ko'rgazmali-taassurotli vaziyatga tayanmagan holda o'z tassurotlarini nutqda ifodalay boshlaydi. Bolalar o'zlari o'qib chiqqan kitoblari, tinglagan ertaklari va o'zlarining ilgarigi tajribalari haqida (Mustaqillik maydoniga, hayvonot bog'iga uyushtirilgan sayo'at, qorbobo sovg'alari va boshqalar haqidagi xotiralar) fikr bildira boshlaydilar.

Bola hayotining ikkinchi yilida nutqiy rivojlantirish vazifalari: Nutqni tushunish. Bolaga eng oddiy, uning o'ziga tanish bo'lgan maishiy vaziyatlar, jarayonlar va o'yin vaziyatlarini ochib beruvchi oson tushuniladigan so'zlar va oddiy iboralar zaxirasini kengaytirish. Odamlar, xonadagi va undan tashqaridagi narsalar, xayvonlar, o'simliklar, uy-joylar va ularning vazifasini ifodalovchi so'zlar zaxirasini asta-sekin kengaytirib borish. Old ko'makchilar va ravishlar yordamida ifoda qilinadigan vaziyatlarni tushunishni (ikkinchi yarim yillikda), buyumlar sifati, ularning hajmi va rangini belgilovchi so'zlarni tushunishni shakllantirish. Kattalarning mazmuniga ko'ra bog'langan 2-3 ta harakatdan iborat bo'lgan topshiriqlarini diqqat bilan tinglash, tushunish va bajarishni o'rgatish (.. .koptokni ol va menga uzat).

Barcha rejimli vaziyat jarayonlarida ishonch bildirilgan his-hayajonli dialogni yo'lga qo'yish. Bola imkoni bo'lgan har qanday nutqiy ko'rinishlar va vokallashuvlarning paydo bo'lishiga ko'maklashish. Imo-ishoralar va yuz ifodasi bilan bir qatorda istak-xohishlarni ifodalash va atrofdagilar bilan o'zaro munosabatlarni yo'lga qo'yish uchun zarur bo'lgan so'zlardan foydalanishga; turli sabablar bilan kattalar va bolalarga murojaat qilish: savol berishga; ko'rganlarini bir nechta so'zlarda hikoya qilib berishni o'rganishga (yil oxirida) undash. Bolalarning kishilarni ularning yoshi va jinsiga mos holda belgilovchi so'zlardan, xonadagi va xonadan tashqaridagi buyumlardan, ayrim xayvonlardan va o'simliklardan, atrofdagi kishilar va xayvonlar harakatlaridan, notirik va tirik ob'ektlardan, ayrim mehnat harakatlaridan foydalanishlari uchun tegishli holatni vujudga keltirish.

Bola hayotining uchinchi yilida nutqiy rivojlantirish vazifalari.

Nutq funksiyalari va shakllari. Bolaning imkon doirasidagi va undan tashqaridagi nutq vositalari bilan faol dialogga kirishish, kattalarning savollariga va takliflariga javob berish, o'z istak-xohishlarini, hissiyotlarini, fikrlarini ifoda qilgan holda tashabbus ko'rsatib fikr bildirishga intilishini qo'llab-quvvatlash; tengdoshlari ishlariga qiziqishini, o'z taassurotlarini ular bilan o'rtoqlashishni istashini, o'yin harakatlarini, ro'y berayotgan hodisaga munosabatini nutq bilan ifodalashga qiziqishini rag'batlantirish; shaxsiy tajribadan kelib chiqqan holda bolaning o'ziga yaqin mavzular bo'yicha, xayvonlar xayoti, transport (shaxar) haqida vaziyatdan tashqari dialog qilishga undash. Bolalarni buyumlar, ularning harakati va sifatini belgilash uchun so'zlardan foydalanishga undash.

Maktabgacha yoshdagi bola nutqning grammatik to'g'riligini o'stirish. Dialogni rivojlantirish nafaqat shunchaki nutqning muayyan kompozitsion shaklini o'zlashtirish, balki bolaning ijtimoiy va shaxs jixatdan shakllanishining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Dialogik dialog nafaqat aloqa (intellektual mazmun) va o'z manfaatlariga yo'nalishni, balki sherikning nuqtai-nazarini, uning qiziqishlari, istaklari, kayfiyatini hisobga olishni ham ko'zda tutadi. Bolalar bunday tajribani kooperativ tusdagi faoliyat (birgalikda yasash, chizish, jamoa o'yinlarini o'ynash) natijasida to'playdilar. Tengdoshlari bilan dialog qilishda bola nutqi mazmundorlikka (dialog vaziyatidan qat'iy nazar) dalolatdir.

Maktabgacha yoshdagi katta bolalarning dialogik negizida nutqning yangi shakli -monolog tug'iladi va shakllanadi.U bolaning o'z fikrlari, his-tuyg'ulari, atrof-muhit haqidagi bilimlarini o'rtoqlashish istagi oqibatida vujudga keladi. Bunda nutq qisqa hikoya shakliga ega bo'ladi. Hikoyada, albatta, bolani lol qoldirgan va uni hayajonga solgan biron-bir qiziq hodisa (tabiat qo'ynidagi qiziqarli uchrashuv, ukasining kulgili harakatlari va h.k.) aks etadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar tanish ertaklarni, multfil'mlar mazmunini aytib berishni, o'qiganlarini so'zlab berishni xush ko'radilar.

Maktabgacha yoshdagi katta bolalarning eng muhim yutug'i - jaranglayotgan nutqqa qiziqishning shiddat bilan rivojlanishi, til faoliyatini eng oddiy anglashning shakllanishidir. So'zga nisbatan lingvistik munosabat dabdurustdan tovush, qofiya, mazmun bilan o'tkaziladigan o'yinlarda, so'z ahamiyati haqidagi savollarda, ularning jarangdorligi va mazmunida ko'rinadi. Til voqeligini anglash uning barcha tomonlarini - fonetik, leksik, grammatik tomonlarini qamrab oladi. So'zga nisbatan ongli munosabat lug'atni takomillashtirishga (antonimlar, sinonimlar, ko'p ma'noli so'zlarni tushunish), nutqning tovush madaniyatini rivojlantirishga (tovush talaffuzi, tinglash qobiliyati, intonatsiya ifodaviyligi), nutqning grammatik to'griligini shakllantirishga (morfologiya, so'z yasash, sintaksis), ravon nutqni rivojlantirishga ta'sir ko'rsatadi.

Lug'atni rivojlantirishda uning sifat jixatidan takomillashtirilishi oldingi o'ringa chiqadi. Bu antonimiya (o'tkir-o'tmas, achchiq-chuchuk), sinonimiya (o'tkir, uchkir, charxlangan), ko'p maonolilik (o'tkir pichoq, achchiq qalampir, o'tkir til) kabi hodisalarni tushunish va ulardan nutqda faol foydalanishga taalluqlidir. Bolalar tabiat hodisalari, narsalar, insonlarning hatti-harakatlarini taqqoslashda turlicha va umumiy xususiyatlarni ajratishni hamda aksil va yaqin ma'noli so'zlar, qiyoslashlar, aniq fe'llar, o'xshatishlar yordamida ularni nutqqa olib kirishni o'rganadilar. So'z yasashda sinonim yoki antonimni tanlab olish usullari bolalarni ko'p ma'noli so'zlar bilan tanishtiradi. Buyumlar funksiyalarini taqqoslash asosida umumlashtiruvchi nomlar shakllanadi (xayvonlar, idish-tovoqlar, transport va h.k.).

Maktabgacha davrdagi katta yoshda nutqning grammatik jixatdan to'griligini shakllantirish nutqqa nisbatan tanqidiy munosabatning paydo bo'lganligi va rivojlanganligi, aniq va to'gri gapirishga intilish bilan bog'liqdir. To'grilikka intilish grammatikaning barcha sohalarida, ya'ni -morfologiyada (shaklning aniq shakllanishida, ko'p turdagi shakllarni o'zlashtirishda), so'z yasashda (non uchun - nondon, tuz uchun - tuzdon), sintaksisda (og'zaki nutq tuzilmasini bartaraf etish: «va» bog'lovchisini ko'p marta qo'llash orqali gapni «cho'zish» hamda bir gapda to'gridan-to'gri va bilvosita nutqni aralashtirib yuborish) paydo bo'la boshlaydi. Nutqning grammatik to'griligiga intilish bola hayotining yettinchi yilida ro'y beradi. Besh yoshli bola hali ham ishtiyoq bilan grammatik shakllarni o'ynaydi va aynan so'z bilan amalga oshirilayotgan ana shu sinovgina nutqning grammatik to'griligini yanada rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratadi.

Lug'atni rivojlantirish, nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash, grammatik to'grilikni shakllantirish ravon nutq tuzish usullarini o'zlashtirish (bog'lovchilar, o'rin-hol, leksik

takrorlashlar, sinonimlar yordamida gaplarni bog'lash vositalari; tavsiflash, bayon qilish tuzilmasi) bilan uzviy bog'liqdir. Ko'p turdagi vazifalarni bajarish munosabati bilan dialogik nutq negizida rivojlangani holda nutqning barcha jixatlari tilni anglashni shakllantirishga to'gridan-to'gri bog'liq holda bo'ladi hamda buning uchun bolaning katta bilan muayyan shakldagi dialog turiga muxtoj bo'ladi. Bu nafaqat tashqi dunyo va boshqa odamni anglashga, balki tilning o'zini, uning tuzilishi va faoliyat yuritishni anglashga ham yo'naltirilgandir.

Nutqiy rivojlanishning o'ziga xos xususiyatlari kirishuvchanlik ko'rinishlarida hamda ayni paytda til va ravon nutqni egallash suroatida ifodalanadi. Ko'pchilik bolalar o'z harakatlarini sharxlashni, atrofdagilar e'tiborini o'ziga jalb qilishni xush ko'radilar. Bunda ayrim bolalarda nutqiy dialog amaliy faoliyat bilan zid keladi va buning natijasida bunday ko'p gapiruvchi bolakay ish bajarishda guruhdagi boshqa bolalardan ortda qola boshlaydi. Unchalik kirishimli bo'lmagan bolalar ham so'zlaydilar, lekin odatda ular amaliy vazifalarni tez va to'gri hal etadilar.

Ravon nutqning paydo bo'lish muddati va mahsuldorligi ham farq qilishi mumkin. Ilk turdagi nutqiy rivojlanishda maxsus tayyorgarliksiz hikoya qilib berish 4-5 yoshdan boshlanadi. Bolalar sehrli ertaklarni, bo'lgan voqealarni bir-birlariga so'zlab beradilar, o'yinchoqlardan foydalangan holda o'ziga xos hikoyalar to'qiydilar. Agarda bola yetti yoshida tanish' an'anaviy ertakni («Zumrad va Qimmat») mustaqil hikoya qilib bera olsa, o'yinchoqlar, suratlar asosida kichik og'zaki insho to'qiy olsa - bu hammasi me'yoridaligidan dalolatdir.

Bolalarning o'z tashabbusiga ko'ra yoki kattalarning taklifiga ko'ra hikoya qilib berishga qiziqishini qo'llab-quvvatlash, ertaklar, suratlar va o'z shaxsiy tajribasiga oid taassurotlarning so'zdagi mazmunini qisqa hikoya, mulohaza, tavsiflar yordamida ifodalashni o'rgatish ravon nutqning paydo bo'lish omilidir.

Dabdurustdan tug'ilgan so'z ijodkorligida, tovushlar va qofiyalar bilan o'tkaziladigan o'yinlarda, so'zlar bilan amalga oshiriladigan sinovlarda, ularning jarangdorligi va ahamiyati, so'zlar mazmunini talqin qilishda ko'zga tashlanadigan so'zlarga qiziqishni qo'llab-quvvatlash. Til voqeligini eng oddiy anglashni rivojlantirish, bolalarni «tovush», «so'z», «gap» atamalari bilan tanishtirish.

Yuqorida bayon qilinganlar asosida shunday xulosaga kelish mumkinki, maktabgacha bo'lgan bosqichdagi katta yoshga yetib bola hayotining eng muhim davrlaridan biri - uning birinchi «dorilfununi» nihoyasiga yetadi. Ammo haqiqiy dorilfunun talabasidan farqli ravishda bola birdaniga barcha fakul'tetlarda ta'lim oladi. U jonli va jonsiz tabiat sirlarini o'rganadi (albatta, imkon darajasida), matematikadan dastlabki saboq oladi. Shuningdek, eng oddiy notiqlik kursini ham o'taydi, o'z fikrlarini mantiqan va ifodali bayon qilishni o'rganadi. Filologiya fanlarini o'rganish natijasida nafaqat badiiy adabiyot asarlarini emotsional qabul qilishni, uning qaxramonlariga qayg'urishni, balki badiiy ifodalilikka oid til vositalarining eng oddiy shakllarini his qilish va tushunish ko'nikmalariga ham ega bo'ladi. Bola kichik tilshunosga aylanadi, chunki u nafaqat so'zlarni to'g'ri talaffuz qilish va gap tuzishni, balki so'zlar qaysi tovushdan va gaplar qaysi so'zlardan tashkil topishini anglab olishni o'rganadi. Bularning barchasi maktabda muvaffaqiyatli ta'lim olish, bola shaxsini har tomonlama kamol toptirish uchun zarurdir.

Dialogik nutqni rivojlantirishga doir maxsus mashg'ulotlarning ahamiyati. Nutqda eng muhim metod bu dialogik nutq, ya'ni bolalar bilan so'zlashishdir. So'zlashish og'zaki nutqning eng oddiy shakli bo'lib, unda bola o'zini tutishi, ko'z qarashi, xatti-harakati, ovozining past-balandligi, tezligi kabi turli holatlar hisobga olinadi. So'zlashish - dialogik nutq, asosan kattalar yordamida amalga oshiriladi va u ayniqsa, tevarak-atrofni bilish jarayonida yaxshi

natijalar beradi. Jumladan, jamoat joylarida, ko'pchilik o'rtasida nutq madaniyatiga rioya etishga e'tibor qaratiladi.

Bunda bir-birining nutqini to'ldirib borish, tuzatishlar kiritish, so'rash, so'rab bilib olish dialogik nutqqa o'rgatishning usullari sanaladi.

Dialogik ravon nutqni rivojlantirishga doir maxsus mashg'ulotlardan biri suhbat metodi quyidagi usullar yordamida amalga oshiriladi:

Tayyorgarlik suhbati (so'zlashish) usullari;

Teatrlashtirish usullari (imitasiya, qayta aytib berish).

Suhbatning quyidagi vazifalari mavjud: Bolalarni To'g'ridan-to'g'ri suhbatlashishga, ya'ni suhbatdoshi so'zlarini bo'lmasdan tinglash, luqma tashlash uchun qulay paytni kutgani holda o'zini tutib turish, suhbatdoshi uchun tushunarli qilib so'zlash.

Yo'ldosh - talaffuz va grammatik ko'nikmalarni mashq qilish, ma'lum so'zlar ma'nosini aniqlashtirish.

Suhbat jarayonida tarbiyachi savollar, topishmoqlar, badiiy so'z kabi turli usullardan foydalanadi.

REFERENCES

1. D.R. Babayeva "Nutq o'stirish nazariyasi va metodikasi" T.:"Barkamol avlod" 2018 yil. Darslik

2. Takomillashgan "Ilk qadam" maktabgacha ta'lim tashkilotining Davlat o'quv dasturi. - T.: YUNISEF, 2022.

3. Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning Davlat standarti // https://lex.uz/docs/ 5179335?query.

4. Nurmatova M.Sh., Xasanova Sh.T. Rasm buyum yasash va bolalarni tasviriy faoliyatga o'rgatish metodikasi. - T.: "Cho'lpon", 2010.

5. Nurmatova M.Sh., Xasanova Sh.T., Azimova D. Ustaxonada amaliy mashg'ulot. - T.: "Musiqa", 2010.

6. Baxodirovna, Azizova Ziroat. "INTERNATIONAL TRENDS IN THE DEVELOPMENT OF THE PRESCHOOL EDUCATION SYSTEM." INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 11.11 (2022): 458-461.

7. Mo'minova G.B ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 IMPACT FACTOR: 7.603 Vol 12, Issue 10, 2023 WAYS TO USE DIDACTIC GAMES IN THE EDUCATION AND UPBRINGING OF PRESCHOOL CHILDREN 65-66

8. Азизова Зироат. "CONSEPTUAL FUNDAMENTALS OF PREPARING CHILDREN FOR SOCIAL PROTECHION" Yosh tadqiqotchi Jurnal 1 (5) 404-410, 2022

9. Azizova Ziroat Bahodirovna "THE IMPORTANCE OF ORGANIZING CHILDREN'S ACTIVITIES IN PREPARATION FOR SCHOOLING." Open Access Repository 9.11 (2022): 236-240. INNOVATIVE DEVELOPMENT IN THE GLOBAL SCIENCE 2022 Boston, USA 53

10. Z.Azizova ,A. Z.Abdurazakova "Legal and Pedagogical Bazes of Preparetion of Children for the Implementation of Socal Protection" Yosh Tadqiqotchi Jurnal 1(5) 395-403.2022

11. N.G.Malikovna CONTENT AND PEDAGOGIKAL CONDITIONS FOR THE DEVELEOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENSE OF TEACHERS AND

EDUCATIONAL ORGANIZATIONS International journal of socials cience interdisciplinary research ISSN 2022

12. N.G.Malikovna Formation of a sense of national pride amonig in oider preschool children through oral foik art-as a socio-pedagogical necessity Science and Innavation 1 (8) 20672077,2022

13. N.G.Malikovna . "Bolalarni maktabga tayyorlashda ota-onalarning o'rni".Pedagogik islohotlar va ularning yechimlari 1 (2) 100-105,2023

14. G.M Nazirova, D.R.Djo'rayeva, H.M.Tojiboyeva, "Modern trends in education for Children of preschool age" Methodological manual 2015

15. Технологии организации и управления педагогическими процессами С.Тургунов, Л.Максудова. Х.М.Тожибоева Г.М.Назирова 100 2012

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.