BOLALARNING MAKTABDAGI OQUV-TARBIYA MUHITIGA MOSLASHISHIDA TASHXISLASHNING AHAMIYATI VA MAKTABGA TAYYORLASH DAVOMIDA USHBU USULLARNING TUTGAN ORNI
Jumanova Ozoda Eshpo'lat qizi
T.N.Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti tayanch doktoranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.13948753 Annotatsiya. Ushbu maqolada, bolalarning maktabdagi o 'quv-tarbiya muhitiga moslashishda tashxislashning ahamiyati va maktabga tayyorlash davomida ushbu usullarning tutgan o 'rni haqida so 'z boradi.
Kalit so'zlar: Tashxislash usullari, Kern-Irasek metodi, ko'rish xotirasi, eshitish xotirasi, mazmun xotirasi,tasavvuri, ijodiy fikrlash, og'zaki - mantiqiy fikrlash.
Tashxis o'tkazish deganda, bolaning rivojlanganligi va maktab ta'limiga tayyorgarligi darajasini aniqlash maqsadida turli usullarning bir necha variantlari tushuniladi. Biroq bu har bir bolaga tashxis qo'yishda mazkur uslublarning barchasini qo'llash zarur, degani emas. Bolani tashxisdan o'tkazish majburiylikka asoslanmagan. Tashxislashni ishonchli suhbat yoki o'yin tartibida olib borgan ma'qul. Toki bola o'zini tekshirilayotganligini sezmasin. Bolani berilgan savollarga javob berayotganda shoshirmaslik, uning qiziqishini so'ndirmaslik uchun suhbat va tavsiya etilayotgan o'yinlardan 2-3 tasini o'tkazgan ma'qul. Bir marta tashxis o'tkazish vaqti 2025 daqiqadan oshmasligi lozim. Barcha turdagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari, maktablar uchun majburiy bo'lgan hamda ota-onalarning ham bolani maktabga tayyorligini aniqlash va bola rivojlanishidagi ayrim jihatlarni chuqurroq yechishlariga imkon beruvchi asosiy tashxislash usullarining asosiylarga quyidagilar kiradi: 1. Bolaning sog'ligi va jismoniy rivojlanganligi holati tashxisi. 2. Shaxsiy - psixologik va aqliy rivojlanganlik tashxisi: - tashxislovchi kirish suhbati; - Kern-Irasek tizimi bo'yicha tashxislar; - Venger metodi bo'yicha tashxislash ( grafik diktant ). 3.Ta'lim olish faoliyatining ko'nikma va ilk zaminini aniqlash tashxisi: - bolalarning maktab haqidagi tasavvurlarini aniqlovchi savolnoma (mativatsion tayyorgarlik); - bolalarning matematik tushunchalarini aniqlovchi savolnoma; - bolalarning og'zaki savodxonligi va nutqi rivojlanganligini aniqlovchi savolnoma. 4. Tekshirishning qo'shimcha shakllari: - ko'rish xotirasi; - eshitish xotirasi; - mazmun xotirasi; - tasavvuri va ijodiy fikrlashining rivoji; - og'zaki - mantiqiy fikrlash rivoji; - ma'lum joyda, hududda mo'ljal olish rivoji; - matematik tushunchalari rivoji; - tasvirlash faoliyati bo'yicha ko'nikma va uddalashi rivoji; - o'zi va o'zining tasvirlash faoliyatiga munosabatini ifodalash.
Afsuski, bugungi kunda tashxis tizimining takomillashmaganligi, o'zini oqlamagan turli xil shakllarning ko'pligi ta'lim muassasalarining hamda ota-onalarning bolalarni maktabga tayyorlash borasida faoliyatini qiyinlashtirmoqda. Vaholanki, bu ko'nikma maktabgacha ta'lim davlat dasturiga kiritilmagan. Agar bola tez o'qishga o'rgangan bo'lsa, yomon emas, biroq bu maktabga borishdagi shartli talab sifatida qabul qilinmasligi kerak.
bolalarning sog'ligi va jismoniy rivojlanganligi holatini tashxislash. Maktabga qabul qilinishdan oldin barcha bolalar o'z yashash joylaridan bolalar poliklinikasi tarkibida tor mutaxassislik bo'yicha shifokorlardan iborat bo'lgan tibbiy komissiya tekshiruvidan o'tishi shart. Ular bolaning sog'ligi va maktabga tayyorgarligi haqida o'z xulosalarini berishadi. Mazkur tekshiruvning erta bahorda o'tkazilishi bolada aniqlangan yetishmovchiliklarni yoz davomida
to'ldirib olish imkonini beradi. Harakatning asosiy turlari, qo'l muskullari sport o'yinlarining oddiy ko'nikmalari, harakat sifati rivojlanganligini musobaqa, estafeta tarzida o'tkaziladigan sport va harakatli o'yinlar davomida tekshirish mumkin.
Bolani maktabga tayyorlashda Kern Irasek metodini juda yaxshi samara berishi amaliyotda tasdiqlangan.
Maktab yetukligining yo'naltirilgan testini tuzishda Kern-Irasek quyidagi tamoyillarni hisobga olgan.
1) Intellektual soha.
Bunda farqni idrok etish, e'tiborni yo'naltirish, tahliliy fikrlash, voqelikka oqilona yondashish, mantiqiy yodlash, natijaga faqat kuch, yangi bilimlarga qiziqish, gapirish va tushunish orqali erishish mumkin bo'lgan faoliyatga qiziqish va, umuman, ramzlardan foydalanish, qo'llarning nozik harakatlari va qo'llarni muvofiqlashtirishni rivojlantirish.
2) Emotsional soha
Nisbatan yaxshi hissiy barqarorlik va ta'lim motivatsiyasiga erishish (o'ynash va raqobatlashmaslikdan ko'ra o'rganish istagi)
3) Ijtimoiy soha
Bolaning boshqa bolalar bilan muloqot qilish zaruriyati va bolalar guruhlarining qiziqishlari va urf-odatlariga bo'ysunish qobiliyati, maktab sharoitida o'quvchining ijtimoiy rolini bajarish qobiliyati.
Bolalarning maktabga tayyorgarligini rasmlar orqali tashxislash
Kern-Irasek metodida maktabga yetuklik davri 3 ta test asosida aniqlanadi
l.Odam rasmini bolaga chizdirish
Odam rasmi
f 2 3 3 4 5
2. Uch so'zdan iborat, chizilgan qisqa ibora tuzdirish
3.Chizilgan nuqtalar guruhi
Chizilgan nuqtalar
$ % • • • •
• t •
1 балл
• I •
• • •
• • t
2 балла
• « »
• i
t 9
0 $
f • • # в
9
3 балла
4 балла
Har uchala tashxishlashda ham 1 ball olgan bola maktabga tayyor hisoblanadi. VENGER --"Grafik diktant"metodi.
* O'quv topshirig'ini qabul qilish, o'quv amaliyotini qabul qilish, o'quv amaliyotini bajarish, ya'ni ixtiyoriy (erkin) e'tibor rivojlanganligi darajasini aniqlash uchun L.A.Venger metodikasida tashxis o'tkazish bo'yicha YO'RIQNOMA:
* Katakli varaq daftaridan olish va bolaga chiziqli naqshlar chizishni o'rgatishni taklif etish.
* Men senga chiziqni qanday tortishni aytaman, sen men aytgandek qilib chiz.
* Sen o'ng qo'ling qayerdaligini eslaysanmi? To'g'ri, bu o'sha qalam ushlab turgan qo'ling. Qani uni yonga cho'zchi? Qayerni u ko'rsatib turibdi (eshikni va boshqa).
* Chap qo'ling qayerni ko'rsatyapti? (derazani yoki boshqa)
* To'g'ri. Men qachon chap tomonga, desam sen chiziqni deraza tomonga tortasan.
* Men faqat qaysi tomonga chiziqni chizishni aytmay, uzunligi qancha, ya'ni bir katak yoki ikki katak bo'lishini ham aytaman.
* Faqat men aytgan narsani chizinglar. Chiziq tortayotganingda to'xtab, kutib tur, qachon men yangi chiziqni qanday chizishni aytganimdan so'ng oldingisi to'xtagan joydan boshlash kerak. Bolaga naqshni qayerdan boshlab chizishni ko'rsatish (varaqning ustki chap burchagidan, chekkasidan joy tashlab) va aytib turish kerak: Bitta katakcha o'ngga. Bitta katakcha pastga. Bitta katakcha o'ngga. Bitta katakcha yuqoriga. Bitta katakcha o'ngga. Bitta katakcha pastga. Bitta katakcha o'ngga. Bitta katakcha yuqoriga. Endi o'zing chizganingga o'xshatib davom ettir
Agar bola xatoga yo'l qo'ysa tuzating:
* Bu naqsh mashq uchun edi. Bola uni chiza turib yo'riqnomani tushunishi kerak. Mustaqil chizishni davom ettirayotganda uni oxirigacha yetkazish zarur.
* Naqsh oxiriga yetgach, bolaga navbatdagi naqshni qayerdan boshlash kerakligini ko'rsating va aytib turing: Ikki katak yuqoriga. Bir katak o'ngga. Bir katak yuqoriga. Ikki katak chapga. Ikki katak pastga. Bir katak o'ngga. Ikki katak pastga. Ikki katak o'ngga. Ikkita yuqoriga. Bitta o'ngga. Bir katak yuqoriga. Ikkita o'ngga. Bitta pastga. Bitta katak o'ngga. Ikkita pastga. Naqshni chizishni o'zing davom ettir.
* Endi chizish jarayonida hech qanday qo'shimcha ko'rsatmalar berilmaydi va xatolar tuzatilmaydi
Naqsh qatorini oxirigacha toliq chizib bo'lingach, quyidagilarni aytib turishni boshlang: ikki katak tepaga, ikki katak o'ngga, bir katak pastga, bir katak chapga ("chapga"so'zini alohida ta'kidlash kerak). Bir katak pastga. Ikki katak chapga. Ikki katak tepaga. Ikki katak o'ngga. Bir katak pastga. Bir katak chapga. Bir katak pastga. Chizishni o'zing davom ettir.
Va, nihoyat, oxirgi naqsh. Ikki katak tepaga. Bir katak chapga. Ikki katak tepaga. Bir katak o'ngga. Bir katak pastga. Ikki katak o'ngga. Bir katak pastga. Bir katak chapga. Ikki katak pastga. Uch katak o'ngga. Ikki katak tepaga. Bir katak chapga. Ikki katak tepaga. Bir katak o'ngga. Bir katak pastga. Ikki katak o'ngga. Bir katak pastga. Bir katak chapga. Ikki katak pastga. Chizishni o'zing davom ettir!
Har bir naqshning bajarilish darajasi. Naqshning aytib turilgan paytdagi holati hamda bola tomonidan mustaqil davom ettirilib bajarilgani alohida-alohida baholanadi. Eng yuqori daraja, bu-naqshning xatosiz chizilishi. Uni 4 ball bilan baholash kerak. Agar 2-3 ta xatosi bo'lsa, 3 ball qo'yiladi. Ko'p xatolari bo'lsa 2 ball. Agar to'g'ri chizilgan qismlardan xato chizilgan qismlar ko'p bo'lsa, bu holda 1 ball beriladi Va, nihoyat, agar birorta chizilgan qism bo'lmasa, 0 ball qo'yiladi. Bola-ga naqshni aytib turilganda bajarib 0 dan (agar butunlay noto'g'ri bo'lsa), 12 ballgacha ( agar uch asosiy naqsh xatosiz bajarilgan bo'lsa), umumiy ball yig'ishi mumkin. Tashxisning aynan ushbu usulini tanlashimizning boisi - unda bolaning aqliy rivojlanishining barcha shakllari qamrab olinadi: Bilish jarayoni (solishtirish ko'nikmasi, umumlashtirish, tahlil qilish, mustaqil xulosalar chiqarish va bosh..), obrazli fikrlash, bolaning mantiqiy imkoniyatlari uning qanchalik aqliy rivojlanganligiga xolis baho beradi. "Grafik diktant" bolaning o'quv topshiriqni qanday qabul qilishini, o'quv harakatlarini qanday bajara olishini aniqlashtiradi.
Leonid Abramovich VENGER 1925-yil 26-mayda Xarkov shahrida tug'ilgan. 1992-yil 17-iyunda Moskvada vafot etgan.
U 17 yoshga kirganda "Butun jahon urushi" boshlanadi. Urush tugagach, u MGUning falsafa fakultetida o'qiydi. Keyin u Tojikistonda faoliyat yuritadi. U Leninobod pedagogika institutida (1957-1960) pedagogika va psixologoya kafedrasi mudiri bolib faoliyat olib boradi. U 1968-yil "Maktab-gacha yoshidagi bolalarda nutq va sensomotorikani birga tarbiyalash" nomli doktorlik dessertatsiyasi ishini yozgan.
Xulosa o'rnida shuni aytishimiz mumkinki, bolalarni maktabdagi o'quv-tarbiya muhitiga moslashishi va intelektual qobiliyatlari uning qay darajada ta'lim olishga tayyorligi bilan baholanadi. Tashxislash usullari boladagi ustunlik va qamchilik tomonlarni aniqlashga yordam beradi. Tashxis o'tkazishdan asosiy maqsad, bolaning maktab ta'limiga tayyorgarlik darajasini aniqlash, kamchiliklarini korreksiya qilishdir.
FOYDALANIGAN ADABIYOTLAR
1. Fayzullayev Sh.N. Bolalarni maktab tayyorlash metodikasi: Darslik. - Samarqand: SamDU, 2022. - 196 b.
2. . Bolaning maktabga moslashuvi / S. Maksimenkoning buyrug'i, K. Maksimenko. - K.: Mikros- SVS, 2003.- 111yillar.
3. Bojovich L. I. Shaxsni shakllantirish muammosi /L. I. Bojovich; ed. D. Feldshteyn. - M.: Mezdunar. ped. akademiya, 1995.- 212 b. - (Tanlangan psixologik ishlar).
4. Diagnostika shkolnoy dezadaptatsii / Pod red. S. A. Belichevoy. M., 1993.