Научная статья на тему 'BOLALARNING KUNDALIK HAYOTINI TASHKIL QILISHDA TABIATNI SOG‘LOMLASHTIRUVCHI VOSITALARIDAN OQILONA FOYDALANISH'

BOLALARNING KUNDALIK HAYOTINI TASHKIL QILISHDA TABIATNI SOG‘LOMLASHTIRUVCHI VOSITALARIDAN OQILONA FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
705
19
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
CHINIQISH / JISMONIY MASHQ / XAVO VANNASI / MUOLAJA GIMNASTIKA / CHO'MILISH QUYOSH VANNALARI MUSHAKLAR / SAYOHAT VA SAYRLAR HARAKAT / MUVOZANAT / YURISH / YUGURISH / KATTA GURUH (5-6 YOSHDAGI) / TAYYORLOV GRUHI (6-7 YOSHDAGI BOLALAR) / SIKLIK / ATSIKLIK / ASOSSIY VA MAXSUS HARAKATLAR

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Mirzaev A.M.

Ushbu maqolada bolalarning kundalik hayotini tashkil qilishda tabiatni sog`lomlashtirishchi vositalaridan oqilona foydalanish haqida so`z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

NATURAL HEALTH MEASURES IN ORGANIZING CHILDREN'S DAILY LIFE REASONABLE USE

This article deals with the rational use of natural remedies in the organization of children's daily lives.

Текст научной работы на тему «BOLALARNING KUNDALIK HAYOTINI TASHKIL QILISHDA TABIATNI SOG‘LOMLASHTIRUVCHI VOSITALARIDAN OQILONA FOYDALANISH»

Mirzaev A.M.

Toshkent viloyati Chirchiq davlatpedagogika instituti

Bolalar sporti kafedrasi dotsent

BOLALARNING KUNDALIK HAYOTINI TASHKIL QILISHDA TABIATNI SOG'LOMLASHTIRUVCHI VOSITALARIDAN OQILONA

FOYDALANISH

Annotatsiya: Ushbu maqolada bolalarning kundalik hayotini tashkil qilishda tabiatni soglomlashtirishchi vositalaridan oqilona foydalanish haqida so^z boradi.

Tayanch so'zlar: Chiniqish, jismoniy mashq, xavo vannasi, muolaja gimnastika, cho'milish quyosh vannalari mushaklar, sayohat va sayrlar harakat, muvozanat, yurish, yugurish, katta guruh (5-6 yoshdagi), tayyorlov gruhi (6-7yoshdagi bolalar), siklik, atsiklik, asossiy va maxsus harakatlar.

Mirzaev A.M. docent

department of children's sports Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region

NATURAL HEALTH MEASURES IN ORGANIZING CHILDREN'S DAILY LIFE REASONABLE USE

Annotation: This article deals with the rational use of natural remedies in the organization of children's daily lives.

Keywords: Exercise, exercise, air bath, remedial gymnastics, swimming, sunbathing, muscles, travel, hiking, balance walking, running, large group (5-6 years old), training group (Children 6-7 years old), cyclic, acyclic, basic and special movements.

Xar bir ota onaning sog'lom-bola quvonchi va iftixoridir, o'z farzandining sihat-salomat, baquvvat, chidamli, chiniqqan bo'lishini orzu qilmaydigan birorta ota ona bo'lmasa kerak dunyoda. Bola o'z o'zidan sihat salomat, baquvvat chidamli bo'la olmaydi, chiniqmaydi. O'sayotgan organizmni tashqi muhitning o'zgarayotgan sharoitlariga o'z vaqtida moslasha olishni o'rganishni ishlab chiqish kerak. Shu boradagi ishlar yuzasidan extiyojlar sezilishi bilanoq, mamlakatimizda ta'lim islohotlari insonning muayyan darajada intellektual salohiyatining yuzaga chiqishiga, uning jamiyatda o'z o'rnini topishiga katta yordam beradigan kuch sifatida namoyon bo'ldi. "Ta'limning yangi modeli jamiyatda mustaqil fikrlovchi, erkin shaxsning shakllanishiga olib keladi. O'zining qadr-qimmatini anglaydigan, irodasi baquvvat, iymoni butun, hayotda

aniq maqsadga ega bo'lgan insonlarni kelajak avlod orasidan tarbiyalash imkoniga ega bo'ladik. Mana shundan taraqqiyot bosqichlaridan keyin ongli turmush kechirish jamiyat hayotining bosh mezoniga aylanadi. Ma'lumki, ota -bobolarimiz qadimdan bebaho boylik bo'lmish ilmu-ma'rifat, ta'lim va tarbiyani inson kamoloti va millat ravnaqining eng asosiy sharti va garovi deb bilgan. Albatta, ta'lim-tarbiya ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan, ya'ni xalq ma'naviyatini shakllantiradigan, boyitadigan eng muhim omildir. Binobarin, ta'lim-tarbiya tizimini va shu asosda ongni o'zgartirmasdan turib, ma'naviyatni rivojlantirib bo'lmaydi.

Zero, mamlakatimizda yosh avlodni manaviyatli etib tarbiyalashda, ta'lim-tarbiya tizimini raqobatbardosh muxitga mos ravishda tashkil etish isloxatlarimizning bosh mezoni ekan, bolalarimizni aqlan yetuk, ma'nan pok va jismonan barkamol etib tarbiyalashda jismoniy tarbiya va sportning o'rni beqiyos ekanligini ham unutmasligimiz lozim.

Bolalar uchun jismoniy mashqlar bilan amalga oshiriladigan chiniqtirish tadbirlari yosh avlodning ilk ta'lim tarbiya maskani hisoblangan maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarni chiniqtirish maqsadida havo vannalari, suv muolajalari (artinish, suv quyish, dush, cho'milish) va quyosh vannalaridan foydalanish singari adaptiv muolajalardan boshlanadi.

Tabiiy omillardan mujassam holda foydalanish bolalarda tashqi muhitning turli noxush ta'siriga (namhavo, yomg'ir, shamol, qizish) nisbatan chidamlilikni hosil qiladi.

Bolalarni chiniqtirish tadbirlari jismoniy mashqlar bilan birgalikda olib borilganda juda samarali bo'ladi: faol mushak ishi issiqlik regulyatsiyasining takomillashuv jarayoniga va bu bilan organizmning tashqi muhitga moslashuviga yordam beradi. Chiniqish jarayoni xilma-xil, u bir tomondan shifokor tavsiyasiga ko'ra maxsus tadbirlar (havo, suv, quyosh vannalari) ni o'z ichiga oladi, ikkinchi tomondan kun tartibida belgilangan sharoitning (xonani muntazam shamollatib turish, darchalarning ochiq turishi, bolalar yengil kiyim-bosh va poyabzali, sayrning belgilangan muddatiga va bolalar harakat faolligi tartibiga rioya qilish, derazalari ochiq ayvonda uxlash). Bularning hammasi organizmning to'laqonli chiniqishini ta'minlaydi, unda yoqimli o'zgarishlar paydo qiladi (nerv tizimining holati va vazifasini modda almashinishi jarayonini, qon tarkibini yaxshilaydi, nafas olishni chuqurlashtiradi, psixikaning hissiy-ijobiy holatini vujudga keltiradi) bola hatti-harakatini bu sharoitga moslashtiradi.

"Uchinchi ming yillikni bolasi" tayanch dasturi barcha yosh guruhlarda bir yoshdan boshlab chiniqtirish tadbirlarini qo'llashni ko'zda tutadi. Dasturda chiniqtirish turlari, ularning o'tkazish vaqti, qancha davom etishi belgilangan, shifokor tavsiyasiga ko'ra bolalarga yakka holda yondashish kerakligi ko'rsatilgan

Havo vannalari - bolalar harakat faoliyati vaqtida havoni terining yalang'och qismiga bevosita ta'sir etishini ta'minlaydi. Bunda havo vannasining

eng maqsadga muvofiq va tabiiy ko'rinishi ochiq havoda hamda deraza darchalari ochiq xonalarda o'tkaziladigan ertalabki badantarbiyadir.

Jismoniy tarbiya mashg'ulotlari va ertalabki gimnastika havo vannasi sifatida o'ziga xos xususiyatlarga ega. Ularni xonada o'tkazishda havo harorati asta-sekin har 2-3 kunda kamaytirib boriladi, bolalar ham shunga qarab yengilroq kiyintiriladi. Bu ish shifokor ko'rsatmasiga ko'ra, bolalar sog'lig'ining ahvoli va ularning har biriga yakka yondashgan holda amalga oshiriladi.

Bolalarni chiniqtirishning yana bir turi suvda chiniqtirish bo'lib bu tadbirlar artinish, belidan suv quyish, dush, cho'milish (basseyn, daryo, ko'l, dengizda) kabi muolajalardan iborat. Shifokorning bolalarning uziga xos xususiyatlari va sog'lig'ini hisobga olib bergan tavsiyasi bu muolajalarni belgilash uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Suv muolajalarida bolaning faol bo'lishi maqsadga muvofiq va zururdir.

Oyoq, qo'l uchlaridan markazga qarab massaj harakatlaridan foydalanib bolalar suvi siqilgan ho'l qo'lqoplar yordamida o'zlari harakat qilishga o'rganadilar. Doira yoki yarim doira bo'lib, turgan holda ular bir vaqtda ko'krak, yelka va qo'llarni ishqalab artadilar, shundan so'ng o'girilib qo'lqoplarini orqada turgan bolalarga beradilar va ularning har biri o'rtog'ining orqasini ishqalaydi. Shunday qilib, bola artinish jarayonida harakatda bo'ladi, sovuq qotmaydi va tarbiyachi rahbarligida zarur hayotiy ko'nikmaga o'rganadi.

Cho'milish har kungi doimiy muolaja sifatida bola organizmini sog'lomlashtirish va chiniqtirishning ajoyib vositasidir. Sovuq suv, ultrabinafsha nur, toza havo, bolalar harakati bu vositalar bola organizmiga, uning nerv tizimiga yaxshi ta'sir etadi.

Biroq bu muolajaning samaradorligiga qaramay undan juda ehtiyotkorlik bilan foydalanish, bolalarni unga asta-sekin o'rgatish- dushdan oldin artinish va suvning haroratini asta-sekin pasaytirib borish lozim.

Chiniqtirish maqsadidagi cho'milish dasturda o'rta, katta va tayyorlov guruhlari uchun tavsiya etiladi. Suvga o'rgatishni 1,5-2 yoshdan boshlash maqsadga muvofiqdir. Suvi sayoz joyda yurish, tosh terish, shishirilgan o'yinchoqlar bilan o'ynash, suv sachratish kichkintoylarga o'zlari uchun yangi bo'lgan suv muhitini o'zlashtirishda yordam beradi, axloqiy hislarni uyg'otadi, jasurlikni tarbiyalaydi.

Cho'milish yozda, kun issiq paytda, havo harorati 20-25 S, suv harorati kamida 20-25 S paytida boshlash, ikki haftadan keyin havo harorati 18-20 S, suvning 15-16 S bo'lganda cho'milish mumkin. Quyosh vannalari. Quyosh bola organizmiga yaxshi ta'sir ko'rsatib, uning umumiy holatini mustahkamlaydi, almashinish jarayonlarini yaxshilaydi. Ayniqsa bakteritsid (bakteriyalarning rivojlanishini to'xtatadigan), antiraxit (nerv tizimining faoliyatini yaxshilaydigan, modda almashinish jarayonini kuchaytiradigan, suyak mushak tizimini mustahkamlaydigan), eritem (qon oqimini ko'chaytiradigan va terini qizartirib, badanning qorayishiga olib keladigan) ta'sirga ega bo'lgan ultrabinafsha nurlari juda foydalidir. Dastlab quyoshda ko'pi bilan 5-6 daqiqa

toblanish lozim. Bu muddat har kuni 5-6 daqiqa oshira boriladi va nihoyat 1 soatga yetkaziladi. Bola oftobda boshiga sochiq yopib yoki panama kiyib yotishi, har 2-2,5 daqiqada qorindan yonboshga, so'ngra orqasiga, keyin boshqa yonboshiga ag'darilib turishi lozim. Quyosh vannasidan so'ng soyada 15-20 daqiqa dam olish, ustdan suv quyish, suv havzasida 5-10 daqiqa cho'milish mumkin.

Oftobda ertalab soat 8 dan 11 gacha va kunduzi soat 16 dan 18 gacha toblanish foydalidir. Bu paytda quyoshning ultrabinafsha nurlari ko'p bo'lib, bu nur raxitning oldini oladi. Infraqizil nurlari esa tanani qizdirib yuborib, zarar keltirishi mumkin. Bolalarning kundalik hayotdagi harakat faoliyatini to'g'ri tashkil etish bolaning sog'lom jismoniy holati va kun davomidagi ruxiy xolati uchun zarur harakat rejimini bajarilishini ta'minlaydi.

Agar sayrda jismoniy tarbiya mashg'ulotini o'tkazish belgilangan bo'lsa, unga tabiiy omillardan foydalanib amalga oshiriladigan mashqlar, tik turgan, o'tirgan, yotgan holatdan buyumlar bilan bajariladigan mashqlar, to'siqlar osha yugurish, tez yugurish, uzoqqa va nishonni mo'ljallab uloqtirish kiritiladi. Jismoniy mashqlar belgilangan normaga muvofiq o'tkazilishi lozim. Sayr bolalar tushlik ovqatga kechikmasdan keladigan qilib tashkil etiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Mirziyoev Sh M. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz. Sh. M. Mirziyoev. - Toshkent: O'zbekiston, 2017. -592 b.

2. Djamilova N.N Bolalar jismoniy tarbiyasi. T. 2020

3.Mahkamdjonov K.M. "Maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarning jismoniy rivojlantirishi va tayyorgarligini takomillashtirish" Metodik qo'llanma. Toshkent, 1996.

4.Berdiev B. Ch. "Maktabgacha ta'lim muassasalarida tarbiyalanuvchi bolalar jismoniy tarbiya mashg'ulotlarining samaradorligini oshiri usullari" mavzusidagi magistlik disertatsiyasi TerDU 2020

5. B.B.Ma'murov "Bolalar rivojlanishida jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi", "Turon zamin ziyo" nashriyoti Toshkent 2014

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.