Научная статья на тему 'BOLALARNING INGLIZ TILIDA MULOQOTCHANLIK KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHDA SO‘Z YODLASH USULLARI'

BOLALARNING INGLIZ TILIDA MULOQOTCHANLIK KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHDA SO‘Z YODLASH USULLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Research Focus
Область наук
Ключевые слова
Ingliz tili / so‘z boyligi / muloqot ko‘nikmalari / bolalar / so‘z yodlash / kartochkalar / o‘yinlar / takrorlash / kontekstda o‘rganish / audio va video. / английский язык / словарный запас / коммуникативные навыки / дети / словарный запас / карточки / игры / повторение / обучение в контексте / аудио и видео.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Shotemirov Sanjar, Ergasheva Malohat Yo‘ldosh Qizi

Ushbu maqolada bolalarning ingliz tilida muloqotchanlik ko‘nikmalarini shakllantirishda so‘z yodlash usullarining ahamiyati tahlil qilinadi. Vizual kartochkalar, kontekstda o‘rganish, o‘yinlar, takrorlash va audio-videomateriallardan foydalanish kabi samarali usullar ko‘rib chiqiladi. Mazkur yondashuvlar bolalarning qiziqishini oshirib, ularni tilni faol o‘rganishga undaydi. Maqola so‘z boyligini oshirish orqali muloqotda ishonchni mustahkamlash yo‘llarini ham yoritadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

МЕТОДИКА ЗАПОМИНАНИЯ СЛОВ В ФОРМИРОВАНИИ КОММУНИКАТИВНЫХ НАВЫКОВ ДЕТЕЙ НА АНГЛИЙСКОМ ЯЗЫКЕ

В данной статье анализируется значение методов запоминания слов в формировании коммуникативных навыков детей на английском языке. Рассмотрены такие эффективные методы, как карточки, обучение в контексте, игры, повторение и использование аудио-видео материалов. Такие подходы повышают интерес детей и побуждают их активно изучать язык. В статье также освещены способы повышения уверенности в общении за счет увеличения словарного запаса.

Текст научной работы на тему «BOLALARNING INGLIZ TILIDA MULOQOTCHANLIK KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHDA SO‘Z YODLASH USULLARI»

BOLALARNING INGLIZ TILIDA MULOQOTCHANLIK KO'NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHDA SO'Z YODLASH USULLARI

Shotemirov Sanjar

Termiz davlat pedagogika instituti Pedagogika va inklyuziv ta'lim kafedrasi o'qituvchisi

Ergasheva Malohat Yo'ldosh qizi Termiz davlat pedagogika instituti Tillar fakulteti 3-kurs talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.14317064 Annotatsiya: Ushbu maqolada bolalarning ingliz tilida muloqotchanlik ko'nikmalarini shakllantirishda so'z yodlash usullarining ahamiyati tahlil qilinadi. Vizual kartochkalar, kontekstda o'rganish, o'yinlar, takrorlash va audio-videomateriallardan foydalanish kabi samarali usullar ko'rib chiqiladi. Mazkur yondashuvlar bolalarning qiziqishini oshirib, ularni tilni faol o'rganishga undaydi. Maqola so'z boyligini oshirish orqali muloqotda ishonchni mustahkamlash yo'llarini ham yoritadi.

Kalit so'zlar: Ingliz tili, so'z boyligi, muloqot ko'nikmalari, bolalar, so'z yodlash, kartochkalar, o'yinlar, takrorlash, kontekstda o'rganish, audio va video.

МЕТОДИКА ЗАПОМИНАНИЯ СЛОВ В ФОРМИРОВАНИИ КОММУНИКАТИВНЫХ НАВЫКОВ ДЕТЕЙ НА АНГЛИЙСКОМ ЯЗЫКЕ Аннотация: В данной статье анализируется значение методов запоминания слов в формировании коммуникативных навыков детей на английском языке. Рассмотрены такие эффективные методы, как карточки, обучение в контексте, игры, повторение и использование аудио-видео материалов. Такие подходы повышают интерес детей и побуждают их активно изучать язык. В статье также освещены способы повышения уверенности в общении за счет увеличения словарного запаса.

Ключевые слова: английский язык, словарный запас, коммуникативные навыки, дети, словарный запас, карточки, игры, повторение, обучение в контексте, аудио и видео.

VOCABULARY MEMORIZATION METHODS TO HELP CHILDREN DEVELOP THEIR ENGLISH COMMUNICATION SKILLS Abstract: This article analyzes the importance of word memorization methods in the formation of children's communication skills in English. Effective methods such as flashcards, learning in context, games, repetition, and the use of audio-video materials are considered. These approaches increase children's interest and encourage them to actively learn the language. The article also highlights ways to build confidence in communication by increasing vocabulary.

Keywords: English, vocabulary, communication skills, children, vocabulary, flashcards, games, repetition, learning in context, audio and video.

KIRISH

So'nggi bir necha yil ichida chet tilini o'rganish o'z-o'zini rivojlantirishning bir usuli emas, balki zarurat bo'lib qoldi. Chet tili nafaqat maktablar va universitetlarda, balki ko'plab qo'shimcha maktabgacha ta'lim muassasalarida ham ta'limning majburiy tarkibiy qismiga aylandi. Jamiyatda chet tiliga bo'lgan talab, bir tomondan, shuningdek, ota-onalar tomonidan til nafaqat zamonaviy insonni tarbiyalashning omili, balki uning jamiyatdagi ijtimoiy va moddiy farovonligining asosi ekanligini tushunishi, boshqa tomondan esa bu narsa ularning dunyoqarashining rivojlanishiga ham ta'sir qiladi. Agar 20 yil oldin tilni bilish faqat ba'zi soha ishlarida talab qilinadigan bo'lsa,

endi kamida bittasini o'zlashtirish zamon talabiga aylanib bormoqda. Chet tilini o'qitishning asosiy muammosi talabaning yoshi. Ma'lumki, bolalar o'rganish uchun qulayroqdir. Yaqin vaqtgacha o'qitish metodikasi bolalarga qaratilgan edi va maktab yoshidan boshlanardi, hozir esa endi ota-onalar farzandiga chet tilini o'rgatishni iloji boricha erta boshlashga intilmoqda. Bolalarda ingliz tilida samarali muloqot qilish ko'nikmasini rivojlantirish uchun ularning so'z boyligini oshirish juda muhimdir.

ASOSIY QISM

"Grammatikasiz juda oz narsa tushuniladi, lekin lug'atsiz umuman hech narsa ifodalanmaydi." Tilshunos Devid Uilkinsning bu so'zlari lug'at o'rganishning muhimligini ta'kidlaydi. Uning qarashlari yaqinda chop etilgan o'quv qo'llanmasida (Dellarning va Xokingning Innovations, LTP) keltirilgan maslahatida aks etgan: "Agar ko'proq vaqtingizni grammatika o'rganishga sarflasangiz, ingliz tilingiz juda ko'p rivojlanmaydi. Agar siz ko'proq so'z va iboralarni o'rgansangiz, ko'proq yaxshilanishni ko'rasiz. Grammatikasiz juda kam narsa aytishingiz mumkin, lekin so'zlar bilan deyarli hamma narsani ifodalashingiz mumkin!", - deydi buyuk tilshunos.1 Bundan ko'rinib turibdiki, biz til o'rganishni birinchi bo'lib so'z yodlashdan boshlashimiz kerak ekan.

Bolalarda so'z yodlash jarayonini yanada qiziqarli tashkillashtirish uchun bir necha interaktiv metodlar mavjud va keyingi o'rinlarda bu haqda batafsil gaplashamiz. Biz so'z yuritadigan birinchi metodika bu - "Who is your friend", ya'ni sizning do'stingiz kim, deb nomlanadi va bu metod boshlang'ich sinflar o'rtasida o'tkazilsa maqsadga muvofiq bo'ladi.

Metodikaning tashkillashtirilishi: Birinchi navbatda o'qituvchi o'quvchilarga yodlash uchun bergan inglizcha so'zlarining har birini kichkina qog'ozchalarga yozib chiqadi. Keyin esa xuddi shu yozilgan so'zlarning o'zbekcha tarjimalarini ham boshqa qog'ozchalarga yozib chiqadi. O'yinni boshlashdan oldin o'qituvchi bolalarga o'yin qoidalarini tushuntirib beradi: "Bu o'yinning nomi " Who is your friend", ya'ni sizning do'stingiz kim, deb nomlanadi. Men qo'limdagi lug'at yozilgan so'zlar va ularning tarjimalarini hammaga aralashtirib tarqataman, sizlar esa do'stlaringizni topishlaringiz kerak bo'ladi. Misol uchun, bu o'yinda birinchi partada o'tirgan o'quvchimizning do'sti oxirgi partada o'tirgan o'quvchimiz bo'lishi ham mumkin. Biz do'stimizni qanday qilib bilib olamiz? Buning uchun tarqatilgan inglizcha lug'atlar yozilgan varaqchalar kimga tushgan bo'lsa, o'quvchilar navbatma-navbat o'rnidan turib o'qiy boshlaydilar. Misol uchun kimgadir "apple", ya'ni "olma" so'zi tushgan va u o'rnidan turib shu so'zni o'qiydi. Endi esa boshqa, shu so'zning ayni tarjimasi yozilgan varaqcha tushgan o'quvchimiz "your friend is me", ya'ni sizning do'stingiz men deb o'rnidan turib shu so'zning tarjimasini aytadi. Va o'yin shu tariqa davom etadi".

Bu o'yin bolalarning berilgan lug'atlarni yanada mustahkamlab olishini va o'yin jarayonida ular yangi so'zlar bilan tanishishini ta'minlaydi. Qolaversa bu o'yin davomida bolalar metodika nomlari va o'tkazilish jarayonidagi aytilishi kerak bo'lgan so'zlarni ham yod olib boradi. Bu o'yinda qatnashayotgan har bir o'quvchi diqqat bilan e'tiborli bo'lib turishi talab etiladi. Natijada esa nafaqat ularning so'z yodlash qobiliyatlari, balki diqqati ham charxlanib boradi. Shuning uchun ham bu metodika ko'plab pedagogoglarimiz tomonidan samarali foydalanib kelinmoqda.

Bizda keyingi keng tarqalgam metodikalardan biri bu mnemonikadir.

1 Scott Thournbury "How to teach vocabulary"

Mnemonika - o'xshashlik, bog'liqlik asosida xotira hajmini kengaytirish va kerakli ma'lumotlarni eslab qolish uchun maxsus uslublar to'plamidir. Bunda yangi noma'lum bo'lgan tushunchalar inson ongida allaqachon mavjud bo'lgan ma'lumotlar bilan bog'lanadi va natijada yangi axborotni eslab qolish osonlashadi. Keling, bu uslubga oid bir misolni ko'rib chiqamiz: yilning qaysi oylari 31 kun va qaysilari 30 kun ekanligi har doim ham insonning yodida turavermaydi. Buni siz quyidagi inglizcha she'r yordamida osonlik bilan o'rganib olishingiz mumkin.

Thirty days have September, April, June and November, All the rest have thirty-one; February has twenty-eight alone,2

Qolaversa, mnemonika ba'zi ma'lumotlarni eslab qolishni osonlashtirish uchun o'zingizni topqirligingizdan foydalanishga ham imkon beradi.

XULOSA

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, bolalarning ingliz tilida muloqotchanlik ko'nikmalarini rivojlantirishda so'z yodlash muhim o'rin tutadi. Bunda kontekstual o'rganish, o'yinli mashg'ulotlar, muloqotga jalb qilish va doimiy takrorlash kabi usullar muvaffaqiyatga erishishda katta yordam beradi. Bu usullar orqali bolalar nafaqat so'zlarni yodlash, balki ulardan kundalik hayotda to'g'ri foydalanishni ham o'rganadilar. Natijada ular ingliz tilini o'zlashtirish jarayonini yanada zavqli va samarali his qilishadi. Donishmandlar aytganidek, "Boshqa tilni o'rganish faqatgina boshqa so'zlarni o'rganish emas, balki narsalar haqida boshqacha fikrlashni o'rganish hamdir". Bu tushunchalarni tez va oson o'zlashtira olish bizning so'z yodlash sirlarini qay darajada amalda qo'llay olishimizga ham har jihatdan bog'liqdir3.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. O'. Hoshimov, I. Yoqubov "Ingliz tilini o'qitish metodikasi", Toshkent 2003.

2. David A. J, Eggen, P Kauchak. "Methods for Teaching: Promoting student learning" [M] 2002.

3. Scott Thournbury "How to teach vocabulary"

4. https://doi.org/10.5281/zenodo.6696329

5. https://prep.uz/news/umumiy/so-z-yodlashning-siz-bilmagan-sirlari#:~:text=foydalanishga%20ham%20imkon-,beradi.

6. https://global-edu.uz/articles/qanday-qilib-sozlarni-oson-eslab-qolish-mumkin/#:~:text=tez%20orada%20natijaga-, erishasiz., -Bu%20usullar%20orqal

7. Bakhtyorovna, K. M. (2024). WAYS OF FORMING PEDAGOGICAL SKILLS IN THE PROCESS OF EDUCATIONAL WORK. Gospodarka i Innowacje., 48, 18-20.

8. M., K. . (2023). THEORETICAL AND METHODOLOGICAL FOUNDATIONS OF THE TECHNOLOGY OF FORMING REFLECTIVE SKILLS IN FUTURE TEACHERS. JOURNAL OF SCIENCE, RESEARCH AND TEACHING, 2(8), 107-110. Retrieved from http://j srt.innovascience.uz/index.php/j srt/article/view/280

2 https://prep.uz/news/umumiy/so-z-yodlashning-siz-bilmagan-sirlari#:~:text=foydalanishga%20ham%20imkon-,beradi.,-Masalan%2C%20ingliz%20tilida

3 https://prep.uz/news/umumiy/so-z-yodlashning-siz-bilmagan-sirlari#:~:text=ham%20har%20jihatdan-,bog%E2%80%98liqdir.,-Manba%3A%20xabardor.uz

9. Azamat, M. S., & Rajabali, P. S. International Evaluation Programs. International Journal of Innovations in Engineering Research and Technology, 1-5.

10. Mamatkobilova, S., & Julayeva, M. (2020). FACTORS AFFECTING FAMILY STRENGTH

11. DUAL EDUCATION IN THE INTEGRATIVE MACROENVIRONMENT OF PROFESSIONAL EDUCATION (JOURNAL OF EDUCATIONAL DISCOVERIES AND LIFELONG LEARNING( EJEDL)

12. a4rhob, Н. А., & Джураев, Ф. Р. РОЛЬ И ЗНАЧЕНИЕ ПРЕДМЕТА "ВОСПИТАНИЕ" В ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ УЧРЕЖДЕНИЯХ.

13. a4rhob, Н. А., & Джураев, Ф. Р. (2022). РОЛЬ И ЗНАЧЕНИЕ ПРЕДМЕТА "ВОСПИТАНИЕ" В ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ УЧРЕЖДЕНИЯХ. Главный редактор ЕС Овечкина, 697.

14. US Yakubova О_'QITUVCHILARNING_IJTIMOIY-PEDAGOGIK

KOMPETENTLILIGINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI Inter education & global study, 2024

15. Sharifovna, Y. U. (2022). Professional Qualities of a Social Educator. Vital Annex: International Journal of Novel Research in Advanced Sciences, 1(5), 171-175.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.