Научная статья на тему 'YANGI SO’Z YODLASHNING SAMARALI USULLARI'

YANGI SO’Z YODLASHNING SAMARALI USULLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
638
42
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
so’z yodlash usullari / sinonim va antonim so’zlar / kombinatsiya usuli / xotira / qisqa va uzoq muddatli xotira / mnemonika / duolingo. / word memorization methods / synonyms and antonyms / combination method / memory / short and long-term memory / mnemonics / duolingo.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Shermamatova, S., Aliyeva, M.

Chet tilini o’rganuvchi o’quvchilarni qiynayotgan masalalardan biri bu so’z yodlashdir. Sababi ko’pchilik o’rganuvchilar samarasiz va ancha eski bo’lgan so’z yodlash usullaridan foydalanadilar. Lekin hozirgi rivojlangan dunyoda bunga ham albatta yechim topilgan. Hozirda dunyoda chet tili so’zlarini tez va oson, samarali yodlash usullari mavjud. Lekin, afsuski, ko’pchilik bundan bexabar. Ushbu maqolada aynan shu muammoga yechim beriladi va mavzu to’liq yoritilib beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

EFFECTIVE METHODS OF MEMORYING NEW WORDS

One of the problems of foreign language learners is vocabulary memorization. This is because most learners use ineffective and outdated vocabulary memorization methods. But in today’s developed world, there is definitely a solution for this. Currently, there are fast, easy, and effective ways to memorize foreign language words in the world. But, unfortunately, many people are not aware of this. In this article, a solution to this problem will be given and the topic will be fully covered.

Текст научной работы на тему «YANGI SO’Z YODLASHNING SAMARALI USULLARI»



o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

YANGI SO'Z YODLASHNING SAMARALI USULLARI

S.Shermamatova

Farg'ona davlat universiteti o'qituvchisi M. Aliyeva Farg'ona davlat universiteti Xorijiy tillar va adabiyot fakulteti talabasi

ANNOTATSIYA

Chet tilini o 'rganuvchi o 'quvchilarni qiynayotgan masalalardan biri bu so 'z yodlashdir. Sababi ko'pchilik o'rganuvchilar samarasiz va ancha eski bo'lgan so'z yodlash usullaridan foydalanadilar. Lekin hozirgi rivojlangan dunyoda bunga ham albatta yechim topilgan. Hozirda dunyoda chet tili so'zlarini tez va oson, samarali yodlash usullari mavjud. Lekin, afsuski, kopchilik bundan bexabar. Ushbu maqolada aynan shu muammoga yechim beriladi va mavzu to'liq yoritilib beriladi.

Kalit so'zlar: so'z yodlash usullari, sinonim va antonim so'zlar, kombinatsiya usuli, xotira, qisqa va uzoq muddatli xotira, mnemonika, duolingo.

One of the problems of foreign language learners is vocabulary memorization. This is because most learners use ineffective and outdated vocabulary memorization methods. But in today's developed world, there is definitely a solution for this. Currently, there are fast, easy, and effective ways to memorize foreign language words in the world. But, unfortunately, many people are not aware of this. In this article, a solution to this problem will be given and the topic will be fully covered.

Key words: word memorization methods, synonyms and antonyms, combination method, memory, short and long-term memory, mnemonics, duolingo.

Hozirgi kunda chet tillarini o'rganish yoshlar orasida ommalashib bormoqda. Har bir inson chet tilini: o'qish, sayohat qilish, ishlash va shunga o'xshash maqsadlarda o'rganadi. Xorijiy tillarni o'rganish nufuzli ta'lim dargohlarida o'qishga, rivojlangan mamlakatlarda ishlab, o'z malakasini, tajribasini oshirishga, turli xil davlatlarda sayohat qilishga yordam beradi.

"One language sets you in a corridor for life. Two languages open every door along the way" Frank Smith1

" Bir til sizni hayot so'qmog'iga olib chiqadi. Ikkitasi esa yo'ldagi barcha to'siqlarni yengishga yordam beradi" Frenk Smit

1 Shohruh Mirzo Rahmonov va Iskandar Sattibayev "So'z yodlash sirlari" , Toshkent 2015, "Istiqlol nuri", 70-bet

ABSTRACT

KIRISH

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

Boshqa tillarni o'rganish avvalo ularning so'zlarini yodlash bilan boshlanadi. So'zlarni yaxshi bilish, ularni to'g'ri talaffuz qilish va o'z o'rnida foydalana olish insonga o'zi xohlagan tilida ravon muloqot qila olishiga sabab bo'ladi.

Chet tili o'rganuvchilarning asosiy muammolaridan biri bu- so'z yodlash, ularni uzoq muddat eslab qola olmaslik va muloqotda so'zlardan foydalana olmaslikdir. Bu muammoga asosiy sabab: so'z yodlashda eskirgan usullardan foydalanish, misol uchun takrorlash usuli. Takrorlash usulidan foydalanib yodlangan so'zlar bir muddat yodda qoladi va vaqtlar o'tib xotiradan butkul o'chib ketadi. Yangi so'zni oson yodlash, muloqotda qo'llash va albatta xotirada uzoq muddatga saqlash uchun so'z yodlashning yangi va samarali usullaridan foydalanish zarur.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Quyida beriladigan bir nechta usullar bu mumammoga yechim bo'ladi.

1-usul. Daftar tutishga e'tibor berish kerak. Lug'at yoziladigan daftar iloji boricha o'zi bilan birga olib yurishga qulay bo'lishi kerak. Har xil rangli ruchkalardan foydalanish so'zlarga bo'lgan qiziqishni oshiradi. Har bir guruhga alohida rangdan foydalanish so'zni oson ajratib olishga yordam beradi. Misol uchun: sifat so'z turkumidagi so'zlar yashil rangda, fe'llar qora, otlar qizil rangda .

2-usul. Kartochkalarga yozib yodlash. Bu usul eng samarali usullardan biri, qisqa muddatda ko'p so'z yodlashga yordam beradi. Yangi so'zlarni kartochkalarga bir tarafga tarjimasini, ikkinchi tarafga so'zni o'zini yoziladi. Kartochkalar birma bir tortiladi, bilgan so'zlar chiqarib yuboriladi, bilmagan so'zlar esa qoladi. Qolgan so'zlarni yana tarjimasini topishga harakat qilinadi, kartochkalarni tortish oxirgi so'zni yodlamagungacha davom etadi .

3-usul. Stikerlardan foydalanish. So'zlarni stikerlarga yozib, ularni eng ko'p uchratadigan joyga yopishtirib qo'yish. Har safar qaralganda so'z yodga tushadi va bunga alohida vaqt ajratishni xojati qolmaydi. Agar so'zlar predmet, jihozlardan iborat bo'lsa, stikerlarni o'sha jihozga yopishtirish maqsadga muvofiq. Misol uchun door so'zini stikerga yozib, eshikka yopishtirib qo'yiladi va har safar eshikdan tashqariga chiqqanda bu so'z ko'zga tashlanadi va xotirada qoladi4.

4-usul. So'z yodlaganda o'sha so'zning sinonim yoki antonimi bilan yodlash-ko'proq so'z yodlashga va eslab qolishga oson bo'ladi. Misol uchun: long - short, sun - moon, left - right. E'tibor beriladigan joyi shundaki, sinonimlarni yodlayotganda ularning asl ma'nolari bilan birgalikda yodlash kerak. Chunki har bir so'zning har xil ma'nolari bor: salbiy, ijobiy va hokazo. Agar so'zning ma'nosiga e'tibor berilmasdan

2 https ://prep.uz/news/maslahat/so-z-yodlashning-siz-bilmagan-sirlari

3 https://global-edu.uz/articles/ingliz-tilidagi-sozlarni-oson-eslab-qolishning-eng-zor-yollari/

4 https://global-edu.uz/articles/ingliz-tilidagi-sozlarni-oson-eslab-qolishning-eng-zor-yollari/

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

yodlansa, bu albatta xato bo'ladi. So'zning ma'nosini bilgan holda yodlash, so'zni ko'proq tushunishga va oson esda saqlab qolishga yordam beradi. Misol uchun: nam, xo'l, shalobbo. Bu uchchala so'z o'zaro sinonim, lekin ma'nolari har xil. Agar nam so'zi ishlatiladigan joyda shalobbo so'zi ishlatilsa, bu albatta ma'noviy jihatdan xato hisoblanadi. Shuning uchun sinonimlarni ma'nosini tushungan holatda yodlab, ularni o'z o'rnida ishlatish yaxshi natija beradi.

5-usul. So'zlarni kombinatsiya uslubida yodlash. Kombinatsiya- bir turdagi narsalarning birikmasi. Kombinatsiya usulida yodlash bir guruhga kiruvchi so'zlarni yodlash demakdir. Misol uchun: uy jihozlari, tana a'zolari, kiyimlar, musiqa asboblari va shunga o'xshash bir guruhga kiruvchi so'zlarni birgalikda yodlash. Misol uchun: tana a'zolari - parts of body: eyes, ears, head, nose, teeth, hand, foot...

Xotira- inson miyasining bir qismidir. U hayotda bo'lib o'tgan voqea-hodisalarni, narsalarni miyaga saqlab olish va uni esga tushirishdan iborat aqliy faoliyatdir. Til o'rganishda xotira katta ahamiyat kasb etadi. So'zlarni, qoidalarni, talaffuzlarni, umuman olganda barcha o'rganilgan yangi narsalarni eslab qolish xotiraning vazifasi hisoblanadi.

"Xotira texnikalarining amaliy yordam beradigan eng muhim sohasi, menimcha so'zlarni yodlab qolish sanaladi" Shohruh Mirzo Rahmonov

Bundan ko'rinib turibdiki, nafaqat xotira so'zlarni yodlab qolishga yordam beradi, balki, so'zlarni yodlash ham xotirani mustahkamlashga o'z hissasini qo'shar ekan.

Xotira turlari. Xotiraning 2turi mavjud. Bular: qisqa muddatli xotira va uzoq muddatli xotira. Qisqa muddatli xotira yodlangan narsani bir muddat eslab qolib, so'ng uni esdan chiqarib yuboradigan xotiradir. Qisqa muddatli xotiraning yomon tarafi ma'lumotlar tez fursatda xotiradan o'chib ketishidir. Buning oldini olish uchun yodlash kerak bo'lgan ma'lumotni takrorlash yoki o'sha manbaga 7 sekund vaqt mobaynida diqqatini jamlab e'tibor qaratish kerak5.

Uzoq muddatli xotira. Miya qabul qilgan ma'lumotlarni uzoq muddat davomida saqlab qoladigan xotiradir.6 Inson nimaga ko'proq ahamiyat berib, e'tibor berib yodlasa, bu u uchun muhimligini bilsa, miya o'sha ma'lumotni uzoq muddatli xotiraga saqlaydi. So'z yodlashning turli xil usullarining mavjudligini sababi shundaki, yodlangan ma'lumotni qisqa muddatli xotiradan uzoq muddatli xotiraga o'tkazishdir. Ma'lumotlarni uzoq muddatli xotiraga o'tkazishda mnemonika asosiy vazifani bajaradi.

5 Sh.M.Rahmonov "Mukammal xotira" , 2014 "Yangi asr avlodi" , 34-bet

6 Sh.M.Rahmonov "Mukammal xotira", 2014 "Yangi asr avlodi" , 35-bet

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN:2181-1784

educational, natural and social sciences www.oriens.uz

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(4), April, 2023

Mnemonika so'zi yunonlarning Xotira xudosi "Mnemosin" so'zidan olingan. Mnemonika qiyin so'zlarni oson usulda yodlashdir. Mnemonika turli xil texnikalarni o'z ichiga oladi va ular qisqa muddat mobaynida ko'p so'zlarni, ma'lumotlarni esda saqlab qolishga yordam beradi . Shuningdek, yodlanayotgan so'zga qo'shimcha ma'no qo'shish va so'zni tasavvur qilish orqali o'sha so'zni yodlash ham mnemonika deyiladi.

Xotiramizning 4ta xususiyati bor. Bularni biz bosh xarflarini birlashtirgan holda Mato deb atashimiz mumkin. Bular: makon, assotsatsiya, tasavvur va oraliqli takrorlash.

Makon xususiyati. Inson miyasi biror narsani yodlayotganda, o'rganayotganda uni biror bir makon bilan bog'lagan holatda o'rgansa esda saqlab qolishi osonroq bo'ladi. Bunga misol qilib shuni aytish mumkinki, inson biror bir qo'shiqni eshitganda uni ilk bor qayerda, qanday holatda eshitgan holatini yodiga olishi yoki biror bir shirinlik, meva, taomlarni birinchi marta qayerda tanavvul qilgani esiga tushishi tabiiy holdir. Makon xususiyati xuddi shunday. Mnemonik texnikalardan foydalanib so'z yodlashda miyamizning makon xususiyati katta yordam beradi. Misol uchun: Inson hayotida eng ko'p xotiralari uning uyida o'tadi va eng ko'p biladigan joyi ham uning uyidir. Hattoki chiroq o'chib qolsa ham bemalol taxmin qilib o'z uyida harakatlana oladi. Biror bir so'z yodlashni o'zi yaxshi bilgan joydagi makonlar bilan bog'lab yodlash katta samara beradi. Shuning uchun, uydagi jihozlardan foydalanib so'z yodlashni boshlaymiz. 5ta uy jihozlari tanlab olinadi va 5ta yodlash

o

uchun kerak bo'lgan so'zlar tanlab olinadi .

Misol uchun:

1. Shkaf 1. Olma

2. Televizor 2.Merkuriy

3. Divan 3. Oshqovoq

4. Muzlatgich 4. Qo'l

5. Tokcha 5. Robot

Endi makon xususiyati va mnemonikadan foydalanib xar bir so'zni o'zining makoniga joylashtirib chiqiladi. Olma bilan shkafni qanday qilib bir biriga bog'lasa bo'ladi? Tasavvurni ishga solgan holda shkaf to'la olmalar borligini va ular to'kilib yotganligi o'ylanadi. Merkuriy va televizor. Televizorda Merkuriydan kelgan o'zga sayyoraliklar haqida ma'lumot berilmoqda. Divan va oshqovoq. Oshqovoq divanda ko'rpaga o'rangan holatda uhlamoqda. Muzlatgich va qo'l. Muzlatgichning qo'li bor va u qo'llari bilan raqsga tushmoqda. Tokcha va robot. Tokchada har xil robotlar

7 Sh.M.Rahmonov "Mukammal xotira" , 2014 "Yangi asr avlodi" , 48-bet

8 Shohruh Mirzo Rahmonov va Iskandar Sattibayev "So'z yodlash sirlar" , Toshkent 2015, "Istiqlol nuri", 12-bet

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

birga o'tirib, bir birlari bilan gaplashmoqda. Ana endi uydagi har bir jihoz yodga olinadi: olmalarga to'la shkaf, Merkuriydan kelgan o'zga sayyoraliklar haqida ma'lumot berayotgan televizor, oshqovoq uhlab yotgan divan, qo'li bor muzlatgich va robotlarga to'la tokcha. Makon bilan bog'langan tasavvur inson miyasining uyg'onishiga va faoliyatining yaxshilanishiga sabab bo'ladi.

Assotsatsiya (aloqadorlik) xotiraning ikkinchi asosiy xususiyati hisoblanadi. Ikki narsa o'rtasida o'zaro bog'liqlik.9 Misol uchun: lazgi so'zini uchratganda albatta Xorazm esga keladi yoki sariy, deli bayrami kabi so'zlarni ko'rganda shubhasiz, Hindiston yodga olinadi. Assotsatsiya ma'lum bir yangi narsani eski ma'lumot bilan bog'lab o'rganishdir. Misol uchun: feel- his qilmoq (ingliz tilida) so'zi o'zbek tilidagi fil o'zi bilan talaffuz jihatidan o'xshash. Yodlashga oson bo'lishi uchun bu ikkala so'z ma'noviy jihatdan birlashtiriladi ya'ni ta'sirli filmni ko'rgan fil bosh qahramon holatini his qildi va tinmay yig'ladi. Namuna qanchalik kulguli yoki g'ayrioddiy bo'lsa, shuncha oson va uzoq muddat davomida xotirada qoladi.

Tasavvur. Biror bir so'zni eshitganda uni tasavvur qila olish xotiraning xotiraning yana bir xususiyatidir.10 Misol qilib divan so'zini olish mumkin. Divan so'zini uchratganda xotiraga albatta katta, yumshoq, o'tirsa yoki yotsa bo'ladigan jihoz keladi. Shu so'zni inglizcha tarjimasi "sofa" bo'ladi. Endi uni tasavvur qilib ko'rish kerak: yumshoq sofa, katta sofa, yangi sofa. Bu usul yordamida yangi so'zni hayolan tarjimasi bilan bog'lab tasavvur qilgan holatda yodlash mumkin.

Oraliqli takrorlash. Bu ham xotiraning xususiyati hisoblanadi. Yodlangan ma'lumot tartibli ravishda takrorlanib tursa, xotirada umrbod qolishiga sabab bo'ladi.11 Tartibli ravishda takrorlash- ma'lumot olingandan so'ng, lsoatdan keyin, lkundan keyin, 1haftadan keyin va 1oydan keyin takrorlash hisoblanadi. Bu miyani charxlab turish demakdir.

Bundan tashqari takrorlashning boshqa turi ham mavjud. U 96soatlik vaqtni o'z ichiga oladi. Har 4 kunda bir marta yodlangan ma'lumotlarni takrorlash xotirada ma'lumotning uzoq saqanishiga sabab bo'ladi. Chunki, inson miyasi olingan ma'lumotni 4kun davomida saqlaydi va 4kundan keyin takrorlanmasa, ma'lumot miyadan o'chib ketish ehtimoli bor. Shuning uchun so'z yodlab bo'lgandan so'ng, 4kundan keyin 1marta so'zlarni takrorlab qo'yilsa, o'sha so'zlar miyada umrbodga qoladi.

So'z yodlashda e'tibor qaratilishi kerak bo'lgan masalalar:

1.So'zni tanlab yodlash kerak. Kundalik ravishda yangi so'zlarga duch kelinadi va har bir inson bilmagan yangi so'zlarini yodlagisi keladi. Ammo, so'zlarni saralab

9 Shohruh Mirzo Rahmonov va Iskandar Sattibayev "So'z yodlash sirlar" ,Toshkent 2015, "Istiqlol nuri", 13-bet

10 Shohruh Mirzo Rahmonov va Iskandar Sattibayev "So'z yodlash sirlar" ,Toshkent 2015, "Istiqlol nuri", 14-bet

11 Shohruh Mirzo Rahmonov va Iskandar Sattibayev "So'z yodlash sirlari" Toshkent 2015, "Istiqlol nuri", 15-bet

om

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(4), April, 2023

yodlash kerak. Bunda e'tibor qaratiladigan narsa shuki, yodlanayotgan so'zni kundalik aktiv lug'atda foydalana olinadimi, muloqotda bemalol ishlatilsa bo'ladimi,

bu so'z inson uchun foydalimi degan savollarga javob topa olish kerak. So'zni tanlab

12

yodlash miyani behudaga qiynalmasligiga va vaqtni tejashga yordam beradi .

2.Tarjimada aynan o'sha tilning lug'atidan foydalanish. Ikki tilli lug'at bilan bunday lug'atning farqi shundaki, so'zning ma'nosi o'sha tilda kengroq yoritilib beriladi. Bu orqali o'sha tarjimadagi yangi so'zlarni uchratish va ular haqida ma'lumotga ega bo'lish ham mumkin. Bir tilli lug'atning yana bir foydali tomoni, u lug'atda bir qancha so'zni qanday ishlatishga oid bo'lgan misollar gaplar bilan keltirib o'tiladi. Ingliz tilida aynan o'sha lug'atlarga misol qilib Longman dictionary, Oxford va Cambridge dictionary lug'atlarini keltirish mumkin.

3.So'zni talaffuzini eshitib, baland ovozda takrorlash. Bu usul so'zni to'g'ri talaffuz qilishga, eshitishni (listeningni) yaxshilashga va og'zaki nutqda (speakingda) rivojlanishga o'zining sezilarli yordamini beradi.

4.Har kuni o'qish. Bir tilni o'rganayotgan o'quvchi o'sha tilda o'zining bilim darajasiga mos bo'lgan kitoblarni, gazeta va jurnallarni har kuni, uzluksiz ravishda o'qishi, uning o'sha tilga tezroq tushunishiga, o'qish darajasi (reading) ning oshishiga va dunyo qarashining oshishiga sabab bo'ladi.

5.Uhlashdan oldin takrorlash. Kun davomida o'rganilgan so'zlarni yoki ma'lumotlarni takrorlash, o'sha ma'lumotning miyada ko'proq saqlanishiga o'zining

13

ijobiy ta'sirini ko'rsatadi .

6.Fikrni bir joyga jamlab o'rganish. Inson qanchalik darajada fikrini bitta narsaga qaratib, fikrni jamlab biror narsani yodlasa, u narsani yodlash shunchalik tez va oson bo'ladi.

7.Yodlangan so'zni, o'rganilgan ma'lumotni qay darajada yodlanganini tekshirib ko'rish. Buning uchun hozirda hammada mavjud bo'lgan uyali aloqa vositasi ilovalaridan foydalansa bo'ladi. Chunki telefonda so'z yodlash va uni tekshirib ko'rish uchun mavjud bo'lgan ilovalar judayam ko'p.

Misol uchun: Duolingo ilovasi. Bu ilovada o'rganuvchi darajasiga to'g'ri keladigan so'zlar testlar orqali o'rgatiladi. Bu ilovaning yana bir foydali tarafi shundaki, ilova orqali istalgan tillarni o'rganish mumkin.14

XULOSA

Xulosa qilib shuni aytish joizki, so'zlarni xilma xil usullardan foydalangan holda yodlash kerak. Agar zerikarli usullardan foydalanib yodlansa, u ma'lumot

12 Belinda Young-Davy "50ways to practise vocabulary " 2013, Wayzgoose Press, 5-bet

13 https://peskiadmin.ru/

14 https://www.terabayt.uz/

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

miyada uzoq muddat davomida turmaydi. Maqolada keltirilgan usullardan foydalanib so'z yodlash, so'zni uzoq muddat davomida xotirada qolishiga va fanga bo'lgan qiziqishni oshirishda yordam beradi. Har bir insonning o'zining o'rganish uslubi mavjud. Shuning uchun maqolada keltirilgan usullardan ba'zilari uning usuliga mos kelishi va ba'zilari mos kelmasligi mumkin. Har bir shaxsda tanlash ixtiyori mavjud.

REFERENCES

1. Shohruh Mirzo Rahmonov va Iskandar Sattibayev "So'z yodlash sirlari". Toshkent 2015, "Istiqlol nuri" nashriyoti

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

2. Sh.M.Rahmonov "Mukammal xotira" . 2014-yil "Yangi asr avlodi" nashriyoti.

3. Belinda Young-Davy "50ways to practise vocabulary ". 2013, Wayzgoose Press.

4. Aziza, O., & Sevara, S. (2023). INGLIZ TILI ME'YORIY TALAFFUZ STANDARTLARINI O 'QITISH MEZONLARI. Involta Scientific Journal, 2(1), 138-141.

5. Shermamatova, S., & Tursunova, M. (2022). THE WORK CURRENTLY BEING DONE TO IMPROVE THE QUALITY OF EDUCATION IS THEIR EFFECTIVENESS.

6. Shermamatova, S., & Odiljonova, M. (2023). O'ZBEK VA INGLIZ ADABIYOTIDA METAFORALARNING FOYDALANISH TAHLILI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(4), 91-97.

7. Norliev, R., & Ibragimova, O. (2021). THE SPIRITUAL FOUNDATIONS OF A DEMOCRATIC SOCIETY. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(12), 130-134.

8. Norliev, R., & Ibragimova, O. (2021). Constitutional And Legal Basis Of The Institute Of Public Control In The Republic Of Uzbekistan (Theoretical Analysis). The American Journal of Political Science Law and Criminology, 3(04), 42-45.

9. Shermamatova, S., & Umirjonova, S. (2023). INGLIZ VA O 'ZBEK TILIDA SINONIM SO 'ZLARNING QO 'LLANILISHI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(4), 98-104.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.