Научная статья на тему 'BOLALARDAGI IJODIY QOBILIYATLARNI RIVOJLANTIRISHNING O‘ZIGA XOSLIKLARI'

BOLALARDAGI IJODIY QOBILIYATLARNI RIVOJLANTIRISHNING O‘ZIGA XOSLIKLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
badiiy ijod / rasm chizish / estetik sezgi / san’at asarlari.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Yusupova Nilufar Yuldashbaevna

Maktabga bolalarni tayyorlashda tasviriy faoliyatga o‘rgatishda rasm, qurish materiallari bo‘yicha bilim, malakalarini egallash maktabda tasviriy faoliyat darslari va mehnat darslarini muvaffaqiyatli egallashlari haqida fikrlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOLALARDAGI IJODIY QOBILIYATLARNI RIVOJLANTIRISHNING O‘ZIGA XOSLIKLARI»

BOLALARDAGI IJODIY QOBILIYATLARNI RIVOJLANTIRISHNING O'ZIGA XOSLIKLARI

Yusupova Nilufar Yuldashbaevna

Qoraqolpog'iston Amudaryo tumani 11-MTT derektori https://doi.org/10.5281/zenodo.11288815

Annotatsiya. Maktabga bolalarni tayyorlashda tasviriy faoliyatga o'rgatishda rasm, qurish materiallari bo'yicha bilim, malakalarini egallash maktabda tasviriy faoliyat darslari va mehnat darslarini muvaffaqiyatli egallashlari haqida fikrlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: badiiy ijod, rasm chizish, estetik sezgi, san'at asarlari.

Ma'lum yo'nalishlar bo'yicha alohida qobiliyatga ega bo'lgan shaxslarning ruhiyati,xatti-harakatlari hamda atrofdagilarga munosabatlarida namoyon bo'luvchi o'ziga xos jihatlar (jumladan, o'z-o'zini boshqara olmaslik, yig'loqilik, ruhiy tushkunlik, o'z-o'zidan qoniqmaslik va hokazolar) ularga nisbatan jamoatchilikning salbiy munosabatda bo'lishiga olib kelgan. Shu sababli asrlar davomida qobiliyatli shaxslar tomonidan e'tirof etilgan fikrlar, kashfiyotlar, sodir etilayotgan xatti-harakatlar tanqidiy baholangan va «sehrgarlik» deb nomlattgan. Ayrimlarda namoyon bo'ladigan yuqori darajadagi aqliy rivojlanish, ko'p hollarda, atrofidagilarda simpatiya (ijobiy munosabat) tug'dirmagan. Aksincha, aqllilarni yomon ahvolga tushishiga majbur qilganlar. Bunday munosabat esa o'z-o'zidan qobiliyatli, iqtidorli shaxslarning ruhiyatida yanada «salbiy sifatlar»ning shakllanishiga olib kelgan.

Quyidagi omillar bolalarda alohida qobiliyatning namoyon bo'lishiga zamin yaratishini asoslab bergan:

1. Mukammallikka intilish (perfeksionizm). Qobiliyatli bolalar uchun kamolotga intilishning ichki ehtiyojiga egalik xosdir. Ular yuqori natijalarni qo'lga kiritmagunlariga qadar tinchimaydilar. Buning ilk ko'rinishi juda yoshlikdan ko'zga tashlanadi.

2. Qoniqmaslik tuyg'usiga egalik. O'z-o'ziga bunday munosabatda bo'lish qobiliyatlilar nima bilan shug'ullansa ularning barchasida mukammal bo'lishga intiluvchi bolalarga xos xususiyat sanaladi. Ular shaxsiy yutuqlariga tanqidiy yondashadilar, ko'p holatlarda ulardan qoniqmaydilar, bundan o'z-o'zini noto'g'ri va past baholash hissi yuzaga keladi.

3. Noreal (amalga oshish imkoniyati kam bo'lgan) maqsadlarga egalik. Qobiliyatli bolalar odatda o'z oldilariga yuksak maqsadlarni qo'yadilar. Qo'yilgan maqsadlarga erishish imkoniyatiga ega bo'lmasalar, ular tashvishlana boshlaydilar.

Boshqa tomondan qaraganda, mukammallikka intilish yuksak yutuqlarga erishish imkonini beruvchi kuchdir.

4. O'ta sezgirlik (sensitivlik). qobiliyatli bolalar eshitish imkoniyatining yuqoriligi tufayli ular munosabat va aloqalarni yaxshi tushunadilar, ular nafaqat o'zlariga, shu bilan birga atrofdagilarga nisbatan ham tanqidiy munosabatda bo'ladilar. Qobiliyatli bolalar juda ta'sirchan bo'lib, ular atrofdagilardan o'zlariga nisbatan bildirilayotgan yoqimsiz so'z yoki so'zsiz harakatlarning paydo bo'lishi bilanoq qabul qiladilar. Doimiy ravishda turli ko'rinishdagi salbiy ta'sirlarga javob beraverish oqibatida bunday bolalar ko'p hollarda giperfaol va tez chalg'iydigan bo'lib qoladilar.

5. Kattalarning e'tiborlariga ehtiyoj sezish. Tabiatan qiziquvchanliklari va bilishga bo'lgan intilish ko'p hollarda o'qituvchilar, ota-onalar va boshqa katta yoshli kishilarning e'tiborlari

o'zlarigagina qaratilishini xohlaydilar. Bu boshqa bolalar bilan munosabatlarda bunday istakni keskinlashtiruvchi ziddiyatni keltirib chiqaradi.

6. Sabrsizlik. Qobiliyatli bolalar ko'p holatlarda aqliy jihatdan o'zlariga nisbatan past salohiyatga ega bolalarga nisbatan sabrsizlik bilan munosabatda bo'ladilar. Shu sababli ular toqatsizlik va sabrsizlikni ifodalovchi tashqi tanbehlarga duch keladilar.

Bolalarning qobiliyat va iqtidorini rivojlantirishda ular uchun maxsus dasturlarni ishlab chiqish muhim omillardan biri sanaladi.

Shunday qilib, bolalarning ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish uchun maktabgacha katta yosh juda sensitiv davr hisoblanadi. Bu davrda bola tabiatan faol va izlanuvchan bo'lib, dunyoni o'zi tasavvur qilgan go'zallik qonunlariga asosan o'zgartirishga intiladi. Bu yoshdagi bolalarning o'zini namoyon qilish istagi raqsga tushishi, harakatlari, rasm chizishi kabilar bilan ajralib turadi. Bolaning hissiy sohasiga ta'sir qiladigan va atrofdagi dunyoni bilish istagiga asoslangan tasviriy san'at vositalaridan foydalanish ko'nikmalarini o'zlashtirishi o'zgartirish istagi paydo qilib va ijodkorlikni uyg'otishga yordam beradi.

Maktabgacha ta'lim tizimida bolalarning ijodkorligini rivojlantirish uchun sharoit yaratish muammosi mavjud. Ma'lumki, ijodiy tashabbus namoyon bo'lmasa, o'quv jarayoni o'z mazmunini va ahamiyatini yo'qotadi. Psixologik va pedagogik adabiyotlar o'quv jarayonining oqilona tanlangan yo'nalishi maktabgacha yoshdagi bolalarda ehtiyojt, hissiyotlarini, o'z fikrlarini, g'oyalarini, taassurotlarini ifoda etishga tayyorlik shakllantirishi kerakligi ko'rsatilgan.

Bolalar faoliyatini obyektiv yangiligi va ahamiyati nuqtai nazaridan qaraladigan bo'lsa, ushbu faoliyatni "ijodiy" deb atash birmuncha murakkab masala hisoblanadi. Chunki bolalar chizgan rasmlar, mato, qog'oz yoki plastilindan tayyorlangan turli o'yinchoqlar, albatta, badiiy ahamiyat kasb etmaydi. Biroq pedagogika va psixologiya sohasidagi ko'pchilik olimlarning fikriga ko'ra, bolalar ijodkorligi o'ziga hosligini - dunyoni endigina "o'rganayotgan", uni "kashf' qilayotgan bolalarning bunday faoliyatini shartli ravishda "ijodkorlik" deb hisoblash mumkin. Bolalarning ijodiy qobiliyatlari faqatgina rasm chizish, ashula aytish yoki plastilindan turli shakllarni yasash bilan chegaralanmaydi. Ulardagi ijodiy qobiliyatlarning arsenali nihoyatda keng bo'lib, olamni o'rganish va kashf etish, olingan bilimlarni amaliyotda qo'llash, kundalik xodisalarda g'ayriotdiy narzalarni ko'rish, tasavvur va fantaziya; tashabbusning namoyon bo'lishi; intuitsiya; ongning faolligi kabi ko'nikmalarni o'z ichiga qamrab olgan bo'lib, Bu tushunchalarning barchasi bolalarning ijodiy qobiliyatlarini tadqiq etilishida aniq ifodasini topadi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarga zamonaviy ta'lim berish, ularni psixik, aqliy va ijtimoiy jihatdan faol rivojlantirish - hozirgi kunda hal qilinishi kerak bo'lgan muammolardan hisoblanadi.

Bolalar qobiliyati va iqtidorini rivojlantirishda maktabgacha katta yosh juda sensitiv davr hisoblanadi. Bu davrda bola tabiatan faol va izlanuvchan bo'lib, dunyoni o'zi tasavvur qilgan go'zallik qonunlariga asosan o'zgartirishga intiladi.

Bolalar ijodkorligi o'ziga hos bo'lib, dunyoni endigina "o'rganayotgan", uni "kashf' qilayotgan bolalarning bunday faoliyatini shartli ravishda "ijodkorlik" deb hisoblash mumkin. Bolalarning ijodiy qobiliyatlarining arsenali nihoyatda keng bo'lib, olamni o'rganish va kashf etish, olingan bilimlarni amaliyotda qo'llash, kundalik xodisalarda g'ayriotdiy narzalarni ko'rish, tasavvur va fantaziya; tashabbusning namoyon bo'lishi; intuitsiya; ongning faolligi kabi ko'nikmalarni o'z ichiga qamrab oladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 22 dekabrdagi "Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to'g'risida"gi 802- son qarori.

2. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. -Toshkent: "O'zbekistan", 2017. - B.163.

3. Abdullayev A., Jajda prekrasnogo, T., 1994. 125

4. Gegel G. V., Estetika, v 4-x tomax, M., 1968. -73.

5. Gulyamov D.R. Bilish jarayoni faolligi va neyropedagogik tadqiqotlar talqini /-Toshkent, "Pedagogika" J., №5, 2015. -B. 29-35.

6. Valiyeva FR. To Develop Professional Training of Professional Education Specialists by Ensuring //International Journal of Trend in Scientific Research and Development (IJTSRD) Special Issue on International Research Development and Scientific Excellence in Academic Life Available Online: www.ijtsrd.com e-ISSN: 2456 - 6470 2021/

7. Kalmuratov T.N. Davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini boshqarish funksiyalari. "Maktabgacha ta'lim sifatini oshirish muammolari va yechimlari" mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi.

8. Zaynutdinova M.B, Mavlonov N.Sh. Nutiqni tanishda ovozli interfeys texnologiyalaridan foydalaniladigan dasturiy maxsulotlar taxlili va istiqbollari, TATU Qarshi filiali Respublika ilmiy-amaliy koferensiya 20-21-aprel 2018-yil

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.