Научная статья на тему 'BOLALARDA SHAXSIY XISLATLARNING VUJUDGA KELISH XUSUSIYATLARI'

BOLALARDA SHAXSIY XISLATLARNING VUJUDGA KELISH XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
241
27
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
shaxsiy xislat / dunyoqarash / tafakkur

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — M.Yo’Ldoshev, Dilshodjon Yo’Ldoshev

Maqolaning mazmunida yosh avlodning dunyoqarashini, tafakkurini va ilmiy-ijodiy faolligini oshirish,mustaqil fikrlashni shakllantirishda ajdodlarimiz o’tmishi, milliy va diniy anʼanalarimiz, maʼnaviy qadriyatlarimizni o’rganish, milliy o’zlikni anglash, demokratik adolatli, huquqiy davlat qurishga o’z xissasini qo’shadigan, mustaqil fikrlash orqali talabalarning ilmiy-ijodiy faolligini oshirish mahoratini egallashiga qaratilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOLALARDA SHAXSIY XISLATLARNING VUJUDGA KELISH XUSUSIYATLARI»

BOLALARDA SHAXSIY XISLATLARNING VUJUDGA KELISH

XUSUSIYATLARI

M.Yo'ldoshev Dilshodjon Yo'ldoshev Qo'qon DPI

Annotatsiya: Maqolaning mazmunida yosh avlodning dunyoqarashini, tafakkurini va ilmiy-ijodiy faolligini oshirish,mustaqil fikrlashni shakllantirishda ajdodlarimiz o'tmishi, milliy va diniy an'analarimiz, ma'naviy qadriyatlarimizni o'rganish, milliy o'zlikni anglash, demokratik adolatli, huquqiy davlat qurishga o'z xissasini qo'shadigan, mustaqil fikrlash orqali talabalarning ilmiy-ijodiy faolligini oshirish mahoratini egallashiga qaratilgan.

Kalit so'zlar: shaxsiy xislat, dunyoqarash, tafakkur

CHARACTERISTICS OF THE EMERGENCE OF PERSONAL CHARACTERISTICS IN CHILDREN

M.Yoldoshev Dilshodjon Yoldoshev Kokand SPI

Abstract: The main idea of this given article is that it is directed to wide outlook, intellect and improving science-creative potential of the next generation. Furthermore, it is written about forming independent thinking of students by increasing experience of science-creative potential that is based on the history of ancestry, national and religious traditions with the help of these students would contribute in building and improving constitutional state.

Keywords: personality, outlook, thinking

Yangi tug'ilgan chaqaloq hayotining dastlabki davrlarida tug'ma reflekslar va instinktlariga tayangan holda yashaydi. Odatda insonga ovqatlanish, o 'z hayoti uchun kurashish va nasl qoldirish kabi instinktlar xos deb hisoblanadi. Bola ulg'aya borgan sari unda tashqi va ichki olamdan olingan axborotlarga asoslangan holda yangi reflekslar va tushunchalar hosil bo'la boradi.

Insonda irsiy reflekslardan tashqari uning genotipiga mos holda bir qancha tug'ma shaxsiy xususiyatlari, fazilatlari to'plami ham bo'ladi. To'g'ri, insonning shaxsiyati, undagi xislatlar hayotining dastlabki davrida tarbiya va uning tashqi olam bilan o'zaro munosabati natijasida shakllanadi. Lekin ayrim shunday xususiyatlar va

I icclT^^^^H 106 http://oac.dsmi-qf.uz

fazilatlar borki, bularning muayyan to'plami barcha odamlarda tug'ma holda mavjud bo'ladi. Bular bola hayotining boshlang'ich davrlarida deyarli ko'zga tashlanmaydi, lekin u ulg'aya borgan sari (tahminan 2,5-3 yoshlar atrofida) o'zlarini namoyon etishni boshlaydi.

Zamonaviy pedagogikada insonga xos bo'lgan barcha asosiy xususiyatlarni unga bolalikda tarbiya natijasida berilgan faol harakatlar va intilishlar mahsuli deb qaraladi. Bu fikr insoniyatning ko'plab avlodlarida hayotiy sinovdan o'tgan va albatta mutlaqo to'g'riligi shubhasiz.Shu bilan birga, bola esini tanib, o'zini anglashni boshlashi bilanoq hech bir tashqi intilish va tarbiya yordamisiz unda namoyon bo'ladigan xususiyatlar ham ko'zga tashlanadi.Agar irsiy reflekslar odamning biologik yashovchanligini ta'minlasa, tug'ma shaxsiy xislatlar va fazilatlar uning ijtimoiy yashovchanligiga hizmat qiladi. Bularni tayanch (tabiiy) xislatlar deb atash mumkin. Chunki keyinroq faol maqsadli tarbiya (yoki bunday tarbiyaning yo'qligi) natijasida bu xislatlar asosida odamda boshqa yangi xislatlar paydo bo'ladi, shakllanadi. Bularni esa hosilaviy hislatlar deyish mumkin. Shaxsdagi tayanch xislatlar va xususiyatlar undagi qolgan borcha xislatlarning shakllanishi yoki namoyon bo'lishiga ta'sir etadi. Insonning hayoti mobaynida tarbiya va tajriba natijasida shakllanadigan boshqa xislatlar va xususiyatlar hosilaviy bo'ladi.

Tayanch xislatlar qatoriga quyidagilar kiradi:

• shaxsiyatparastlik (egoizm);

• o'zini himoya (muhofaza) qilish;

• erkinlikka intilish;

• qiziquvchanlik (tanishish va o'rganishga moyillik);

• moslanuvchanlik;

Bularning ichida salbiylari yo'q, boshqacha qilib aytganda tug'ma yomon odamlar bo'lmaydi. Bu xislatlar sog'lom, me'yor darajasida o'sib-ulg'ayayotgan har qanday bolada bo'ladi. Ular shaxsning yakka holda, individual yashovchanligini ta'minlaydi,shu nuqtai-nazardan foydali. Lekin maxsus, shunga rejalashtirilgan tarbiya oqibatida yoki odatdagi, lekin nazorat qilinmayotgan tarbiya natijasida ham odamda yomon xislatlar paydo bo'lishi mumkin.

Tayanch xislatlar sof holda bola hayotining boshlang'ich davrlaridagina, shunda ham eng sodda ko'rinishlarda tashqi va ichki ta'sirlovchilarga munosabat shaklida namoyon bo'ladi. Tahminan 6-7 yoshlarga kelib bolada sof tayanch shaxsiy hislatlar qolmaydi. Bola shaxsiyati va ruhiyati murakkablasha borgan sari bu tug'ma hislatlar zamirida yangi, uning ijtimoiy hayotga moslanishiga hizmat qiladigan hosilaviy xislatlar va fazilatlar vujudga keladi. Bolada yangidan hosil bo'layotgan xususiyatlarning tarkibi, miqdori va sifati uning qanday muhitda va qaysi yo'nalishda faol tarbiyalanayotganiga bog'liq.Bu o'rinda shu narsani alohida ta'kidlab o'tish joizki, hech qanday yo'naltirilgan va maqsadli tarbiya olmayotgan bolada ham yangi

I [ccñ^^BI 107 http://oac.dsmi-qf.uz

fazilatlar shakllanaveradi.Bunda faol tarbiyachi vazifasini atrof-muhit va boladagi mavjud tug'ma hislatlar to'plami bajaradi. Lekin bu fazilatlarning tarkibi va mazmuni ongli, maqsadli tarbiya olib o'sayotgan bolalikidan farq qiladi.

Shaxsning ijtimoiy qimmati uning jamiyat tarkibida qanchalik muvaffaqiyatli va samarali yashay olishi bilan o'lchanadi. Har bir insonga xos bo'lgan potensial shaxsiy xislatlar (hosilaviy hislatlar) miqdori 200 dan ortiq. Bu xislatlarga jamiyatning munosabati nuqtai-nazaridan ularni ijtimoiy foydali va ijtimoiy foydasiz deb ikki guruhga ajratish mumkin. Binobarin, bola tarbiyasining bosh maqsadi unda imkoni boricha ko'proq ijtimoiy foydali hosilaviy xislatlar va fazilatlarni shakllantirishdan iborat.Shuningdek, ularni ifodalash va farqlash uchun "ijobiy va salbiy hislatlar" degan iboralar ham keng tarqalgan.

Bunda insoniy hislatlarning tabiati va dinamikasiga tegishli quyidagi xususi-yatlarni nazarda tutish lozim.

Odamda insoniy xislatlar, shaxsiy xususiyatlar butun, tugallangan holda shakl-lanadi. Masalan, bog'cha yoshida, boshlang'ich sinflarda, yuqori sinflarda yoki voyaga yetgandan so'ng shakllanadigan xislatlar bo'lmaydi.Shuningdek, muayyan xislat, bo'lishi mumkin bo'lgan potensial darajasiga nisbatan qisman, chorak, yarim miqdorda shakllanmaydi. Xislat yoki bo'ladi, yoki bo'lmaydi. Lekin uning amalda namoyon bo'lishini (yoki bor bo'lsa ham umuman namoyon bo'lmasligini) biror darajada ifodalash mumkin. Boshqacha qilib aytilsa, insonda mavjud bo'lgan biror hislat to'liq emas, balki qisman namoyon bo'lishi ham mumkin yoki umuman ko'zga tashlanmasligi ham mumkin. Lekin turmushda, psixologik amaliyotda ba'zan shaxsdagi u yoki bu xislatning sust namoyon bo'lishi uning to'liq shakllanmaganligini (demak amalda yo'qligini) yo bo'lmasa mazkur xislatning uni istisno qiladigan yoki namoyon bo'lishiga halaqit beradigan boshqa ustivor hislatlar bilan to'sib qo'yilishini anglatadi. Bu o'rinda aytilganlarga izoh kiritish tartibida shuni ta'kidlamoqchimizki, odamdagi ayrim mavjud xislatlarning namoyon bo'lishiga unda mavjud bo'lgan boshqa bir hislat halaqit berishi mumkin. Boshqacha qilib aytadigan bo'lsak, biror ijobiy yoki salbiy xislat, garchi shakllangan bo'lsada, ikkinchi bir ijobiy yoki salbiy hislatning yuzaga chiqishiga to'siq bo'lishi, uni niqoblashi mumkin. Masalan, kuchli rivojlangan or-nomus hissi mavjud bo'lgan qo'rqoqlik hissini yengishi va aksincha, mavjud qo'rqoqlik hissi odillik hissidan ustun kelishi mumkin.

Shakllanib bo'lgan hislat va fazilatni boshqacha mazmunda va yo'nalishda qilib qayta tuzatish juda qiyin va ko'pincha umuman mumkin emas. Bunday tuzatish (korrektsiya) endi faqat bolaning yoshiga bog'liq bo'lib, bunda atrof muhit, tarbiyachining shaxsi, tarbiyalash usullari unchalik katta rol o'ynamaydi.Boshqacha qilib aytaganda, bolaning yoshi qancha kichik bo'lsa undagi tarbiya nuqsonlarini va salbiy hislatlarni tuzatish shunchalik osonroq amalga oshadi. Bunga 6-8 yoshlar

I ícclT^^^^H 108 http://oac.dsmi-qf.uz

oralig'i kiradi, shu yoshlardagi korreksiyaga jalb etilgan bolalarning 90 foizi va undan ko'prog'ida ijobiy natija olish mumkin. 8-12 yoshlar oralig'ida ruhiy va tarbiyaviy tuzatish ishlarining samarasi odatda past bo'ladi, ijobiy natijalar 50 foiz va undan kamroq bolalardagina yuzagi chiqishi mumkin. 13-16 yoshlarda qayta tarbiyalash va shaxsiyatni tuzatish samarasi bir necha foizni tashkil etadi holos. Bola balog'atga etgandan so'ng esa umuman bunday tuzatishlarni amalga oshirish mumkin emas.

Kimlardir bunga e'tiroz bildirib, bolaligida yomon tarbiyalangan va salbiy hislatlarga ega bo'lgan ayrim kishilarning keyinchalik tarbiya va yaxshi muhit ta'sirida yaxshi odam bo'lib ketganligi yuzasidan hayotiy misollarni keltirishlari mumkin. Bunday quvonchli hollar albatta, jamiyatda uchrab turadi. Lekin bular yuqorida aytib o'tilgan ta'rifni inkor eta olmaydi. Insoniyatning minglab yillar mobaynida to'plangan hayotiy tajribasi, psixologiya va pedagogikaning zamonaviy qarashlari asosida shuni dadil e'tirof etish mumkin: ijtimoiy noto'g'ri shakllangan shaxsiyatni tuzatgandan ko'ra uni avval boshidan to'g'ri shakllantirish osonroq va ishonchliroq amalga oshadi, qayta tarbiyalash ishlarini ham bolaning kichik yoshligida amalga oshirish samarasi yuqori bo'ladi. Bu o'rinda yana shu narsani unutmaslik kerakki, odamda shakllanib bo'lgan hislatlar, fazilatlar va qobiliyatlar muayyan tarbiya va korrektsiya natijasida butunlay yo'q bo'lib ketmaydi, aniqroq aytadigan bo'lsak - umr mobaynida hech qachon yo'q bo'lmaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. A.I.Sherbakov«Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiyadan praktikum» T.1991y.

2. Б.Р.Kaдиров «Способности и склонности» Taшкент «ФАН», 1990.г.

3. E.G'oziev «Tafakkur psixologiyasi» Toshkent —O'qituvchill, 1990y.

4. Z.Qurbonova «Kichik maktab yoish psixodiagnostikasi» Namangan, 2004.y.

5. Zokirov Mirzaraxim Abdualiyevich O'QUVCHILARDA IJTIMOIY FAOLLIKNI RIVOJLANTIRISHNING PERSEPTIV ASOSLARI // SAI. 2022. №B3. URL: https://cyberleninka.ru/article/n7uvchilarda-izhtimoiy-faollikni-rivozhlantirishning-pertseptiv-asoslari (data obraщeniya: 08.11.2022).

6. Abdualiyevich Z.M.O'QUVCHILARDA TAYANCH KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISH ASOSIDA IJTIMOIY FAOLLIKNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI //BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR ONLAYN ILMIY JURNALI. - 2022. - S. 330-333.

7. Zokirov M. A. O'QUVCHILARDA TAYANCH KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISH ASOSIDA IJTIMOIY FAOLLIKNI RIVOJLANTIRISHNING

109

http://oac.dsmi-qf.uz

PEDAGOGIK ASOSLARI //Oriental Art and Culture. - 2021. - T. 2. - №. 4. - S. 491-197.

8. Abdualiyevich Z. M. CONTENT AND ESSENCE OF THE TOPIC" PSYCHOLOGY OF COMMUNICATION" //ResearchJet Journal of Analysis and Inventions. - 2021. - T. 2. - №. 04. - S. 300-305.

9. Зокиров Мирзарахим Абдуалиевич У^УВЧИЛАРДА ИЖТИМОИЙ ФАОЛЛИКНИ РИВОЖЛАНТИРИШНИНГ ПЕРЦЕПТИВ АСОСЛАРИ // SAI. 2022. №B3. URL: https://cyberleninka.ru/article/n7uvchilarda-izhtimoiy-faollikni-rivozhlantirishning-pertseptiv-asoslari (дата обращения: 09.12.2022).

10. Mirzaraxim Z. The need for an innovative approach to improving perceptual abilities aimed at increasing the social activity of students in future teachers.

110

http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.