Научная статья на тему 'BOLALARDA ILK ELEMENTAR MATEMATIKANI SHAKLLANTIRISH'

BOLALARDA ILK ELEMENTAR MATEMATIKANI SHAKLLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Математика»

CC BY
84
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
Ключевые слова
maktabgacha talim / elementar matematika / rivojlanish / talim tarbiya.

Аннотация научной статьи по математике, автор научной работы — Аtenov Jаndаrbek Dаyrаbаy O‘g‘li, Aliyeva Feruza Maxmasait Qizi

Ilmiy maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning matematika tasavvurlarini shakllantirish va rivojlantirish yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOLALARDA ILK ELEMENTAR MATEMATIKANI SHAKLLANTIRISH»

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

tashkent, 0-8 MAv 2004 www.in-academy.uz

BOLALARDA ILK ELEMENTAR MATEMATIKANI SHAKLLANTIRISH

Atenov Jandarbek Dayrabay o'g'li Aliyeva Feruza Maxmasait qizi

Toshkent amaliy fanlar universiteti "Boshlang'ich ta'lim nazariyasi va metodikasi" kafedrasi o'qituvchisi. Toshkent amaliy fanlar universiteti "Boshlang'ich ta'lim nazariyasi va metodikasi" kafedrasi o'qituvchisi

atenovj andarbek@gmail. com [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.13268840 Annotatsiya: Ilmiy maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarni matematik tasavvurlarini shakllantirish va rivojlantirish yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: maktabgacha talim, elementar matematika, rivojlanish, talim tarbiya.

KIRISH

Matematika (qadimgi yunoncha: láOqiáxiKá; — "bilim", „fan") — aniq mantiqiy mushohadalarga asoslangan bilimlar haqidagi fan. Dastlabki obyekti sanoq bo'lgani uchun ko'pincha unga „hisob-kitob haqidagi fan" deb qaralgan (bugungi matematikada hisoblashlar, hatto formulalar ustidagi amallar juda kichik o'rin egallaydi). Matematika eng qadimiy fanlardan biri bo'lib, uzoq rivojlanish tarixini bosib o'tgan va buning barobarida „matematika nima?" degan savolga javob ham o'zgarib, chuqurlashib borgan. Maktabgacha ta'lim yoshdagi bolalarni sog'lom va barkamol qilib tarbiyalashda jismoniy jihatdan tarbiyalash muhim ahamiyatga egadir. Bolalarni jismoniy jihatdan tarbiyalash ta'lim tarbiya tizimida alohida o'ringa ega bo'lib, u bolani sihat-salomatlikka, to'g'ri jismoniy rivojlanishiga, yuksak madaniyatga maktabgacha ta'lim tizimida beriladigan bilimlarni chuqur o'zlashtirishga zamin tayyorlaydi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Maktabgacha ta'limda jismoniy mashqlarning asosiy mazmuni badan tarbiya, harakatli o'yinlar va sport o'yinlari, sport mashqlari, oddiy turizmdir. Malumki, bolalar jismoniy tarbiya mashqlari, o'yinlarni bajarganda 1,2,3,4,5,6,7,8,9,10 gacha sanash, yaqin, uzoq, baland, past, chamalash, doira, aylana, to'g'ri chiziq, to'g'ri turish, uchburchak, to'rtburchak, kabi so'zlarni eshitadi va so'zlaydi, bu so'zlar maktabgacha yoshdagi bolalarga elementar matematik tasavvurlarini shakllantirishda ham ishlatiladi. Demak, maktabgacha ta'lim muassasalarida kichik, o'rta, katta va tayyorlov guruhlarida o'rgatiladigan elementar matematika tasavvurlarini shakllantirish bo'yicha na'munaviy dasturda berilgan elementar matematik bilimlarni bolalarga o'rgatish jarayonini bilim va ko'nikmalarini samarali bo'lishini, bolalar ongida yanada mustahkam bo'lishini ta'minlashda, o'yinlarni bajarish davomida quyidagi elementar matematik tasavvurlarni: son, sanoq, to'plam haqida, miqdor, shakl, miqdorviy tasavvur, vaqt haqida olgan bilim va ko'nikmalarini mustahkamlash hozirgi kunda dolzarb va ahamiyatga molik bo'lib, maktabgacha ta'limda fanlar aro aloqadorlik bolalarni u yoki bu fandan olgan bilimlarini samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Maktabgacha ta'lim muassasalarida elementar matematik tasavvurlarni rivojlantirish bo'yicha umum metodik nazariy asoslari

namunaviy dasturlari yaratilgan bo'lib, bu masala bo'yicha ko'plab tadqiqotlar olib borilmoqda.

Maktabgacha tayyorlov guruhida bolalarda ba'zi bir yashirin muhim matematik aloqalarni, munosabatlarni, "teng","katta", "kichik", "butun va bo'lak" kattaliklar orasidagi bog'lanishlarni, o'lchov kattaliklari bilan son o'rtasidagi bog'lanishlarni aniqlay bilish ko'nikmasini rivojlantirishga alohida e'tibor beriladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning matematik tasavvurini shakllantirish mantiqiy tafakkurining yangi bosqichga ko'tarilishiga va ularning umuman aqliy faoliyati rivojlanishi uchun zamin yaratadi. Bolalarni ko'z bilan hamda ichida sanashga o'rgatib boriladi. Ularning ko'z bilan chamalash, shaklni tezda farq qila bilish qobilyati rivojlanadi. Bu yoshda aqliy qobilyatni, mustaqil fikr yuritishni, analiz, sintez, taqqoslash kabi jihatlarini, muhokama qilish, xulosa chiqarish qobilyatini, miqdorviy tasavvurni rivojlantirish ham katta ahamiyatga ega. Maktabgacha tayyorlov guruhining elementar matematik tasavvurini rivojlantirish bo'yicha dasturi bolalarning oldingi guruhlarda olgan bilimlarini umumlashtirish, bir tizimga keltirish, kengaytirish va chuqurlashtirishni nazarda tutadi. Maktabga tayyorlov guruhida matematika bo'yicha haftasiga 2 ta mashg'ulot, yil davomida 72 ta mashg'ulot o'tkaziladi.

Mashg'ulotlarning davom etish muddati: birinchisi -30 daqiqa, ikkinchisi - 20-25 daqiqa. Har bir mashg'ulot tuzilishi uning mazmuni bilan aniqlanadi. U yangi materialni o'rganish, o'tilganlarni takrorlash va mustahkamlash, bolalarning egallagan bilimlarini tekshirishga xizmat qiladi. Tayyorlov guruhida o'tkaziladigan matematik mashg'ulotda didaktik ko'rsatma materiallaridan keng foydalanilishi xarakterlidir. Amaliy ishlar, ko'rgazma tashkil qilish bilan bog'liq bo'lgan topshiriqlar ham namuna sifatida qaralishi mumkin. Pedagog - tarbiyachi ularga o'zida bo'lgan ko'rsatma-qo'llanmalarni hisobga olib tuzatishlar kiritishi mumkin. Bolalarga matematikadan ta'lim berish va maktabgacha ta'limdagi o'quv-tarbiya jarayonini takomillashtirishning maqsadlaridan biri — bu bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirishdir. Bolalardagi matematik bilim hayotdan ajralmagan holda dunyoni chuqurroq, to'laroq o'rganishga imkon yaratadi. Matematik masalalarni yechish jarayoni o'zining mohiyati bo'yicha mustaqil fikrlashni talab qiladi, matonat shakllanadi, ijodiy qobiliyatlar rivojlanadi.

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

tashkent, o-8 MAv 2004 www.in~academy.uz

Matematik tushunchalarni rivojlantirish darajasi turli insonlarda turlicha bo'ladi. Uning shakllanishi doimiy mashq qilishni talab qiladi. Bu mashqlar oila va maktabgacha ta'limdan boshlanadi. Oilada ota-ona bo'lsa, maktabgacha ta'limda albatta tarbiyachi-pedagog bo'ladi. Shuning uchun har bir pedagog bolaga matematik tasavvurlarni shakillantirar ekan, pedagogikaning nazariyasi va o'qitishning zamonaviy pedagogik texnologiyalari (interfaol metodlar, individual yondashish,mustaqil shig'ullanishga o'rgatish va h.k) hamda milliy istiqlol g'oyalari bilan qurollangan bo'lishlari kerak. Nazariy jihatdan to'la asoslangan zamonaviy pedagogik texnologiyalarni va zamonaviy axborot texnologiyalarni bugungi kunda ta'lim jarayoniga qo'llash eng dolzarb masalaga aylangan.

XULOSA

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, maktabgacha ta'lim muassasalarida bunday xildagi mashqlar (ya'ni bir xil maqsadni ko'zlovchi va bir ma'noda amalga oshiriluvchi mashqlardan) keng foydalaniladi, bunday mashqlar tufayli zarur faoliyat usullari bajariladi: sanoqni, o'lchashni, eng sodda hisoblashni egallash amalga oshiriladi, bir qator elementar matematik tasavvurlar shakllanadi. Boshlang'ich matematik tasavvurlarni shakllantirishning nazariy asoslarining asosiy maqsadi maktabgacha yoshdagi bolalar bilan sinfda o'tkaziladigan barcha narsalarning matematik tavsifi va ma'nosini tushuntirish, bolalarda tegishli tasavvurlarni shakllantiradigan tushunchalarni tushuntirishdir. Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish jarayonida o'qitish, tarbiyalash va rivojlantirish vazifalari bir-biri bilan chambarchas bog'liqlikda va o'zaro bog'liqlikda hal qilinadi.

ADABIYOTLAR:

[1] M.E.Jumayev "Bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirish nazariyasi va metodikasi" Toshkent. Ilm ziyo. 2010 yil.

[2] Jumayev M. Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish metodikasi va nazariyasi. - T, 2007.

[3 ] Sodiqova SH.A. Maktabgacha pedagogika. - T, 2018 [4] N.U.Bekboeva, U.S.Aliyeva Elementar matematik tushunchalarni rivojlantirish bo'yicha ta'lim mazmuni. "Maktabgacha ta'lim" jurnali №12, Toshkent 2000 y.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.