UDC: 687.016.5-053.2:616-007.17(045)(575.1) EDN: https://elibrary.ru/bildxq
BOLALAR ORTOPEDIK MOSLASHUVCHAN KIYIMI UCHUN QOLLANADIGAN MATERIALLARNING XUSUSIYATLARI TADQIQINI EKSPERT BAHOLASH
^Tabiiy tolalar va matoga ishlov berish texnologiyasi" kafedrasi assistenti ORCID: 0000-0002-0927-9306 e-mail: gavharxon. orziqulova@bk.ru
2texnika fanlari doktori, professor, "Tikuv buyumlari texnologiyasi va raqamli injiniring" kafedrasi mudiri ORCID: 0000-0002-5533-5946 e-mail: mastura_m@mail.ru
1Jizzax politexnika instituti 2Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti
Orziqulova Gavharxon Sultonmurod qizi1, Rasulova Mastura Kabilovna2
Annotatsiya. Ushbu maqolada bolalar ortopedik moslashuvchan kiyimi sifati va ishonchliligini ta'minlash maqsadida tavsiya etiladigan materiallarning xususiyatlari tadqiqi ekspert baholandi. Tadqiqotda materiallar xususiyatlarining ahamiyatlilik ko'rsatkichlarini ekspert baholash usulidan foydalanildi. Ushbu usul mutaxassislar fikrini umumlashtirib, asosiy ko'rsatkichlarni aniqlab berishi bilan boshqa usullardan farq qiladi. Ekspertlar sifatida tikuv buyumlari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish yo'nalishi mutaxassislari respondent o'rnida ishtirok etdi. Tadqiqot obyekti uchun bolalar kiyimlarini tayyorlashda eng ko'p foydalaniladigan xomashyo, ya'ni mahalliy ishlab chiqarishdagi paxta tolali trikotaj gazlamalari tanlandi. Tikuv buyumlari ishlab chiqarishdagi uzish kuchi, namlik bilan ishlov berilganda, chiziqli o'lchamlari o'zgarishi, havo o'tkazuvchanlik, uzilishdagi uzayish, rang barqarorligi, pillinglanish, gigroskopiklik, ishqalanishga chidamlilik xususiyatlari ko'rsatkichlari olindi. Bolalar ortopedik moslashuvchan kiyimida ahamiyatliligiyuqori bo'lgan ko'rsatkichlar ekspertlar so'roviyordamida aniqlandi. Ahamiyatliligi yuqori bo'lgan ko'rsatkichlardan bolalar ortopedik moslashuvchan kiyimi ishlab chiqarishda material tanlash uchun foydalanish tavsiya etildi. Kalit so'zlar: uzish kuchi, gigroskopiklik, havo o'tkazuvchanlik, pillinglanish, rang barqarorligi, uzilishdagi uzayish.
ЭКСПЕРТНАЯ ОЦЕНКА ИССЛЕДОВАНИЯ СВОЙСТВ МАТЕРИАЛОВ, ПРИМЕНЯЕМЫХ ДЛЯ АДАПТИВНОЙ ОРТОПЕДИЧЕСКОЙ ДЕТСКОЙ ОДЕЖДЫ
ассистент кафедры «Технология обработки натуральных волокон и материала»
доктор технических наук, заведующая кафедрой «Технология швейных изделий и цифрового инжиниринга»
гДжизакский
политехнический институт 2Ташкентский институт текстильной и лёгкой промышленности
Орзикулова Гавхархон Султанмурод кизи1, Расулова Мастура Кабиловна2
Аннотация. В данной статье дана экспертная оценка характеристик материалов, рекомендуемых для обеспечения качества и надёжности адаптивной ортопедической детской одежды. В исследовании использован метод экспертной оценки показателей значимости свойств материалов. Этот метод отличается от других тем, что суммирует мнение специалистов и уточняет основные показатели. В качестве экспертов участвовали специалисты в области технологии швейных изделий и первичной обработки сырья. Для объекта исследования было выбрано наиболее часто используемое сырьё для изготовления детской одежды, а именно хлопчатобумажные трикотажные ткани отечественного производства. Получены показатели прочности на разрыв при производстве швейных изделий, изменения линейных размеров при влажной обработке, воздухопроницаемости, удлинения при разрыве, стабильности цвета, пиллингуемости, гигроскопичности, характеристик устойчивости к истиранию. Высокозначимые показатели адаптивной ортопедической детской одежды были выявлены с помощью экспертного опроса. Высокозначимые показатели рекомендовано использовать для подбора материала при изготовлении адаптивной ортопедической детской одежды.
Ключевые слова: прочность на разрыв, гигроскопичность, воздухопроницаемость, пиллингуемость, стабильность цвета,удлинение при разрыве.
H^TH6ocnHK^HTHpoBaHHe/citation: Orzikulova, G. S. k., & Rasulova, M. K. (2024). Expert evaluation of the study 94 of the properties of materials used for adaptive orthopedic children's clothing. (In Uzbek). Science and Innovative Development, 7(5), 94-102.
1Assistant of the Department "Technology of natural fibers and material processing"
2Doctor of Technical Sciences, Head of the Chair of "Technology of sewing and digital engineering"
1Jizzakh Polytechnic Institute
2Tashkent Institute of Textile and Light Industry
Kelib tushgan/Получено/ Received: 24.09.2024
Qabul qilingan/Принято/ Accepted: 07.10.2024
Nashr etilgan/
Опубликовано/Published:
31.10.2024
EXPERT EVALUATION OF THE STUDY OF THE PROPERTIES OF MATERIALS USED FOR ADAPTIVE ORTHOPEDIC CHILDREN'S CLOTHING
Orzikulova Gavkharkhоn Sultanmurod kizi1, Rasulova Mastura Kabilovna2
Abstract. The article reveals expert assessment of properties of recommended materials conducted in view to ensure quality and reliability of adaptive orthopedic children's clothing. The study employed a method of expert evaluation of material properties, which is distinct from other methods in that it summarizes opinions of specialists and determines main indicators. Specialists in the field of sewing technology and primary processing of raw materials acted as experts and respondents. The object of the research work is the most commonly used raw materials in the manufacture of children's clothing, local production of cotton and knit fabrics. Indices of tensile strength in garment production, change in linear dimensions during wet processing, air permeability, elongation at break, color stability, pilling ability, hygroscopicity, and abrasion resistance characteristics were obtained. The indicators with high significance in adaptive orthopedic children's clothing were determined using an expert survey. Indicators of high significance have been recommended for reference in selection of materials for manufacture of adaptive orthopedic children's clothing.
Keywords: tensile strength, hygroscopicity, breathability, pilling, color stability, elongation at break.
Kirish
Respublikamizda bolalarning sog'lom ulg'ayishi, ta'lim-tarbiya olishi va yaxshi hayot kechirishi uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-apreldagi PQ-216-sonli qarori 2022-2026-yillarda onalik va bolalikni muhofaza qilishni kuchaytirish to'g'risida bo'lib, unda sog'liqni saqlash tizimining birlamchi bo'g'inida onalar va bolalar o'rtasida kasallik profilaktikasi, ularni barvaqt aniqlash va sog'lomlashtirish dasturlarini amaliyotga joriy etish, sog'lom farzand tug'ilishi va rivojlanishi asosiy vazifa etib belgilangan. Sog'ligida muammosi bo'lgan ko'plab insonlar uchun davolash, reabilitatsiya buyumlari va moslashuvchan kiyimlar muhim ahamiyatga ega. Ular bir qancha noqulayliklarni bartaraf etish, cheklovlarning oldini olish, shu bilan birgalikda, tuzalish muddatini qisqartirishga yordam beradi (González et al., 2012).
Bolalar orasida chanoq-son bo'g'imi displaziyasi va son suyagining tug'ma chiqishi keng tarqalgan. Ushbu kasallik dastlabki vaqtlarda tashxis qo'yish qiyin bo'lgan kasalliklardan hisoblangan. Kech tashxislanib davolanganda, bu kasalliklar ko'pincha og'ir asoratlar yoki nogironlik holatigacha olib kelishi mumkin. Tayanch-harakat tizimi kasalliklari tarkibida chanoq-son bo'g'imi displaziyasi va son suyagining tug'ma chiqishi holatlarining ulushi 73,2 foizgacha yetadi. Davolash jarayonlari kasallik holatiga ko'ra belgilanib, chanoq-son bo'g'imi displaziyasida, asosan, keruvchi moslamalardan tuzatuvchi sifatida foydalaniladi (Rasulova & Orzikulova, 2023a). Davolash jarayoni samaradorligini oshirishda funksional kiyimlardan foydalanish muhim ahamiyatga ega. O'zbekiston Respublikasida yosh bolalarda ortopedik kasalliklardan chanoq-son bo'g'imi displaziyasi bo'yicha murojaatlar soni o'sish tendensiyasiga ega. Shuning uchun ushbu toifadagi bolalar uchun kiyim-kechak ishlab chiqarish dolzarb bo'lib qolmoqda (Rasulova, M., & Orzikulova, G. S. k. (2023b).
Bolalar tanasi juda sezuvchan bo'lgani bois ular uchun tayyorlanadigan mahsulotlarga qo'yiladigan talablar bir qancha yuqori ko'rsatkichlarni o'z ichiga oladi (National Retail Association, 2020). Respublikamizda L.Shamuhitdinova, U.Muminova, D.Isayeva kabi olimlar bolalar kiyimlari va ularga qo'yiladigan talablar to'g'risida samarali tadqiqot ishlari olib borishgan. Xorijiy davlatlarda ushbu tadqiqot ishining dolzarb masalalari A. Bikbulatova,
G.Wenrong, J.B.Delano, J.Telford, D.M.Lubicklar tomonidan o'rganilgan. Ular bolalar uchun qulay kiyimlar, bolalarga aynan kasallik davrida tuzalishga yordam beruvchi moslashuvchan kiyimlar loyihasini ishlab chiqish borasida samarali tadqiqotlar o'tkazgan.
Bolalar chanoq-son bo'g'imi displaziyasi kasalligini davolashda ham moslashuvchan kiyimdan foydalanish davolanish samaradorligini oshiradi. Mahsulot bolalarga mo'ljallanganligi sababli bu turdagi kiyimlar ishlab chiqishda xomashyoga qo'yiladigan talablar muhim ahamiyatga ega (GOST 32119-2013, 2013; GOST ISO 9237-2013, 2013). Bolalar ortopedik moslashuvchan kiyimi uchun qo'llanadigan materiallar xususiyatlari tadqiqini ekspert baholash ishlab chiqiladigan mahsulot sifatini oshirish va ishonchliligini ta'minlashga yordam beradi. Shu asnoda bolalar ortopedik moslashuvchan kiyimi uchun talablarning ahamiyatlilik ko'rsatkichlarini kiyim ishlab chiqarish sohasidagi mutaxassislar yordamida aniqlash ehtiyoji paydo bo'ladi.
Material va metodlar
Ma'lumki, hozirgi kunda bolalar kiyimlari uchun eng ko'p foydalaniladigan material -bu trikotaj polotnosi hisoblanadi. Trikotaj polotnosi turli mavsumlar uchun mo'ljallanadi hamda har xil uy va kundalik kiyimlar tayyorlashda keng qo'llanadi. Ushbu mato turi qayishqoqligi va mayinligi bilan bolalar kiyimi uchun eng yaxshi tanlovdir. Uning bu xususiyati bola harakatlarini cheklamaslik va kiyimning tanaga botmasligini ta'minlab beradi.
Ma'lumki, O'zbekiston Respublikasida paxta tolasidan tayyorlanayotgan trikotaj polotnosi nafaqat ichki, balki tashqi bozorda ham o'z o'rniga ega (Toshvilstat.uz, 2024). Moslashuvchan kiyim uchun tavsiya etiladigan materialga qo'yiladigan talablarning eng muhimi - bu gigiyenik talablardir, ammo ularning hammasi ham bir xil ahamiyatga ega emas (Orziqulova & Balbekova, 2023). Materiallarni tanlashda, birinchi navbatda, qaysi xususiyatlarni hisobga olish kerakligi va agar kerak bo'lsa, qaysi birini e'tiborsiz qoldirish mumkinligini aniqlash uchun ko'rsatkichlarning eng muhim asosiy qiymatlari aniqlanishi lozim.
Ushbu tadqiqot ishida natijalarni aniqlash uchun ekspert baholash usulidan foydalanildi. Bolalar ortopedik moslashuvchan kiyimi uchun gigiyenik, estetik, funksional, himoyalovchi, qulaylik talablarini tanlangan material xususiyatlari ta'minlab beradi (Gavharxon et al., 2024).
Olib borilgan tahlil natijalari shuni ko'rsatadiki, kiyim turiga qarab tanlanadigan material xususiyati ahamiyatliligi o'zgarishi mumkin. Tadqiqot ishida mutaxassislar o'rtasida o'tkazilgan so'rovnoma asosida bolalar kiyimiga qo'yiladigan talablarning ahamiyati va ularning muhimligini aniqlash maqsadida tarqatmalar tayyorlandi. Jarayon davomida tarqatmada berilgan ko'rsatkichlar baholanishi uchun mutaxassislarga topshirildi va ko'rsatkichlar baholanishiga erishildi. Tavsiya etilgan bolalar kiyimi sifatiga ta'sir ko'rsatuvchi talablarning ahamiyatliligi mutaxassislar tomonidan baholandi. Ko'rsatkichlar 1-jadvalda keltirilgan.
Sifat ko'rsatkichlari talablarining muhimligi quyidagi formula bo'yicha aniqlanadi:
O, = P
L P
Ko'proq ahamiyatga ega bo'lgan talablar 1 raqami, nisbatan kamroq ahamiyatga ega bo'lgan talablar esa 5 raqami bilan belgilangan.
1-jadvaldan gigiyenik talablar muhim ahamiyatga ega ekanligi ko'rinib turibdi. Gazlama havo o'tkazuvchanligi yuqori, gigroskopik xususiyatlari ijobiy va rang barqarorligi xususiyatlariga ega bo'lishi kerak.
1-jadval
Tavsiya etilgan buyumga qo'yiladigan talablarning ahamiyati
Talablar Estetik Ekspluatatsion Konstruktiv-texnologik Gigiyenik Iqtisodiy
Ahamiyati (Pi) 2 3 4 1 5
Muhimligi (Gi) 0,13 0,2 0,23 0,07 0,3
Ma'lumotlar shuni ko'rsatadiki, gigiyenik talablar doirasida havo o'tkazuvchanlik, gigroskopiklik ko'rsatkichi bolalar kiyimi uchun materiallarga bo'lgan muhim talablar hisoblanadi, shuningdek, gazlama ishqalanish va cho'zilishga chidamli, rangi barqaror hamda yuvish yoki kimyoviy tozalashga bardoshli bo'lishi lozim (Buzov & Alymenkova, 2004). Tadqiqot natijalari
Tadqiqot obyekti sifatida bolalar kiyimi ishlab chiqarishda eng ko'p foydalaniladigan mahalliy ishlab chiqarishdagi paxta tolali trikotaj gazlamalari tanlandi.
O'n nafar respondentlardan iborat ekspertlar guruhiga x,, x2, x3, x, xg x6, x7 va x8 matolari xususiyatlari muhimligini aniqlash, bolalar kiyimlarini ishlab chiqarishda gigiyenik va ekspluatatsion talablarni ta'minlash taklif qilindi: x1 - uzish kuchi, n;
x2 - namlik bilan ishlov berilganda, chiziqli o'lchamlari o'zgarishi, %;
x3 - havo o'tkazuvchanligi, dm3/m2 sek.;
x4 - uzilishdagi uzayishi, %;
x5 - rang barqarorligi, ball;
x6 - pillinglanishi, dona;
x7 - gigroskopikligi, ball;
x8 - ishqalanishga chidamliligi, sikl.
Eng muhim xususiyatga (R-1), nisbatan kamroq ahamiyatga aga xususiyatga (R-2), eng ahamiyatsiz xususiyatga (R-8) darajalar beriladi.
Har bir ekspert darajalari yig'indisi quyidagiformula bo'yicha aniqlanadi (Zhernitsyn & Gulamov, 2007):
£ R = 0,5n(n + 1),
(1)
bu yerda: n - darajalar soni.
Har bir xususiyat uchun y. nisbiy ahamiyatga egalik koeffitsiyenti quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
1
U =■
S У -
f i—l о
f=1 ai
bu yerda: S. - har bir /-xususiyati uchun daraj£ilar yig'ind is i.
Respondentlar fikriga ko'ra, eng muhim a mill air q uyidagi formula orqali aniqlanadi:
(2)
u — _ •
n
(3)
Ushbu tanlangan (qoldirilgan) xususiyatlarning har biri uchun muhimlik koeffitsiyenti ук quyidagi formula yordamida aniqlanadi (Pinchuk,2008):
1
Y к =
n 1
(4)
i=1
Qoldirilgan xususiyatlarining nisbiy allamiyati filing tashlab qo'yilgan xususiyatining ahamiyatlilik koeffitsiyentining tashtab qo'yilgan xususiyatining ahamiyatlilik koeffitsiyentlarining minimaliga nisbati sifatida hisob\anadi (Sidnyaev & Vilisova, 2011):
& = (5)
rmin
Har bir xususiyat uchun W kelishuv yoeffitsiyentini hisoblash uchun quyidagilar aniqlanadi (Kononyuk, 2010):
(S/ -S) va(S. - S)2
Bu yerda: S - barcha ko'rsatkichlar bo'yichadarajalarningo'rtacha yig'indisi. Ekspert baholashlarining izchilligini aniqla sh uchun quyidagi formula yordamida kelishish (muvofiqlik) Wkoeffitsiyenti aniqlanadi (Rasulova & Оrzikulova, 2023b):
!(=- s)
W y-yyj-i (6)
Пп2т2(ii3 -n)-m^,Tj
jyj
bu yerda: T = 0 inobatga olingan holda (Sidnya ev & Vilisova, 2011).
Muvofiqlik koeffitsiyenti W ning ahamiya tini bah oja sh uchun x2 mezoni hisoblanadi:
X2 = Wm кy - 1) (7)
Ushbu mezon erkinlik darajasidagi mezonning jadval qiymati Х2табл bilan taqqoslanadi:
S = n- 1
2-jadval
Bolalar kiyimlari uchun trikotajmateriallar sirying konstruktiv-texnologik talablariga ta'sir qiluvchi omillarni ekspert baholash
№ Omillar/Ekspertlar 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 У
Uzilish kuchi 6 5 8 8 8 8 8 8 7 8 74
Namlik bilan ishlov berilganda, chiziqli o'lchamlari o'zgarishi 2 6 5 4 3 3 4 5 5 4 41
Havo o'tkazuvchanligi 1 2 1 1 2 2 1 1 1 1 13
Uzilishdagi uzayishi 5 4 4 5 4 6 6 6 6 7 53
Rang barqarorligi 4 3 3 3 5 4 3 2 3 3 33
Pillinglanishi 7 8 6 6 6 5 5 4 4 5 56
Gigroskopikligi 3 1 2 2 1 1 2 3 2 2 19
Ishqalanishga chidamliligi 8 7 7 7 7 7 7 7 8 6 71
ä R 36 36 36 36 36 36 36 36 36 36
Har bir ekspertning darajalari yig'indisi quyidagi formula yordamida aniqlanadi (Kononyuk, 2010):
j
gy
c 1
shy Xj
y=n 0 У
Л йу = 0,И * 8(8 + 1) ¿=1
Bolalar kiyimlari uchun trikotajgazlamalarining konstruktiv-texnologik talablariga ta'sir qiluvchi nisbatan muhim bo'lgan omillarni aniqlash
3-jadval
Ekspertlar Omillar d Ä. У T >
xi *4 *6 *7
1 6 2 1 5 4 7 3 8 36 0
2 5 6 2 4 3 8 1 7 36
3 8 5 1 4 3 6 2 7 36
4 8 4 1 5 3 6 2 7 36
5 8 3 2 4 5 1 1 7 36
6 8 3 2 6 4 5 1 7 36
7 8 4 1 6 3 5 2 7 36
8 8 5 1 6 2 4 3 7 36
9 8 5 1 6 3 1 2 8 36
10 8 4 1 7 3 5 2 6 36
S i 74 41 13 53 3 3 1(5 19 71 360
g 0,821 0,13 0,27 0,09 0,16 0,08 0,21 0,0 32
Mn-S. i 6 39 67 27 47 24 61 9
j 8,182 0,313 0,219 0,285
j 1,0 1,71 1,20 1,56
S-S 1 38 5 -23 17 -3 20 -17 35
(S-S)2 1444 25 529 289 o 400 285 1225 4210
Har bir xususiyat uchun nisbiy ahamiyatga e0^^lik koeffiteiyent y. quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
Г/ = ? yn i.' (8)
bu yerda: S. - har bir i-xususiyati uchun dara.alar yiOiod+s1 (Rasulova & Orzikulova, 2023b):
_ 1 _ 1 _ 71 = " 1 = ~ 1 1 1 1 1 1 1 г = ai021
74^Г=п74 +41 + 13 + 53 +333+ 56+ 19 + 71
Tadqiqotnatijalari tahlili
Mutaxassislar fikriga ko'ra x2, x, xg x7 eng muhim xususiyatlar bo'lil, ularuchun quyidagi shart bajarilgan:
Yi^1 n
shunda (Shershneva, 2001):
T = 0,125
П > ^ > 0,T25 (9)
Ushbu tanlangan xususiyLlarning ha. Liri uchun muhimlik kieffitTiyenTi yk Tormila yordamida aniqlanadi:
T
Ук =-j-
s un —
JK
rrm — Sin
Yjo = —-■ (10)
7717171g — 2,. Sja
ßK nisbiy ahamiyatlilik koeffitsiyentining yk tashlab qo'yilgan xususiyatining ahamiyatlilik koeffitsiyentlarining Ymin minimaliga nisbati sifatidahisoblanadi (Mum^nova et al., 2020):
/-. yK
" Ук (11)
Ym in
Har bir xususiyat uchun W kelishuv k oeffitsiyentinihisoblash uchunquyidagilar aniqlandi:
(5, - -) va (5, - -)2,
bu yerda: 5 - barcha ko'rsatkichlar bo'yicha darajalarning o'rtacha yig'indisi (Shamukhitdinova, 1990).
Ekspert baholashlarining izchilligini aniql a sh uchun quyidagi formula yordamida kelishish (muvofiqlik) W koeffitsiyenti a niqland i:
щ =_uf=i(5t-s)2__ 4210 _ t 00b (12)
t/t2m2(n3-n)-mU^1Ty 4200 , ^ J
Mazkur holda ahamiyatliligi jihatdan bir xil omillar yo'q, shuni hisobga olgan holda, T. = 0. Ekspertlarning fikrlari butunlay mos kelganda W= 1 bo'ladi. Qanchalik W 1ga yaqin bo'lsa, shunchalik ekspertlarning fikri o'zaro mos keladi (Muminova, 2010). Olingan natijalar ko'rib chiqilayotgan talablar guruhini qondiradigan xususiyatlarning reyting diagrammasini tuzish imkonini beradi (rasm).
Rasm. Konstruktiv-texnologik talablar bajarilishini ta'minlovchi xususiyatlarning xarakteristikalari reytingi diagrammasi
Diagramma (rasm) shuni ko'rsatadiki, mutaxassislarning fikriga ko'ra, matolarning eng muhim ko'rsatkichlari quyidagilar hisoblanadi: x2 - namlik bilan ishlov berilganda, chiziqli o'lchamlari o'zgarishi; x3 - havo o'tkazuvchanligi; x5 - rang barqarorligi; x7 - gigroskopikligi ko'rsatkichlari. Qolgan ko'rsatkichlar konstruktiv-texnologik talablar bajarilishini ta'minlaydigan xususiyatlar uchun kamroq ahamiyatga ega.
Olib borilgan tadqiqot natijalari uch oylikdan bir yoshgacha bo'lgan bolalar uchun ortopedik moslashuvchan kiyim ishlab chiqarishda gazlamaning xususiyatlarini e'tiborga olgan holda, to'g'ri tanlash va qo'llash imkonini beradi.
Xulosa
Tadqiqot natijalaridan kelib chiquvchi xulosalarga ko'ra, ekspertlar fikri o'zaro mos, ahamiyatliligi jihatidan bir xil omillar yo'q, tahlillar natijalari omillar ahamiyatliligini oqlaydi. Bolalar moslashuvchan kiyimi ishlab chiqishda gazlamaning havo o'tkazuvchanligi, gigroskopikligi, rang barqarorligi, namlik bilan ishlov berilganda, chiziqli o'lchamlari o'zgarishi, ko'rsatkichlarning ahamiyatliligi yuqori. Mutaxassislar fikriga ko'ra, ushbu ko'rsatkichlarning ruxsat etilgan qiymat bo'yicha mahsulot ishlab chiqarishda qo'llanishi mahsulot sifatini oshiradi.
Natijalarga tayangan holda, bolalar moslashuvchan kiyimi loyihasini ishlab chiqish uchun ahamiyatliligi yuqori ko'rsatkichlar material tanlashda asos bo'lib xizmat qiladi. Xomashyo tanlashda ushbu ko'rsatkichlarning talab darajalari bajarilishini ta'minlash tavsiya etiladi.
REFERENCES
1. Buzov, B. A., & Alymenkova, N. D. (2004). Materials science in the production of light industry products. (In Russian). Moscow.
2. Gavharxon, O., Sarvinoz, O., & Nuriya, Q. (2024). Ta'lim tizimi rivojlanishining yangi bosqichlari [New stages of education system development]. (In Uzbek). Proceedings of the International Global Conference (vol. 1, no. 7, pp. 257-262).
3. González, J. C., Olaso, J., Gil, M. N., Puigcerver, S. A., Durá, J. V., & Lopez, I. (2012). FASHION-ABLE: Needs and requirements for clothing, footwear and orthotics of consumers groups with highly individualised needs. 2012 18th International ICE Conference on Engineering, Technology and Innovation (pp. 1-10). https://doi.org/10.1109/ ICE.2012.6297700
4. GOST 32119-2013. (2013). Products for newborns and toddlers general technical conditions. (In Russian).
5. GOST ISO 9237-2013. (2013).Textile materials. Method for determination of air permeability. (In Russian).
6. Kononyuk, A. E. (2010). Fundamentals of scientific research. (In Russian). Kyiv: CST.
7. Muminova, U. T. (2010). Development of the structure of initial information for the process of complex design of children's early childhood kits. [Abstract of PhD thesis]. (In Russian). Tashkent: Tashkent Institute of Textile and Light Industry.
8. Muminova, U. T., Tashpulatov, S. Sh., Cherunova, I. V., & Sharipova, S. I. (2020). Development of methodology of complex design of children's clothing. (In Russian). Kursk.
9. National Retail Association. (2020). Children's Apparel - Product Safety Guidelines.
10. Orziqulova, G., & Balbekova, D. (2023). Pedagogik texnologiyalarda innovatsiyalar [Innovations in pedagogical technologies]. (In Uzbek). Innovative Research in the Modern World: Theory and Practice, 2 (7), 20-21.
11. Pinchuk, S. I. (2008). Organization of experiment in modeling and optimization of technical systems. (In Russian). Dnepropetrovsk: Independent publishing organization 'Diva'.
12. Rasulova, M., & Orzikulova, G. S. K. (2023a). Analysis of the biomechanics of the musculoskeletal system of young children for the manufacture of clothing. Science and Education, 4(2), 790-792. https://cyberleninka.ru/artide/n/analysis-of-the-biomechamcs-of-the-musculoskeletal-system-of-young-children-for-the-manufacture-of-clothing
13. Rasulova, M., & Orzikulova, G. S. K. (2023b). Ortopedik nuqsoni mavjud bolalar kiyimini ishlab chiqish [Orthopedic care for people with mild orthopedic problems]. (In Uzbek). Science and Innovative Development, 6(1), 54-61. https://dx.doi.org/10.36522/2181-9637-2023-1-7
14. Shamukhitdinova, L. Sh. (1990). Development of rational assortment collections of children's clothing and ways to increase its durability for the conditions of Central Asia. [Abstract of PhD thesis]. (In Russian). Kiev.
15. Shershneva, L. P. (2001). Development of technology for designing children's clothing with consideration of psychophysical development of the child. [PhD thesis]. (In Russian). Moscow.
16. Sidnyaev, N. I., & Vilisova, N. T. (2011). Introduction to the theory of experiment planning. (In Russian). Moscow: MSTU.
18. Toshvilstat.uz. (2024). Statistical Agency in the Presence of the President of the Republic of Uzbekistan Tashkent Region Statistical Department. https://www.toshvilstat.uz/
19. Zhernitsyn, Y. L., & Gulamov, A. E. (2007). Methodical instruction on performance of research and laboratory works on testing of textile products. (In Russian). Tashkent.