Научная статья на тему 'Ortopedik nuqsoni mavjud bolalar kiyimini ishlab chiqish'

Ortopedik nuqsoni mavjud bolalar kiyimini ishlab chiqish Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
60
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
displaziya / maxsus kiyim / Freyk shinasi / o‘lchamlar / kiyim paketi. / dysplasia / special clothing / Freik’s splint / sizes / clothing package.

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Rasulova Mastura Kabilovna, Orziqulova Gavharxon Sultonmurod Qizi

Ushbu maqolada bolalarda uchraydigan chanoq-son bo‘g‘imi chiqishi kasalligi, xastalik davrida zarur bo‘ladigan bolalar maxsus kiyimi, ortopedik nuqsonli bolalar kiyimlarining turlari hamda xorijiy analoglari o‘rganildi va tahlil qilindi. Bolalar maxsus kiyimi uchun gazlamalarning fizik-mexanik ko‘rsatkichlari aniqlandi. Olib borilgan tadqiqot natijalari asosida ortopedik nuqsonli bolalar kiyimi uchun asosiy va qo‘shimcha material turlarining tavsiyasi ishlab chiqildi. Toshkent shahar va Jizzax viloyati bo‘yicha 0 oylikdan 11 oylikkacha bo‘lgan 180 nafar chaqaloq tizzalari orasi o‘lchami olinib, tadqiqot o‘tkazildi. Tosni kerib beruvchi moslamalar ichida keng qo‘llaniladigan Freyk shinasi 5 ta o‘lchamda tavsiya qilindi. O‘zbekiston iqlim sharoitini hisobga olib, so‘rovnoma asosida ortopedik nuqsonli bolalarmaxsus kiyimini loyihalash bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida mahalliy paxta tolali trikotaj polotnosidan bolalar maxsus kiyimi paketi shakllantirildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Designing clothing for children with orthopaedic defects

This article examines the technology of production of special clothing designed for children during the treatment of orthopaedic diseases, in particular such a disease as hip dislocation, analyzes the existing in our country types of clothing for children with orthopaedic defects, as well as their foreign analogues. The physical and mechanical parameters of fabrics for the production of special children’s clothing were determined, and recommendations for basic and additional types of materials for the clothing of children with orthopaedic defects were developed based on the results of the research. A total of 180 children aged from 0 to 11 months in the city of Tashkent and Jizzax province were examined. Among the fixation bandages for the hip joint, the widely used Freik splint in 5 sizes was recommended. Taking into account the natural and climatic conditions of Uzbekistan and on the basis of the results of studies on the design of special clothing for children with orthopaedic defects, a set of special clothing made of cotton fabric for domestic production was formed.

Текст научной работы на тему «Ortopedik nuqsoni mavjud bolalar kiyimini ishlab chiqish»

05.06.04 - ТИКУВЧИЛИК БУЮМЛАРИ ТЕХНОЛОГИЯСИ ВА КОСТЮМ ДИЗАЙНИ

d https://dx.doi.org/10.36522/2181-9637-2023-l-7 UDC: 687.03:667(045)(575.1)

ORTOPEDIK NUQSONI MAVJUD BOLALAR KIYIMINI ISHLAB CHIQISH

Rasulova Mastura Kabilovna1,

texnika fanlari doktori, "Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyalari" kafedrasi mudiri, ORCID: 0000-0002-5533-5946, e-mail: [email protected];

Orziqulova Gavharxon Sultonmurod qizi2, "Tabiiy tolalar va matoga ishlov berish" kafedrasi assistenti, ORCID: 0000-0002-0927-9306, e-mail: [email protected]

1Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti 2Jizzax politexnika instituti

Annotatsiya. Ushbu maqolada bolalarda uchray-digan chanoq-son bo'g'imi chiqishi kasalligi, xastalik davrida zarur bo'ladigan bolalar maxsus kiyimi, ortopedik nuqsonli bolalar kiyimlarining turlari hamda xorijiy analoglari o'rganildi va tahlil qilindi. Bolalar maxsus kiyimi uchun gazlamalarning fizik-mexanik ko'rsatkichlari aniqlandi. Olib borilgan tadqiqot natijalari asosida ortopedik nuqsonli bolalar kiyimi uchun asosiy va qo'shimcha material turlarining tavsiyasi ishlab chiqildi. Toshkent shahar va Jizzax viloyati bo'yicha 0 oylikdan 11 oylikkacha bo'lgan 180 nafar chaqaloq tizzalari orasi o'lchami olinib, tadqiqot o'tkazildi. Tosni kerib beruvchi moslamalar ichida keng qo'llaniladigan Freyk shinasi 5 ta o'lchamda tavsiya qilindi. O'zbekiston iqlim sharoitini hisobga olib, so'rovnoma asosida ortopedik nuqsonli bolalar maxsus kiyimini loyihalash bo'yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida mahalliy paxta tolali trikotaj polotnosidan bolalar maxsus kiyimi paketi shakllantirildi.

Kalit so'zlar: displaziya, maxsus kiyim, Freyk shinasi, o'lchamlar, kiyim paketi.

РАЗРАБОТКА ОДЕЖДЫ ДЛЯ ДЕТЕЙ С ОРТОПЕДИЧЕСКИМИ ДЕФЕКТАМИ

Расулова Мастура Кабиловна1,

доктор технических наук, заведующая кафедрой «Конструирование и технологии швейных изделий»;

Орзикулова Гавхархон Султонмурод кизи2,

ассистент кафедры «Натуральные волокна и обработка тканей»

Kirish

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning "Reproduktiv yosh-dagi ayollar, homiladorlar va bolalarga ko'rsatiladigan yordam sifatini oshirish va ko'lamini yanada kengaytirish to'g'risida"gi qarorida reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar va bolalar uchun zamonaviy, yuqori texnologik, ixtisoslashtirilgan tib-biy yordam ko'rsatish tizimini yanada takomillashtirish masalalari belgilab berilgan [1]. Bundan tashqari, 2019-2025-yillarda O'zbekiston Respublikasining sog'liqni saqlash tizimini rivojlantirish, nogironligi bo'lgan bolalarni tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish va sog'lomlashtirish, ularning jamiyat hayotida ishtirok etishi uchun shart-sharoitlar yaratish bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish ko'zda tutilgan. Shu sababli xorijdagi ilg'or yutuqlardan foydalanib, aholi salomatligini asrash va mustahkamlash borasidagi tub islohotlarimizni yangi bos-qichga ko'tarish davr talabidir. Dunyo taj-ribasi shuni ko'rsatadiki, yosh avlodni har tomonlama barkamol etib voyaga yetkazish uchun sarflangan sarmoya jamiyatga ko'p foyda keltiradi. Bunda, avvalo, ta'lim va tarbiyani rivojlantirish, sog'lom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovat-

S

siyalarni taraqqiy ettirish eng muhim vazi-falardandir [2-7].

O'zbekiston Respublikasida yosh bolalar-da ortopedik kasalliklar o'sish tendensiyasi mavjud bo'lib, ushbu toifadagi bolalar uchun qulay, davolash jarayoniga yordam beradigan, gigiyenik va ergonomik talablari yuqori bo'lgan kiyim-kechak ishlab chiqarish dolzarb masalaga aylangan. Bunday kiyimlar respublikamizda ishlab chiqarilmasligi, chet elda tayyorlanuvchi turlari esa qimmat va taqchilligi bilan muammo bo'lib kelmoqda [8, 9].

Bolalar ortopedik kasalliklari orasida chanoq-son bo'g'imi displaziyasi va tug'ma dislokatsiya eng ko'p uchraydi. Kech tashxis qo'yish va kech davolash muolajalari ko'pin-cha og'ir asoratlar va nogironlik holatlariga ham olib keladi. Mushak-skelet tizimi ka-salliklari tarkibida chanoq-son bo'g'imi displaziyasi va chanoq-son bo'g'imi tug'ma chiqishi 73,2 foizgacha bo'lgan holatlarga to'g'ri keladi. Yangi tug'ilgan chaqaloqlarda chanoq-son bo'g'imlari kam rivojlanganligi (displaziya) dislokatsiyaga qaraganda tez-tez kuzatiladi. Yangi tug'ilgan bolalar hayotining dastlabki 3 oyigacha bo'lgan muddatda displaziya - 70 foizgacha, sublukatsiya -20 foizgacha, dislokatsiya - 10 foizgacha uchraydi. Olib borilgan tahlillar shuni ko'rsatdiki, chanoq-son bo'g'imi displaziyasi 1000 ta yangi tug'ilgan 15-16 ta chaqaloqda qayd etiladi. Kasallik chastotasi esa iqlim, tabiiy sharoit va milliy urf-odatlarga bog'liq [10, 11] (1-rasm).

Diskolatsiya 10%

1-rasm. 3 oylikkacha bo'lgan bolalarda chanoq-son bo'g'imi kasalliklarining uchrashi

1Ташкентский институт текстильной и легкой промышленности 2Джизакский политехнический институт

Аннотация. В данной статье изучена технология производства специальной одежды, предназначенной для детей во время лечения ортопедических заболеваний, в частности такого заболевания, как вывих бедра, проанализированы существующие в нашей стране виды одежды для детей с ортопедическими дефектами, а также их зарубежные аналоги. Определены физико-механические параметры тканей для производства специальной детской одежды, по результатам проведенных исследований разработаны рекомендации по основным и дополнительным видам материалов для одежды детей с ортопедическими дефектами. Обследованы 180 детей в возрасте от 0 до 11 месяцев в г. Ташкенте и Джизакской области. Среди фиксирующих бандажей на тазобедренный сустав была рекомендована широко используемая шина Фрейка в 5 размерах. С учетом природно-климатических условий Узбекистана и на основании результатов проведенных исследований по проектированию специальной одежды для детей с ортопедическими дефектами был сформирован комплект специальной одежды из хлопчатобумажной ткани отечественного производства.

Ключевые слова: дисплазия, специальная одежда, шина Фрейка, размеры, упаковка одежды.

DESIGNING CLOTHING FOR CHILDREN WITH ORTHOPEDIC DEFECTS

Rasulova Mastura Kabilovna1,

Doctor of Technical Sciences (DSc), Head of the Department of Design and Technology of Clothing;

Orzikulova Gavharkhon Sultonmurod kizi2,

Assistant of the Department of Natural Fibers and Textile Processing

1Tashkent Institute of Textile and Light Industry 2Jizak Polytechnic Institute

Abstract. This article examines the technology of production of special clothing designed for children during the treatment of orthopedic diseases, in particular such a disease as hip dislocation, analyzes the existing in our country types of clothing for children with orthopedic defects, as well as their foreign analogues. The physical and mechanical parameters of fabrics for the production of special children's

clothing were determined, and recommendations for basic and additional types of materials for the clothing of children with orthopedic defects were developed based on the results of the research. A total of 180 children aged from 0 to 11 months in the city of Tashkent and Jizzax province were examined. Among the fixation bandages for the hip joint the widely used Freik splint in 5 sizes was recommended. Taking into account natural and climatic conditions of Uzbekistan and on the basis of the results of studies on the design of special clothing for children with orthopedic defects, a set of special clothing made of cotton fabric of domestic production was formed.

Keywords: dysplasia, special clothing, Freik's splint, sizes, clothing package.

Shunday qilib, O'rta Osiyo va Yaqin Sharqning ba'zi mamlakatlarida, shuningdek, Kavkazda chaqaloqlar an'anaviy tarzda yo'rgaklanganligi sababli ularda tug'ma diskolatsiya 9% holatlarda kuzatiladi. Afrika va Hindiston yarimoroli hududidagi issiq iqlim sharoiti tufayli bu yerdagi onalar bolalarini oyoqlari kerilgan holatda ko'tarib yurishadi. Shu bois ularda chanoq-son bo'g'imi displaziyasi kam uchraydi. Tadqiqotlarga ko'ra, chanoq-son bo'g'imi displaziyasi bilan kasallanish 1000 nafar yangi tug'ilgan chaqaloqning 30 tasida kuzatiladi [5]. So'nggi yillarda bu raqamlar ko'paymoqda. Jahon statistikasi shuni ko'rsatadiki, yangi tug'ilgan chaqaloqlarda chanoq-son bo'g'imi displaziyasi 2-3 foizni tashkil etadi, ammo uning tarqalishining irqiy va etnik xususiyatlari mavjud. Masalan, Skandinaviya mamlakatlarida yangi tug'ilgan chaqaloqlarda chanoq-son bo'g'imi tug'ma rivojlanmaganligi 4%, Germaniyada - 2%, AQShda bu ko'rsatkich oq tanli aholi orasida afroamerikaliklarga qaraganda yuqori, ya'ni 1-2 foizni tashkil etadi. Amerikalik hindular orasida esa chanoq-son bo'g'imi displaziyasi deyarli yuz bermaydi [12].

2008-2019-yillarda nogironlik holatining qiyosiy ko'rsatkichlari o'rganilganda, O'zbekis-ton Respublikasida bu ko'rsatkich respublika miqyosida o'sish tendensiyasiga ega ekanligi ma'lum bo'ldi. Respublika bolalar ortopediya markazida reabilitatsiya qilingan chanoq-son

bo'g'imining tug'ma chiqishi oqibatlari bo'lgan bolalarda ko'rsatkichlarning retrospektiv tahli-li shuni ko'rsatdiki, so'nggi 12 yil ichida bolalar ortopediya markaziga ota-onalarning muroja-ati 5,5 foizdan 13,2 foizgacha o'sgan [13].

Material va metodlar

Yuqoridagi tahlil natijalarini inobatga olib aytish mumkinki, O'zbekiston Respublikasida yosh bolalarda ortopedik kasalliklar o'sish tendensiyasiga ega. Shuning uchun ushbu toifadagi bolalar uchun kiyim-kechak ishlab chiqarish va tayyorlash maqsad qilib olindi.

Hozirgi kunda GOST 32119-2013 "Yangi tug'ilgan chaqaloqlar va bolalar bog'chasi bolalari uchun mahsulotlar. Umumiy texnik shartlar", GOST R 54408-2011 "Nogironlar uchun maxsus kiyim. Umumiy texnik shartlar", GOST R 51079-2006 (ISO 9999: 2002) "Nogironlarni reabilitatsiya qilishning texnik vositalari tasnifi"ga oid hujjatlar mavjudligiga qaramay, ortopedik kasalliklarga chalingan bolalar uchun bolaning funksional imkoniyatlarini hisobga olgan holda tikilgan maxsus kiyimlar bo'lishi lozim.

1-jadvalda ortopedik nuqsonli bolalar uchun mavjud bo'lgan chet el hamda mahalliy maxsus kiyim va mahsulotlarning namunalari keltirilgan bo'lib, ular narx va xususiyatlari bo'yicha tahlil qilingan [14].

Olib borilgan tahlil natijalari shuni ko'rsatdiki, ortopedik nuqsoni mavjud bolalarning kiyimlari ergonomik jihatdan tuzatuvchi moslamalar uchun qulay bo'li-shi lozim. Xususan, chanoq-son bo'g'imi displaziyasi kasalligini davolovchi mos-lamalar oyoqni kerib berishga xizmat qilishi bizga yaxshi ma'lum. Xuddi shunday konstruksiyadagi Irlandiyaning "Hip Happy" brendi kiyimlari, asosan, paxta laykra tarkibli gazlamalardan tayyorlangan bo'lib, taqilmasi pistonli. Bel qismiga qayishqoq tasmali ishlov berilgan.

Kanadaning "love to dream" ortopedik mahsulotlari ham bolalar uchun juda qulay bo'lib, ayniqsa, bolaning uyqusida haroratni normal saqlaydi. Mahsulotlar gazlamasi tarkibi paxta va elastindan iborat.

56

ИЛМ-ФАН ВА ИННОВАЦИОН РИВОЖЛАНИШ НАУКА И ИННОВАЦИОННОЕ РАЗВИТИЕ SCIENCE AND INNOVATIVE DEVELOPMENT

05.06.04 - ТИКУВЧИЛИК БУЮМЛАРИ ТЕХНОЛОГИЯСИ ВА КОСТЮМ ДИЗАЙНИ

Optopedik nuqsonli bolalar uchun mavjud bo'lgan mahsulotlarga tavsif

1-jadval

Mavjud ortopedik mahsulot

Ishlab chiqaruvchi davlat

"Hip Happy" Irlandiya

"Love to dream" Kanada

"HipTilly", Avstraliya

p illL)

Clothes for babies with hip dysplas

"Trives", Rossiya

Trives

"Delmed", Ukraina

JDM

ДЕЛМЕД

"Makon Mirzo", O'zbekiston, Andijon

Д'М1,.1!!'

"Kenguru xaltasi", Italiya

Mahsulotning tolaviy tarkibi

95% paxta, 5% laykra

93% paxta, 7% elastin

100% organik paxta

90% politelin, 10% poliestr (qoplama), 100% paxta

100% paxta

50% poliestr, 10% propilen, 40% paxta

90% poliestr, 10% paxta

100% paxta

Mahsulot tannarxi, so'mda

291 000

580 000

420 000

217 000

167 000

85 000

250 000

50 000

Mahsulot turi

Maxsus kiyim

Maxsus kiyim

Maxsus kiyim

Shina "Freyka"

Shina "Freyka"

Shina "Freyka"

Xaltacha

Plyonka

1

2

3

4

5

6

7

8

05.06.04 - ТИКУВЧИЛИК БУЮМЛАРИ ТЕХНОЛОГИЯСИ ВА КОСТЮМ ДИЗАЙНИ

Avstraliyaning "HipTilly" brendi ham aynan chanoq-son bo'g'imi displaziyasi bilan og'rigan bemor bolalar uchun o'z mah-sulotlarini taklif qiladi. Knopka va molniya tasmali qadalmalarda qadaluvchi kiyimlar-ning tolaviy tarkibi 100% organik paxta.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Chanoq-son bo'g'imi displaziyasi kasal-ligini davolashda hozirgi vaqtdagi eng qulay moslamalarni tahlil qilib, quyidagi xulosalarni oldik.

Rossiyaning "Trives" fabrikasi mahsulot-lari bolalar oyoqlarini 90o va undan ko'proq ochib berishga yordam beradi.

Ukrainaning "Delmed" fabrikasi mahsu-loti bolalar oyoqlarini 90o va undan ko'proq ochib berishga xizmat qiladi. Davolovchi moslama 21 xil o'lchamda bo'ladi.

Andijon shahridagi "Makon Mirzo" orto-pedik mahsulotlaridan "Freyk shinasi" bemor bolalarning oyoqlarini 90o va undan ko'proq ochib beradi [15].

Onalar uchun qulay bo'lgan "Kenguru xaltasi" Italiya dizaynerlari tomonidan ishlab chiqarilgan. Bu moslama bolaning tizzalari orasini ochib qo'yish imkonini beradi. Biroq ushbu mahsulot bolaning ichki a'zolari rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.

Ortopedik kasallikni konservativ usulda keng yo'rgaklash usuli bilan ham davolash mumkin. Keng yo'rgaklash uchun ikkita plyonka eni 20 cm bo'lgan qistirma hosil qilib buklanadi. U tizza va chanoq-son suyagi bo'g'imlari bukilgan hamda 90° ga kerilgan oyoqlar orasiga qo'yiladi. Shu holatda bola oyog'i uchinchi plyonka bilan mahkam bog'lanadi.

Tahlil natijalari shuni ko'rsatadiki, davo-lashda foydalaniladigan oyoqni 90o dan ko'p-roq ochib berishga xizmat qiluvchi maxsus moslamalar kun davomida 24 soat taqilishiga e'tiborni qaratish yaxshi natija beradi. Yuqo-rida keltirib o'tilgan maxsus kiyim va moslamalar respublikamizda mavjud emas. Ular-ni internetdagi ijtimoiy tarmoqlar orqali onlayn xarid qilish mumkin. Biroq bu mahsulotlarning narxi qimmat bo'lib, aksa-riyat ota-onalar sotib olish imkoniyatiga ega emas. Respublikamizning Andijon viloyatida faoliyat yuritayotgan "Makon Mirzo" korxona-sida ishlab chiqarilayotgan "Shina freyka"

maxsus kiyimini bolaga 24 soat davomida taqib yurishning imkoni yo'q. Bolaning tagligi va kiyimini almashtirish vaqtida uni yechib qo'yishga to'g'ri keladi.

Tadqiqot natijalari

Yuqoridagilarni e'tiborga olib, ortopedik nuqsonli bolalar uchun gigiyenik, estetik, funksional, himoyalovchi xususiyatlarga ega hamda qulaylikni ta'minlovchi kiyim yaratish tadqiqot ishining asosiy vazifalaridan biridir.

Ilmiy tadqiqot ishi davomida yosh bola-larda chanoq-son bo'g'imi displaziyasini davolovchi vosita bo'lgan maxsus kiyimni loyi-halash uchun Toshkent va Jizzax shahridagi Respublika bolalar ortopedik markazida bemor bolalar ota-onalari o'rtasida 17 ta savolni o'z ichiga olgan so'rovnoma o'tkazildi. Respondentlar 150 kishidan iborat bo'lib, ulardan 40% uy bekalari, 15% talabalar, 15% ziyolilar, 30% ishchi-xizmatchi oila vakillari. So'rovnomada maxsus kiyimni loyi-halashda uning afzalligi, kamchiligi, dizay-ni, taqilma turi, konstruksiyasini qurishda qaysi jihatlariga e'tibor berish kerakligi bo'yicha savollar keltirilgan [16].

So'rovnoma natijalari tahlili bo'yicha bolalar uchun har taraflama qulay bo'lgan maxsus kiyimni loyihalash uchun quyidagi tavsiyalar ishlab chiqildi: maxsus kiyim molniya tasmali (yoki knopkali) taqilmadan iborat bo'lishi; maxsus kiyim uchun, asosan, ochiq ranglardan foydalanish; har qanday ob-havo uchun qulayligini ta'minlashda maxsus kiyim yarim kombinezon bichimida bo'lishi; maxsus kiyimni loyihalashda bola-ga har tomonlama qulay bo'lishi uchun kon-struksiyani hisobga olish.

Yuqoridagilarni e'tiborga olib, yosh bola-larda uchraydigan chanoq-son bo'g'imi dis-plaziyasini davolashga mo'ljallangan max-sus kiyimni loyihalashda olib borilgan so'rovnoma natijalari asosida bolalar va onalar uchun har taraflama qulay hamda ishonchliligi yuqori bo'lgan tabiiy matodan ochiq rangli, taqilmasi molniya tasmali (yoki knopkali) yarim kombinezon bichimidagi maxsus kiyimni loyihalash tavsiya etiladi.

Bolalar kiyimlari uchun foydalaniladigan gazlamalar, birinchi navbatda, gigiyenik ta-

S

lablarga (havo hamda suv o'tkazuvchanligi va b.) javob berishi, shu bilan birgalikda, harakatni cheklamasligi, qayishqoqligi yuqo-ri bo'lishi lozim [17]. Olib borilayotgan tadqiqot natijalari shuni ko'rsatdiki, kiyim tayyorlashda iqlim sharoitini hisobga olib, tabiiy tolali gazlamalardan foydalanish uning gigiyenik xususiyatini oshiradi.

Tavsiya etilayotgan model uchun tanlan-gan trikotaj suprem polotnosi, asosan, paxta iplaridan tayyorlanadi. Biroq paxta iplari elastik bo'lmagani uchun 10 foizgacha sintetik va sun'iy tolalar bilan birga to'qiladi. Sun'iy va sintetik tolalar 10 foizdan oshmasa, umumiy ijobiy xususiyatlariga ta'sir qilmaydi. Olib borilgan tadqiqot natijalari shuni ko'rsatdiki, tola tarkibi 92% paxta, 8% laykradan iborat bo'lgan, yuza zichligi - 178 (gr/m2), qalinligi - 0,85 mm, havo o'tkazuvchanligi - 68 (dm3/ m2c), namlikni shimish xususiyati 53%, namlikning singish vaqti 32 s ni tashkil etgan 3-raqamdagi trikotaj polotnosi ortopedik nuqsonli bolalar uchun maxsus kiyim ishlab chiqarish uchun tavsiya etiladi.

Yuqoridagi ko'rsatkichlar asosida yosh bolalarda uchraydigan chanoq-son bo'g'imi displaziyasini davolashga mo'ljallangan max-sus bolalar kiyimi uchun gigiyenik xusu-siyatlari yuqori bo'lgan trikotaj-suprem gaz-lamasi va taglik qismi uchun shakl saqlab beruvchi qotirmasi tanlandi.

Hozirgi kunda eng keng qo'llaniladigan davolash vositasi sifatida Freyk yostiqcha-laridan 11 oylikkacha bo'lgan bemor bola-lar uchun tana vazniga qarab foydalaniladi. Oyoqni keruvchi barcha moslamalar singari Freyk shinasining ham vazifasi bolalar oyog'ini 90° ochib berishdan iborat. Bu holat kasallikni davolashning asosi sanaladi. O'lchamlar tizza

Yuqoridagi fikrlarni inobatga olib, maxsus kiyim ishlab chiqish uchun asosiy gazlama sifatida trikotaj polotnolari tanlab olindi. Trikotaj polotnolarining fizik-mexanik ko'rsatkichlari Toshkent to'qimachilik va yengilsanoat institutining "Sentex.uz" laborato-riyasida aniqlandi [18] (2-jadval).

oralig'idagi masofaga qarab belgilanadi. Yuqoridagilarga asoslangan holda, Toshkent shahri va Jizzax viloyati bo'yicha 11 oylikkacha bo'lgan 180 nafar bola tizzalari orasi o'lchami olinib, tadqiqot o'tkazildi. Tadqiqot natijalari 3-jadvalda keltirildi.

Natijalarning o'rtacha qiymati tahliliga ko'ra, 11 oylikkacha bo'lgan bolalar 5 guruhga ajratildi. Tosni kerib beruvchi moslamalar ichida keng qo'llaniladigan Freyk shinasi 5 ta o'lchamda tavsiya qilindi (3-jadval).

3-jadval

Bolalarning tizza oraliq o'lchamlarining guruhlanishi

Bola yoshi oralig'i, oylik Tizza oraliq o'lchami, cm Guruh Shina o'lchami

0-3 14-16 1 S

4-6 17-19 2 M

7-9 20-22 3 L

10-11 23-25 4 XL

11 oydan katta 26-30 5 XXL

Tadqiqot natijalari tahlili

Olib borilgan tadqiqot natijalariga asosan, 3 oylikkacha bo'lgan bolalar 1-S, 4 oylikdan 6 oylikkacha - 2-M, 7 oylikdan 9 oylikkacha - 3-L, 10 oylikdan 11 oylikkacha - 4-XL, 11 oylikdan katta bo'lgan bolalar 5-XXL o'lchamli mahsulotga talabgor sifatida kiritildi.

Bolalar maxsus kiyimi konstruksiyasi U. Aldrichning "Angliyskiy metod konstrui-

2-jadval

Gazlamalarning fizik-mexanik xususiyatlari ko'rsatkichlari

№ Namuna nomi Tolaviy tarkibi, % Yuza zichligi, gr/m2 Qalinligi, mm Havo o'tkazuvchanligi, dm3/m2c Namlikni shimish, % Namlikning singish vaqti, s

1 Trikotaj Suprem Paxta - 90 Laykra - 10 185 0,9 40 45 24

2 Trikotaj Suprem Paxta - 93 Laykra - 7 183 0,8 54 48 28

3 Trikotaj Suprem Paxta - 92 Laykra - 8 178 0,85 68 53 32

05.06.04 - ТИКУВЧИЛИК БУЮМЛАРИ ТЕХНОЛОГИЯСИ ВА КОСТЮМ ДИЗАЙНИ

rovaniya i modelirovaniya detskoy odezhdy" chiqarilayotgan mahalliy xomashyodan kitobi asosida ishlab chiqildi. Kiyimning foydalanildi va bolalar maxsus kiyimi paketi tashqi qavati uchun O'zbekistonda ishlab shakllantirildi [1] (2-rasm).

2-rasm. Ortopedik nuqsonli bolalar kiyimining yangi modeli

4-jadval

Respondent bolalarning tizza oraliq o'lchamlari

Bola yoshi Respondent bolalarning tizza oraliq o'lchamlari, cm O'rtacha

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15

0 oylik 13 13,5 14 12,5 15 14,5 14,5 15,3 14 13 13,5 15,5 13,7 15 14,2 14

1 oylik 13 13,5 14 14,5 13 15 15,5 15,4 14,5 15,5 14 15 14 15 14,5 14,5

2 oylik 15 16 16 14,5 15 15,5 14 14 14 15 14,5 16,5 15 14 16 15

3 oylik 15 16 15,5 15 16,5 16 17 16,5 16,5 15 16 15,5 16,5 16,5 17 16

4 oylik 16 17 17 16 17,5 18 18 17,5 16 17 18 16 17 18 17 17

5 oylik 18 18,5 19 17 19 17,5 17 18 19 18,5 17 17 17,5 18 19 18

6 oylik 18 19 20 18,5 19,5 19 18,5 19 19,5 20 18 19 17,5 19,5 20 19

7 oylik 20 21 19 20 21 20 19 18,5 19 20 21 21 20 20 21 20

8 oylik 20 20,5 21 21 20 22 21 22 21 21,5 22 20 20 19 22 21

9 oylik 21 22 23 20 22 23 22 21 21 23 22 23 22 21 22 22

10 oylik 23 24 23 24 22 23 22 23 24 22 21,5 23 24 23 22 23

11 oylik 24 23 25 24 24 27 27 26 25 24 26 24 26 24 25 25

Xulosalar

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bolalar ortopedik kasalliklari ichida eng ko'p uchraydigan chanoq-son bo'g'imi disp-laziyasini davolash davomida maxsus kiyim-ga ehtiyoj yuqori. Bunday kiyimlar esa res-publikamizda ishlab chiqarilmasligi va import mahsulotlar tahlil qilinganda narxlarning yu-qoriligi, maxsus kiyimni ishlab chiqarish ta-labini oshiradi. Bolalar maxsus kiyimlari uchun gazlamalarning fizik-mexanik ko'rsat-kichlari tahlilidan yuqori gegiyenik ko'rsat-kichlarni ta'minlovchi - tolaviy tarkibi paxta - 92%, laykra - 8%, yuza zichligi - 178 gr/m2, havo o'tkazuvchanligi - 68 dm3/m2c, namlikni shimishi - 53 foizga teng bo'lgan paxta tolali trikotaj-suprem polotnosi va taglik qismi uchun shakl saqlab beruvchi qotirma material tavsiya etildi.

Davolash samaradorligini oshirishda maxsus kiyim shina bilan komplekt holatida tay-yorlanishi yaxshi natija berishini e'tiborga olib, 0 oylikdan 11 oylikkacha bo'lgan bolalar 5 guruhga ajratildi va tosni kerib beruvchi mos-lamalar ichida keng qo'llaniladigan moslama Freyk shinasini 5 ta o'lchamda tavsiya qilindi.

Tadqiqot natijalari asosida bolalar va onalar uchun har taraflama qulay va ishonchliligi yuqori bo'lgan, taqilmasi mol-niya tasmali yoki knopkali yarim kombine-zon bichimidagi maxsus kiyim tavsiya etildi. O'zbekiston iqlim sharoitini hisobga olib, so'rovnoma asosida ortopedik nuqson-li bolalar mahsus kiyimini loyihalash bo'-yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida mahalliy paxta tolali trikotaj polotnosi-dan bolalar maxsus kiyimi paketi shakllan-tirildi.

S

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi [Address of the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev to the Oliy Majlis]. Tashkent, 2021, January 6.

2. Shevtsov V.I., Makushin V.D., Kuftyrev L.M. Defects of the lower limb bones. Defect Management according to the Techniques developed at the Russian Ilizarov Center New Delhi, B.I. Churchill Livingstone PVT LTD, 2000.

3. Shershneva L.P. Razrabotka tekhnologii proyektirovaniya detskoy odezhdy s uchetom psikhofizicheskogo razvitiya rebenka [Development of technology for designing children's clothing, taking into account the psychophysical development of the child]. Doctor's degree dissertation. Moscow, 2001.

4. Muminova U.T., Tashpulatov S.Sh., Cherunova I.V., Sharipova S.I. Razrabotka metodologii kompleksnogo proyektirovaniya detskoy odezhdy [Development of a methodology for the integrated design of children's clothing]. Kursk, 2020

5. Asanova A.Ye. Razrabotka tekhnologii proyektirovaniya detskoy odezhdy na osnove antropometricheskikh obsledovaniy detskikh figur v Kazakhstane [Development of technology for designing children's clothing based on anthropometric surveys of children's figures in Kazakhstan]. PhD thesis. Almaty, 2005.

6. Shamukhitdinova L.Sh. Razrabotka ratsional'nykh assortimentnykh kollektsiy detskoy odezhdy i sposobov povysheniya yeye dolgovechnosti dlya usloviy Sredney Azii [Development of rational assortment collections of children's clothing and ways to increase its durability for the conditions of Central Asia]. Abstract of PhD thesis. Kyiv, 1990.

7. Muminova U.T. Razrabotka struktury iskhodnoy informatsii dlya protsessa kompleksnogo proyektirovaniya detskikh komplektov dlya rannikh vozrastov [Development of the structure of initial information for the process of integrated design of children's kits for early ages']. Abstract of PhD thesis. Tashkent, 2010.

8. Orzikulova G.S., Rasulova M.K. Analiz ortopedicheskikh zabolevaniy u detey rannego vozrasta dlya izgotovleniya odezhdy [Analysis of orthopedic diseases in young children for the manufacture of clothing]. Proceedings of the International scientific and practical conference. 2019, November 23.

9. Orzikulova G., Rasulova M.K., Tulkunova M. Recommendation for designing cloftes for early children with orthopedic diseases. Innovative methods and technologies in the fashion industry. Proceedings of the International scientific and practical conference. Tashkent, 2021, May 18-19, pp. 130-133.

10. Rasulova M.K., Tulkunova M., Orzikulova G.S. Izucheniye ortopedicheskikh zabolevaniy u detey rannego vozrasta s tsel'yu razrabotki odezhdy dlya nikh [The study of orthopedic diseases in young children in order to develop clothing for them]. Nauchnyye idei molodykh uchenykh - Scientific Ideas of Young Scientists, 2020, November, pp. 130-131. ISBN 978-83-66401-69-3.

11. Rasulova M.K., Tulkunova M., Orziqulova G. Yosh bolalarda ortopedik kasalliklarni davolashga mo'ljallangan maxsus kiyimni loyihalash uchun tavsiyalar ishlab chiqish [Development of recommendations for the design of special clothing for the treatment of orthopedic diseases in young children]. Bulletin of the Jizzakh Polytechnic Institute, 2020, no. 4.

12. Kamenskikh M.S. Diagnostika i lecheniye displazii tazobedrennykh sustavov u nedonoshennykh detey [Diagnosis and treatment of hip dysplasia in premature babies]. Abstract of PhD thesis. Perm, 2012.

13. Orziqulova G. Ortopedik nuqsonli bolalar ergonomik kiyimini loyihalash bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqish [Development of recommendations for the design of ergonomic clothing for children with orthopedic disabilities]. Master's thesis. Tashkent, Tashkent Institute of Textile and Light Industry, 2021.

14. Hip dysplasia, complete information. Available at: http://dysplazia.ru/.

15. Makon Mirzo official website. Available at: http://makonmirzo.uz/.

16. PacynoBa M.K., TynKyHOBa M., 0p3HKynoBa r.C. Design features of apparel for early children with orthopedic diseases. Textile magazine of Uzbekistan, 2021, no. 3.

17. Buzov B.A., Klimenkova N.D. Materialovedeniye v proizvodstve izdeliy legkoy promyshlennosti [Material science in the production of light industry products]. Moscow, 2004.

18. Zhernitsyn Yu.L, Gulamov A.E. Metodicheskoye ukazaniye po vypolneniyu nauchno-issledovatel'skikh i laboratornykh rabot po ispytaniyu produktsii tekstil'nogo naznacheniya [Guidelines for the implementation of scientific research and laboratory work on testing textile products]. 2007.

19. Aldrich U. Angliyskiy metod konstruirovaniya i modelirovaniya. Detskaya odezhda [English method of design and modeling. Baby clothes]. Moscow, 2009.

Taqrizchi: Oripov J.I., texnika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), Farg'ona politexnika instituti, Yengil sanoat texnologiyalari kafedrasi assistenti.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.