UDC: 687.157:629(045)(575.1) EDN: https://elibrary.ru/giyvcp
AVTOMOBIL SANOATI ISHCHILARI UCHUN YANGI ASSORTIMENTDAGI MAXSUS KIYIM LOYIHALASHDA TAVSIYALAR ISHLAB CHIQISH
texnika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), "Tabiiy tolalar va matoga ishlov berish texnologiyasi" kafedrasi v. b. dotsenti ORCID: 0000-0001-5880-7550 e-mail:
norboyevagulasal312@gmail. com
Jizzax politexnika instituti
Norboyeva Gulasal Narzullayevna
Annotatsiya. Ushbu maqolada avtomobil sanoati ishchilarining maxsus kiyim kiyish jarayonida ter ajralib chiqish uchastkalari topografiyasini o'rganish asosida ventilyatsiya elementlaridan foydalanish orqali maxsus kiyim loyihalash vazifasi o'rganildi. Ishchilarning ish harakatlari paytida maxsus kiyim osti muhiti va tashqi muhit o'rtasida o'zaro havo almashinuvi jarayoni tadqiq qilindi. Terlash topografiyasini hisobga olib, uchastkalariga ventilyatsiya elementi qo'yilgan yangi assortimentdagi maxsus kiyim yaratildi va avtomobil sanoatiyig'uv sexida faoliyat olib boruvchi ishchilarga tavsiya etildi. Bunda xona harorati va nisbiy namligining belgilangan me'yorlarga javob bermasligi; sexdagi uskuna va jihozlar yuzasidagi yuqori haroratning ishchi organizmiga salbiy ta'siri; ishchining harakatlari hisobiga kiyim ostidagi havo almashinuvining buzilishi; smena davomida ishchidan intensiv ter ajralishi natijasida sog'ligiga salbiy ta'sir ko'rsatishi; smena davomida ishchi amalga oshiradigan harakat turlarining maxsus kiyim konstruksiyasida e'tiborga olinmaganligi kabi salbiy omillar mavjudligi aniqlandi. Ushbu omillarni hisobga olgan holda, yig'uv sexi ishchilari uchun gigiyenik va havo o'tkazuvchanlik ko'rsatkichlariyaxshilangan maxsus kiyimlar ishlab chiqishga oid tavsiyalar berildi hamda maxsus kiyim uchun tavsiya etilgan asosiy gazlamalarning strukturaviy, fizik-mexanik ko'rsatkichlari keltirildi. Yangi assortimentdagi maxsus kiyimni loyihalashda aralash tolali gazlama bilan birgalikda inson tanasi va kiyim osti muhitida havo aylanishini ta'minlash uchun to'r matolardan foydalanish orqali samarali natijalarga erishildi.
Kalit so'zlar: maxsus kiyim, ventilyatsiya elementi, ventilyatsiya maydoni, maxsus kiyim topografiyasi, ergonomik harakat.
РАЗРАБОТКА РЕКОМЕНДАЦИЙ ПО КОНСТРУИРОВАНИЮ СПЕЦОДЕЖДЫ НОВОГО АССОРТИМЕНТА ДЛЯ РАБОТНИКОВ АВТОМОБИЛЬНОЙ ПРОМЫШЛЕННОСТИ
Норбоева Гуласал Нарзуллаевна
доктор философии по техническим наукам (PhD), доцент кафедры «Технология натуральных волокон и обработки тканей»
Джизакский
политехнический
институт
Аннотация. В данной статье поставлена задача проектирования спецодежды с использованием вентиляционных элементов на основе изучения топографии участков выделения пота в процессе ношения спецодежды работниками автомобильной промышленности. Исследован процесс взаимного воздухообмена между средой, находящейся под специальной одеждой, и внешней средой во время рабочего движения рабочих. С учётом топографии участков выделения пота был создан новый ассортимент специальной одежды с вентиляционными элементами, которая рекомендована работникам, работающим в сборочном цехе автомобильной промышленности. При этом отмечается наличие таких негативных факторов, как несоответствие комнатной температуры и относительной влажности воздуха установленным нормам; негативное влияние на организм рабочего высокой температуры на поверхности оборудования и оборудования в цехе; нарушение воздухообмена под одеждой за счёт движений рабочего; негативное влияние на здоровье работника интенсивного выделения пота во время смены; игнорирование в конструкции спецодежды видов движений, выполняемых работником во время смены. С учётом этих факторов были даны рекомендации по разработке специальной одежды с
H^TH6ocnHK^HTHpoBaHHe/ritation: Norboeva, G. N. (2024). Development of recommendations on designing of new assortment of overalls for workers of automobile industry. (in Uzbek). Science and Innovative Development, 7(5), 85-93.
улучшенными гигиеническими и воздухопроницаемыми показателями для работников сборочного цеха, а также приведены структурные, физико-механические показатели материалов, рекомендованных для специальной одежды. При разработке новой линейки специальной одежды эффективные результаты были достигнуты за счёт использования сетчатых тканей в сочетании с материалом из смешанного волокна для обеспечения циркуляции воздуха между телом человека и одеждой.
Ключевые слова: специальная одежда, вентиляционный элемент, вентиляционная зона, специальная топография одежды, эргономичное движение.
DEVELOPMENT OF RECOMMENDATIONS ON DESIGNING OF NEW ASSORTMENT OF OVERALLS FOR WORKERS OF AUTOMOBILE INDUSTRY
Norboeva Gulasal Narzullaevna
Doctor of Philosophy in Technical Sciences (PhD), Associate Professor of the Department of "Technology of Natural Fibers and Fabric Processing"
Jizzakh Polytechnic Institute
Kelib tushgan/Получено/ Received: 24.09.2024
Qabul qilingan/Принято/ Accepted: 07.10.2024
Nashr etilgan/
Опубликовано/Published:
31.10.2024
Abstract. The article reveals the issue of designing a uniform with ventilation elements based on the study into the topography of sweat secretion with automotive companies' staff wearing a uniform. The study was made into the air exchange between the human body and the external environments while working. Taking into account the topography of sweating, a new line of uniform furnished with ventilation elements was created and recommended for the assembly shop staff of the automotive company. In this case, the temperature and relative humidity of the room do not meet the established standards; negative effect of high surface temperature of the equipment and devices in the shop on the working body; disruption of air exchange under clothing caused by various motions of a worker; poor effect on the human health because of intense sweating during a shift; it was revealed that existing uniform does not take account of such negative factors as various motions made by a staff worker during a shift. Taking into account these negative factors, recommendations were made for the development of a uniform with better hygienic- and air permeability indicators for the assembly shop staff. In the design of the new line of uniform, good results were achieved through the use of mesh fabrics that ensure air circulation in the human body and underwear, along with gauze made of mixed fibers.
Keywords: uniform, ventilation element, ventilation sections, sweat topography, ergonomic movements.
Kirish
O'zbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini rivojlantirish, ya'ni yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmini yiliga 350 ming birlikkacha oshirish, yengil avtomobillar lokalizatsiyasi darajasini o'rtacha 60 foizga, yuk avtomobillari va avtobuslar ishlab chiqarish hajmini 10 ming birlikka, avtomobillar eksporti yillik hajmini 100 ming birlikka yetkazish, avtomobillar modellari qatorini yangilash, jumladan, aholining keng qatlamlari xarid qilish imkoniyatiga ega bo'lgan yangi va zamonaviy yengil avtomobillar ishlab chiqarish, shu bilan birga, ish o'rinlari yaratish bo'yicha muhim vazifalar belgilab berilgan. Ushbu vazifalarni amalga oshirishda, jumladan, ishlab chiqarish sharoitida ishchilarning ish sharoitini yaxshilash va mehnat muhofazasini ta'minlashga qaratilgan maxsus kiyim yaratish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Oxirgi yillarda O'zbekiston Respublikasi avtomobilsozlik sanoati sohasida salmoqli natijalarga erishildi. Jumladan, avtomobillar ishlab chiqarish hajmi 3 barobarga o'sib, 280 mingtaga yetkazildi.
Respublikamiz avtomobil sanoatida olib borilayotgan islohotlar ishchilarning mehnat sharoitlariga o'zining bevosita ijobiy ta'sirini ko'rsatadi. Ishchilarni tashqi zararli omillardan
himoya qilish, ularga qulay ish sharoiti yaratish va albatta, ularning sog'ligini nazorat qilish har bir korxona rahbariyatining vazifasi sanaladi. Ishchilar mehnatini muhofaza qilish bugungi kunda har qachongidan ham dolzarb masaladir.
Avtomobil korxonasi kuzov, shassi va kabina yig'ish sexlari, avtomobillarning elektr qismlarini o'rnatish sexi, avtomobil kuzovlarini bo'yash sexi va sifat nazorati bo'limlaridan iborat. Ushbu sexlarda smena davomiyligi 8 soat, xona harorati 22 °C ni tashkil etadi. Xonaning nisbiy namligi mavsumga qarab quyidagicha ko'rsatkichlarga ega: yilning sovuq mavsumida 40 %, yilning issiq mavsumida 40-60 %ni tashkil etadi.
Hozirgi davrda maxsus kiyimlar yaratish mushkul vazifa bo'lib, u ish jarayonida inson duch keladigan turli xil sharoitlar, ya'ni o'zgaruvchan ateriologik sharoitlar, o'zgaruvchan jismoniy faoliyat, turli zararli ishlab chiqarish omillari ta'siriga bog'liq (GOST 11209-2014, 2015). Maxsus kiyimlar bir qator talablar, jumladan, himoya, ergonomik, estetik va gigiyenik talablarga javob berishi kerak.
Maxsus kiyimga qo'yiladigan talablarning tahlil natijalari shuni ko'rsatadiki, avtomobil sanoati ishchilarining mehnat sharoitini yaxshilash, ish samaradorligini oshirish uchun yopiq binoda faoliyat olib boruvchi ishchilarga har tomonlama qulay maxsus kiyimi yaratish maqsadga muvofiqdir. Yangi namunadagi maxsus kiyimni loyihalash uchun kiyimda havo almashinuvi va atrof-muhit bilan maksimal namlik almashinuvini ta'minlash bo'yicha olib borilgan tadqiqot ishlarini tahlil qilish vazifasi belgilandi.
T.M. Zhigalova (1991) tadqiqot ishida temiryo'l stansiyasi vagon deposi texnik xizmat ko'rsatish punktlari ishchilari maxsus kiyimi uchun ventilyatsiya elementlari qo'llangan bo'lib, unda energiya iste'moli darajasi, foydalaniladigan matolar xususiyatlari, kiyimning konstruktiv parametrlari va atrof-muhitning iqlimiy parametrlari hamda maxsus kiyim zonalarida ularning topografiyasini hisobga olgan holda, ventilyatsiya elementlari parametrlarini hisoblashning analitik usuli ishlab chiqilgan. Mazkur usul insonning issiqlik holatini maqbul darajada ushlab turishga yordam beradigan ventilyatsiya elementlari o'lchamlarini tavsiya etish orqali maxsus kiyimlar ishlab chiqish vaqtini qisqartirish imkonini beradi. Sintetik matolarning havo o'tkazish xususiyati va tashqi muhit haroratlarining ta'siri ilmiy asoslangan bo'lib, maxsus kiyimlarning zarur gigiyenik xususiyatlarini ta'minlash uchun ventilyatsiya elementlaridan foydalanish tavsiya etiladi.
N.L. Zhuravleva (2015) tadqiqot ishida qulay kiyim osti mikroiqlimini yaratish maqsadida uchuvchilar va kosmonavtlar uchun mo'ljallangan ichki kiyim ventilyatsion kostyumlarini loyihalashda o'lchovli tipologiya, shuningdek, ortib borayotgan gigiyenik va ergonomik talablarga javob beradigan hamda inson tanasining barqaror issiqlik muvozanatini ta'minlaydigan majburiy shamollatish bilan maxsus maqsadlar uchun ichki kiyim kostyumlarini loyihalash usuli ishlab chiqilgan. Maxsus ichki kostyumi uchun majburiy shamollatish tizimi ishlab chiqilgan bo'lib, u qulay termal holat va issiqlik almashinuvini saqlab turishda inson tanasini bir xilda ventilyatsiya qilishni ta'minlaydi.
Y.O. Lebedevaning (2006) ilmiy tadqiqot ishida birinchi marta katta hajmli izolyatsiyalangan kiyim paketlari deformatsiyasini eksperimental o'rganish hamda ularni issiqlikdan himoya qilish xususiyatlarini baholash usuli asoslangan va ishlab chiqilgan; shamolda kiyim paketi deformatsiyasini hisobga olgan holda, "Odam - issiqlikdan himoyalangan kiyim - atrof-muhit" tizimi elementining issiqlik almashinuvining matematik modeli ishlab chiqildi.
Material va metodlar
Maxsus kiyimlarning gigiyenik xususiyatlari va atrof-muhitning iqlim sharoitlari o'rtasidagi nomuvofiqlik tananing atrof-muhit bilan issiqlik va namlik almashinuvi sharoitida
sezilarli o'zgarishlarga olib kelishi mumkin: ishchining haddan tashqari qizishi, kuchli terlash va boshqalar (Koketkin, 2001). Ko'p terlash keyinchalik kiyimning namlanishiga olib keladi, ishchilarda yoqimsiz hislar keltirib chiqaradi. Agar ularda uzoq vaqt terlash holatlari davom etsa va namlikni shimish holati kuzatilmasa, sovuq keltirib chiqarishi mumkin. Bu oxir-oqibat inson faoliyati pasayishi va kasallanishi ehtimolining oshishiga olib keladi (Zhilisbaeva, 2007).
Yuqoridagi tahlillarni inobatga olgan holda, himoya talablari bilan birga fiziologik va gigiyenik talablarni ham ta'minlashga katta e'tibor berish lozim (Abramov, 2007). Shu munosabat bilan berilgan ish sharoitlari uchun ratsional xususiyatlarga ega kiyim yaratishda "inson - kiyim - muhit" tizimini o'rganish zarurati paydo bo'ldi (Afinogentova, 2004; Surzhenko, 2001).
Ergonomik talablarga muvofiq bo'lgan maxsus kiyim konstruksiyasini ishlab chiqish uchun ishchilarning texnologik operatsiyalarni bajarishda eng xos harakatlarini o'rganish va obyektiv tahlil qilish "ADM Jizzakh" hamda "SAMAVTO" MChJ korxonalarida yopiq bino ishchilari faoliyatida amalga oshirildi. Bunda ishchining smena davomidagi harakatlari, ya'ni tik turishi, o'tirishi, egilishi, qo'llarini yon tomon va yuqoriga ko'tarishi kabi pozalari o'rganildi (1-rasm).
Smena davomida bunday ergonomik harakatlar ishchi tomonidan bir necha marotaba takrorlanadi.
1 Ä a 4 F 5 6 % H
? P ê R
1-rasm. Ishchining turli xil statik va dinamik harakatlari sxemasi
Ishchilarning harakat usullari tahlili natijasida tik turish, o'tirish holatlarida quyidagi harakatlar aniqlandi: tanani oldinga egish, orqaga egish, qo'lni bukish, oyoqlarni tos, bo'ksa, tizza bo'g'imlarida bukish, qo'llarni yuqoriga ko'tarish, yon tarafga yoyish, oldinga cho'zish, cho'kkalab o'tirish, oyoqlarning bir-biridan yelka kengligi masofasida bo'lishi kabilar (Rasulova et al., 2022a; Rasulova et al., 2022b).
Tadqiqot natijalari
Olib borilgan tahlillar natijasi shuni ko'rsatadiki, avtomobil sanoati ishchilari uchun maxsus kiyim loyihalashda "inson - kiyim - muhit" tizimida konstruksiyaning ergonomik ratsionalligi hamda kiyim tayyorlash texnologik jarayoni ishchining harakat dinamikasi va ish pozalariga bog'liq.
Yig'uv sexidagi ishchilar ish faoliyati jarayoni kuzatuvidan shu narsa ma'lum bo'ldiki, yopiq binodagi ishchilarning ish vaqtida tanasidan intensiv ter ajralib chiqishi kuzatildi (Rasulova et al., 2023; Rasulova et al., 2020; Rasulova et al., 2022c). Natijada ter ajralib chiqish uchastkalari topografiyasini maxsus kiyimda tahlil qilish vazifasi belgilandi (2-rasm).
Olib borilgan tadqiqot natijasi shuni ko'rsatadiki, eng ko'p terlash old bo'lakning ko'krak qismida, yeng o'miz qismida, ort bo'lakning kurak qismida, shimda tizzaning orqa qismida, qadam qirqimining yuqori qismida yuzaga keladi.
Ko'p terlaydigan uchastkalar topografiyasini o'rganish natijasida ventilyatsiya (shamollatish) elementlari joylanishi zarur bo'lgan zonalar aniqlandi:
- kiyim yeng qo'ltiq pastki qismida tirqish (xishtak);
- kiyimning old va ort bo'lak koketkalarining pastki qismida yoki old va ort bo'lak koketka relyef chokida tirqishlar;
- shimning tizza orqa bukish qismida tirqishlar;
- shim odim choki yuqori qismida tirqish.
Koketkalarning pastki chetidagi burchak va tirqishlar uchun ergonomik va estetik talablarni inobatga olgan holda, bitta o'lchamdagi variant tanlandi.
Ku z atish natijalaridan shunday xulosa qilish mumkinki, maxsus kiyimning funksional xususiyatini oshirish maqsadida sintetik tolalarni aralash tolali matolarga qo'shishni me'yorlash uchun tanda bo'yicha paxta+polyester, arqoq bo'yicha esa paxta+viskoza tolali mato hamda maxsus kiyimning havo aylanish xususiyatlarini yaxshilash uchun ko'p terlash yuzaga keladigan uchastkalarda ventilyatsiya elementlaridan (to'rlardan) foydalanib maxsus kiyim loyihalash maqsadga muvofiq.
Gigiyenik talablar nuqtayi nazaridan aralash tolali matodan tayyorlangan maxsus kiyimlarning ratsional dizaynini ishlab chiqish va kiyimda havo almashinuvini yaxshilash uchun havo o'tkazuvchanligi hamda namlikni shimish xususiyati yuqori bo'lgan matolardan foydalanish, shuningek, maxsus kiyim uchastkalariga ventilyatsiya elementlari qo'llash jarayonini amalga oshirish lozim (Mamasolieva et al., n.d.; Rasulova & Mamasolieva, 2020).
Tadqiqot natijalari tahlili
Tadqiqot davomida maxsus kiyimlarning gigiyenik xususiyatlarini yaxshilash, shu bilan birga, uning mustahkamligini oshirish uchun tanda bo'yicha paxta + PET, arqoq bo'yicha paxta + viskoza tolalari asosida yaratilgan aralash tolali mato namunalari qo'llandi. Aralash tarkibli matoning strukturaviy tavsifi 1-jadvalda keltirildi.
1-jadval
Aralash tolaviy tarkibli matoning tuzilishi tavsifi*
Mato nomi Tolaviy tarkibi, % Ipning chiziqli zichligi, teks Matoning qalinligi, sm O'rilish turi Yuza zichligi, g/m2
Tanda Arqoq Tanda Arqoq
Maxsus kiyimbop mato P 7Q PET 3Q P 7Q V 3Q 15,4x2 20x3 Q,45 Polotno 22Q
* P - paxta, V - viskoza tolasi, PET - polyester tolasi.
Ventilyatsiya elementlarining kiyim osti mikroiqlim ko'rsatkichlariga ta'sirini aniqlash uchun maxsus kiyimlar namunasi uch xil variantda tayyorlandi. Birinchi namuna arqoq bo'yicha 70 % polyester va 30 % paxta tolaviy tarkibli matodan (amaldagi maxsus kiyimdan foydalanildi), ikkinchi va uchinchi namuna tanda bo'yicha 70 % paxta va 30 % polyester, arqoq bo'yicha 70 % paxta va 30 % viskoza tolaviy tarkibli matodan (loyihadagi maxsus kiyim) tayyorlandi.
Maxsus kiyimlarda ventilyatsiya elementlari quyidagi uchastkalarda joylashgan (namunalar matoning tolaviy tarkibi bilan farqlanadi):
- kurtkaning old, orqa koketkalarining asosiy detalga biriktirilgan choklarida to'r matosidan qo'yilgan tirqishlar; yeng o'mizining qo'ltiq qismida to'r matosidan rombsimon shaklda qo'yilgan xishtak; shimning orqa detalida tizza ortida to'r qo'yilgan tirqishlar (2-rasm);
- kurtkaning old koketka relyef choklarida to'r qo'yilgan tirqishlar, ort bo'lak o'rta chokida molniya tasma va to'r matosidan qo'yilgan tirqishlar; yeng o'mizining qo'ltiq qismida to'r matosidan rombsimon shaklda qo'yilgan xishtak; shim odim choklarining yuqori qismida molniya tasma va to'r matosidan qo'yilgan tirqishlar; shimning orqa detalida tizza ortida to'r qo'yilgan tirqishlar (3-rasm).
Ishchi ish harakatlarini amalga oshirayotganda, maxsus kiyim osti muhiti bo'shlig'i va tashqi muhit o'rtasida o'zaro havo almashinuvi amalga oshirilishi tadqiq qilindi. Tashqi havo maxsus kiyimning kiyim osti muhitiga kirish tirqishlari orqali so'rilishi va kiyim osti havosi chiqish tirqishlari orqali tashqi muhitga chiqarilishi sxemasi ishlab chiqildi (2-3-rasm).
c=> kirayotgan havo ■ * chiqayotgan havo
■ * chiqayotgan havo
2-rasm. Maxsus kiyimning tashqi muhit bilan havo almashinish sxemasi
Olib borilgan tadqiqot natijalariga ko'ra, ishchilar mehnat faoliyati davomida inson tanasi va kiyim ostida havo aylanishini ta'minlash uchun tanda bo'yicha 70 % paxta, 30 % polyester, arqoq bo'yicha 70 % paxta, 30 % viskoza tolaviy tarkibli mato va uchastkalariga ventilyatsiya elementi (to'r) qo'yilgan yangi assortimentdagi maxsus kiyim tavsiya etildi hamda avtomobil sanoati ishchilari uchun yangi assortimentdagi model namunasi yaratildi (4-расм).
Maxsus kiyimni loyihalashda Koketkin et al. (1982)ning "Промышленное проектирование специальной одежды" qo'llanmasidan foydalanildi. Avtomobil sanoati ishchilari maxsus kiyimi ishchining statik va dinamik harakatlariga qulay bo'lishi kerak. Shu maqsadda kiyim konstruksiyasini qurishda ko'krak aylanasi qo'shimchalari normallashtirildi va yeng o'mizi o'zgarishi natijasida yeng o'lchamlariga ham qo'shimcha qiymatlar qo'shildi.
4-rasm. Avtomobil sanoati ishchilari uchun maxsus kiyimning yangi model namunasi
5-rasm. Tavsiya etilayotgan maxsus kiyim komplektidagi kurtkaning asos konstruksiyasi chizmasi (kurtka va shim)
O'tqazma yengli kurtka uchun bajarildi (5-rasm).
Yeng o'mizining o'zgarishi va ko'krak aylanasi o'lchamining normallashtirilgan qo'shimcha o'lchamlari yengning erkin harakatlanishini ta'minlaydi. Maxsus kiyimni loyihalashda ventilyatsiya elementlaridan foydalanish kiyim ostida havo aylanishini ta'minlaydi va ishchining mehnat faoliyatini yanada yaxshilaydi.
Xulosa
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, avtomobil sanoati ishchilarining amaldagi maxsus kiyimini kiyish jarayonida ter ajralib chiqish uchastkalari topografiyasini o'rganish asosida ko'p terlash yuzaga keladigan uchastkalarda ventilyatsiya elementlaridan (to'rlardan) foydalanish orqali maxsus kiyim loyihalash vazifasi amalga oshirildi. Ishchi ish harakatlarini amalga oshirayotganda, maxsus kiyim osti muhiti bo'shlig'i va tashqi muhit o'rtasida o'zaro havo almashinuvi amalga oshirilishi tadqiq qilindi. Bunda tashqi havo maxsus kiyimning kiyim osti muhitiga kirish tirqishlari orqali so'rilishi va kiyim osti havosi chiqish tirqishlari orqali tashqi muhitga chiqarilishi natijasida havo almashinish tizimining me'yorda amalga oshirilishi ta'minlanadi.
Maxsus kiyim assortimentini shakllantirish maqsadida havo o'tkazuvchanligi, gigroskopikligi, ishqalanishga chidamliligi va mustahkamligi bo'yicha amaldagi matodan yuqori ko'rsatkichlarga ega va GOST 11209-2014 (2015) talablariga javob beradigan tanda bo'yicha 70 % paxta va 30 % polyester, arqoq bo'yicha esa 70 % paxta, 30 % viskoza aralash tolali matodan maxsus kiyimning yangi model namunasi ishlab chiqildi va avtomobil sanoati yig'uv sexida faoliyat olib boruvchi ishchilarga tavsiya etildi.
REFERENCES
1. Abramov, A. V. (2007). Designing of special moisture-protective clothing with a system of natural ventilation of underclothing space. (In Russian). [Abstract of PhD thesis]. St. Petersburg.
2. Afinogentova, N. V. (2004). Research and development of overalls for workers of automobile industry. Moscow.
3. GOST 11209-2014. (2015). Fabrics for special clothing General technical requirements. Test methods. Official ed. Moscow: Standardinform.
4. Koketkin P. P., Chubarova, Z. S., & Afanasyeva R. F. (1982). Industrial Design of Special Clothing (p. 185). Moscow: Legkaya i Pishchevaya promyshlennost'.
5. Koketkin, P. P. (2001). Clothing: technology-technique, processes-quality. (In Russian). Moscow: Moscow State University of Design and Technology.
6. Lebedeva, Ye. O. (2006). Research and development of a package of special thermal protective clothing with increased wind resistance. (In Russian). [Abstract of PHD thesis]. Shakhty.
7. Mamasolieva Sh. L., Rasulova M. K., & Norboeva G. N. (n.d.). Development of special othes with high hygienic properties (101 p.) [Monograph]. Novateur Publ. https://www.novateurpublication.org
8. Rasulova, M. K., Mamasolieva, Sh. L., & Norboeva, G. N. (2020). A special set of clothing for automobile factory workers (UZ Patent No. SAP 02129). (In Uzbek).
9. Rasulova, M. K., Mamasoliyeva, M. Sh., & Norboyeva G. N. (2023). Studying the exploitation peculiarities of special clothing. Electronic Journal of Actual Problems of Modern Science, Education and Training, (10), 61-62.
10. Rasulova, M. K., Tashpulatov, S.Sh., & Mamasolieva, Sh.L. (2022c). Development of special clothing with high hygienic properties. Innovations and technologies to the development of the theory of modern fashion "Fashion (Materials. Clothing. Design. Accessories): Proceedings of the 2nd international scientific-practical conference (pp. 266-270). (In Russian). MRSU named after A.N. Kosygin.
11. Rasulova, M., Mamasolieva, S., Babadjanova, M., & Norboyeva, G. (2022b). Selection of sewing thread for connecting details of workwear from fabrics of new structures. AIP Conference Proceedings (vol. 2430, no. 1). AIP Publ.
12. Rasulova, K., & Mamasolieva, Sh.L. (2020). Development of fabrics with improved hygienic properties for special clothing. Textile Journal of Uzbekistan, 51-58.
13. Rasulova, M., Mamasolieva, Sh., & Norboyeva, G. (2022a). Development of Special Clothing with High Hygienic Properties. Gongcheng Kexue Yu Jishu, 54(02), 5633-5638. http:// advancedengineeringscience.com/article/527.html
14. Surzhenko, E. Ya. (2001).Theoretical bases and methodical support of ergonomic design of special clothes. (In Russian). [PhD thesis]. Moscow.
15. Zhigalova, T. M. (1991). Development of rational design of overalls from synthetic materials. (In Russian). [Abstract of PHD thesis]. Moscow.
16. Zhilisbaeva, R. O. (2007). Methodological bases of designing special clothes for workers of metallurgical and metal-working industry. (In Russian). [Abstract of PhD thesis]. Moscow.
17. Zhuravleva, N. L. (2015). Development of a method of designing a special purpose underwear suit for creation of comfortable underclothing microclimate. (In Russian). [PhD thesis]. Moscow.