Central Asian Journal of
Education and Innovation
BOLALAR MEHNATINI TAQIQLASHGA OID XALQARO STANDARTLARNING MAZMUNI
Sherkulova Nargiza Begmuratovna
Toshkent davlat yuridik universiteti magistranti [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.11261399
ARTICLE INFO
Qabul qilindi: 10-May 2024 yil Ma'qullandi: 15- May 2024 yil Nashr qilindi: 23- May 2024 yil
KEY WORDS
Ta^AUM, map6un, ouAa ,BamaH, Myacucaxou mo MaKma6u, Myacucaxou yMyMuu MueHau ma^AuM, KOHyH dap 6opau ma^AuM.
ABSTRACT
Mazkur maqolada bolalar mehnati tushunchasining tavsifi, voyagayetmaganlarning mehnatini taqiqlashda oid xalqaro tashkilotlar konvensiyalarining o'rni, ularning mazmuni, o'ziga xosligi, ularni qo'llash tartibi, bolalar mehnatiga oid statistika tahlil qilinib, bu borada olimlarning fikri o'rganilgan.
Bolalar mehnatini taqiqlashga oid xalqaro shartnomalarning mazmuni
Yigirmanchi asrning boshlarida bolalar va o'smirlarning mehnat masalalari, xususan, ularning mehnat huquqlari, mehnatga layoqatlilik uchun eng kam yoshni belgilash to'g'risidagi konvensiyalarining qabul qilinishi munosabati bilan xalqaro ahamiyatga ega bo'ldi. Birinchi jahon urushidan keyin xalqaro hamjamiyat ishchilar sinfining yashash va mehnat sharoitlari bilan bog'liq bo'lgan xavf-xatarlarning kuchayib borayotganidan xavotirga tushdi. 1917-yilning oktyabr oyida Yevropada, shuningdek, Rossiyada sodir bo'lgan inqiloblar hukumatlar va sanoat korxonalari vakillari ishchilarning mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilash zarurligini bildirishlariga yordam berdi. Bu vaqtda sanoat inqilobi kabi ijtimoiy o'tish davrida bolalar mehnati ayniqsa, ularning og'ir mehnat sharoitlarida mehnat qilish holatlari juda ko'p uchrar va bu ularga jismonan va ma'nan zarar berar edi.
Hozirgi kunda xalqaro mehnat huquqida "child labour" va "child work" tushunchalari mavjud, ya'ni bu tushunchalarni "bolalar mehnati" va "bolalar ishi" tushunchalari deb tarjima qiladigan bo'lsak, bu ikki tushunchani farqlashda olimlar o'rtasuda bir qancha kelishmovchiliklar borligini ko'rishimiz mumkin bo'ladi. Qoidaga ko'ra, "bolalar mehnati" termini salbiy mazmunni anglatadi. Bolalar ishi esa ularning mehnatidan mehnat huquqlari va erkinliklariga rioya etgan holda qonuniy foydalanishni nazarda tutadi. Ya'ni, ba'zi ekspertlar yengil, to'g'ri tashkil etilgan mehnatni bolalarning dam olishiga, o'yinlariga va o'quv dasturlariga xalaqit bermaydigan "ish" deb tasniflaydilar.1 Bolalar mehnati esa bu bolalarning sog'ligi, jismoniy va fiziologik rivojlanishiga bevosita zara yetkazadigan, ularning huquqlarini,
asosan, sog'ligi va ta'lim olishga bo'lgan huquqini amalga oshirishga to'sqinlik qiladigan faoliyat sifatida tushuniladi.2
Shuningdek, bolalarning qulligi, ularning hayoti va sog'lig'iga xavf tug'diradigan sharoitlarda ishlatish va katta shaharlar ko'chalarida yoshligidan mustaqil hayot kechirishga majbur qildirish ham bolalar mehnatining og'ir shakllari hisoblanadi. Bolalar va o'smirlarning sog'lig'i va rivojlanishiga ta'sir qilmaydigan, shuningdek ta'lim olishiga xalaqit bermaydigan ishlarni bajarishi bola mehnati sifatida baholanmaydi. Ushbu turdagi ishlarga bolaning ota-onasiga uy-ro'zg'or yumushlarida yoki oilaviy biznesda yordam berishi, maktabdan keyin yoki maktab ta'tilida kasb-hunar o'rganishi kiradi. Bularning barchasi bolaning rivojlanishiga hissa qo'shadi, bolaga jamiyatning to'laqonli a'zosi bo'lish uchun kelajakda zarur bo'ladigan ko'nikma va tajriba orttirishga yordam beradi. Yuqorida aytganimizdek, har qanday vaziyat va har qanday davlatga nisbatan mos keladigan "bolalar mehnati" tushunchasiga aniq ta'rif berish juda qiyin va buni XMT ekspertlari ham tan olishadi. Bolalar tomonidan bajarilishi mumkin bo'lgan ish turlari va "bolalar mehnati" o'rtasidagi farq har bir vaziyatda alohida baholanishi, ishni bajaradigan bolaning yoshi va jismoniy qobiliyatlari, bajarish sharoitlariga ahamiyat berish kerak bo'ladi. Shunday qilib, xalqaro huquqiy
tushunchada bolalar mehnati ikkitta asosiy toifaga bo'lingan degan xulosaga kelishimiz mumkin: birinchisi davlatning milliy qonunchiligiga muvofiq eng kam yoshga to'lgan bola tomonidan bajariladigan ishlar va ikkkinchisi bolalar mehnatining eng yomon shakllari. Umuman olganda, bolalar mehnatining umumiy qabul qilingan ta'rifi yo'q, ya'ni ilmiy jamoatchilik oldidida bolalar mehnatining turlarini tasniflash masalasi turibdi. Bir tomondan ba'zi tadqiqotchilar bolalar mehnatini maktab va bo'sh vaqt bo'lmagan har qanday faoliyat deb hisoblaydilar. Masalan, maktabdan keyin uyda yengil mehnat, qoida tariqasida, bolalarning ishlari sifatida tasniflanishi mumkin.3 Boshqa tomondan bolalar mehnati bolaning normal rivojlanishiga to'sqinlik qiladigan iqtisodiy faoliyat turi sifatida baholanishi mumkin. Shu o'rinda, XMTning bolalar mehnati atamasiga bergan ta'rifiga to'xtaladigan bo'lsak, bu pullik yoki haq olinmaydigan ish va bolalar uchun aqliy, jismoniy, ijtimoiy yoki ma'naviy jihatdan xavfli yoki ular uchun zararli bo'lgan faoliyat nazarda tutiladi. Bu faoliyat bolalarni ta'lim olishdan mahrum etadi yoki ta'lim bilan bir qatorda og'ir va mashaqqatli mehnat faoliyatini olib borishga majbur qiladi.
Yuqorida ta'kidlaganimizdek, bu jarayon, ya'ni bolalar mehnatidan ularga mumkin bo'lmagan mehnat sharoitlarida foydalanish holatlari hali hamon davom etib kelmoqda va bugungi kunda xalqaro hamjamiyatda eng dolzarb muammolardan biri bo'lib qolmoqda. Dunyo bo'ylab qariyb 40,3 million kishi qullikning zamonaviy shakllari qurboni bo'lmoqda. Ulardan 24,9 millioni majburiy mehnat va 15,4 millioni majburiy nikohdan jabrlanganlar. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2 dekabr - Xalqaro qullikka barham berish kuni munosabati bilan e'lon qilingan hisobotida so'z boradi. Hujjatda qayd etilishicha, dunyo bo'ylab har ming kishidan beshtasi zamonaviy qul savdogarlarining changaliga tushgan. Ularning to'rtdan biri bolalardir. Bundan tashqari, sayyoramizda har o'ninchi bola, jami 150 million bola majburiy mehnatga jalb qilingan.4 2002-yildan beri XMT mazkur muammoga
2 Микрина Валентина Геннадьевна. Диссертация МЕЖДУНАРОДНО-ПРАВОВЫЕ МЕХАНИЗМЫ ЗАЩИТЫ ТРУДОВЫХ ПРАВ НАИБОЛЕЕ УЯЗВИМЫХ ГРУПП НАСЕЛЕНИЯ.Москва - 2019
3 Статистика детского труда. Пособие по методологиям сбора данных на основе обследований. Женева, 2007. С.17.
4 https://qalampiruz/uz/news/atrofimizda-quПikda-yashayetgan-40-mШюn-inson-bor-50840
e'tibor qaratish va uni bartaraf etish uchun zarur choralarni ishlab chiqish maqsadida Butunjahon bolalar mehnatiga qarshi kurash kunini o'tkazib keladi. Tashkilot 2030-yilgacha majburiy va bolalar mehnatining barcha shakllariga barham berishga chaqirmoqda. Ushbu maqsadga erishish uchun barcha davlatlar 2025-yilgacha bolalar mehnatining barcha shakllariga chek qo'yish majburiyatini oldilar. Bu natijaga esa faqatgina har bir davlatda har bir bola yetarli e'tiborda va hech bir majburiy mehnat majburiyati yuklatilmagandagina erishsa bo'ladi. Bolalar va o'smirlarning mehnat huquqlarini himoya qilish XMTning xalqaro tashkilot sifatida dastlabki rivojlanishida ustuvor yo'nalishlardan biri bo'ldi. 1919-yil qabul qilingan XMT ustavida mehnat sharoitlarini tartibga solishning to'qqizta usul va tamoyillari belgilandi va a'zo davlatlarga ularni kechiktirmasdan qabul qilishi va amalda qo'llashlari shart etib belgilandi. Keyinchalik, Xalqaro mehnat konferensiyasininig birinchi kun tartibiga bolalarning mehnat qilish huquqlarini himoya qilish masalasi qo'yildi.5 1921-yilga kelib XMT bolalar mehnatiga oid oltita konvensiya qabul qildi. Bu konvensiyalar bilan bolalar mehnat qilishning minimal yoshini belgilandi, shuningdek 18 yoshdan kichik bo'lgan bolalarning tunda mehnat qilishlari mumkin emasligini tasdiqlandi.6 1989-yilda BMT tomonidan Bola huquqlari to'g'risidagi konvensiyaning qabul qilinishi yuqorida keltirilgan konvensiyalarni to'ldirdi hamda qo'llab-quvvatladi. Mazkur konvensiyada bolalar mehnatining eng kam yoshi xalqaro darajada belgilandi. Bola huquqlari to'g'risidagi konvensiyaning 32-moddasida ishtirokchi davlatlar bolalarni iqtisodiy ekspluatatsiya qilish mumkin bo'lgan, uning sog'lig'iga, jismoniy aqliy,ruhiy, axloqiy yoki ijtimoiy rivojlanishiga ta'sir o'tkazadigan holatlarni ularni huquqlarini buzuvchi holat deb tan olishlari kerakligi ta'kidlangan. Biz mavzumizning boshidan majburiy mehnat va bolalar mehnatini taqiqlash borasida xalqaro tashkilotlar, xususan, BMT va XMT tomonidan qabul qilingan ko'plab xalqaro shartnoma va konvensiyalarni muhokama qildik. Mavzumizning qolgan qismida rejamizning asosi bo'lgan bolalar mehnatini taqiqlashga oid xalqaro shartnomalarni birma-bir mazmunan ko'rib chiqsak maqsadga muvofiq bo'lar edi. XMTning bolalar mehnati bo'yicha ikkita eng asosiy konvensiyalari mavjud. Bular - Ishga qabul qilish uchun minimal yoshni belgilash to'g'risidagi 138-sonli konvensiya hamda Bolalar mehnatining eng yomon shakllari to'g'risidagi 182-konvensiyalar. XMTning mehnat sohasidagi asosiy tamoyillari va huquqlari to'g'risidagi deklararatsiyaga muvofiq, XMTga a'zo barcha davlatlar, hatto ular konvensiyalarni ratifikatsiya qilmagan bo'lsalarda, bolalar mehnatiga oid normalarni hurmat qilishi, rag'banlatirish va bekor qilishni amalga oshirish majburiyatini oladilar. Bevosita
yuqorida keltirilgan konvensiyalarning mazmuniga to'xtaladigan bo'lsak, XMT 1973-yilda Ishga qabul qilishda minimal yoshni belgilash to'g'risidagi konvensiyani qabul qildi. Konvensiya ishga qabul qilish uchun minimal yoshni belgilar ekan, unda mehnat jalb etilgan bola majburiy maktabni tamomlaganlik va 15 yoshdan kichik bo'lmasligi kerakligini ta'kidlaydi. Biroq, konvensiyada muayyan vaziyatlarda ishga joylashish uchun alohida istisno holatlar ham berilgan. Masalan, kasbiy ta'lim dasturlari doirasida bolalar tomonidan bajariladigan ishlar, milliy qonunlar yoki qoidalarda belgilangan tarzda oilaviy korxona yoki kichik korxonada bajariladigan ishlar, bolaning sog'ligiga rivojlanishiga yoki ta'limiga zarar
5 ILO Constitution 1920, Annex, First Meeting of Annual Labour Conference 1919, (4) Employment of Children - (a) Minimum age of employment; (b) During Night; (c) In unhealthy processes
6 Minimum Age Convention No. 5 (Industry), Minimum Age Convention No. 7 (Sea), Minimum Age Convention No. 10 (Agriculture), Minimum Age Convention No. 15 (Trimmers and Stokers), Night Work Convention No. 6 (Industry), Medical Examination of Young Persons Convention No. 16 (Sea) adopted 1919-21.
Page 18
yetkazmaydigan ma'lum yengil ishlar yoki muayyan toifalarda bajariladigan ishlar. Shuningdek mazkur konvensiyaning 7-moddasida "Milliy qonun hujjatlari o'n uch yoshdan o'n besh yoshgacha bo'lgan shaxslarga yengil ishlarda ishlashga yoki yollanib ishlashga ruxsat etishi mumkin, agar bu:
a) ularning sog'lig'i va rivojlanishi uchun zararli bo'lmasa;
b) ularning maktabga qatnashiga, ularning vakolatli hokimiyat organlari tomonidan tasdiqlangan kasbga yo'naltirish yoki kasbiy tayyorgarlik dasturlarida ishtirok etishlariga, yoki ularning olgan o'quvlaridan foydalanish layoqatiga zarar yetkazmaydigan bo'lsa"7, deb belgilangan. Konvensiyaning asosiy maqsadi bolalarni ishchi kuchi sifatida ekspluatatsiya qilishdan himoya qilish va ularning ishlashlari ta'lim olishi, rivojlanishi va farovonligiga xalaqit bermasligini ta'minlash uchun ishga qabul qilish uchun minimal yosh talablarini belgilashdan iboratdir. XMTning 138-sonli konvensiyasi bolalarning huquqlari va farovonligini himoya qilish bo'yicha muhim xalqaro majburiyatni ifodalaydi. U bolalar mehnatiga barham berish va huquqlarni ilgari surish muhimligi haqidagi global konsensusni aks ettiradi.Keyingi muhim xalqaro shartnomalardan biri Bolalar mehnatining eng yomon shakllari to'g'risidagi 182-konvensiya XMTning umumjahon tratifikatsiyasiga erishgan birinchi konvensiyadir. Shuningdek, XMT tarixida davlatlar tomonidan eng tez ratifikatsiya qilingan Konvensiya bo'lib, ratifikatsiyalarning aksariyati 1999-yilda qabul qilinganidan keyin 3 yil ichida amalga oshirilgan. Ushbu Konvensiya qonunchilik va amaliy choralar orqali bolalar mehnatining eng yomon shakllarini bartaraf etishga qaratilgan. Konvensiyaning 3-moddasida bolalar mehnatining eng yomon shakllari belgilangan. Unga ko'ra :
a) qullikning barcha shakllari yoki qullikka o'xshash amaliyot, masalan, bolalarni sotish va ularning traffiki, qarz asosidagi qaramlik va krepostnoy tobelik, shuningdek, zo'raki yoki majburiy mehnat, shu jumladan, bolalardan qurolli mojarolarda foydalanish uchun ularni zo'rlab yoki majburlab jalb qilish;
b) fohishabozlik bilan shug'ullanish, pornografiya mahsulotlari tayyorlash yoki pornografik tomoshalarda ishtirok etish uchun boladan foydalanish, uni yollash yoki uni taklif qilish;
s) qonunga xilof faoliyat bilan shug'ullanish uchun, xususan, tegishli xalqaro shartnomalarda belgilangani kabi, narkotiklar tayyorlash va sotish uchun boladan foydalanish, uni yollash yoki uni taklif qilish;
d) bajarish xususiyatlari yoki sharoitiga ko'ra bolalar sog'lig'i, xavfsizligi va ma'naviyatiga ziyon yetkazishi mumkin bo'lgan ishlar8 bolalar mehnatining eng yomon shakllari sifatida belgilangan.
Umuman olganda, mazkur konvensiya bolalar mehnatining bolalarning hayotiga va sog'lig'iga, xulq-atvoriga hamda ruhiyatiga zarar keltiradigan shakllarini yo'q qilish orqali ularning huquqlari va farovoligini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi hamda bu bo'yicha xalqaro majburiyat yuklaydi. U hukumatlar ish beruvchilar, ishchilar va fuqarolik jamiyatlarini bolalar ekspluatatsiyalariga barham berish , har bir bolaning, ta'lim olish, sog'lik va xavfsiz bolalik huquqini ta'minlash uchun birgalikda ishlashga undaydigan keng qamrovli sa'y-harakatlar asosini tashkil qiladi.
7 https://lex.uz/docs/-2756292.Ishga qabul qilishda minimal yoshni belgilash to'g'risidagi konvensiya 7-modda
8 https://webapps.ilo.org/dyn/normlex/en/f?p=NORMLEXPUB:12100:0::NO::P12100_ILO_CODE:C182 . Bolalar
mehnatining eng yomon shakllari to'g'risidagi 182-konvensiya 3-modda
Har qanday yo'nalishda bo'lmasin, bola huquqlari haqida gapirar ekanmiz, Bola huquqlari to'g'risidagi konvensiyani eslash va muzokara qilish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Negaki, mazkur konvensiya bolalar huquqi to'g'risidagi xalqaro huquq normalari kuchiga ega bo'lgan hamda kelajakka qaratilgan eng to'la va birinchi hujjatdir. BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1989-yil 20-noyabrda bir ovozdan qabul qilingan bu Konvensiya 1959-yilda qabul qilingan Bola huquqlari deklaratsiyasi qoidalarini rivojlantiradi. Deklaratsiya "Insoniyat o'zida mavjud bo'lgan eng yaxshi narsalarning hammasini bolalarga berishga majbur" deb e'lon qilgan edi. Konvensiya esa ushbu Deklaratsiya va boshqa xalqaro hujjatlardagi bolalar huquqlari to'g'risidagi qonunlarni o'zida mujassamlashtirgan.
ijtimoiy va madaniy huquqlari yig'indisidan iborat. U bolalar o'zining axloqiy, aqliy va ruhiy qobiliyatlarini erkin rivojlantirishi uchun boshqa narsalardan tashqari sog'lig'i va atrof muhitning xavfsizligi, tibbiy yordamga ega bo'lish va ovqatlanish, kiyim-kechak, turarjoy xususidagi minimal normalar bilan ta'minlanishi zarurligini talab etadi. Konvensiyaga ko'ra, bola o'zining kamol topishida o'zi faol ishtirok etish, o'z fikrini bayon qilish huquqiga ega, bu esa uning hayotiga oid masalalarni hal etishda hisobga olinishini ta'minlaydi.
Konvensiyaning 32-moddasida Ishtirokchi-davlatlar bolani iqtisodiy ekspluatatsiyadan
mehnat faoliyatlaridan himoya qilishni o'z zimnmalariga olishlari zarurligi, ushbu moddaning bajarilishini ta'minlash uchun qonunchilik, ma'muriy, ijtimoiy va ta'lim choralarini ko'rishlari kerakligi ta'kidlangan. Ushbu maqsadlar uchun boshqa xalqaro hujjatlarning tegishli qoidalariga amal qilgan holda ishtirokchi davlatlar, xususan:
a) ishga joylashish uchun eng kam yosh yoki minimal yoshni belgilash;
b) ish kunining davomiyligi va mehnat sharoitlariga qo'yiladigan zaruriy talablarni aniqlash talabini qo'yadi.9 Bola huquqlari to'g'risidagi konvensiyada birinchi marta bola Konvensiyani ratifikatsiya qilgan davlatlar "hurmat qilish va kafolatlash" talab qilinadigan huquqlarga ega bo'lgan shaxs sifatida ko'rib chiqiladi. Ushbu qoida bola jamiyatning juda himoyasiz a'zosi ekanligi va shuning uchun alohida himoyani talab qilishi va bunga loyiq ekanligini ko'rsatadi. Konvensiyaga binoan, bola mustaqil shaxs sifatida qabul qilinadi. Konvensiya bolani o'ziga xos huquqlarga ega bo'lgan shaxs sifatida tavsiflaydi: yashash huquqi (6-modda), oila qurish (9-modda), ismi va fuqaroligi bo'yicha.
Konvensiyaning asosiy g'oyasi - bolaning eng yaxshi manfaatlarini ta'minlash. Uning qoidalari bolalar huquqlarini ta'minlashi kerak bo'lgan to'rtta asosiy talabga jamlangan: omon qolish, rivojlanish, himoya qilish va jamiyatda faol ishtirokini ta'minlashdan iborat. Konvensiya bir qator muhim ijtimoiy-huquqiy tamoyillarni tasdiqlaydi, ulardan asosiysi bolaning to'liq huquqli va to'liq huquqli shaxs sifatida tan olinishidir. Bu bolalar o'z ota-onalari yoki vasiylariga qo'shimcha huquq sifatida emas, balki o'z-o'zidan inson huquqlariga ega bo'lishlari kerakligini tan olishdir. Bolalar mehnati xalqaro darajada ko'plab konvensiyalar, shartnomalar va boshqa normativ huquqiy hujjatlar bilan taqiqlanganiga qaramasdan, ayrim davlatlarda mexanizatsiya darajasi past bo'lgan qishloq xo'jaligi va
' https://lex.uz/uz/docs/-2595913. Bola huquqlari to'grisidagi konvensiya
sanoatda ko'plab bolalar mehnatga jalb etilmoqdalar. Dunyoda eng ko'p bolalar mehnat qiladigan davlatlar yetakchiligini Myanma egallaydi. Bundan tashqari, AQSh Mehnat departamenti hisobotlariga ko'ra bolalar mehnatidan foydalanish bo'yicha HIndiston, Braziliya, Bangladesh, Xitoy, Filippin, Afg'oniston va Shimoliy Koreya kabi davlatlar yuqori o'rinlarni egallaydi.ma'lumotlarga ko'ra, Myanmada 7 yoshdan 16 yoshgacha bo'lgan har uchinchi bola ishlaydi. Harbiy mojarolar vaqtida bolalar nafaqat armiyada mehnat bilan shug'ullanganlar, balki xizmat ham qilganlar. XMT ma'lumotlariga ko'ra, 70mingdan ortiq bola Myanma armiyasida xizmat qilmoqda. Natijada, bolalarning qariyb 40 foizdan ortig'i ta'lim olish imkoniyatiga ega emas. 2025-yilga borib jahon hamjamiyati BMT Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida bolalar va o'smirlar mehnatining barcha shakllarini yo'q qilishga intilmoqda. XMTning bolalar mehnatini taqiqlashga oid konvensiyalarini davlatlar tomonidan ratifikatsiya qilinishi bolalar va o'smirlarning mehnat huquqlarini himoya qilishning umummilliy mexanizmlari bo'lib xizmzzt qiladi. Bu borada ayniqsa, xavfli va og'ir mehnat sharoitlarida mehnat qilayotgan, hayotlari va sog'liklari xavf ositda bo'lgan bolalarga alohida e'tibor qaratilishi joiz. Har bir davlatning milliy dasturlari va siyosatlari ancha xilma-xil bo'lishiga qaramasdan quyidagi maqsadlarga erishilishi kerakligi belgilangan:
1) bolalarni bolalar mehnatining eng yomon shakllariga jalb qilishni oldini olish;
2) mehnatning og'ir shakllariga uchragan bolalarni reabilitatsiya qilish va ijtimoiy integratsiyani ta'minlash;
3) mavjud muammolarga keng jamoatchilikni jalb qilish ;
4) mehnat munosabatlari sohasida bolalarni himoya qilish siyosatini ishlab chiqishga qaratilgan samarali qonunchilik faoliyati;
5) bolalar va o'smirlarning ishsizlik ehtimolini bartaraf etish maqsadida ta'limning yuqori darajasini saqlab qolish va bepu ta'lim olish istiqbollarini ochish;
6) bolalarga va ularning oilalariga, xususan, ota-onalarga, o'z navbatida oilaning moddiy muammolarini hal qilish, bolalar mehnatidan foydalanmasliklari uchun maqsadli va samarali yordam ko'rsatish.
Shunday qilib,konvensiyalarning muhim jihatlarini va ularning ta'sir kuchini quyida sanab o'tadigan bo'lsak:
1. Normativ asos: XMT 182-sonli konvensiyasi kabi konventsiyalar normalar va standartlarni belgilaydi, a'zo davlatlarni bolalar mehnatining ayrim shakllarini taqiqlashga qaratilgan qonunlar va siyosatlarni qabul qilishga chaqiradi.
2. Xalqaro bosimning mavjudligi. Konvensiyalar ishtirokchi davlatlar zimmasiga bolalar mehnatini tugatish majburiyatini yuklaydi. Ular tegishli qonunlar va dasturlarni amalga oshirish uchun hukumatlarga bosim o'tkazishlari ham mumkin.
3. Xalqaro birdamlikni mustahkamlash: Konvensiyalar bolalar mehnatiga qarshi kurashda mamlakatlarni birlashtiradi, tajriba almashish, ilg'or tajribalarni uzatish va yechimlarni birgalikda ishlab chiqishga yordam beradi.
4. Monitoring va hisobot: Konvensiyalar ishtirokchi-davlatlarni bolalar mehnatiga qarshi kurash bo'yicha o'z harakatlari haqida hisobot berishga majbur qiladi. Ushbu monitoring va hisobot jarayoni taraqqiyot va muammoli joylarni aniqlashga o'z hissasini qo'shadi.
5. Bolalarni himoya qilish va qo'llab-quvvatlashni ta'minlash: Konvensiyalar, shuningdek, mehnatga duchor bo'lgan bolalarni himoya qilish va qo'llab-quvvatlash choralarini ham qamrab oladi. Bu ularning ta'limini, sog'lig'ini va ijtimoiy himoyasini ta'minlash chora-
tadbirlarini o'z ichiga oladi.
Fikrimizga xulosa yasaydigan bo'lsak, xalqaro shartnomalar, jumladan, yuqorida qayd etilgan konvensiyalar bolalar mehnatiga qarshi kurashish va bolalar huquqlarini himoya qilishni ta'minlashning huquqiy asoslari va monitoring mexanizmlarini yaratishda muhim o'rin tutadi. Ular xalqaro standartlarni yaratish va bolalar mehnati muammosi haqida xabardorlikni oshirishga yordam beradi, bu esa uni bartaraf etish yo'lidagi muhim qadam hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. W.S. Fyfe. Soil and global change. Episodes, vol 12 (4). P. 249.
2. Микрина Валентина Геннадьевна. Диссертация МЕЖДУНАРОДНО-ПРАВОВЫЕ МЕХАНИЗМЫ ЗАЩИТЫ ТРУДОВЫХ ПРАВ НАИБОЛЕЕ УЯЗВИМЫХ ГРУПП НАСЕЛЕНИЯ.Москва - 2019
3. Статистика детского труда. Пособие по методологиям сбора данных на основе обследований. Женева, 2007. С.17.
4. https://qalampir.uz/uz/news/atrofimizda-qullikda-yashayetgan-40-million-inson-bor-50840
5. ILO Constitution 1920, Annex, First Meeting of Annual Labour Conference 1919, (4) Employment of Children - (a) Minimum age of employment; (b) During Night; (c) In unhealthy processes
6. Minimum Age Convention No. 5 (Industry), Minimum Age Convention No. 7 (Sea), Minimum Age Convention No. 10 (Agriculture),
7. Minimum Age Convention No. 15 (Trimmers and Stokers), Night Work Convention No. 6 (Industry), Medical Examination of Young Persons Convention No. 16 (Sea) adopted 1919-21.
8. https://lex.uz/docs/-2756292.Ishga qabul qilishda minimal yoshni belgilash to'g'risidagi konvensiya 7-modda
9. https://webapps.ilo.org/dyn/normlex/en/f?p=N0RMLEXPUB:12100:0::N0::P12100_IL0_C ODE:C182 . Bolalar mehnatining eng yomon shakllari to'g'risidagi 182-konvensiya 3-modda
10. https://lex.uz/docs/-2756292.Ishga qabul qilishda minimal yoshni belgilash to'g'risidagi konvensiya 7-modda
11. https://lex.uz/uz/docs/-2595913. Bola huquqlari to'grisidagi konvensiya