Научная статья на тему 'BOLALAR ADABIYOTINI O„QITILISHINING DIDAKTIK AHAMIYATI'

BOLALAR ADABIYOTINI O„QITILISHINING DIDAKTIK AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOLALAR ADABIYOTINI O„QITILISHINING DIDAKTIK AHAMIYATI»

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkentjqisGdiyGt^a^edagGgikajn^

BOLALAR ADABIYOTINI O'QITILISHINING DIDAKTIK AHAMIYATI

F. A. Jumayev

Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti dotsenti, filologiya fanlari nomzodi,

O'zbekiston

Buyuk mutafakkir, jadid adabiyotining yirik namoyandasi Abdurauf Fitrat shunday yozadi: "Bolalar axloqiy tarbiyani muhitdan oladilar, boshqacha qilib aytganda, bolalar suvga o'xshaydilar, suv idishning shaklini olganidek, bolalar ham muhitning odob-axloqini qabul qiladilar [Tarbiya. 10-sinf uchun darslik. 2021. N.Ismatova va boshqalar .b-15].

Darhaqiqat, bola kamolotida ta'lim jarayonlarini to'g'ri tashkil etish, ta'limda metod va uslublardan o'rinli foydalanish o'qitishning konseptual asoslaridan biri bo'lib hisoblanadi.

Binobarin, ta'lim-o'ziga xos uzluksizlikni talab etuvchi jarayon. Bu jarayonda bolaning yosh xususiyatlari, tashqi muhit bilan aloqasi, oilaviy munosabatlardagi o'rnini ham nazardan chetda qoldirmaslik lozim.

Mashhur bolalar adibi Antuan-De-Sent Ekzyuperi, jumladan, shunday yozadi: "Bu dunyoda faqat bir muammo bor-odamlarga hayotdan ma'naviy qoniqish hissini qaytarish kerak. Ma'naviy boyliksiz qalb toshga aylanur... Komillikka yo'naltirilgan didni tarbiyalamoq kerak [B.To'xliyev. Adabiyot o'qitish metodikasi T-2020. b-3].

Aslida ta'lim va tarbiya bir-biri bilan bog'liq tushunchalar bo'lib hisoblanadi. Adabiyot esa, ayniqsa, bolalar adabiyoti bu borada tarbiyaning ilk mezonlarni qamrab oladi.

Aytaylik, boshlang'ich sinflarning DTS asosidagi ish rejalarida didaktik xarakterdagi afsona va rivoyatlar beriladi. Bu singari hajm jihatdan kichik, ammo tarbiyaviy jihatdan juda katta ahamiyat kasb etadigan bu kabi janrlar o'quvchilarda yaxshigina qiziqish uyg'otishi barobarida ularda tarixga oid bilim va ko'nikmalarni ham shakllantirishga yordam beradi. Bunday afsonalardan "To'maris" va "Shiroq" kabi asarlarni olish mumkin. Bu har ikkala afsona ham umumiy o'rta ta'limning boshlang'ich sinflarida o'qitilishiga qaramay, o'quvchilar mazkur asarlarini yuqori sinflarda ham yaxshi eslay olishadi.

Boisi, asarlardagi sujetning qiziqarliligi, ta'sirchanligi, ertak janri singari oson o'qilishida deb o'ylaymiz. Bolalar adabiyotida obrazlar tasvirida ham ijodkorlar o'ta sodda, tushunarli tasvir yo'nalishini tanlaydilar. Personajlar o'rtasidagi diologlar ham qisqa va ta'sirli bo'ladi.

Shuning uchun asarni xatboshilarga bo'lib tahlil qilinganda ham qiyinchilik tug'dirmaydi.

Binobarin, tahlil jarayonida o'qituvchi asosiy rol o'ynaydi.

Ta'lim jarayonida ijodiy fikrlash -yozma nutqni rivojlantirishning bosh omili. Bu haqda Abu Nasr Farobiy shunday deydi: "O'qituvchi aql- farosatga, chiroyli nutqqa ega bo'lishi va o'quvchilarga aytmoqchi bo'lgan fikrlarini to'la va aniq ifodalay olishini uddalamog'i lozim. O'qituvchining vazifasiga aynan o'xshashlik dono davlat rahbarida

228

https://tipi.uz/

^_May 3, 2024

International Scientific and Practical Conference

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkennqisodiyot^a^edagogikajnst^

mavjud, xolos. Shu sababli o'qituvchi eshitgan va ko'rganlarining barchasini eslab qolishi, aql-farosatga, chiroyli nutqqa ega bo'lishi bilan birga o'z or-nomusini qadrlashi, adolatli bo'lishi lozim" [Namunali o'qish haqida. Abu Nasr Farobiy. 328-329-bet]

Masalan, boshlang'ich ta'limning ilk bosqichlarida, aynan, 3-sinflarda DTS asosidagi ish rejada Zahiriddin Muhammad Bobur hayotiga bag'ishlangan rivoyat beriladi. Rivoyatning nomi "Bobur va kabutar" deb ataladi.

Garchi rivoyat juda qisqa dialoglardan tashkil topgan bo'lsa-da, badiiy matn mavzu jihatdan ham, lisoniy jihatdan ham bolalarga tushunarli va ibratli sujetga ega.

Mazkur rivoyat orqali o'quvchilar asardan tarbiyaviy jihatni o'rganish barobarida tarixiy shaxslar haqida ham ma'lumotlarga ega bo'ladilar. Masalan: Umarshayx Mirzo, Bobur Mirzo haqida.

Shuningdek, ushbu darslikdan yosh ijodkor G o'zal Begimning "Opa-singil daryolar" adabiy ertagi ham o'rin olgan. Bu adabiy ertakda ham ahillik, insonlarga ezgulik ulashish, atrofni bog'-rog'larga aylantirishga bel bog'lagan uch opa-singillar: Amudaryo, Sirdaryo va Zarafshon daryolari haqida juda ta'sirli ertagi o'rin olgan.

Aslida daryo nomlarining uch opa-singil tarzida berilishi orqali O'zbekiston- ona Vatanimizning geografik jihatdan qanday daryolarga ega ekanligi ko'rsatib berilsa, ularning ezgu ishlari orqali o'quvchilarda tarbiyaviy ahamiyati tushuntiriladi. Shu mavzuning o'zi orqali ham suvni qadrlash, isrof qilmaslik haqida mulohazalarni o'rtoqlashish mumkin.

Boshlang'ich sinf maktab dasturlarida beriladigan matnlar nafaqat nutq o'stirish va o'quvchilarning fikrlash doirasini kengaytirishga yordam beradi, balki ularni tabiatga, Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalaydi.

Xulosa o'rnida aytish joizki, bolalar adabyotining, ayniqsa, umumiy o'rta ta'limning boshlang'ich sinflarida o'qitishi o'quvchilarda ijodkorlikni, nutq o'stirishdagi ahamiyatini, kreativ fikrlash jarayonini takomillashtirishda yordam beradi.

Faqat o'qituchining vazifasi xoh u dars jarayonida bo'lsin, xoh sinf soatlarida, xoh sinfdan tashqari o'qiladigan asarlar tahlilida bo'lsin badiiy matnlarni to'g'ri tanlay olish va ularni o'quvchilarga metodologik jihatdan imkon qadar oson yetkazib berishi lozim. Imkoni bo'lsa, albatta, o'quvchilarning o'zlariga ham savol va topshiriqlar beriladi.

Bundan ko'rinadiki, badiiy asarning o'zaro tahlili va nutq o'stirish muammolari o'quvchilar ma'naviyatini shakllantirishning, ulardagi badiiy-estetik didni rivojlantirish yo'lidagi harakat va yaxlitlikning asosidir.

References / Adabiyotlar

1. Adabiyot o'qitish metodikasi B.To'xliyev. -T., 2020. -B. 3

2. Namunali o'qish haqida. Abu Nasr Farobiy. 328-329-bet

3. N.Ismatova va boshqalar. Tarbiya. 10-sinf uchun darslik. -T.: 2021. -B. 15.

229

https://tipi.uz/

^_May 3, 2024

International Scientific and Practical Conference

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.