Научная статья на тему 'BO'LAJAK BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHILARI UCHUN "PEDAGOGIK MAHORAT" DARSLARIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR SAMARADORLIKNI OSHIRISH VOSITASI SIFATIDA'

BO'LAJAK BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHILARI UCHUN "PEDAGOGIK MAHORAT" DARSLARIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR SAMARADORLIKNI OSHIRISH VOSITASI SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Компьютерные и информационные науки»

CC BY
4
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Jadallashuv / integratsiyalashuv / raqamli texnologiyalar / pedagog mahorati / sog‘lom raqobat / xarakterlovchi faoliyat. / Acceleration / integration / digital technologies / pedagogical skills / healthy competition / characterizing activity.

Аннотация научной статьи по компьютерным и информационным наукам, автор научной работы — Dilfuza Nosirova

Ushbu maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun “pedagogik mahorat” darslarida raqamli texnologiyalar samaradorligini oshirish xususida mulohazalar berilgan.Yosh kadrlarga pedagogik tomondan ko‘mak berish uchun raqamli texnologiyalardan foydalanish bu dars samaradorligini, o‘qituvchiga bo‘lgan hurmatni oshiradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DIGITAL TECHNOLOGIES AS A TOOL FOR INCREASING EFFICIENCY IN "PEDAGOGICAL SKILLS" LESSONS

This article provides comments on increasing the effectiveness of digital technologies in pedagogical master classes for elementary school students. The use of digital technologies to provide pedagogical support to young personnel increases the effectiveness of the lesson and respect for the teacher.

Текст научной работы на тему «BO'LAJAK BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHILARI UCHUN "PEDAGOGIK MAHORAT" DARSLARIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR SAMARADORLIKNI OSHIRISH VOSITASI SIFATIDA»

EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 7.899 www.in-academy.uz

DIGITAL TECHNOLOGIES AS A TOOL FOR INCREASING EFFICIENCY IN "PEDAGOGICAL SKILLS" LESSONS

Dilfuza Nosirova

Teacher og Gulistan state pedagogical institute https://doi.org/10.5281/zenodo.10930643

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 30th March 2024 Accepted: 04th April 2024 Online: 05th April 2024

KEYWORDS Acceleration, integration,

digital technologies,

pedagogical skills, healthy competition, characterizing activity.

This article provides comments on increasing the effectiveness of digital technologies in pedagogical master classes for elementary school students. The use of digital technologies to provide pedagogical support to young personnel increases the effectiveness of the lesson and respect for the teacher.

BOLAJAK BOSHLANGICH SINF OQITUVCHILARI UCHUN "PEDAGOGIK MAHORAT" DARSLARIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR SAMARADORLIKNI

OSHIRISH VOSITASI SIFATIDA

Dilfuza Nosirova

Guliston davlat pedagogika instituti o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.10930643

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 30th March 2024 Accepted: 04th April 2024 Online: 05th April 2024

KEYWORDS Jadallashuv, integratsiyalashuv, raqamli texnologiyalar,

pedagog mahorati, sog'lom raqobat, xarakterlovchi

faoliyat.

Ushbu maqolada bo'lajak boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun "pedagogik mahorat" darslarida raqamli texnologiyalar samaradorligini oshirish xususida mulohazalar berilgan. Yosh kadrlarga pedagogik tomondan ko'mak berish uchun raqamli texnologiyalardan foydalanish bu dars samaradorligini, o'qituvchiga bo'lgan hurmatni oshiradi.

Bugungi jadallashuv davrida yosh kadrlarni yetishtirib berish, ularni fanga, ta'limga qiziqtirish har bir pedagog kadrlarning vazifasidir. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev aytgan quyidagi fikrlar fikrimizning isbotidir: "Bugungi kunda yashayotgan har bir inson o'z farzandining baxt saodatini, kamolini ko'rish uchun, shu zamonni gullab-yashnashi uchun qo'lidan kelganicha harakat qiladi. Farzandlarining barkamol, sog'lom rivojlanishiga ko'maklashishi oila va barcha ta'lim muassasalarida amalga oshiriladi. Shu bois, har birimiz buyuk insonlarning tarbiyalanishida mas'ul ekanmiz, go'zal Vatanimizning yangi avlodini

é

ш

UIF = 8.1 | SJIF = 7.899

www.in-academy.uz

shakllantirish, ularni demokratik jamiyat qurishiga tayyorlashdek buyuk vazifani bajarishimiz va Vatanimizni jahon miqyosidagi kamolot bosqichiga ko'tarish uchun bor kuch-g'ayratimizni ayamasligimiz zarur". 1

Ta'lim tizimining hozirgi zamon rivojlanish bosqichlarini xarakterlovchi faoliyat turlari va bilish usullari integratsiyasi, maktab, shuningdek, oila va ijtimoiy muhitning tarbiyaviy funksiyalarini boyitishga yo'naltirilganligi yaqqol namoyon bo'lmoqda. Tadqiqotlar ko'rsatishicha, hozirgi har xil yoshdagi o'quvchilar rivojlanishi jarayonlari dinamikasida o'zgarishlar taraqqiyot tufayli yuz bermoqda. "Ta'lim to'g'risidagi qonun" va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"ga2 e'tibor qaratadigan bo'lsak ushbu qonun-hujjatlarida boshlang'ich sinf o'qituvchilari oldiga ulkan vazifalar qo'yilmoqda. Bu vazifalar boshlang'ich ta'limda fanlararo aloqadorlikni, mavzuning tushunarliligini, o'qituvchi qobiliyatining yuksakligini bildiradi. Bugungi kunda ta'lim muassasalarida ilk yildan, ya'ni boshlang'ich sinflardan boshlab erkin fikrlash, ma'naviy sog'lom hayot tarzini tashkil etishni milliylik va mustaqillik jihatdan qayta ko'rib chiqilganda o'quvchilarning ijtimoiy faolligini shakllantirishda dastlab, ularning ijtimoiy foydali mehnatga ijodiy munosabatini shakllantirish, o'z xulqi va faoliyatini boshqarishga o'rgatish, bu jarayondagi uning layoqatlarini rag'batlantirib borish, o'z o'rni va mavqeini to'g'ri tanlashga yo'naltirish, yaratuvchanlik va tashabbuskorligini o'z vaqtida to'g'ri baholash kabilar tarbiyaviy ishlar jarayoni juda murakkab ekanligini tasdiqlaydi.

A. V. Molokovaning tadqiqotida kompleks tarzda tatbiq qilinganda boshlang'ich ta'limni samarali axborotlashtirish uchun zarur didaktik shartlarni yaratishni belgilaydigan tamoyillari ishlab chiqilgan.3

1. Qo'llanayotgan axborot texnologiyalari boshlang'ich ta'limning maqsadlari, boshlang'ich sinf o'quvchilarning yosh va psixologik-pedagogik o'ziga xos xususiyatlariga muvofiqligi prinsipi. Axborot bilan ishlashning eng muvofiq usullari elektron shaklda taqdim etilgan ko'rgazmali obrazlar bilan bajariladigan turli amallar bajarish, asta-sekin belgi-ramzli faoliyatga o'tish, kichik yoshli o'quvchilarning tadqiqot faoliyati davomida ma'lumot qidirishi hisoblanadi. Interaktiv doska yoki elektron ta'lim resurslaridan foydalanish o'quv ma'lumotlarini idrok etishning barcha kanallarini kompleks tarzda ishga solish imkonini beradi

2. Elektron ta'limdan resurslarni qo'llashning ta'limni individuallashtirishga yo'naltirilganligi prinsipi. Kichik yoshli o'quvchilarni rivojlantirish boshlang'ich ta'limdan boshlab individual ta'lim traektoriyalarini voqelantirish uchun sharoit yaratish zarurati sifatida qaraldi. Ushbu tamoyil zamonaviy elektron ta'lim resurslaridan boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'z-o'zini nazorat qilish ko'nikmalarini rivojlantirish, ma'lumot bilan ishlash ko'nikmalarini individual tempda va o'zi uchun ahamiyatli bo'lgan mazmun asosida shakllantirishni taqozo qiladi.

1 Sh.M.Mirziyoyev. Yorqin kelajakka yo'l. Davlat dasturi. Toshkent. 2019-yil, 3-bet

2 Ushbu qonun-hujjatlari 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan.

3

Колесникова, А.А. Создание условий для системного внедрения информационных и коммуникационных технологий в сфере образования / А.А. Колесникова. // Современные педагогические технологии Интернет-обучения. - М.: 2008. - С. 141-145.

é

ш

UIF = 8.1 | SJIF = 7.899

www.in-academy.uz

3. Boshlang'ich ta'limni axborotlashtirish sharoitida ta'lim olishning qulayligi prinsipi. Boshlang'ich sinf o'quvchilariga ta'lim berishda sanitariyagigiyena me'yorlari va texnik vositalardan foydalanish qoidalariga rioya qilishni, ergonomik nuqtayi nazardan xavfsiz elektron o'quv materiallaridan foydalanishni talab qiladi. Bu qulaylik o'quvchilarning o'quv va kundalik vazifalarini kompyuter va boshqa axborotlashtirish vositalari yordamida hal qilishga imkon beradigan foydalanuvchi ko'nikmalari egallash uchun qulay shart-sharoit yaratish bilan ta'minlanadi.

4. Elektron ta'lim resurslarini dars davomida didaktik, rivojlantiruvchi va tarbiyaviy vazifalarni hal qilish uchun yetakchi vosita sifatida qo'llash prinsipi. O'quv jarayonini axborotlashtirishning eng muhim yo'nalishini belgilash sifatida qaraladi.

5. Boshlang'ich sinf o'quvchilarini o'qitishda an'anaviy va axborot texnologiyalarini optimal tarzda birlashtirish prinsipi. Zamonaviy axborot texnologiyalari va boshlang'ich ta'lim an'analariga asoslangan texnologiyalarning afzalliklarini hisobga oladigan yangi didaktik yondashuvlarni ishlab chiqish zarurati va imkoniyatini taqozo qiladi. Prinsipni amalda qo'llashning optimalligi ta'lim jarayoni subyektlarining didaktik vazifalarni hal qilish ta'lim samaradorligini oshirishga vaqt va kuch sarfini kamaytirishdan iborat.4

"Raqamli ta'lim resursi" termini bilan bir qatorda "elektron ta'lim resursi" termini ham ishlatiladi. Elektron ta'lim resurslari texnik jihatdan - dasturlar va ma'lumotlar to'plami, iste'molchi nuqtayi nazaridan - o'rganish predmeti bo'lgan obyektlar, jarayonlar, abstraktsiyalarni ifodalovchi mazmunli elementlar to'plami. Bundan tashqari samarali elektron ta'lim resurslari yuqori darajadagi interaktivlikka ega va multimediaga boy bo'lib, shuningdek tarmoqda tarqatish imkoniyatiga ega. Raqamli va elektron ta'lim resursi tushunchalarini biz sinonim sifatida ishlatamiz. Raqamli ta'lim resursilarining ta'rif va tavsif bilan bog'liq adabiyotlarni o'rganish orqali biz raqamli ta'lim resurslari o'quv jarayonini tashkil qilishda quyidagi imkoniyatlarni taqdim qilishini aniqladik:

- katta hajmdagi axborotni joylashtirish (bu ayniqsa elektron interaktiv ensiklopediyalar yaratish uchun muhim);

- kerakli ma'lumotlarni tezkor izlash va foydalanish;

- ko'plab murakkab hodisa va jarayonlarni ko'rgazmali (tushunarli) tarzda taqdim etish;

- grafik bezakdan foydalanish;

- turli shakl;

- vizual, tovush vositasidagi va h. k. shaklda taqdim etilgan ma'lumotlarni bir vaqtning o'zida qabul qilish;

- o'quvchilarning bilimlarni mustaqil ravishda egallash va taqdim etish faoliyatining turli shakllarini tashkil etish;

- o'quvchilar bilimini obyektiv va sifatli tekshirish, masalan, test orqali;

- bilimlarni egallashning individual jarayonini boshqarish.5

4 Молокова, А.В. Комплексный подход к информатизации образовательного процесса в начальной школе. дис.... д-ра пед. наук / А.В. Молокова. -Новокузнецк, 2008.- 482 с.

5 Qodirov X.Sh.Kasb ta'limi o'qituvchilarining bilim va ko'nikmalarini shakllantirishda axborot-kommunikatsiya tеxnologiyalarini qo'llash mеtodikasini takomillashtirish: pеd. bo'y. fal. dok. (Phd) diss... -T., 2019. -B.72.

é

Ws,

Elektron ta'limni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari tarmoq foydalanuvchilarining birgalikdagi faoliyatini tashkil etishga asoslangan Hemis masofaviy ta'lim saytidan foydalanish bilan bog'liq. Elektron ta'lim uchun axborot kommunikatsion texnologiyalarik va texnologik yechimlar, shuningdek, masofadan turib o'qitish tizimlaridan (Hemis) foydalanishga yo'naltirilgan bo'lib, ular quyidagilarni ta'minlaydi: o'quv jarayonini avtomatlashtirilgan boshqarish, o'quv tarkibini joylashtirish uchun yagona texnologik platforma, o'quv jarayonini rejalashtirish va o'quv jarayonining barcha ishtirokchilari o'rtasida masofaviy aloqani tashkil etish. Shunday qilib, elektron ta'lim sohasida o'qituvchining kasbiy vakolatining majburiy komponenti talabalarning samarali o'zaro hamkorligini tashkil qilish uchun Hemis masofaviy ta'lim saytidan foydalanishni bilishdir. Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchisini kasbiy rivojlantirishning muhim sharti uning kasbiy o'zini o'zi o'qitish uchun motivatsiyasi. Talabaning o'zini o'zi o'qitish faoliyatining motivatsion sohasi quyidagi tarkibiy qismlarni o'z ichiga oladi.

Boshlang'ich ta'limda qo'llanishi lozim bo'lgan raqamli texnologiyalarning bir necha turlari mavjud. Bu borada raqamli texnologiyalarning eng asosiy quyidagi turlarini eslatib o'tish joiz:

1) kompyuterli dasturga asoslangan o'qitish raqamli texnologiyasi;

2) elektron-modulli texnologiya;

3) masofaviy ta'lim texnologiyasi;

4) mustaqil ta'lim texnologiyasi;

5) individual yondashguv texnologiyasi;

6) Internet ta'limi texnologiyasi;

7) milliy portallar texnologiyasi;

8) mohir pedagoglarning shaxsiy texnologiyasi.

Shunday qilib boshlang'ich ta'limda raqamli texnologiyalardan foydalanish o'qitish mazmunini yangilaydi, vaositalarini takomillashtiradi va o'quvchilarning o'zlashtirish jarayonini kuchaytiradi. Buning uchun oliy pedagogik ta'lim jarayonida boshlang'ich ta'limda raqamli texnologiyalarini qo'llash monitoringini amalga oshirish maqsadga muvofiq bo'ladi. Chunki mamlakatimiz umumiy o'rta ta'lim maktablari hududlardagi oliy pedagogik ta'lim muassasalariga biriktirilgan. Bunday imkoniyatlardan oqilona foydalanish kerak.

References:

1. Sh.M.Mirziyoyev. Yorqin kelajakka yo'l. Davlat dasturi. Toshkent. 2019-yil, 3-bet.

2. Ushbu qonun-hujjatlari 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan.

3. Колесникова, А.А. Создание условий для системного внедрения информационных и коммуникационных технологий в сфере образования / А.А. Колесникова. // Современные педагогические технологии Интернет-обучения. - М.: 2008. - С. 141-145.

4. Молокова, А.В. Комплексный подход к информатизации образовательного процесса в начальной школе. дис.... д-ра пед. наук / А.В. Молокова. -Новокузнецк, 2008.482 с.

EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 7.899 www.in-academy.uz

5. Qodirov X.Sh.Kasb ta'limi o'qituvchilarining bilim va ko'nikmalarini shakllantirishda axborot-ommunikatsiya texnologiyalarini qo'llash metodikasini takomillashtirish: ped. bo'y. fal. dok. (Phd) diss... -T., 2019. -B.72.

6. Suvankulova, A. (2024). FOREIGN EXPERIENCE IN DEVELOPING PEDAGOGICAL SKILLS OF FUTURE PRIMARY CLASS TEACHERS USING VIRTUAL TECHNOLOGIES. Science and innovation, 3(B1), 44-47

7. Qizi, S. A. A. (2021). Content, form and means of formation of basic competences in primary school students. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(10), 1494-1497.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.