UO'T 631.314
BOG' QATOR ORALARINI EKISHGA TAYYORLAYDIGAN KOMBINATSIYALASHGAN MASHINA KONSTRUKSIYASI
Xushvaqtov Botir Vohidovich (QXMITI) katta ilmiy xodimi
Suyunov Sardor G'ayrat o'g'li (QXMITI) tayanch doktoranti, [email protected]
Turkmenov Xasan Ishimovich (TIQXMMI-MTU) dotsenti, [email protected]
Barlibayev Sherzod Naqibekovich TIQXMMI (MTU) dotsenti, [email protected]
Annotatsiya. Maqolada bog' qator oralarini ekin ekishga tayyorlaydigan kombinatsiyalashgan mashina konstruksiyasi va uning texnologik ish jarayoni keltirilgan.
Аннотация. В статье представлена конструкция комбинированной машины для подготовки междурядий садов к посеву и ее технологический процесс работы.
Abstract. The article presents the design of a combined machine for preparing inter-row spaces in orchards for planting and its technological work process.
Kalit so'zlar: resurstejamkor, kombinatsiyalashgan mashina, yumshatkichlar, rotatsion ish organi, pushta olgich va zichlagich.
Ключевые слова: ресурсоэффективный, комбинированная машина, рыхлители, ротационный рабочий орган, гребнеобразователь и уплотнитель.
Keywords: resource-efficient, combined machine, loosening tools, rotary working tool, furrow opener and compactor.
BMT ning Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti va Xalqaro oziq-ovqat siyosati tadqiqot instituti tomonidan 2050-yilgacha global oziq-ovqat mahsulotlariga bo'lgan talabning o'sish prognozlariga ko'ra oziq-ovqat mahsulotlariga bo'lgan talabning real qiymati 2007-yilga nisbatan 77 foizga oshishi kutilmoqda. Bu o'sishga sabab esa dunyo aholisi soni va aholi jon boshiga to'g'ri keladigan daromadning oshishi hisoblanadi. 2007-yildan 2050-yilgacha dunyo aholisi 40 foizga ko'payishi prognozlangan (1-rasm) [1]. Dunyo bo'yicha qishloq xo'jaligi mahsulotlariga bo'lgan talabni qondirish uchun esa yerlardan oqilona foydalanish va qishloq xo'jaligida energiya va resurstejamkor texnikalarni ishlab chiqish zaruriyati tug'iladi.
So'ngi yillarda jahonda bo'lgani kabi yurtimizda ham yerlardan unumli foydalanish va uni ekishga tayyorlashda resurstejamkor texnologiyalardan foydalanishga bo'lgan ehtiyoj tobora oshib bormoqda.
Sug'oriladigan yerlardan unumli foydalanish maqsadida keyingi yillarda bog' va tokzor qator oralaridan ekin ekish uchun foydalanish yo'lga qo'yilmoqda. Bungacha mevali bog'larga ekish sxemasi bo'yicha ajratilgan maydonni ko'p qismi, nisbatan uzoq muddat davomida o'zlashtirilmasdan yotar edi. Yosh bog'lar orasini qora shudgor (cherniy par) sifatida saqlab turish maqsadga muvofiq bo'lmaydi. Tadqiqotlardan ma'lumki olma va nok bog'larini qator orasiga ular 6-8 yoshga kirgunga qadar sabzavot ekinlarini va qator oralariga ishlov beradigan o'simliklarni ekilgani yaxshi. Danakli bog'lar olti yoshga kirguncha ular qator orasiga sabzavot va poliz ekinlarini ekish tavsiya qilinadi. Bog'larni qator oralariga oraliq ekinlar ekiladigan bo'lsa, birinchi ikki yil davomida daraxt tanasi qatoriga eni 1 m, keyin har yili 0,5 m dan oshirib borib, sabzavotlar ekilmay qoldiriladi [2].
Bog' qator oralari tuprog'i strukturasini buzib yubormaslik va kam energiya sarflagan holda yuqori samaradorlikka erishish maqsadida ikki va undan ortiq texnologik jarayonlarni bir
Qurilish va Ta 'lim ilmiy jurnali 3-jild, 6-son https://jurnal. qurilishtalim. uz
Scientific journal of Construction and Education
ISSN2181-3779, volume 3, Issue 6 2024
QISQA XABARLAR
o'tishda bajaradigan kombinsiyalashgan mashinalardan foydalanish maqsadga muvofiq. Tuproqqa ishlov berishda kombinatsiyalashgan mashinalardan foydalanish mashina-traktor agregatning daladan o'tishlar sonini kamayishiga va natijada tuproqning o'tishlar sonini kamayishiga va natijada tuproqning ortiqcha zichlanmasligi, hamda strukturasini buzilmasligi, energiya va yonilg'i sarfining kamayishiga olib keladi [3].
1-rasm. Jahonda qishloq xo'jaligi mahsulotlariga bo'lgan talab, aholi soni va daromadlarining o'zgarishi prognozi (2007-2050)
Ayniqsa, nam etarli bo'lmagan va yengil strukturasiz tuproqlarda kombinatsiyalashgan tuproqqa ishlov berish mashinalaridan foydalanish muhim hisoblanadi. Agar u yerlarga oddiy mashinalar yordamida ketma-ket ishlov berilsa hosildor qatlam zarralari shamol ta'sirida uchib ketadi, suv eroziyasi tufayli organik moddalar yo'qoladi va tuproqning strukturasi yomonlashadi
[4].
Bog' qator oralari tuproqlariga energiya-resurstejamkorlik bilan ishlov berish texnologiyalari va ularni bajaradigan texnika vositalarini ishlab chiqish, takomillashtirish, bog'dorchilik mashinalari konstruksiyalarini yaratish, mashinalar sxemasi va ish organlarining parametrlarini asoslash bo'yicha xorijda R.Deliron, R.Pellens, E.Baldini, G.Baraldi, G.Peri, M.Carrara, G.Russo, F.Pipitone, G.Vivaldi, A.Gaetano, S.Camposeo, B.Gennaro, M.Fracchiolla, G.Ferrara, S.Camposeo, A.Chami, A.Pacifico, C.Lasorella, P.Montemurro, V.Misic, H.Michayel, L.Manov, S.Buskolar, X.Nankov, V.Stoychev, P.T.Babiy, P.M.Vasilenko, I.B.Berenshteyn, A.S.Kushnarev, N.I.Gerasimov, Ya.Z.Jiliskiy, V.A.Shevkun, V.V.Bichkov, K.A.Manayenkov, A.N.Makarov, M.M.Gasanov, F.A.Mamedov va boshqalar shug'ullangan.
Bu yo'nalishda respublikamizda T.T.Axmedov, R.I.Baymetov, X.Kushnazarov, Y.Y.Sichev, A.To'xtaqo'ziyev, A.A.Axmetov, F.M.Mamatov, I.T.Ergashev, A.T.Musurmonov, M.M.Ergashev, N.M.Komilov, X.Utaganov va boshqalar ilmiy tadqiqotlar olib borishgan. Lekin ko'rsatilgan tadqiqotlarda bog' qator oralarini biryo'la ekin ekish uchun tayyorlaydigan, ya'ni, bog' qator oralarini yumshatadigan, mayin qatlam hosil qiladigan, tekislaydigan, pushta oladigan va pushtaning ustki qatlamini zichlaydigan mashina ishlab chiqish va ish organlarining parametrlarini asoslash masalalari yetarli darajada o'rganilmagan.
Yuqorida ta'kidlanganlarni hamda hozirgi davr talablarini inobatga olgan holda Qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash ilmiy tadqiqot institutida bog' qator oralarini bir yo'la ekin ekish uchun tayyorlaydigan kombinatsiyalashgan mashina ishlab chiqildi. 2-rasmda uning konstruktiv sxemasi keltirilgan.
Kombinatsiyalashgan mashina osish qurilmasi bilan jihozlangan rama 1, yumshatkichlar 2, mayin tuproq qatlamini hosil qiladigan rotatsion ish organi 3, pushta olgich 4, pushtaning ustki qatlamini zichlaydigan ish organi 5 dan iborat.
Uning ish jarayoni quyidagicha kechadi: agregat dala bo'ylab harakatlanganda uning yumshatkichlari bog' qatorlari oralaridagi tuproqni yumshatadi, rotatsion ish organi esa
Qurilish va Ta 'lim ilmiy jurnali
3-jild, 6-son
190
https://jurnal qurilishtalim. uz
yumshatkichlar tomonidan yumshatilgan tuproqni maydalaydi va mayin tuproq qatlamini hosil qiladi. Pushta olgichlar talablar darajasidagi pushtalarni hosil qiladi, zichlagichlar esa hosil qilingan pushtalarning ustki qatlamini ya'ni tuproqning dastlabki 10-15 sm qatlamini talablar darajasida zichlaydi.
a) yon tomondan ko'rinishi b) ust tomondan ko'rinishi.
1-osish qurilmasi bilan jihozlangan rama, 2-yumshatkich, 3-mayin tuproq qatlamini hosil qiladigan rotatsion ish organi, 4-pushta olgich, 5-pushtaning ustki qatlamini zichlaydigan ish
organi.
2-rasm. Bog' qator oralarini biryo'la ekin ekish uchun tayyorlaydigan kombinatsiyalashgan mashinaning konstruktiv sxemasi
Ushbu kombinatsiyalashgan mashinadan pushta olgichlar hamda zichlagichlarsiz ham foydalanish mumkin. Bunda ushbu mashina bog' qator oralaridagi begona o'tlarni yo'qotish hamda tuproqdagi namlikni saqdash uchun qo'llaniladi.
Xulosa. Yerlardan unumli foydalanish maqsadida bog' qator oralaridan ekin ekish uchun foydalanish, yaqin kelajakda kutilayotgan oziq-ovqat tanqisligi muammosiga qisman bo'lsada yechim bo'lib, mahsulot tannarxining nisbatan barqarorligiga erishishga, tuproqqa ekish oldidan ishlov berishda resurstejamkor texnologiyalardan foydalanish esa tuproqni unumdorligini saqlashga katta yordam beradi. Bundan tashqari qishloq xo'jaligi mahsulotlari va mashinalariga bo'lgan mahalliy talablarni qondirishga hamda xalqaro bozorni eksportbop mahsulotlar bilan ta'minlashga katta hissa qo'shadi.
ADABIYOTLAR
1. Linehan, V, Thorpe, S, Andrews, N, Kim, Y & Beaini, F 2012, Food demand to 2050: Opportunities for Australian agriculture, ABARES conference Canberra, March 2012.
2. http:// centralasia.bioversityinternational. org
3. Mevali bog' qator oralarida sabzavot, poliz va kartoshka ekinlarini yetishtirish bo'yicha tavsiyalar. Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti, Toshkent, 2015. -23 b.
4. Mamatov F.M., Temirov I.G'. Qishloq xo'jalik mashinalari: Darslik. Toshkent, 2019. -
B. 9.
Qurilish va Ta 'lim ilmiy jurnali
3-jild, 6-son 191
https://jurnal. qurilishtalim. uz