BOG' BARPO QILISHDA TUPROQ HOLATI VA UNUMDORLIGINING AHAMIYATI 1Qalandarov Nazimxon Nazirovich 2Ismonov Abduvaxob Jo'raevich 3Mansurov Sherali
Siddiqovich
1b.f.f.d.. (PhD), k.i.x Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti, Toshkent 2b.f.n., katta ilmiy xodim Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti, Toshkent 3b.f.f.d..
(PhD), k.i.x Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti, Toshkent
1nazimxon- [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.10084878
Annotatsiya. Maqolada Jizzax viloyati Zomin tumanida faoliyatyurituvchi «ZOMINBEST FOOD» MChJ tomonidan barpo qilingan bog'yer maydonida olib borilgan tuproq tadqiqot va kimyoviy tahlil ishlari natijalari keltirilgan. «ZOMIN BEST FOOD» MChJ yer maydoni tuproqlari asosan o'rta qumoqli bo'lib, sho'rlanmagan ayrim hollarda kuchsiz sho'rlangan maydonlar mavjud. O'simliklarni o'sib rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo'lgan yuqori qatlami tarkibi gumus bilan o'rtacha, harakatchan azot va fosfor bilan juda kam, almanishuvchi kaliy bilan o'rtacha darajada ta'minlanganligi qaydetilgan.
Kalit so'zlar: ZOMIN BEST FOOD, MChJ, gumus, harakatchan azot, fosfor, almashinuvchi kaliy, yer maydonlari, mexanik tarkib, sho'rlanish darajasi, рН.
Аннотация. В статье представлены результаты исследований химического анализа почв, проведенного на садовом участке, созданном ООО «ZOMIN BEST FOOD», действующим в Заминском районе Джиззакской области. Почвы земельного участка ООО «ZOMIN BEST FOOD» в основном среднесуглинистые, незасоленные, а в отдельных случаях встречаются слабозасоленные участки. Отмечено, что состав верхнего слоя, имеющего большое значение для роста-развития растений, среднеобеспечен гумусом, очень низко обеспечен подвижным азотом и фосфором, и среднеобеспечен обменным калием.
Ключевые слова: ZOMIN BEST FOOD, ООО, гумус, подвижный азот, фосфор, обменный калий, земельные площади, механический состав, степень засоления, рН.
Abstract. The article presents the results of a soil study and chemical analysis carried out on a personal plot created by ZOMIN BEST FOOD LLC, operating in the Zomin district of the Jizzakh region. The soils of the landplot of LLC "ZOMIN BEST FOOD " are mainly medium sandy, and in some cases there are non-saline areas. It was noted that the composition of the upper layer, which is of great importance for plant growth, is moderately provided with humus, very little with mobile nitrogen and phosphorus, and moderately provided with exchangeable potassium.
Keywords: ZOMIN BEST FOOD, OOO, humus, mobile nitrogen, phosphorus, exchangeable potassium, land area, mechanical composition, salinity level, pH.
Kirish. Bugungi kunda respublikamizda bog'dorchilik xo'jaliklari jadallik bilan rivojlanib bormoqda. Bu borada uzumchilik, bog'dorchilik va issiqxona yo'nalishidagi fermer xo'jaliklari davlat tomonidan qo'llab-quvvatlanmoqda. Jumladan, bog'dorchilik tarmog'i va issiqxona xo'jaliklarida boshqaruv tizimini takomillashtirish hamda davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashning samarali mexanizmlarini joriy etish, shuningdek, zamonaviy resurstejamkor texnologiyalar asosida yuqori sifatli, raqobatbardosh va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish hajmlarini kengaytirish maqsadida, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 20.03.2019 yil «O'zbekiston Respublikasida bog'dorchilik va issiqxona xo'jaligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risi»dagi PQ-4246-son qarori hamda «Uzumchilik, bog'dorchilik, issiqxona xo'jaliklarini yurituvchi va vinochilik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi sub'ektlarni davlat
tomonidan moliyaviy qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.06.2022 yildagi 327-son qarorida belgilangan vazifalar sohani yanada rivojlantirishda alohida ahamiyat kasb etadi.
Bugungi kunda Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institut olimlari tomonidan Uzumchilik va bog'dorchilik xo'jaliklarining yangi intensiv bog' va tokzorlar tashkil etilayotgan joyning tuproq-iqlim sharoitlaridan kelib chiqib, ko'chat joylashtirish hamda tuproqning holati va unumdorligi to'g'risidagi kerakli tavsiya va ma'lumotlar taqdim qilinmoqda.
Jumladan, Jizzax viloyati Zomin tumanida joylashgan «ZOMIN BEST FOOD» MChJ yer maydonlaridan olib kelingan tuproq namunalarida kimyoviy tahlil ishlari bajarildi hamda tahlil natijalari asosida tuproq iqlim sharoitidan kelib chiqib kerakli tavsiya va ma'lumotnoma berildi.
Tadqiqot ob'ekti va uslublari. Tadqiqot hududi Jizzax viloyati Zomin tumani Molguzar massivi hududida joylashgan «ZOMIN BEST FOOD» MChJga qarashli lalmi tipik bo'z tuproqlar.
Dala-tuproq tadqiqotlari va kameral-analitik ishlar TAITI va O'zPITI institutlarida ishlab chiqilgan umumqabul qilingan uslublarda, jumladan, «Davlat yer kadastrini yuritish uchun tuproq tadqiqotlarini bajarish va tuproq xaritalarini tuzish bo'yicha yo'riqnoma» [3, 4, 6] va «Sug'oriladigan yerlarda tuproq agrokimyoviy tadqiqot ishlarini bajarish va agrokimyoviy kartogrammalar tuzish hamda mineral o'g'itlarga bo'lgan ilmiy talabni ishlab chiqish bo'yicha uslubiy ko'rsatmalar» [5] asosida amalga oshirilgan.
Tadqiqot natijalari va ularning muhokamasi. Tuproqlarining mexanik tarkibi uning fizikaviy, fizik-kimyoviy, fizik-mexanik, kimyoviy va biologik xossalariga jiddiy va faol ta'sir ko'rsatadi. Jumladan, tuproqlarning suv sig'imi va suv o'tkazuvchanligi ham mexanik tarkibiga bog'liq. Tuproqlarda tuz to'planish va qayta sho'rlanish jarayonlari, sizot suvlarining kapillyar naychalar orqali ko'tarilishi, suvlarning pastki qatlamlarga sizib o'tishida ham mexanik tarkib muayyan ahamiyatga ega. Shu boisdan tuproqlar mexanik tarkibiga alohida e'tibor qaratiladi.
O'rganilgan hudud lalmi tuproqlari mexanik tarkibiga ko'ra, asosan o'rta qumoqli bo'lib, fizik loy (<0,01 mm) zarrachalarning miqdori 20,5-44,6% ni va qisman og'ir hamda yengil qumoqli tuproqlar guruhiga mansub(1- jadval).
1- jadval O'rganilgan lalmi tipik bo'z tuproqlarning mexanik tarkibi
Kes ma № Qatlam Chuqurli gi Tuproq zarrachalari miqdori % da, o'lchami, mm da fizik loy Mexanik tarkib nomi
Qum Chang Il
>0,2 5 0,250,1 0,10,05 0,050,01 0,010,005 0,0050,001 0,00 1 <0,01 mm
5 0-30 2,0 0,5 23,7 37,5 13,0 15,7 7,6 36,3 O'rta qumoqli
30-50 40,0 10,5 8,0 24,5 6,7 7,3 3,0 17,0 Qumloqli
50-70 56,0 14,0 6,3 13,1 3,7 5,0 1,9 10,6 Qumloqli
70-100 4,0 1,0 19,7 40,2 15,2 13,4 6,5 35,1 O'rta qumoqli
51 0-30 4,4 1,1 12,3 41,9 18,2 15,2 6,9 40,3 O'rta qumoqli
30-50 8,0 2,0 8,6 44,1 13,9 14,1 9,3 37,3 O'rta qumoqli
50-70 22,4 5,6 9,3 30,8 9,3 14,7 7,9 31,9 O'rta qumoqli
70-100 9,6 2,4 10,1 38,5 14,2 15,6 9,6 39,4 O'rta qumoqli
0-30 8,4 2,1 7,9 42,0 11,5 18,3 9,8 39,6 O'rta qumoqli
72 30-50 18,4 4,6 9,9 34,9 10,2 13,9 8,1 32,2 O'rta qumoqli
50-70 24,0 6,0 8,8 24,8 14,8 15,6 6,0 36,4 O'rta qumoqli
70-10 36,8 9,2 7,3 22,2 7,9 12,3 4,3 24,5 Yengil qumoqli
59 0-30 2,8 0,7 8,2 39,5 48,8 Og'ir qumoqli
30-50 8,0 2,0 13,2 32,9 44,0 O'rta qumoqli
68 0-30 12,8 3,2 7,8 56,1 20,1 Yengil qumoqli
Kimyoviy tahlil natijalariga ko'ra, tuproqlarning sho'rlanish ximizmi asosan sulfatli hamda xlorid-sulfatli sho'rlanish tipidan iborat bo'lib, sho'rlanish darajasi suvda oson eruvchi tuzlar miqdori bo'yicha bu tuproqlar sho'rlanmagan (quruq qoldiq 0,095-1,00%) va kuchsiz sho'rlangan (quruq qoldiq 0,105%) tuproqlar guruhiga mansub. Tuproq kesmaning pastki qatlamlari tomon quruq qoldiq miqdori ortib boradi. Tuproq kesmasi bo'ylab xlor-ioni 0,0040,007% ni sul'fat-ioni esa 0,023-0,058% ni tashkil qilishi kuzatiladi (2- jadval).
2- jadval O'rganilgan lalmi tipik bo'z tuproqlarning suvli so'rim tarkibi, (abs. quruq tuproq vazniga nisbatan% hisobida)
№ kesm a Quru Sho'rlanish
Chuqurli k, sm q qoldi q, % NSO 3 Cl SO4 Sa Mg Na Tip i darajasi
0-30 0,095 0,027 0,00 7 0,02 5 0,01 0,00 3 0,00 9 x-s sho'rlanmag an
5 30-50 0,090 0,024 0,00 7 0,02 7 0,01 0,00 3 0,00 9 x-s sho'rlanmag an
50-70 0,085 0,03 0,00 7 0,02 5 0,01 0,00 6 0,00 5 x-s sho'rlanmag an
70-100 0,197 0,018 0,00 7 0,05 8 0,02 0,00 3 0,01 s sho'rlanmag an
0-30 0,105 0,03 0,00 7 0,03 1 0,01 0,00 6 0,00 8 x-s kuchsiz
51 30-50 0,095 0,027 0,00 7 0,02 9 0,01 0,00 3 0,01 1 x-s sho'rlanmag an
50-70 0,085 0,024 0,00 7 0,02 3 0,01 5 Sled 0,00 7 x-s sho'rlanmag an
70-100 0,090 0,021 0,00 7 0,02 7 0,01 0,00 6 0,00 2 x-s sho'rlanmag an
0-30 0,100 0,024 0,00 7 0,02 3 0,01 0,00 6 0,00 2 x-s sho'rlanmag an
72 30-50 0,090 0,021 0,00 4 0,02 5 0,01 Sled 0,01 1 x-s sho'rlanmag an
50-70 0,095 0,024 0,00 4 0,03 1 0,02 Sled 0,00 3 s sho'rlanmag an
70-100 0,105 0,021 0,00 7 0,03 5 0,01 5 0,00 6 0,00 1 x-s kuchsiz
Tuproq muhiti (pH) darajasi 7 dan past bo'lsa kislotali, 7,0-neytral ko'rsatkich, 7 dan 9 gacha bo'lsa ishqoriylikni anglatadi. pH 6,8 dan 7,2 gacha ko'rsatkichlarda bu neytralga yaqin hisoblanadi. O'zbekistonning aksariyat qishloq xo'jaligi yerlarida pH ko'rsatkichi 7 bilan 8 oralig'ida bo'ladi, tuproqlar kuchsiz ishqoriylashgan hisoblanadi. O'rganilgan tuproqlar pH ko'rsatkichlari 7,32-7,80 oraliqda tebranib, kuchsiz ishqoriylikni ifoda etadi.
Meva o'simliklarning yaxshi o'sishida tuproq eritmasi reaksiyasi - pH katta ahamiyatga ega. Bu kalsiy hamda o'simliklar uchun zararli hisoblangan bir qator tuzlar - xlor, karbonat, sulfat tuzlariga bog'liq. pH har xil darajada bo'lganda tuproqda fizik-kimyoviy hamda bakteriologik jarayonlar turlicha kechadi va shu tufayli mevali daraxtlar pH darajasiga har xil munosabatda bo'ladi. Tuproq eritmasi reaksiyasiga nisbatan mevali daraxtlar uch guruhga bo'linadi. Rezavormevalilar uchun nordon va bir oz nordon tuproqlar (pH 4,6-5,7); urug' mevalilar (olma va nok) uchun bir oz nordon va neytral tuproqlar (pH 6,5-7); danak mevalilar, ayniqsa o'rik, urug' mevalilardan behi uchun kam ishqorli tuproqlar yaxshi hisoblanadi [1].
O'simliklar normal o'sishi va rivojlanishi uchun tuproqda oziqa moddalari miqdori yetarlicha bo'lishi lozim. Buning uchun tuproqdagi oziqa moddalari miqdorini e'tiborga olib, har bir ekin turi uchun maqbul me'yorlarda mineral va organik o'g'itlar qo'llash talab etiladi.
Kimyoviy tahlil ma'lumotlariga ko'ra keltirilgan tuproq namunalarida gumus miqdori yuqori qatlamlari 0,830-0,978 foizni tashkil etib, bu tuproqlar amaldagi klasifikatsiyaga ko'ra gumus bilan o'rtacha darajada ta'minlangan tuproqlar guruhini tashkil qiladi (jadval-3).
3- jadval O'rganilgan lalmi tuproqlaridagi gumus, oziqa moddalari miqdori va tuproq muhiti (pH)
№ kesm a Qatlam chuqurligi, sm Gumus, % Harakatchan, mg/kg pH
N-NO3 P2O5 K2O
5 0-30 0,830 7,0 7,0 180 7,58
30-50 0,812 6,7 5,1 144 7,73
50-70 0,245 4,3 4,5 67 7,80
50-70 0,162 3,4 3,0 62 7,50
51 0-30 0,854 5,8 8,6 230 7,32
30-50 0,685 4,3 7,4 120 7,48
50-70 0,456 3,6 6,4 81 7,62
72 0-30 0,978 7,5 6,4 148 7,37
30-50 0,789 6,4 5,1 117 7,49
50-70 0,416 4,8 4,1 57 7,56
70-100 0,271 4,3 4,1 48 7,58
59 0-30 1,125 8,0 7,0 297 7,38
30-50 0,851 6,2 5,8 211 7,39
68 0-30 0,911 5,08 8,0 266 7,52
30-50 0,809 4,5 5,4 160 7,69
Harakatchan azot miqdori ushbu tuproq kesmalarining butun kesma bo'ylab 4,3-8,0 mg/kg oralig'ida tebranib, harakatchan azot bilan juda kam darajada ta'minlangan tuproqlar guruhini tashkil qiladi.
Harakatchan fosfor miqdoriga ko'ra, o'rganilgan tuproq namunalari yuqori 0-30 sm qatlamida 32,8-54,3 mg/kg oralig'ida bo'lib, ushbu tuproq namunalari harakatchan fosfor bilan o'rtacha darajada ta'minlangan tuproqlar guruhiga mansub.
Almashinuvchi kaliy miqdori bo'yicha ushbu tuproq kesmasida keng oraliqda tebranib, ularning miqdori 48-230 mg/kg tashkil etadi. Haydov qatlami kam va o'rtacha, pastki qatlamlar juda kam darajada ta'minlangan tuproqlar guruhini tashkil etadi.
Xulosa.
1. Ko'pchilik meva ekinlari turlari haydalma qatlami o'rta va yengil qumoqli tuproq bo'lgan madaniylashgan yerlarda yaxshi o'sib rivojlanadi. Mexanik tarkibiga ko'ra, asosan o'rta va og'ir qumoqlardan iborat bo'lib, o'simliklarni me'yorda o'sishi va rivojlanishini ta'minlaydi.
2. Tuproqlar sho'rlanmagan va ayrim hollarda kuchsiz darajada sho'rlangan. Tuzlarning umumiy miqdori 0,095-0,105 %ni, shundan xlor ioni miqdori 0,004-0,007% ni, sulfatlar 0,023-0,058%ni tashkil etadi.
3. O'rganilgan tuproqlarni o'simlik o'sib rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo'lgan yuqori qatlami tarkibi gumus bilan o'rtacha, harakatchan azot va fosfor bilan juda kam, almanishuvchi kaliy bilan o'rtacha darajada ta'minlanganligi qayd etildi.
4. O'simliklarning me'yorda o'sishi va meva berishi uchun faqat ular ko'p miqdorda o'zlashtiradigan makroelementlar - azot, fosfor, kaliy, kalsiy, oltingugurt, magniy va temir zarurdir. Bundan tashqari, mikroelementlar - bor, marganes, rux, mis, kobalt va molibden ham zarurdir.
5. O'zbekistonda zamonaviy intensiv bog'larda daraxtning dastlabki yillarida azot va fosforga bo'lgan talabi katta bo'ladi. Meva berish davri boshlangandan keyin kaliyga bo'lgan talab ortadi. Shuni inobatga olgan holda o'g'it me'yorlarini belgilash lozim.
Tavsiyalar:
O'simliklarning me'yorda o'sishi va meva berishi uchun faqat ular ko'p miqdorda o'zlashtiradigan makroelementlar - azot, fosfor, kaliy, kalsiy, oltingugurt, magniy va temir zarurdir. Bundan tashqari, mikroelementlar - bor, marganes, rux, mis, kobalt va molibden ham zarurdir.
Daraxtning dastlabki yillarida azot va fosforga bo'lgan talabi katta bo'ladi. Meva berish davri boshlangandan keyin kaliyga bo'lgan talab ortadi.
Fosfor tuproqda azot yoki kaliyga nisbatan juda sekin o'zlashadi. Bizning sharoitida u, asosan, tuproqqa solingan joyida singadi, eng yaxshi sharoitlarda 30 kun ichida u 8-10 sm ga siljishi mumkin. Shuning uchun uni kuzgi shudgorlash davrida qo'llash tavsiya etiladi. O'g'it qancha chuqur va ildizlarga yaqin solinsa, u shunchalik samarali bo'ladi.
O'zbekiston tuproqlari kaliy boy hisoblanadi, shuning uchun o'simliklarda unga ehtiyoj ko'p hollarda sezilmasligi mumkin. Ammo shag'al toshli, unumdorligi past tuproqlarda, ko'p
sug'oriladigan, shuningdek, sizot suvlari yuza (1,5 metrdan yuqori) bo'lgan yerlarning haydov qatlami tarkibida almashinuvchi kaliy miqdori kam bo'lishi mumkin. Bunday hollarda tuproqning ta'minlananlik darajasidan kelib chiqib kaliyli o'g'it qo'llash lozim.
O'zbekiston tuproqlarining ko'pchiligi ishqoriy reaksiyaga ega. Bunday tuproqlarga azotning ammiakli formalarini solgan foydaliroq, chunki ular tuproqni nordonlashtirib, ishqoriylikni tushiradi. Natijada, tuproq eritmasida daraxt ildizlari olishi mumkin bo'lgan mineral moddalar miqdori ko'payadi [2].
Meva o'simliklari ildiz tizimining o'sishi va tuproqda joylashish xarakteri tuproq tipi, tarkibi va unumdorligiga bog'liq. Meva o'simliklarining ildizlari anchagina chuqurlikka kirib boradi, shuning uchun tuproqning yuqori qatlamlarigina emas, balki ona jins (tuproq hosil qiluvchi) qatlamigacha tahlil qilib, o'g'it me'yorlarini belgilash lozim.
REFRENCES
1. "Agrobank" ATB muassisligida tayyorlangan 100 kitob to'plami Mevali bog' barpo etish(61 kitob). -Toshkent, 2021. -53 b.
2. Abrorov Sh. O'zbekistonda zamonaviy intensiv olma bog'lari: qo'llanma / -Toshkent, 2016. -162 b.
3. Аринушкина Е.В. Руководство по химическому анализу почв. -Москва, -1975. 491 с.
4. Qo'ziev R., Abduraxmonov N.Yu., Ismonov A.J. va boshqalar. Davlat yer kadastrini yuritish uchun tuproq tadqiqotlarini bajarish va tuproq kartalarini tuzish bo'yicha yo'riqnoma. -Toshkent, 2013. -52 b.
5. Sug'oriladigan yerlarda tuproq agrokimyoviy tadqiqot ishlarini bajarish va agrokimyoviy kartogrammalar tuzish hamda mineral o'g'itlarga bo'lgan ilmiy talabni ishlab chiqish bo'yicha uslubiy ko'rsatmalar. -Toshkent, 2019. - 36 b.
6. Toshqo'ziev M. va boshqalar. Tuproqda umumiy gumus va harakatchan gumus moddalari miqdoridan uning unumdorligi ko'rsatkichi sifatida foydalanishga doir uslubiy ko'rsatmalar. -Toshkent, 2006. -20 b.