Научная статья на тему 'BOBUR HAYOTI, IJODI VA UNGA DOIR MINIATYURALAR'

BOBUR HAYOTI, IJODI VA UNGA DOIR MINIATYURALAR Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
24
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kolorit / Zaraut / relef / arxeologiya / Afrosiyob / Moniy / Muzahhib / personaj / xattot / qog‘ozsozlik / dekorativ / muraqqa / Muarrix / alkorlar surati / savr daraxti / Kushoniya / muqaddima / nafis. / color / Zaraut / relief / Archeology / Afrosyab / Moni / Muzahib / character / calligrapher / paper making / decorative / Murakka / Muarrih / image of alcorsa / savr tree / food / introduction / elegant.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Yuldashev, I.

Maqolada ajdodlarimizning ilmiy izlanishlari va badiiy adabiyotning miniatyura san’ati bilan o‘zaro bog‘liqligi hamda miniatyura san’atida badiiy tasavvurlarni muayyan adabiy personajlar tasvirlashga doir usullardan foydalanish yo‘llari haqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

BABUR'S LIFE, CREATION AND MINIATURES RELATING TO HIM

The article talks about scientific research about our ancestors and the relationship of fiction with the art of miniatures, as well as ways of using artistic imagination in the art of miniatures to depict individual literary characters.

Текст научной работы на тему «BOBUR HAYOTI, IJODI VA UNGA DOIR MINIATYURALAR»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

BOBUR HAYOTI, IJODI VA UNGA DOIR MINIATYURALAR

I.Yuldashev

FarDU Tasviriy san'at kafedrasi katta o'qituvchisi e-mail: [email protected]

ANNOTATSIYA

Maqolada ajdodlarimizning ilmiy izlanishlari va badiiy adabiyotning miniatyura san'ati bilan oZaro bog'liqligi hamda miniatyura san'atida badiiy tasavvurlarni muayyan adabiy personajlar tasvirlashga doir usullardan foydalanish yo 'llari haqida so Z boradi.

Kalit so 'zlar: kolorit, Zaraut, relef, arxeologiya, Afrosiyob, Moniy, Muzahhib, personaj, xattot, qog'ozsozlik, dekorativ, muraqqa, Muarrix, alkorlar surati, savr daraxti, Kushoniya, muqaddima, nafis.

В статье говорится о научных исследованиях о наших предках и взаимосвязи художественной литературы с искусством миниатюры, а также о способах использования художественного воображения в искусстве миниатюры для изображения отдельных литературных персонажей.

Ключевые слова: колорит, Зараут, рельеф, Археология, Афросяб, Мони, Музахиб, персонаж, каллиграф, изготовление бумаги, декоративный, Муракка, Муаррих, изображение алкорса, дерево савр, Кушания, введение, изящное.

The article talks about scientific research about our ancestors and the relationship of fiction with the art of miniatures, as well as ways of using artistic imagination in the art of miniatures to depict individual literary characters.

Key words: color, Zaraut, relief, Archeology, Afrosyab, Moni, Muzahib, character, calligrapher, paper making, decorative, Murakka, Muarrih, image of alcorsa, savr tree, food, introduction, elegant.

O'zbek mumtoz adabiyotining ulkan namoyondasi, atoqli shoir, olim va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti hamda ijodi asosan ko'pchilik adabiyotshunos olimlar tomonidan alohida o'rganilgan. O'zbekistondagi boburshunoslardan Vohid Zohidov, Hamid Sulaymon, Sabohat Azimjonova, Hamidulla Hasanov, Aziz Qayumov, Saidbek Hasanov kabi tadqiqotchilar bu mavzuda katta ishlar qilgan.

Mirzo Boburning o'zi "Vaqoe'" deb atagan "Boburnoma" jahonga mashhur bo'lgan yirik ijtimoiy-siyosiy, tarixiy-falsafiy, jo'g'rofiy, harbiy va etnografiyaga oid

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

qomusiy asar bo'lib, unda Farg'ona, Movarounnahr, Xuroson va shimoliy Hindistonda bo'lib o'tgan tarixiy voqealar, tabiat va xalqlar tavsifi qalamga olingan. Bu qimmatli asar fors, rus, ingliz, lotin, nemis, fransuz, urdu, turk, hind va boshqa tillarga tarjima qilingan. Aro'z nazariyasiga oid Mirzo Bobur risolasini mutaxassislar "Mufassal", "Muxtasar", "Risolai aro'z" yoki "Aro'z risolasi" deb yuritishadi. Yaqin yillargacha bu asar keng jamoatchilikka noma'lum edi. Risola professor Hamid Sulaymon 1968-yili Parij milliy kutubxonasidan keltirgan fotokopiya asosida Saidbek Hasan tomonidan 1971-yili Toshkentda nashr qilindi. Bir yildan so'ng Moskvada I.V.Stebeleva ham bu asar qo'lyozmasi fotonusxasini e'lon qildi. [2]

Saidbek Hasan tayyorlagan nashrning matbaa saviyasi puxta bo'lib, u kirill alifbosida ham berilgan. Mutaxassislar bahosicha, Mirzo Boburning bu risolasi aro'z nazariyasiga oid eng mukammal va nodir tadqiqotdir. Boburning farzandlari Humoyun va Komronga mo'ljallab yozgan "Mubayyin" asarida islom dini asoslari she'riy uslubda bayon qilingan. Bu kitob 1905-yili Toshkentda toshbosmada to'la nashr qilingan. Undagi ayrim parchalar 1958-yilda nashr etilgan Boburning tanlangan asarlariga kiritilgan. Hoja Ahrorning "Volidiya" nomli asarini Bobur she'riy tarjima qilgan, shuningdek, u "Xatti Boburiy", deb ataluvchi maxsus alifboni ham ixtiro qilgan.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Bobur ilk ijodining qimmatli tomoni shundaki, ifoda tili juda sodda va ravon. Mirzo Bobur tafakkur olami qay darajada shakllanganligi to'g'risida professor Hamid Sulaymon quyidagi haqli fikrni bildiradi. "Shubha yo'qki, u dastlabki ma'lumotni Andijonda, asosan, o'z ona tili bo'lgan o'zbek tilida oldi. Mirzo Boburning ijtimoiy-falsafiy o'rganishlari, uning estetik ta'bi va ilmiy qiziquvchanligi Mirzo Ulug'bek, Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Lutfiy va boshqa sharq klassiklarining o'lmas asarlari ta'sirida shakllandi"

Taxt uchun kurashlarda g'olib chiqqan Muhammad Shayboniyxon Temuriy shahzodalarning ko'pchiligini qatl etadi. Ularning ba'zilari Movarounnahrni tark etishga majbur bo'ladilar. Bularning biri Bobur Mirzo bo'lgan. Vatanni tark etish voqeasini u shunday tasvirlaydi: "Xotirimga keldikim, tokay bu Farg'ona viloyatida sargardon bo'lib turmoq kerak, bir tarafga talab qiloyin deb". O'sha paytlardayoq Bobur she'rlar bitishni mashq qilar edi. Uning ona yurtida, O'shda qurdirgan bir tosh uy va Obburdon qishloqlaridagi toshlarga bitilgan she'rlari qolib ketdi. Boburning asarlari o'zbek tilida bo'lib, ularda Vatan, Yurt, xalqning badiiy siymosi ifodalangan.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

Markaziy Osiyo davrini tasvirlovchi ellikka yaqin miniatyuralarda Bobur shaxsi turli san'atkorlar tomonidan har xil talqin qilingan. Bulardan eng muvaffaqiyatli chiqqan miniatyuralar Nomo, Sonvala va Farruhbekka mansubdir.

Bobur Qobulda, taxminan yigirma yil yashab ijod qildi. Bu uning hayotidagi eng barakali yillar bo'ldi. Afg'onistondagi faoliyatini baholab amerikalik olim Harold Lemb, "Bobur Qobulda kichik Samarqand barpo etgan", deydi. Haqiqatan, bu joyda u "Bog'i safo" va "Bog'i kalon" kabi bog'lar yaratgan. Ta'kidlash lozimki, uning o'zi ham "Bog'i Bobur"ga dafn etilgan.

Bobur Mirzo ijodining bu davrda yaratilgan g'azallari hayot, sevgi, bahor va yoshlikni kuylashga bag'ishlangan.

"Bog'i kalon" ("Katta bog'") "Vaqoe"da shunday tasvirlangan: "Bu kentda Bog'i Kalon otliq Ulug'bek Mirzoning bir mansub bog'i bor edi. Myon uni egalariga baho berib oldim. Bog'din tashqari ulug' chinorlar bor, chinorlarning tubi sabzalik, safoliq manzildir. Bog'ning o'rtasidin bir tegirmon suvi hamisha joriydir. Bu ariq yoqasida chinorlar va daraxtlardur. Burun bu ariq egri-bugri va besiyoq edi. Men buyurdimkim, bu ariqni raja va siyoq bila qildilar. Bisyor yaxshi yer bo'ldi".

Miniatyuralardan ikkitasida Mirzo Boburning bog'bonlarga ariq bo'yini tartibga keltirishni aytayotgan ayni vaqti tasvirlangan.

1506-yilda Bobur Mirzo Sulton Husayin vafoti munosabati bilan Hirotga ta'ziyaga boradi. U yerda yigirma kun bo'lib, o'n sakkiz kun Alisher Navoiy yashagan uyda to'xtab, Hirot shahrining tarixiy yodgorliklari, shoir va olimlari bilan tanishadi hamda ularning hayoti va faoliyati to'g'risida o'zining "Vaqoe'" ("Boburnoma") asarida mukammal va qimmatli ma'lumotlar beradi. [4]

Hirotda Sulton Husayn o'g'illari Badiuzzamon va Muzaffar Mirzolar Boburni hurmat va ehtirom bilan kutib oladilar. Bu voqealarni aks ettiruvchi miniatyura asarida Bobur marhum Sulton Mirzoning xotinlari Sulton Poyandabegim va Hadichabegimga o'z ta'ziyasini izhor qilmoqda. Alisher Navoiy shahrida, uning uyida bo'lish Mirzo Boburga buyuk mutafakkir hayoti va ijodi bilan yaqindan tanishish imkonini beradi. Sulton Husayin va Alisher Navoiy davridagi Hirot xotiralari Mirzo Boburda o'chmas taasurot qoldirgan: "Sulton Husayn Mirzoning zamoni ajab zamone edi, ahli fazl va benazir eldin Huroson, bataxsis Hiri shahri mamlu edi. Har kishiningkim bir ishg'a mashg'ulligi bor edi, himmati va g'arazi ul edikim, ul ishni kamolga etkurgay" Qobulga hukmdor bo'lgan Boburning ulkan davlat tuzish orzusi uni Hindiston tomon yetakladi. Bu harbiy safarga ma'lum darajada mahalliy beklar, hatto, hind rojasi Rana Sangramning yordam so'rab murojaat qilishi ham sabab bo'lgan.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

Boburning yozishicha, uning beshinchi yurishi, Dehli Sultonini hokimiyatdan chetlatish bilan tugallangan. Mirzo Bobur Hindistonda uzoq yashamadi. "Vaqoe'" ("Boburnoma") kitobining oxirgi qismi Hindiston tabiati va tarixiga bag'ishlangan. Mirzo Boburni so'nggi yillarda bir tomondan, ona Vatan sog'inchi o'rtasa, ikkinchi tomondan, ulkan davlat yumushlari butunlay charchatdi. Hindistonda Mirzo Boburni ko'p narsalar qiziqtirdi. Ayniqsa, mahalliy aholi madaniyati va san'ati diqqatini jalb etgan. XVI asrda musavvir matndan yanada uzoqlashdi, uning uchun dunyo haqidagi o'z tasavvurlarini ko'rsatish muhimroq bo'lib bordi, shuning uchun u kompozitsiyaga muallif nazarida kutmagan personajlarni kiritadi, turmush ikir-chikirlariga qiziqish kuchayadi (Sulton Muhammad).Hozirgi kunda ham yuqorida ko'rsatilgan badiy adabiyotlardan tashqari zamonaviy ilmiy adabiyotlar asosida o'rganilmoqda. [5]

NATIJALAR VA MUHOKAMA.

Rasmlarda Bobur hayoti. Buyuk o'zbek shoiri, olimi va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi, uning jahonga mashhur "Boburnoma"- "Vaqoe" asari mo'tabar qo'lyozmalarini ziynatlash uchun XVI-XVII asrlarda shimoliy Hindistonda ko'plab nafis mo'jaz rasmlar chizilgan. Mazkur rasmlarni asar mazmuni bilan qiyosiy o'rganish ham Bobur hayotini, ham rassomlar mahorat sirlarini tushunishgan, tarixiy voqealarning badiiy talqinini bilishga imkon yaratadi. .

Quyida asosan "Boburnoma"ning ikki mo'tabar nusxasi, ya'ni Britaniya muzeyi va Moskvadagi Davlat sharq xalqlari san'ati muzeyidagi rasmlardan va boshqa muzeylardagidan esa qisman foydalanildi.

Boburshunoslar an'anasiga binoan Bobur hayoti va ijodi uch davrga, ya'ni Farg'ona, Qobul va Hindiston davrlariga bo'lib o'rganildi, asosiy e'tibor "Boburnoma" asarini mazmunan qamrab olgan milodiy 1494 yildan to 1528 yillargacha yuz bergan voqealarga qaratildi.

Farg'ona. "Boburnoma"ning Farg'ona davri qismida Zahiriddin Muhammad Bobur hayotining Farg'ona vodiysi, Movarounnahr, Toshkentda kechgan o'n bir yili, bu joylardagi shahar, qishloq va kentlar, ularning tabiati, hayvonoti va hokazolar to'g'risidagi ko'plab ma'lumotlar yuksak mahorat bilan tasvirlanadi. Muallif goh talablarini mamnuniyat bilan qayd etsa, goh mag'lubiyatlari to'g'risida shunchaki xabar berib qolmay, ularni chuqur tahlil qiladi. [6]

Hindistonlik rassomlar Farg'ona davrining eng muhim voqea-hodisalarini tanlab, ana o'shalarni o'z rasmlarida tasvirlashga intilganlar. Jumladan, yosh Bobur Mirzoning o'n ikki yoshida Farg'ona taxtiga o'tirishi, o'z viloyatini tashqi hujumlardan himoya qilishi, ikki marta Movarounnahr poytaxti Samarqandni zabt qilishi, Andijondagi hokimiyatni qayta tiklashga urinishi va nihoyat, o'n bir yillik

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

janglardan so'ng o'z Vatanini tark yetib ketishi ham hindistonlik rassomlar asarlarida o'zining rangli tasvirini topgan.

Ma'lumki, otasining bevaqt halokati natijasida Andijon beklari o'n ikki yashar Bobur Mirzoni Farg'ona viloyatining hokimi qilib ko'taradilar. Bu voqealar tafsiloti bizga ma'lum besh miniatyurada aks ettirilgan bo'lib, ularda yosh Bobur Mirzoning ovdan qaytishi, Andijon beklarining Namozgohdagi yig'ilishi va yangi podshohning e'lon qilinishi tasvirlanadi. Bulardan Nomo nomli rassom yaratgan "Boburning Farg'ona taxtiga chiqishi" asari alohida ajralib turadi.

Rasmda shoh saroyi ayvonidagi taxtda yosh Mirzo tasvirlangan. Uning oldida ustodi Xoja Abdulloh Mavlono Qozi Bobur Mirzog'a yaxshi tilaklar bildirmoqda. Saroyda shaharning nufuzli beklari yig'ilgan bo'lib, katta ziyofatga tayyorgarlik ko'rilmoqda. Marosimda sozandalar va xonandalar ishtirok etishmoqda. Yosh Bobur Mirzoning o'z ustodiga hurmati suratda yaxshi aks ettirilgan. Bu bejiz emas edi. Chunki, keyinchalik Mirzo Boburning dushmanlari Xoja Abdullohni qatl etganlarida u achinib yozgan edi: "Xojai Qozi ajab kishi edi. Qo'rqmoq anda aslo yo'q erdi. Oncha daler kishi ko'rilgan emas... soyir el har necha bahodir bo'lsa, andak dag'dag'a va tavahhum yo'q edi". [7]

Yosh Bobur Mirzoning Farg'ona hukmdori yetib tayinlanishi, "Boburnoma"dan ma'lum bo'lishicha tahlikali daqiqalarda, ya'ni qo'shni hokimlarning hujumi paytida o'tgan edi. Shuning uchun saroydagi dabdabalar va ko'tarinki ruh rassomning o'z davri talablaridan kelib chiqib, asar mazmunidan bir oz chekinganini ko'rsatadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida "gi PF-4947-son Farmoni. www.lex.uz

2. A.A.Madraimov. Temuriylar va Boburiylar davri miniatyura san'ati rivoji. O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Temuriylar tarixi davlati muzeyi. -Toshkent: 2019 yil. 101-110-betlar.

3. Shohalil Shoyoqubov. Zamonaviy O'zbekiston miniatyurasi. - Toshkent: "O'zbekiston", 2006 yil.

4. A.A.Madraimov. Alisher Navoiy badiiy asarlarining 15-16-asrlardagi qo'lyozmalari. Temuriylar tarixi davlat muzeyi. -Toshkent: 2021 yil. 38-39-betlar.

5. Elmira Ismoilova. Sharq miniatyura maktablari. - Toshkent: G.G'ulom nashryoti, 1989 yil. 40-41-betlar

6. A.Madaminov, N.Normatov. Sharq miniatyura maktablari (maqolalar to'plami). - Toshkent: G'ofur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti, 1989 yil. 41-42-betlar.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

7. Yuldashev, I. (2022). LEGAL REGULATION OF THE REGISTRATION OF CHANGING THE LABOR CONTRACT. Science and Innovation, 7(7), 255-261.

8. Yuldashev, I. (2023). DEVELOPMENT OF PICTORIAL ART AND MINIATURE ART IN CENTRAL ASIA AND THEIR ROLE IN SOCIAL LIFE. Science and innovation, 2(C4), 13-18.

9. Yuldashev, I. (2023). INTERACTION OF MINIATURE ART WITH THE COMBINATION OF THE LITERATURE AND IDEOLOGICAL, AESTHETIC, AND MORAL IMAGINATION OF THE COMMUNITY. Science and innovation, 2(C7), 21-28.

10. Yuldashev, I. (2023). FACTORS OF CENTRAL ASIAN PEOPLES CONTRIBUTING TO THE DEVELOPMENT OF WORLD CULTURE. MOVAROUNNAHR ART OF LITERATURE IN THE XV TH CENTURY. Science and innovation, 2(C9), 11-16.

11. Kurbonova, B., & Yuldashev, I. (2022). UZBEK ARTIST AND CREATIVE WORKS IN THE PERIOD OF INDEPENDENCE. Research Focus, 1(2), 221-225.

12. Yuldashev, I., & Qurbonova, B. (2022). KITOB GRAFIKASIDA KOMPOZITSIYA HAMDA ADABIYOT ASARLARINI CHUQURROQ O'RGANISHDA ILLYUSTRATSIYANING AHAMIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(12), 1024-1031.

13. Ibrokhim, Y., Nazokat, A., Nodirjon, M., & Abdusalom, M. (2021). The Period Of Book Art. Turkish Online Journal of Qualitative Inquiry, 12(10).

14. Курбонова, Б. М., & Юлдашев, И. Т. (2015). К вопросам развития композиционного мышления студентов в процессе обучения изобразительному искусству. Молодой ученый, (7), 803-805.

15. Yuldashev, I. T., & Axmedova, N. E. (2022). DEKORATIV KOMPOZITSIYALARNI BAJARISHDA RANG MUNOSABATLARIDAGI O'ZARO UYG'UNLIK. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(12), 989-995.

16. Yuldashev, I. (2022). QADIMGI AN'ANALAR DAVOMIYLIGI USUL VA USLUBLARINI TURLI YO'NALISHLARDA TASVIRLASHDA KITOBAT HAMDA MINIATYURA SAN'ATINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 209-216.

17. Qurbonova, B., Sulaymanova, S., Akhmedova, N., & Yunusaliyev, M. (2023). Big Data, Artificial Intelligence and Smart Cities. In E3S Web of Conferences (Vol. 402, p. 03013). EDP Sciences.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

18. Sulaymanova, S. (2023). IMPORTANCE OF THE PATCHWORK NEEDLEWORK IN STUDY WHICH HAS GIVEN A BIRTH TO APPLIED ARTS, BASED MUCH ON ANCIENT OLD-TIME TRADITION. Science and innovation, 2(C4), 9-12.

19. Sulaymanova, S. (2023). ЗНАЧЕНИЕ ПЕРСПЕКТИВЫ В ИЗОБРАЗИТЕЛЬНОМ ИСКУССТВЕ И ОСОБЕННОСТИ ЕЕ ПРИМЕНЕНИЯ. Farg 'ona davlat universiteti ilmiy jurnali, (1), 75-79.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.