Научная статья на тему 'BO’STON TUMANI IQTISODIY-IJTIMOIY RIVOJLANISHI VA UNGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR'

BO’STON TUMANI IQTISODIY-IJTIMOIY RIVOJLANISHI VA UNGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Bo’ston tumani / iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishi / sanoat korxonalari qishloq xo’jaligi va ixtisoslashuvi. / Economic and social development of Boston district / industrial enterprises / agriculture and specialization.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — G’Ulomova S.M., Sariqulov M.O.

Ushbu maqolada Bo’ston tumanidajoylashgan sanoat korxonalari, qishloq xo’jaligi haqida ma’lumotlar berilgan. Sanoat korxonalar soni, joylashuvi, qanday turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishi hamda qishloq xo’jaligi yer maydonlari, va qanday ekinlar yetishtirishga ixtisoslashganligi haqida umumiy ma’lumotlar berilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ECONOMIC-SOCIAL DEVELOPMENT OF BOSTON DISTRICT AND FACTORS AFFECTING IT

This article provides information about Boston district, as well as industirial enterprises and agriculture located in the district. General information is provided about the number and location of industrial enterprises, what types of products they produce, and agricultural land areas and what crops they specializein.

Текст научной работы на тему «BO’STON TUMANI IQTISODIY-IJTIMOIY RIVOJLANISHI VA UNGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR»

G'ulomova S.M. Andijon davlatpedagogika institute "Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari" yo'nalishi 2-bosqich talabasi Sariqulov M.O.

Tabiiy fanlar kafedrasi o'qituvchisiAndijon shahri Do "stlik ko"chasi 2-uy

BO'STON TUMANI IQTISODIY-IJTIMOIY RIVOJLANISHI VA UNGA

TA'SIR ETUVCHI OMILLAR

Annotatsiya. Ushbu maqolada Bo 'ston tumanidajoylashgan sanoat korxonalari, qishloq xo'jaligi haqida ma'lumotlar berilgan. Sanoat korxonalar soni, joylashuvi, qanday turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishi hamda qishloq xo'jaligi yer maydonlari, va qanday ekinlar yetishtirishga ixtisoslashganligi haqida umumiy ma 'lumotlar berilgan.

Kalit so 'zlar. Bo 'ston tumani, iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishi, sanoat korxonalari qishloq xo'jaligi va ixtisoslashuvi.

Ghulamova S.M. student of the 2nd stage "Basics of Geography and Economic Knowledge " course

Andijan State Pedagogical Institute

Sarikulov M.O. teacher

Department of Natural Sciences Uzbekistan, Andijan

ECONOMIC-SOCIAL DEVELOPMENT OF BOSTON DISTRICT AND

FACTORS AFFECTING IT

Annotation.This article provides information about Boston district, as well as industirial enterprises and agriculture located in the district. General information is provided about the number and location of industrial enterprises, what types of products they produce, and agricultural land areas and what crops they specializein.

Key words. Economic and social development of Boston district, industrial enterprises, agriculture and specialization.

Asosiy qisim. Bo'ston tumani (1950-2019 yillarda Bo'z tumani) Andijon viloyatining janubiy-g'arbiy qismida joylashgan tuman hisoblanadi. 1950-yil Ozbekiston SSR xalq deputatlari kengashi qarori bilan tashkil etilgan.

Mustaqillikdan so'ng 2019-yil 30-sentabrda Bo'z tumani Bo'ston nomiga o'zgartirilgan. Tumanning yer maydoni - 200,5 km.kv.

Umumiy chegara uzunligi - 70,9 kmni tashkil etib, shundan shimol va shimoliy-g'arbdan Andijon viloyatining Ulug'nor tumani bilan -14,2 km da, shimolda Baliqchi tumani bilan- 1.8km, sharqda Shahrixon tumani bilan -34,4 km, janubiy-g'arbda Farg'ona viloyatining Yozyavon tumani bilan-20,4 km, janubda esa Farg'ona viloyati Qo'shtepa tumani, janubiy sharqda Quva tumani bilan chegaradosh hisoblanadi. Bo'ston tumani aholi soni-71710 (2020) kishi. Shundan shahar aholisi-25.2 ming kishi, qishloq aholisi-46.5 ming kishi. Aholi zichligi(1km. kv.ga) 354 kishini tashkil etadi. Mamuriy hududiy tuzilishiga ko'ra tumanda aholi punktlari soni-25 tani tashkil etadi. Mahalla fuqarolar yig'inlari-25ta, xonadonlar soni-13868 ta, oilalar soni -18603 tani tashkil qiladi. Tuman markazi-Bo'ston shaharchasi. Bo'ston tumani Farg'ona vodiysining markaziy qismida joylashgan. Bo'ston tumanining yer yuzasi dengiz sathidan 500 metr balandlikdagi tekisliklardan iborat. Tuman hududi 3 ta massivga bo'linadi. 1)Sharquy Yozyovon massivi. 2)Katta Farg'ona kanali massivi. 3)Ulug'nor massivi.

Tuman xo'jaligining drayver tarmog'i qishloq xo'jalik mahsulotlari yetishtirish va uni qayta ishlash tarmoqlari hisoblanadi.

Qishloq xo'jaligi: Qishloq xo'jaligida foydalaniladigan umumiy yer maydoni-20047gektar, shundan, jami ekin yer maydoni-13827gektar, shu jumladan sug'oriladigan yerlar-13827gektar, o'rtacha sho'rlanish darajasi esa-44%, ko'p yillik daraxtzorlar-735gektar, shundan: bog'lar-347gektar,uzumzorlar-42 gektar tutzorlar-346gektar, tamorqa ekin yerlari-1134,5 gektar, foydalanishdan chiqqan yerlar esa- 39 gektar.

QISHLOQ XO'JALIGIDA FOYDALANADIGAN UMUMIY YERLAR MAYDONI

1 Umumiy yer maydoni 20047

2 Jami ekin maydoni 13827

3 Shu jumladan sug'oriladigan 13827

4 Shundan: sho'rlangan yerlar 44%

5 Ko'p yillik daraxtzorlar 735

6 Shundan: bog'lar 347

7 Uzumzorlar 42

8 Tutzorlar 346

9 Tomorqa ekin yerlari 1134,5

10 Foydalanishdan chiqqan yerlar 39

Bo'ston tumani sanoat korxonalari. Sanoat korxonalaridan asosan foydali qazilma boyliklari, lekin foydali qazilma turlari va korxona nomlari qayd etilmagan. Tumanda sanoat korxonalari jami soni 114 tani tashkil etadi. Shundan yirik korxonalar, kichik korxonalar mikrofirmalarga bo'linadi.

SANOATNING TARMOQLAR BO'YICHA TARKIBI

№ Ko'rsatkichlar nomi Korxona soni Mahsulot hajmi (mln.so'm) O'sish surati Jamidagi ulushi

Jami sanoat ishlab chiqarish 38 315510 138,5 1.1

Oziq ovqat sanoati 19 55730 138.5 0.9

Meva sanoatlarini qayta ishlash sanoati - - - -

Go'sh va go'sht mahsulotlarini ishlab chiqarish sanoati 1 10 000 150 3

Sut va sut mahsulotlarini ishlab chiqarish sanoati 5 45 025 173 2.3

Qandolat va non mahsulotlari sanoati 11 3 673.9 120 0.7

Sanoatning tarmoqlar tarkibi boyicha, oziq-ovqat sanoati shundan, meva sabzavotlarni qayta ishlash sanoati, go'sht va go'sht mahsulotlarini ishlab chiqarish sanoati, sut va sut mahsulotlarini ishlab chiqarish sanoati, qandolat va non mahsulotlari sanoati, vino va spirtli mahsulotlar sanoati, boshqa turdagi oziq ovqat sanoat tarmoqlariga bo'linadi.Nooziq-ovqat sanoati, shundan mashinasozlik sanoati, metallni qayta ishlash sanoati, kimyo sanoati, yengil sanoat, charm- poyabzal sanoati, farmaseftika sanoati, qurulish sanoati, elektotexnika sanoati, boshqa turdagi nooziq- ovqat sanoatiga bo'linadi.

YIRIK VA ASOSIY KICHIK SANOAT KORXONALARI

№ Korxona nomi Yillik ishlab chiqarish quvvati 2019 yilda ishlab chiqarildi Ishchil ar soni

Natura shakli Mln. so'm O'sish surati (%) Eksport hajmi

1 Jami sanoat 315510 138,5 8145 1845

2 Yirik korxonalar bo'yicha jami: 58155 101,4 10000 250

3 -Bo'ston tumani " Sayyora favvorasi"MCHJ 58155 101,4 10000 250

4 -kalava ip 800 tonna 630 tonna 58 155 102.2 10 000 250

5 Kichik korxonalar bo'yicha jami

6 EVRO Ekfin MCHJ 400k m 320 km 6 400 96.4 800 235

7 Sut mahsulotlarini qayta ishlash 90 000 tonna 75 000 tonna

Xulosa. Bugungi kunda tumanimiz - viloyatda va respublikada o'zining rivojlanishi bilan iqtisodiy ko'rsatkichlarida namoyon bo'lmoqda. Qishloq xo'jaligi yerlari paxtachilik bilan birgalikda sabzavotchilik, poliz ekinlari dehqonchiligi rivojlanib bormoqda. Qishloq xo'jaligida yangi klaster xo'jaliklkari tashkil etilib qishloq xo'jaligi va sanoat rivojlanib bormoqda. Klaster respublikamizni iqtisodiy rivojlanishida turtki bo'ldi. Tumanimizda ilgari faqatgina yengil sanoat tarmog'i mavjud edi. Bu sohada islohatlar olib borilib kichik klaster korxonalari Qodir textile, Sabo textile tashkil etildi. Oziq- ovqat sanoati ham rivojlandi. (Rashk milk, sut mahsulotlarini qayta ishlash.) Bu korxonalar tashkil etilishi natijasida mehnat resurslari bandligi muammosi hal etildi. Hozirgi kunda tumanda mehnat resurslari ko'payib borishi orqali ishsizlar soni ko'paymoqda. Buni oldini olish maqsadida yirik hajimga ega bo'lgan sanoat korxonalarini qurish va tashkil etish maqsadga muvofiq.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Bo'ston tumani pasporti.

2. Sh K. D., Sarikulov M. O. ANDIJON VILOYATI IQTISODIY TARMOQLARIDAGI TARKIBIY VA HUDUDIY O'ZGARISHLAR, HAMDA, O'SISH QUTBLARI'' //Экономика и социум. - 2023. - №№. 11 (114)-1. - С. 147-150.

3. Sarikulov, M. O., and G. Olimova. "BALIQCHI TUMANI AHOLISINING YOSH TARKIBI VA MEHNAT RESURSLARINING IQTISODIYOT TARMOQLARIDAGI BANDLIGI VA ISHSIZLIK DARAJASI TAHLILI." Экономика и социум 1-1 (104) (2023): 99-104.

4. Хайдаров Н.Х. Махдллий бюджетлар: муаммо ва инновацион ечимлар. Узбекистан статистика ахборотномаси" илмий электрон журнали. 2020

5. T.Malikov, N.Haydarov. Budjet daromadlari va xarajatlari. O 'quv qo 'llanma, Toshkent: "IQTISOD-MOLIYA, 2007

6. A.V.Vaxabov, Sh A.Tashmatov, N.X.Xaydarov. Moliyaviy savodxonlik asoslari: o'quv qo'llanma-Toshkent. Baktria Press. 2013

7. Sarikulov M.O, Saidto'rayeva Kh.I LOGISTICS COMPLEXES SPECIALIZED IN INTENSIVE CULTIVATION, PROCESSING, DRYING AND SALE OF FRUIT AND VEGETABLE PRODUCTS IN KHOJHAABAD

DISTRICT (AS AN EXAMPLE OF NAVIGUL LOGISTICS CENTER) "Экономика и социум" №2(105) 2023 332-335 b

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.