Научная статья на тему 'BO‘LG‘USI O‘QITUVCHILARDA O‘QUVCHILARNING IJTIMOIY FAOLLIGINI OSHIRISHGA YO‘NALTIRILGAN PERSEPTIV QOBILIYATLARNI RIVOJLANTIRISH SAMARADORLIGI'

BO‘LG‘USI O‘QITUVCHILARDA O‘QUVCHILARNING IJTIMOIY FAOLLIGINI OSHIRISHGA YO‘NALTIRILGAN PERSEPTIV QOBILIYATLARNI RIVOJLANTIRISH SAMARADORLIGI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
67
24
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
jamiyat / faollik. ta’lim / o‘quvchi / ijtimoiy faollik / mas’uliyatlilik / kompetensiya / ijtimoiy kompetentlik / faoliyat / ijtimoiy moslashuv

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Zokirov Mirzaraxim Abdualiyevich, Yo’Ldashev Dilshodjon Mamirovich

Ushbu maqolada o‘quvchilarda tayanch kompetensiyalarni shakllantirish asosida ijtimoiy faollikni shakllantirish mazmuni, ijtimoiy faollikning tarkibiy qismi sifatida vujudga kelgan ziddiyatlar va muammolarni bartaraf etish ko‘nikmasiga ega bo‘lish o‘quvchilarni kelajakda mikrosotsiumda munosib o‘rin egallashlariga ko‘maklashishi, o‘quvchilar faoliyatida har doim namoyon bo‘lmaydigan, biroq ularning xatti-harakatlari orqali seziladigan ijtimoiy faollikning muhim tarkibiy qismlari tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO‘LG‘USI O‘QITUVCHILARDA O‘QUVCHILARNING IJTIMOIY FAOLLIGINI OSHIRISHGA YO‘NALTIRILGAN PERSEPTIV QOBILIYATLARNI RIVOJLANTIRISH SAMARADORLIGI»

BO'LG'USI O'QITUVCHILARDA O'QUVCHILARNING IJTIMOIY FAOLLIGINI OSHIRISHGA YO'NALTIRILGAN PERSEPTIV QOBILIYATLARNI RIVOJLANTIRISH SAMARADORLIGI

Zokirov Mirzaraxim Abdualiyevich Yo'ldashev Dilshodjon Mamirovich

QDPI

Annotatsiya: Ushbu maqolada o'quvchilarda tayanch kompetensiyalarni shakllantirish asosida ijtimoiy faollikni shakllantirish mazmuni, ijtimoiy faollikning tarkibiy qismi sifatida vujudga kelgan ziddiyatlar va muammolarni bartaraf etish ko'nikmasiga ega bo'lish o'quvchilarni kelajakda mikrosotsiumda munosib o'rin egallashlariga ko'maklashishi, o'quvchilar faoliyatida har doim namoyon bo'lmaydigan, biroq ularning xatti-harakatlari orqali seziladigan ijtimoiy faollikning muhim tarkibiy qismlari tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: jamiyat, faollik. ta'lim, o'quvchi, ijtimoiy faollik, mas'uliyatlilik, kompetensiya, ijtimoiy kompetentlik, faoliyat, ijtimoiy moslashuv

EFFECTIVENESS OF DEVELOPMENT OF PERCEPTIVE SKILLS DIRECTED TO INCREASE THE SOCIAL ACTIVITY OF STUDENTS IN

FUTURE TEACHERS

Zakirov Mirzarakhim Abdualievich Yoldashev Dilshodjon Mamirovich

KSPI

Abstract: In this article, the content of forming social activity based on the formation of basic competencies in students, the ability to eliminate conflicts and problems that have arisen as a component of social activity will help students to occupy a worthy place in the micro-society in the future, Important components of social activity, which are not always manifested in the students' activities, but can be felt through their actions, are analyzed.

Keywords: society, activity. education, student, social activity, responsibility, competence, social competence, activity, social adaptation

Bo'lg'usi o'qituvchilarda o'quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirishga yo'naltirilgan perseptiv qobiliyatlarni rivojlantirish jarayoni ularning o'z sohasiga munosabatini, mas'uliyatini oshirishga, dunyoqarashini o'zgartirishga, faoliyatiga ongli yondashishga, ijodkorlik, faollik, tashabbuskorlik, fidoiylik, mehnasevarlik,

insonparvarlik kabi qator xususiyatlarni shakllantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, mazkur jarayonda talabalarga perseptiv fikrlashning mazmun-mohiyati, ahamiyati va zaruriyati haqida tushunchalar berilishi natijasida, ya'ni perseptiv fikrlash ko'nikmasini takomillashtirish talabalarda hayotga, mehnatga, o'qishga va tarbiyaviy munosabatlarga yangicha yondashishga, o'z kasbini mukammal egallashga, fannini chuqur o'rganishga, o'z ustida muntazam ishlashga, ijod qtilishga, o'z-o'zini nazoratini olib borishga, natijalarini tahlil qilishga ijobiy munosabatni tarkib toptirishga, o'zaro muomala, pedagogik madaniyatni egallashga xizmat qiladi.

Bizning fikrimizcha, bo'lg'usi o'qituvchilarda o'quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirishga yo'naltirilgan perseptiv qobiliyatlarni rivojlantirish yo'nalishidagi pedagogik jarayonlarni tashkil etishda quyidagi omillarga e'tibor qaratish zarur:

- ta'lim-tarbiya jarayonining samaradorligini ta'minlashda talabalarning perseptiv fikrlashni, ijtimoiy faollikni va mustaqil faoliyatining shakllanganligi;

- shaxslararo munosabatlarda yangicha yondashish va perseptiv fikrlashni takomillashtirishga ta'sir ko'rsatuvchi ta'limiy-tarbiyaviy munosabatlarning mavjudligi;

- perseptiv fikrlash ko'nikmasini takomillashtirishda pedagogik jarayonlarning o'zaro integratsiyasi va aloqadorligini ta'minlanishi;

- ta'lim-tarbiya jarayonlarida talabalarni perseptiv fikrlash ko'nikmasini takomillashtirishda shaxsga yo'naltirilgan ta'limning ta'siri, o'ziga xos ahamiyati va zaruriyati;

- bo'lg'usi o'qituvchilarda o'quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirishga yo'naltirilgan perseptiv qobiliyatlarni rivojlantirishda motivlashtirishning samaradorligi mazkur jarayonni natijadorligini ifodalashi;

- talabalarning perseptiv fikrlash ko'nikmalarini takomillashtirish jarayonlari samaradorligining motivlashtirishga bog'liqligi;

- motivlashtirish jarayonida yangi ma'lumotlarning ahamiyati va roli.

Demak, bo'lg'usi o'qituvchilarda o'quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirishga yo'naltirilgan perseptiv qobiliyatlarni rivojlantirish yo'nalishidagi pedagogik jarayonlarni tashkil etishda alohida e'tibor talab qilayotgan birinchi omil ta'lim-tarbiya jarayonining samaradorligini ta'minlashda talabalar perseptiv fikrlashi, kasbiy va shaxsiy faolligi va mustaqil faoliyat yuritishga to'g'ri yo'naltirilishi muhim ahamiyatga ega bo'lib, pedagogik jarayonlarda talabalarning faolligini ta'minlashda ularning mustaqil faoliyati, ya'ni mustaqil ta'lim va mustaqil ma'lumotlar olishi hamda o'zini-o'zi tarbiyalashi muhim ahamiyat kasb etadi va bu ahamiyat ularni perseptiv bilimlar bilan qurollanishga asos sifatida xizmat qilishida o'z ifodasini topadi.

Ta'lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etishda qo'llaniladigan zamonaviy yondashuvlar, integrativ ma'ruzalar, amaliy mashg'ulot, seminar-treninglar, Veb binarlardan foydalanish bilan bir qatorda, talabalarga oldindan tarqatiladigan anketa-so'rovnomalar, tezkor savol va tezkor javob topshiriqlaridan foydalanish juda katta natija beradi.Talabalarda perseptiv fikrlash ko'nikmalarini takomillashtirish yo'nalishida tashkil etiladigan amaliy va seminar mashg'ulotlarni talabalarning boshlang'ich tushunchalariga asosan, ya'ni ularning boshlang'ich tushunchalarini o'rganish va tahlil qilish orqali ular tomonidan mustaqil ravishda o'rganilgan adabiyotlar, ma'ruzalar jarayonida berilgan ma'lumotlar asosida takomillashtirilishi, o'rganiladigan asosiy tushunchalarni test va modellar ko'rinishida ifodalash uchun imkoniyat yaratadi. Bo'lg'usi o'qituvchilarda o'quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirishga yo'naltirilgan perseptiv qobiliyatlarni rivojlantirish jarayonlarida interfaol suhbat, ishchanlik o'yinlari, seminar-trening kabi metodlardan foydalanish talabalarni mustaqil va erkin fikrlashga o'rgatishda o'ziga xos ahamiyat kasb etadi, chunki o'qitishning faol metodlari hisoblangan mazkur metodlar ta'lim-tarbiya jarayonida talabalarning faolligini ta'minlaydi, ya'ni talabalarda innovatsion va ijodiy fikrlash ko'nikmalarini takomillashtirishga xizmat qiladi. Ishchanlik o'yini jarayonida ishtirok etuvchi talabalar perseptiv fikrlashga yo'naltirilgan asosiy tushunchalarni o'zlashtirish bilan bir qatorda, mazkur tushunchalarning mazmun-mohiyati, ahamiyati va zaruriyatini tahlil qiladilar, tahlil natijalariga ko'ra xulosalar shakllantiriladi va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Ishchanlik o'yini davomida talabalarning boshlang'ich tushunchalari, fikrlashi, tafakkuri, dunyoqarashi, ko'nikma va malakalarini egallanganlik darajasi aniqlanadi hamda vujudga kelgan vaziyatlarga ko'ra topshiriqlar muvofiqlashtiriladi. Ishchanlik o'yini talabalarning refleksiv qobiliyatlari va imkoniyatlari darajasini hamda kreativ va ijodiy fikrlashini rivojlantiradi.

Bo'lg'usi o'qituvchilarda o'quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirishga yo'naltirilgan perseptiv qobiliyatlarni rivojlantirishda trening metodi muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, trening ta'lim-tarbiya jarayonining samaradorligini ta'minlashda, qo'yilgan maqsadlarni muvoffaqiyatli yakun topishida ham yuqori natijani qo'lga kiritish imkonini beradi. Mazkur metodga asoslanib tashkil etilgan ta'lim-tarbiya jarayonida talabalarda perseptiv fikrlash, tasavvur, tafakkur va kommunikatsion hamda ijtimoiy ko'nikmalar shakllanadi. Trening jarayonida talabalarning o'zaro ta'sir ko'rsatishi natijasida ularda muloqotning turli xil uslublaridan foydalanish malakalari rivojlanadi. Bo'lg'usi o'qituvchilarda o'quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirishga yo'naltirilgan perseptiv qobiliyatlarni rivojlantirish imkoniyati juda katta, chunki yangiliklar, yangilanishlar, o'zgarishlar, innovatsiyalar tom ma'noda ta'lim tizimini samaradorligiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi bu

talabalarni ham perseptiv faoliyatga maqsadli yo'naltiradi, ham perseptiv fikrlashga chorlaydi. Mazkur jarayon to'rt bosqichda amalga oshiriladi:

1. Muammoni tahlili asosida aniqlash;

2. Mo'ljallanilayotgan ta'lim tizimini loyihlash;

3. O'zgarishlar va yangiliklarni rejalashtirish;

4. O'zgarishlarni amalga oshirish.

Bo'lg'usi o'qituvchilarda o'quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirishga yo'naltirilgan perseptiv qobiliyatlarni rivojlantirish asosida perseptiv faoliyatga tayyorgarligini ta'minlash 3 bosqichda amalga oshirish maqsadga muvofiq bo'ladi:

1. Yangilikni pedagogik faoliyatda qo'llashdan oldingi davrdagi talabani fikrlash ko'nikmalarini tahlil qilish;

2. Perseptiv fikrlash ko'nikmalarini takomillashtirishning faol o'sish davrini tahlil qilish;

3. Pedagogik jarayonga yangilik kiritilib bo'lgandan keyingi jarayondagi talabani fikrlash ko'nikmasini tahlil qilish.

Yuqoridagi fikrlarga qo'shilgan holda aytish mumkinki, talabalarni perseptiv fikrlash ko'nikmasiga tayyor bo'lib, darsga eng so'nggi yangiliklarni olib kirib, talabaga qiziqarli va uning ehtiyojiga mos bilim, ko'nikma va malakani shakllantirishini yuqori saviyada tashkil etsagina, sifat va samaradorlikni kafolatlash mumkin.

Bu holat talabalarni pertseptiv fikrlashi va tafakkur qilishi uchun mazkur faoliyatga innoavatsion yondashishi, ularda qiziqish va mativatsiyani uyg'otadi. Talabalada mustaqil pertseptiv fikrlash ko'nikmasi rivojlanadi, asta-sekin olingan ma'lumotlar va to'plangan axborotlar pertseptiv faoliyat yuritishni, o'z-o'zini nazorat qilishni, har bir hodisa va voqeaga krieativ yondashish malakalarini hosil qiladi, unga nisbatan yehtiyoj, mas'uliyat va munosabat ortib boradi.

Bo'lg'usi o'qituvchilarda o'quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirishga yo'naltirilgan pertseptiv qobiliyatlarni rivojlantirishing natijadorligi quyidagi holatlarda ko'rinadi:

- pertseptiv fikrlash ko'nikmalarini takomillashtirishni amalga oshirishda dastlab aniq maqsadga ega bo'lish;

- ta'lim-tarbiya jarayoniga metodik jihatdan to'g'ri yondasha olishi, metodik tayyorgarlikka yetarli yegalik;

- nostandart vaziyatlarni tahlil yetib borish, tezkor xulosa va qarorlar chiqara bilishi;

- ziddiyat va muammolarni o'rganish va ularni bartaraf yetishning maqbul variant va usullarini izlab topish,

- pedagogik kuzatish, tajribada o'rganish, olingan natijalarni tahlil qilish va tizimlashtirish;

- o'z ustida mustaqil ishlashni muntazam amalga oshirib borish;

- olib borayotgan faoliyati natijalarini nazorat va tahlil qila qilib borish;

- yangi axborot kommunikatsion texnologiyalaridan saamarali foydalanib borish malakasining yegallanganligi;

- yangi g'oya, fikr, qarashlarni izlab topa olishi, ularni amaliyot jarayonlariga jarayonlariga keng tadbiq yetishga tayyorgarligi.

Biz 2015-2021 yillar davomida talabalarning pertseptiv fikrlash ko'nikmasini takomillashtirish jarayonlarini majmuaviy o'rganishni amalga oshirdik. U ta'kidlovchi va shakllantiruvchi pedagogik sinovlardan iborat bo'ldi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Kalinina N.V. Razvitiye sotsialnoy kompetentnosti shkolnikov v obrazovatelnoy srede: psixologo-pedagogicheskoye soprovojdeniye / N.V. Kalinina. - Ulyanovsk: UIPK PRO, 2014. - 228 s.

2. Lukyanova M.I. Psixologicheskiye aspekti razvitiya sotsialnoy kompetentnosti shkolnikov. - Ulyanovsk, 2003. - 207 s.

3. Pervutinskiy V.G. Razvitiye sotsialnoy kompetentnosti studenta v usloviyax professionalnoy podgotovki / V.G. Pervutinskiy.- Sankt-Peterburg, 2002. - 320 s. 58.

4. Sharifzoda S. The use of an integrative approach in the formation of basic competencies in students as a socio-didactic necessity // Journal of critical reviews ISSN- 2394-5125 vol 7, issue 12, 2020 3115.

5. Zokirov Mirzaraxim Abdualiyevich O'QUVCHILARDA IJTIMOIY FAOLLIKNI RIVOJLANTIRISHNING PERSEPTIV ASOSLARI // SAI. 2022. №B3. URL: https://cyberleninka.ru/article/n7uvchilarda-izhtimoiy-faollikni-rivozhlantirishning-pertseptiv-asoslari (data obra^eniya: 08.11.2022).

6. Abdualiyevich Z.M.O'QUVCHILARDA TAYANCH KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISH ASOSIDA IJTIMOIY FAOLLIKNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI //BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR ONLAYN ILMIY JURNALI. - 2022. - S. 330-333.

7. Zokirov M. A. O'QUVCHILARDA TAYANCH KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISH ASOSIDA IJTIMOIY FAOLLIKNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI //Oriental Art and Culture. - 2021. - T. 2. - №. 4. - S. 491-197.

8. Abdualiyevich Z. M. CONTENT AND ESSENCE OF THE TOPIC" PSYCHOLOGY OF COMMUNICATION" //ResearchJet Journal of Analysis and Inventions. - 2021. - T. 2. - №. 04. - S. 300-305.

9. 3OKHPOB Mnp3apaxHM A6gyanneBHH YKYBTOTAP^A H^THMOHH OAO-T-THKHH PHBO^AHTHPHmHHHT nEPUEnTHB ACOQTAPH // SAI.

"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X Volume 4 Issue 1 / February 2023

2022. №B3. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/uvchilarda-izhtimoiy-faollikni-rivozhlantirishnmg-pertseptiv-asoslari (дата обращения: 09.12.2022).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.