Научная статья на тему 'TАLАBАLАR ILMIY-IJODIY FАOLLIGINI OSHIRISHNING PEDАGOGIK АSOSLАRI'

TАLАBАLАR ILMIY-IJODIY FАOLLIGINI OSHIRISHNING PEDАGOGIK АSOSLАRI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
36
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
ilmiy-ijodiy faoliyat / pedagogika / yosh avlod

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — M.Yo’Ldoshev, Dilshodjon Yo‘Ldoshev

Maqolaning mazmunida yosh avlodning dunyoqarashini, tafakkurini va ilmiy-ijodiy faolligini oshirish, mustaqil fikrlashni shakllantirishda ajdodlarimiz o‘tmishi, milliy va diniy anʼanalarimiz, maʼnaviy qadriyatlarimizni o‘rganish, milliy o‘zlikni anglash, demokratik adolatli, huquqiy davlat qurishga o‘z xissasini qo‘shadigan, mustaqil fikrlash orqali talabalarning ilmiy-ijodiy faolligini oshirish mahoratini egallashiga qaratilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TАLАBАLАR ILMIY-IJODIY FАOLLIGINI OSHIRISHNING PEDАGOGIK АSOSLАRI»

TALABALAR ILMIY-IJODIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING PEDAGOGIK

ASOSLARI

M.Yo'ldoshev Dilshodjon Yo'ldoshev Qo'qon DPI

Annotatsiya: Maqolaning mazmunida yosh avlodning dunyoqarashini, tafakkurini va ilmiy-ijodiy faolligini oshirish, mustaqil fikrlashni shakllantirishda ajdodlarimiz o'tmishi, milliy va diniy an'analarimiz, ma'naviy qadriyatlarimizni o'rganish, milliy o'zlikni anglash, demokratik adolatli, huquqiy davlat qurishga o'z xissasini qo'shadigan, mustaqil fikrlash orqali talabalarning ilmiy-ijodiy faolligini oshirish mahoratini egallashiga qaratilgan.

Kalit so'zlar: ilmiy-ijodiy faoliyat, pedagogika, yosh avlod

PEDAGOGICAL FUNDAMENTALS OF INCREASING THE SCIENTIFIC AND CREATIVE ACTIVITY OF STUDENTS

M.Yoldoshev Dilshodjon Yoldoshev Kokand SPI

Abstract: The main idea of this given article is that it is directed to wide outlook, intellect and improving science-creative potential of the next generation. Furthermore, it is written about forming independent thinking of students by increasing experience of science-creative potential that is based on the history of ancestry, national and religious traditions with the help of these students would contribute in building and improving constitutional state.

Keywords: scientific and creative activity, pedagogy, young generation

Mustaqil rivojlanayotgan Respublikamizda yosh avlodning dunyoqarashini tafakkurini va ilmiy-ijodiy faolligini oshirish, mustaqil fikrlashni shakllantirish, ajdodlarimiz o'tmishi, milliy va diniy an'analarimiz, ma'naviy qadriyatlarimizni o'rganish, milliy o'zlikni anglash, demokratik adolatli, huquqiy davlat qurishga o'z hissasini qo'shadigan, mustaqil fikrlash orqali talabalarning ilmiy-ijodiy faolligini oshirish mahoratini egallash, tarbiyalash imkonini beradi.

Chunki ma'naviy va axloqiy pok insonning bunyodkorlik faoliyati, aqliy fikr yuritishi kuchli bo'ladi, insoniy kamoloti, fazilati unga kuch quvvat bag'ishlaydi. Mustaqil fikrlash orqali ilmiy-ijodiy faolligini oshirishda, ma'naviy yetuk, aql-idrok

sohibi bo'lgan talabalarni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.Oliy o'quv yurti talabalarini mustaqil fikrlash orqali ilmiy-ijodiy faolligini oshirish, malakalarini shakllantirishning pedagogik asosi ularning qiziqishlari moyilliklarini rivojlantirish bo'lib, u muhim ahamiyat kasb etadi.Chunki mustaqil fikrlaydigan shaxs mustaqil harakat qiladi. Shuning uchun ham talabalarda mustaqil fikrlash orqali ilmiy-ijodiy faolligini oshirishni shakllantirish uning barkamol rivojlanishi, farovonligi, shaxs manfaatlarining ro'yobga chiqishi uchun shart-sharoit yaratish zarur. Bunday yondashuv ta'lim jarayonida talabalarning ijodiy faolligini oshiradi, mustaqil fikrlash orqali faoliyatini kengaytiradi Ta'lim jarayonida talaba shaxsi, uning ichki dunyosi, imkoniyatlarining erkinligi va adolat, ezgulik va baxtning axloqiy negizlariga yo'naltiriladi. Shu bois biz kuzatish va tajriba asosida talabaning ijodiy qobiliyatlarini aqliy mushohada qilishda mustaqil fikrlash orqali ilmiy-ijodiy faolligini oshirishni rivojlantirishning pedagogik asoslariga quyidagilarni kiritish mumkin deb hisobladik:

1. Shaxs-talabaning psixologik-pedagogik xususiyatlarini tashxis orqali aniqlash.

2. Oliy o'quv yurtida dars jarayonida pedagogik texnologiyalarni maqsadli tanlash, o'qitish shakli, vosita va metodlarini shaxs mustaqil fikrlashi orqali ilmiy-ijodiy faolligini oshirishni rivojlantirishga yo'naltirish.

3. Ijodiy fikrlashga o'rgatish jarayonining uzluksizligini ta'minlash.

4. Talabalarni mustaqil fikrlash, ilmiy-ijodiy faolligini oshirish orqali shaxs kelajagini faraz qilish, shunga ko'ra ta'limiy sifat jihatdan yuqori bo'lishiga erishish.

Ushbu pedagogik asoslarning ta'limda o'z ifodasini topishi talabalar mustaqil fikrlashi orqali ilmiy-ijodiy faolligini oshirishni rivojlantirish, ularning mustaqil fikrlash qobiliyatini to'g'ri aniqlash va rivojlantirish ta'lim vositalarini to'g'ri qo'llash imkonini beradi. Buning uchun o'qituvchi - talabalarni mustaqil fikrlash orqali ijodiy faolligini oshirishni shakllantirish jarayonida ularga insoniy munosabatda bo'lish talab etiladi. Jumladan, talabalarga mehr-muruvvatli bo'lish, har bir talabani kelajagiga ishonish va ishontirish, talabalar bilan hamkorlik qilish, erkin, ijodiy fikrlash uchun o'quv sharoitini yaratish, mustaqil fikrlash mezoni va omillariga diqqat qilish kabilarga ahamiyat berish zarur.

Demak, pedagogik masalalarni yechish orqali mustaqil fikrlashni rivojlantirishda o'qituvchi -talabalarni darsdan tashqari paytlarda ham mustaqil fikrlash orqali ilmiy-ijodiy faolligini oshirishga odatlantirish, har doim o'z fikrini mustaqil ifodalay olishi, ijodiy faolligini oshirib borishi lozim, qobiliyatlarini shakllantirishga ahamiyat berish zarur.

O'zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturida shaxsni shakllantirish, har bir insonni farovon hayot kechirish, baxtli yashashga tayyorlashdan iborat ekanligi tasdiqlangan. Buning uchun esa har bir inson o'zligini bilishi, o'zini - o'zi boshqara olishi va nazorat qilishi, ijodiy fikr egasi bo'lishi bilan

birga, milliy istiqlol mafkurasining asosiy maqsadi bo'lgan Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi g'oyasining mazmunini teran anglab yetish ham zarur. Chunki inson kamoloti jismoniy, ahloqiy va aqliy rivojlanganlikdan iborat bo'lib, bu o'rinda mustaqil fikrlash, pedagogik masala yechish orqali ijodiy fikr, mulohaza qilish yetakchi va ustuvor mohiyatga egadir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Kalinina N.V. Razvitiye sotsialnoy kompetentnosti shkolnikov v obrazovatelnoy srede: psixologo-pedagogicheskoye soprovojdeniye / N.V. Kalinina. -Ulyanovsk: UIPK PRO, 2014. - 228 s.

2. Lukyanova M.I. Psixologicheskiye aspekti razvitiya sotsialnoy kompetentnosti shkolnikov. - Ulyanovsk, 2003. - 207 s.

3. Pervutinskiy V.G. Razvitiye sotsialnoy kompetentnosti studenta v usloviyax professionalnoy podgotovki / V.G. Pervutinskiy.- Sankt-Peterburg, 2002. - 320 s. 58.

4. Sharifzoda S. The use of an integrative approach in the formation of basic competencies in students as a socio-didactic necessity // Journal of critical reviews ISSN- 2394-5125 vol 7, issue 12, 2020 3115.

5. Zokirov Mirzaraxim Abdualiyevich O'QUVCHILARDA IJTIMOIY FAOLLIKNI RIVOJLANTIRISHNING PERSEPTIV ASOSLARI // SAI. 2022. №B3. URL: https://cyberlenmka.ru/article/n/uvcMlarda-izhtimoiy-faollikni-rivozhlantirishning-pertseptiv-asoslari (data obraщeniya: 08.11.2022).

6. Abdualiyevich Z.M.O'QUVCHILARDA TAYANCH KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISH ASOSIDA IJTIMOIY FAOLLIKNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI //BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR ONLAYN ILMIY JURNALI. - 2022. - S. 330-333.

7. Zokirov M. A. O'QUVCHILARDA TAYANCH KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISH ASOSIDA IJTIMOIY FAOLLIKNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI //Oriental Art and Culture. - 2021. - T. 2. - №. 4. - S. 491197.

8. Abdualiyevich Z. M. CONTENT AND ESSENCE OF THE TOPIC" PSYCHOLOGY OF COMMUNICATION" //ResearchJet Journal of Analysis and Inventions. - 2021. - T. 2. - №. 04. - S. 300-305.

9. Зокиров Мирзарахим Абдуалиевич У^УВЧИЛАРДА ИЖТИМОИЙ ФАОЛЛИКНИ РИВОЖЛАНТИРИШНИНГ ПЕРЦЕПТИВ АСОСЛАРИ // SAI. 2022. №B3. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/uvchilarda-izhtimoiy-faollikni-rivozhlantirishning-pertseptiv-asoslari (дата обращения: 09.12.2022).

10. Mirzaraxim Z. The need for an innovative approach to improving perceptual abilities aimed at increasing the social activity of students in future teachers.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.