Научная статья на тему 'BO‘LAJAK XORMEYSTERLAR IJODIDA “XOR ARANJIROVKASI” FANINING AHAMIYATI'

BO‘LAJAK XORMEYSTERLAR IJODIDA “XOR ARANJIROVKASI” FANINING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
76
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
xor / aranjirovka / xorshunoslik / moslashtirish / soprano / alt / tenor bas / diapozon / tessitura / registr / qulay zonalar / xor turlari / xor ko‘nishlari. / choir / arrangement / choral studies / processing / soprano / alto / tenor bass / range / tessitura / register / comfort zones / types of choirs / choral skills.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — U. Shokarimov

“Хor aranjirovkasi” fani ixtisoslik fanlaridan biridir. “Xor aranjirovkasi” fani o’ziga asosiy maqsad qilib, turli tarkibdagi xor jamoalari uchun xor va yakka vokal asarlarini moslashtirish, qayta ishlash, ko’chirib o’tkazish kabi malakalarini nazariy va amaliy jihatdan o’zlashtirishni qo’yadi. Mazkur fan o’zida quyidagi fanlar bilimini chuqur o’zlashtirilganini talab qiladi: xorshunoslik, musiqa nazariyasi, garmoniya, polifoniya, musiqa shakllari tahlili. Ovozlarning ijro imkoniyatlarini, diapazonlarini, registrlarini, tessiturasini; lad qonuniyati va garmonik rivojlanish bilimlarini, polifoniya asoslarini; me’yorga keltirilgan ansamblga olib keluvchi shartlarni bilmasdan turib, qayta ishlab ko’chirib o’tkazishni yetarli darajada yozishga erishib bo’lmaydi. Mashg´ulotlarning asosiy qismi bu hoh u xor fakturali bo’lsin, hoh u cholg´u fakturali bo’lsin, o’rganilayotgan partitura tahlilidir. Bayon qilingan asar tahlili asar tuzilishini, garmonik va melodik rivojlanish yo’llarini kuzatuvini, bastakor fikrini yanada chuqurroq tushunishga yordam beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE PLACE OF THE SUBJECT "CHORAL ARRANGEMENTS" IN THE CREATION OF FUTURE CHORAL MASTERS

"Choral arrangement" is one of the specialty subjects. The main goal of the science "choral arrangement" is to master the theoretical and practical skills of adapting, processing and transmitting choral and solo vocal works for choral ensembles of various composition. This discipline requires in-depth knowledge of the following disciplines: choral studies, music theory, harmony, polyphony, analysis of musical forms. Possibilities of performance, ranges, registers, tessitura of voices; knowledge of the law of cadence and harmonic development, the basics of polyphony; Without knowing the conditions that lead to a normalized ensemble, it is impossible to adequately write a reproduction. The main part of the lessons is the analysis of the studied score, whether it is a choral texture or an instrumental texture. An analysis of the described work will help to better understand the structure of the work, the observation of harmonic and melodic development paths, and the composer's opinion.

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK XORMEYSTERLAR IJODIDA “XOR ARANJIROVKASI” FANINING AHAMIYATI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

BO'LAJAK XORMEYSTERLAR IJODIDA "XOR ARANJIROVKASI" FANINING

AHAMIYATI Shokarimov O'ktamjon Ibragim o'g'li

O'zbekiston davlat konservatoriyasi "Akademik xor dirijyorligi" kafedrasi katta o'qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.7435567 Annotatsiya. "Xor aranjirovkasi" fani ixtisoslikfanlaridan biridir. "Xor aranjirovkasi" fani o'ziga asosiy maqsad qilib, turli tarkibdagi xor jamoalari uchun xor va yakka vokal asarlarini moslashtirish, qayta ishlash, ko'chirib o'tkazish kabi malakalarini nazariy va amaliy jihatdan o'zlashtirishni qo'yadi. Mazkur fan o'zida quyidagi fanlar bilimini chuqur o'zlashtirilganini talab qiladi: xorshunoslik, musiqa nazariyasi, garmoniya, polifoniya, musiqa shakllari tahlili. Ovozlarning ijro imkoniyatlarini, diapazonlarini, registrlarini, tessiturasini; lad qonuniyati va garmonik rivojlanish bilimlarini, polifoniya asoslarini; me 'yorga keltirilgan ansamblga olib keluvchi shartlarni bilmasdan turib, qayta ishlab ko'chirib o'tkazishni yetarli darajada yozishga erishib bo'lmaydi. Mashg'ulotlarning asosiy qismi bu - hoh u xor fakturali bo'lsin, hoh u cholg'u fakturali bo'lsin, o'rganilayotgan partitura tahlilidir. Bayon qilingan asar tahlili asar tuzilishini, garmonik va melodik rivojlanish yo'llarini kuzatuvini, bastakor fikrini yanada chuqurroq tushunishga yordam beradi.

Kalit so'zlar: xor, aranjirovka, xorshunoslik, moslashtirish, soprano, alt, tenor bas, diapozon, tessitura, registr, qulay zonalar, xor turlari, xor ko'nishlari.

МЕСТО ПРЕДМЕТА «ХОРОВАЯ АРАНЖИСТИКА» В СОЗДАНИИ БУДУЩИХ

ХОРОВЫХ МАСТЕРОВ Аннотация. "Хоровая аранжировка" - один из предметов специальности. Основной целью науки «хоровая аранжировка» является овладение теоретическими и практическими навыками адаптации, обработки и передачи хоровых и сольных вокальных произведений для хоровых ансамблей различного состава. Данная дисциплина требует углубленного знания следующих дисциплин: хороведения, теории музыки, гармонии, полифонии, анализа музыкальных форм. Возможности исполнения, диапазоны, регистры, тесситура голосов; знание закона каденции и гармонического развития, основ полифонии; Не зная условий, которые приводят к нормированному ансамблю, невозможно адекватно написать репродукцию. Основная часть занятий - анализ изучаемой партитуры, будь то хоровая фактура или инструментальная фактура. Анализ описываемого произведения поможет глубже понять структуру произведения, наблюдение гармонических и мелодических путей развития, мнение композитора.

Ключевые слова: хор, аранжировка, хоровые этюды, обработка, сопрано, альт, тенор-бас, диапазон, тесситура, регистр, комфортные зоны, типы хоров, хоровое мастерство.

THE PLACE OF THE SUBJECT "CHORAL ARRANGEMENTS" IN THE CREATION

OF FUTURE CHORAL MASTERS

Abstract. "Choral arrangement" is one of the specialty subjects. The main goal of the science "choral arrangement" is to master the theoretical and practical skills of adapting, processing and transmitting choral and solo vocal works for choral ensembles of various composition. This discipline requires in-depth knowledge of the following disciplines: choral studies, music theory, harmony, polyphony, analysis of musical forms. Possibilities of performance, ranges, registers, tessitura of voices; knowledge of the law of cadence and

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

harmonic development, the basics of polyphony; Without knowing the conditions that lead to a normalized ensemble, it is impossible to adequately write a reproduction. The main part of the lessons is the analysis of the studied score, whether it is a choral texture or an instrumental texture. An analysis of the described work will help to better understand the structure of the work, the observation of harmonic and melodic development paths, and the composer's opinion.

Keywords: choir, arrangement, choral studies, processing, soprano, alto, tenor bass, range, tessitura, register, comfort zones, types of choirs, choral skills.

Xor aranjirovkasi talabalardan ma'lum bir saviyada fantaziyasini ro'yobga chiqarishni talab qiluvchi ijodiy fan. Agar o'quv jarayonida talabalarda alohida, samarali ijodiy o'qish paydo bo'lsa, ularni iloji boricha, shaxsiy ijodiy fikrlashini rivojlanishi uchun, qo'llab-quvvatlash kerak bo'ladi. Хor asarlarini har xil yo'llar bilan qayta moslashtirish, aralash xorga mo'ljallangan ko'p ovozli partiturani ovoz sonlarini qisqartirgan holda turli tarkibga bo'lib qayta moslashtirish, yakka vokal asarlarni jo'rsiz bir jinsli xorga, imkoniyatlari darajasidan kelib chiqib, jo'rnavoz fakturasini ishlatgan holda xor asarlarini qayta moslashtirish yo'llari o'zlashtiriladi.

Mazkur fanni nazariy bilimlari eng avvalo musiqa nazariyasi bilimlari bilan chambarchas bog'liqdir. Shuningdek fanning nomi "Xor aranjirovkasi" bo'lganligi tufayli xorshunoslik bilimlarini mukammal bilmagan holda ijodkor hech qanday ijodiy natijalarga erushib bo'lmaydi. Quyida xorshunoslikning ushbu fanga bog'liq nazariy bilimlarni keltirib o'tamiz. Bunday bilimlar o'z navbatida xor aranjirovkasi fani haqida tushuncha olish uchun juda ham muhimdir.

Xorshunoslikdan ma'lumki, xor turi xorning tuzilishiga ko'ra aniqlanadi. Turiga ko'ra xor bir xil yoki aralash tuzilishda bo'lishi mumkin. Bir xil tuzilishdagi xorlarga alohida erkaklar xori, ayollar xori, bolalar xori kiradi. Aralash xorga bolalar bilan ayollar xori, ayol va erkaklardan iborat xorlar kiradi.

Xorning ko'rinishi xorni tashkil qiluvchi mustaqil partiyalarning soni bilan belgilanadi. Har bir xor partiyasi ma'lum bir joyda 2-3 ovozlarga bo'linishi mumkin. Bunday bo'linish divisi deyiladi.

Xor jamoasini tashkil etish shartlaridan biri har bir xor partiyasining ovozlar bilan to'g'ri ta'minlashdir. Diapazon, tembr va ovoz kuchi jihatdanidan bir-biriga yaqin bo'lgan xor artistlariga xor partiyasi deyiladi. Xor to'rtta asosiy partiyalarga taqsimlangan ovozlardan i borat: soprano va alt - ayollar ovozi, tenor va bas - erkaklar ovozi.

Har bir ovozning o'z diapazoni mavjud bo'lib, bu diapazonni xor bilan amaliyotda ishlaydigan har bir ijodkor xabardor bo'lishi shart. Xor uchun moslashtirilayotgan asarlarni xorning diapozonlarini bilmasdan turib moslashtirishning imkoni yo'q. Ijodkor shaxs har bir xor partiyasining ovoz hajmi, kuchi, tessiturasi kabi jihatlarni mukammal darajada bilishi zarur.

Xorning shuningdek, to'liq bo'lmagan aralash xori ham mavjud. Bunday holatda aralash xorning biror partiyasi yetishmaydi va uchta xor partiyasining quyidagi turli variantdagi birikmalardan iborat bo'ladi.

1. S+A+T,

2. S I+S II+ T yoki B

3. S+T+B

4. A+T+B

5. S+A+B

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Amaliyotda asosan S+A+TB partiyalaridan tashkil topgan to'liq bo'lmagan xorlar ko'p uchraydi.

Xor partiyalarining tarkibiga baland va past ovoz guruhlari kiradi. Xor partiyalarining baland ovozlari I, past ovozlari esa II ovozlar deb yuritiladi. Birinchi ovozlar guruhiga asosan barcha lirik ovozlar, ikkinchisiga esa dramatik ovozlar kiradi.

Yuqorida keltirilgan ayrim nazariy bilimlarni o'zlashtirish, shuningdek, xorshunislik, xor yozuvi, xor adabiyoti kabi fanlarni chuqur o'rganish xor aranjirovkasi fani uchun juda ham zarurdir. Quyida talabalar uchun zarur bo'lgan ko'nikmalarga ega bo'lish uchun amaliy ko'rsatmalar keltiramiz:

1. Moslashtirish uchun berilgan asar boshqa tarkibdagi ijrochilarga moslashtirilganda asarning mazmuni, obrazli ko'rinishi hamda matn mazmuniga javob bera olishini aniqlash.

2. Qayta moslashtirish jarayonida muallif g'oyasini o'zgartiruvchi biron-bir qo'shimchalar kiritishga yo'l qo'ymaslik.

3. Erkaklar xoridan aralash xor uchun qayta moslashtirishda tonallikni bir qancha pastga tushurish maqsadga muvofiqdir (ton - yarim ton).

4. Aralash xordan ayollar jamoasiga moslashtirishda - tonallikni saqlab qolish yoki tushurish mumkin, erkaklar jamoasiga moslashtirishda - yaxshisi yuqoriga ko'tarish kerak (ton-yarim ton).

5. Yakkaxon va xorning mutanosibligini ta'minlashda ovozlarning nisbatan past tessiturada yangrashini qo'llashdan maqsad, yakkaxon ovoz yorqinligini "bo'g'ib" qo'ymaslik.

6. Xalq qo'shiqlarini qayta moslashtirishda kuyning va uning matnini o'zgartirmay saqlab qolish muhim bir shartlardan biri, shuningdek, kuyning lad xarakteri xususiyatlari va ritmik tuzilishini yodda saqlash xalq musiqasining uslubiy qirralarini yanada yaxshiroq ifodalovchi garmonik va ritmik vositalarni topish uchun juda muhimdir.

7. Qayta moslashtirish ustida ish olib borayotganda xor yozuvining zamonaviy usullaridan qo'rqmay foydalanish (turli sonor va fonem tovushlar, xarakterli bo'g'imlar va boshq.), shu bilan birga berilgan asarning kelajakda ijro etiladigan yaxshiroq variantini topishga intilish va bir qator amaliy ko'rsatmalar yillar davomida tajribadan o'tgandir.

REFERENCES

1. B.V.Shomaxmudova. "Xor lug'ati" Toshkent. 2009.

2. N.S.Sharafiyeva . "Xorshunoslik". Toshkent. 1987.

3. R. Qodirov "Musiqa pedagogikasi". Toshkent .2014

4. Shokarimov, U. (2022). KOMPOZITOR BOLALARGA. Science and innovation, 1(C7), 315-317.

5. Shokarimov, U. (2022). O 'ZBEKISTONDA XOR SAN'ATINING DAVRIY BOSQICHLARI. Science and innovation, 1(C7), 310-314.

6. Shokarimov, U. (2022). O 'ZBEKISTON KOMPOZITORLARI IJODIDA BOLALAR QO 'SHIQLARI. Science and innovation, 1(C7), 322-327

7. Shokarimov, U. (2022). O 'ZBEKISTONDA XOR SAN'ATINING RIVOJLANISHI. Science and innovation, 1(C7), 307-309.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

8. Shokarimov, U. (2022). "AVESTO" KITOBIDA XOR IJROCHILIGIGA OID AYRIM MA'LUMOTLAR. Science and innovation, 1(C7), 318-321.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.