Научная статья на тему 'BO‘LAJAK BASTAKORLARNING IJODIY FAOLIYATIDA “XOR YOZUVI ASOSLARI” TUSHUNCHASINING AHAMIYATI'

BO‘LAJAK BASTAKORLARNING IJODIY FAOLIYATIDA “XOR YOZUVI ASOSLARI” TUSHUNCHASINING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
38
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Xorshunoshlik / kompozitor / bastakor / xor fanlari / xorga qayta ishlash / xor uchun moslashtirish / mualliflik asalari. / Choral studies / composer / composer / choral studies / processing for choir / adaptation for choir / author's bees.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — O'. Shokarimov

“Xor yozuvi asoslari” tushunchasi bo‘lajak bastakorlarning ijodida xor musiqasiga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otishda va rivojlantirishda alohida o‘rin egallaydi. “Xor yozuvi asoslari” tushunchasini o‘zlashtirgan bastakorlar xor san’ati bo‘yicha tasavvurga ega bo‘lishi, xor uchun moslashtirish, qayta ishlash va mualliflik asar yozish ko‘nikmalaridan xabardor bo‘ladilar.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE SIGNIFICANCE OF THE CONCEPT OF "BASES OF CHORAL WRITING" IN THE CREATIVE ACTIVITY OF FUTURE COMPOSERS

The concept of "Fundamentals of choral writing" occupies a special place in awakening and developing interest in choral music in the work of future composers. Composers who master the basics of choral writing will gain insight into choral art, adapt, rework, and compose for choral music.

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK BASTAKORLARNING IJODIY FAOLIYATIDA “XOR YOZUVI ASOSLARI” TUSHUNCHASINING AHAMIYATI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

BO'LAJAK BASTAKORLARNING IJODIY FAOLIYATIDA "XOR YOZUVI ASOSLARI" TUSHUNCHASINING AHAMIYATI Shokarimov O'ktamjon Ibragim o'g'li

O'zbekiston davlat konservatoriyasi "Akademik xor dirijyorligi" kafedrasi katta o'qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.7336890

Annotatsiya. "Xor yozuvi asoslari" tushunchasi bo'lajak bastakorlarning ijodida xor musiqasiga bo'lgan qiziqishni uyg'otishda va rivojlantirishda alohida o'rin egallaydi. "Xor yozuvi asoslari" tushunchasini o'zlashtirgan bastakorlar xor san'ati bo'yicha tasavvurga ega bo'lishi, xor uchun moslashtirish, qayta ishlash va mualliflik asar yozish ko'nikmalaridan xabardor bo'ladilar.

Kalit so'zlar: Xorshunoshlik, kompozitor, bastakor, xor fanlari, xorga qayta ishlash, xor uchun moslashtirish, mualliflik asalari.

ЗНАЧЕНИЕ ПОНЯТИЯ «ОСНОВЫ ХОРОВОГО ПИСЬМА» В ТВОРЧЕСКОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ БУДУЩИХ КОМПОЗИТОРОВ

Аннотация. Концепция «Основы хорового письма» занимает особое место в пробуждении и развитии интереса к хоровой музыке в творчестве будущих композиторов. Композиторы, которые овладевают основами хорового письма, получат представление о хоровом искусстве, адаптируют, перерабатывают и сочиняют хоровую музыку.

Ключевые слова: Хоровые этюды, композитор, композитор, хоровые этюды, обработка для хора, обработка для хора, авторские произведения.

THE SIGNIFICANCE OF THE CONCEPT OF "BASES OF CHORAL WRITING" IN THE CREATIVE ACTIVITY OF FUTURE COMPOSERS

Abstract. The concept of "Fundamentals of choral writing" occupies a special place in awakening and developing interest in choral music in the work of future composers. Composers who master the basics of choral writing will gain insight into choral art, adapt, rework, and compose for choral music.

Keywords: Choral studies, composer, composer, choral studies, processing for choir, adaptation for choir, author's bees.

KIRISH

Ajdodlarimiz tomonidan qoldirilgan risolalarda bastakorlik qadimdan rivojlangan va shakllangan yo'nalishlardan biri ekanligi aniq faktlar bilan keltirilgan. Mohir bastkorlar aynan bizning diyorimizda tug'ilgan va ijod qilgan desak adashmaymiz. Sharqning juda ko'plab mamlakatlarida Abdurahmon ibn Surayj, Borbad Marviy, Abduhafz Sug'diylarning nomlari bastakor sifatida juda ham mashhurdir. Shuningdek, ko'pgina qomusiy olimlarimiz Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr Farobiy kabi allomalarning bir nechta musiqalar va musiqaga oid risolalar yaratganliklari haqida tarixiy ma'lumotlar bor. Ulardan Abulfaraj Isfaxoniy tomonidan yozilgan "Qo'shiqlar kitobi" yoki "Katta qo'shiqlar kitobi", Abu Nasr Farobiyning "Katta musiqa kitobi", Abu Abdulloh Xorazmiyning "Mufatihu-l-ulum" , Abu Ali ibn Sinoning "Kitob ash shifo", Alisher Navoiyning "Majolis un-Nafois" kabilani misol qilimishimiz mumkin.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Bastakorlik san'ati, ayniqsa Temuriylar sulolasi davrida yanada rivojlanib borgan va ijodkorlar yuksak e'tirof etilgan. Buning natijasida bastakorlik san'ati maqom ijrochililigiga ham

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

o'z ta'sirini ko'rsatib, musiqa ilmi yanada mukammallashib bordi. XIII asrda dastavval 12 maqom shakllanib, XVI -XVIII asrlarda Buxoro Shashmaqomi, Xorazm olti yarim maqomlari va Farg'ona Toshkent maqom turkumlari rivojlana bordi. Bastakorlik san'ati, , XV - XVI asrlarda ommaviylashgan, xattoki qator shoir, olimlar ayni paytda bastakor ham bo'lgan. Bularga Abdurahmon Jomiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Mavlono Zaynulobiddin Rumiy, Maxzumzoda Xorazmiy, Xoja Abdulqodir Marog'iy, Xo'ja Boboi Inoq, Mavlono Oxiy, Yusuf Mavdudi Dutoriy, Xoja Yusuf Andijoniy, Paxlavon Abu Sayid Rumiy, Ali Shunqor, Alijon G'ijjakiy, Muhammad Dildo'z kabi ko'plab ijodkorlarni keltirishimiz mumkin

Bastakorlik ijodi rivojining keyingi bosqichlari jahon urushlari natijasida kechadi. Bu davrning ko'zga ko'ringan ijodkorlari Muhammad Rahimxon, Niyozjon Xo'ja, Komil Xorazmiy, Muhammadrasul Mirzo, Matyoqub Harrat, Hoji Abdulaziz Abdurasulov va boshqalarni aytib o'tishimiz mumkin.

TADQIQOT NATIJALARI

Xorga oid bilimlar asosan xor uchun moslashtirish, qayta ishlash kabi ko'nikmalar orqali xor uchun mualliflik asarlarini yozish o'zida qamrab oladi. Xalq qo'shiqlarini qayta ishlash uchun muallif avvalo ijrochilarning tarkibiga aniqlik kiritib olishi darkor. Bu jarayon azaldan bir ovoz bo'lgan musiqiy manbaalarni tanlab olishda va qayta ishlashda muallifdan noziklik va ijodkorlik talab qilinadi.

O'zbek xalq qo'shiqlarining boy an'analarini o'rganishda N.Mironov, V.Uspenskiy, E.Romanovskaya, F.Karomatli, I.Akbarov, R.Abdullayev kabi musiqshunos tadqiqotchilar va kompozitorlar ilmiy ish qilganlar. Xor ijrochiligida ko'povozli milliy musiqaning shakllanishi va rivojlanishi doimo diqqat markazida bo'lgan. A.Yegorovning "O'zbek xalqi g'oyat darajada musiqani - qo'shiqni yaxshi ko'radi. Qo'shiq - o'zbek xalqining hayotidagi doimiy yo'ldoshidir. O'zbek qo'shiqlarida mujassamlashgan imkoniyatlarni mohirona hamda fidokoronalik bilan rivojlantirishni bilish kerak va shundagina yaqin orada xor ijrochiligi sohasida juda katta yutuqlarga erishish mumkin" degan ta'rifi an'anaviy monodik ohanglarni ko'povozli tarzda ijro etish uchun juda ham qulay ekanligini anglab olishimiz mumkin.

Urush yillaridan keyingi 1950-yillarda jo'rsiz xor uchun xalq qo'shiqlarini qayta ishlashga Sergey Valenkov, N.Tretyakova, V. Knyazyatov, Mutal Burhonov, Sobir Boboyev, Botir Umidjonov kabi bir nechta kompozitorlar va xor dirij orlari juda katta ishlar olib borishgan.

MUHOKAMA

Musiqani idrok etish uchun albatta soz va so'zning ahamiyati beqiyosdir. Sharq xalqlarining bir ovozli cholg'usiz kuylash an'anasi mavjud bo'lib, bu an'ana juda ham boydir. Bunday an'analarni birinchilardan bo'lib Mutal Burhonov ko'povozli jo'rsiz xor uchun asarlar qayta ishla boshladi. Uning izidan Sobir Boboyev, Botir Umidjonov, Sergey Valenkov, Yevgeniy Nechayev, Nayira Sharafiyeva kabi ijodkorlar qo'shildilar. Bu ijodkorlar sharq monodik xalq qo'shiqlarini qayta ishlash orqali juda katta natijalarga erishdilar. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda shuni ta'kidlash kerakki, "Xor yozuvi asoslari" fani bo'lajak bastakorlarning ijodida xor san'ati degan sahifani ochishda juda muhim sanaladi.

Jamoa bo'lib kuylash - insonlar badiiy faoliyatining eng keng tarqalgan va qulay shakllaridan biri. Inson hayotida xor san'ati o'ta kuchli ifoda vositalariga ega bo'lib, tinglovchilarga yuksak estetik zavq bag'ishlaydi. Jamoa bo'lib kuylash faol badiiy ijodga jalb etib, aholining eng keng qatlamlarini ham bir yerga jamlaydi, uning betakror tarbiyaviy va tashkilotchilik imkoniyatlari o'zida jamlaydi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

O'zbek xalqining musiqa madaniyati Yaqin Sharq va O'rta Osiyo xalqlari folklori bilan bir qator umumiy jihatlariga ega. Xalqona qo'shiq va cholg'u janrlarini 2 guruhga bo'lish mumkin:

1. erkin mavzuli qo'shiqlar (qo'shiq - yakkaxon uchun mo'ljallangan, bandli qo'shiqlar, lapar - aytishuv shaklidagi raqsbop, hazilomuz aytim turi bo'lib, u raqs va o'yinlar jo'rligida ijro etiladi; yalla - raqs va o'yinlar jo'rligida ijro etiluvchi sho'x, jozibali aytim turi; ashula - yakka tarzda ijro etiluvchi lirik asar).

2. Mehnat, taqvim-marosim va maishiy voqea-hodisalar bilan bog'liq qo'shiqlar hamda cholg'u kuylari (taqvim aytimlari - navro'z, mehnat qo'shiqlari - mayda, nikoh to'y aytimi - yor-yor, alla).

Ko'plab mehnat qo'shiqlari ham jamoa bo'lib ijro etilgan. Ariqlarni tozalashda ijro etilgan "Xashar" kuyi, paxta terish jarayonini tasvirlovchi "Paxta teradi" kabi qo'shiqlar shu jumlaga kiradi. Jamoa bo'lib ijro etiladigan ommaviy qo'shiqlar orasida "Yor-yor" hozirgi kunda ham kelin kuyovnikiga kelgan paytda kuylanadi. XULOSA

Xor - bu o'zida ham ichki, ham tashqi jihatlarni birdek jamlagan murakkab va keng tushunchadir. Tashqi tavsiflarga jamoaviy ijro, xorda qatnashuvchi ovozlarning son va sifat munosabati singari omillar kirsa, ichkilariga faktura, shakl, ijro talqini kabi musiqiy ifoda vositalarini ochib beruvchi asar mazmunidek parametrlar kiradi.

Xor - bu katta vokal-ijrochiligi jamoasi bo'lib, u o'z san'ati orqali ijro etilayotgan asar mazmuni va shaklini haqqoniylik ila, badiiy jihatdan to'laqonli ochib beradi va o'zining ijodiy faoliyati bilan xalq ommasini g'oyaviy-badiiy jihatdan tarbiyalashga qodir bo'ladi. Xor musiqiy-ijrochilik "cholg'usi" sifatida vokal unisonlari ansamblini namoyon etadi.

REFERENCES

1. S.P.Kadirova - Xorshunoslik boshlang'ich kursi T. 2GI5

2. А.Хакимова «Хор а капелла». Т.1992

3. В.Краснощеков "Вопросы хороведения"- М. 1998

4. Mansurova G. Xorshunoslik T., 2GGS

2S

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.