Научная статья на тему 'XOR TEATRI'

XOR TEATRI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
36
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
xor / teatr / sahna / xor ijrochiligi / xormeyster / tomoshabin / zamon. / choir / theatre / stage / choral performance / choirmaster / audience / time.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — U. Shokarimov

Yangi O‘zbekistonning uchinchi renessans davrida xor ijrochiligining yangi yo‘nalishi bo‘lmish xor teatri hozirgi kunda shakllanish va rivojlanish bosqichlarida bo‘lib, milliy madaniyatimizni yanada tushunarli va aniq tarzda tomoshabinlarga yetkazish borasida ilmiy-amaliy izlanishlar olib borilmoqda. Zamonaviy xor rahbarlarining izlanishlari natijasida bugungi kunda xor musiqasining an’anaviy ijrosida katta o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Bu o‘zgarishlar albatta tinglovchilarga hissiy ta’sir ko‘rsatishning yangi usullarini topish istagi bilan bog‘liq. Hozirgi kunda xormeysterlar tomonidan katta e’tibor xor san’atining janrlarini birlashtirishga, ya’ni teatrlashtirishga qaratilgan. Xorning sahnada an’anaviy joylashuvidan voz kechishi va xorni sahnada joylashuvini rivojlantirishning yangi shakllarini izlash tobora ortib bormoqda. Janrlarni birlashtirish – xor san’atining yangi ynalishlaridan biri xor teatrini ommalashtirmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CHOIR THEATER

Choral theater, a new direction of choral performance of the period of the third revival of New Uzbekistan, is currently in its infancy and development, scientific and practical research is being carried out to bring our national culture to the audience in a more understandable form. and clear path. As a result of the research of modern choral leaders, great changes are taking place in the traditional performance of choral music today. These changes, of course, are connected with the desire to find new ways of emotional impact on the audience. At present, choirmasters pay great attention to the unification of the genres of choral art, i.e., theatricalization. The search for new forms of development of the position of the choir on stage and the rejection of the traditional position of the choir on stage are intensifying. The combination of genres is one of the new directions of choral art the popularization of choral theater.

Текст научной работы на тему «XOR TEATRI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

XOR TEATRI Shokarimov O'ktamjon Ibragim o'g'li

O'zbekiston davlat konservatoriyasi "Akademik xor dirijyorligi" kafedrasi katta o'qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.7434445

Annotatsiya. Yangi O 'zbekistonning uchinchi renessans davrida xor ijrochiliginingyangi yo'nalishi bo'lmish xor teatri hozirgi kunda shakllanish va rivojlanish bosqichlarida bo'lib, milliy madaniyatimizni yanada tushunarli va aniq tarzda tomoshabinlarga yetkazish borasida ilmiy-amaliy izlanishlar olib borilmoqda. Zamonaviy xor rahbarlarining izlanishlari natijasida bugungi kunda xor musiqasining an'anaviy ijrosida katta o'zgarishlar ro'y bermoqda. Bu o'zgarishlar albatta tinglovchilarga hissiy ta 'sir ko'rsatishning yangi usullarini topish istagi bilan bog'liq. Hozirgi kunda xormeysterlar tomonidan katta e 'tibor xor san'atining janrlarini birlashtirishga, ya'ni teatrlashtirishga qaratilgan. Xorning sahnada an'anaviy joylashuvidan voz kechishi va xorni sahnada joylashuvini rivojlantirishning yangi shakllarini izlash tobora ortib bormoqda. Janrlarni birlashtirish - xor san'atining yangi ynalishlaridan biri xor teatrini ommalashtirmoqda.

Kalit so'zlar: xor, teatr, sahna, xor ijrochiligi, xormeyster, tomoshabin, zamon.

ХОР ТЕАТР

Аннотация. Хоровой театр, новое направление хорового исполнительства периода третьего возрождения Нового Узбекистана, в настоящее время находится в стадии становления и развития, проводятся научно-практические исследования по донесению нашей национальной культуры до зрителей в более понятной форме. и четкий путь. В результате исследований современных хоровых руководителей сегодня в традиционном исполнении хоровой музыки происходят большие изменения. Эти изменения, безусловно, связаны со стремлением найти новые способы эмоционального воздействия на аудиторию. В настоящее время хормейстеры уделяют большое внимание унификации жанров хорового искусства, т. е. театрализации. Усиливается поиск новых форм развития позиции хора на сцене и отказ от традиционной позиции хора на сцене. Совмещение жанров - одно из новых направлений хорового искусства - популяризация хорового театра.

Ключевые слова: хор, театр, сцена, хоровое выступление, хормейстер, публика,

время.

CHOIR THEATER

Abstract. Choral theater, a new direction of choral performance of the period of the third revival of New Uzbekistan, is currently in its infancy and development, scientific and practical research is being carried out to bring our national culture to the audience in a more understandable form. and clear path. As a result of the research of modern choral leaders, great changes are taking place in the traditional performance of choral music today. These changes, of course, are connected with the desire to find new ways of emotional impact on the audience. At present, choirmasters pay great attention to the unification of the genres of choral art, i.e., theatricalization. The search for new forms of development of the position of the choir on stage and the rejection of the traditional position of the choir on stage are intensifying. The combination of genres is one of the new directions of choral art - the popularization of choral theater.

Keywords: choir, theatre, stage, choral performance, choirmaster, audience, time.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Turli yoshdagi xor guruhlarida musiqiy-teatr ijodkorligi alohida ahamiyatga ega. Bu jarayon nafaqat xor artistlarini erkin fikrlay olishiga yordam beradi, balki, bajarilayotgan ishning mohiyatiga chuqurroq kirib borish imkonini ham beradi. Albatta, har bir malakali, o'z kasbini mukammal egallagan xormeyster repertuarida turli yoshdagi xorlar uchun bir yoki ikkita qiziqarli musiqiy dasturlar bo'ladi. Bu dasturlar tushunarli matn, chiroyli ohang va qo'shiqdangina iborat bo'lmasdan, asarning yoritilishida ajoyib uslub, teatrlashtirishning o'ziga xos elementlari bilan boyitilgan bo'ladi. Bu esa o'z navbatida asarni sahnadagi ijrosiga o'zgacha ruh bag'ishlaydi.

Tabiiy savol - xor teatrining o'zi nima? Bu savolga javob berish uchun an'anaviy xor ijrochiligiga xor teatrining qay tarzda kirib kelganini tahlil qilish kerak deb o'ylaymiz. Tahlillarni xorning ijrochilik tarkibi, sahnada joylashtirish va uning ahamiyati, dirijyor-xormeysterning o'rni, ijroni bayon etishda tomoshaviy va eshitish uchun zarur unsurlar atrofida olib borish maqsadga muvofiqdir. Quyida xor ijrochiligida xor teatrining shakllanish va rivojlanish bosqichlarini tahlillarini keltirib o'tamiz.

Yillar mobaynida rivojlangan xor ijrochiligi san'atida, sahnada an'anaga aylangan ko'p sonli xor artistlaridan tashkil topgan xor jamoasining ijrosida va sahnaviy ko'rinishida o'zgarishlar ro'y bermoqda. Xor teatrining ta'siri ostida ushbu ko'p sonli xor artistlarining sahnada bir joyda turib ijro etish an'anasi yo'qolib bormoqda. Hozirda xor rahbarlari asarning badiiyligini oshirish maqsadida xor artistlarni sahna harakatlariga jalb qilishmoqda. Natijada xor ijrochiligida ovozlar hajmi kamer ijroga, ba'zan yakkaxon ansambl sifatidagi xor ijrosiga aylanib bormoqda. An'anaviy xor ijrochiligidagi bu o'zgarishlar mutaxassislar tomonidan turli fikrlarga sabab bo'lmoqda. Tajribali mutaxassislar bu jarayonni uncha ma'qullamangan holda o'z fikrlarini bayon etishmoqda. Zamonaviy yosh xormeysterlar oldida, shakllanayotgan xor teatrini xor ijrochiligining an'analari asosida zamonaviylik ruhida rivojlantirishdek mushkul vazifalar turibdi. Bunda ular xor jamoasining noan'anaviy joylashuvi, turli sahnaviy harakatlarni ijro etilayotgan asarga o'ta nozik did bilan tanlab olib, uni mukammal darajada ijro etishga harakat qilishlari kerak.

Xor ijrochiligi shu kunga qadar faqatgina ovoz orqali asarning badiiy g'oyasini tomoshabinga yetkazib kelgan. Hozirgi kunda sahnalashtirilayotgan harakatlar tomoshabinlarga badiiy jarayonni yanada aniq tushinib yetishlariga sabab bo'lmoqda. Yuqorida aytib o'tganimizdek xor jamoasi faqat sahna markazida ijro etmasdan, ayrim hollarda tomoshabinlar zalidan, sahnaning turli burchaklaridan turib musiqiy asardan kelib chiqqan holda xor ijrochiligini targ'ib qilishmoqda. 2019 yilda O'zbekiston davlat konservatoriyasi "Xor dirijyorligi" kafedrasi tashabbusi bilan "Milliy ohanglar" deb nomlangan xor konserti bo'lib o'tgan edi. Ushbu konsert tom ma'noda xor teatrining yurtimizda shakllanayotganidan darak berdi. Konsertda O'zbekiston davlat konservatoriyasi Talabalar xori (rahbarlar: professor L.X.Djumayeva, dotsent S.P.Kadirova, xormeysterlar: G.Sh.Avxadiyeva, O'.I.Shokarimov), O'zbekiston davlat konservatoriyasi qoshidagi Musiqali teatr studiyasining xor jamoasi(rahbar:Y.M.Xusnitdinova), Yoshlar simfonik orkestri qoshidagi xor jamoasi(rahbar: K.T.Urinbayev, xormeyster: Y.M.Xusnitdinova), O'zbekiston davlat filarmoniyasi "Bulbulcha" bolalar xor va raqs ansamblining "O'smir-yoshlar" xor guruh(rahbar: Sh.Yormatov, xormeyster:O'.I.Shokarimov)lari o'z chiqishlari bilan tomoshabinlar olqishlariga sazovor bo'ldi. Har bir xor jamoasining xor ijrochiligida shakllangan xor teatri turlicha bo'lib, konsertning o'ta

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

ko'tarinki kayfiyatda o'tishiga zamin yaratdi. Bunday konsertlar yurtimiz bo'ylab tizimli ravishda tashkil etilsa, albatta, xor san'ati rivojida ulkan xissa qo'shar edi.

Ohirgi yillarda professional va xavaskor xor jamoalarining konsertlarida tomoshabinlarni ham ijro jarayoniga qo'shish kabi holatlar ham kuzatilmoqda. Bu esa o'z navbatida xor san'atining xalqchilligini, ommaviyligini belgilaydi. Bu jarayonlarni tashkil qilishda dirijyor yoki xormeysterning salohiyati albatta kamlik qiladi. Bunda rejissor, baletmeyster kabi kasb egalarini ham jalb qilinishi muhim omil sanaladi. Agar bu soha mutaxassislarisiz ma'lum bir ijodiy jarayonni amalga oshirilish ko'zda tutilsa, barcha ma'suliyat va ish jarayonidagi qiyinchiliklar xormeysterning zimmasiga yuklatiladi. Bu jarayonning qay darajada natijali bo'lishi xormeysterning bilimi, salohiyati va dunyo qarashiga bog'liq. Hozirgi kunda oliy ta'lim sohasida ushbu kasb egalarining o'quv rejasiga sahna madaniyati, rejissorlikning boshlang'ich kursi kabi shunga o'xshash qo'shimcha fanlarni kiritilishi kelajakda salohiyatli xormeysterlarni tarbiyalab beradi.

REFERNCES

1. S.P.Kadirova - Xorshunoslik boshlang'ich kursi T. 2015

2. А.Хакимова «Хор а капелла». Т.1992

3. В.Краснощеков "Вопросы хороведения"- М. 1998

4. Mansurova G. Xorshunoslik T., 2008

5. Shokarimov, U. (2022). KOMPOZITOR BOLALARGA. Science and innovation, 1(C7), 315-317.

6. Shokarimov, U. (2022). O 'ZBEKISTONDA XOR SAN'ATINING DAVRIY BOSQICHLARI. Science and innovation, 1(C7), 310-314.

7. Shokarimov, U. (2022). O 'ZBEKISTON KOMPOZITORLARIIJODIDA BOLALAR QO 'SHIQLARI. Science and innovation, 1(C7), 322-327

8. Shokarimov, U. (2022). O 'ZBEKISTONDA XOR SAN'ATINING RIVOJLANISHI. Science and innovation, 1(C7), 307-309.

9. Shokarimov, U. (2022). "AVESTO" KITOBIDA XOR IJROCHILIGIGA OID AYRIM MA'LUMOTLAR. Science and innovation, 1(C7), 318-321.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.