Научная статья на тему 'BO’LAJAK TEXNOLOGIK TA’LIM O’QITUVCHILARINI METODIK KOMPETENTLIGINI TAKOMILLASHTIRISHNING O’ZIGA XOS JIHATLARI'

BO’LAJAK TEXNOLOGIK TA’LIM O’QITUVCHILARINI METODIK KOMPETENTLIGINI TAKOMILLASHTIRISHNING O’ZIGA XOS JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
53
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Muloqot / o’qituvchining tashabbuskorligi / ta’lim-tarbiyaviy / ijtimoiypsixologik / kreativ kompetentlikni shakllantirish / pedagogik va psixologik darajalari / metodika / metodik kompetentlik / pedagogika / kasbiy mahorat / malaka. / Communication / initiative of the teacher / formation of educational-educational / social-psychological / creative competence / pedagogical and psychological levels / methodology / methodological competence / pedagogy / professional skill / qualification.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Nosirov, Nodirbek Valijonovich

Mazkur maqolada bo’lajak texnologik ta’lim o’qituvchilarini metodik kompetentligini takomillashtirishning o’ziga xoz jihatlari yoritilgan. Har bir o’sib kelayotgan yosh avlodning buguni zamon talablariga to’la qonli javob berishlari uchun axborot komunikatsiyasining o’rni beqiyosdir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

KEY ASPECTS OF IMPROVING METHODOLOGICAL COMPETENCE OF FUTURE TECHNOLOGICAL EDUCATION TEACHERS

This article describes the specific aspects of improving the methodological competence of future teachers of technological education. The place of information communication is incomparable for each growing young generation to fully respond to the demands of the time.

Текст научной работы на тему «BO’LAJAK TEXNOLOGIK TA’LIM O’QITUVCHILARINI METODIK KOMPETENTLIGINI TAKOMILLASHTIRISHNING O’ZIGA XOS JIHATLARI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(10), October, 2023

BO'LAJAK TEXNOLOGIK TA'LIM O'QITUVCHILARINI METODIK KOMPETENTLIGINI TAKOMILLASHTIRISHNING O'ZIGA XOS

JIHATLARI

Nosirov Nodirbek Valijonovich

Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti o'qituvchisi

Mazkur maqolada bo 'lajak texnologik ta 'lim o 'qituvchilarini metodik kompetentligini takomillashtirishning o 'ziga xoz jihatlari yoritilgan. Har bir o 'sib kelayotgan yosh avlodning buguni zamon talablariga to 'la qonli javob berishlari uchun axborot komunikatsiyasining o 'rni beqiyosdir.

Kalit so'zlar: Muloqot, o'qituvchining tashabbuskorligi, ta'lim-tarbiyaviy, ijtimoiy- psixologik, kreativ kompetentlikni shakllantirish, pedagogik va psixologik darajalari, metodika, metodik kompetentlik, pedagogika, kasbiy mahorat, malaka.

КЛЮЧЕВЫЕ АСПЕКТЫ ПОВЫШЕНИЯ МЕТОДИЧЕСКОЙ КОМПЕТЕНЦИИ БУДУЩИХ ПЕДАГОГОВ ТЕХНОЛОГИЧЕСКОГО

ОБРАЗОВАНИЯ

В данной статье рассмотрены специфические аспекты повышения методической компетентности будущих учителей технологического образования. Место информационного общения несравнимо для того, чтобы каждое подрастающее молодое поколение в полной мере отвечало требованиям времени.

Ключевые слова: Коммуникация, инициатива педагога, формирование учебно-воспитательной, социально-психологической, творческой

компетентности, педагогико-психологического уровня, методология, методическая компетентность, педагогика, профессиональное мастерство, квалификация.

ANNOTATSIYA

Носиров Нодирбек Валижонович

Преподаватель Ферганского медицинского института общественного здравоохранения

АННОТАЦИЯ

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(10), October, 2023

KEY ASPECTS OF IMPROVING METHODOLOGICAL COMPETENCE OF FUTURE TECHNOLOGICAL EDUCATION TEACHERS

This article describes the specific aspects of improving the methodological competence of future teachers of technological education. The place of information communication is incomparable for each growing young generation to fully respond to the demands of the time.

Keywords: Communication, initiative of the teacher, formation of educational-educational, social-psychological, creative competence, pedagogical and psychological levels, methodology, methodological competence, pedagogy, professional skill, qualification.

Respublikamizda ta'lim tizimini isloh qilish va ta'limning xalqaro andozalarga to'liq mosligini ta'minlash maqsadida izchil va keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ta'lim tizimida yo'lga qo'yiluvchi pedagogik-psixologik xizmat mohiyatidan kelib chiqqan holda umumiy o'rta ta'lim maktablarida undan foydalanish har bir o'quvchining ichki imkoniyatlarini o'rganish, keng ko'lamli tadqiq qilish, ularda muayyan yo'nalish bo'yicha namoyon bo'luvchi ijodkorlik qobiliyatni aniqlash va darajalarini belgilash, mavjud holatlarga muvofiq o'quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini yanada boyitishga xizmat qiluvchi rivojlanish dasturlarini yaratish mumkin bo'ladi. Hammasining zaminida yosh avlodga oilada, ta'lim muassasalarida, xalq ta'limi tizimining boshqa tarmoqlarida beriladigan maxsus ta'lim-tarbiya yotadi. Ayniqsa keng dunyoqarash, ilmiy salohiyat, mustaqil va ijodiy fikrlash xususiyatlari har bir o'quvchi-yoshlarda shakllangan bo'lishi maqsadga muvofiqdir [1].

Kreativlikni rivojlantirishning eng unumli yo'llaridan biri barcha o'quvchilarni kichik yoshidan mahsuldor ijodga va kasbga o'rganish bilan mashg'ul bo'lishga jalb etish, darslarni ijodiy tarzda tashkil qilish, turli xil noan'anaviy dars usullaridan keng foydalanishdir [2]. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, texnologik ta'lim darslaridagi mashg'ulotlarini muvafaqiyatli o'tish, texnologik ta'lim va tarbiyasida sifat samarasiga erishish ko'p jihatdan o'quvchilarning kreativ fikrlashiga bog'liq ekanligini ko'ramiz. Texnologik ta'lim darslarini hususiyatlari shundan iboratki, o'quvchilarda texnologik ta'lim darsi va texnik ijodkorligini rivojlantiriish jarayoniga oid ko'nikma va malakalarini xilma-xil nazariy va amaliy mashg'ulotlarni bajarish

Nosirov Nodirbek Valijonovich

Teacher of Fergana Public Health Medical Institute

ABSTRACT

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(10), October, 2023

orqali o'zlariga kerakli va ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan bilimlarni egallab oladilar. Shuningdek, umumiy o'rta ta'lim maktablarida faoliyat olib borayotgan texnologik ta'lim o'qituvchilari oldidagi mas'uliyat shundan iboratki, o'quvchilarni ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishni takomillashtirish, ichki imkoniyatlarni o'rganish, ijodkorlik qobiliyatlarini to'g'ri yo'naltirishdan iborat.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Texnologik ta'lim darslarini o'quv jarayonini tashkil qilish o'quvchilarni muayyan texnologiya fani bo'yicha malaka va ko'nikmalari bilan qurollantirishga xizmat qilib qolmay, balki ularning aqliy va ijodiy qobiliyatlarini o'stirish va ularni texnologik ta'lim darsiga bo'lgan qiziqizshlari va munosabatini tarbiyalashda ham juda muhim ahamiyatga ega bo'lgan texnologiya fani darslari g'oyat muhim ahamiyatga egadir [3].

Texnologik ta'lim darslarida zamonaviy pedagogik texnologiya metodlarini qo'llash, metod va vositalari, ta'lim jarayonining muvaffaqiyati, uning shakligagina emas, balki qo'llanilayotgan metodlar samaradorligiga ham bog'liqdir. Ta'lim nazariyasida o'qitishda turli yangi pedagogik texnologiyalar metodlarini qo'llash asosiy o'rin egallaydi. Yangi pedagogik texnologiyaning asosiy mohiyati o'qituvchi va o'quvchilarning o'zaro xamkorligi va uzviy ravishda faollik ko'rsatishidadir. Chunki agar darsda o'qituvchi bosh figura, ya'ni yetakchi fikr bildiruvchi bo'lib qolsa, o'quvchilar ma'suliyati va javobgarlik hissi susayadi. Demak, ular mustaqil fikr yuritish, mushohada qilish, xulosa chiqarishdan yiroqda bo'ladi [4-6].

Pedagogik texnologiyani o'quv jarayonida qo'llash o'qituvchidan o'rganuvchilarda tashabbuskorlik va mustaqillikni, bilimlarni puxta o'zlashtirishni, zarur malaka va ko'nikmalarni, ularni kuzatuvchanlik, tafakkur va mantiqiy nutqni, xotira va ijodiy tasavvurni tarbiyalashga imkon beradi. O'qituvchining o'rganuvchilarni metodik kompetentligini oshirishda quyidagi ko'rsatmalarga amal qilishi maqsadga muvofiq bo'lar edi.

❖ O'rganuvchi o'qituvchi tomonidan berilgan muammoli topshiriqni yaxshi tushuna olishi, qiyin va murakkab masalalarni turli jihatlarni anglay olishi.

❖ Ko'plab xilma xil g'oyalar, fikrlar, taxminlar, variantlarni taklif etish va ilgari surish.

❖ Biror goyani turli xil tasvirlar, tafsilotlar bilan to'ldira olish, bildirilgan fikrlarni takomillashtirish.

❖ O'rganuvchi fikrining nostandartligi, antiqaligi, qiziqarliligiga e'tiborli bo'lish.

❖ O'quvchilar tomonidan berilayotgan goya yoki fikrlarni rivojlantirish, topqirlikni shakllantira olish.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(10), October, 2023

❖ O'quvchining ijodiy faoliyatiga xissiy qiziqish, qiziquvchanlik, ijodiy motivatsiya, extiyojning mavjudligini rivojlantirish.

❖ O'quvchilarni biror yangicha fikr va g'oya o'ylab topishga ko'nikma va malaka hosil qilish.

❖ Ushbu uslublarni qo'llash jarayonida o'quvchilardan ko'plab fikr va g'oyalar olish maqsadiga erishguncha harakat qilishi.

❖ O'quvchilarning aytgan fikrlarini tasavvur qilishga harakat qilish.

❖ O'quvchining to'g'ri javobi mavjud bo'lmagan taqdirda ham fikrlashga harakat qilishga o'rgatish.

❖ O'quvchi to'g'ri javobni topgan bo'lsa ham, yana boshka javob variantlarini o'ylab topishga undash.

❖ O'quvchining auditoriyada, o'quvchilar o'rtasida o'z fikrini erkin bayon qila olishga o'rgatish.

❖ O'quvchining bildirgan o'z goyalarini o'quvchilar davrasida muhokama kilishga o'rgatish.

❖ O'quvchilarni aytgan fikrlarini, xatto ularni, amaliyotda qo'llab bo'lmasa ham inobatga olish.

❖ O'quvchilarning fikrlari uchun masu'liyatni xis etishi, muayyan fikrlarni tashqi rag'batsiz ham amalga oshirish mumkinligini o'rganish.

❖ O'quvchilarning taqdim etgan fikr va g'oyalarini to'g'ri yoki noto'g'ri ekanini tanqid qilmagan holda, tahlil qilib berish. O'qituvchining yuqorida ko'rsatilgan ko'rsatmalarga amal qilishi o'quvchilarning darsga bo'lgan qiziqishini va auditoriya faolligini oshirish imkoniyatini yaratadi.

Shuningdek, o'qituvchi dars jarayonida yuqorida qayd etilgan ko'rsatmalarni amalga oshirish davomida o'quvchilarga nafaqat bilim berish balki shu bilan birga ularda kasbiy bilim, ko'nikma va malakalarni shakllantirish bilan o'quvchilarning kasbiy qiziqishlarini hamda ma'naviy dunyoqarashni shakllantiradi. Buning uchun texnologik ta'lim darslarini o'qitishda - "Muammoli vaziyat", "Klaster", "Venn" diagrammasi, "O'zing o'yla, o'zing izla, o'zing top", "Kim ko'p yangilik biladi?", "Ijodkor kim", "Tabiat va texnologiya" va hokazo kabi metod va o'yinlardan foydalanilsa, o'quv mashg'uloti davomida katta samaralarni qo'lga kiritish mumkin. Shunday qilib, umumiy o'rta ta'lim maktabi o'quvchilarining ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish ko'pqirrali, murakkab pedagogik-psixologik jarayon bo'lib, uni samarali tashkil etish pedagogning pedagogik-psixologik bilimlarni puxta o'zlashtirganligini, tashkiliy-texnologik va metodik jihatdan to'g'ri tashkillashtira olishini taqozo etadi. Shuningdek, bu jarayonni tashkil etishda o'quv jarayonidagi

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(10), October, 2023

holatni to'la o'rganishi, bu yo'ldagi amaliy harakatni tizimli olib borish uchun zarur chora-tadbirlarni aniq belgilashni bilishi lozim [7-10].

Xulosa qilib, shuni aytish mumkinki, ta'lim oluvchilarda keng fikrlash, ijodiylik, ijodiy tafakkur - kreativlikni, ijodiy qobiliyat va iqtidorni rivojlantirish uchun ta'lim jarayonida turli xil usullar, bilim, ko'nikma va malakalarini yanada rivojlantiruvchi yangi pedagogik texnologiyalar qo'llash yordamida ularda avvalo keng tafakkurni, irodaviy xususiyatlarni, o'ziga nisbatan ishonch tuyg'usini, faollik va faoliyatni, mehnat qilish ko'nikmalarini, maqsad sari intilish xususiyatlarini tarkib toptirish lozim.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi Farmoni // O'zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to'plami. -T., 2017. -B.39.

2. Muslimov N.A. va boshqalar. Kasb ta'limi o'qituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirish texnologiyasi // Monografiya. - T.: "Fan va texnologiya" nashriyoti. 2013.

3. Mannonov J.A. Innovatsion yondashuv asosida bo'lajak kasb ta'limi o'qituvchilarining metodik kompetentligini rivojlantirish texnologiyalari: ped.f.f.doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan diss. avtoreferati. - T.: 2020. -

4. M. K. Shomirzayev Combined In Technology Courses Use Of Technologies //The American Journal of Social Science and Education Innovations. 2021. - T. №.

05. - P. 389- 396 betlar.

5. B.E.Qodirov "Elektron axborot ta'lim muhitida o'quvchilarning hunarmandchilikka oid tayanch kompetentsiyalarini rivojlantirish metodikasi": Diss. p.f.f.d. (PhD) - Termiz: 2021-yil 142-bet.

6. Ахмедов, М., Салижонов, И., & Носиров, Н. (2018). Роль компетенций в создании инновационной среды обучения. Мировая общественная наука. Научно-практический журнал.

7. YAKUBOVA, S., NOSIROV, N., & Tulanov, O. (2018). The basic equation of the molecular-kinetic theory of gases. Scientific journal of the Fergana State University, 1(1), 17-19.

8. Nosirov, N. V. (2022). Bo'lajak texnologik ta'limi o'qituvchilarini tayyorlashda pedagogik-psixologik omillardan foydalanishning ahamiyati. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(4), 81-85.

XULOSA

52 b.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(10), October, 2023

9. Nosirov, N. (2023). Bo 'lajak texnologiya fani o 'qituvchilarining metodik kompetentligini rivojlantirish jarayonini takomillashtirishning pedagogik shart-sharoitlari. Scientific journal of the Fergana State University, (1), 477-480.

10. Ahmedov, M., Solajirov, I., & Nosirov, N. (2018). The role of competencies in creating innovative learning environments. World Social Science. Scientific-practical journal. Moscow, (3).

11. Muhammadmusayevich, E. R. (2022, April). KO'ZNING KAMCHILIKLARI VA TIBBIYOTDAGI DAVO CHORALARI. In E Conference Zone (pp. 124-126).

12. Muhammadmusayevich, E. R., & Erkinovna, E. M. (2023). BOLALARDA TANA HARORATI BOSHQARILISHINING O 'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI. PRINCIPAL ISSUES OF SCIENTIFIC RESEARCH AND MODERN EDUCATION,, 2(1).

13. Ravshanbek, E. (2023). OPTICAL PART OF THE EYE AND RELATED DISEASES. World Bulletin of Public Health, 19, 180-181.

14. A.M.Ismatov va boshqalar "Texnologiya fani mashgulotlari jarayonida o'quvchilarning kreativ kompetentligini shakllantirishda pedagogik va psixologik darajalarini namoyon qilish shakllari" "Respublika janubida elektr energetika sohasining rivojlanish istiqbollari" mavzusidagi respublika ilmiy -xalqaro anjuman materiallari to'plami. Termiz. 16-17 dekabr. 2022 yil.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.