Научная статья на тему 'BO’LAJAK TARBIYACHILARNI KASBIY KOMPITENTSIYALARINI RIVOJLANTIRISH DAVR TALABI'

BO’LAJAK TARBIYACHILARNI KASBIY KOMPITENTSIYALARINI RIVOJLANTIRISH DAVR TALABI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
655
74
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
nutt / tarbiyachiik / kompetensiya / pedogogik konsepsiya / seminar / o’quv halqasi. / nutt / educator / competence / pedagogical concept / seminar / training circle.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — G. Abdullajonova

Ushbu maqolada Tarbiyachiik konsepsiyaning maqsad va vazifalari, tarbiyachining bolalarga ta’lim berish jarayonidagi ijodiy yondashuvi, maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisining ijtimoiy kompetensiyasi haqida so’z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCIES OF FUTURE TEACHERS

This article talks about the goals and tasks of the educational concept, the creative approach of the educator in the process of teaching children, the social competence of the educator of the preschool education organization.

Текст научной работы на тему «BO’LAJAK TARBIYACHILARNI KASBIY KOMPITENTSIYALARINI RIVOJLANTIRISH DAVR TALABI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

BO'LAJAK TARBIYACHILARNI KASBIY KOMPITENTSIYALARINI RIVOJLANTIRISH DAVR TALABI Abdullajonova Guli Akmaljon qizi

Andijon Davlat Pedagogika insituti maktabgacha ta'lim yonalishi 2-bosqich magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7263908 Annotatsiya. Ushbu maqolada Tarbiyachiik konsepsiyaning maqsad va vazifalari, tarbiyachining bolalarga ta'lim berish jarayonidagi ijodiy yondashuvi, maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisining ijtimoiy kompetensiyasi haqida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: nutt, tarbiyachiik,kompetensiya, pedogogik konsepsiya,seminar, o'quv halqasi.

РАЗВИТИЕ ПРОФЕССИОНАЛЬНЫХ КОМПЕТЕНЦИЙ БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ Аннотация. В данной статье говорится о целях и задачах воспитательной концепции, творческом подходе воспитателя в процессе обучения детей, социальной компетентности воспитателя дошкольной образовательной организации.

Ключевые слова: Натт, воспитатель, компетентность, педагогическая концепция, семинар, обучающий кружок.

DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCIES OF FUTURE TEACHERS Abstract. This article talks about the goals and tasks of the educational concept, the creative approach of the educator in the process of teaching children, the social competence of the educator of the preschool education organization.

Keywords: nutt, educator, competence, pedagogical concept, seminar, training circle.

KIRISH

Bolaning maktabgacha ta'limni olganligi va qanday kompetensiyalarga ega bo'lishi "O'zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo'yilgan davlat talablari"da bolaning 5ta rivojlanish sohalari bo'yicha belgilangan. Bular: -Jismoniy rivojlanish va sog'lom turmush tarzining shakllantirish; -Ijtimoiy-hissiy rivojlanish; -Nutq, muloqot, o'qish va yozish; -Bilishga oid jarayonning rivojlanishi; -Ijodiy rivojlanish.

Shaxsga yo'naltirilgan ta'lim - "Ilk qadam" Davlat o'quv dasturi va Maktabgacha ta'limni 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasida aks ettirilgan ta'lim va tarbiyaning asosiy tamoyilidir. Ushbu pedagogik konsepsiyamni yozishdan oldin men o'tgan davr mobaynida, o'zimning hamkasblarimning ish faoliyatini kuzatuvim hamda turli o'quv seminarlaridagi kuzatuvlarim asosida yozishga qaror qildim. Pedagogik konsepsiya eng avvalo o'zimning

Pedagogik kompetensiyamni oshirishga xizmat qiladi, shu bilan birgalikda ushbu Konsepsiya orqali men tashkilotim va shahrimdagi tarbiyachilarning o'zlarini ustida ishlari uchun ozgina bo'lsa ham turtki, shu bilan birgalikda yo'l ko'rsatuvchi ish bo'ladi deb o'yladim. Ushbu konsepsiyani yozish vaqtida, konsepsiyadagi ko'rsatma va yo'nalishlarni hayotga to'liq tadbiq etishim uchun men doimiy o'z ustimda ishlashim kerakligi hamda kamida 2 yil davomida ta'lim-tarbiya jarayonimga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni tadbiq etishim lozimligini tushundim. Aytib o'tish lozimki, bolalarga ularning individual ritmda rivojlanishlari va individual potensialini hamda qiziqishni oshirish uchun teng imkoniyatlarni taqdim etuvchi

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME I ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2I8I-3337

qulay muhitni ta'minlash uchun tarbiyachi shaxsi muayyan kasbiy kompetensiyalarga ega bo'lishi kerak.

MUHOKAMA

Pedagogik kompetensiyalar-bilimlar, malaka va ko'nikmalar hamda o'zlashtirilgan qadriyatlar asosida mustaqil harakatlanishga bo'lgan motivatsiyaning uyg'unlashgan majmuini o'zida aks ettiradi. Kompetentli kadr kasbiy vazifalarni samarali va sifatli bajarishi mumkin. Zamonaviy kompetensiya nafaqat malaka, bilim va ko'nikmalarni, balki qadriyatlar va axloqiy fazilatlarni xam o'z ichiga oladi. Har bir tarbiyachi shaxsi, temperamenti va tarbiyachiik uslubi boshqalarinikidan farqlanadi. Biroq bolaga, uning ta'limiga va rivojlanishiga yondashuv barcha tarbiyachilarda bir xil bo'lishi lozim. Shuning uchun ham kasbiy standart barcha tarbiyachilar uchun bir xil talabni qo'ydi. Amaliyot shuni ko'rsatadiki, zamonaviy bolalar bog'chasini yangi axborot texnologiyalarisiz tasavvur qilish qiyin. AKTga egalik qilish ta'lim jarayoni samaradorligini oshirishga, tarbiyachilarning kasbiy malakasini oshirishga yordam beradi.

O'quv-tarbiyaviy jarayonda pedagogning insoniy xislatlari alohida muhimlik kasb etadi. Bu xislatlar qatoriga insoniylik, adolatlilik, mehribonlik, sabr-bardosh, to'g'rilik, haqiqatgo'ylik, javobgarlik, adolatlilik, majburiylik, ob'ektivlik, sahiylik, insonlarga bo'lgan muhabbat, hurmat, yuqori ma'naviyatlilik, optimizm, emotsional vazminlik, muloqotga bo'lgan ehtiyoj, tarbiyalanuvchilar hayotiga bo'lgan qiziqish, olijanoblik, o'z-o'zini tanqid qilish, do'stsevarlik, vazminlik, qadr-qimmat, vatanparvarlik, diniy e'tiqod, printsipiallik, emotsional madaniyat va boshqalar kiradi.Inson tashqi ko'rinishi nimalarni bildirishi xususida muayyan qoidalar mavjud. Ularni o'rganish asosida yaxshi natijalarga erishish mumkin.

Masalan qovushtirilgan qo'llar rad avobini anglatadi, deb hisoblanadi. Biroq hamma vaqt ham bunday emas. Bu, albatta, rad javobining alomati bo'lishi mumkin. Lekin u suhbatdoshning tortinchoqligi yoki o'ziga ishonmasligini ham bildirishi mumkin. Shuning uchun ham bu erda har doim amal qiladigan mutloq qoida bo'lmaydi. Biroq munozara, siz qator belgilarga ko'ra, siz suhbatdoshingiz nima haqida o'ylayotganini bilib olishingiz mumkin. Har bir xatti-harakat o'z asosiga ega bo'ladi. Fanda madaniyat mohiyatiga uch xil qarash tushuniladi: aksiologik, faoliyatli va shaxsiy. Aksiologik qarashda pedagogika va tarbiyadagi yo'nalishlar ko'rib chiqiladi. Faoliyatli qarash pedagogik metodlar va vositalar mohiyatini amalga oshirishni tadbiq etish imkonini beradi. Individual-shaxsiy rejada o'qituvchining pedagogik madaniyati uning kasbiy faoliyatidagi tavsifining mohiyatidan iborat, deb tushuniladi.Bunday qarash o'qituvchini umuminsoniy madaniyat va pedagogikboyliklarni, u orqali tarbiya va a'limning madaniy boyliklarini bir avloddan ikkinchi avlodga tashuvchi vakili sifatidagi shaxs, deb qarash imkonini beradi. Pedagogik madaniyat umuminsoniy kabi, moddiy va ma'naviy shakllarda mavjud bo'ladi. Pedagogik bilimlar, nazariyalar, kontseptsiyalar, insoniyat va buyuk allomalar tomonidan to'plangan pedagogik tajriba hamda kasbiy-etikaviy normalar-me'yorlarning barchasi pedagogik madaniyatning ma'naviy-ruhiy boyligini tashkil etadi. Pedagogik madaniyatning moddiy boyligio'qitish va tarbiya vositalaridir. Yosh pedagogning umumiy madaniyati uning ijtimoiy-ahamiyatli tavsiflarining kasbiy faoliyatda amalga oshgandagi etukligini ifodalaydi. Madaniyat shaxsning rivojlanishi, uning ruhiy kuchlari va qobiliyatlariningamaliy faoliyatida amalga oshish darajasi va hokazo. Insonning madaniy rivojlanishi -bu uning bilimlari, ishonchlari, qobiliyatlari, hulqining muhit tomonidan rivojlanish jarayonidir.

METODOLOGIYA VA NATIJALAR

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Tarbiyachilarning malakasini rivojlantirishning turli shakllari va usullari mavjud bo'lib ularni bosqichma-boqich amalga oshirish mumkin. Tarbiyachilar bilan ishlashda malakani rivojlantirishga qaratilgan ko'plab shakl va usullardan quyidagilarni ajratib ko'rsatish mumkin:

Seminar - ijodiy darslar ijodiy fikrlashni rivojlantirish va innovatsion loyihalarni yaratishga qaratilgan.

O'yinlarni niodellashtirish. Ishbilarmonlik va rol o'ynash o'yinlari haqiqiy jarayonni modellashtirishni o'z ichiga oladi, bu davrda sun'iy ravishda yaratilgan pedagogik vaziyatlarni tahlil qilish asosida maqbul kasbiy qarorlar qabul qilinadi.

Kollektiv muammolarni hal qilish, guruh muhokamasi yoki aqliy hujum; kasbiy mahoratni oshirish uchun kichik guruhlarda treninglar; o'z-o'zini tarbiyalash ishlarining usullari, maktabgacha ta'lim muassasasining innovatsion faoliyati natijalariga bag'ishlangan ilmiy va amaliy konferensiyalar.

Pedagogik halqa - tarbiyachilarni psixologiya va pedagogika sohasidagi so'nggi tadqiqotlarni, uslubiy adabiyotlarni o'rganishga yo'naltiradi, pedagogik muammolarni hal qilishning turli xil yondashuvlarini aniqlashga yordam beradi, mantiqiy fikrlash va o'z pozitsiyalarini dalil qilish ko'nikmalarini yaxshilaydi, bayonlarning ixchamligi, aniqligi, to'g'riligini o'rgatadi. Ushbu shakl ishtirokchilarning javoblari, nutqlari va harakatlarini baholash mezonlarini taqdim etadi:

-Umumiy bilim;

-Kasbiy bilim, qobiliyat, ko'nikma;

-Qiyin vaziyatdan chiqish qobiliyati, tezkorlik.

Ishbilarmonlik o'yini nafaqat maktabgacha ta'lim muassasasi uchun dolzarb bo'lgan muammo bo'yicha nazariy seminar natijalariga asoslangan test darsi sifatida, balki yangi muammo echimlarini ishlab chiqishda ham qo'llanilishi mumkin. Masalan: "Maktabgacha yoshdagi bola bo'lish osonmi? «

G'oyalar banki - bu bosqichda an'anaviy usullar yordamida hal qilib bo'lmaydigan muammolarni kollektiv ravishda hal qilishning oqilona usuli. Masalan: "O'yin ekologiyasi", "Pedagogik g'oyalar yarmarkasi", "Eng yaxshi rivojlantiruvchi o'yin".

Master-klass. Uning asosiy maqsadi pedagogik tajriba, ish tizimi, mualliflik topilmalari va tarbiyachiga eng yaxshi natijalarga erishishda yordam bergan barcha narsalar bilan tanishishdir.

XULOSA

Pedagogik faoliyat stili -uslubi. O'qituvchining pedagogik faoliyati har bir boshqa faoliyat kabi o'zining aniq uslubiga ega bo'ladi. Faoliyat uslubi -to'la ma'noda usullar, holatlar, shakllarning turg'un tizimidan iborat bo'lib, u har xil sharoitlarda ham mavjud bo'ladi. U faoliyat tuzilishiga bog'liq bo'lib, uning-sub'ektning shaxsiy-psixolog xususiyatiga bog'liq.Pedagogning kasbiy potentsiali. Pedagogning chegaralangan sifati ahamiyatli bo'lmasdan, ularning majmui, to'la tizimi ahamiyatga ega bo'ladi. O'qituvchi mahoratining tizimi, xarakteri, yangi integrallashgan tushunchasi -pedagogning kasbiy potentsialida (PKP) o'z aksini topadi. Bunday ta'rifning ahamiyatli tomoni shundan iboratki, u o'ziga ko'plab turli rejali va turli darajali o'qituvchining tayyorgarlik va faoliyat aspektlarini birlashtiradi. Xulasa qilib aytganda, pedagog kasbiy potentsialining eng yaqin umumiy tushunchasi pedagogning kasbiy bilimdonligidir. Kasbiy bilimdonlik bu fikrlashni bilish va kasbiy bilimdonlik bilan harakat qilishdan iborat. Pedagog kasbiy potentsiali umumiy tuzilishining

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

tashkil etuvchilariga intellektual, asoslangan, kommunikativ, ijodiy va oz kasbiy qobiliyatlari kiradi.

REFERENCES

1. Adkhamjanovna, K. M. ., Mirzakholmatovna, K. Z. ., Raxmonberdiyevna, T. S. ., & kizi, M. M. B. . (2022). Increasing Interest in the Lesson through Extracurricular Activities.Spanish Journal of Innovation and Integrity,6, 256-261.

2. Akmaljonovna, A. Z. (2022). The Role of the Internet and Modern Electronic Dictionaries in Increasing the Lexicographic Competence of Primary School Students.International Journal of Culture and Modernity,17, 1-6.

3. Akramovna, T. N. (2017). Language learners" needs in esp teaching.HaynHbie HConeflOBaHHA, (7 (18)), 32-33.

4. https://sciencebox.uz/index.php/jars/article/view/3370/3067

5. https://telegra.ph/Tarbiyachining-pedagogik-kompetensiyasini-rivojlantirish-usul-va-yollari-08-05

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.