Научная статья на тему '“LIFELONG LEARNING” TAMOYILI ASOSIDA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINI UZLUKSIZ KASBIY RIVOJLANTIRISHNING ASOSIY YO‘NALISHLARI'

“LIFELONG LEARNING” TAMOYILI ASOSIDA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINI UZLUKSIZ KASBIY RIVOJLANTIRISHNING ASOSIY YO‘NALISHLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
4253
97
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
uzluksiz kasbiy rivojlanish / “hayot davomida o‘qish” tamoyili / uzluksiz ta’lim / hayot davomidagi ta’lim tizimi. / непрерывное профессиональное развитие / принцип «обучения на протяжении всей жизни» / непрерывное образование / система обучения на протяжении всей жизни.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Shodiyeva Matluba Jo‘rayevna

Maqolada “insonning butun hayoti davomida ta’lim olishi” ta’lim sohasidagi asosiy prinsiplar sifatida tadqiq qilingan. Shuningdek, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini uzluksiz kasbiy rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari, “lifelong learning” tamoyili asosida o‘qitishning samaradorligi ilmiy-pedagogik jihatdan asoslangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ОСНОВНЫЕ НАПРАВЛЕНИЯ НЕПРЕРЫВНОГО ПРОФЕССИОНАЛЬНОГО РАЗВИТИЯ УЧИТЕЛЕЙ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ НА ОСНОВЕ ПРИНЦИПА “LIFELONG LEARNING”

В статье рассматривается «обучение на протяжении всей жизни» как основной принцип в образовании. Также научно-педагогически обоснованы основные направления непрерывного профессионального развития учителей начальных классов, эффективность обучения по принципу «обучение на протяжении всей жизни».

Текст научной работы на тему «“LIFELONG LEARNING” TAMOYILI ASOSIDA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINI UZLUKSIZ KASBIY RIVOJLANTIRISHNING ASOSIY YO‘NALISHLARI»

Shodiyeva Matluba Jo'rayevna,

Qashqadaryo viloyat xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi "Maktabgacha, boshlang'ich va maxsus ta'lim" kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), dotsent

"LIFELONG LEARNING" TAMOYILI ASOSIDA BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHILARINI UZLUKSIZ KASBIY RIVOJLANTIRISHNING ASOSIY YONALISHLARI

UO'K: 37.012

SHODIYEVA M.J. "LIFELONG LEARNING" TAMOYILI ASOSIDA BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHILARINI UZLUKSIZ KASBIY RIVOJLANTIRISHNING ASOSIY YO NALISHLARI

Maqolada "insonning butun hayoti davomida ta'lim olishi" ta'lim sohasidagi asosiy prinsiplar sifatida tadqiq qilingan. Shuningdek, boshlang'ich sinf o'qituvchilarini uzluksiz kasbiy rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari, "lifelong learning" tamoyili asosida o'qitishning samaradorligi ilmiy-pedagogik jihatdan asoslangan.

Tayanch so'z va tushunchalar: uzluksiz kasbiy rivojlanish, "hayot davomida o'qish" tamoyili, uzluksiz ta'lim, hayot davomidagi ta'lim tizimi.

ШОДИЕВА М.Ж. ОСНОВНЫЕ НАПРАВЛЕНИЯ НЕПРЕРЫВНОГО ПРОФЕССИОНАЛЬНОГО РАЗВИТИЯ УЧИТЕЛЕЙ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ НА ОСНОВЕ ПРИНЦИПА "LIFELONG LEARNING"

В статье рассматривается «обучение на протяжении всей жизни» как основной принцип в образовании. Также научно-педагогически обоснованы основные направления непрерывного профессионального развития учителей начальных классов, эффективность обучения по принципу «обучение на протяжении всей жизни».

Ключевые слова и понятия: непрерывное профессиональное развитие, принцип «обучения на протяжении всей жизни», непрерывное образование, система обучения на протяжении всей жизни.

SHODIYEVA M.J. THE MAIN DIRECTIONS OF CONTINUOUS PROFESSIONAL DEVELOPMENT OF PRIMARY SCHOOL TEACHERS BASED ON THE PRINCIPLE OF LIFELONG LEARNING

The article examines "lifelong learning" as a basic principle in education. Also, the main directions of continuous professional development of primary school teachers, the effectiveness of teaching on the principle of "lifelong learning" is scientifically and pedagogically based.

Key words and concepts: continuous professional development, the principle of "lifelong learning", continuing education, lifelong learning system.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2022, 2 (111)

Kirish. Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot yo'lidan borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta'lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga ko'tarish, ta'lim sama-radorligini oshirish davlat siyosati darajasiga ko'tarildi. Respublikada uzluksiz ta'lim tizimining tuzilmasi va mazmunini zamonaviy fan yutuqlari va ijtimoiy tajribaga tayangan holda tubdan isloh qilishni ko'zda tutadi. Buning uchun, avvalo, ta'lim muassasalarida ta'lim jarayonini ilg'or, ilmiy-metodik jihatdan asoslangan yangi va zamonaviy metodika bilan ta'minlash, sifatli ta'lim muhitini yaratish uchun mas'ul bo'lgan o'qituvchi-pedagoglarni zamon talabi va jami-yat ehtiyojlari asosida kasbiy rivojlantirish, ularni o'qitish va ta'lim berish, shuningdek, "lifelong learning" tamoyili asosida uzluksiz malakasini oshirib borish muhim ahamiyat kasb etadi.

Tadqiqot mavzusining dolzarbligi. Hozirgi kunda o'qituvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish orqali ta'lim sifatini oshirish, jahon tajribasi va milliy ustuvorlik asosida ta'lim ber-ishning amalga oshirilishi muhim vazifalardan biridir. Bu masala dunyo ta'lim tizimida qizg'in muhokama qilinmoqda, xususan, ta'lim XXI asrn-ing jahon miqyosidagi barqaror taraqqiyotni ta'minlovchi asosiy omil sifatida e'tirof etilib, 2030 yilgacha belgilangan xalqaro ta'lim kon-sepsiyasida "butun hayot davomida sifatli ta'lim olishga imkoniyat yaratish" dolzarb vazifa sifatida belgilandi1.

Yevropa ittifoqi Komissiyasining pedagogik ta'limni takomillashtirish bo'yicha takliflari uzluksiz kasbiy rivojlanishning "hayot davomida o'qish" tamoyilini yaqqol namoyish qiladi. Unga ko'ra2:

- dastlabki uch yil ichida kasbiy faoliyatga olib kirish dasturlari;

- ko'proq tajribaga ega bo'lgan hamkas-blarning maslahat berishi;

- o'qituvchilarni ishlayotgan maktablarin-ing rivojlanish maqsadlaridan kelib chiqib ularn-

1 Inncheon declaration/Education 2030: Towards inclusive and euitable quality education ang lifelong learning for

all (Word Education Forum, 19-22 may 2015, Incheon, Republic of Korea).

2 N.Raxmanqulova, M.Yuldashev, A.Baxramov, M.Ahmedov, T.Raimov, A.Ametov. Xalq ta'limi xodimlarining malaka oshirish kurslaridan keyingi faoliyatlarini pedagogik qo'llab-quvvatlash. - T.: Lesson Press, 2018. - 160 b.; 8-bet.

ing malaka oshirishga bo'lgan ehtiyojlari muho-kamasi va malaka oshirish dasturlari;

- keyinchalik norasmiy va informal o'quvlar orqali olingan kompetensiyalarni tan olish sharti bilan uzluksiz kasbiy rivojlanish uchun shart-sha-roitlarni yaratish;

- uzluksiz kasbiy rivojlanish imkoniyatlari-dan foydalanish imkoniyatining mavjudligi.

Respublikamizda ham "insonning butun hayoti davomida ta'lim olishi" ta'lim sohasidagi asosiy prinsiplar sifatida belgilangan3.

Bularning barchasi yillar davomida kattalar ta'limi bilan chambarchas bog'liq bo'lgan "lifelong learning" g'oyasini keltirib chiqardi.

"lifelong learning" tamoyili asosida uzluksiz kasbiy rivojlanish tizimini yaratishning dolzar-bligini yurtimizda ilk marta O'zbekiston Respub-likasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabrda qabul qilingan "Ta'lim-tarbiya tizimini yanada tako-millashtirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-4884-son qarorida dolzarb vazifa sifatida qayd etilishi bilan ham izohlashi-miz mumkin4:

• xalq ta'limi xodimlarining malaka oshirish jarayonini "hayot davomida o'qish" tamoyili asosida uzluksiz malaka oshirishni nazarda tutuvchi tizimga aylantirish;

• xalq ta'limi xodimlarining kasbiy ehtiyo-jlarini tashxis qilish asosida ularning individual rivojlanish dasturini ishlab chiqish va dasturga muvofiq malakasini oshirish tartibini amaliyotga kiritish;

• xalq ta'limi xodimlarining malaka oshirish jarayoniga kredit-modul tizimini bosqichma-bosqich joriy qilish;

• xalq ta'limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil etish, har bir xodimning malaka oshirish jarayonlarini monitoring qilish va shaxsiy hisobini yuritish imkoni-yatini ta'minlovchi "Uzluksiz kasbiy ta'lim" max-sus elektron platformasini ishga tushirish.

Ko'rinadiki, mavjud holat tahlili boshlang'ich sinf o'qituvchilarini "lifelong learning" tamoy-

3 O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni. 2020 yil 23 sentabr, O'RQ-637-son. - Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 24.09.2020 y., 03/20/637/1313-son.

4 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi "Ta'lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-4884-son qarori.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2022, 2 (111)

ili asosida uzluksiz kasbiy rivojlantirish bilan bog'liq quyidagi dolzarb vazifalarni amalga oshirish zaruratini keltirib chiqaradi:

- mamlakat taraqqiyoti uchun yangi tashabbus va g'oyalar bilan maydonga chiqib, ularni amalga oshirishga qodir bo'lgan, intellek-tual va ma'naviy salohiyati yuksak yangi avlod kadrlarini tayyorlash;

- ta'lim tashkilotlari bitiruvchilari zamo-naviy kasb egalari bo'lishlari uchun ularda zarur ko'nikma va bilimlarni shakllantirish;

- dunyo miqyosidagi bugungi keskin raqo-batga bardosh bera oladigan milliy ta'lim tizi-mini yo'lga qo'yish;

- ta'lim-tarbiya muassasalarining rahbar xodimlari, pedagog va murabbiylari, profes-sor-o'qituvchilari va ilm-fan sohalari vakillarin-ing jamiyatimizdagi o'rni va maqomini oshirish, ularning mashaqqatli mehnatini munosib qadr-lash va faoliyat samaradorligiga qarab moddiy rag'batlantirish;

- bilimga asoslangan iqtisodiyotning ehti-yoj va talablariga muvofiq ta'lim va kasbiy tayy-orgarlikning yangi modellarini ishlab chiqish va joriy qilish, (bunda davriy malaka oshirishdan farqli ravishda) ijtimoiy va iqtisodiy muvofiq-lik imkoniyatiga ega bo'lgan "hayot davomida o'qish" tamoyili asosida uzluksiz malaka oshirish tizimini takomillashtirib borish.

Ilmiy muammoning qo'yilishi. "lifelong learning" yoki "butun hayot davomida ta'lim" tushunchasi hozirgi kunda butun dunyo bo'ylab ta'limni rivojlantirishning zamonaviy tendensi-yasiga va insonning shaxs sifatida, butun hayot davomida professional sifatida yaxlit rivojlan-ishining obyektiv muntazamligi va zaruriyatiga aylandi. Shundan kelib chiqib, tadqiqotimiz doirasida dastlab mazkur muammoga doir mahalliy va xorijiy ilmiy adabiyotlarni, mavjud tajribani o'rganish va tahlil qilishni maqsad qil-dik.

So'nggi yillarda "hayot davomida o'qish", uzluksiz ta'lim, o'qituvchilarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish hamda kasbiy ko'nikmalarini tako-millashtirishga bo'lgan qiziqish tobora ortib,

ilmiy maqola va dissertatsiyalarda tadqiq qilin-moqda1.

Yurtimizda "hayot davomida o'qish" atamasi dastlab 2018 yillardan boshlab ilmiy adabiyot-larda qayd etila boshlandi2. Bunda xalq ta'limi xodimlarining uzluksiz ta'limi va uni tashkil etish tamoyillari, o'qituvchilarning pedagogik maho-rati va kasbiy rivojlanishiga yangicha qarash-lar, katta yoshdagilarning mustaqil ta'limi, uni tashkil etishning usul va vositalari, shuningdek, an'anaviy va hayot davomida o'qitishning farqli jihatlari haqida batafsil yoritildi. Muallif-lar ta'kidlashicha, uzluksiz ta'lim bir tomondan "hayot davomida o'qish"ni anglatsa, boshqa talqini avval olingan ma'lumot, kattalarn-ing o'ziga xos ehtiyojlari, shuningdek, ta'limiy faoliyat tajribasi va amaliy ko'nikmalariga ega bo'lgan kattalarni o'qitish texnologiyalariga e'tiborni qaratgan kattalar ta'limini nazarda tutadi. Bunda asosiy e'tibor mutaxassislarni o'zlarining ish joyida mehnat faoliyati xususiyat-larini hisobga olgan holda "takomillashtirish"ga qaratiladi. Shu bilan birga, kelajakda ularning uzluksiz kasbiy rivojlanishning manbalaridan foydalanish imkoniyatlari ham nazarda tutiladi.

P.Jarvisning ta'kidlashicha, umrbod o'rganish bu doimo turli xil ijtimoiy vaziyatlarni boshdan kechiradigan jarayon bo'lib, bu ularning idrok etilayotgan mazmuni keyinchalik o'zgarib, butun hayotga qo'shilib boradi. Bu jarayon odamning shaxsiyatiga xos bo'lgan tanani ham, ongni ham (bilim, ko'nikma, qarashlar, qadriyatlar, hissiyotlar

1 Alkarov E.M. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida pedagog kadrlar uzluksiz kasbiy rivojlanishini boshqarish samaradorligini oshirish: pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. -T.: 2021. - 60 b.; Radjiyev A.B. Xalq ta'limi tizimida rahbar xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni boshqarish samaradorligini oshirish (umumta'lim maktab direktorlari misolida): pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. -T.: 2020. - 61 b.; Shodiyeva M.J. Boshlang'ich sinf o'qituvchilarini kasbiy rivojlantirishning ilmiy-pedagogik jihatlari // «Zamonaviy ta'lim» jurnali. 2021. №4 (101), 58-65-betlar.

2 N.Raxmanqulova, M.Yuldashev, A.Baxramov, M.Ahmedov, T.Raimov, A.Ametov. Xalq ta'limi xodimlarining malaka oshirish kurslaridan keyingi faoliyatlarini pedagogik qo'llab-quvvatlash. - T.: Lesson Press, 2018. - 160 b.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2022, 2 (111)

va hislar) doimiy o'zgarishlarga va tajriba ortti-rishga olib keladi1.

T.M.Churekovaning ta'rifiga ko'ra, "hayot davomidagi ta'lim tizimi - bu insonning hayoti davomida tizimli, maqsadga muvofiq, izchil ta'lim olish va ko'p qirrali rivojlanish jarayonini amalga oshiradigan, ijtimoiy va ilmiy-texnik taraqqiyot ehtiyojlarini qondirish uchun paydo bo'ladigan keng doiradagi "ta'lim tarmog'i". Bu rivojlanish, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimida, asosan, ta'lim muassasalarida, jamiyat hayotining barcha sohalarida doimiy ravishda o'sib boruvchi va dinamik ravishda o'zgarib tura-digan talablarga maqbul darajada mos keladi2.

M.E.Ilin va S.G.Yunlar "hayot davomidagi ta'lim - bu umr bo'yi o'qishning zamonaviy tush-unchasi bo'lib, u yangi bilimlarni uzluksiz, ixtiyoriy ravishda izlashni nazarda tutadi", - deb hisoblay-dilar. Ko'plab rivojlangan davlatlar ushbu konsep-siyani milliy miqyosda qo'llab-quvvatlaydilar, bu inson va intellektual kapitalning shakllanishiga va uning sifatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi va shu orqali iqtisodiyotning rivojlanishiga yordam beradi3.

R.M.Mardanshina uzluksiz ta'limni "yangi asrning asosiy "ijtimoiy ko'rsatkichlaridan biri-dir", - deb hisoblaydi. Muallif ta'lim daraja-sida nazariy ma'noda quyidagi tendensiyalarni ajratib ko'rsatadi: kompleks, fanlararo tadqiqotlar o'tkazish; ta'lim mazmuni uzluksizligi muammo-siga alohida e'tibor sohasida o'quv majmualari muammolarini ishlab chiqish; uning davomi-yligi sharoitida o'qituvchilar ta'limi muammolarini tadqiq qilish; xususiy nazariy tadqiqotlar o'tkazish; umrbod ta'lim g'oyasini amaliyotga o'tkazishning amaliy jihatlarini ishlab chiqish4.

1 Jarvis P. (2012). Learning from everyday life. Human and Social Studies Research and Practice, 1(1), 1-20. Retrieved October 20, 2016.

2 Чурекова Т.М. Теоретико-методологические основы непрерывного образования личности в инновационных образовательных учреждениях. Дисс. доктор педагогических наук, 2002. - c 397.

3 Ильин М.Э., Юн С.Г. Мир на пути к SMART-обществу: сб. науч. докл. междунар. образоват. форума, 9-10 окт. 2012, Москва, Крокус Экспо. - М., 2012. - С. 117-119.

4 Марданшина Р.М. Модели непрерывного образова-

ния в едином образовательном пространстве на рубеже

XX-XXI веков. Дисс. кандидат педагогических наук,

2007. - с 196.

A.AJdanning ta'kidlashicha, "uzluksiz ta'lim inson kapitalini hayoti davomida har tomonlama boyitish jarayonini bildiradi"5.

N.B.Kusheva va V.I.Terexovalar "hozirgi vaqtda umrbod ta'lim olish zarurati iqtisodiy tarmoq-lar, bozorlar, globallashuv jarayonlari, texnologik yutuqlar va postindustrial iqtisodiyotga o'tish tezligining o'zgarishiga javobdir", - deb hisoblay-dilar6.

Shunga ko'ra "lifelong learning" konsepsiyasi kattalar ta'limi haqidagi zamonaviy tushunchani va uning bir nechta asosiy vazifalarini belgilaydi, masalan: professional; ijtimoiy; shaxsiy.

R.R.Shaxmarova quyidagilarning har biri shax-sning rivojlanishi va uning professional hamda shaxsiy salohiyatini ro'yobga chiqarishda katta ahamiyatga ega deb hisoblaydi7:

• kasbiy: bu funksiyani amalga oshirish shaxsning mehnat harakatchanligini, uning yangi malakaga ega bo'lishi, mehnat funksiyalarining rivojlanishi va kasbiy malakasi darajasining oshi-shi asosida raqobatbardoshligini oshiradi;

• ijtimoiy: bu funksiya odamning jamiyat bilan o'zaro munosabatlariga, jamiyatning umu-minsoniy qadriyatlari bilan tanishishga, tilni, madaniyatni o'rganishga va har xil turdagi shaxsning funksional savodxonligini shakllantirishga qaratilgan maydonlar.

• shaxsiy: funksiya odamning kognitiv ehtiyojlarini qondirishga, ijodiy o'sishga, shaxsning umumiy ta'limi va madaniyatining doimiy o'sishiga qaratilgan.

Yuqoridagilardan ko'rinadiki, xorij mutaxassis-larining nuqtai nazariga ko'ra, hayot davomidagi ta'lim - bu klassik ta'lim doirasidan tashqariga chiqadigan ixtiyoriy tizim. Uzluksiz ta'lim nor-asmiy ravishda amalga oshiriladi va katta moli-yaviy sarmoyalarni nazarda tutmaydi. Ya'ni, yangi sohada muvaffaqiyatga erishish xarajatlari uzluk-

5 Ждан А.А. Управление системой непрерывного образования российской федерации. Автореферат диссертации на соискание ученой степени кандидата экономических наук. Москва.: 2009. - с 26.

6 Кущева Н.Б., Терехова В.И. Концепция непрерывного образования взрослых как социальный институт инноваций // Интернет-журнал «Мир науки» 2016, Том 4, номер 3. http://mir-nauki.com/PDF/21PDMN316.pdf.

7 Шахмарова Р.Р. Непрерывное образование -основа развития личности в современном обществе / Международный научно-исследовательский журнал № 05 (59), Часть 2. Май. - с 85-87. DOI: https://doi. org/10.23670/IRJ.2017.59.072.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2022, 2 (111)

siz ta'lim yoki to'liq oliy ma'lumot bilan taqqo-slanmaydi. Kompyuter texnologiyalari tufayli masofadan turib baholarsiz va o'qituvchilarning qattiq nazoratisiz o'qish mumkin. Natijada, ta'lim oluvchi diplom olmaydi, ammo bunday ta'lim tizimi ko'proq imkoniyatni ta'minlaydi1.

E.M.Alkarovning nuqtai nazariga ko'ra, "kas-biy rivojlanish uning lavozim, vazifalari, huquq va majburiyatlarini samarali bajarish uchun zarur bo'lgan shaxsiy sifatlari, kasbiy bilim, ko'nikma va malakalarini rivojlantirish va muntazam boyitib borishdan iborat"2.

A.B.Radjiyevning ilmiy-tadqiqot ishlarida mak-tab direktorlarining ehtiyojlar va o'qitishning kredit-modul tizimiga asoslangan uzluksiz rivojlanish modeli ishlab chiqilgan. Unga ko'ra muallif kasbiy rivojlanish jarayonini "1. Malaka oshirish davriyligi - har yili"; "2. Barcha manfaat-dor tomonlarning ehtiyojlari asosida"; "3. Malaka oshirish mazmuni - kompetensiyaviy yondashuv asosida shakllantiriladi"; "4. Belgilangan yillik kreditlar miqdorini jamlash - shart" degan tam-oyil asosida tashkil etilishini taklif etadi3.

Tadqiqot maqsadi. O'qituvchilarning "lifelong learning" g'oyasi asosida butun hayot davomida ta'lim olishini ta'lim sohasidagi asosiy prinsiplar sifatida tadqiq qilish, boshlang'ich sinf o'qituvchilarini uzluksiz kasbiy rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari, "lifelong learning" tamoyili asosida o'qitishning samaradorligini ilmiy-peda-gogik jihatdan asoslash.

Tadqiqot metodlari. Yuqoridagi maqsadga erishish va tegishli vazifalarni bajarish uchun pedagogik kuzatuv (qisqa muddatli), pedagogik monitoring, anketa so'rovnomalari va tahlili, (umumiy o'rta ta'lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan boshlang'ich sinf o'qituvchilari va boshlang'ich sinf o'qituvchilarini uzluksiz kas-

1 https://zen.yandex.ru/media/canliradio/koncepciia-life-long-learning-zachem-uchitsia-vsiu-jizn-60f52fc26de0994484124301

2 Alkarov E.M. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida pedagog kadrlar uzluksiz kasbiy rivojlanishini boshqarish samaradorligini oshirish: pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. -T.: 2021. - 60 b.

3 Radjiyev A.B. Xalq ta'limi tizimida rahbar xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni boshqarish samaradorligini oshirish (umumta'lim maktab direktorlari misolida): pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. -T.: 2020. - 61 b.

biy rivojlantirish kurs tinglovchilari bilan) suhbat usullaridan foydalanildi.

Asosiy natijalar.

O'qituvchilarning uzluksiz malakasini oshirish, ularni uzluksiz kasbiy rivojlantirish jarayonida umrbod o'qish ("lifelong learning") tamoyilini qo'llashga doir xorijiy va mahalliy ilmiy tadqiqot ishlarining tahlilini umumlashtirish hamda kuza-tishlarimiz natijasida "hayot davomida o'qish" tushunchasiga quyidagicha ta'rif berdik:

"Hayot davomida o'qish" (yoki butun umr davomida o'rganish) - bu yoshi va faoliyat soha-sidan qat'iy nazar, insonning shaxsiy yoki kas-biy manfaatlariga asoslangan holda doimiy rav-ishda yangi bilimlarni izlash va to'plash konsep-siyasi. Amalda ushbu konsepsiya insonni shaxsiy o'sishga undaydi, shuningdek, mehnat bozorida raqobatbardoshlikni oshiradi.

"Hayot davomida o'qish" - bu umrbod o'qitish faoliyati. Bu shaxsni rivojlantirishga yo'naltirilgan va ushbu rivojlanish uchun qulay sharoitlar yarat-ishga asoslangan. Har qanday (yosh, ijtimoiy va tashkiliy) cheklovlar yo'qligi sababli, ushbu global ta'lim yondashuvi tanlangan yo'nalish bo'yicha yangi bilim, ko'nikma va malakalarni doimiy rav-ishda o'zlashtirishni va natijada shaxsiy ta'lim tizi-mini nazarda tutadi. Bu jarayonda tugallangan ta'lim mavjud emas, u umr bo'yi davom etadi, shu bilan birga zamonaviy axborot jamiyatidagi barcha yangiliklar va o'zgarishlarga o'z vaqtida javob berishga imkon beradi. Uning konsepsiyasi - bu doimiy ravishda o'rganish va rivojlantirish, eskir-gan g'oyalar va yondashuvlarni yangi usullar va ilg'or qarashlar bilan almashtirish, texnologik rivojlanishning barcha yutuqlaridan foydalan-ishni anglatadi. Ushbu konsepsiyaning dastlabki g'oyalari o'tgan asrning o'rtalarida paydo bo'lgan va hozirda turli sohalarning ko'plab xodim-lari doimiy ravishda uzluksiz kasbiy rivojlantirish kurslarida qatnashadilar. Hayot davomidagi ta'lim - bu ham kasbiy, ham shaxsiy ehtiyoj va sabablarga ko'ra bilim va ko'nikmalarni doimiy ravishda yangilash konsepsiyasi. Uzluksiz ta'lim konsepsiyasi yoshi va faoliyat sohasidan qat'iy nazar o'rganish, shuningdek, har qanday ehtiyo-jlarni ro'yobga chiqarish va rivojlantirish imkoni-yatini beradi. Ushbu konsepsiyani tushunish va hayot davomida o'qish iqtisodiyot va butun jami-yat uchun foydali ta'sir ko'rsatadi.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2022, 2 (111)

Hayot davomidagi ta'lim - ta'lim va hayotning birlashmasidan kelib chiqadi. U barcha yosh-dagi insonlar uchun, turli hayotiy vaziyatlarda va keng ko'lamli ta'lim hamda individual ehtiyojlarni birgalikda qondiradigan bir qator usullar orqali o'rganish faoliyatini qamrab oladi. Hayot davom-ida ta'limga oid ilmiy adabiyotlarda uzluksiz ta'lim butun hayot davomidagi ta'lim sifatida talqin eti-ladi. Uzluksiz ta'lim atamasi eng keng ma'noda butun hayot davomida ta'limni (LLL - lifelong learning) belgilash uchun ishlatiladi1. Uzluksiz ta'lim - bu davlat va jamoat institutlari tizimidan foydalanish asosida shaxs va jamiyat ehtiyojlariga muvofiq shaxsning butun hayoti davomida ta'lim salohiyatining o'sish jarayoni. Hayotiy ta'limga bo'lgan ehtiyoj fan va texnika taraqqiyoti, inno-vatsion texnologiyalardan keng foydalanish bilan bog'liq.

Odatda, "lifelong learning" tamoyili asosidagi uzluksiz kasbiy rivojlantirishning to'rtta asosiy yo'nalishlarini ajratish mumkin:

- bilimlarni o'zlashtirish, o'qitish va amaliy ko'nikmalarga o'rgatish;

- boshqa mutaxassislar bilan o'zaro ham-korlikda o'rganish;

- boshqalar bilan muloqot qilishni o'rganish (nizolarni hal qilish, muloqot qobiliyatlarini rivo-jlantirish, sotsializatsiya, boshqa madaniyatlarga nisbatan bag'rikenglik va boshqalar);

- o'zini o'zi rivojlantirish.

Hayot davomida o'qitish g'oyasi yangi vazi-yatda harakat qilish, o'z tajribasini sarflash, shun-ingdek, uni e'tiqod va qadriyatlar, his-tuyg'ular va natijalar asosida yangilash va o'zgartirishga aso-slanadi. Bu insonning barcha tajribalarini fikrlash va harakat qilish orqali o'zgartirishi va shu bilan g'oyalar yaratishda o'zini o'zgartirish jarayonidir.

Shuni ta'kidlash kerakki, umr bo'yi ta'lim insti-tutsionalizatsiya qilingan hozirgi sharoitda jami-yatni va uning rivojlanishini boshqarish hamda davlat uchun zarur bo'lgan faoliyat usullarini joriy etish imkoniyati mavjud. Tez o'zgaruvchan iqti-sodiy ishlab chiqarish tizimi yanada malakali ish-chi kuchini talab qiladi. Shunday qilib, umrbod o'rganish nafaqat o'qituvchilarning sa'y-harakatlari

1 N.Raxmanqulova, M.Yuldashev, A.Baxramov, M.Ahmedov, T.Raimov, A.Ametov. Xalq ta'limi xodimlarining malaka oshirish kurslaridan keyingi faoliyatlarini pedagogik qo'llab-quvvatlash. - T.: Lesson Press, 2018. - 160 b.; 7-bet.

yoki o'rganishlari tufayli, balki iqtisodiy tizim ehti-yojlari tufayli samaradorlikka erishadi.

Hayot davomidagi ta'lim eng keng ma'noda, bu turli xil vaqt va makonda o'zgaruvchan, xilma-xil va mavjud bo'lgan hayotiy ta'limdir. Ushbu ta'rif kela-jakdagi ta'limning to'rtta "ustunlariga" asoslan-gan2:

1. O'rganish uchun bilim olish - tayyor bilimlarni egallamaslik, o'quv vositalarini o'zlashtirish;

2. Bajarishni o'rganish - insonlarni hozirgi va kelajakda zarur bo'lgan ish turlari bilan jihozlash, shu jumladan, yangiliklarni yaratish va kelajakdagi ish muhitiga moslashtirish.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

3. Birgalikda yashashni va boshqalar bilan yashashni o'rganish - nizolarni tinch yo'l bilan hal qilish, boshqa odamlar va ularning madaniyatini kashf etish, jamoatchilikning vakolatlari, individual vakolatlari va qobiliyatlari, iqtisodiy barqarorlik va ijtimoiy qo'shilish.

4. Borliqni o'rganish - insonning har tomon-lama rivojlanishiga hissa qo'shadigan ta'lim: ong va tanani, aqlni, sezgirlikni, estetik qadriyat va ma'naviyatni o'rganish.

Yuqoridagi mulohazalardan kelib chiqib, o'qituvchilarni uzluksiz kasbiy rivojlantirishda "lifelong learning" tamoyilining samaradorligini quy-idagi omillar bilan asoslash mumkin:

Birinchidan, tez o'zgaruvchan texnologiyalar va yangilanib boruvchi axborot oqimini o'zlashtirish, o'qitish jarayonida qo'llash ehtiyoji mavjud.

Ikkinchidan, zamonaviy o'qituvchi uchun bir sohada mutaxassis bo'lishning o'zi yetarli emas, ta'limning boshqa sohasiga kirib borish lozim.

Uchinchidan, kasbiy faoliyatni tahlil qilish, kasbiy ehtiyojlar asosida o'qitish metodikasini uzluksiz yangilab borish, hamkasblari bilan muloqotga kirishish, tajriba almashish orqali yangi bilimlarni olish jarayoni samaraliroq bo'ladi.

To'rtinchidan, insonning o'zi tomonidan o'zlashtirilgan bilim uning hayoti davomida egal-lagan bilimlari orasida eng samarali va uzoq vaqt natija berishi aniqlangan. Shuningdek, o'rganish va o'rganganlarini amaliyotda qo'llash qobiliyatlari rivojlanib boradi. An'anaviy ta'lim orqali kasbiy riv-ojlanish jarayonida bilimlarni muhokama qilish va aniqlashtirish mumkin, mustaqil ta'limda esa faol pozitsiyani egallash orqali faollik va kutish rejimi mavjud bo'ladi.

2 UNESCO. Learning: The Treasure within. UNESCO/ HMSO, London. 1996.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2022, 2 (111)

Beshinchidan, bilimni yaxshi o'zlashtirish uchun nafaqat ma'lumot iste'molchisi bo'libgina qol-may, balki uni o'zi ham ijodiy ravishda qayta ish-lash kerak. Bizning nazarimizda, "lifelong learning" tamoyili asosida uzluksiz kasbiy rivojlanish jaray-onida buning imkoni bor.

Mavjud tajriba "lifelong learning" tamoyili asosida uzluksiz kasbiy rivojlantirishning afzalliklari quyidagilardan iborat ekanligini ko'rsatdi:

- o'qituvchi bilimlar manbaiga yo'naltiriladi;

- kattalar amaliy faoliyat vositasida o'qitiladi;

- kattalar o'zaro tajriba almashish asosida o'rganadi;

- o'qituvchilar butun hayot davomida o'rganadilar.

Yuqoridagilardan ko'rinadiki, hayot davomida o'qish ("lifelong learning") kasbiy harakatchan-likning oshishiga yordam beradi, bu esa asosiy tar-moqlarda yuqori ilmiy texnologiyali ishlab chiqa-rishni rivojlantirish va innovatsion iqtisodiyotning raqobatbardoshligini shakllantirish omili hisob-lanadi. Shu munosabat bilan, ish beruvchilarn-ing zamonaviy malaka talablariga va iqtisodiyotni maqsadli rivojlantirish dasturining rejalashtirilgan ehtiyojlariga javob beradigan kadrlarga bo'lgan ehtiyojlarini qondirish uchun hayot davomida o'qish ("lifelong learning"), boshlang'ich sinf o'qituvchilarini uzluksiz kasbiy rivojlantirishning ijtimoiy-iqtisodiy tizimini yaratish alohida ahami-yatga ega.

Xulosalar.

Kattalar ta'limida "lifelong learning" tamoy-ili asosida o'qitishning samaradorligini bahol-ash muhim ahamiyatga ega. "lifelong learning" tamoyili asosida o'qitishning imkoniyatidan kelib chiqqan holda ularni amaliyotga tatbiq etishning samaradorligini bir qator mezonlar bilan aniqlash mumkin.

Ular quyidagilar:

- ta'lim, tarbiya va shaxsni rivojlantirish vazi-falarining o'zida yaxlit aks ettira olishi;

- o'zida zamonaviy fan va texnika darajala-rini ifodalay olishi;

- g'oyaviy jihatdan ta'lim oluvchilarning yosh, individual va psixologik xususiyatlariga mos kelishi;

- o'quv materialining zarur axborotlar bilan to'liq ta'minlanganligi;

- o'qitish jarayonida rang-barang metod va vositalarni qo'llash imkoniyatining ta'minlanganligi;

- ta'limning barcha uchun ochiqligini ta'minlash tamoyiliga egaligi;

- ko'p funksiyali ta'lim vositalaridan foy-dalanish va ularni oson ekspluatatsiya qilish imkoniyatining mavjudligi;

- pedagogning ta'lim oluvchilarga mustaqil ishlarni samarali tashkil etishga ko'maklashish darajasi.

Kattalar ta'limida "lifelong learning" tamoy-ilini samarali qo'llash pedagogning kasbiy kom-petentligiga ham bog'liq. Shu sababli "lifelong learning" tamoyilining samaradorligini pedagog tomonidan ularning qo'llanilishiga ko'ra ham baholash mumkin.

Bunda quyidagi mezonlar muhim ahamiyatga ega:

- pedagogning texnologik madaniyatga egaligi;

- pedagogning pedagogik va axborot texnologiyalarini qo'llash hamda mustaqil o'rganish borasida tajribaga egaligi;

- pedagog tomonidan pedagogik va axborot texnologiyalarga "ijodiy" o'zgarishlar kiritilishi va ularning qayta shakllantirilishi;

- pedagogik va axborot texnologiyalarni ta'lim amaliyotiga tatbiq etishda o'qituvchi va ta'lim oluvchilar o'rtasida o'zaro hamkorlik negi-zida muvaffaqiyatli vaziyatlarning qaror topganligi;

- pedagogik va axborot texnologiyalarning tarkibiy qismlari o'rtasidagi o'zaro aloqadorlik;

- pedagogik va axborot texnologiyalarning o'quvchilar va pedagoglarning kasbiy rivojlanishini ta'minlashdagi imkoniyatlarga egaligi;

- o'qituvchilarning kasbiy ehtiyojlarga aso-slangan mustaqil o'quv-bilish faoliyatining ijobiy ahamiyat kasb etishi.

Xulosa shuki, uzluksiz ta'lim tizimi barcha insonlar uchun ochiq ta'lim olish imkoni-yatini ta'minlashga qaratilgan ta'lim, mehnat va jamoatchilikni o'z ichiga olgan yaxlit va tizimli yondashuvni mujassamlashtiradi. Ta'lim faqat davlat muassasalari bilan cheklanib qolmasligi, u o'qituvchining ish joyida, oilada, fuqarolik jamiyati tashkilotlarida va ixtiyoriy ravishda moslashuvchan shakllarda berilishi mumkin. Hayotiy ta'lim har tomonlama va barqaror iqtisodiy o'sishga, tinchlik va jamiyatning barqaror ijtimoiy va madaniy rivo-jlanishiga hissa qo'shadi.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2022, 2 (111)

с МАКТАБ ТАЪЛИМИ / ШКОЛЬНОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 65 и

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni. 2020 yil 23 sentabr, O'RQ-637-son. Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 24.09.2020 y., 03/20/637/1313-son.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi "Ta'lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-4884-son qarori.

3. Inncheon declaration/Education 2030: Towards inclusive and euitable quality education ang lifelong learning for all (Word Edutezcation Forum, 19-22 may 2015, Incheon, Republic of Korea).

4. UNESCO. Learning: The Treasure within. UNESCO/HMSO, London. 1996.

5. Alkarov E.M. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida pedagog kadrlar uzluksiz kasbiy rivojlanishini boshqarish samaradorligini oshirish: pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. -T.: 2021. - 60 b.

6. Jarvis P. (2012). Learning from everyday life. Human and Social Studies Research and Practice, 1(1), 1-20. Retrieved October 20, 2016.

7. Radjiyev A.B. Xalq ta'limi tizimida rahbar xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni boshqarish samaradorligini oshirish (umumta'lim maktab direktorlari misolida): pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. -T.: 2020. - 61 b.

8. N.Raxmanqulova, M.Yuldashev, A.Baxramov, M.Ahmedov, T.Raimov, A.Ametov. Xalq ta'limi xodimlarining malaka oshirish kurslaridan keyingi faoliyatlarini pedagogik qo'llab-quvvatlash. - T.: Lesson Press, 2018. - 160 b.

9. Shodiyeva M.J. Boshlang'ich sinf o'qituvchilarini kasbiy rivojlantirishning ilmiy-pedagogik jihatlari // «Zamonaviy ta'lim» jurnali. 2021. №4 (101), 58-65-betlar.

10. Ждан А.А. Управление системой непрерывного образования российской федерации. Автореферат диссертации на соискание ученой степени кандидата экономических наук. Москва.: 2009. - с 26.

11. Ильин М.Э., Юн С.Г. Мир на пути к SMART-обществу: сб. науч. докл. междунар. образоват. форума, 9-10 окт. 2012, Москва, Крокус Экспо. - М., 2012. - С. 117-119.

12. Кущева Н.Б., Терехова В.И. Концепция непрерывного образования взрослых как социальный институт инноваций // Интернет-журнал «Мир науки» 2016, Том 4, номер 3. http://mir-nauki.com/PDF/21PDMN316.pdf.

13. Марданшина Р.М. Модели непрерывного образования в едином образовательном пространстве на рубеже XX-XXI веков. Дисс. кандидат педагогических наук, 2007. - с 196.

14. Чурекова Т.М. Теоретико-методологические основы непрерывного образования личности в инновационных образовательных учреждениях. Дисс. доктор педагогических наук, 2002. - с 397.

15. Шахмарова Р.Р. Непрерывное образование - основа развития личности в современном обществе / Международный научно-исследовательский журнал № 05 (59), Часть 2. Май. - с 85-87. DOI: https://doi.org/10.23670/IRJ.2017.59.072.

16. https://zen.yandex.ru/media/canliradio/koncepciia-life-long-learning-zachem-uchitsia-vsiu-jizn-60f52fc26de0994484124301

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2022, 2 (111)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.