Научная статья на тему 'BO‘LAJAK TARBIYACHILARDA IJTIMOIY TOLERANTLIK FAZILATINI RIVOJLANTIRISHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI'

BO‘LAJAK TARBIYACHILARDA IJTIMOIY TOLERANTLIK FAZILATINI RIVOJLANTIRISHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

4
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tolerantlik / bag`rikenglik / insonparvarlik / fazilat / qadriyat / turmush tarzi / xulq-atvor / odatlar / his-tuygʻular / fikr-mulohazalar / gʻoyalar / e‟tiqodlar / umumbashariy / genesis.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Matluba Fazliddin Qizi Adasheva

Ushbu maqolada bo`lajak maktabgacha ta`lim tashkiloti tarbiyachilarida ijtimoiy tolerantlik fazilatini shakllantirishning ilmiy jihatdan asoslangan nazariy qismi, tolerantlik tushunchasining kelib chiqishi, Sharq mutafakkirlarining tolerantlik haqidagi qarashlari, turli olimlar tomonidan ushbu fazilatni insonlarda rivojlantirishning ahamiyati haqida aytib o`tilgan. Bu esa, uzluksiz ta`lim tizimining muhim bo`g`ini hisoblangan oliy ta`lim muassasalari bo`lajak tarbiyachilarida tolerantlik fazilatini rivojlantirishni tarkib toptirishni taqozo etadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK TARBIYACHILARDA IJTIMOIY TOLERANTLIK FAZILATINI RIVOJLANTIRISHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI»

BO'LAJAK TARBIYACHILARDA IJTIMOIY TOLERANTLIK FAZILATINI RIVOJLANTIRISHNINGILMIY-NAZARIY ASOSLARI

Matluba Fazliddin qizi Adasheva

Namangan davlat universiteti tayanch doktoranti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada bo lajak maktabgacha ta lim tashkiloti tarbiyachilarida ijtimoiy tolerantlik fazilatini shakllantirishning ilmiy jihatdan asoslangan nazariy qismi, tolerantlik tushunchasining kelib chiqishi, Sharq mutafakkirlarining tolerantlik haqidagi qarashlari, turli olimlar tomonidan ushbu fazilatni insonlarda rivojlantirishning ahamiyati haqida aytib o tilgan. Bu esa, uzluksiz ta lim tizimining muhim bo g ini hisoblangan oliy ta lim muassasalari bolajak tarbiyachilarida tolerantlik fazilatini rivojlantirishni tarkib toptirishni taqozo etadi.

Kalit so'zlar: tolerantlik, bagrikenglik, insonparvarlik, fazilat, qadriyat, turmush tarzi, xulq-atvor, odatlar, his-tuyg'ular, fikr-mulohazalar, g'oyalar, e'tiqodlar, umumbashariy, genesis.

АННОТАЦИЯ

В данной статье обоснована теоретическая часть формирования добродетели социальной толерантности у воспитателей будущей дошкольной образовательной организации, зарождение понятия толерантности, взгляды восточных мыслителей на толерантность, значение Развитие этой добродетели у людей упоминалось различными учеными. Это требует развития у будущих преподавателей высших учебных заведений добродетели толерантности, которая считается важным звеном системы непрерывного образования.

Ключевые слова: толерантность, толерантность, человечность, добродетель, ценность, образ жизни, поведение, привычки, чувства, мнения, идеи, убеждения, всеобщее, генезис.

ABSTRACT

in this article, the scientifically-based theoretical part of the formation of the virtue of social tolerance in the educators of the future preschool education organization, the origin of the concept of tolerance, the views of Eastern thinkers about tolerance, the importance of developing this virtue in people have been mentioned by various scientists. This requires the development of the virtue of tolerance in future teachers of higher education institutions, which is considered an important link of the continuous education system.

Keywords: tolerance, tolerance, humanity, virtue, value, lifestyle, behavior, habits, feelings, opinions, ideas, beliefs, universal, genesis.

195

27-mart, 2024

Jamiyat, inson, ijtimoiy guruh, ustoz va talaba millatlarning o'zaro munosabatlari murakkab bo'lganligi, ularning barqaror taraqqiyotiga erishish masalasi insoniyat ongli faoliyati boshlangandan to hozirgi kungacha bo'lgan davrgacha mutafakkirlari olimu ziyoli, nazariyotchi, siyosatchi, amaliyotchi va oddiy insonlarning diqqat markazida bo'lib kelgan va bundan keyin ham muhim masalalardan biri sifatida qoladi. Ilmiy adabiyotlar tahlili shundan dalolat beradiki, bag'rikenglik muammosi genezisi, shuningdek, "tolerantlik" tushunchasining mazmun va mohiyati ko'p yillar davomida o'zgarmay keladi. Ammo ayni XXI asrda dunyo iqtisodiy ma'naviy, madaniy munosabatlaridagi umumlashish va uning asosidagi globalizasiya jarayonlari, davlatlardagi insonlararo va mafkuralararo ziddiyatlarning ortishi tolerantlikni insoniyat istiqboli taqdiri va umumbashariy bunyodkorlik g'oyalarini belgilovchi zamonaviy tafakkurga aylantirdi.

Bizning tadqiqotimiz uchun uslubiy va nazariy jihatdan ahamiyatlisi shundaki, tolerantlik fazilatining dastlabki yozma g'oyalari xalqimiz manaviyati, madaniyati davlatchiligini asosiy manbalaridan biri bo'lgan zardushtiylikning "Avesto" kitobida tarannum etilgan. "Avesto" da ilgari surilgan "ezgu fikr, ezgu so'z, ezgu amal" so'zlarining zamirida bag'rikenglik g'oyalari o'z ifodasini topgan. Chunonchi, ezgu fikr insonni kamolatga yetaklaydi, g'arazli niyatlardan holi bo'ladi. Ezgu so'z insonlarni o'zaro yaqinlashtiradi Ular o'rtasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan turli ziddiyat yohud bir-birini ko'ra olmaslik yovuzlik kabi salbiy holatlardan xoli bo'lishiga yordam beradi. Ezgu amal esa bir tomondan, insonlarni, odamlarni mehnat qilish yaratuvchanlikka undasa ikkinchi tomondan mehnat orqaligina inson farovon yashashligini ko'rsatib beradi".

Ko'rinib turibdiki, bu tarixiy falasafiy asarda tolerantlik g'oyalari o'zak g'oya hisoblanadi. "Insonni hunarmand, tilu zabonli qilib yaratgan tangriga olqishlar bo'lsin. U insonni yomonlikka qarshi kurashsin, uni nest-nobud etsin, deb barcha mavjudotga rahbar va sarvar etdi".

Tolerantlik g'oyalari Islom ta'limotida ham o'z ifodasini topgan . Uning muqaddas kitobi Qur'oni Karimdan boshlab hadislarda hamda tasavvuf ta'limotida bagrikenglik g'oyalari ilgari surilgan. Mehnat bilan hayot kechirishni o'zining hayot mazmuni deb hisoblagan insonda ham, halollik, samimiylik, mehr-oqibat va bag'rikenglik tuyg'ularini mustahkamlamaydi. Islom dinida tinchlik va hamjixatlik g'oyalari ham katta o'rinni egallagan.

Bag'rikenglik g'oyalari o'zbek xalqining buyuk merosi bo'lgan "Alpomish", Go'ro'g'li kabi dastonlarida o'z ifodasini topgan. Ajdodlardan avlodlarga meros bo'lib kelgan bu noyob dostonlar xalqning ong tafakkurining mahsuli hayot kechirishi turmush tarzi, orzu-umidlarini o'zida mujassamlashtirgan. Bu dostonlarda do'stlik, mehr-muhabbat, dushmanga nafrat, vatanni ulug'lash xalq manfaatlari yo'lida hatto jonini ham ayamaslik kabi ulug' qadriyatlar darajasiga ko'tarilgan g'oyalar ilgari surilganligini

27-mart, 2024

196

ko'rish mumkin. Aslida ham bag'rikenglik g'oyalarini ajdodlarimiz bugungi avlodlarga yana dastonlar orqali meros qilib qoldirilgan desak to'g'ri bo'ladi. Haqiqatdan ham Alpomish, Go'rog'li va boshqa dostonlari o'zbek xalqining yuksak ma'naviyat, insonni ulug'lash, do'stlikni qadrlash, vatanni yuksak darajada kuylash, muhabbatga sadoqatni tarannum etishni o'zida aks ettirgan ma'naviy meroslardan birini tashkil etadi.

Bag'rikenglik g'oyalari taraqqiyoti IX-XII asrda O'rta Osiyoda fan va madaniyatning gullab yashnashi bilan bog'liq holda kechganligida ko'rish mumkin. Bu davrda bu zaminda yashagan Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Farobiy va boshqa allomalar fan, ma'naviyat va madaniyatni rivojlantirish bilan omma oldiga ongli tafakkurining taraqqiy qilishga mamlakatlar va xalqlar o'rtasida do'stlik aloqalarining mustahkamlanib borishga katta hissa qo'shganlar. Xorazmiy o'zining mashhur al jabrlari bilan matematika taraqqiyotida yangi oliy matematika bosqichiga asos solgan edi.

Bu davrning yana bir mutafakkiri Abu Rayhon Beruniy hisoblanadi. Buyuk ajdodlarimiz Abu Rayhon Beruniy o'zining aqliy salohiyati yuksak ilm sohibi qalbida mavjud bo'lgan bag'rikenglik tuygulari bilan xalqimiz ongi va tafakkurida bag'rikenglik ruhiyatining rivojlanib borishiga katta hissa qo'shgan ajdodlarimizdan biri edi. Beruniyning bag'rikenglik g'oyasining umuminsoniyatga xizmat qilayotgan kashfiyotlarida u ilgari surgan falsafiy g'oyalarida ham o'z ifodasini topganligini ko'rish mumkin. U o'z asarlarida adolat, insonga hurmat, mehnatni ulug'lash, do'stlik, hamdardlik, o'z yurtiga, xalqiga sadoqat g'oyalarini ilgari surgan.

Bag'rikenglik g'oyalarining negizlari haqida fikr yuritganimizda buyuk bobomiz o'zbek sheriyatining sultoni Alisher Navoiyni ijodini va faoliyatini alohida ta'kidlashimiz lozim. Alisher Navoiy butun umri davomida yozgan she'rlarida oddiy insonlarning baxtli saodatli bo'lishini, adolatning qaror topishini, insonlarning tinchligini va farovon hayot kechirishini tarannum etdi. U bir- biriga dushman bo'lgan oddiy insonlar bilan hukmdorlarni kelishtirishga hukmdorlarni xalqqa nisbatan adolatli bo'lishga chaqirib yashadi. Bobur Mirzo va ulardan keyin yashab ijod qilgan Ogahiy, Komil Xorazmiy va Feruz kabi ulkan shoirlar hayoti va ijodi oddiy insonlar manfaatini ko'zlab amalga oshirilgan ishlarning zamirida bag'rikenglik g'oyalari turganligini ko'rish mumkin.

Tarbiyachilar oldida tarbiyalanuvchilarni turli millatlarning madaniyati va an'analari bilan tanishtirish, ijtimoiy-etnik omillarning bolalarga ta'sirini sozlash va ularda dunyo fuqarolari tuyg'usi va ongini shakllantirish vazifasi turibdi. Turli millat vakillari bo'lgan jamoa bilan ishlashning barcha bosqichlarida, tarbiyalanuvchilarning yoshidan qat'i nazar, tarbiyachi amaliy chora-tadbirlarni o'ylab ko'rishi kerak, shunda bolalarda milliy izolyatsiyani, xudbinlikni yengish, muloqot madaniyatini oshirishga e'tibor qaratish osonroq bo'ladi. Butun jamoani zararli millatchilik ta'siriga qarshi turish

27-mart, 2024

197

uchun o'z imkoniyatlaridan foydalanish zarur. Insonning shakllanishiga ta'sir qiluvchi barcha vositalardan, alohida rol xalq pedagogikasining tarbiya vositalariga berilgan.

Xalq pedagogikasi xalq og'zaki ijodi, urf-odatlari, an'analari, bolalar o'yinlari va o'yinchoqlarida saqlanib qolgan pedagogik ma'lumotlar va tarbiyaviy tajribalar to'plamidir. Turli xalqlar madaniyati bilan bog'liq aniq masalalarni o'rganish uchun maktab o'quvchilarining tadqiqot guruhlari tuzilishi mumkin. Boshqa xalqlar haqida iloji boricha ko'proq bilish har qanday yoshda millatlararo munosabatlar madaniyatini shakllantirishning asosidir. O'yin bolalar hayotining eng muhim sohasi bo'lib, u mehnat, bilim, san'at, sport bilan birgalikda o'quvchilarda milliy ongni, millatlararo munosabatlar madaniyatini shakllantirish uchun zarur hissiy sharoitlarni ta'minlaydi. Aytganimizdek, hozirgi ijtimoiy-madaniy vaziyat insoniyatning kelajakda omon qolishi sharti sifatida bag'rikenglikni shakllantirishning dolzarb zaruratini belgilab berdi; ijtimoiy-madaniy tizimning qadriyatlari sifatida; insonparvarlik me'yorlari sifatida insoniy munosabatlar, dunyoqarash va tashqi dunyo bilan munosabatlarni o'rnatish uchun ongli ko'rsatma sifatida talqin etiladi. Bu bizga tolerantlikni ob'ektiv voqelikning ko'p komponentli hodisasi sifatida ko'rib chiqishga imkon beradi. Bag'rikenglik ruhida tarbiyalash, eng avvalo, insonning bu dunyo bilan o'zaro munosabatining mohiyati va usullarini anglash orqali uning dunyoda mavjudligining mazmunini ochib berish muammosini hal qiladi. Tolerant muhitda ta'lim va tarbiya jarayoni insonning dunyodagi o'z o'rnini anglashi, u bilan munosabatda bo'lish usullarini o'zlashtirib olishidan iborat. Oxir oqibat, biz bag'rikenglikni shaxsan muhim qadriyat sifatida qabul qilish muhimigini anglab yetamiz.

REFERENCES

1. Декларация принципов толерантности. URL: www.tolerance.ru/toler-deklaraciya.php/

2. Yo'ldoshev J., Hasanov S. "Avesto" da axloqiy-ta'limiy qarashlar.-T.: O'qituvchi, 1996. -29 b.

3. Vikulina M.A. Ta'lim talabalarning bag'rikengligini shakllantirish omili sifatida // Pedagogik sharh.- M.: 2007. - 3-son.

4. Akramova G. R. Boshlang ich sinf o quvchilarida tolerantlik tushunchasini shakllantirishning didaktik asoslari: Ped.f.n. ... diss. avt. - Т., 2007.

5. Husniddinov Z. Ozbekistonda diniy bag'rikenglik. - Т. :Toshkent Islom universiteti, 2006.

6. Сагатова, Ш. Ф. (2021). ЭМОЦИОНАЛ ИНТЕЛЛЕКТ РИВОЖЛАНИШИНИНГ ШАРТ-ШАРОИТЛАРИ. Academic research in educational sciences, 2(NUU Conference 1), 124-127.

7. Усманова, Ш. Д. (2019). Шахе ижтимоии фаоллиги ривожланишининг психологик механизми. Современное образование (Узбекистан), (3 (76)), 27-31.

198

27-mart, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.