Научная статья на тему 'BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI O‘SMIR QIZLAR TARBIYASINI MADANIYATShUNOSLIK YONDASHUVI ASOSIDA AMALGA OSHIRISHGA TAYYORLASH PRINSIPLARI'

BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI O‘SMIR QIZLAR TARBIYASINI MADANIYATShUNOSLIK YONDASHUVI ASOSIDA AMALGA OSHIRISHGA TAYYORLASH PRINSIPLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
13
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Akademik

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Vahobjon Rajapov

Qadimdan xalqimizda “Qiz bola o‘qib, shahar olib beradimi?” yoki “Qiz boladan payg‘ambar chiqmagan” kabi noto‘g‘ri tushunchalar mavjud. Afsuski, oiladagi qizlarning o‘qishiga panja orasidan qaraydigan ota-onalar hali-hanuz topiladi. Bugungi tadqiqotimiz mavzusi qizlar ta’limiga qaratilgan ekan, avvalo raqamlarga murojaat qilamiz: Ikki ming yigirma ikkinchi yil avgustidagi hisob-kitoblarga qaraganda O‘zbekiston maktablarida jami olti butun o‘ndan uch million o‘quvchi tahsil olsa, ulardan qirq sakkiz butun o‘ndan еtti foizini, ya’ni uch butun o‘ndan bir millionini qizlar tashkil etadi. Akademik litseylarda o‘n ikki ming to‘qqiz yuz besh qiz ilm oladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI O‘SMIR QIZLAR TARBIYASINI MADANIYATShUNOSLIK YONDASHUVI ASOSIDA AMALGA OSHIRISHGA TAYYORLASH PRINSIPLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

BO'LAJAK O'QITUVCHILARNI O'SMIR QIZLAR TARBIYASINI MADANIYATShUNOSLIK YONDASHUVI ASOSIDA AMALGA OSHIRISHGA

TAYYORLASH PRINSIPLARI Vahobjon Rajapov

T.N.Qori Niyoziy nomidagi O'zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti mustaqil

izlanuvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.10002913

Qadimdan xalqimizda "Qiz bola o'qib, shahar olib beradimi?" yoki "Qiz boladan payg'ambar chiqmagan" kabi noto'g'ri tushunchalar mavjud. Afsuski, oiladagi qizlarning o'qishiga panja orasidan qaraydigan ota-onalar hali-hanuz topiladi. Bugungi tadqiqotimiz mavzusi qizlar ta'limiga qaratilgan ekan, avvalo raqamlarga murojaat qilamiz:

Ikki ming yigirma ikkinchi yil avgustidagi hisob-kitoblarga qaraganda O'zbekiston maktablarida jami olti butun o'ndan uch million o'quvchi tahsil olsa, ulardan qirq sakkiz butun o'ndan etti foizini, ya'ni uch butun o'ndan bir millionini qizlar tashkil etadi.

Akademik litseylarda o'n ikki ming to'qqiz yuz besh qiz ilm oladi.

Kitob o'qish va matnni tushunish bo'yicha o'tkazilgan xalqaro tanlovda ellik etti davlat vakillari orasida qirq to'qqizinchi O'zbekiston o'quvchilari egallagani achinarli hol, ammo o'rtacha to'rt yuz o'ttiz besh ball olgan vakillarimizning natijalari tekshirilganda, qizlar to'rt yuz qirq to'qqiz ball yiqqani ularning o'qimishliligidan darak beradi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, qizlar jamiyatimizning ajralmas bir qismi va ular respublika hayotida muhim o'rin egallaydilar.

O'smirlik davridagi qizlar ta'limi alohida e'tibor qaratiladigan sohalardan biridir. Bu yoshdagi qizlar murakkab o'tish davrida bo'lib, kattalar ular bilan tez-tez muloqotda bo'lishlari lozim. Ayniqsa, sinf rahbarlari va onalar qizlarni jiddiy nazoratga olishlari va muammolar paydo bo'lganida darhol mutaxassis ruhshunoslarga murojaat qilishlari talab qilinadi. Bizning mentalitetimizga ko'ra, o'g'il bolalar kelajakda oila boquvchisi, ta'minotchisi tarzida o'stiriladi. Qiz bolalar oilada bekalik vazifasini bajarishga tayyorlanadilar. Qiz bolalar pishiriq, tikuvchilik, hamshiralik va shu kabi qisqa kurslarda o'qitiladi, go'yo shu bilan ota-ona o'z vazifasini bajargandek bo'lib qoladi. Ammo qizlardagi bor bilim va iste'dodni ochib berish uchun shuning o'zi etarmikan?

Qizlar orasida ham aniq, tahliliy fanlarga qiziqish ortib bormoqda. Matematika, kimyo, ayniqsa, axborot texnologiyalariga qiziqish natijasida qizlar orasida turli tanlov va xalqaro olimpiadalar g'oliblari soni ko'payib bormoqda. Keyingi yillarda muntazam o'tkazib borilayotgan Mendelev nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasida O'zbekiston sharafini himoya qilayotgan yoshlar orasida qizlarning borligi, ularning doimo sovrinli o'rinlarni egallab kelayotgani so'zimizga isbot bo'ladi. Maftuna Badalova, Shahzoda Hakimova va boshqalar shular jumlasidandir. Agar biz Zulfiya nomidagi mukofot faqat qizlar uchun ta'sis etilgan deganimizda ham, yosh kitobxon tanlovi g'oliblarining salmoqli qismini qizlar tashkil qilishini inkor eta olmaymiz.

O'smir qizlar orasida intellektual musobaqalar tashkil etilishi kutilgan natijalarga olib kelishi uchun qizlar ta'limiga jiddiy e'tibor qaratish talab qilinadi. Sinf rahbarlaridan iqtidorli qizlar bilan ishlashda fan o'qituvchilari va to'garak rahbarlari bilan hamkorlikni yo'lga qo'yishni hamkorlik qilish yutuqlar keltiradi. Aniq va tabiiy fanlarni o'qitishda qizlarga ham xuddi o'g'il

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

bolalar singari vaqt va e'tibor qaratish kerakligini anglab etdik. Endi qizlarning maktab hayotidagi o'rniga ham diqqatimizni jalb etamiz.

Qizlarda ijodkorlik qobiliyati anchagina rivojlangan va bundan unumli foydalana bilish amaliy natijalarga olib keladi. Odatda, qizlar hamma narsani o'zgartirishga, o'z didlariga moslashtirishga intilishadi. Sinfxona gullarga to'ladi, devorlarga turli-tuman plakatlar, reproduksiyalar osiladi va hokazo. Ularning bu kabi tashabbusini to'g'ri yo'naltira olish tajribali pedagogning mahoratidan dalolat beradi. Qizlar yaxshi ijodkor bo'lish bilan birga ajoyib ijrochi hamdir. Ularga berilgan har qanday vazifa, agar uddasidan chiqa oladigan darajada bo'lsa, a'loga bajariladi.

Maktab madaniy hayotini tashkil etishda qizlar ijodkorligi ijobiy natijalarga olib keladi. Tadbirlar ssenariysini tuzishdan tortib, ularni o'tkazish va natijalarni sarhisob qilishgacha bo'lgan jarayon qizlar nigohida yanada yorqinroq ahamiyat kasb etadi. Qizlar uchun tashkil etilgan turli to'garaklar ularning kelgusi hayotiga poydevor bo'ladi. "Mohir qo'llar", "Chaqqon qizlar", "Do'ppi tikdim", "Ibratli pazanda" kabi to'garaklar qizlarning nafaqat ilmli balki uddaburon uy bekasi bo'lishlariga xizmat qiladi.

Qizlar maktab, oila va mahallada barchaning ko'z o'ngida bo'lishgani sababli, ularda muomala madaniyatini ham tarbiyalash talab qilinadi. Turli mavzularda suhbat olib borish qobiliyati qizlarga yillar davomida o'rgatib boriladi. Bunday xususiyatga ega bo'lish uchun qiz bola ko'p o'qigan va mantiqiy tafakkurini shakllantirgan bo'lishi shart.

Qizlardagi xushta'blik ham alohida e'tibor talab qiladigan jihatdir. Ularga san'at, musiqa va kiyinish madaniyati asoslari bolalikdan singdirib borilishi kutilgan natijalarga olib keladi. Ba'zan tug'ilib o'sgan shahrimizdagi muzeylarga ham borishga vaqt topa olmaymiz, shunday ekan tasviriy va amaliy san'atning nodir namunalarini tomosha qilishga, ular bilan tanishishga yo'l bo'lsin demasdan, imkon darajasida internet tarmog'i bilan dunyoni aylanib chiqishga harakat qilishimiz lozim. Rivojlangan texnogen madaniyat davrida "Luvr", "Briianiya", "Metropolitenmuzeum", "Ermitaj", "Tretyakov galereyasi" kabi muzeylarning eksponatlarini uyimizda o'tirib istagan chog'imizda ko'rib, ulardan estetik zavq olishimiz mumkin. Mazkur amaliyot qizlar didini takomillashtirishda qo'llansa, muvaffaqiyatga olib keladi.

Musiqiy rang-baranglik nafaqat maktab o'quvchilarini, balki kattalarni ham chalg'itib qo'yadi. Turli yo'nalishdagi musiqiy oqimlar har qanday tinglovchining didini sinovdan o'tkzadi. Shu sabab qizlarda musiqa tarbiyasini kichikligidan yo'lga qo'yish lozim.

Zamonaviy qizlar nazaridan hech qanday kichik jihatlar ham chetda qolmasligi shart. Qizlarda hamma narsa uyg'un bo'lsa, ular kelajakda farzand tarbiyasiga ham tayyor bo'lib boradilar. Qizlar doim o'z ustida ishlab, zamondan orqada qolmaslikka intilishlari maqsadga muvofiqdir. Qizlar ta'limi va tarbiyasiga oiladagi yoshi ulug' bobolar va buvilar ham mas'uldirlar. Ularning hayotiy tajribasi yosh avlodga mahorat maktabi bo'ladi. Zero, bejiz dono xalqimiz "Qarisi bor uyning parisi bor" demagan. Qadimdan onalar o'z oilalariga buvisidan tarbiya olgan qizlarning kelin bo'lishini istaydilar. Chunki buvi va bobolar qizlarga shunchaki nasihat qilib qolmasdan, rivoyat va hikoyatlar asosida qiziqarli tarzda ularga tarbiya beradilar.

Qizlar mentaliteti o'g'il bolalarnikidan juda katta farq qiladi. Ko'pgina qizlar zamonaviy kasb va bilimlarni egallashda yigitlardan qolishmayapti. Ayniqsa, axborot texnologiyalari sohasini egallayotgan qizlar soni kun sayin ortib bormoqda. Prezidentimiz tomonidan e'lon qilingan "Bir million dasturchi" loyihasi yangi-yangi iste'dodlarni kashf etmoqda. Qizlar orasida vepdezaynerlar, dasturchilar, shuningdek axborot texnologiyalarining boshqa bo'limlarini

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

o'rganayotganlar anchagina ko'p. Pedagoglarning salmoqli qismi ayollar ekanligini e'tiborga olsak, kelajakda o'qituvchi bo'lishni orzu qilayotgan qizlar ham bor. Bular ham axborot texnologiyalarini chuqur egallashi lozim. Chunki yoshlar doimo yangilikka intilishadi. Internet olami bugungi kunda barchani o'ziga torta oladigan kontent bilan soniya sayin boyib bormoqda. Bular orasida turli kasblarni targ'ib qilishdan tashqari, ular o'rtasida hunar egallash haqida ham suhbatlar tashkil qilish yaxshi natijalarga olib keladi. Xalq maqollarida ham, bobokalonlarimiz dostonlarida ham hunar va uning nafi haqida ta'kidlab o'tilgan. Bugungi kunda qizlar o'rtasida kashta tikish, zardo'zlik, taqinchoqlar yasash, kiyimlarga toshlardan bezak berish va boshqa hunarlar rusum bo'lgan.

Yuqoridagilarni inkor qilmagan holda, qizlarda mutolaa madaniyatini shakllantirish borasida alohida to'xtalib o'tishni lozim topdik. Kitobga muhabbatni qizlarda bolalikdan uyg'otish ular ta'limi va tarbiyasiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

Qizlar voqealarga boy, malikalar hayotidan hikoya qilingan, hissiyotlarga ta'sir etadigan ertak va qissalarni xush ko'radilar. Ilmiy va ilmiy-ommabop asarlar qizlarning yoshiga qarab tavsiya qilinadi. O'zbek mualliflaridan tashqari, jahon adabiyoti namoyandalarining asarlari ham maktab va oilaviy kutubxona javonlaridan munosib o'rin egallashi lozim. Qizlar aksariyat hollarda uy ishlari bilan band bo'lishgani bois, ularga audiokitoblar eshitishning afzalliklarini ham ta'kidlab o'tamiz. Ko'plab til o'rganishga ixtisoslashgan darsliklar ham audio tarzida yozilmoqda. Bu kabi tajriba o'zining natijasini namoyon etmoqda. Umuman olib qaraganda, kitoblar qizlar kelajagiga ijobiy yangiliklar olib keladigan dasturulamal vazifasini bajaradi.

Xulosa o'rnida shuni aytmoqchimizki, qizlar ta'limiga alohida e'tibor qaratish shart. Ular ham o'g'il bolalar qatori bilim olishlari, nafaqat ijtimoiy-gumanitar, balki aniq va tabiiy fanlardan chuqur tahsil ko'rishlari talab qilinadi. Qizlarda madaniy ta'lim va didni shakllantirish ijobiy natijalarga olib keladi. Qizlarni kitob mutolaasiga o'rgatish ularning har tomonlama rivojlanishiga sabab bo'ladi. Qizlarga ti'lim berish bilan birga ularning tarbiyasiga ham jiddiy qarash kerak. Qizlarga hunar o'rgatish ularning o'z qo'llari bilan yangi-yangi ijod mahsulotlarini yaratishlariga manbaa bo'ladi. Qizlar hech qachon diqqat markazidan chetda qolib ketmasligi va ularga faqatgina bo'lajak uy bekasi deb qaramaslik lozim.

REFERENCES

1. Malikova D.M. O'quvchilarda mutolaa madaniyati ko'nikmalarini uzluksiz rivojlantirish imkoniyatlari // Uzluksiz ta'lim. Ilmiy-uslubiy jurnal. - T., 2020. - 3-son. - B. 91-95. (13.00.00; № 9)

2. Malikova D.M. Umumiy o'rta ta'lim maktablari o'quvchilarida mutolaa madaniyatini shakllantirish // Uslubiy qo'llanma. - Toshkent: "Tafakkur qanoti". 2021.-144 b.

3. Ibragimovich I. K. et al. PEDAGOGICAL ABILITIES OF A TEACHER, STRUCTURE AND DEVELOPMENT (ЙШ^Ш). - 2021. - T. 48. - №. 12.

4. Ibragimov X. I. PEDAGOGIKA I VOSPITANIE //Ekonomika i sotsium. - 2021. - №. 1-1 (80). - S. 608-611.

5. Ibragimovich, Ibraimov Kholboy. "Intensive methods of teaching foreign languages at university." Voprosbi nauki i obrazovaniya 27 (39) (2018): 78-80.

6. Ataullaev F.F.U., Ibraimov X.I. Понятие профессионално-коммуникативной компетентности будущих учителей в психолого-педагогических исследованиях //Вопросы науки и образования. - 2019. - №. 1 (42). - С. 70-74.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE

TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS"

_October 19-20, 2023_

7. Ibraimov X. I. Педагогические и психологические особенности обучения взрослых //Асадемй. - 2019. - №. 10 (49). - С. 39-41.

8. Ibragimov X. I. Организатсия самостоятелной работы студентов в условиях сифровизатсии вузовского образования //Наука и образование сегодня. - 2020. - №. 7 (54). - С. 74-75.

9. Ibragimov, X. I., U. A. Yo'ldoshev, X. Bobomirzayev. "Pedagogik psixologiya." O'quv qo'llanma. O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashiriyoti Toshkent (2009).

10. Ibraimov X. I. Теоретические аспекты сотсиално-психологической адаптатсии студентов-первокурсников к обучению в вузе //Вопросы науки и образования. - 2019. - №. 26 (75). - С. 12-16.

11. Ibragimovich, Xolboy Ibraimov. "O 'ZBEKISTON OLIY TA'LIM TIZIMIDA KREDITMODUL TEXNOLOGIYALARINI QO 'LLASHNING O 'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI." INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRACTICE. SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL (2021): 209-214.

12. Ibragimovich, Ibraimov Kholboy. "Theoretical and methodological basis of quality control and evaluation of education in higher education system." International journal of discourse on innovation, integration and education 1 (2020): 6-15.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.