Научная статья на тему 'O‘QUVCHI YOSHLARDA JINSIY TARBIYANING PSIXOFIZIOLOGIK ASOSLARI'

O‘QUVCHI YOSHLARDA JINSIY TARBIYANING PSIXOFIZIOLOGIK ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
620
75
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Jinsiy tarbiya / jinsiy hayot / gigiyena qoidalari / fiziologik hodisalar / jinsiy mayl / balog’at yoshi / o’spirinlik yoshi.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Saidova Nargiza Ismatulla Qizi, Shamsiyeva Mahliyo Ilxom Qizi

Ushbu maqolada jinsiy tarbiyaning psixofziologik asoslari hamda yoshlarda qaysi davrlarda jinsiy o’zgarishlar kuzatilishi va jinsiy tarbiyaning muhim xususiyatlari borasida gap ketadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘QUVCHI YOSHLARDA JINSIY TARBIYANING PSIXOFIZIOLOGIK ASOSLARI»

• К,адриятлар трансформацияси жараёнининг ижтимоий-психологик механизмларини таджик этиш.

Юкоридагилардан келиб чикиб хулоса килишимиз мумкинки, замонавий жамиятдаги трансформация жараёнлари нафакат ижтимоий мухитда, балки шахс психологиясида хам содир булмокда. Мазкур жараён шахс ижтимоий-психологик структурасида марказий урин тутувчи кадриятлар тизимини тадкик этишни такозо этади.

Мазкур йуналишдаги тадкикотлардан давлатнинг умуммиллий ва ижтимоий дастурларида фойдаланиш мумкин булган илмий амалий тавсиялар ишлаб чикишда фойдаланиш мумкин. Жамиятдаги ижтимоий-психологик ходисаларни прогнозлаш усулларини яратиб амалиётда куллаш имкониятлари очилади.

ФОЙДАЛАНИЛГАН АДАБИЁТЛАР:

1. Гидденс Энтони. Социология: Олий укув юртлари учун укув кулланма / Тарж. Н. Маматов ва Ж. Бегматов.— Т.: Шарк, 2002.— 848 б.

2. Скирбекк, Г., Гилье, Н. Фалсафа тарихи: Олий укув юрт. учун укув кулл. / Рус тилидан тарж .: В. Кузнецов . — Т.: «Шарк», 2002. - 720 б.

3. В.Каримова, Ф.Акрамова, Н.Лутфуллаева. Ижтимоий психология: Укув кулланма. - Т., 2011.

4. А.Мадвалиев тахрири остида Узбек тилининг изохли луFати. - М., 1981.

5. М.Бекмуродов ва б. Социология. Укув кулланма. 2002 й.

6. М.Файзиева Шахс психологик химоя механизмлари.Монография "Насаф"НМИУ-2021й.

O'QUVCHI YOSHLARDA JINSIY TARBIYANING PSIXOFIZIOLOGIK ASOSLARI

Saidova Nargiza Ismatulla qizi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti o'qituvchisi Shamsiyeva Mahliyo Ilxom qizi

Nizomiy nomidagiToshkent davlat pedagogika universiteti talabasi

Annotatsiya: Ushbu maqolada jinsiy tarbiyaning psixofziologik asoslari hamda yoshlarda qaysi davrlarda jinsiy o'zgarishlar kuzatilishi va jinsiy tarbiyaning muhim xususiyatlari borasida gap ketadi.

Kalit so'zlar: Jinsiy tarbiya, jinsiy hayot, gigiyena qoidalari, fiziologik hodisalar, jinsiy mayl, balog'atyoshi, o'spirinlikyoshi.

Mavzu yuzasidan atrofimdagi oilalami kuzatib, bu borada har kim turlicha firklashining guvohi boldim. Hayron qoldirgani, jinsiy tarbiya deganda, aksariyat ota-onalar shaxsiy gigiena qoidalarini tushunishadi, xolos. Aslida esa bolalarning jinsiy

tarbiyasi juda nozik masala. Tanlagan mavzuimiz kolami shu qadar kengki, bolalar ruhiyati bilan birga salomatligiga ham urg'u berib o'tishga to'g'ri keladi. Jinsiy tarbiya - bolalar, o'smirlar va yoshlarda jins masalalariga to'g'ri munosabatni shakllantirib borishga qaratilgan tibbiy va pedagogik tadbirlar tizimi.

Jinsiy tarbiya shaxsning jismoniy, aqliy, ma'naviy va e&etik rivojlanishi bilan bevosita bog'liq. Jinsiy tarbiya ning asosiy vazifasi yosh avlodning yaxshi o'sib-unishiga, zurriyot berish funksiyasini bekamu ko'& qilib shakllantirishga, nikoh va oilani mu&ahkamlashga yordam berishdan iborat. Jinsiy tarbiyani bolalarning yoshi, jinsi va malakasiga mos tushadigan qilib olib borish zarur. Ko'plar jinsiy tarbiyani balog'at yoshida boshlash kerak deb hisoblashadi. Bu noto'g'ri, chunki bunga taalluqli ayrim masalalarni bolaning yoshligidan boshlab hal qila borish kerak. Ko'pgina ota-onalar jins masalasini muhokama qilish odobdan emas deb o'ylab yoshlarni qiziqtiradigan masalalar to'g'risida so'zlashmaslikni lozim ko'rishadi. Natijada, bolalar atrofdagilardan, ko'pincha tasodifiy manbalardan ko'r-ko'rona ma'lumotlar olib, o'zlarini qiziqtirgan mavzular yuzasidan aksari noto'g'ri tasavvurga ega bo'lib qoladilar. Avvalo, yoshlar jins orasidagi tafovutlar, ular jinsiy a'zolarining tuzilishi va mohiyati haqida tasavvurga ega bo'lishlari lozim. Buni maktab yoshidan boshlagan ma'qul. Ma'lumki o'smirlik davriga kelib gormonal o'zgarishlar, balog'atga yetish, jismoniy yetilish tufayli qarama-qarshi jinsga qiziqish paydo bo'ladi. Xuddi shu davrda ular jinsiy a'zolarning anatomik va fiziologik xususiyatlaridan boxabar bo'lishlari lozim.

Jinsiy tarbiya jarayonini shartli ravishda bir nechta bosqichga ajratish mumkin. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga oddiy gigiyena malakalari va yurish-turish qoidalarini o'rgatib borish, organizmni chiniqtirish muhim, chunki ularning jinsiy jihatdan rivojlanishi umumiy jismoniy rivojlanishiga bog'liq. Bolalar tarbiyasi va parvarishida badanning erogen zona deb ataladigan (qarang Jinsiy hayot) joylari ta'sirlanmasligiga e'tibor berish, ularga noqulay, tor kiyim kiygazmaslik, gijja kasalliklari bo'lsa, vaqtida davolatish zarur. Shu yoshdagi bolalarda, odatda, ro'zg'or ishlariga qarashish i&agi paydo bo'ladi, ota-onalar bu i&akni rag'batlantirib turishlari, o'g'il bolalardan qizlarga yordam berishni talab qilishlari lozim. Bolada javobgarlik, burch, boshqalarga mehr-muhabbat va hurmat bilan qarash hissini shakllantirib borish muhim. Bolalar uyda biror ish, maktabda esa tayinli bir vazifa bilan band bo'lishi jinsiy tarbiyada muhim ahamiyatga ega. Balog'atga yetish davridagi jinsiy tarbiya birinchi galda, shu davrda o'smirning organizm va shaxsiyatida bo'ladigan o'zgarishlarni hisobga olishi lozim. Qizlar 12— 14 yoshda, o'g'il bolalar esa 13—15 yoshda o'smirlikka qadam qo'yishadi, bu davrda ularning ichki dunyosi boyib, endokrin bezlari, ayniqsa, jinsiy bezlarining faoliyati kuchayadi, a&a-sekin jinsiy mayl uyg'ona boshlaydi. Balog'atga yetish jarayonida jinsiy ong qaror topa boshlaydi. Onalar sharqona fe'limizdagi qon-qoniga o'tib kelayotgan oriyat tuyg'usi, avlodlarning sha'nini pok saqlash yo'lidagi andisha tuyg'usi qizlar uchun javohirlardan ham yuksakroq ekanligini yo'l-yo'lakay uqtirib borishlari lozim. Qizlarni ma'naviy kamol toptirish uchun ular ruhiyatiga mas'ullik, burch, uyat, mehribonlik, fidoyilik, vafo fazilatlarini singdirib borishlari darkor. Shuningdek, iffat, vijdoniy poklik, nomus, hayo qizlar tabiatiga xos fazilat ekanligini tushuntirib qo'yish muhim. Balog'at yoshidagilar bu davrdagi gigiyena masalalari tushunchalarini tasodifiy o'rtoqlaridan

emas, balki otaonalari, pedagoglar va maktab vrachlaridan olishlari muhim. Xususan bu davrda qizlarni hayz ko'rishga, o'g'il bolalarni esa ixtilom bo'lib turishga tayyorlash, bu fiziologik hodisalar tabiiy hol ekanligini, ular boshlanganida qanday gigiyena qoidalariga amal qilish kerakligini qizlarga onasi, o'g'illariga otasi yoki yaqin kishilari tushuntirib berishi kerak. Yoshlar o'zlarida paydo bo'lib boradigan allanechuk i^aklarni hamisha ham jilovlab ololmaydi, qarama-qarshi jinsdagi o'z tengqurlari oldida endi o'zlarini noqulay his qiladigan bo'lishadi. Mana shu davrda yoshlar o'zlarini qiziqtiradigan ishlar bilan band bo'lsa, ko'ngli odamlarga xayrixohlik bilan to'lib-toshib tursa, ularda jins masalalariga odatdan tashqari qiziqish paydo bo'lmaydi. Jinsiy tarbiya jarayonini shartli ravishda bir nechta bosqichga ajratish mumkin. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga oddiy gigiyena malakalari va yurish-turish qoidalarini o'rgatib borish, organizmni chiniqtirish muhim, chunki ularning jinsiy jihatdan rivojlanishi umumiy jismoniy rivojlanishiga bog'liq. Bolalar tarbiyasi va parvarishida badanning erogen zona deb ataladigan (qarang Jinsiy hayot) joylari ta'sirlanmasligiga e'tibor berish, ularga noqulay, tor kiyim kiygazmaslik, gijja kasalliklari bo'lsa, vaqtida davolatish zarur. Shu yoshdagi bolalarda, odatda, ro'zg'or ishlariga qarashish i^agi paydo bo'ladi, ota-onalar bu i^akni rag'batlantirib turishlari, o'g'il bolalardan qizlarga yordam berishni talab qilishlari lozim. Bolada javobgarlik, burch, boshqalarga mehr-muhabbat va hurmat bilan qarash hissini shakllantirib borish muhim. Bolalar uyda biror ish, maktabda esa tayinli bir vazifa bilan band bo'lishi jinsiy tarbiya da muhim ahamiyatga ega. Balog'atga yetish davridagi jinsiy tarbiya birinchi galda, shu davrda o'smirning organizm va shaxsiyatida bo'ladigan o'zgarishlarni hisobga olishi lozim. Qizlar 12—14 yoshda, o'g'il bolalar esa 13—15 yoshda o'smirlikka qadam qo'yishadi, bu davrda ularning ichki dunyosi boyib, endokrin bezlari, ayniqsa, jinsiy bezlarining faoliyati kuchayadi, a^a-sekin jinsiy mayl uyg'ona boshlaydi (qarang Balog'atga yetish). Balog'atga yetish jarayonida jinsiy ong qaror topa boshlaydi. Onalar sharqona fe'limizdagi qon-qoniga o'tib kelayotgan oriyat tuyg'usi, avlodlarning sha'nini pok saqlash yo'lidagi andisha tuyg'usi qizlar uchun javohirlardan ham yuksakroq ekanligini yo'l-yo'lakay uqtirib borishlari lozim. Qizlarni ma'naviy kamol toptirish uchun ular ruhiyatiga mas'ullik, burch, uyat, mehribonlik, fidoyilik, vafo fazilatlarini singdirib borishlari darkor. Shuningdek, iffat, vijdoniy poklik, nomus, hayo qizlar tabiatiga xos fazilat ekanligini tushuntirib qo'yish muhim. Balog'at yoshidagilar bu davrdagi gigiyena masalalari tushunchalarini tasodifiy o'rtoqlaridan emas, balki otaonalari, pedagoglar va maktab vrachlaridan olishlari muhim. Xususan bu davrda qizlarni hayz ko'rishga, o'g'il bolalarni esa ixtilom bo'lib turishga tayyorlash, bu fiziologik hodisalar tabiiy hol ekanligini, ular boshlanganida qanday gigiyena qoidalariga amal qilish kerakligini qizlarga onasi, o'g'illariga otasi yoki yaqin kishilari tushuntirib berishi kerak.

Tarbiyaning bu jihati o'ta nozik va mashaqqatli. Chunki farzandning jajji, ko'zni quvontiradigan go'daklik harakatlari ortda qolib, endi u o'smirlik yoshiga yetadi. Endi farzand har bir holatni ongli fikrlaydigan, ko'z oldida kechayotgan har bir voqelik va jarayonlarga bolalarcha qiziquvchanlik bilan emas, aksincha, o'zgacha e'tibor bilan nazar sola boshlaydi. Shuning uchun ham ota-ona va murabbiylardan bunday tarbiya jarayonida juda katta mahorat talab etiladi. Jinsiy tarbiya o'g'il va qiz bolalarda jins

masalalariga nisbatan to'g'ri munosabatni qaror toptirishni ko'zda tutadi. Yosh avlodning yaxshi va sog'lom o'sib-unishiga, voyaga yetishiga, nasl qoldirish qobiliyatiga ega bo'lishiga, nikoh va oilani mu^ahkamlashga yordam berish jinsiy-ahloqiy tarbiyaning asosiy vazifasidir.

Ota-onalar, tibbiyot xodimlari va murabbiylar faoliyatlarini uyg'unlashtirib, bolalarning yoshi, jinsi, iqtidori va boshqa xususiyatlariga mos ravishda jinsiy hamda axloqiy tarbiyani bir-biriga bog'lab olib borishlari lozim. Maktabgacha yoshdagi bolalar va kichik yoshdagi o'quvchilar bilan ishlashda shunga alohida e'tibor berish kerak: bunday tarbiya faqat jinsiy hayot asoslari bilan tanishtirish, bolalarga gigiyenik malakalar, erkak va ayol tanasi tuzilishi, uning rivojlanish qonunlarini singdirishdan iborat emas, balki axloqiy tarbiyaning ajralmas qismi hisoblanadi.

Axloqiy tarbiyani to'g'ri olib borish uchun kattalar o'g'il yoki qiz bolaning jinsiy rivojlanish bosqichlarini bilishi va tabiiy hamda g'ayritabiiy ulg'ayishni bir-biridan farqlay olishlari zarur. Aslida, jinsiy tarbiya ancha barvaqt boshlanadi. 7-8 kunlik chaqaloqni tug'uruqxonadan olib chiqilayotganda o'g'il yoki qizligiga qarab va moslab kiyim-kechak hamda boshqa buyumlar tanlanadi. Bola uch yoshga to'lganidan so'ng o'zining qaysi jinsga mansubligini anglaydi. Bunda, avvalo, ota va onaning "qizalog'im", "do'mboq qizim", "popugim" deb erkalashidan bola qiz bola ekani, "sen o'g'il bolasan", "o'g'il bola yig'lamaydi", deb eslatishidan o'g'il ekani bola ongiga singadi.

Sovg'a qilingan o'yinchoq, kiyim-kechak, o'yin va mashg'ulotlardan o'g'il va qiz o'z jinsi haqida ma'lumotga ega bo'lib boradi. Ota-ona va tarbiyachilar bolalarga o'g'il yoki qiz bola ekanini bildirib va ularning qanday yumushlar bajarishi lozimligini uqtirib, oiladagi o'rnini ko'rsatib borishadi. Bolalar bog'chasiga qatnaydigan kichkintoy odam tanasining tuzilishi, o'g'il va qiz bola a'zolarining tuzilishi haqida qiziqib va o'smoqchilab savol beraveradi. Hatto bu haqida bexosdan ko'pchilik davrasida so'rab qolishi ham mumkin. Ota-ona yoki tarbiyachi shunday holatda ularga: "Bunday narsani so'rama", "Uyat bo'ladi" demasligi, bolaga ta'qib ko'zi bilan qaramasligi, ularni qiziqtirgan savolga vaqtini topib, to'g'ri, erinmasdan, bosiqlik bilan javob berishi kerak. Aks holda, bolada noxush va qo'rqinchli tasavvur paydo bo'lishi mumkin.

Aslida, bunday tarbiyadan maqsad - bolaning aqli uyg'onishi bilan, avvalo, jinsga nisbatan qarashini to'g'ri singdirib borish. Bu esa yigitlarning erkaklarga xos tarbiyasi va o'z o'rnida, qizlarning ayollarga xos bo'lgan tarbiyasiga e'tibor yo'lidir. Shu yo'sinda oilada farzandlarning bir-birlariga nisbatan o'zaro muomaladagi masofa va o'zlari haqidagi nozik tushunchalar berib boriladi. Shu bilan birga yoshlariga qarab, uylanish va turmush qurish bilan bog'liq masalalarni ham yetkazib va uqtirib borish talab etiladi. Toki o'spirin ulg'ayib borarkan, hayotda bu borada nima halol va nima harom ekanini tushunib yetsin. Kelgusidagi turmushi davomida bu borada muammolarga duch kelmasin. Chunki aksariyat oilalarda ota-onalar i^ihola qiladi yoki umuman ushbu tarbiyaga befarq bo'ladi. Oqibatda esa farzandlari turmush qurganidan keyin, ushbu masalalar sabab bo'lib, muammolar va ular orqasidan kelishmovchilik kelib chiqadi. Natijada, ko'pincha bunday oilalar hayoti ajralish bilan xotima topadi. Yoki tamoman noto'g'ri tarbiyadan mosuvo bo'lib o'sgan farzand o'ta qabih yo'l - nafsoniy shahvat ketidan quvib, turli buzuqliklarga berilib ketishi ham mumkin.

Bu kabi xunuk, sharmsiz holat va muammolarga barham berishning eng go'zal yo'li jinsiy tarbiyani o'ziga xos uslubda, dinimiz ko'rsatmalari va milliy urf-odatlarimizga muvofiq tarzda o'rgatib borishdir. Ushbu tarbiya jarayonida ota-ona farzandining yoshiga katta e'tibor berishi lozimdir.Shu bois necha yoshda qaysi jihatga ko'p e'tibor berish muhim ekanini bosqichma-bosqich bayon qilamiz. Farzandlarning yoshiga qarab bunday tarbiya ularga uch bosqichda beriladi.

1-bosqich - 7-12 yoshlar oralig'i, bu yaxshi va yomonni ajrata oladigan yosh. Bu paytda bolaga izn so'rash va nazar solish odobi o'rgatiladi.

2-bosqich - 12-16 yoshlar oralig'i, bu balog'at yoshi bo'lib, o'smirlik yoshi ham deyiladi. Bu vaqtda o'g'il bolada ehtilom va qiz bolada hayz bo'ladi. Ba'zilarda erta, ayrimlarda esa bir muddat kech kuzatiladi.

3-bosqich - 16-17 yoshlar oralig'i, bu kamolga yetish yoshi hisoblanadi.

Xulosa o'rnida shuni aytish joizki, yoshlar o'zlarida paydo bo'lib boradigan

allanechuk i^aklarni hamisha ham jilovlab ololmaydi, qarama-qarshi jinsdagi o'z tengqurlari oldida endi o'zlarini noqulay his qiladigan bo'lishadi. Mana shu davrda yoshlar o'zlarini qiziqtiradigan ishlar bilan band bo'lsa, ko'ngli odamlarga xayrixohlik bilan to'lib-toshib tursa, ularda jins masalalariga odatdan tashqari qiziqish paydo bo'lmaydi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. G'.B.Shoumarov 'Oila psixologiyasi'

2. Семейная психология Шнайдер Л.Б

3. Шнейдер, Лидия Бернгардовна. Семейная психология. - М.: Деловая книга, 1999.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.