Научная статья на тему 'BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI ERTAKLARDAN FOYDALANGAN HOLDA O‘QUVCHILARNING MADANIY DUNYOQARASHINI SHAKLLANTIRISHGA TAYYORLASH'

BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI ERTAKLARDAN FOYDALANGAN HOLDA O‘QUVCHILARNING MADANIY DUNYOQARASHINI SHAKLLANTIRISHGA TAYYORLASH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
8
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
ma’naviy ong

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Dilrabo Malikova

Boshlang‘ich sinf tayyorlaydigan fakultetlarda bolalar adabiyotini o‘rganishga urg‘u beriladi. Bolalar adabiyotining salmoqli qismi turli xalq ertaklaridan iboratdir. O‘quvchilar madaniyatini, ularning rivojlanishini ertaklar ta’sirida oshirish maqsadga muvofiqligini ajdodlarimiz merosini o‘rganish orqali anglash mumkin. Har birimiz bolalikdan buvijonlarimiz va bobojonlarimiz aytib bergan ajoyib ertaklar og‘ushida unib-o‘sganmiz. Ulardagi voqealar ta’sirida o‘zimizni qahramonlarga qiyoslab, qo‘rqmas botirlarga yoki go‘zal, dono malikalarga o‘xshashni istaganmiz. Bolalikda olingan bilim va tarbiya toshga o‘yilgan naqsh singari mangu qoladi, shu sabab tarbiyani еtti yoshgacha bering, keyin sayqallab boring, deydi dono xalqimiz. Ertakning pedagogik qiymati shundan iboratki, u o‘quvchining milliy-ma’naviy sifatlarini shakllantirishda ma’naviy ong va xulq-atvor birligi bo‘lib xizmat qiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI ERTAKLARDAN FOYDALANGAN HOLDA O‘QUVCHILARNING MADANIY DUNYOQARASHINI SHAKLLANTIRISHGA TAYYORLASH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

BO'LAJAK O'QITUVCHILARNI ERTAKLARDAN FOYDALANGAN HOLDA O'QUVCHILARNING MADANIY DUNYOQARASHINI SHAKLLANTIRISHGA

TAYYORLASH Dilrabo Malikova

O'zPFITI mustaqil tadqiqotchisi, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) https://doi.org/10.5281/zenodo.10003500

Boshlang'ich sinf tayyorlaydigan fakultetlarda bolalar adabiyotini o'rganishga urg'u beriladi. Bolalar adabiyotining salmoqli qismi turli xalq ertaklaridan iboratdir. O'quvchilar madaniyatini, ularning rivojlanishini ertaklar ta'sirida oshirish maqsadga muvofiqligini ajdodlarimiz merosini o'rganish orqali anglash mumkin.

Har birimiz bolalikdan buvijonlarimiz va bobojonlarimiz aytib bergan ajoyib ertaklar og'ushida unib-o'sganmiz. Ulardagi voqealar ta'sirida o'zimizni qahramonlarga qiyoslab, qo'rqmas botirlarga yoki go'zal, dono malikalarga o'xshashni istaganmiz. Bolalikda olingan bilim va tarbiya toshga o'yilgan naqsh singari mangu qoladi, shu sabab tarbiyani etti yoshgacha bering, keyin sayqallab boring, deydi dono xalqimiz. Ertakning pedagogik qiymati shundan iboratki, u o'quvchining milliy-ma'naviy sifatlarini shakllantirishda ma'naviy ong va xulq-atvor birligi bo'lib xizmat qiladi.

Mamlakatimizdagi bolajonlar etti yoshida maktabga qadam qo'yar ekan, ularni ona kabi mehribon, kezi kelganda qattiqqo'l murabbiya kutib oladi. Biz bu bilan boshlang'ich sinflarda erkak pedagoglar ishlarini kamsitmagan holda, birinchi sinf o'qituvchilari orasida ularning juda ozchilikni tashkil etishlarini ta'kidlamoqchimiz, xolos.

O'quvchi darajasiga erishgan bolajon hali ham yoshligini, ayrimlari esa, to'g'ridan-to'g'ri uydan, ya'ni maktabgacha ta'lim muassasasiga qatnamasdan kelganini hisobga olsak, ularning ta'lim dargohiga moslashishi ma'lum vaqtni oladi. Bu masalada o'qituvchining o'rni muhim, chunki u o'quvchi va maktab o'rtasidagi vosita rolini bajaradi. O'quvchilar ustoz yordamida maktab qoidalarini o'rganadilar, maktab bilan tanishadilar va o'qishga ko'nikma hosil qila boshlaydilar, darsda jim o'tirib eshitishni o'rganadilar. Bolalarning o'quvchi maqomini egallashlarida ertaklarning alohida o'rni bor. Rasmli kitoblar, multfilmlar, audioertaklar bolalarda qiziqish uyg'otish bilan bir qatorda ularning tarbiyasiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Uyda qariyalar yashaydigan bolalar ko'p ertak eshitgan, faol, tengdoshlariga hikoya aytishni yaxshi ko'rishadi. To'ng'ich farzandlarga qaraganda, kichik uka-singillar ko'proq ertaklar bilishadi va ularni qiziqtirish uchun o'qituvchilar yanada yangi ertak va hikoyalar topishlari lozim.

Ma'lumki, ertaklar mazmunan bir necha xildir:

1. Jonivorlar haqidagi ertaklar;

2. Maishiy ertaklar;

3. Masal ertaklar;

4. Sehrli ertaklar;

Ertaklar nafaqat kichkintoylarga balki kattalarga ham juda ma'qul bo'lib kelgan. Qadim ajdodlarimiz ertak so'zlash jarayonida o'z orzu-istaklarini aks ettirganlar, manzilga tez etkazib qo'yadigan uchar gilam, dunyodagi istalgan nuqtani ko'rsatadigan oynai jahon va boshqalar shular jumlasidandir. O'yinqaroq bolajonlarimiz dastlab hayvonlar haqidagi kichik hajmli ertaklaga qiziqishsa, vaqt o'tgan sayin ularga sehrli ertaklar manzur kela boshlaydi. "Bo'ri va echki bolalari", "Bo'ri va tulki", "Sholg'om", "Bo'g'irsoq" kabi ertaklar o'rnini "Oltin tarvuz", "Ur to'qmoq", "Ota vasiyati", "Kenja botir" kabi uzun, vaqealarga boy ertaklar egallay

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

boshlaydi. Bolalarda fikrlash bilan birga tasavvur ham kengaya boshlaydi. Ertakdagi ijobiy qahramonlar taqdiri bolalar uchun ibrat bo'lsa, salbiy qahramonlar ular ongida nafrat yoki shunga yaqin bir tuyg'uni paydo qiladi. Ochko'z bo'ri, ayyor tulki, chaqimchi chumchuq va boshqalar bolalar tomonidan sovuq kutib olinadi, echki, qo'zichoq, dehqon bobo va boshqalar bolalarda iliq taassurot uyg'otadilar. Tajribali pedagoglar sinfdagi o'quvuchi bolajonlar o'rtasida o'yinlar tarzidagi savol-javoblar yordamida ularning shu kungacha qanday ertaklarni bilishlarini aniqlab oladilar. O'yin jarayonida kichkintoylar tortinish, uyalishdan qochib, o'z bilim va iste'dodlarini namoyon etadilar. O'qituvchi bunday o'yinlar vaqtida guruhdagi "liderlarni ham aniqlab, ular bilan jiddiy ish olib bora boshlaydilar, aks holda sinfda tabaqalashtirish yuz berishi mumkin, jonkuyar pedagog ota-onalar bilan doimiy hamkor bo'lmog'i shart, o'quvchi bola maktabdan tashqari qanday mashg'ulotlar bilan band? U nimalarga qiziqadi? Qanday asarlarni yaxshi ko'radi? Shu va shunga o'xshash savollar har bir tajribali ustozni albatta qiziqtirishi tayin, ertaklar, masallar, rivoyatlar, afsonalar barcha xalqlar og'zaki ijodida ko'p va xo'p. Bugungi kunda maktabga boradigan bolalar oldindan harf taniydilar, natijada matnni qisqa rasmli kitobchalarni o'qiy oladidar. O'zlari uchun qiziqarli matnlarni birov o'qib berishigacha sabr qilmasdan, hijjalab o'qiydilar. Ularning o'qishga qiziqishini rag'batlantirish oilada ham, maktabda ham barobar olib borilmog'i lozim.

O'quvchi bolajonlarning bir-birlariga ertak aytib berishlarini tashkil etib borish ularning og'zaki nutqlarini rivojlantiradi. Musobaqa tarzidagi bunday tadbirlar maktabdagi parallell sinflarda, tuman maktablari o'quvchilari orasida o'tkazib borilishi maqsadga muvofiqdir. Bu kabi ertak aytishuvlari kelajakda juda zarur ko'nikmalardan biri, ya'ni nutq mahoratining rivojlanishiga kuchli ta'sir o'tkazadi. Sinf va maktab hayotida o'quvchining faolligini oshiradi.

Hayvonlar haqidagi ertaklar o'quvchilarda tabiatga muhabbat uyg'otish bilan birga ojizlarni himoya qilishni o'rgatadi. Ayrim ertaklar shakli har xil bo'lsa ham, ammo mazmunan bir-biriga juda yaqin, masalan "Bo'ri va echki bolalari", "Dehqon bilan ayiq" va hokazo. Bunday ertaklar misolida bolalar ezgulikning yovuzlikdan ustun kelishi haqida tushunchaga ega bo'ladilar.

Masal tarzidagi ertaklar narsa-buyumlarni jonlantirib, ularning tilidan tuzilgan dialoglar vositasida odamlar orasidagi munosabatlar sodda ravishda bayon etiladi. Bunday ertaklarni ko'pincha bolalar yozuvchilari ijodida uchratamiz. G. X. Andersenning bir qator ertaklari bunga yorqin misol bo'la oladi.

Eng mashhur va ommabop ertaklar sehrli ertaklardir. Bu kabi ertaklar o'quvchi fantaziyasini rivojlantiradi. "Kenja botir", "Ur to'qmoq", "Bulbuli go'yo" va boshqa ertaklar nafaqat xalqimiz orasida, balki boshqa xalqlarda ham bo'lak nomlarda tarqalgan. Ko'plab ertaklar tadqiqotchilar tomonidan keksa avlod vakillaridan o'z vaqtida yozib olingan hamda nashr ettirilgan.

Ertaklar madaniy muhitni yaratishda alohida ahamiyatga ega. Ertaklar yordamida o'quvchilar muomala madaniyatini, kattalar oldida o'zlarini qanday tutish odobi madaniyatini, kitob tanlash va mutolaa madaniyatini va boshqalarni o'rgatadi. Sinf va maktabdagi mudaniy muhitni shakllantirishda mazmunli, chuqur ma'noli ertaklar asos bo'lishi mumkin. "Ilm kuchli", "Birlashgan o'zar", "Dono qiz", "Hunarli yigit" va boshqa ertaklar ibrat bo'lishi mumkin ertaklar asosida sinf va maktab tbadbirlarida kichik sahna asarlari qo'yilib, rollarni kichkina o'quvchi bolalar zimmasiga yuklash lozim. Bu esa bolalarda mas'uliyat hissini uyg'otadi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

Ammo ertak tanlashda adashmaslik kerak, chunki o'quvchilar yoshi, xarakteri, ruhiyati hisobga olinib tanlangan asarlar ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Aks holda ertaklar ham eshituvchini zeriktirib qo'yishi mumkin. Bundan kelib chiqadiki, ertaklar o'quvchilarda eshitish madaniyatini ham shakllantiradi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy faoliyatida ertaklarning mohiyatini qay darajada tushunib etishi muhimdir. Ertaklar o'quvchilarning faol madaniy shakllanishida alohida o'rin tutib, umuminsoniy qadriyatlarni o'rganishda tayanch vazifani bajaradi. Demak, o'quvchilarda madaniy tarbiyani va madaniy muhit asoslarini paydo qiladi. Ertaklar o'quvchilarning tashkilotchilik qobiliyatlarini rivojlantiradi. Dono xalqimiz bejiz "Ertaklar yaxshilikka etaklar" degan emas.

REFERENCES

1. Vladimir Yakovlevich Propp. "Исторические корни волшебной сказки". B Питер 2021.

2. Malikova D.M. O'quvchilarni ma'naviy tarbiyalashda rivoyat, hikmat va hikoyalarning o'rni // Pedagogika. - T., 2021. - 6-son. - B. 32-36. (13.00.00; № 6)

3. Malikova D.M. Development of reading culture in students and its impact on academic learning // Academicia an Internation al multidisciplinary research Journal ISSN: Indiya. 2249-7137. Vol. 10, Issue 5, May 2020. Impact Factor: SJIF 2020 = 7.13. P. 3-8. https://saarj.com/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.