Научная статья на тему 'BOʻLAJAK OʻQITUVCHILARDA MENEJERLIK KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISHDA PSIXOLOGIK METODLARDAN FOYDALANISH'

BOʻLAJAK OʻQITUVCHILARDA MENEJERLIK KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISHDA PSIXOLOGIK METODLARDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

134
52
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOʻLAJAK OʻQITUVCHILARDA MENEJERLIK KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISHDA PSIXOLOGIK METODLARDAN FOYDALANISH»

BO'LAJAK O'QITUVCHILARDA MENEJERLIK KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISHDA PSIXOLOGIK METODLARDAN FOYDALANISH

Fotima Urolovna Jumanova

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti dotsenti zumanovafatima@gmail .com

Saloxiddin Abdusalomovich Alfayzov

Toshkent viloyat Chirchiq pedagogika instituti 1-bosqich magistri alfayzovsalohiddin@umail. uz

Jahonda raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash, ularning kasbiy kompetentligini izchil rivojlantirish orqali ijtimoiy iqtisodiy va madaniy taraqqiyotga erishish maqsadi ko'zlanmoqda, bunga ko'ra ta'lim tizimida kasbiy kompetentlikka ega, yuqori salohiyatli kadrlarni tayyorlashga juda katta ahamiyat berilmoqda. Bu esa, individual ta'lim traektoriyalariga asoslangan, strategik yo'nalishda malaka oshirish jarayonida pedagog kadrlarni kreativ fikrlashga, amaliy ko'nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan ta'lim dasturlarini shakllantirish hamda ularning ehtiyojlari asosida individuallashtirishni taqazo etmoqda.

Hozirgi kunda ta'lim sohasidagi isloxatlarni amalga oshirishda 2020-yil 23 sentabrdagi qabul qilingan "Ta'lim to'g'risida"gi qonunga o'zgartirishlar kiritildi. Ushbu Qonunning maqsadi ta'lim sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat bo'lib, bunda ta'lim oluvchilarga chuqur nazariy bilim, amaliy ko'nikma va malakaga ega bo'lishi, shuningdek ularning qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan tizimli rejalarni ishlab chiqish talab etilmoqda. Respublikamizda pedagog kadrlarning malakasini oshirish tizimini yangi bosqichga ko'tarish, ularning kasbiy malakasini oshirishning zamonaviy shakllarini hamda ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat natijalarini inobatga oladigan tabaqalashtirilgan va muqobil uzluksiz malaka oshirish tizimini amaliyotga keng joriy etish masalalari ilgari surilmoqda. Pedogog xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslarining o'quv jarayoniga o'qitishning zamonaviy shakl, metod, vosita va texnologiyalari (jumladan, masofaviy ta'lim, vebinar texnologiyalari, avtomatlashgan monitoring, elektron portfolio kabi axborot tizimlari) joriy etildi. Shu bilan birga, malaka oshirish tizimiga zamonaviy talablardan kelib chiqqan holda, pedagog kadrlarning kasbiy kompetentligini doimiy rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirib, uzluksiz elektron tashxislash tizimni joriy etish talab etmoqda. Shu sababdan

hozirgi kunda bo'lajak o'qituvchilarning menejerlik kompetensiyasini shakllantirishda pedagogik-psixologik metodlar muhim ahamiyat kasb etadi.

Dastlabki tadqiqot tajribada shakllanar ekan, metod tadqiqotning boshlang'ich nuqtasi, amaliyot bilan nazariyani bog'lovchi vosita sifatida namoyon bo'ladi. Metod va nazariyaning uzviy aloqasi ilmiy qonunlarning metodologik rolida o'z aksini topadi. Har qanday fanga oid qonun insonni voqeylikdagi narsa va hodisalarni shu fanga mansub sohaga mos fikrlashga undaydi.

Metod o'z-o'zidan tadqiqotning muvaffaqqiyatli bo'lishini ta'minlay olmaydi, chunki nafaqat yaxshi metod, balki uni qo'llash mahorati ham muhimdir. Ilmiy bilish jarayonida turli metodlardan foydalaniladi. Umumiy darajasiga ko'ra, ular keng yoki tor ko'lamda qo'llaniladi. Har qanday fan o'z predmetini o'rganishda u yoki bu ob'yektning mohiyatidan kelib chiquvchi turli xususiy metodlardan foydalanadi. Masalan, ijtimoiy jarayonlarni o'rganish metodi olamning ijtimoiy shakli, uning qonuniyatlari, mohiyatining xususiyatlari bilan belgilanadi.

Har qanday fanga o'xshab psixologiya ham o'zining tadqiqot metodlariga ega. Psixologik tadqiqotda qo'llaniladigan metodlarning barchasini to'rt guruhga ajratish mumkin:

1) tashkiliy metodlar, ( bunga kuzatish va o'zini kuzatish (introspeksiya).

2) tajriba metodlari, (laboratoriya, tabiiy, shakllantiruvchi).

3) ma'lumotlarni qayta ishlab chiqish metodlari,(miqdoriy (statistika) va sifat (materialni guruhlarga ajratish va tahlil qilish).

4) izohlash metodlariga (turli xildagi irsiy ya'ni rivojlanishdagi alohida davrlar, bosqichlar, xavfli vaziyatlar va boshqalarni ajratib ko'rsatish).

Psixologik metodlarning asosiy mohiyati quyidagilardan iborat:

Qiyosiy metod («ko'ndalang kesim» metodi) turli guruhlarga mansub odamlarning yoshi, ma'lumoti, faoliyati va muloqotiga ko'ra taqqoslashdan iborat. Masalan, yoshi va jinsi bir xil bo'lgan odamlarning ikkita katta guruhi (talabalar va ishchilar) ilmiy ma'lumotlarga ega bo'lish uchun bir xil tajriba metodlari bilan tadqiq etiladi va olingan ma'lumotlar o'zaro solishtiriladi.

Longityud metodi («uzunchoq kesim» metodi) tanlangan sinaluvchilarni uzoq vaqt davomida qayta-qayta tekshirishdan iborat. masalan, talabalarni oliygohda ta'lim olish vaqti davomida ko'plab marta tekshirish.

Qiyosiy va longityud metodlari o'z afzalliklariga ega. Kesimlar metodi qisqa vaqt ichida ko'p sonli sinaluvchilarni tadqiqot bilan qamrab olish imkonini beradi. Longityud metodi kesimlar metodi e'tiboridan chetda qolgan nozik farqlar, xususiy

rivojlanish turlarini qayd etishga imkon yaratadi. Amaliyotda bu ikki metod bir-birini to'ldiradi.

Majmuiy metod - tadqiqotda turli fan vakillarining ishtiroki turli hodisalar, masalan, shaxsning fiziologik, psixologik va ijtimoiy taraqqiyoti o'rtasidagi aloqalar va bog'liqliklarni o'rnatish imkonini beruvchi o'rganish usuli.

Kuzatish - psixika tashqi alomatlarini oldindan belgilangan, tizimli, maqsadga muvofiq va qayd etilgan holatda qabul qilishdan iborat bo'lgan metod. Bu metod ilmiylikning asosiy sharti bo'lib uning ob'ektivligi, ya'ni, qayta kuzatuv yoki tadqiqotning boshqa usullarini, masalan, tajribalarni qo'llagan holda nazorat olib borish imkoniyatini beradi.

O'zini kuzatish metodi, yoki introspeksiya ( lot.dan - ichkariga qarayman) -insonning o'zining shaxsiy psixik hodisalarini kuzatishi. Bu psixikani bilishning eng qadimiy va eng qulay vositasidir. Uning kashf Dekartning fikricha, ong -alohida tuzilgan, moddiy va tarqoq bo'lmagan substansiya bo'lib, sub'ektning mulohaza yuritganida ichida qanday hodisalar ro'y berishi haqidagi to'g'ridan-to'g'ri va etilishiga fransiyalik faylasuf Rene bevosita bilimlari to'g'risidagi dohiyona yorqin g'oyalari turtki bo'ldi. O'ziga va ongiga nazar tashlash introspeksiyaning mohiyatini tashkil etadi.

O'zini kuzatish orqali ichki kechinmalar, sirli xayollar, xotiradan ko'tarilgan tasvirlar, jamiyat qarashlariga zid istaklar va irodaviy jarayonlar ochib beriladi.

Psixo-fizik metodlar

Jismoniy va ruhiy hodisa deb nomlangan psychophysics o'rtasidagi munosabatlar o'rganish bilan shug'ullanadi psixologiya filiali. Shu ma'noda, muddatli psixo-jismoniy usullari urinishlar vazn his, yorqinligi, hajmi, va boshqa shunga o'xshash o'zgaruvchilar sifatida ma'lum psixologik tajribalar ilmiy o'lchovlar uchun jismoniy qurilmalar foydalanish ashyodan barcha usullarini ulanishi mumkin. va hokazo uyqu oralig'ida yoki xotira kabi boshqa murakkab psixologik hodisalar, shuningdek, psixo-jismoniy usullarini foydalanish o'rganib mumkin.

Xulosa o'rnida aytish mumkinki, metodni samarali qo'llash uning validligi (oldindan belgilab qo'yilgani bo'yicha baholash uchun mos kelishi) va ishonchliligiga (takroriy va qayta tadqiq etishda bir xil natijalar olish imkonini beruvchi) holatlarga bog'liqdir.

REFEREBCES

1. O'zbekiston Respublikasi "Ta'lim to'g'risida"gi qonun 2020-yil 23 sentabr.

2. M.Davletshin va boshrçalar. Umumiy psixologiya. Toshkent. TDPU nashriyoti. 2002 yil.

3. Otamurodov F.R. Oliy ta'lim muassasalari rahbar kadrlari boshqaruv kompetentligini rivojlantirishning integrallashgan axborot metodik tizimini takomillashtirish: Ped. fan. bo'y. fal. dok. PhD) dis. Avtoref. - Toshkent, 2017. -51 b.

5. Pardaeva M.D. Umumiy o'rta ta'lim maktablarida kompetentsiyaviy yondashuvni joriy etishning metodik tizimini boshqarish (informatika va axborot texnologiyalari fani misolida): Ped. fan. byy. fal. dok. (PhD) dis. avtoref. -Toshkent, 2020. - 53 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.