Научная статья на тему 'BO’LAJAK O’QITUVCHILARDA INSONIYLIK FAZILATLARINI SHAKLLANTIRISH'

BO’LAJAK O’QITUVCHILARDA INSONIYLIK FAZILATLARINI SHAKLLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
183
20
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Odamiylik na’munasi / tetiklik / didaktik / tashkiliy / retseptiv / kommunikativ / suggestiv / tadqiqiy.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Karimova Jahona O‘ktamjon Qizi

Ta’lim-tarbiya jarayonida boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi maktab o‘quvchilarining kundalik hayoti tashkilotchisi sifatida namoyon bo‘ladi. Qiziqish uyg‘otish, o‘quvchilarni o‘zi ortidan ergashtirish faqatgina irodasi mustahkam odamning qo‘lidan keladi, bunda shaxsiy faollik hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Sinf, bolalar jamoasi kabi murakkab organizmga pedagogik rahbarlik tarbiyachini topqir, zehnli, qat’iyatli va har qanday vaziyatni mustaqil hal qilishga tayyor turishga majbur qiladi. Pedagog – bu bolalarni o‘z ortidan ergashishga undovchi, taqlid uchun o‘rnakdir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO’LAJAK O’QITUVCHILARDA INSONIYLIK FAZILATLARINI SHAKLLANTIRISH»

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

BO'LAJAK O'QITUVCHILARDA INSONIYLIK FAZILATLARINI

SHAKLLANTIRISH Karimova Jahona O'ktamjon qizi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti 4-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.7993531

Annotatsiya. Ta'lim-tarbiya jarayonida boshlang'ich sinf o'qituvchisi maktab o'quvchilarining kundalik hayoti tashkilotchisi sifatida namoyon bo'ladi. Qiziqish uyg'otish, o'quvchilarni o'zi ortidan ergashtirish faqatgina irodasi mustahkam odamning qo'lidan keladi, bunda shaxsiy faollik hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Sinf, bolalar jamoasi kabi murakkab organizmga pedagogik rahbarlik tarbiyachini topqir, zehnli, qat'iyatli va har qanday vaziyatni mustaqil hal qilishga tayyor turishga majbur qiladi. Pedagog - bu bolalarni o'z ortidan ergashishga undovchi, taqlid uchun o 'rnakdir.

Kalit so'zlar: Odamiylik na'munasi, tetiklik, didaktik, tashkiliy, retseptiv, kommunikativ, suggestiv, tadqiqiy.

K.D.Ushinski o'qituvchilarni "navqiron qalblarni kamolga yetishtiruvchi quyosh nurlari" deb atagandi. Rus o'qituvchilarining ustozi o'z shogirdlariga juda yuksak talablar qo'ygan. U o'qituvchini puxta va serqirra bilimsiz tasavvur qila olmasdi. Ammo faqatgina bilimning o'zi yetarli emas; "inson tarbiyasida eng muhim yo'l ishontiris hdir, ishontirishga esa faqatgina ishonish bilan ta'sir qilish mumkin". Har qanday ta'lim dasturi, har qanday tarbiya metodlari u qanchalar yaxshi bo'lmasin, o'qituvchi ishonchini qozona olmagan bo'lsa, amalda hech qanday ta'sir kuchiga ega bo'lmagan jonsiz harfligicha qolaveradi.

Zamonaviy o'qituvchiga qo'yiladigan talablar qatorida ma'naviyat yana yetakchi o'ringa qaytmoqda. O'zining shaxsiy xulqi, hayotga munosabati bilan ustoz ma'naviy hayotda o'quvchilarga o'rnak ko'rsatishi, ularda insoniy fazilatlar, haqiqat va ezgulikning oliy maqsadlarini tarbiyalashi lozim. Bugungi kunda ko'plab odamlar o'z farzandlarining o'qituvchisi e'tiqodli inson bo'lishini talab qilmoqda, zero, ular o'z dilbandlarini manaviy-axloqiy tarbiyalashni unga ishonib topshirishini anglab yetishgan.

O'qituvchiga qo'yiladigan eng muhim talab - pedagogik qobiliyatlar mavjudligi -shaxsning o'quvchilar bilan ishlashga moyillik, bolalarga bo'lgan mehr, ular bilan muloqotdan rohatlanish kabilarda ifodalanadigan fazilati. Ko'pincha pedagogik qobiliyatlar aniq harakatlarni amalga oshirish layoqatigacha torayadi - chiroyli gapirish, qo'shiq aytish, chizish, bolalar jipslashtirish va boshqalar. Qobiliyatning quyidagi turlari ajratib ko'rsatiladi.

> Tashkiliy - o'qituvchining o'quvchilarni birlashtirish, ularni band qilish, majburiyatlarni taqsimlash, ishni rejalashtirish, bajarilgan ishlarga yakun yasash va hokazo qobiliyatlari.

> Didaktik - o'quv materiali, ko'rgazmali qurollar, jihozlarni tanlash va tayyorlash, o'quv materiallarini aniq, ifodali, ishonchli va izchil tushuntirish, bilimga qiziqish va ma'naviy ehtiyojlar rivojlanishini rag'batlantirish, o'quv-bilish faolligini oshirish va hokazo qobiliyatlari.

> Retseptiv - o'quvchilarning ma'naviy olamiga kirib, ularning hissiy holatini ob'ektiv baholash, psixik xususiyatlarini aniqlash qobiliyati.

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

> Kommunikativ - o'qituvchining o'quvchilar, ularning ota-onalari, hamkasblari, o'quv muassasasi rahbarlari bilan pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq aloqalarni o'rnatish qobiliyati.

> Suggestiv - o'quvchilarga hissiy-irodaviy ta'sir qilishdan iborat.

> Tadqiqiy - pedagogik vaziyat va jarayonlarni bilish va ob'ektiv baholash qobiliyatini o'zida mujassam etadi.

> Ilmiy-bilish - o'qituvchi tomonidan pedagogika, psixologiya va metodika sohasidagi yangi ilmiy bilimlarni o'zlashtirish qobiliyati tushuniladi.

Ko'p sonli so'rovnomalar natijalariga ko'ra, pedagogik ziyraklik (kuzatuvchanlik), didaktik, tashkiliy, ekspressiv qobiliyatlar yetakchi sanalib, qolganlari yordamchi va qo'shimcha qobiliyatlar qatoriga kiritiladi.

Ko'plab mutaxassislar yorqin ifodalangan qobiliyatlarning yetishmasligi mehnatsevarlik, o'z burchiga halol munosabat, o'zi ustida muntazam ishlash kabi boshqa kasbiy fazilatlarni rivojlantirish evaziga qoplanishi mumkin degan xulosaga moyil sanaladi.

Pedagogik qobiliyatlarni (iste'dod, moyillik, iqtidor) pedagogik kasbni muvaffaqiyatli o'zlashtirishda muhim omil sifatida tan olishimiz lozim, ammo u hal qiluvchi kasbiy sifat emas. O'qituvchilikka nomzod qanchadan-qancha yorqin iste'dodli odamlar baribir pedagog bo'la olmagan va aksincha, dastlab qobiliyatsiz bo'lgan talabalar pedagogik mahoratning yuksak cho'qqisiga ko'tarila olgan. Pedagog - bu hamisha zahmatkash va mehnatkashdir.

Shuning uchun biz uning muhim kasbiy fazilatlari sifatida mehnatsevarlik, ishchanlik, intizomlilik, mas'uliyatlilik, maqsad qo'yish va unga erishish yo'llarini tanlay olish, uyushqoqlik, qat'iyatlilik, o'z kasbiy darajasini tizimli va rejali asosda muntazam oshirib borish, o'z mehnati sifatini muntazam takomillashtirishga intilish va boshqa qobiliyatlarni tan olishimiz kerak.

Ko'z o'ngimizda o'quv muassasalarining ishlab chiqarish muassasalariga jadal o'zgarishi sodir bo'lmoqda. Ular aholiga "ta'lim xizmatlari" taqdim etadi, bu yerda rejalar, shartnomalar amal qiladi, ish tashlashlar sodir bo'ladi, bozor munosabatlarining muqarrar hamrohi - raqobat rivojlanmoqda. Bunday sharoitda o'quv-tarbiyaviy jarayonda maqbul munosabatlarni vujudga keltirish uchun kasbiy muhim manbalarga aylanib borayotgan pedagog fazilatlari ayniqsa muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ularning sirasiga insoniylik, ezgulik, sabr-qanoatlilik, halollik, to'g'riso'zlik, mas'uliyatlilik, adolatlilik, sadoqatlilik, xolislik, saxiylik, odamlarga hurmat, yuksak axloq, optimizm, og'ir-bosiqlik, muloqotga ehtiyoj, o'quvchilar hayotiga qiziqish, xayrixohlik, o'z-o'zini tanqid qilish, do'stsevarlik, vazminlik, o'z qadrini bilish, vatanparvarlik, diniy bag'rikenglik, qattiqqo'llik, ta'sirchanlik, hissiy madaniyat va boshqalarni kiritish mumkin.

O'qituvchi - hamisha ijodiy shaxsdir. U maktab o'quvchilarining kundalik hayoti tashkilotchisi sifatida namoyon bo'ladi. Qiziqish uyg'otish, o'quvchilarni o'zi ortidan ergashtirish faqatgina irodasi mustahkam odamning qo'lidan keladi, bunda shaxsiy faollik hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Sinf, bolalar jamoasi kabi murakkab organizmga pedagogik rahbarlik tarbiyachini topqir, zehnli, qat'iyatli va har qanday vaziyatni mustaqil hal qilishga tayyor turishga majbur qiladi. Pedagog - bu bolalarni o'z ortidan ergashishga undovchi, taqlid uchun o'rnakdir.

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

O'qituvchining xarakteridagi ruhiy ziyraklik - unga o'quvchilar ahvolini, kayfiyatini his qilish, yordamga ko'proq muhtoj bo'lib turganlariga o'z vaqtida yordam qo'lini cho'zishga imkon beruvchi o'ziga xos barometrdir. O'qituvchining tabiiy holati - bu o'z tarbiyalanuvchilarining buguni va kelajagi uchun kasbiy bezovtalik va shaxsiy mas'uliyatdir.

O'qituvchining ajralmas kasbiy sifati - adolatparvarlikdir. O'z faoliyati turiga ko'ra u o'quvchilarning bilimlari, ko'nikmalari va xatti-harakatlarini muntazam ravishda baholashiga to'g'ri keladi. Shu sababli, uning bahosi maktab o'quvchilarining rivojlanish darajasiga mos kelishi muhimdir. Ular bo'yicha o'quvchilar pedagogning xolislik darajasini baholaydilar. Hech narsa xolis bo'lish qobiliyatidek o'qituvchining axloqiy nufuzini mustahkamlamaydi. Noto'g'ri tushuncha, yanglish fikr, sub'ektivizm tarbiya ishi uchun juda zararlidir.

Tarbiyachi talabchan bo'lishga majbur. Bu uning muvaffaqiyatli ishlashida eng muhim shart. O'qituvchi birinchi navbatda o'ziga eng yuqori talablarni qo'yadi, chunki o'zingizda yo'q narsani boshqalardan talab qila olmaysiz. Pedagogik talabchanlik rivojlanayotgan shaxsning imkoniyatlarini inobatga olgan holda oqilona bo'lishi kerak.

Pedagogik jarayonda tarang vaziyatni bo'shashtirishda o'qituvchiga hazil ko'makka keladi: quvnoq o'qituvchi tund qiyofali o'qituvchidan hamisha yaxshiroq o'qitadi. Bunda u latifalar, rivoyatlar, maqollar, do'stona hazillar, tabassum, qisqasi, ijobiy muhitni yuzaga keltiruvchi, maktab o'quvchilarini o'ziga va vaziyatga kulgili tomondan qarashga majbur qiluvchi omillardan foydalanadi.

Bundan tashqari, o'qituvchining kasb odobi - o'quvchilar bilan muloqotda me'yorga rioya qilish haqida ham alohida aytib o'tish joiz. Kasb odobi - bu tarbiyachining aql, hissiyot va umumiy madaniyatni maqsadli ifodalash qobiliyatidir. Uning negizida o'quvchining shaxsiyatiga hurmat yotadi. Bu o'qituvchini odobsizlikdan ogohlantiradi, muayyan vaziyatlarda eng yaxshi ta'sir vositasini tanlashga undaydi.

O'qituvchilik kasbida shaxsiy fazilatlar kasbiy fazilatlardan ajralmas sanaladi. Ularning orasida: o'quv fanini, fanni o'qitish metodikasini o'zlashtirish, psixologik tayyorgarlik, umumiy bilim, keng madaniy dunyoqarash, pedagogik mahorat, pedagogik mehnat texnologiyalarini egallash, tashkilotchilik malaka va ko'nikmalari, pedagogik xushmuomalalik, pedagogik texnika, muloqot texnologiyalarini o'zlashtirish, notiqlik san'ati va boshqalar bor. O'z mehnatiga mehr qo'yish - pedagog bo'lishdagi eng zaruriy fazilatdir. Uning tarkibiy qismlari sifatida - vijdoniylik va fidokorlik, tarbiya natijalariga erishishdan quvonch, o'ziga va o'z malakasiga doimiy ravishda ortib boruvchi talabchanlikni aytish mumkin.

Zamonaviy o'qituvchi shaxsiyatini ko'p jihatdan uning bilimi, madaniyati qay darajada yuksakligi belgilab beradi. Zamonaviy dunyoda erkin harakat qilishni istagan o'qituvchi juda ko'p narsani bilishi kerak. O'qituvchi taqlid uchun o'ziga xos o'rnak namunasi, o'zini qanday tutish lozimligining o'ziga xos etalonidir.

Boshlang'ich maktabda o'qituvchi - Ideal, uning talablari qonundir. Uyda nimalar deyishmasin, qat'iy ohangda "Maktuba Mo'minovna shunaqa dedi" degan gap bilan barcha muammolar bir zumda hal qilinadi. Afsuski, o'qituvchi idealizatsiyasi uzoq davom etmaydi va tobora pasayib boradi. Boshqa narsalar bilan bir qatorda, bunga maktabgacha ta'lim

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

muassasalarining ta'siri seziladi, bolalar o'qituvchida ham xuddi o'sha bolalar bog'chasidagi tarbiyachini ko'rishadi.

REFERENCES

1. Thomas K.W. Conflict and negotiation // Handbook of industrial and organizational psychology/ Eds. M.D. Dunnette. Palo Alto, CA, 1992. - P. 889-935.

2. Рыбакова М. М. Конфликт и взаимодействия в педагогическом протсессе. - М.: Педагогика, 1991. - 168 с.

3. Xalikov A.A. Pedagogik mahorat. //Darslik. - Toshkent, Moliya. 2015.- 435 bet.

4. Ibragimov, X., and Abdullayeva Sh. "Pedagogika nazariyasi (darslik)." T.: Fan va texnologiya 288 (2008).

5. Ибраимов Х. И. Креативность как одна из характеристик личности будущего педагога //Наука, образование и культура. - 2018. - №. 3 (27). - С. 44-46.

6. Ibragimovich X. I. O „ZBEKISTON OLIY TA'LIM TIZIMIDA KREDIT-MODUL TEXNOLOGIYALARINI QO „LLASHNING O „ZIGA XOS XUSUSIYATLARI //INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRACTICE. SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL. - 2021. - С. 209-214.

7. Ibragimovich, Ibraimov Kholboy. "Theoretical and methodological basis of quality control and evaluation of education in higher education system." International journal of discourse on innovation, integration and education 1 (2020): 6-15.

8. Maxmutovna T. X. INFLUENCE OF MASS CULTURE ON THE FORMATION AND DEVELOPMENT OF THE SPIRITUAL AND MORAL IMAGE OF THE YOUNG GENERATION //European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol. - 2019. - Т. 7. - №. 12.

9. Mahmutovna T. X. Ways to Form Immunity of Protection from" Public Culture" in Adolescent Students //Kresna Social Science and Humanities Research. - 2022. - Т. 3. - С. 115-117.

10. Makhmutovna T. K., Ibragimovna T. I. Specific features of the pedagogical process focused on increasing the social activity of youth //Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR). - 2020. - Т. 9. - №. 6. - С. 165-171.

11. Abdullaeva, B. S., Sobirova, M. A., Abduganiev, O. T., & Abdullaev, D. N. (2020). The specifics of modern legal education and upbringing of schoolchildrenin the countries of the post-soviet world. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2706-2714.

12. Oglu, Abduganiev Ozod Tursunboy. "Pedagogical Conditions And Mechanisms Of Development Of Social Active Civil Competence In Students." Turkish Journal of Computer and Mathematics Education 12, no. 7 (2021): 433-442.

13. Abduganiyev, O. T. (2022, December). FACTORS AFFECTING THE DEVELOPMENT OF SOCIALLY ACTIVE CITIZENSHIP COMPETENCE IN STUDENTS. In E Conference Zone (pp. 10-13).

14. Abduganiev O. Developing Student Civil Competency //Eastern European Scientific Journal. - 2019. - №. 1.

15. Махмудов А. Х., Джураев Р. Х., Ахунжонов А. Т. Дидактический потенциал шахматной игры //Наука и образование сегодня. - 2020. - №. 6-2 (53). - С. 70-71.

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

16. Махмудов А. Х. ИНТЕНСИФИКАЦИЯ ОБУЧЕНИЯ ПРЕДМЕТА «ШАХМАТЫ» ЧЕРЕЗ РЕШЕНИЯ ШАХМАТНЫХ ЗАДАЧ: 10.53885/ед. 2022.49. 38.098 Махмудов Абдулхалим Хамидович, д. 2 п. н, зам. директора Узбекского научно-исследовательского института педагогических наук им. Кары Ниязи, abdu-hm@ yandex. ru //Научно-практическая конференция. - 2022. - С. 766-768.

17. Джураев Р. Х., Махмудов А. Х., Фефелов В. С. Методология формирования учебно -творческого плана для компетентностной подготовки магистров //Педагогические науки. - 2012. - №. 1. - С. 84-90.

18. Махмудов А. Х., Абдурахмонов З. Б. Таълимда замонавий ракамли технологияларидан фойдаланишнинг ютуклари ва муаммолари //Academic research in educational sciences. - 2021. - Т. 2. - №. CSPI conference 3. - С. 97-99.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.