Научная статья на тему 'BO’LAJAK MUTAXASSISLARDA POTENSIAL VA AKTUAL IMKONIYATLARNI RIVOJLANTIRISHPSIXOLOGIK MUAMMO SIFATIDA'

BO’LAJAK MUTAXASSISLARDA POTENSIAL VA AKTUAL IMKONIYATLARNI RIVOJLANTIRISHPSIXOLOGIK MUAMMO SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
potentsial imkoniyatlar / haqiqiy imkoniyatlar / bo'lajak mutaxassislar / psixologik rivojlanish / ichki motivatsiya / o'z-o'zini samaradorligi / ta'lim psixologiyasi / kasbiy tayyorgarlik / psixologik to'siqlar / qo'llab-quvvatlash tizimlari. / потенциальные возможности / реальные возможности / будущие специалисты / психологическое развитие / внутренняя мотивация / самоэффективность / педагогическая психология / профессиональная подготовка / психологические барьеры / системы поддержки.

Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы — S.M.Tuychiyeva

ushbu tadqiqot ushbu qobiliyatlarning o'sishi va amalga oshirilishiga ta'sir qiluvchi omillarni o'rganadi, kasbiy rivojlanishga yordam beradigan psixologik jihatlarga urg'u beradi. Bo‘lajak mutaxassislarda ham o‘ziga xos potentsial, ham moddiy ko‘nikmalarni tarbiyalashning murakkabligi psixologik tamoyillarni har tomonlama tushunish va ularni ta’lim va tarbiya sharoitida qo‘llashni taqozo etadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DEVELOPMENT OF POTENTIAL AND ACTUAL CAPABILITIES IN FUTURE SPECIALISTS AS A PSYCHOLOGICAL PROBLEM

в этом исследовании рассматриваются факторы, влияющие на рост и реализацию этих способностей, подчеркиваются психологические аспекты, которые способствуют профессиональному развитию. Сложность воспитания как врожденного потенциала, так и реальных навыков у будущих специалистов требует всестороннего понимания психологических принципов и их применения в образовательном и учебном контексте.

Текст научной работы на тему «BO’LAJAK MUTAXASSISLARDA POTENSIAL VA AKTUAL IMKONIYATLARNI RIVOJLANTIRISHPSIXOLOGIK MUAMMO SIFATIDA»

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

© S.M.Tuychiyeva1B_

1Toshkent amaliy fanlar universiteti, Toshkent, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: ushbu tadqiqot ushbu qobiliyatlarning o'sishi va amalga oshirilishiga ta'sir qiluvchi omillarni o'rganadi, kasbiy rivojlanishga yordam beradigan psixologik jihatlarga urg'u beradi. Bo'lajak mutaxassislarda ham o'ziga xos potentsial, ham moddiy ko'nikmalarni tarbiyalashning murakkabligi psixologik tamoyillarni har tomonlama tushunish va ularni ta'lim va tarbiya sharoitida qo'llashni taqozo etadi.

MAQSAD: ushbu tadqiqotning maqsadi bo'lajak mutaxassislarda potentsial va haqiqiy qobiliyatlarni rivojlantirish bilan bog'liq psixologik jarayonlarni o'rganishdir.

MATERIALLAR VA METODLAR: ushbu tadqiqotda sifat va miqdoriy ma'lumotlarni yig'ish usullarini birlashtirgan aralash usullardan foydalaniladi. Tadqiqot namunasi tabaqalashtirilgan tasodifiy tanlov orqali tanlangan turli sohalardagi bo'lajak mutaxassislarni o'z ichiga oladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: topilmalar ichki motivatsiya, o'z-o'zini samaradorligi va qo'llab-quvvatlovchi o'quv muhiti potentsial qobiliyatlarni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega ekanligini ko'rsatadi. Bundan tashqari, potentsialdan haqiqiy imkoniyatlarga o'tishga amaliy mashg'ulotlar, murabbiylik va real hayotda qo'llash imkoniyatlari sezilarli darajada ta'sir qiladi.

XULOSA: bo'lajak mutaxassislarda potentsial va haqiqiy qobiliyatlarni rivojlantirish ko'p qirrali psixologik muammo bo'lib, u ham tabiatan iste'dodlarni, ham amaliy ko'nikmalarni oshirish uchun maqsadli strategiyalarni talab qiladi.

Kalit so'zlar: potentsial imkoniyatlar, haqiqiy imkoniyatlar, bo'lajak mutaxassislar, psixologik rivojlanish, ichki motivatsiya, o'z-o'zini samaradorligi, ta'lim psixologiyasi, kasbiy tayyorgarlik, psixologik to'siqlar, qo'llab-quvvatlash tizimlari.

РАЗВИТИЕ ПОТЕНЦИАЛЬНЫХ И АКТУАЛЬНЫХ СПОСОБНОСТЕЙ БУДУЩИХ СПЕЦИАЛИСТОВ КАК ПСИХОЛОГИЧЕСКАЯ ПРОБЛЕМА_

© С.М.Туйчиева1Н

Ташкентский университет прикладных наук, Ташкент, Узбекистан_

Iqtibos uchun: Tuychiyeva S.M. Bo'lajak mutaxassislarda potensial va aktual imkoniyatlarni rivojlantirish- psixologik muammo sifatida. // Inter education & global study. 2024. №5(1). B.552-557.

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №5(1)

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: в этом исследовании рассматриваются факторы, влияющие на рост и реализацию этих способностей, подчеркиваются психологические аспекты, которые способствуют профессиональному развитию. Сложность воспитания как врожденного потенциала, так и реальных навыков у будущих специалистов требует всестороннего понимания психологических принципов и их применения в образовательном и учебном контексте.

ЦЕЛЬ: целью данного исследования является изучение психологических процессов, участвующих в развитии потенциальных и реальных способностей будущих специалистов.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в этом исследовании используется смешанный подход, сочетающий качественные и количественные методы сбора данных. В выборку исследования вошли будущие специалисты различных специальностей, отобранные методом стратифицированной случайной выборки.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: Результаты показывают, что внутренняя мотивация, самоэффективность и благоприятная среда обучения имеют решающее значение для содействия развитию потенциальных способностей. Более того, на переход от потенциальных способностей к реальным существенное влияние оказывают практическое обучение, наставничество и возможности реального применения.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: Развитие потенциальных и реальных способностей будущих специалистов представляет собой многогранную психологическую проблему, требующую целенаправленных стратегий по развитию как врожденных талантов, так и практических навыков.

Ключевые слова: потенциальные возможности, реальные возможности, будущие специалисты, психологическое развитие, внутренняя мотивация, самоэффективность, педагогическая психология, профессиональная подготовка, психологические барьеры, системы поддержки.

Для цитирования:Туйчиева С.М. Pазвитие потенциальных и актуальных способностей будущих специалистов как психологическая проблема // Inter education & global study. 2024. №5(1). С. 552-557

DEVELOPMENT OF POTENTIAL AND ACTUAL CAPABILITIES IN FUTURE SPECIALISTS AS A PSYCHOLOGICAL PROBLEM_

© Saodat M. Tuychiyeva1®

Tashkent University of Applied Sciences, Tashkent, Uzbekistan_

Annotation

INTRODUCTION: this study examines the factors that influence the growth and realization of these capabilities, emphasizing the psychological aspects that contribute to

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 5(1)

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal ISSN 2992-9024 (online)

Научно-теоретический и методический журнал 2024, №5(1)

Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

professional development. The complexity of nurturing both inherent potential and tangible skills in future professionals necessitates a comprehensive understanding of psychological principles and their application in educational and training contexts.

AIM: the aim of this study is to explore the psychological processes involved in the development of potential and actual capabilities in future specialists.

MATERIALS AND METHODS: this research employs a mixed-methods approach, combining qualitative and quantitative data collection techniques. The study sample includes future specialists from various fields, selected through stratified random sampling.

DISCUSSION AND RESULTS: the findings reveal that intrinsic motivation, self-efficacy, and supportive learning environments are critical in fostering the development of potential capabilities. Moreover, the transition from potential to actual capabilities is significantly influenced by practical training, mentorship, and real-world application opportunities.

CONCLUSION: The development of potential and actual capabilities in future specialists is a multifaceted psychological problem that requires targeted strategies to enhance both inherent talents and practical skills.

Key words: potential capabilities, actual capabilities, future specialists, psychological development, intrinsic motivation, self-efficacy, educational psychology, professional training, psychological barriers, support systems.

For citation: Saodat M. Tuychiyeva (2024) Development of potential and actual capabilities in future specialists as a psychological problem, Inter education & global study, (5(1)), pp. 552-557 (In Uzbek).

Bugungi ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar davrida yosh mutaxassis ijtimoiy, iqtisodiy, shaxsiy psixologik manfaatli mehnat faoliyatida shakllanishi lozimdir. Zamonaviy ish beruvchiga ta'lim tarayonida mehnat faoliyatida nafaqat vazifani sifatli hal etuvchi, balki jamoada muammolarni tez echimini topuvchi, o'zinnig kasbiy-shaxsiy imkoniyatlarini maksimal darajada namoyon qiluvchi mutaxassis kerak. Bu nafaqat ish beruvchi, balki jamiyat talabidir. Aynan shu sifatlarni shakllantirish masalalari N. A. Alekseev, E. F. Zeer, A. M. Novikov tadqiqotlarida o'z aksini topgan.

Kasbiy rivojlanish muammosi ko'tarilganda layoqat, rivojlanishning yaqin zonasi, psixologik tayyorgarlik, psixologik zaxiralar va imkoniyatlar, mikrorivojlanish effektlari kabi tushunchalarda o'z aksini topadi. Bu tushunchalar shaxsning potensial va aktual xarakteristikalarida namoyon bo'ladi. Shaxsning potensial (yashirin) imkoniyatlari deganda aniq vaziyatlarda namoyon bo'lishi va shaxsning real imkoniyatlarini ifodalovchi sifatlar tushuniladi. Boshqa tomondan potensial imkoniyat rivojlanishning ham belgilaridan biri sifatida ko'rishimiz va bu o'z navbatida shaxsning keyingi rivojlanishini harakatga keltiruvchi kuchi sifatida e'tirof etishimiz mumkin. Shaxsning aktual

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 5(1)

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

imkoniyatlari shaxs imkoniyatlarining yangi mazmunan va sifat jihatdan kelajakka yo'naltiruvchi va o'z-o'zini namoyon qilishga imkon beruvchi imkoniyatlaridir.

Aktual imkoniyatlar faoliyatda, xatti- harakatlar, munosabatlarda ifodalanadi. Potensial va aktal imkoniyatlar uzviy bir- biri bilan bog'liq bo'lib, potensial imkoniyatlari aktualga, aktual imkoniyatlar potensialga o'tadi. Bu o'tishlar shaxsiy sub'ektiv xususiyat hamda ob'ektiv ijtimoiy sharoitlarga bevosita bog'liq ekanligini kuzatish mumkin. Shuni ta'kidlash lozmki, faoliyatdagi xatti-harakatlar - bu faoliyatning nisbatan tugallangan elementi bo'lib, u umumiy motivga bo'ysungan oraliq maqsadga erishishni nazarda tutadi. Masalan, talabaning o'quv faoliyatidagi xatti-harakatlariga, ma'ruza eshitish, laboratoriya ishlarini bajarish, yakuniy nazorat ishini yozish, malakaviy amaliyotga borish va h.k. kirishi mumkin. Har qanday xatti-harakat operatsiyalar tizimidan iborat bo'lib, u ma'lum vaziyatda ma'lum masalani echishga qaratilgandir.

Potensial va aktal imkoniyatlar bog'liqligi uch asosiy darajadagi munosabatlar va o'zaro bog'liqlarga ega:

1. O'tmishni aks ettirish. Shaxs imkoniyatlari barqaror sifatlarini o'zida mujassamlashtirib, ular shaxs tomonidan hayot tajribasi jarayonida faoliyatni optimal amalga oshirish qobiliyatida aks etadi. Bu bosqich "imkoniyat" tushunchasi "resurs" tushunchasiga mazmunan yaqin bo'lib u yoki bu vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish uchun kerak.

2. Reprezentiv borliq. Bu bosqichda asosiy urg'u amaliy faoliyat jarayonida aktuallashgan imkoniyatlarga yo'nalgan. Bu erda "imkoniyat" tushunchasi "zahira" tushunchasi bilan uyg'undir. Bu erda zahira tushunchasi:

- samaradorlikni pasaytiruvchi foydalanilmagan imkoniyatlar sifatida (xususan, foydalanilmagan ko'nikma va malakalar yo'qolib boradi); - rivojlanishning ishonchli "mustahkamlik zahirasi" sifatida ifodalanadi.

3. Kelajakka yo'nalganlik. Faoliyat jarayonida nafaqat mavjud imkoniyat va qobiliyatlar namoyon bo'ladi, balki yangilari ham shakllanadi. Shaxsning potensial imkoniyatlari muammosi u yoki bu ma'noda S. L. Rubinshteyn, V. N. Myasishev, B. G. Ananev ishlarida o'z aksini topgan. Bu mualliflar ishida «aktual extiyojlar», «aktual qobiliyatlar», «actual vaziyat», «shaxs xarakteristikasining aktual potensial imkoniyatlari" iboralar ishlatilgan.

Aniq faoliyat turlarining rang-barangligini hisobga oladigan bo'lsak, ularni har birida yuqorida qayd etilgan bosqichlar shaxsni faoliyatda o'z-o'zini namoyon qilish va aktuallashtirishga xizmat qiladi. Bugungi kunda pedagogik faoliyatni aniq ijtimoiy soha sifatida qaraladigan bo'lajak pedagoglar, psixologlar tomonidan kasbiy rivojlanish bilan bog'liq vazifalarni hal etish, qatiy belgilangan xatti-harakatlar va operatsiyalarni amalga oshirish kerak. Ularni muvaffaqiyatli bajarish esa bilim, ko'nikma va malakalar talab etadi.

Zamonaviy professional ta'lim shu kungacha tizimli, belgilangan bilim, ko'nikma va malakalarni bo'lajak mutaxassislarga berish vazifasini qo'ygan. Bo'lajak mutaxassis tayyorlash jarayonida kasbiy rivojlanishni «shaxs - kasb» + «shaxs - kasb egasi, mutaxassis» tizimida tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Ushbu dinamik rivojlanish

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

traektoriyasi shaxsning yosh davrlari, kasbiy-shaxsiy sifatlari, olingan bilimlar negizida ko'nikma va malakalarini shakllanishini nazarda tutadi. Kasbiy rivojlanish davriy tizimi umumiy rivojlanish muammolarini ko'rish va ularni hal etish masalalarini nazarda tutadi va bunda psixologik vaqt xususiyatlarni ko'rib chiqish ham muhimdir. Ushbu muammo E. F. Zeer [1] empirik tadqiqotlarida o'z aksini topgan. Tadqiqotchi vaqtni quyidagi konseptsiyalarda talqin qilib belgilaydi:

1. «Kvant» konseptsiyasi turli davr oralig'idagi xissiy kechinmalarni nazarda tutadi (masalan, vaqtni baholash, hozir, shu vaqtda psixologiyasi nuqtai nazarida, davr oralig'idagi o'zgarishlar).

2. Vaziyatli konseptsiya, unda yuz berayotgan hodisa va voqealarni vaqt bilan bog'liqligini, hamda yuz berayotgan voqealar intensivligida (shaxsning ichki va tashki, faoliyatdagi o'zgarishlari) namoyon bo'ladi.

3. Maqsad-oqibatli konseptsiya. «Kvant» va vaziyatli yondashuv qator fundamental muammolarni to'liq echimini bermaydi. Bu fundamental muammolar:

- psixologik vaqtning qaytmasligi;

- ko'pqirraligi;

- kasbiy rivojlanishda yosh kategoriyasidagi muammolarning mavjudligi. Bularning echimi uchinchi konsepsiyada o'z aksini topadi va bunda «sabab- oqibat», «maqsad-vosita» tizimidan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

O'zbek psixologlari tomonidan kasbiy rivojlanish muammosi o'rganilgan. R.Z.Gaynutdinov rahbarligida kasbiy rivojlanish va tiklanishning turli muammolariga bag'ishlangan qator tadqiqotlar amalga oshirilgan. D.N. Arzikulovning dissertatsion tadqiqotida Agrar universitet talabalarining kasbiy shakllanish bosqichlari psixologik xususiyatlarini o'rganishga asosiy e'tibor qaratildi. Boshqa kasblarga ham taalluqli bo'lgan muhim xulosalar kasbiy tiklanishning har bir bosqichida ajratilgan shaxsiy xossalar bilan kasbiy sifatlar o'rtasida statistik ahamiyatli bog'liqlik borligi haqidagi fikrlar o'z ifodasini topgan.

Rivojlanishning turli bosqichlarida shaxsning alohida xususiyatlari ustuvorligi, ularning shaxsiy-kasbiy adaptatsiyasining ifodalash o'zini kasb bilan identifikatsiyalash ko'rsatkichi sanaladi.

Kasbiy identifikatsiya kasbga yo'naltirishda muhim jihatlarda biridir. O'zini ma'lum kasbda ko'rish shu kasbga xos sifat va qobiliyatlarni anglash, qabul qilish va uni amaliyotda qo'lashdan iboratdir. Kasbiy identifikatsiyaning umumiy identifikatsiyalar tuzilishida tutgan o'rni hali to'liq yoritib berilmagan, lekin fenomen va ijtimoiy identifikatsiya tuzilishi hamda uning alohida turlari haqidagi Ilmiy tasavvurlarning rivojlanganligi kasbiy identifikatsiyani ijtimoiy " Men" tuzilishidagi muhim elementlardan biri sifatida o'rganish imkonini beradi. Tadqiqotimizda bo'lajak mutaxassislarda kasbiy identifikatsiyani aniqlash maqsadida T.S.Timofeeva tomonidan taqdim etilgan "Men uchun ahamiyatli" metodikasi taqdim etildi. Unda talabalar o'zlari uchun kelajakda muhim kasbiy sifat va qobiliyatlarni muhimligiga qarab belgilashlari tavsiya etildi.

1-jadval

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №5(1)

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

SIFATLAR Ahamiyati (joy) Natijalar

1. Ehtiyotkorlik 11 7%

2. Haqqoniylik 8 6%

3. Ijodkorlik 6 5%

4. Sezgirlik 1 10%

5. O'z-o'zini anglash va intilish 2 14%

6. O'z-o'ziga ishonch 3 12%

7. Insonparvarlik 5%

8. Tolerantlik 7 5%

9. O'z-o'zini boshqarishning yuqori darajasi (hissiy barqarorlik) 5 10%

10. Empatiya 4 9%

11. Qadrsizlik 13 6%

12. Intellektual rivojlanishning yuqori darajasi 9 5%

13. Professional jamoaga tegishli ekanligini his qilish, uning qadriyatlarini baham ko'ringhis 12 6%

Jadvaldan bolajak pedagog-psixologlarda sezgirlik, o'z-o'zini anglash va intilish, o'z-o'ziga ishonch, hissiy barqarorlik va empatiya kabi sifatlar ularning shaxsiy sifarlari bilan uyg'unligini belgilashgan. Keltirilgan ma'lumotlardan kelib chiqqan holda, xulosa qiladigan bo'lsak, kasbiy rivojlanish masalasi jamiyat uchun muhim ahamiyatga ega. Bu muammoni ilmiy va amaliy nuqtai nazardan taxlil va tadqiq qilish kerkligini hayotnihg o'zi ko'rsatmoqda.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. Зеер Э.Ф. Психология профессионального развития:методология, теория, практика. -РГП1ТУ 2011-21c

2. Кондаков И.М. Индивидуально -психологические особенности подростков в выборе профессии. Мос^, 1989

3. Davletshin M.G., Tuychiyeva S.M. Umumiy psixologiya. -TDPI 2002- 48b

4. Ergasheva D.H. Kasbiy identifikatsiya tushunchasining mazmuni. Conference on universal science research 2023. Volume-2, issue-2. -39 b

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

^Tuychiyeva Saodat, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent, [Туйчиева Саодат, кандидат психологических наук, доцент], [Saodat Tuychiyeva, candidate of psychology, associate professor]; manzil: O'zbekiston, Shahar: Toshkent, Tuman: Chilonzor, Gavxar ko'chasi, 1 [адрес: Узбекистан, Город: Ташкент, Район: Чиланзор, улица Гавхара, 1], [address: Uzbekistan, City: Tashkent, District: Chilonzor, Gavkhar street, 1]

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 5(1)

iccl (A

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.