BO'LAJAK MAKTABGACHA TA'LIM TARBIYACHILARINING NUTQIY
MADANIYATINI INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH - DOLZARB PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA
IMPROVINGTHE SPEECH CULTURE OF FUTURE PRESCHOOL TEACHERS BASED ON INNOVATIVE TECHNOLOGIES IS AN URGENT
PEDAGOGICAL PROBLEM
Xamrayeva E'zozxon Muzaffarovna
JDPU, Maktabgacha ta'lim metodikasi kafedrasi o'qituvchisi ezozahamraeva@gmail .com
Annotatsiya: Ushbu maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotlarida innovatsion texnologiyalar orqali bo'lajak maktabgacha ta'lim tarbiyachilarining nutq madaniyatini takomillashtirish dolzarb pedagogik muammoligi to'g'risida fikr yuritilgan.
Annotation: This article discusses the current pedagogical problem of improving the speech culture of future preschool educators through innovative technologies in preschool educational organizations.
Аннотация: В данной статье рассматривается актуальная педагогическая проблема повышения речевой культуры будущих дошкольных педагогов посредством инновационных технологий в дошкольных образовательных организациях.
Tayanch so'zlar: innovatsion texnologiyalar, nutq madaniyati, pedagogik mahorat, pedagogik kompitentlik, novatsiya, zamonaviy menejment, pedagogik texnologiyalar, AKT.
Key words: innovative technologies, speech culture, pedagogical skills, pedagogical competence, innovation, modern management, pedagogical technologies, ICT.
Ключевые слова: инновационные технологии, культура речи, педагогическое мастерство, педагогическая компетентность, инновации, современный менеджмент, педагогические технологии, ИКТ.
Mavzusining dolzarbligi va zarurati. Jаhon tа'lim tizimidа аmаlgа oshirilаyotgаn tub islohotlаr mаktаbgаchа tа'lim sifаtini oshirishdа yangi ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyoj vа tаlаblаrgа moslаshgаn mаlаkа oshirish jаrаyonini tizimli yо'lgа qо'yish, tinglovchilаrning kаsbiy mаlаkаsini rivojlаntirishning vаriаtiv shаkllаrini ishlаb chiqishni tаqozo etmoqdа. Kаttаlаr tа'limi, jumlаdаn, ta'lim jаrаyonidа bo'lajak maktabgacha ta'lim tarbiyachilarining nutqiy madaniyatini rivojlаntirish mаsаlаlаri bilаn YUNESKO, YUNISEF, Yevropа Universitetlаri Аssotsiаsiyasi,
291
maktabgacha ta'lim sifatini ta'minlash Yevropa tarmog'i kabi tashkilotlar keng shug'ullanmoqda. Ayni shu rivojlangan davlatlar tajribasidan samarali foydalangan holda jarayonida bo'lajak maktabgacha ta'lim tarbiyachilarining nutqiy madaniyatini innovatsion texnologiyalar asosida takomillashtish, bo'lajak tarbiyachilarda kreativ fikrlashni shakllantirish modellarini ishlab chiqish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Respublikamizda globallashuv sharoitida yuz berayotgan ta'lim sohasidagi o'zgarishlar asosida maktabgacha ta'lim tizimida kasbiy va metodik faoliyat samaradorligini oshirish, tarbiyachilarning nutq madaniyatini rivojlantirish yuzasidan keng miqyosda izlanishlar olib borilmoqda. Mazkur jarayon bugungi kunda innovatsion texnologiyar asosida maktabgacha yoshdagi bolalar ta'lim-tarbiya jarayonini modernizatsiya qilishning ustivor yo'nalishlari: noformal (o'qitish - asosiy izlanish "Hamkorlik strategiyasi" asosida o'quv jarayoniga innovatsiyalar, onlayn o'qitish, tyutorli ta'limga urg'u berilishi) va informal (o'qitish - individual holatda va shaxsiy) o'qitish mazmunini takomillashtirish, bolalarning nutq va tafakkurini rivojlantirishning samarali shakl va metodlarini ishlab chiqish, mashg'ulotlarning integratsiyalashuvini ta'minlashning turli modellari va texnologiyalarini yaratish zaruratini yuzaga keltiradi. O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasida "...uzluksiz ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta'lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish" vazifasi belgilanib, bu borada pedagoglarning kreativligini oshirish, ta'lim mazmunini takomillashtirib borishda qulay sharoitlar yaratish, pedagogik deontologiya(yunon. «deontos» - loyiqlik, munosib, kerakli, tegishli, «logos» - ilm, ta'limot)ni ta'minlash orqali kutilgan natijalarga erishish muhim ahamiyat kasb etadi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 29 dekabrdagi PQ-2707-son "2017-2021 yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi, 2017 yil 9 sentyabrdagi PQ-3261-son "Maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish bo'yicha chora-tadbirlar to'g'risida"gi, 2018 yil 30 sentyabrdagi PQ-3955-sonli "Maktabgacha ta'lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora -tadbirlari to'g'risida"gi, 2019 yil 8 maydagi PQ-4312-son "O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi qarorlari, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 maydagi 391-son "Maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorlari, Maktabgacha ta'lim vazirining 2019 yil 30 avgustdagi 155-son "Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari pedagoglarining ish hujjatlarini tasdiqlash to'g'risida"gi buyrug'ida belgilab berilgan maktabgacha ta'lim tizimini fan, texnika va ishlab chiqarish sohalari bilan integratsiyalashuvini ta'minlash bugungi kunning dolzarb muammosi sifatida qaralishi maktabgacha soha yo'nalishida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning pedagogik mahorati va qobiliyatlariga nisbatan talablarning ortib borayotganligini
292
ko'rsatadi. Bunday talablarning yuzaga kelishi ilg'or xorijiy tajribani keng joriy etgan holda o'quv-uslubiy jarayonga innovatsiyalarni joriy etish, tarbiyachilarning nutq madaniyatini rivojlantirish va pedagogik kompetentlik bilan qurollantirish muhim pedagogik ahamiyat kasb etadi.
Respublikada keyingi yillarda maktabgacha ta'lim sohasiga qaratilayotgan alohida e'tibor va mazkur yo'nalishda qabul qilingan bir qator hujjatlar ta'lim sifat va samaradorligini oshirish bo'yicha me'yoriy-huquqiy bazani yaratish imkonini berdi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2017-2021 yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qarorida "...ta'lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta'lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish" masalalari belgilab berilganligi, maktabgacha ta'lim tizimini uzluksiz ta'limning boshlang'ich shakli sifatida e'tirof etilganligi, tizimga nisbatan qo'yilgan vazifalarning bajarilishida alohida ahamiyatga ega ekanligiga e'tibor qaratish lozimligini belgilaydi. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda bo'lajak maktabgacha ta'lim tarbiyachilarining nutqiy madaniyatini innovatsion texnologiyalar asosida takomillashtirish mazmunini takomillashtirish pedagoglar oldiga qo'yilgan asosiy vazifalardan biridir.
Maktabgacha ta'lim muassasalarida "Ilk qadam" o'quv dasturini tatbiq etishda shuningdek, O'zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan Davlat talablarida yuqori samarali zamonaviy ta'lim va innovatsion texnologiyalar, ta'lim - tarbiya sohasidagi o'zgarishlarni uzluksiz ta'lim tizimining eng quyi bo'g'ini maktabgacha ta'lim tizimidan boshlash, har tomonlama sog'lom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va maktabga tayyorlash, sog'lom genofondni, yetuk kadrlarni tarbiyalashda g'oyat muhim vazifalar sifatida ko'rsatib o'tilgan.
Aytish o'rinliki globallashuv, texnogen sivilizatsiya yosh avlod tarbiyasiga ham o'z ta'sirini o'tkazayotgani sir emas, bugungi kun bolasini "o'tmish ertaklari, voqealari" bilan aldab bo'lmaydi, ularni real voqealarga asoslangan ma'lumotlar qiziqtiradi. Aksariyat hollarda bir yoshli bolamiz mobil aloqa vositalaridan "foydalana" olayotganligini quvonch bilan gapiramiz.Demak, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan zamonaviy tarbiyachi maktabgacha ta'lim sohasida kechayotgan yangilanishlarni bilishi, o'z ustida tinmay ishlashi, doimiy o'zgarib turuvchi nostandart sharoitlarda amaliy faoliyatga innovatsion tayyorligini ta'minlash ehtiyojini yuzaga keltirmoqda, bu esa qo'shimcha, noan'anaviy, parallel mustaqil ta'lim tizimlarini yaratishga ehtiyoj tug'dirmoqda.
Bizning fikrimizcha, yuqoridagi muammolar orasida eng muhimlari maktabgacha ta'lim tashkilotlari pedagog xodimlarini ta'lim jarayoniga nutqiy -kommunikativ sohani modernizatsiyalash, innovatsiya va novatsiya, innovatsion
293
ta'lim texnologiyalari bilan qurollantirish lozim. Aytish o'rinliki, maktabgacha ta'lim va ijtimoiy sohadagi yangilanishlar asosida ta'lim unsurlari jiddiy o'zgarishlarga uchradi. Shu bois, uzluksiz ta'lim falsafasi, qonuniyatini, innovatsion texnologiyalar asosida ta'lim muammolarini qaytadan ko'rib chiqish davr talabiga aylanib bormoqda.
Bo'lajak maktabgacha ta'lim tarbiyachilarining nutqiy madaniyatini innovatsion texnologiyalar asosida takomillashtirish jarayonining o'ziga xosligi didaktik imkoniyatiga ko'ra yangi ta'lim sub'ektlari: tarbiyachi - tarbiyalanuvchi- ota -ona hamda metodist-o'qituvchi-professional, fuqaro-shaxs; tarbiyalanuvchilar jamoasi; pedagoglar jamoasi; jamoatchilik birlashmalarini tarkib toptirish bilan bog'liqdir. Bo'lajak maktabgacha ta'lim tarbiyachilarining nutqiy madaniyatini innovatsion texnologiyalar asosida takomillashtirish uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratish, uni maktabgacha ta'lim tashkilotlarining ta'limiy imkoniyatlari va tarbiyalanuvchilarning qobiliyatlarini o'stirish bilan bog'liq mustaqil faoliyatga tashabbus uyg'otish va qo'llab-quvvatlash; tarbiyachilar jamoasini hamkorlikdagi ijtimoiy ahamiyatga ega, innovatsion o'quv loyihalari, dasturlar, ta'lim-tarbiya texnologiyalarini ishlab chiqishdagi ishtirokini ta'minlash, xorijiy hamkorlikni kengaytirish tushuniladi.
Aytish o'rinliki, maktabgacha ta'lim tashkilotlarini innovatsion texnologiyalar asosida rivojlantirish ta'lim xizmatlarini diversifikatsiyalash, sifat menejmentini joriy qilish, pedagogik texnologiya va ta'lim strategiyalarini o'zaro integratsiyalash, ta'lim shakllarini optimizatsiyalash vazifalarini belgilaydigan texnik va inson resurslari va ularning o'zaro ta'sirini hisobga olgan holda o'qitish va bilimlarni o'zlashtirishning "butun" jarayonlarini yaratish, qo'llash va aniqlashning tizimli metodi YuNESKO tomonidan alohida e'tirof etildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 maydagi PQ-4312-son "O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida" gi qarorida maktabgacha ta'limda fanlarni rivojlantiruvchi muhitning innovatsion texnologiyalari va modullarini ishlab chiqish, maktabgacha va umumiy boshlang'ich ta'lim izchilligining mazmun va protsessual komponentlarini optimallashtirish, maktabgacha yoshdagi bolalarning badiiy-estetik va musiqiy tarbiya hamda ta'lim darajasini oshirish, erta yoshdan boshlab STEAM o'qitish asoslarini joriy etish muhim vazifa sifatida ko'rsatib o'tildi.
Mazkur vazifalardan kelib chiqqan holda:
- bolalarni sifatli maktabgacha ta'lim bilan qamrab olish ko'lamini oshirish;
-bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish;
-maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyachilarini ilg'or xorijiy tajriba asosida zamonaviy menejment va pedagogik texnologiyalar bo'yicha sohaga oid bilimlar va ko'nikmalarni rivojlantirish muhim pedagogik ahamiyat kasb etadi.
Shu bois, bo'lajak maktabgacha ta'lim tarbiyachilarining nutqiy madaniyatini innovatsion texnologiyalar asosida takomillashtish, ta'lim sifatini oshirish, o'quv reja va dasturlarni modernizatsiyalash, pedagog kadrlarining kreativ tafakkurini shakllantirish, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning yetakchi oliy ta'lim muassasalarida "El-yurt umidi" jamg'armasi fondi hisobidan tajriba almashishlari bo'yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish zaruriyatini alohida e'tirof etish joiz.
Bo'lajak maktabgacha ta'lim tarbiyachilarining nutqiy madaniyatini innovatsion texnologiyalar asosida takomillashtirish negizidan kelib chiqqan xolda nutq inson tomonidan ijtimoiy - tarixiy tajribani o'zlashtirish, avlodlarga uzatish yoki aloqa o'rnatish, o'z shaxsiy harakatlarini rejalashtirish va amalga oshirish maqsadida tildan foydalanish jarayoni. Bo'lajak maktabgacha ta'lim tarbiyachilarining nutqiy madaniyatini innovatsion texnologiyalar asosida takomillashtirish negizidan kelib chiqqan holda Innovatsion texnologiyalar - (inglizcha) yangilik kiritish, yangilik degan ma'noni ifodalaydi, texnologiya esa yunoncha "texnos" - san'at, mahorat va "logos" - fan so'zlaridan olinib, innovatsion texnologiya ta'lim-tarbiya shakllari, metodlari va usullariga yangicha yondoshish degan ma'noni bildiradi. Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon faoliyatiga yangilik, o'zgarishlar kiritishdir. Innovatsion texnologiyalardan foydalanishda tarbiyachiga quyidagi bilimlarni bilish taqazo etiladi:
- AKT bo'yicha bilim, ko'nikma va malakaga ega bo'lish;
- yangi pedagogik texnologiya bo'yicha xorijiy tajribalardan boxabar bo'lish (STEAM, PISA,TIMSS);
- ta'lim jarayonini tashkil etishda didaktik o'yinlardan, interfaol usullardan foydalanish mahorati;
- ilg'or pedagogik texnologiya bo'yicha bilimlarni o'zlashtirib borish;
- bilimlarni ko'nikma va malakalarga aylantirish texnologiyasi shakllangan bo'lishi;
- faoliyat jarayonida harakatli o'yinlardan unumli foydalana bilishi;
- imkoni bo'lsa mashg'ulotni internet tarmog'iga bog'lab o'ta bilishi;
- o'z ustida tinmay ishlashi, har sohaga oid yangiliklarni kuzatib borishi va boshqalar.
Haqiqatdan ham bo'lajak maktabgacha ta'lim tarbiyachilarining nutqiy madaniyatini innovatsion texnologiyalar asosida takomillashtish zamirida sog'lom turmush madaniyati, sog'lom dunyoqarash asoslari shakllantiriladi. Ammo bo'lajak maktabgacha ta'lim tarbiyachilarining nutqiy madaniyatini takomillashtish omil real hayot, ya'ni amaliyot hisoblanadi. Real amaliy hayotda maktabgacha tarbiya yoshidan boshlab bolalarni umumiy muhim kompetensiyalar hamda odob-axloq me'yorlari asosida dunyoqarashlari shakllantirib borilsa, unda bolalar ma'naviy-
295
axloqiy fazilatlarini tarkib toptirish oson va samarali kechadi, ma'naviy dunyoqarash tafakkur jarayonining negizini tashkil etadi.
Demak, bolalarning maktabgacha ta'lim tashkilotlarida vaqtini sermazmun o'tkazish, ularning ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan kamol topishlarini ta'minlash, ular ongiga milliy g'oyani, vatanparvarlik tuyg'ularini hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni singdirish maktabgacha ta'lim tarbiyachisining innovatsion potensialiga ko'p jihatdan bog'liq bo'lib hisoblanadi.
Adabiyotlar ro'yxati:
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi "O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PQ-4312-son Qarori.
2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi "Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to'g'risida" gi 802-son Qarori.
3. J.G'.Yo'ldoshev, M.K.Shirinov, F.I.Ochilov "Pedagogik diagnostika" o'quv metodik qo'llanma T.:2014
4. O'tkir Tolipov, Dilnoz Ro'ziyeva "Pedagogik texnologiyalar va pedagogic mahorat" «Toshkent innovatsiya-ziyo» T.: 2019
5. Z. Ashurova » Maktabgachata'limda STEAM texnalogiyasidan foydalanish »Metodik qo'llanma . Buxoro:2020.
6. https : //www. pedago glar.uz
7. https://www.researchgate.net
8. https://elib.jdpu.uz