PPSUTLSC-2024
PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 21ST CENTURY
tashkent, o-8 mav 2004 www.in~academy.uz
RAQAMLASHTIRISH SHAROITIDA BO'LAJAK TARBIYACHILARNING MEDIAKOMPETENTLIGINI OSHIRISH YO'LLARI
Dilshoda Nazarmatova Umarali qizi1 Rafiyeva Mohichehra Bekzod qizi2
1Uzbekistan2Faculty of Pedagogy, Department of Preschool Education Methodology, University of Applied Sciences
Gavhar ko'chasi 1-uy, Tashkent 100149, Tashkent, Uzbekistan 2Uzbekistan 2Faculty of Pedagogy, a student of the 2nd stage of preschool education {f_nazarmatovadilshoda, s_rafiyevamohichehra} f_author@[email protected], s_author@[email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.13383700 Annotatsiya: Hozirgi kunda eng dolzarb mavzulardan biri ta'lim sohasida,maktabgacha ta'lim sohasida raqamli iqtisodiyot,raqamli savodxonlikdir.Mamlakatimiz rahbari tomonidan alohida e'tibor berilayotgan sohalardan biri maktabgacha ta'limda ham xozirgi kunda bo'lajak tarbiyachilarnning hamda ta'lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan tarbiyachilarning bilim salohiyatini oshirish maqsadida media darsliklar,mediasavodxonlik kurslari hamda oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarda media savodxonlik darslari tashkil qilinmoqda.Bu albatta nima beradi?Yosh o'sib kelayotgan bolalar bilan ta'lim-tarbiya berayotgan tarbiyachi-pedagoglarning hamnafas bo'lib yurishlarini taqozo etadi.
Kalit so'zlar:Raqamlashtirish, texnologiya, mediakompetentlik, savodxonlik, tarbiyachi, kompetensiya, axborot, raqamli hukumat, digital kompetensiya.
1 KIRISH
Uzluksiz ta'lim tizimining birinchi bo'g'ini bo'lgan maktabgacha ta'limga bo'lgan e'tibor kundan-kunga ortib bormoqda. Maktabgacha ta'lim tizimida olib borilayotgan islohotlar ham o'z aksini topmoqda.Muhtaram
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning "Ta'lim sohasida farzandlarimiz zamonaviy bilim va ko'nikmalarni puxta egallashlari uchun eng qulay sharoitlar yaratishni izchil davom ettiramiz"- degan so'zlaridan iqtibos keltirar ekanmiz,o'sib kelayotgan yosh avlodning barkamol bo'lib ulg'ayishida,alohida ehtiyojga ega bo'lgan bolalarning ta'limda tengligini ta'minlashda va o'zaro mehr-muhabbatli bo'lishga, ijtimoiylashtirishga zamin yaratadi.Maktabgacha ta'lim sohasida Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev faol tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ishlar, qabul qilinayotgan farmon va qarorlar muhim ahamiyat kasb etmoqda.
1 TADQIQOT METODOLOGIYASI
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi 2022 - 2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi PF-60-son Farmoni, 2022-yil 4-fevral "Ilk qadam" Takomillashtirilgan davlat o'quv dasturi, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish PQ-4312-
son qarori,O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning Davlat standartini tasdiqlash to'g'risida" gi 2020-yil 22 dekabrdagi 802-son qarori, "Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari"1
1 "Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda uning
tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari"1 to'g'risida 2023-yil 26 may PF-79-son farmoni
to'g'risida 2023-yil 26 may PF-79-son farmonida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi faoliyatining ustuvor yo'nalishlari qilib quyidagilar belgilab berilgan:
Quyidagilar Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi faoliyatining ustuvor yo'nalishlari hisoblanadi:
a) maktabgacha, umumiy o'rta va maktabdan tashqari ta'lim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, o'quv va tarbiya jarayonlarining o'zaro mustahkam aloqasi va uzluksizligini ta'minlash;
b) o'quv va tarbiya jarayoniga xalqaro talablar asosida ishlab chiqilgan o'quv reja, dastur va o'quv-metodik majmualar va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy qilish;
v) o'quvchilar va tarbiyalanuvchilarni umuminsoniy qadriyatlar, yuksak ma'naviyat, vatanparvarlik va insonparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga mustaqillik g'oyalarini yanada chuqur singdirish hamda yot g'oyalarga qarshi immunitetini shakllantirish;
g) iqtidorli yoshlarni aniqlash, saralab olish va ularning har tomonlama rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, o'quvchilarning umumta'lim fanlari bo'yicha xalqaro olimpiadalar, tanlovlar va musobaqalarda munosib ishtirokini ta'minlash;
d) pedagog kadrlarning kasbiy bilim va ko'nikmalarini oshirish va baholash, maqomi hamda obro'sini mustahkamlash, ularning moddiy va ma'naviy rag'batlantirilishi, shuningdek, ijtimoiy muhofaza qilinishini tashkil etish;
e) maktabgacha, umumiy o'rta va maktabdan tashqari ta'lim sohasida nodavlat ta'lim xizmatlari sektorini yanada qo'llab-quvvatlash, uning har tomonlama rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
j) maktabgacha, umumiy o'rta va maktabdan tashqari ta'lim jarayonlarini raqamlashtirish va mazkur sohalardagi davlat xizmatlarini kengaytirish;
"¿J PPSUTLSC-2024
. -.(¡.¿if.I PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE 55 USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of
I Li I toe^centurv
TASHKENT, 6-8 MAY 2004
z) maktabgacha, umumiy o'rta va maktabdan tashqari ta'lim (shu jumladan, chet tillarini o'rgatish) sohasida litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillarini amalga oshirish, mazkur yo'nalishda faoliyat yuritayotgan ta'lim tashkilotlar tomonidan sifatli ta'lim berilishini ta'minlashdan iborat.
Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning Davlat standartlari hamda "Ilm yo'li" variativ dasturlari orqali maktabgacha ta'lim tizimida sifatli ta'lim va samaradorlikni oshirish maktabgacha ta'lim tizimida ilg'or axborot texnologiyalari va resurslari bilan ta'minlashda ushbu qarorlar alohida o'rin egallamoqda.Xususan, ushbu qaror va farmonlarda,dasturlarda alohida ehtiyojga ega bo'lgan bolalarga ta'lim berishdagi ustuvor maqsad va vazifalar ham belgilab berilgan.
3 MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabedagi PF 6079 sonli "Raqamli 0'zbekiston-2030" strategiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora tadbirlari to'g'risida"gi farmonida raqamli dunyoda raqamlashtirish, raqamli texnologiyalarni ishlab chiqish, raqamli iqtisodiyot sohasida yangi loyihalarni ko'rib chiqish va raqamli ta'limni rivojlantirish dasturlari amalga oshirilmoqda. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 11 iyundagi 487-son "Maktabgacha ta'lim tizimiga ilg'or axborot va pedagogika texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorida ta'lim-tarbiya jarayoniga ilg'or axborot va pedagogika texnologiyalarini joriy etish, Maktabgacha ta'limni boshqarish axborot tizimning tegishli ravishda ishlashini ta'minlash, maktabgacha ta'lim tizimi xodimlarining innovatsion axborot-kommunikatsiya va pedagogika texnologiyalari sohasidagi bilim va malakasini oshirish, innovatsion ta'lim muhitini tashkil etish kabi qator ustuvor yo'nalishlar belgilab berilgan.
"Bola dunyoga kelganidan boshlab, unda aynan maktabgacha bo'lgan yoshda aqliy faollik oshadi, axloqiy-estetik va jismoniy xislatlar shakllanadi. Shu bois ham kelgusi yillarda maktabgacha ta'lim sohasini rivojlantirish borasidagi strategik maqsadimiz - ijtimoiy ahvolidan qat'i nazar, bog'cha yoshidagi har bir bolani ushbu ta'lim yo'nalishi bilan to'liq qamrab olish uchun zarur sharoitlarni yaratishdan iborat..."2 Fan-texnika taraqqiyoti va yoshlarni hayotga tayyorlash muammosi ta'lim-tarbiya jarayonida jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalarni joriy etishni taqozo etmoqda. Hozirgi davrgacha bo'lgan vaqt mobaynida, oliy ta'lim muassasalarida elektron axborot resurslarini yaratish hamda informatsion va ta'limiy saytlar yaratish, o'quv jarayoniga axborot texnologiyalarini joriy qilish bo'yicha etarlicha tajriba orttirilgan. Ta'limni axborotlashtirish , ta'lim jarayonida elektron ta'lim resurslaridan foydalanish so'zsiz o'z samarali natijasini bermoqda. Shu o'rinda aytishimiz joizdirki ,
2 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasi 29 dekabr 2020 yil
www.in-academy.uz
axborotlashgan ta'lim tizimida nafaqat ta'lim resurslari, balki elektron tarbiya resurslaridan ham foydalanish shubhasiz.
4 TAHLIL VA NATIJALAR Maktabgacha ta'lim tashkilotidagi
tarbiyalanuvchilarni ôsishi,kamol topishi uchun qadam qôyishiga yordam beradigan birinchi inson bu tarbiyachi hisoblanadi. Sababi ota ona 3yoshdan boshlab tarbiyachini qôliga topshiradi. Shundan keyingi ma'suliyat 7 yoshgacha tarbiyachining qôlida bôladi va maktabga chiqishdan avval tayyorlanadi. Bolalar maktabgacha ta'lim tashkilotida rasm chizishni, hisob kitobni, yozishni, bolalar bilan jamoa bolib ishlashni, muomala madaniyati, odob ahloq qoidalari va tarbiya turlarini ôrganishadi. Albatta tarbiyachining xulqi dunyo qarashi ham shular bilan bogliq. Ilmli va tarbiyali tarbiyachi bôlsa, uni qolida tarbiya olayotgan bolalar ham huddi tarbiyachisi kabi yetishadi.
Bunda tarbiyachiga beriladigan asosiy etibor didaktik materiallar va turli hil darsliklar, video roliklar bilan, yangi va zamonaviy ish hujjatlari, zamonaviy bilim berish uchun kerak bôladigan materiallardan foydalanishda mediasavodxonligiga ega bo'lishi hamda mashgulot jarayonini olib borishi kerak. Media so'zining ta'rifiga e'tibor qaratamiz.Hozirgi kunda multimedia atamasi ko'p qirrali bo'lib,turli xil tushunchalarni ifodalashga tadbiq
qilinmoqda.Multimidea,deganda turli shakldagi ma'lumotlarni qayta ishlovchi vositalar majmuasi tushuniladi.Multimedia-bu maxsus texnologiya bo'lib,dasturiy va texnik moddiy ta'minot asosida kompyuterda bir vaqtning o'zida tasviriy axborotni tovushli va harakatli holda ifodalash imkoniyati hisoblanadi..
3Maktabgacha yoshdagi bolalarga mo'ljallangan multimediali texnologiyalar an'anaviy texnologiyalarga nisbatan quyidagilar bilan farqlanadi: -bolalarning psixologik jihatlari; -bolalarning yoshi(5-7) yosh; -kompyuterli mashg'ulotning davomiyligi(15 daqiqa)
-materialning bolalarga mosligi; -materialning hajmi(30 daqiqaga mo'lhjallangan) -materialning murakkablik darajasi(bolalar uchun materiallar tanlanadi)
-ularning faollik darajalari va hokozo)
Maktabagcha yoshdagi bolalarning mediakompetentligini shakllantirish maqsadida avvalo bo'lajak tarbiyachilarning mediakompetentligini shakllantirish,AKT savodxonligini oshirish masalasiga e'tibor qaratish muhim.
5 XULOSA
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida olib borilayotgan ta'lim-tarbiya jarayonlarining asosiy jihatlaridan biri ham maktabgach ayoshdagi bolalarning asosiy tayanch kompetensiyalarini shakllantirish va bolalarni maktab ta'limiga tayyorlashda kompetentli bola roliga
3 Maktabgacha ta'limda STEAM texnologiyalari O'quv qo'llanma Maxmutazimova Y.R
"¿J PPSUTLSC-2024
. -.(¡.¿if.I PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of THE 21ST CENTURY
TASHKENT. 0-8 MAY 2024
chiqarishdan iborat hisoblanadi.Shunday ekan hozirgi kunda maktabgacha ta'lim tashkilotlari ta'lim tarbiya jarayonini,maktabgacha ta'lim tizimini yanada rivojlantirish maqsadida juda katta e'tibor qaratilmoqda.
Xalqaro miqyosda bo'lajak mutaxassislarni innovatsion tayyorlash, zamonaviy ta'limni amalga oshirish bo'yicha dunyoning yetakchi oliy ta'lim muassasalari va ilmiy markazlari tomonidan olib borilayotgan tadqiqotlarda bo'lajak tarbiyachilarning kasbiy mahorati mezonlari, bo'lajak tarbiyachilarning mediakompetentligini shakllantirish texnologiyalarini, innovatsion ta'lim muhitini yaratish muammolari xalqaro ta'lim standartlari talablarining joriy qilinishiga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Bunda yosh tarbiyachilarning pedagogik kompetentligi tarkibini zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalarni ta'lim jarayonida muvaffaqiyatli qo'llashning motivatsion, kognitiv, operatsion, refleksiv va o'z-o'zini baholash kabi indikatorlari asosida kengaytirishga qaratilgan ilmiy izlanishlar muhim o'rin tutadi. Elektron resurslardan foydalanish texnologiyalarining ta'limning ilk bosqichi bo'lgan maktabgacha ta'lim sohasiga kiritilishi pedagog xodimlarning oldiga katta mas'uliyat qo'yilishi bilan birga, 5 media bo'yicha bilim saviyasini oshirishni, shuningdek ularning izlanuvchanligi va ijodkorligini talab etadi.Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchi bolalarning ham kompyuter savodxonligini shakllantirish,maktabgacha ta'lim tashkilotida AKT mashg'ulotlarini joriy qilish bu albatta o'sib kelayotgan yosh avlodning yanada bilim salohiyatini oshirishga yordam beradi.
3 XULOSA
Bugungi kunda, xususan joriy pandemiya sharoitida, raqamli transformatsiya juda katta ahamiyatga ega bo'lib bormoqda. Raqamli iqtisodiyotning mamlakatlar iqtisodiyotidagi o'rnini va jahon iqtisodiy taraqqiyotidagi ahamiyatini anglash maqsadida quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilishi kerak:
- Raqamli iqtisodiyotda ilgarilayotgan davlatlarda keng qamrovli qo'llab-quvvatlash usullarini o'rganish;
- Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotning qonuniy-huquqiy asoslarini yaratish;
- Raqamli iqtisodiyot uchun zaruri infrastrukturani tashkil etish, masalan, Internetga kirish imkoniyati cheklangan yoki umumiy ravishda mavjud bo'lmagan hududlarni tizimga ulash;
- Raqamli iqtisodiyot uchun kerakli mutaxassis-kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish;
- Hukumatlar, fuqarolik jamiyati, akademiya, ilmiy jamoat va texnologiya sohasida yangi echimlarni topish uchun birgalikda tadqiqot ishlarini rivojlantirish;
- Raqamli ishlab chiquvchilar strategiyalarini va global rivojlanishning kelajakdagi konturlarini qayta aniqlash uchun yangi texnologiyalardan oqilona foydalanish, sheriklik munosabatlarini mustahkamlash va intellektual yetakchilikni kuchaytirish zarur.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
www.in-academy.uz
[1] "Ilk qadam" Takomillashtirilgan Davlat o'quv dasturi". Toshkent 2022-yil
[2] O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Maktabgacha ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida" gi PF-4312- son farmoni 2019-yil 8-may
[3] Oliy ta'lim tizimini 2030- yilgacha rivojlantirish Kontsepsiyasi. 2019-y. http://www.lex.uz
[4] O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning Davlat standartini tasdiqlash to'g'risida"gi 2020 yil 22-dekabrdagi 802-son qaror
[5] O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 30 sentyabrdagi "Maktabgacha ta'lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3955-sonli qaror
[6] 2020-yil 6-noyabrdagi "O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida talim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6108-son farmoni
[7] O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi "2022 — 2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-son
[8] O'RQ-595 son "Maktabgacha ta'lim tarbiya to'g'risidagi" qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 16-dekabr
[9] O'RQ-637 son 23.09.2020 yil "Ta'lim to'g'risida"gi qonun http://www.lex.uz
[10] Sh.A.Sodiova "Maktabgacha Pedagogika" darslik, Toshkent-2019
[11] F.R.Qodirova, Sh.Q.Toshpo'latova, N.M.Kayumova, M.N. A'zamova
[12] "Maktabgacha Pedagogika" darslik, Tafakkur nashriyoti Toshkent - 2019
[13] Tosheva Nurzoda Toshtemirona "Maktabgacha ta'lim-tarbiyani tashkil etish" o'quv qo'llanma, Kamolot nashriyoti Buxoro - 2022
[14] Ю. И. ФАУСЕК "Montessori bolalar bog'chasi" Тошкент «Янги аср авлоди» 2008 йил
[15] Худощулов Х.Ж. Жуманова Ф.У. КАСБИЙ ПЕДАГОГИКА (Укув Кулланма)
[16] Qodirova F. M. "Maktabgacha pedagogika" : O'quv qo'llanma Toshkent «Ma'naviyat » 2013 157-b.
[17] O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun davlat o'quv dasturi /Takomillashtirilgan ikkinchi nashr/ Toshkent-2022
[18] "Ilm yo'li" variativ dasturi Toshkent-2020 "Sano-standart"
[ 19] F.Qodirova, Sh.Toshpo'latova,M.A'zamova "Maktabagcha Pedagogika" darslik, Ma'naviyat nashriyoti Toshkent-2013
[20] O'zbekiston Respublikasining "Davlat-xususiy sheriklik to'g'risida" 2019-yil 10-mayda O'RQ-537-sonli Qonuni
[21] Internet-resurs materiallari
[22] http://www.preschool.by.ru
[23] http://www.kindereducation.com
[24] http://www.maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi.uz
PPSUTLSC-2024
PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY
tashkent, o-8 may 2004 www.in~academy.uz
[25] http://www.bolakadem.uz
[26] http://www.lex.uz