Научная статья на тему 'BO’LAJAK LOGOPEDLARNI SHAXS XUSUSIYATLARI VA PEDAGOGIK MAHORATINI RIVOJLANTIRISH'

BO’LAJAK LOGOPEDLARNI SHAXS XUSUSIYATLARI VA PEDAGOGIK MAHORATINI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
1
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
media texnologiyalar / ijtimoiy faoliyat / milliy g‘urur / vatanparvarlik / kompetensiya rivojlantirish / медиатехнологии / социальная активность / национальная гордость / патриотизм / развитие компетентности.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — S.Y. Shamsiyeva

zamonaviy ta’limda talabalarni ijtimoiy faol, milliy g‘ururli va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash muhim masala hisoblanadi. Media texnologiyalari bu jarayonda metodik qo‘llanma sifatida o‘quv jarayonini takomillashtirishga xizmat qiladi. Ushbu maqola mazkur yo‘nalishda media vositalari orqali talabalarning kompetensiyalarini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DEVELOPING THE PERSONAL QUALITIES AND PEDAGOGICAL SKILLS OF FUTURE SPEECH THERAPISTS

чащихся социально активного, национально гордого и патриотического духа. Медиатехнологии служат для совершенствования образовательного процесса методическим руководством в этом процессе. Данная статья посвящена развитию компетенций студентов посредством медиаинструментов в этом направлении.

Текст научной работы на тему «BO’LAJAK LOGOPEDLARNI SHAXS XUSUSIYATLARI VA PEDAGOGIK MAHORATINI RIVOJLANTIRISH»

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

© S.Y. Shamsiyeva1^_

1Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Toshkent, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: zamonaviy ta'limda talabalarni ijtimoiy faol, milliy g'ururli va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash muhim masala hisoblanadi. Media texnologiyalari bu jarayonda metodik qo'llanma sifatida o'quv jarayonini takomillashtirishga xizmat qiladi. Ushbu maqola mazkur yo'nalishda media vositalari orqali talabalarning kompetensiyalarini rivojlantirish masalalariga bag'ishlanadi.

MAQSAD: ushbu maqolaning asosiy maqsadi - media texnologiyalari asosida talabalarni ijtimoiy faol, milliy g'ururli va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning samarali metodlarini aniqlash va ularni amaliyotga joriy etishdan iborat.

MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqot davomida media texnologiyalarining ta'lim jarayonidagi roli o'rganildi. Metodik yondashuv sifatida o'quv materiallari tahlili, tajriba-sinov ishlari, so'rovnoma va kuzatish usullari qo'llanildi. Zamonaviy pedagogik metodlar va texnologiyalar integratsiyasi asosida o'quv materiallar ishlab chiqildi.

MUHOKAMA VA NATIJAlAR: tadqiqot natijalariga ko'ra, media texnologiyalaridan foydalanish talabalar ongida ijtimoiy mas'uliyat hissi, milliy g'urur va vatanparvarlikni shakllantirishga yordam beradi. Ushbu metodika ta'lim jarayonini samarali tashkil etishda muhim o'rin tutishi aniqlangan. Shuningdek, talabalar o'rtasida o'tkazilgan tajribalar media texnologiyalarining didaktik ahamiyatini tasdiqladi.

XULOSA: talabalarda ijtimoiy faol, milliy g'urur va vatanparvarlik kompetensiyalarini rivojlantirishda media texnologiyalar samarador vosita ekanligi ko'rsatildi. Ushbu usullarni ta'lim jarayoniga keng joriy etish orqali, yoshlarning ma'naviy va vatanparvarlik tarbiyasiga ijobiy ta'sir ko'rsatish mumkin.

Kalit so'zlar: media texnologiyalar, ijtimoiy faoliyat, milliy g'urur, vatanparvarlik, kompetensiya rivojlantirish

РАЗВИТИЕ ЛИЧНОСТНЫХ ХАРАКТЕРИСТИК И ПЕДАГОГИЧЕСКИХ НАВЫКОВ БУДУЩИХ ЛОГИКОТЕРАПЕВТОВ_

© С.Ю. Шамсиева1И

1Ташкентский государственный педагогический университет имени Низами, Ташкент, Узбекистан

Iqtibos uchun: Shamsiyeva S.Y. Bo'lajak logopedlarni shaxs xususiyatlari va pedagogik mahoratini rivojlantirish.// Inter education & global study. 2024. №9(1). B.330-336.

Nmiy-nazariyvametodikjurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

AHHOTa^

ВВЕДЕНИЕ: в современном образовании важным вопросом является воспитание у учащихся социально активного, национально гордого и патриотического духа. Медиатехнологии служат для совершенствования образовательного процесса методическим руководством в этом процессе. Данная статья посвящена развитию компетенций студентов посредством медиаинструментов в этом направлении.

ЦЕЛЬ: основная цель данной статьи - выявить эффективные методы воспитания студентов в социально активном, национально гордом и патриотическом духе на основе медиатехнологий и применить их на практике.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в ходе исследования изучалась роль медиатехнологий в образовательном процессе. в качестве методического подхода использовались анализ учебных материалов, экспериментальная работа, анкетный и наблюдательный методы. учебные материалы разработаны на основе интеграции современных педагогических методов и технологий.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: согласно результатам исследования, использование медиатехнологий способствует формированию в сознании студентов чувства социальной ответственности, национальной гордости и патриотизма. Определено, что данная методика играет важную роль в эффективной организации образовательного процесса. Также эксперименты, проведенные среди студентов, подтвердили дидактическую ценность медиатехнологий.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: показано, что медиатехнологии являются эффективным инструментом развития у студентов компетенций социальной активности, национальной гордости и патриотизма. Широко внедряя эти методы в образовательный процесс, можно оказать положительное влияние на духовно -патриотическое воспитание молодежи.

Ключевые слова: медиатехнологии, социальная активность, национальная гордость, патриотизм, развитие компетентности.

Для цитирования:Шамсиева.С.Ю. Pазвитие личностных характеристик и педагогических навыков будущих логикотерапевтов.// Inter education & global study.2024. №9(1). С. 330-336.

DEVELOPING THE PERSONAL QUALITIES AND PEDAGOGICAL SKILLS OF FUTURE SPEECH THERAPISTS_

© Sevara Y. Shamsiyeva1®

Tashkent State Pedagogical University named after Nizami, Tashkent, Uzbekistan Annotation

INTRODUCTION: in modern education, educating students in a socially active, nationally proud and patriotic spirit is an important issue. media technologies serve as a

©intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE9(1)

Ilmiy-nazariyvametodikjurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

methodological guide in this process to improve the educational process. this article is devoted to the issues of developing students' competencies through media in this direction.

AIM: the main purpose of this article is to identify effective methods of educating students in a socially active, nationally proud and patriotic spirit based on media technologies and to implement them in practice.

MATERIALS AND METHODS: during the study, the role of media technologies in the educational process was studied. As a methodological approach, analysis of educational materials, experimental work, questionnaires and observation methods were used. Educational materials were developed based on the integration of modern pedagogical methods and technologies.

DISCUSSION AND RESULTS: according to the results of the study, the use of media technologies helps to form a sense of social responsibility, national pride and patriotism in the minds of students. it was found that this methodology plays an important role in the effective organization of the educational process. also, experiments conducted among students confirmed the didactic value of media technologies.

CONCLUSION: it was shown that media technologies are an effective tool in developing socially active, national pride and patriotic competencies in students. by widely introducing these methods into the educational process, it is possible to have a positive impact on the spiritual and patriotic education of young people.

Keywords: media technologies, social activity, national pride, patriotism, competence development

For citation: Sevara Y. SHAMSIYEVA (2024)'Developing the personal qualities and pedagogical skills of future speech therapists', Inter education & global study, (9(1)), pp. 330-336. (In Uzbek).

Ta'lim-tarbiyada pedagogik jarayonning mohiyatini his qilmagan, bolaga nisbatan chuqur hurmatda bo'lmagan shaxs shu jarayon samaradorligi va inson kamolotini ta'minlovchi fikrga ega bo'lmasligi xususida ko'plab fikrlar bildirilgan. Bola tarbiyalash nihoyatda murakkab faoliyat jarayoni bo'lib, juda qadimdan ushbu faoliyatga jamiyatning etuk kishilari jalb etilgan. Mazkur holat yosh avlod tarbiyasi, uning tashkil etish mazmuni nafaqat shaxs kamoloti, balki jamiyat taraqqiyotini ham belgilashda muhim ahamiyatga ega ekanligini anglatadi. Biror bir inson pedagoglik kasbini tanladimi, demak, u albatta, pedagog shaxsi va unga qo'yiladigan talablarga ham har tomonlama mos bo'lishi lozim. Logoped pedagogik muloqot jarayonining faol ishtirokchisi sifatida o'zida bir qancha sifatlar egasi bo'lishi kerak. U eng avvalo, mulohazali, bosiq, vaziyatni to'g'ri baholay oladigan, mavjud ziddiyatlarni bartaraf etish mahorati bo'lishi lozim. Logoped ota-onalar hamda hamkasblari bilan muloqot jarayonida fikrini aniq va to'la bayon etishi va ular bilan munosabat jarayonida bolaning yutuqlari, muvaffaqiyatlarini e'tirof etishi, ulardagi muammolarni bartaraf etish va kamachiliklarni yumshatishga ruhiy dalda va ishonch bildirishi kerak.

©intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE9(1)

Ilmiy-nazariyvametodikjurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Bo'lajak logoped pedagogik, psixologik va mutaxassislik yo'nalishlari bo'yicha maxsus ma'lumotlar, kasbiy tayyorgarlik, yuksak axloqiy fazilatlarga ega hamda ta'lim muassasalarida faoliyat olib boruvchi shaxs sanaladi.

Rivojlanayotgan bolada nutqni tushunish uni o'rab turgan olam , ijtimoiy muhit va kattalar talaffuz qilgan so'zlarning o'rtasidagi aloqani o'rnatish yo'li orqali rivojlanadi. Nutqida nuqsoni bo'lgan shaxs psixologiyasini o'rganish asosida o'z nuqsonini ongli qabul qilinishini yani qabul qilish va anglash 4 ta darajadan iborat:

• His qilish darajasi. Nuqsonni sezish, behollik va diskomfort holatni his qilishi.

• Emosional daraja. Bu bosqichda inson o'zida nuqson borligini boshdan kechiradi, atrofdagilar uni ko'rib, qanday fikrga ega bo'lishlarini o'ylaydi.

• Intellektual daraja. Inson nuqsonning og'ir yoki еngilligini real baholashga hamda uni davolashga ehtiyoj sezadi. Bu o'z muammolari haqidagi adabiyotlarni o'qish, mutaxassis bilan maslahatlashish va ma'lumotlar to'plash ko'rinishida amalga oshiriladi.

• Motivasion daraja. Bu o'z nuqsoniga bo'lgan munosabat, o'z nuqsonini bartaraf etishga qaratilgan qarorni qabul qilish va jamiyatga, ijtimoiylashuvga yo'naltirilgan muayyan xulqni tanlashdan iborat.

Nuqsonning ichki ko'rinishini belgilovchi omillarga: nutqida nuqsoni bo'lgan inson shaxsi xususiyatlari; uni o'rab turgan ijtimoiy muhit.

Nuqsonning ichki ko'rinishini shakllanishida: ota-onalar; ommaviy axborot vositalari; tengdoshlar; uni to'g'ri o'zlashtirishda kattalarning yordami asosiy manbalar hisoblanadi.

Logoped nutqiy nuqsonga ega bo'lgan bolaning har tomonlama o'rganishi, shaxs xuxusiyatlaridagi kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko'ra olishi kerak. Shu bilan birga doim o'z ustida tinimsiz izlanishi va zamonaviy ta'lim texnologiyalarini fanda qo'llash hamda amaliyotda unumli foydalanish uchun o'qituvchi tomonidan berilgan motivatsiyaning o'ziga xos xususiyatlarini rivojlantirish hamda samarali qo'llash muhimdir. Maxsus psixologik-pedagogik adabiyotlarda, shuningdek me'yoriy hujjatlarda logopedning kasbiy faoliyatida rivojlantirish texnologiyalaridan foydalanishning o'rni kattadir.

Ta'lim jarayonida bo'lajak logopedlar ta'limning zamonaviy uslublari va ta'lim texnologiyalarining samaradorligi, ularning o'quv jarayonini amaliy jarayonlardagi bilim va ko'nikmalardan foydalanishiga bog'liq bo'lib, bu logopedning shaxs xususiyatlarini rivojlantirib va kasbiy mahoratini ta'minlaydi. Logopedlar uchun kasbiy tayyorgarlikning texnologik modeli o'quv jarayonining sifat xususiyatlarini ijobiy tomonga o'zgartirish imkonini beradi. Bo'lajak logopedlarni o'qitishda o'quv faoliyatining turli ob'ektlarda maxsus muassasalarda olib borilishi , amaliyotni tashkil qilish ulkan natijalarni beradi. Nutqiy nuqsonlarni bir-biridan farqlash , korreksion yondoshish turlari va shakllari bo'yicha malaka darajasini aniqlashga, balki ushbu darajani oshirish imkoniyatini isbotlashga va shu bilan kelajakdagi kasbiy faoliyatda muvaffaqiyatga erishish uchun potentsial shart-sharoitlarni yaratishga imkon beradi.

©intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE9(1)

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _

Pedagogik ta'limdagi o'zgarishlar logopedlarning kasbiy tayyorgarligini o'zgartirishni talab qiladi. Jamiyatga bilimli o'z kasbini sevuchi doimiy izlanishda bo'lgan zamonaviy mutaxassis kerak va bu kontseptsiya jamiyatning tubdan yangi ijtimoiy-qiymati va axloqiy-psixologik yo'nalishlarini, ilm-fan rivojlanishining zamonaviy tendentsiyalarini logopedlarni tayyorlash eng avvalo, yuqori professionallik, aql-zakovat, ijtimoiy etuklik va ijodkorlikni uzviy ravishda o'zida mujassam etgan shaxsni tayyorlash dolzarb bo'libgina qolmasdan bo'lajak logopedlarni shaxs xususiyatlari va pedagogik mahoratini rivojlantirish texnologiyalarini qo'llash orqali shaxs xususiyatlari va undagi kamchiliklar bartaraf etiladi.

Zamonaviy logopedning ijtimoiy ahamiyatga ega xususiyatlari va kasbiy, shaxsiy fazilatlari tizimining etukligi va rivojlanishining ajralmas ko'rsatkichi individual ijodiy va kasbiy pedagogik faoliyatda amalga oshiriladigan individual tuzatish reja- dasturlarini yaratishga tayyor bo'lishi kerak. Maxsus mutaxassislarni tayyorlash va maxsus ta'limni tashkil qilish, amaliy logopedik mashg'ulotlarning uzluksizligi, texnologik sharoitlarni sifatli yangilash kabi omillar ta'sirida shakllanadigan samarali o'quv muhitini yaratish bilan bog'liq.

Logopedlarni halol, insonparvarlik, ijodkorlik, shaxs xususiyatlaridan sabrli, qattiyatli, mexribon hamda kasbiy mahoratini oshirish va faoliyatga yondashuv tamoyillari asosida shaxs xususiyatlarini rivojlantirish, shuningdek, oliy pedagogik maktabni o'tashi muhimdir. Zamonaviy logopedlarni kasbiy tayyorlash bilan bog'liq holda o'quv-pedagogik jarayonda shaxsiy-faoliyat, ko'p sub'ektiv va individual-ijodiy yondashuvlarni ta'kidlash kerakligini ko'rsatadi. Uni amalga oshirish kelajakdagi kasbiy faoliyatni prognoz qilish, shaxs va shaxslararo munosabatlarining ustuvorligi muhimdir. Bo'lajak logopedni kasbiy tayyorlashning texnologik modeli o'qituvchi va talabaning o'quv va pedagogik jarayondagi roli, vazifalarini aniqlashtirishni o'z ichiga oladi. Ular oliy pedagogika maktabi o'qituvchisining o'ziga xos faoliyat turi va ijodiy o'zini o'zi anglash sharti bo'lgan didaktik boshqaruv tuzilmasida eng samarali amalga oshiriladi.

Zamonaviy logoped faoliyatining o'ziga xos xususiyati, birinchi navbatda, bolalardagi nutq buzilishlarini tuzatishda, ammo zamonaviy logoped o'qituvchisi turli toifadagi bolalar, shu jumladan turli xil buzilishlari bo'lgan bolalar bilan ishlaydi, bu esa bolalarni o'qitish zarurligini taqozo etadi. Fanning turdosh sohalarida erkin harakat qila oladigan, ilmiy-tadqiqot faoliyatiga qiziqish bildiradigan, kommunikativ, malakali va innovatsion texnologiyalarni amaliy faoliyatda qo'llay oladigan amaliyotchi sifatida qarash mumkin. Logoped nafaqat nutq rivojlanishidagi og'ishlarga, balki boshqa psixofizik muammolarga, ya'ni ikkilamchi nuqsonlarga ega bo'lgan bolalar bilan shug'ullanishlari sababli katta bilim va tajribaga ega bo'lishlarini talab etadi. Shunday qilib, logopedning korreksion ta'lim tizimida ishlash faoliyatiga tayyorligi nazariy bilimlarini amaliyotda muvaffaqiyatli qo'llay olishi muhim ahamiyatga ega.

Shuningdek, bo'lajak logopedlarning shaxsiy xususiyatlari va pedagogik mahoratini rivojlantirish uchun bir nechta muhim jihatlarni hisobga olish kerak:

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _

Ta'lim va malaka oshirish: Logopedlar uchun maxsus ta'lim dasturlari, masalan, til va nutq patologiyasi, psixologiya va pedagogika fanlari bo'yicha kurslar tashkil etish zarur. Malaka oshirish seminarlarida yangi tadqiqotlar, usullar va texnologiyalar bilan tanishtirish, shuningdek, amaliy mashg'ulotlar o'tkazish logopedlarning bilim va ko'nikmalarini yangilashga yordam beradi.

Amaliy tajriba: Talabalar uchun amaliy mashg'ulotlar va stajirovkalar, masalan, bolalar bog'chalari yoki maxsus ta'lim muassasalarida ishlash imkoniyatlarini yaratish muhimdir. Real sharoitlarda ishlash orqali nazariy bilimlarni amaliyotga tatbiq etish va muammolarni hal qilish ko'nikmalarini rivojlantirish mumkin.

Shaxsiy rivojlanish: Kommunikatsiya ko'nikmalarini rivojlantirish uchun treninglar, masalan, nutqni aniq va ravon qilish, tinglash va muloqot qilish ko'nikmalarini oshirish zarur. Stressni boshqarish va emotsional intellektni rivojlantirish bo'yicha treninglar logopedlarning o'z hissiyotlarini boshqarish va mijozlar bilan samarali muloqot qilishiga yordam beradi.

Mentorlik va qo'llab-quvvatlash: Tajribali logopedlar tomonidan yangi mutaxassislarga mentorlik qilish, o'zaro tajriba almashish va professional o'sishga ko'maklashish uchun muhimdir. Mentorlik dasturlarini tashkil etish yangi logopedlarga o'z kasbiy yo'lida yordam berish uchun zarur.

Innovatsion usullar va texnologiyalar: zamonaviy pedagogik usullar va texnologiyalar, masalan, o'yin orqali o'qitish, interaktiv darslar va multimedia vositalaridan foydalanish, logopedlarning darslarini qiziqarli va samarali o'tkazish imkonini beradi. Logopedlar uchun yangi texnologiyalar, masalan, mobil ilovalar va onlayn resurslar yordamida darslarni yanada interaktiv va jalb etuvchi qilish muhimdir.

O'zaro hamkorlik: Psixologlar, pedagoglar va boshqa mutaxassislar bilan birgalikda ishlash, bolalar va ularning oilalari bilan kompleks yondashuvni ta'minlaydi. Logopedlar va psixologlar birgalikda bolalarning rivojlanish muammolarini hal qilishda samarali strategiyalar ishlab chiqishlari mumkin. O'zaro hamkorlik orqali turli mutaxassisliklar o'rtasida bilim va tajriba almashinuvi amalga oshiriladi, bu esa logopedlarning ishini yanada samarali qiladi.

Tadqiqot va tahlil: Logopedlar uchun ilmiy tadqiqotlar o'tkazish va ularning natijalarini amaliyotda qo'llash, sohadagi yangiliklardan xabardor bo'lishga yordam beradi. Tadqiqotlar orqali logopedlar o'z ishlarining samaradorligini baholash va yangi usullarni sinab ko'rish imkoniyatiga ega bo'lishadi. Bu, o'z navbatida, logopedlarning pedagogik mahoratini oshirishga xizmat qiladi.

Ushbu jihatlarni hisobga olgan holda, bo'lajak logopedlarning shaxsiy xususiyatlari va pedagogik mahoratini rivojlantirish uchun keng qamrovli yondashuvni amalga oshirish zarur. Bu nafaqat ularning professional o'sishini ta'minlaydi, balki bolalar va ularning oilalariga ko'proq yordam berish imkoniyatini yaratadi.

Shuni xulosa qilib, yuqoridagi shaxs sifatlari orqali bo'lajak logopedlarni kasbiy faoliyatga tayyorlash, mahoratli, o'z kasbini sevuchi va albatta izlanishda davom etish kerakligi ta'kidlanadi. Bo'lajak logopedlarni tayyorlashda har taraflama etuk shaxs

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _

sifatlariga ega bilimli bo'lishlari va albatta zamonaviy bilimlar egasi bo'lishlari muhim jarayondir. Bo'lajak logopedlarning shaxsiy xususiyatlari va pedagogik mahoratini rivojlantirish, ularning professional o'sishi va bolalar bilan ishlashdagi muvaffaqiyatlarini ta'minlash uchun zarurdir. Ta'lim, amaliy tajriba, shaxsiy rivojlanish, mentorlik, innovatsion usullar va o'zaro hamkorlik kabi jihatlar, logopedlarning kasbiy faoliyatini yanada samarali va qiziqarli qilishga yordam beradi. Ushbu yondashuvlar nafaqat logopedlarning o'zlarini rivojlantirishiga, balki bolalar va ularning oilalariga ko'proq yordam berish imkoniyatini yaratadi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-martdagi PF-89-son Farmoni tahririda — Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son)

2. Ayupova M.Yu. Logopediya.T., Faylasuflar jamiyati, 2007.

3. Diagnostika narusheniy rechi u detey i organizatsiya logopedicheskoy rabotи v usloviyax doshkoPnogo obrazovatel'nogo uchrejdeniya -SPb., 2000.

4. S.Yu.Shamsiyeva The Impact of Community on the Personal Development of Children with Speech Impediments in Preschool Age. International Journal of Progressive Sciences and Technologies (IJPSAT) Vol. 20 No. 2 May 2020

5. S.Yu.Shamsiyeva MEMORY CHARACTERISTICS OF CHILDREN WITH SPEECH IMPAIRMENTS FORMATION OF. European international journal of pedagogics 19.11.2023

6. S.Yu.Shamsiyeva the main methods of correcting communicative activity in children with speech impairment. American Journal of Interdisciplinary Research and Development.Volume 25, February, 2024

7. S.Yu.Shamsiyeva Features of Preparing Teaching Literacy Children with General Speech Underdevelopment . Eastern European Scientific Journаl Ausgabe 1-2019

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАТСИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

Shamsiyeva Sevara Yusup qizi.o qituvchi,[ Шамсийева Севара Юсуп кизи,

преподаватель], [Sevara Y. Shamsiyeva, teacher]; manzil: O'zbekiston, 100070, S'hahar: Tos'hkent, Tuman: Chilonzor,Bunyodkor s'hoh ko'chasi (sobiq Xalqlar Do'stligi),27 [аддрес:Узбекистан, 100070,Город:Ташкент, Район: Чиланзор, улица Бунёдкор (бывшая Дружбы Народов), 27], [аддресс: Uzbekistan, 100070, City: Tas'hkent, District: Chilonzor, Bunyodkor Avenue (formerly Friends'hip of Peoples), 27]

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.