Ilmiy-nazariy va metodik jurnal ISSN 2992-9024 (online)
Научно-теоретический и методический журнал 2024, №5(1)
Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Original paper
BO'LAJAK BOSHLANG'ICH TA'LIM O'QITUVCHILARINI TAYYORLASH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHNING NAZARIY-PEDAGOGIK ASOSLARI
©J.R.Qarabayev
1H
1Namangan davlat universiteti, Namangan, O'zbekiston
Annotatsiya
KIRISH: boshlang'ich ta'lim samaradorligi ko'p jihatdan o'qituvchilarni tayyorlash sifatiga bog'liq. Bo'lajak boshlang'ich ta'lim o'qituvchilarining o'quvchilarning turli ehtiyojlarini qondirishga puxta tayyorgarlik ko'rishlarini ta'minlash mustahkam nazariy va pedagogik tamoyillarga asoslangan kompleks yondashuvni talab qiladi.
MAQSAD: ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi bo'lajak boshlang'ich ta'lim o'qituvchilarini tayyorlashning samarali tizimini asoslovchi nazariy va pedagogik tamoyillarni aniqlash va bayon etishdan iborat.
MATERIALLAR VA METODLAR: ushbu tadqiqot nazariy tahlil va empirik tadqiqotlarni o'z ichiga olgan aralash usullardan foydalanadi. Nazariy komponent o'qituvchi ta'limi, ta'lim psixologiyasi va pedagogik nazariyalarga oid mavjud adabiyotlarni ko'rib chiqishni o'z ichiga oladi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR: natijalar bo'lajak boshlang'ich ta'lim o'qituvchilarini samarali tayyorlash uchun zarur bo'lgan bir qancha asosiy nazariy tamoyillarni ajratib ko'rsatadi: konstruktiv ta'lim nazariyalari, reflektiv amaliyot va o'quvchiga yo'naltirilgan pedagogika. Aniqlangan pedagogik tamoyillar amaliy tajribani nazariy ta'lim bilan birlashtirish, hamkorlikda va tajriba asosida o'qitish usullaridan foydalanish va doimiy kasbiy rivojlanishni o'z ichiga oladi.
XULOSA: ushbu tadqiqotda bo'lajak boshlang'ich ta'lim o'qituvchilarini tayyorlash tizimini takomillashtirishning nazariy va pedagogik tamoyillari batafsil bayon etilgan. Ushbu tamoyillarni o'zida mujassam etgan holda, o'qituvchilarni tayyorlash dasturlari bo'lajak o'qituvchilarni zamonaviy sinflar muammolarini hal qilishga va samarali ta'lim natijalarini rag'batlantirishga yaxshiroq tayyorlashi mumkin.
Kalit so'zlar: bilim, malaka, ko'nikma, kreativlik, kompetentlik, ilm-fan, texnika, texnologiya, qobiliyat, kasbiy bilim.
Iqtibos uchun: Qarabayev J.R. Bo'lajak boshlang'ich ta'lim o'qituvchilarini tayyorlash tizimini takomillashtirishning nazariy-pedagogik asoslari // Inter education & global study. 2024. №5(1). B.450-455.
ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ И ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ПРИНЦИПЫ
СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ СИСТЕМЫ ПОДГОТОВКИ БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ НАЧАЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ
© intereduglobalstudy.com
2024, ISSUE 5(1)
ISSN 2992-9024 (online) 2024, №5(1)
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
"©^RKapaaaGB1®
1Наманганский государственный университет, Наманган, Узбекистан_
Аннотация
ВВЕДЕНИЕ: эффективность начального образования во многом зависит от качества подготовки учителей. Обеспечение адекватной подготовки будущих учителей начальной школы к удовлетворению разнообразных потребностей учащихся требует комплексного подхода, основанного на надежных теоретических и педагогических принципах.
ЦЕЛЬ: основной целью данного исследования является выявление и описание теоретико-педагогических принципов, лежащих в основе эффективной системы подготовки будущих учителей начальных классов.
МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в данном исследовании используется смешанный подход, включающий теоретический анализ и эмпирические исследования. Теоретический компонент включает обзор существующей литературы по педагогическому образованию, педагогической психологии и педагогическим теориям.
ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: результаты подчеркивают несколько ключевых теоретических принципов, необходимых для эффективной подготовки будущих учителей начальной школы: конструктивистские теории обучения, рефлексивная практика и личностно-ориентированная педагогика. Выявленные педагогические принципы включают интеграцию практического опыта с теоретическим обучением, использование совместных и экспериментальных методов обучения, а также постоянное профессиональное развитие.
ЗАКЛЮЧЕНИЕ: в данном исследовании подробно описаны теоретико-педагогические принципы совершенствования системы подготовки учителей будущего начального образования. Включив эти принципы, программы педагогического образования могут лучше подготовить будущих учителей к решению проблем современных классов и способствовать эффективным результатам обучения.
Ключевые слова: знания, компетентность, умение, креативность, компетентность, наука, техника, технология, способности, профессиональные знания.
Для цитирования: К,арабаев Ж.Р.Теоретические и педагогические принципы совершенствования системы подготовки будущих учителей начального образования // Inter education & global study. 2024. №5(1). С. 450-455.
THEORETICAL AND PEDAGOGICAL PRINCIPLES OF IMPROVING TRAINING SYSTEM OF FUTURE PRIMARY EDUCATION TEACHERS
© Jamshid R. Qarabayev1H
THE
© intereduglobalstudy.com
2024, ISSUE 5(1)
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
1Namangan State University, Namangan, Uzbekistan_
Annotation
INTRODUCTION: the effectiveness of primary education largely depends on the quality of teacher training. Ensuring that prospective elementary teachers are adequately prepared to meet the diverse needs of students requires a comprehensive approach based on sound theoretical and pedagogical principles.
AIM: the main goal of this study is to identify and describe the theoretical and pedagogical principles underlying the effective system of training future primary education teachers.
MATERIALS AND METHODS: this study uses a mixed methods approach that includes theoretical analysis and empirical research. The theoretical component includes a review of existing literature on teacher education, educational psychology, and pedagogical theories.
DISCUSSION AND RESULTS: the results highlight several key theoretical principles necessary for the effective training of future elementary teachers: constructivist learning theories, reflective practice, and student-centered pedagogy. . Pedagogical principles identified include the integration of practical experience with theoretical learning, the use of collaborative and experiential learning methods, and continuous professional development.
CONCLUSION: this study describes in detail the theoretical and pedagogical principles of improving the system of training teachers of future primary education. By incorporating these principles, teacher education programs can better prepare prospective teachers to address the challenges of contemporary classrooms and promote effective learning outcomes.
Key words: knowledge, competence, skill, creativity, competence, science, technique, technology, ability, professional knowledge.
Hozirgi kunda dunyo ta'lim tizimida pedagog kadrlarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish, kadrlar innovatsion faolligini oshirish, zamonaviy axborot ta'lim texnologiyalariga asoslangan axborot-dasturiy ta'minotni yaratish borasida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Kadrlar kasbiy kompetentligini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish borasidagi tadqiqotlar traektoriyasida kadrlar kasbiy kompetentligini rivojlantirish mexanizmlarini kompetensiyaviy yondashuv asosida takomillashtirish, kasbiy kompetentlikni rivojlantirishning innovatsion faoliyatga yo'naltirilgan shakl va metodlarini modernizatsiyalash, kasbiy-pedagogik ta'lim mazmunini individuallashtirish masalalarining ilmiy-amaliy echimiga qaratilgan.
For citation: Jamshid R. Qarabayev. (2024) Theoretical and pedagogical principles of improving the training system of future primary education teachers, Inter education & global study, (5(1)), pp. 450-455. (In Uzbek).
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Darhaqiqat, maktab ta'limini isloh qilishda, umumiy o'rta ta'lim maktablaridagi ta'lim sifatini oshirishda bo'lajak boshlang'ich sinf mutaxassislarini tayyorlash tizimi sifat— monitoringini oshirish, talabalarni zamonaviy kasbiy bilim, malaka va ko'nikmalar bilan qurollantirish, ularda kasbiy faoliyatga nisbatan akmeologik motivatsiyani shakllantirish mazkur jarayondagi muhim vazifalardan sanaladi.
Shu nuqtai nazardan, bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilari yuzaga keluvchi keskin raqobatlarga bardoshli, yuksak mahnaviy-axloqiy va kasbiy sifatlarga, keng ijtimoiy dunyoqarashga ega bo'lishi, shuningdek, ilmiy-texnik innovatsiyalardan mustaqil ravishda, ijodiyfoydalanish hamda istiqbolli vazifalarni hal qila olishqobiliyatiga ega bo'lishi lozim.
Keltirilgan mazkur vazifalarning amaldagi ijrosi pedagogika oliy ta'lim muassasalari oldiga qo'yiladigan masalalardan eng muhimi ya'ni pedagog mutaxassislar tayyorlash jarayoniga nisbatan innovatsion yondashuvlarni talab etadi. Bunda:
- mehnat bozori talablari hamda ilm-fan, texnika, texnologiya va iqtisodiyotning eng so'nggi yutuqlari asosida uzviy ravishda takomillashtirilib turiladigan kasbiy ta'lim dasturlarini yaratish;
- uzluksiz ta'lim, ilm-fan va ishlab chiqarish orasidagi o'zaro mustahkam integratsiyani yo'lga qo'yish;
- ta'lim muassasalarini zamonaviy moddiy-texnik baza va o'quv-uslubiy adabiyotlar bilan tahminlansh;
- talabalarning bilish faolligi, kreativ qobiliyatlarini rivojlantirish, shuningdek, ularda faol kasbiy motivatsiyani qaror toptirish;
- ta'lim muassasalarining o'quv amaliyotiga innovatsion o'qitish texnologiyalarini keng tatbiq etish zaruriy omillardan hisoblanadi.
Bo'lajak boshlang'ich ta'lim o'qituvchilarining kasbiy faoliyatga dastlabki salohiyatli tayyorligi ayni vaqtdagi amaliy tayyorligining asosi hisoblanadi. Shuning uchun ta'lim muassasalaridagi kasbiy tayyorgarlikni shakllantirish jarayonida o'quvchilarda kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun etarli bo'lgan kasbiy bilim, malaka va ko'nikmalarni shakllantirish lozim bo'ladi.
Kasbiy bilim—aniq mehnat faoliyati doirasida bajariladigan ishlar uchun zarur bo'lgan axborotlar va o'zlashtirilgan nazariy ma'lumotlar birlashmasidir .
Bo'lajak boshlang'ich ta'lim o'qituvchilarining o'zlashtirishi lozim bo'lgan kasbiy bilimlar mutaxassis shaxsining sifat darajasiga quyiladigan malakaviy talablar mazmunidan kelib chiqib belgilanishi kasbiy tayyorgarlikni shakllantirish jarayonining samaradorligini belgilovchi muhim mezon sanaladi.
Shu bois, bo'lajak mutaxassilar kasbiy tayyorgarligini shakllantirishning ixtisoslashgan tavsifnomasida mutaxassis kasbiy tayyorgarligiga qo'yiladigan malakaviy talablardan kelib chiqib, kasbiy bilimlar mazmuni quyidagi aspektlar bilan bog'liq holda belgilanishiga e'tibor qaratish maqsadga muvofiq sanaladi:
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
- nazariy ■- ta'lim-tarbiya jarayonining maqsadi, tamoyilllari, konuniyatlari, ta'limotlari, o'quv-tarbiya jarayonini tashkil etishning shakl, metod va vositalari xususidagi bilimlar;
- metodik - o'quv-tarbiya jarayonini loyihalashtirish, rejalashtirish va o'qitishning shakl, metod va didaktik vositalarini to'g'ri tanlash, o'quvchilarning bilish motivatsiyasini shakllantirish bilan bog'liq bo'lgan bilimlar;
- texnologik - aniq ta'lim sharoitida pedagogik vazifalarni, vaziyatlarni echa olish, rejalashtirilgan o'quv-tarbiya jarayonini samarali amalga oshirish bilan bog'liq bo'lgan bilimlar;
- prognostik - ta'lim oluvchi shaxsi rivojlanishini oldindan loyihalashtira olish, yuksak ma'naviyatli, intellektual salohiyatli, mustaqil fikrli va ijodkor shaxsni tarbiyalashning tahsir vositalarini oldindan bashoratlash bilan bog'liq bilimlar;
- ijodiy-innovatsion - pedagogik faoliyatni samarali tashkil etish, o'qitish va tarbiyalashning yangicha shakl, metod va vositalarini yaratish bilan bog'liq amaliy bilimlar.
Pedagogik kuzatish va tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki, ta'lim jarayonida talabalarning kasbiy bilimlarni o'zlashtirishi va kasbiy-pedagogik qobiliyatlar, ko'nikma va malakalarning shakllantirilishi o'rtasidagi integratsion tuzilma etarlicha qaror topmagan. Bu esa yosh mutaxassislar faoliyatining birinchi besh yilligida ba'zi qiyinchiliklar, konfliktlar yoki kasbiy muvaffaqiyatsizlikning kelib chiqishiga sabab bo'lishi aniqlandi.
Masalaning yana bir muhim jihati borki, uning etarlicha e'tiborga olinmasligi ham kasbiy tayyorgarlikni shakllantirish jarayonida ba'zi negativ holatlarni keltirib chiqaradi.
Ta'kidlash joizki, oliy ta'lim muassasalaridagi o'quv faoliyatining mahsuli bu kasbiy bilimlarning o'zlashtirish jarayoni hisoblanadi. Lekin ba'zida shunday vaziyatlar ham uchrab turadiki, kasbiy masalalarni hal etishga yaxshi tayyorgarlik ko'rgan mutaxassis zarur paytda kerakli faoliyat uchun tayyor bo'lmay qolishi mumkin. Bunday holatda pedagogik faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirib bo'lmaydi, yoki samarasiz bo'ladi. Ko'rinib turibdiki, mutaxassisning kasbiy tayyorgarligi unda nafaqat kasbiy bilimlarning kerakli darajasini, balki psixologik tayyorgarlikni, o'zini - o'zi boshqarish va kerakli faoliyatga yo'naltirish, o'quv-tarbiya jarayonini boshqarish, kasbiy, mahnaviy va jismoniy imkoniyatlarini kerakli sharoitda qo'yilgan masalani hal etishga to'g'ri yo'naltira bilish bilan bog'liq kasbiy ko'nikma va malakalarni shakllantirishni nazarda tutadi. Chunki, aynan shu ko'nikma va malakalar kasbiy tayyorgarlikning shakllanishidagi zaruriy fenomenlar sifatida baholanadi.
Demak, mehnat subyektining, ya'ni bo'lajak mutaxassisning kasbiy tayyorgarlik ko'rsatkichlari: shaxsiy yo'nalganlik; kasbiy imkoniyatlar; kasbiy bilim, malaka va ko'nikmalar; kasbiy sifatlar va mehnat tajribasi o'rtasidagi uyg'unlik va integratsiyaning ta'minlanishi kasbiy tayyorgarlikning shakllanishida asosiy omil sifatida namoyon bo'ladi. Bu esa, oliy ta'lim muassasidagi o'quv-tarbiya jarayoni mazmunini yuqorida keltirilgan kasbiy tayyorgarlik ko'rsatkichlari va DTS talablari doirasida takomillashtirish va zaruriy funktsional o'zgartirishlar kiritish vazifasini belgilab beradi.
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES
1. Узбекистан Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги "Узбекистан Республикасини янада ривожлантириш буйича х,аракатлар стратегияси фрисида"ги ПФ-4947-сон Фармони.
2. Холмухамедов М.М., Рузиев Ф.Ж. Кичик мутахассисларнинг касбий куникма ва малакаларини бах,олаш тамойиллари // Замонавий таълим. - Тошкент, 2016. - № 3.
3. Косимов Ш.У. Укувчиларда касбий тушунчалар шаклланишининг узига хос хусусиятлари // Замонавий таълим. - Тошкент, 2017. - № 4. - Б. 37-42.
4. Абдуллаева К.М. Махсус фанларни укитишда булажак укитувчиларнинг касбий билим ва куникмаларини шакллантиришнинг методик асослари: Дисс. ... пед. фан. ном.- Тошкент: 2006. - 182 б.
5. Omonov N.T. Pedagofik texnologiyalar va pedagofik mahorat. - Т.: "Iqtisod-moliya". 2009. - 240 b.
6. Mirsalieva, Mukhabbat, Golibjon Otamurodov, and Jamshid Karabaev. "MODEL OF DEVELOPING THE PROFESSIONAL COMPETENCE OF MANAGERS AND TEACHERS OF HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS IN THE CONTEXT OF INNOVATIVE EDUCATION." Solid State Technology 63.1s (2020): 1809-1815.
7. Rustamovich, Q.J.(2024). BOSHLANG'ICH TA'LIM O'QITUVCHILARINING KASBIY-INNOVATSION KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISH. WORLD OF SCIENCE, 7(1), 16-19.
8. www.Ziyonet.uz
MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]
Qarabayev Jamshid Rustamovich, katta o'qituvchi. [Карабаев Жамшид Рустамович, старший преподаватель ], [Jamshid R. Qarabaev, senior teacher]; manzil: O'zbekiston, Namangan viloyati, 716019, NAMANGAN, UYCHI ko'chasi, 316 [адрес: Узбекистан, Наманганская область, 716019, НАМАНГАН, ул. УЙЧИ, 316], [address: Uzbekistan, Namangan region, 716019, NAMANGAN, UYCHI street, 316]
- Б. 42-47.