Научная статья на тему 'BO’LAJAK BOSHLANG’ICH SINF O’QITUVCHISINI KOMPETENTLIGINING HISSIY EMOTSIYALARI METODI'

BO’LAJAK BOSHLANG’ICH SINF O’QITUVCHISINI KOMPETENTLIGINING HISSIY EMOTSIYALARI METODI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
3
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
ahloqiy jihat / kasbiga halol / boshqaruv kompetentligi / hissiy emotsiya / jismoniy harakat / so’z boyligi.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Toxirova Marjona Murodali Qizi

Ushbu maqolada Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarining sohasiga oid bo’lgan metodlarini o’rganish va maqsadini tushunishiga qaratilgan, bo’lajak o’qituvchi sifatida o’z bilim ko’nikmalaridan chiqib kelib o’qituvchilarining shaxsiy sifatlari ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO’LAJAK BOSHLANG’ICH SINF O’QITUVCHISINI KOMPETENTLIGINING HISSIY EMOTSIYALARI METODI»

BO'LAJAK BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHISINI KOMPETENTLIGINING

HISSIY EMOTSIYALARI METODI Toxirova Marjona Murodali qizi

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti talabasi. https://doi.org/10.5281/zenodo.11088233

Annotatsiya. Ushbu maqolada Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining sohasiga oid bo'lgan metodlarini o'rganish va maqsadini tushunishiga qaratilgan, bo'lajako'qituvchi sifatida o'z bilim ko'nikmalaridan chiqib kelib o'qituvchilariningshaxsiy sifatlari ochib berilgan.

Kalit so'zlar: ahloqiy jihat,kasbiga halol,boshqaruv kompetentligi,hissiy emotsiyajismoniy harakat,so'z boyligi.

Аннотация. В данной статье цель изучения и понимания методов будущих учителей начальной школы в области, в будущем учителю раскрываются личностные качества учителя на основе его умений и знаний.

Ключевые слова: моральный аспект, профессиональная честность, управленческая компетентность, эмоциональная эмоция, физическое движение, словарный запас.

Abstract. This article aims to study and understand the purpose of future primary school teachers in their field, As a future teacher, the personal qualities of teachers are revealed based on their knowledge skills.

Keywords: moral aspect, honest to profession, management competence, emotional emotion, physical movement, vocabulary.

KIRISH

Hissiyot-tuyg'ularimizni o'ziga xos bo'lgan jarayoni bo'lib,bunda biz narsa va hodisalarni aks ettirish vaqtida bizda tug'iladigan ichki kechinmalar va fikrlar bayon bo'lishi tushuniladi.

Emotsiya-shaxsning voqelikka o'z holatini his qilgan holda uning qiziqish va qiziqmasligi bilan bog'liq bo'lgan yoqimli va yoqimsiz kechinmalarini yuzida aks etishi tushuniladi.

Boshlang'ich ta'lim - bolaning savodi chiqishiga sababchi bo'ladigan birinchi omil va ma'naviy kamolga yetishtirishning boshlang'ich davri hisoblanadi.Bu davr 1-4-sinflarni o'z ichiga olgan bo'lib 7 yoshidan ilk yozish savodxonligi boshlanadi.Boshlang'ich ta'lim va umumiy o'rta talimi O'zbekiston Respublikasining 1997-yil 23-avgustda qabul qilingan bo'lib "Ta'lim to'grisida"gi qonunida muhim o'rin tutgan bilim,ko'nikma va savodxonlikni shakllantirishga e'tibor qaratilgan.

Ta'limda nafaqat bilim balki o'qituvchining bolalarga qillinyotgan ahloqiy muomilasi ham muhim ro'l o'ynaydi.Bola 6-yoshigacha yaqinlaridan olgan tarbiyani endi davom ettiruvchi uning birinchi maktab ostonasiga qadam qo'ygan shu qatorda kelajagining birinchi qadamini qo'yishga ham katta hissa qo'shadigan uning birinchi ustozi hisoblanadi.

Boshlang'ich ta'lim ustoz faqatgina bolaning savodini chiqaribgina qolmay ularning tarbiyasiga ham ko'zgu bo'ladigan shaxs hisoblanadi.Har bir bolaning birinchi qahramoni ham uning birinchi ustozi hisoblanadi.Bu asosan uning yosh darajasiga bog'liqdur.Katta yoshdagi bolalarga qaraganda yosh bolalar ko'proq taqlid qilishga intiluvchan bo'lishadi ular tezroq katta bolishga va kattalarga o'xshashga urunishadi.

Men bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchisi sifatida o'zim uchun muhim deb bilgan 5 ta sifatlarni sanab o'taman.

l.Har bir o'qituvchi kiyinish madaniyatiga ahamyatli,maktab ta'limi standartiga mos,o'quvchilarga o'rnak bo'la oladigan formada bo'lishi muhim bu o'quvchilarda o'z ustozi shaxsiyati va kasbiga bo'lgan hurmatining yanada oshishiga sabab bo'ladi.

Insonning kiygan kiyimi atrofdagilarga u haqida bo'lgan ilk ta'assurotini namayon qiladi.Kiyim inson ma'naviy olamining bir qismi bo'lib undagi har bir element o'zimiz haqimizda so'zlaydi.Xotin-qizlar kengashi raisi N.Xoliqova boshchiligida 2022-yil 8-aprelda QXM fakulteti a'zosi ayol o'qituvchilari bilan yig'ilish o'tkazishida shunday so'z yurutida:O'qituvchini kiyinish madaniyati o'ziga xos bo'lishi,ya'ni sodda,ozoda,bejirim kiyinishi,ta'lim-tarbiya jarayonida ta'lim oluvchilarning diqqatini tortmasligi lozim.

2.O'qituvchining axloqiy jihati uning tarbiya darajasi (mehribonlik, halollik, sabrlilik) o'lchovining bir turi bo'lib,u o'quvchilarning harakatlarida, ularning o'qishga bo'lgan qiziqishiga va hokazolarni baholashda namoyon bo'ladi.Adolatli o'qituvchining ko'rinishi aql va insonparvarlikni tan olish,g'amho'rlik va tamoyillarga rioya qilish,shaxsiy va ishbilarmonlik fazilatlarini ko'rsatadi.O'qituvchi uchun eng muhim shaxsiy sifatlaridan biri ham insonparvarlikdur.Bunga yaqqol misol qilib o'tmish va hozirgi davrning ko'pgina atoqli o'qituvchilari: Ya A.Komenskiy, I.G.Pestalozsi, J.J.Russo, L.N.Tolstoy, A.S.Makarenko, V.A.Suxomlinskiy bo'ladi.

O'qituvchining ma'naviy halolligi bolalarning o'z o'qituvchisiga,uning so'zlariga bo'lgan ishonchining asosidir.Bolalar o'qituvchisining ahloqiy jihatlariga e'tiborli bo'lishadi.Agar o'qituvchi o'zi tushuntiradigan axloqiy me'yorlariga rioya qilmasa,ya'ni bir narsani aytib lekin o'zi namuna bo'la olmasa keyin bunday o'qituvchiga ishonch yo'qoladi.

3.Boshlang'ich sinf o'qituvchisi aqliy jihatdan boshlang'ich yo'nalishiga oid har bir fandan ko'nikmaga ega bo'lmog'i va bolalarga ham faniga oid aqlini chariqlaydigan o'yinlar tashkillashtirish orqali bolalarni yanada o'z faniga qiziqtirmog'i kerak,bunday aqlni chariqlaydigan o'yinlar bolalarning tezkorligini tekshiradi va oshirishda samarali o'rin tutadi.

Bola nima uchun darsda shovqin ko'taradi,sho'hlik qiladi? Bolalar qachonki darsga qiziqmasa yoki mavzuni tushunmagan bo'lsa.Har bir bolaning tushunishi turlicha.Bunga misol qilib Shaymo Chekijining 'Darslar oramizni buzolmaydi'kitobini olsak.U kitobning 'Serqirra zakovat'nazaryasiga ko'ra,har bir bolaning turlicha mahorati,yashirin kuchlari mavjud va olgan ta'limi bilan ularni aniqlab rivojlantirish va shakllantirish kerak bo'ladi deyilgan.

Zakovat turlari:

1).Nutqiy zakovat-ushbu guruhdagi bolalar bir-biriga bayon qilib,takrorlab,tinglab,o'qib ko'rib o'rganadi.Kitobdan mashq qilib,she'rlar,bahs-munozaralar bilam ham o'rganish mumkin.Ularga doim so'z berish,o'zini ifodalash,maqtash va e'tibor qaratish qobilyatiga mos tarzda rivojlantirishni taminlaydi

2).Mantiqiy(matematik)zakovat-bu toifadagi bolalarga yengil topishmoqlar,masalalar berilishi orqalijuda oson o'rganib oladi.

3).Tasviriy san'at zakovati-bunday toifadagi bolalarning o'rganishida ko'rgazmali buyumlar katta ahamiyat qaratish lozim.Chizish,buyum yasash o'rganishi oson bo'ladi.

4).Jismoniy(kinestetik)zakovat-ushbu guruhga kiruvchi bolalar tegib,bajarib,harakat qilgan holda o'rganadi.Bunday bolalar harakatchan bo'ladi.

5).Musiqiy(ritmik)zakovat-Mazkur toifadagi kiruvchi bolalarning o'rganishini osonlashtirish uchun qo'shiq bastalash,fonda musiqadan foydalanish yaxshi natija beradi.

6).Odamlar o'rtasidagi(ijtimoiy)zakovat-bu toifadagi o'quvchilar guruh bo'lib ishlash,guruhlarga bo'lib o'rganish orqali oson o'zlashtirishadi.

7).Shaxsiy(ichki)zakovat-bunday bolalar yolg'iz o'zi o'z ustida ishlagan holatda muvaffaqiyatga erishishni yoqtiradi.

8).Tabiatshunoslik zakovat-bunday toifadagi bolalarga yon-atrofni kuzatish,tahlil qilish mavzusida imkon yaratish orqali o'rgatish oson kechadi.

Nafaqat o'qituvchi ota-ona sifatida ham bolalarning zakovat imkonyatlarini yanada kengroq doirada tushunish o'rinli bo'lardi.Lekin zakovat turlari degani bolalarni chekaralab qo'yish emas balkim bolani yanada yaxshiroq anglash,tushinish maqsadida tuzilgan.

4.O'qituvchining o'quvchiga bo'lgan emotsiyasi.Boshida takidlagandek har bir bola qiziquvchan bo'ladi,lekin bolani aynan kasbga qiziquvchanligini uyg'otish,bu o'qituvchining mahoratiga bog'liq.O'qituvchi o'rgatayotgan fanini bolalarga ham hissiy emotsiyalari orqali singdira olishi,bolalarni fanga bo'lgan muhabbatini yanada kuchaytiradi.O'qituvchining birgina maqtovi ham bolaga motivatsiya beradi.Nima uchun boshlang'ich davrdagi bolalarga yaxshi o'qishsa darsga faol qatnashishsa turli shakldagi stikirlar,bolani qiziqtiradigan rasmchalar orqali rag'batlantiriladi?Sababi bolaning darsga yanada ishtiyoqi ortishi,o'zining tengdoshlariga nisbatan ko'proq rag'batlantiruvchilar yig'ish bilan ilg'orlashishiga, oldinga intilishiga,darsga qiziqishi ortishiga yo'nalish bo'ladi.

O'qituvchining emotsiyasi o'quvchilarga ta'sir ko'rsatadi.O'qituvchi shaxsiy hayotidagi holat emotsiyasini bolalarga ko'rsatishi bolaning psixologiyasiga ta'sir ko'rsatadi,o'qituvchi har doim pozitiv emotsiyada bo'lishi uning 30 ta o'quvchisi bo'lsa 30 xil emotsiyaga kirishishi muhim.Har bir bolaning o'z olami bor,o'qituvchi bolalarining olamini o'rganishi bilan bir qatorda birga fikr yuritishi joizdur.

Nafaqat tashqi emotsiya balkim so'zning emotsiyaligi ham bilim va tarbiyaviy vazifalarni hal etishda muhim o'rin tutadi.So'z emotsiyasi so'zning rango-rangligini oshiradi va ma'nosini tushunarli ko'rsatadi.O'qituvchining o'z faniga qanchali chuqur yondashishi o'quvchiga bo'lgan munosabatidan ko'rsatadi.O'qituvchi o'z faniga kirishuvchan emotsiyali bo'lib o'quvchisining yaxshi o'zlashtirishiga berayotgan turtkisi ham bolaning o'ziga ishonchini oshiradi.

So'z-har bir sohada muhim o'rin tutadi.Lekin o'qituvchilik kasbida so'z muhim.Sababi o'qituvchi kelajak avlodni nafaqat bilim beruvchisi balkim tarbiya beruvchi shaxsidur.Donishmandlar shunday deyishgan ekan: 'Tarbiya qancha mukammal bo'lsa,xalq shuncha baxtli yashaydi'.Darhaqiqat har qanday kasbning zamirida o'qituvchining mehnati yotadi.Har bir inson shaxs bo'lib yetishishiga o'qituvchining bergan tarbiyasi namuna bo'ladi.Tarbiyali shaxsning birinchi belgisi uning chiroyli so'z boyligidadur.

5.O'qituvchining jismoniy harakati.O'quvchiga ta'lim berishda jismoniy harakat muhim o'rinlardan biri bo'lib,bu jarayonda faqatgina bilim berish va tarbiyalash vazifalari bilan birgalikda,bolaning sog'lomlashtirish xususiyatiga ega bo'lgan vazifalar ham amalga oshiriladiJismoniy harakatlar orqali o'qitishda bilim berish vazifalari ham o'zining xususiyatlariga ega,bu jarayon o'quvchilarning o'qishga bo'lgan faoliyatini faollashtiradiJismonan va aqlan chiniqtiradi.Shuning uchun ham maktab darsligida jismoniy tarbiya fani kiritilgan bo'lib fanda jismoniy mashqlar tabiatning sog'lomlashtiruvchi kuchlari bolalarning aqlini rivojlantirishga bo'lgan omillarining faollashishiga sabab bo'ladi. XULOSA

O'qituvchining 5 ta sifatlari sanab o'tildi va har birining zamirida o'qituvchining tashqi emotsiyalari haqida so'z borgan bo'lib uning yechimlariga ham urg'u berildi.Avvalam bor bo'lajak o'qituvchi dars o'tishni boshlashidan oldin hayajon,hissiy emotsialarini jilovlay olish uchun ko'proq badiiy asar o'qimog'i,til boyligini oshirmog'i darkor,bu shaxsning yanada o'ziga

bo'lgan ishonchini yuksaltirish,o'z fikrini to'liq bayon qilishiga,shaxs orasida o'z fikrini to'liq yetkazishga ko'makchi bo'ladi.

Darhaqiqat,bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy tayyorgarligiga qo'yiladigan talablar,Ismoilal-Buxoriy,Abu Nasr Farobiy,Abu Ali Ibn Sino,Yusuf Xos Hojib,Jaloliddin Davoniy,Alisher Navoiy,Abdulla Avloniy kabi Sharq mutafakkirlarining asalarida o'z ifodasini topgan.

O'quvchilar ta'limni o'rganish vaqtida darsni turli xil o'rganishlardan foydalanishadi,masalan darsdan olayotgan ta'limini qanchali qabul qilishi,qanchali tushunib bayon qilishi,amaliyotda shakl holatlari ko'rsata bera olishi ya'ni o'z fikr munosabatini bayon etishi tushuniladi.Ta'lim jarayonida o'qituvchi va o'quvchilarning dars paytidagi munosabatlarining yaqinligi,o'quvchilarning o'z ustida mustaqil ishlashi va sinfdan tashqari ishlar shaklida ta'lim-tarbiya masalalari muhm o'rinlardan biri.

Ulug' donishmandlardan biri shunday degan ekan"kelajak tashvishi bilan yashasang,farzandlaringa yaxshi bilim ber o'qit".

REFERENCES

1. Shaymo Chekijining "Darslar oramizni buzolmaydi"kitobining Zakovat turlari.

2. "Talim to g risida": Ozbekiston Respublikasining qonuni, Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotining poydevori. -T.: 1997.

3. Matchonov S. va b. Boshlang'ich sinf o'qish darslarini ilg'or pedagogic texnologiyalar asosida tashkil etish. -T., Yangiyo'l poligraf serfis. 2008.

4. S.Matchonov va b. Boshlang'ich sinf o'qish darslarida ilg'or pedagogik texnologiyalardan foydalanish. -T., Yangiyo'l poligraf servis. 2008.\

5. Pulatova D., Boshlang'ich ta'limga innovatsion texnologiyalarni joriy etish usullari, T.: 2011.

6. Azimovna, R. F. (2024). Youth Entrepreneurship and its Development Measures. Best Journal of Innovation in Science, Research and Development, 3(1), 340-343.

7. qizi To'yeva, M. S. (2022, November). YANGI O 'ZBEKISTON ORIFA AYOLLARI VA G 'ARB AYOLLARINING JAMIYATDAGI MAVQEYI VA ULARNING HUQUQLARI. In INTERNATIONAL CONFERENCES (Vol. 1, No. 2, pp. 74-81).

8. Alavutdinova, N., & Abdurahmonova, M. Ijodiy fikrlash ko 'nikmasini shakllantirish muammolari. O 'ZBEKIST, 87.

9. Отажонова, М. (2016). ИЖОДКОР БАДИИЙ ТАФАККУРИДА ВО^ЕЛИКНИНГ МИФОЛОГИЗАЦИЯЛАНИШИ. ВЕСТНИК КАРАКАЛПАКСКОГО ГОСУДАРСТВЕННОГО УНИВЕРСИТЕТА ИМЕНИ БЕРДАХА, 32(3), 127-129.

10. Atadjanova, M. A. (2021). Animation mythology and its functional nature in the current uzbek prose. Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR), 10(2), 70-78.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.