Ilmiy-nazariyvametodikjurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY ISSN 2992-9024 (online) 2024, №8(1)
Original paper
BO'LAJAK BIOLOGIYA O'QITUVCHISINING DIAGNOSTIK FAOLIYATI QONUNIYATLARI VA PRINSIPLARI •'IVJIOS-
© B.B. Abdiraimova1®
1Toshkent davlat pedagogika universiteti, Toshkent, O'zbekiston
Annotatsiya
KIRISH: ushbu tadqiqotda o'qitish jarayonini boshqarish orqali pedagogik ta'sirning optimal natijalariga erishish maqsadida o'qitishning oraliq bosqichlarida biologiya o'qituvchisining diagnostik faoliyati ko'rib chiqiladi.
MAQSAD: Bo'lajak biologiya o'qituvchilarining diagnostik faoliyatini rivojlantirishdan asosiy maqsad - ularni biologiya fanini o'rgatish jarayonida o'quvchilarni har tomonlama baholay olish, ularning bilim va ko'nikmalarini ob'ektiv baholash qobiliyatini shakllantirishdir.
MUHOKAMA VA NATIJALAR: Diagnostik faoliyat natijasida olingan ma'lumotlar o'quvchilarning umumiy bilim darajasi, biologiya faniga bo'lgan qiziqishi va o'quv jarayonidagi zaif jihatlarini aniqlash imkonini beradi.
XULOSA: Bo'lajak biologiya o'qituvchisi uchun diagnostik faoliyatni rivojlantirish o'quv jarayonining samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Kalit so'zlar: diagnostika, prinsip, individuallashtirish, onglilik va faollik, optimallik, ijobiyga baholi qudrat va tayanch, qayta ishlash, kommunikativlik, pedagogika.
Iqtibos uchun: Abdiraimova B.B. Bo'lajak biologiya o'qituvchisining diagnostik faoliyati qonuniyatlari va prinsiplari.// Inter education & global study. 2024. №8(1). B.460-465.
ЗАКОНОМЕРНОСТИ И ПРИНЦИПЫ ДИАГНОСТИЧЕСКОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ БУДУЩЕГО УЧИТЕЛЯ БИОЛОГИИ_
© Б.Б. Абдираимова1И
1Ташкентский государственный педагогический университет, Ташкент, Узбекистан Аннотация
ВВЕДЕНИЕ: в исследовании рассматривается диагностическая деятельность учителя биологии на промежуточных этапах обучения с целью достижения оптимальных результатов педагогического воздействия путем управления учебным процессом.
ЦЕЛЬ: Основная цель развития диагностической деятельности будущих учителей биологии - дать им возможность всесторонне оценить учащихся в процессе обучения биологии, сформировать умение объективно оценивать свои знания и умения.
©intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE8(1)
ISSN 2992-9024 (online) 2024, №8(1)
Ilmiy-nazariyvametodikjurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: Информация, полученная в результате диагностической деятельности, позволяет определить общий уровень знаний студентов, их интерес к биологии и их слабые стороны в учебном процессе.
ЗАКЛЮЧЕНИЕ: Развитие диагностической деятельности будущего учителя биологии имеет важное значение для повышения эффективности образовательного процесса.
Ключевые слова: диагностика, принцип, индивидуализация, сознание и деятельность, оптимальность, мощность и поддержка с положительным значением, обработка, коммуникативность, педагогика.
Для цитирования: Абдираимова Б.Б. Закономерности и принципы диагностической деятельности будущего учителя биологии// Inter education & global study. 2024. №8(1). С. 460-465.
THE LAWS AND PRINCIPLES OF THE DIAGNOSTIC ACTIVITIES OF THE FUTURE BIOLOGY TEACHER_
© Barno B. Abdiraimova1®
Tashkent State Pedagogical University, Tashkent, Uzbekistan_
Annotation
INTRODUCTION: this study examines the diagnostic activity of a biology teacher at the intermediate stages of teaching in order to achieve optimal results of pedagogical influence by managing the teaching process.
AIM: The main goal of developing the diagnostic activity of future biology teachers is to enable them to comprehensively evaluate students in the process of teaching biology, and to form the ability to objectively evaluate their knowledge and skills.
DISCUSSION AND RESULTS: The information obtained as a result of the diagnostic activity allows to determine the general level of knowledge of students, their interest in biology and their weaknesses in the educational process.
CONCLUSION: The development of diagnostic activity for a future biology teacher is important in increasing the effectiveness of the educational process.
Key words: diagnosis, principle, individualization, consciousness and activity, optimality, power and support with a positive value, processing, communicativeness, pedagogy.
For citation: Barno B. Abdiraimova (2024) 'The laws and principles of the diagnostic activities of the future biology teacher', Inter education & global study, (8(1)), pp. 460-465. (In Uzbek).
Mazkur tadqiqotimizda bilim jarayonini boshqarish orqali pedagogik ta'sirlarning optimal natijalariga erishishga qaratilgan o'qitilishning oraliq bosqichlarida biologiya o'qituvchisining diagnostik faoliyatini ko'rib chiqamiz. Bunday faoliyat metodik va tajriba ishlari bilan birikib ketadi. Belgilangan faoliyat asosida yotgan qonuniyatlar va printsiplarni ko'rib chiqamiz.
©intereduglobalstudy.com
2024, ISSUE8(1)
Ilmiy-nazariyvametodikjurnal ISSN 2992-9024 (online)
Научно-теоретический и методический журнал 2024, №8(1)
Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Pedagogikada hodisalar va ularning rivojini tasniflaydigan jarayonlar o'rtasida ob'ektiv bog'liqlik mavjud, zarur, tabiiy, takrorlanadigan aloqani qonuniyat deb tushunish qabul qilingan.
Bilish jarayonining barqaror ta'riflari uning funksionalligi, davriyligi bilan belgilanadi. Bilimlarni shakllantirish dastavval bilish timsolidagi o'zgarishlar zanjiri orqali amalga oshiriladi. Sub'ektiv sanalgan oxirgisi o'rganilayotgan ob'ekt yoki hodisaga mos tushmaydi. Shu sababli bilish timsolining sub'ektivlik saviyasini pasaytirish zarurati vujudga keladi. Bunday operatsiyani amalga oshirish uchun sub'ektiv timsol va o'rganilayotgan ob'ekt, hodisaning izomorfligi to'g'risida; bartaraf qilinishi zarur bo'lgan mavjud tafovutlar to'g'risidagi Ma'lumotlar lozim.
Bilish nazariyasida o'qitishning optimal natijalariga erishishga yo'naltirilgan omilkorlik yondashuviga asoslangan o'qituvchi diagnostik faoliyatining asosi sanalgan qonuniyat katta ahamiyat kasb etadi:
1. O'qituvchi diagnostik faoliyatini davriyligi sub'ekttivlik darajasini pasaytirish, bilish darajasini orttirishga xizmat qiladi.
2. O'qitishda samarali natijaga erishish va boshqarishni ta'minlash uchun maqsadni aniqlashtirish, bilish obrazini miqdoriy tavsifini va yo'naltirilganligini tavsiflash zarur.
Diagnostika printsiplari o'qitish jarayonining samarali tashkil qilish qonuniyatlaridan kelib chiquvchi pirovard talablardir [122]. Pedagogik diagnostika didaktik va diagnostik printsiplarni mujassamlashtirishi lozim. Bu printsiplar, bir tomondan, yaxlit bo'lib, boshqa tomondan, ular aniq-ravshan taqsimlanishi lozim
Didaktik va diagnostik printsiplardan uyg'un foydalanish
Didaktik printsiplar:
modullik, variativlik, texnologiklik va o'zini o'zi boshqarish
Diagnostik printsiplar:
muntazamlik va tartiblilik; ob'ektivlik, ishonchlilik va validlik; tasdiqlovchi va tuzatuvchi funksiyalarning mujassamligi; diagnostika tizimlarining ketma-ketligi va izchilligi; diagnostik metodikalar va jarayonlarning
Didaktik va diagnostik printsiplardan uyg'un foydalanish
Dastavval mazkur tadqiqot uchun foydali jihatlarni saralash maqsadida didaktik printsiplarni ko'rib chiqamiz.
Didaktik printsiplar. O'qitishning aksariyat printsiplaridan avval o'qituvchini talabalarning individual xususiyatlarini shartli hisobga olishga yo'llaydigan printsipni ko'rib chiqamiz, bu esa:
©intereduglobalstudy.com
2024, ISSUE8(1)
Ilmiy-nazariyvametodikjurnal ISSN 2992-9024 (online)
Научно-теоретический и методический журнал 2024, №8(1)
Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
talabaning ishlashga layoqati (faoliyatni uzoq amalga oshirish imkoniyatlari, jadallik, engillik yoki o'tish qiyinchiliklari, chalg'ish, holsizlik darajasi); talabaning o'qishda ilgarilash sur'ati (tez, o'rta, sust); talabada bilishga bo'lgan ehtiyojlari darajasi, uning amaldagi mustaqilligi va faolligi; o'qishga munosabat (ijobiy, befarq, salbiy); bilish qiziqishlarining mavjudligi va xarakteri (amorf, o'zakli, keng); irodani rivojlantirish darajasi (yuqori, o'rta, past)[146]. Bugungi kunda ta'limning yana bir printsipi - ochiqligi barcha talabalarni kuchli yoki kuchsiz bo'lishidan qat'iy nazar rivojlantirish, har bir ta'lim muassasasida diagnostik tahlil olib borishni talab etadi.
Ochiqlik printsipi mazmun-mohiyatining nazariy ishlab chiqish I.M.Maxmutov, I.Ya.Lerner ishlarida o'quv materialining "qiyinchilik" va "murakkablik" tushunchalarining paydo bo'lishi va bo'linishiga olib keldi.
Pedagoglar va psixologlarning ochiqlik printsipiga katta e'tibori ochiqlik sharoitida bilimlarni egallashda qiyinchiliklarni engib o'tish bolada ruhan yuksalish chaqirib, o'z kuchiga ishonchni mustahkamlaydi.
Xususan, 1960-yillarda mustaqil sifatida faollik printsipi ajralib chiqdi. emotsional holatning bilish faolligi bilan mavjud aloqasini qayd etar ekan, M.I.Skatkin (80-yillarda) mustaqil tarzda ijobiy emotsional holat printsipini ajratishni taklif qildi, 1990-yillarda esa ta'lim sohasida demokratizm va gumanizatsiya printsiplari o'z tasdig'ini topdi (O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni).
Ko'rib chiqilgan qatordagi printsiplardan biri, bizning fikrimizcha, o'quv faoliyati sifati printsipi bo'lishi kerak. U tartibliligi, umumlashtirilgani, o'zgaruvchanligi, amaliyligi, to'laqonligi va mustahkamliligida aks etadi.
Shuningdek, o'quv faoliyati sifati printsipi tizimlilik, umumlashtirish, moslashuvchanlik, faolik nuqtai nazaridan talabalarning bilimlarni o'zlashtirish, fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish, bilish faoliyatidagi hissiy va iroda xususiyatlarini rivojlantirishga rdam beradi.
Sifat printsipi tiimlilik printsipi bilan bog'liq bo'lib, ilmiylik printsipi bilan birga talabalarning izchil rivojlanishi uchun o'tilganlarga tayangan holda ketma-ketlik bilan ta'minlanadi. Tartiblilik printsipi o'qitishda izchillikni ta'minlaydi va Ya.A.Komenskiy, Pestalossi, Distervegning klassik qoidalarida ifodalangan:
- aniqlikdan mavhumlikka;
- yaqindan olisga;
- ma'lumdan noma'lumga va sh.k. talablar bajarilishini ta'minlaydi. Emotsional holat, yaqqollik va onglilik printsiplarii bir-biriga o'xshab ketadi, zero
bilim olishga ongli munosabat bilish quvonchini beradi, o'quv jarayonida o'zlashtirilgan ko'nikmalardan qanoat hosil qilib, talabalar nigohida o'qib-o'rganishni yuksaltiradi. Yaqqollik yordamida bilimlarni o'ta oson va muvaffaqiyatli o'zlashtirish xususida Ya.A.Komenskiy, J.J.Russo, K.D.Ushinskiy va boshq. ham aytib o'tgan.
©intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE8(1)
Ilmiy-nazariyvametodikjurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _
Didaktik printsiplar va ularning mazmun-mohiyatini tahlil qilarkanmiz, ularning barchasi o'zaro bog'liq, biri boshqasidan kelib chiqishi haqida xulosa qilish qiyin emas, shunga ko'ra, ular o'qituvchi uchun yo'nalishlar tizimini hosil qiladi. Ular rivojlanadi, mazmunan o'zgaradi, davr talablari ustuvorlik nuqtai nazaridan u yoki bu printsipni ajratib chiqaradi. O'quv faoliyatining sifatini ta'minlovchi maxsus printsiplar: modullik, variativlik va o'zini o'zi boshqarish diagnostikada еtakchi printsiplar sifatida qo'llanadi.
Bo'lajak biologiya o'qituvchisini pedagogik diagnostika faoliyatiga tayyorlashda quyidagi pinsiplarga tayanildi;
- Ilmiylik printsipi;
- Tizimlilik printsipi;
- Muntazamlilik printsipi;
- Ob'ektivlik printsipi;
- Ko'rgazmalilik printsipi;
- Ta'lim va tarbiyaning birligi printsipi;
- Bo'lajak biologiya o'qituvchilarining diagnostik faoliyatga tayyorlashda rivojlantiruvchi ta'lim printsipi;
- Individuallashtirish printsipi;
- Onglilik va faollik printsipi;
- Optimallik printsipi;
- Ijobiyga baholi qudrat va tayanch printsipi;
- Soddalik printsipi;
- Qayta ishlash printsipi;
- Kommunikativlik printsipi;
- Pedagogik diagnostika printsiplari..
Ob'ektivlik didaktik testlarning ilmiy asoslangan mazmuni, barcha o'qitilayotgan fanlar bo'yicha pedagogning bilimi va malakalarini baholashda aniq va belgilangan mezonlarga amal qilinadi.
Tizimlilik didaktik jarayonning barcha bosqichlarida bilimlarni boshlang'ich qabul qilishdan to amalda qo'llanishiga qadar didaktik nazorat o'tkazish zaruratidan iborat.
Yaqqollik printsipi barcha o'qitilayotganlar uchun birgina mezonlar bo'yicha ochiq sinovlar o'tkazishdan iborat. Diagnostika jarayonida har bir talabaning reytingi yaqqol, qiyoslama xaraterga ega bo'lishi lozim.
Oshkoralik printsipi baholarni oshkor qilish va sharhlab berishni taqazo etadi. Baho bu o'qiyotganlar o'ziga nisbatan talablar etalonlari, shuningdek, pedagogning ob'ektivligi haqida mulohaza yuritishining belgisi. Diagnostik natijalarni e'lon qilish, ta'lim beruvchi pedagog ishtirokida ularni muhokama va tahlil qilish, talabalar bilimlaridagi kamchiliklarni bartaraf qilishning istiqbolli rejalarini tuzish, mazkur printsipni amalga oshirishning zaruriy shartlari hisoblanadi.
Bizningcha, diagnostik vositalar uchun o'ta muhim sanalgan ishonchlilik va validlik printsiplarini diagnostik printsiplar tizimiga kiritish maqsadga muvofiq bo'lib, ularga amal qilish ilmiy asoslanganlik printsipiga to'g'ri keladi.
Ilmiy-nazariyvametodikjurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _
Pedagogik Ifaoliyatda diagnostika metodikasini qo'llash va samarali natijaga erishish uchun modullik, variativlik, texnologiklik va o'z-o'zini boshqarish kabi еtakchi printsiplarini amalga oshirishni talab qiladi va bu faoliyatda o'ziga xos axamiyat kasb etadi.
Xulosa qilib aytganda, "Pedagogik diagnostika metodikasi o'quv faoliyatning tarkibiy qismi bo'lib, muntazamlilik va tizimlilik, ob'ektivlik, ishonchlilik va validlik, tasdiqlovchi va tuzatuvchi funksiyalarning mujassamligi, diagnostika istiqbollari, diagnostika shakl va metodlarini optimallligi" diagnostikaning murakkablik printsiplariga amal qilishni talab etadi.
ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES
1. Абдраимова Б.Б. Current challenges in biology education pedagogy: an analysis of contemrary methodological issues// European Journal of Humanities and Educational Advancements (EJHEA)// ISSN: 2660-5589 Vol. 4 No.11, November 2023 [52-53]
2. Абдраимова Б.Б. Проблемы методики преподавания биологии на современном этапе// Eastern European Scientific Journal// DOI: 10.31618/ESSA.2782-1994.2023.1.95 [33-35]
3. Каримова Н.А. Means of directing students to the profession in the teaching of biology // Journal of Advanced Scientific Research // Vol. 3 No. 9 (2023) ISSN -06769595 [93-94]
4. Aбдраимова Б.Б. Проблема подготовки педагогических кадров к инновационной деятельности //East European Scientific Journal Wschodnioerzopejskie Czasopismo Naukowe Vol.1/ 12 (64), 2020 part 6 [4-6]
5. Абдраимова Б.Б. Естественные направления диагностической деятельности учителя //Вестник - науки Международный научный журнал. Тольятти 2021 Том 3// [стр 5-12]
6. Абдраимова Б.Б. Личностно-ориентированный процесс обучения как объект педагогической диагностики// Вестник - науки Международный научный журнал. Тольятти 2022, №9 Том (54/4) [стр. 18-22]
MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]
Abdiraimova Barno Baxtiyorovna, v/b dotsent, [Абдираимова Барно Бахтиёровна, в/б доцент], [Barno B. Abdiraimova, v/b dotsent]; manzil: O'zbekiston, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Bunyodkor ko'chasi 27 uy. [адрес: Узбекистан, ул. Город Ташкент, Чиланзорский район, улица Бунёдкор, 27.], [address: Uzbekistan, 27 Bunyodkor street, Chilonzor district, Tashkent city.]