Научная статья на тему 'BIZNES FAOLIYATINING HUQUQIY MUNOSABATLARI'

BIZNES FAOLIYATINING HUQUQIY MUNOSABATLARI Текст научной статьи по специальности «Социологические науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
iqtisodiyot nazariyasi / biznes jarayonlari / huquqiy tizim / tadbirkor huquqlari. / economic theory / business processes / legal system / entrepreneur's rights.

Аннотация научной статьи по социологическим наукам, автор научной работы — Mavlonov F.O.

Ushbu maqolada bugungi kunda biznes jarayonlarining holati, biznes faoliyatining huquqiy munosabatlari va ularning o’ziga xos jihatlari muallif tomonidan yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

In this article, the state of business processes today, legal relations of business activities and their specific aspects are highlighted by the author.

Текст научной работы на тему «BIZNES FAOLIYATINING HUQUQIY MUNOSABATLARI»

BIZNES FAOLIYATINING HUQUQIY MUNOSABATLARI

Mavlonov F.O.

SamISI "Ijtimoiy fanlar" kafedrasi o'qituvchisi

Annotatsiya. Ushbu maqolada bugungi kunda biznes jarayonlarining holati, biznes faoliyatining huquqiy munosabatlari va ularning o'ziga xos jihatlari muallif tomonidan yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: iqtisodiyot nazariyasi, biznes jarayonlari, huquqiy tizim, tadbirkor huquqlari.

Abstract. In this article, the state of business processes today, legal relations of business activities and their specific aspects are highlighted by the author.

Key words: economic theory, business processes, legal system, entrepreneur's

rights.

Ma'muriy buyruqbozlik sharoitidagi rejalashtirish tizimi xo'jalikni rivojlantarish va samaradorligini oshirishni cheklab ko'ygan edi. Bu holatdan tez qutulish maqsadida mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish zarurati to'g'ildi. Iqtisodiy islohotlar birinchi bosqichining muhim vazifasi davlat mulki monopolizmini tugatish va bu mulkni xususiylashtirish hisobiga ukladli iqtisodiyotni real shakllantirishdan iborat edi.

Biznes huquqiy munosabatlari - bu tadbirkorlik subyektlarining tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va tugatishhamda uni amalga oshirish jarayonidavujudga keladigan, tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish bilan bog'liq bo'lgan, tadbirkorlik huquqiy normalari asosida tartibga solinadiganmunosabatlardir. Biznes huquqiy munosabatlar- bu biznes sub'ektlarining tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va tugatish hamda uni amalga oshirish jarayonida vujudga keladigan, tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish bilan bog'liq bo'lgan, tadbirkorlik huquqiy normalari asosida tartibga solinadigan munosabatlardir.

Biznes huquqi fanida munosabatlar asosan uch guruhga bo'linadi.

• Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, uni amalga oshirish bilan bog'liq munosabatlar;

• Tadbirkorlik subyektlarining boshqa subyektlar bilan bog'liq va uni boshqarish munosabatlari;

• Tadbirkorlik subyektlarining ichki munosabatlari.

Har bir huquq sohasining huquqiy munosabatlari o'ziga xos subyektiga va obyektiga va munosabat mazmunini belgilovchi subyektiv huquq va majburiyatlarga ega.

Biznes huquqiy munosabatlarining mazmunini munosabatda ishtirok etuvchilarning subyektiv huquqlari va burchlari tashkil etadi.

Subyektiv huquq deganda, muayyan huquqiy munosabatda qatnashuvchi shaxsga tegishli bo'lgan huquq normalari tushiniladi. Davlat tomonidan o'rnatilgan tartib qoidalar asosida vujudga keladi va ularga muvofiq ravishda amalga oshiriladi.

Biznes huquqi munosabatlarining mazmunini huquqlar bilan bir qatorda majburiyatlar ham tashlil etadi.

Biznes huquqi munosabati ishtirokchilari o'zlariga tegishli bo'lgan mulkka egalik qilish, foydalanish va uni ta'sarruf etishda muayyan mustaqillikka ega bo'lib, bir-birlariga nisbatan teng huquqli shaxslar hisoblanadi.

Ko'p ukladli iqtisodiyotni rivojlantirishda biznes munosabatlari ham alohida o'ringa ega. Chunki rivojlanishi xizmat ko'rsatishga, turli tovarlar va mahsulotlar ishlab chiqarishga, bozorni keng iste'mol mollari bilan to'ldirishga sabab bo'ladi. Biznes faolpyatiga qadam qo'yayotgan har bir shaxs, biznes odobi (etikasi)ga rioya qilishi kerak. Biznes odobi o'zaro tadbirli ish munosabatlarida halol va sof vijdonli bo'lish bilan belgilanadi. Chunki tadbirkor ko'plab shaxslar bilan turli munosabatda bo'ladi. Shuning uchun ular halol va sof vijdonli bo'lishlari lozim.

Hozirgi paytda mamlakatimizda biznesni yanada rivojlantirishga aloxida e'tibor berilmokda. Chunki shu orqali iqtisodiy munosabatlar rivojlantirilmokda, qo'shma korxonalar va kichik korxonalar tashkil qilinmoqda.

Bunga misol sifatida dastlabki tadbirkorlikni olaylik. Bu chakana savdo, umumiy ovqatlanish va maishiy xizmat sohalaridagi tadbirkorlik bo'lib, natijada bozorimiz ko'plab mollar bilan to'ldirildi. Hozirgi paytda ichki bozorimiz barqarorlashib turganligida ham biznesning o'rni borligini izohlashga hojat yo'q.

Biznesmen uchun eng muhimi tadbirkorlikning shakllarini to'g'ri tanlay bilish. Shunday qilinganda biznes munosabatlari rivojlanadi va barqarorlashadi. Bu sohaning rivojlanishida Prezidentning 1995 yil 5 yanvarda imzo chekkan «Xususiy tadbirkorlikda tashabbus ko'rsatish va uni rag'batlantirish to'g'risvda»gi farmoni muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Farmonning birinchi bandida ta'kidlanganidek, avvalo davlat korxonasi bilan xususiy korxonalarning mavqei tenglashtirildi. Bu degani -xususiy korxonalarga ikkinchi darajali sifatda qarashlarga chek qo'yildi.

Biznes subyekti qaysi faoliyat turi bilan shug'ullanishidan qatbiy nazar, uning arizasi olingan kundan boshlab uch kun muddat ichida ro'yxatdan o'tkazilib, ruxsat berilishi mazkur Farmonning 2-bandida ko'rsatildi. Bundan tashqari mamlakatimizda «Kichik va o'rta tadbirkorlikni rivojlantirishga ko'maklashuvchi jamg'arma» (Biznes fond) tashkil etilganligi ham tadbirkorlik faoliyatini birmuncha yengillashtirdi. Ushbu jamg'arma ish boshlamoqchi bo'lgan va yordamga muhtoj tadbirkorlarning bankdan qarz olishiga yordam beradi. Buning uchun uni tadbirkorlik faoliyatining kelgusida qanday samara berishi va yashab turgan joyida bunga imkoniyatlar mavjudligi yoki mavjud emasligi to'g'risida ma'lumot taqdim etishlari zarur.

Qonun butun xalqning erkini ifodalovchi huquqning oliy shaklidir. Qonunda huquqiy normalar ifodalanadi. Masalan, O'zbekiston Konstitutsiyasida O'zbekiston xalqining irodasini ifodalovchi huquqiy normalar o'z aksini topgan. Qonun deganda, davlat hokimiyati oliy organi, ya'ni respublika Oliy Majlisi tolonidan qabul qilingan, ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi oliy yuridik kuchga ega bo'lgan normativ-huquqiy hujjatlar tushuniladi.

Davlat hokimiyati ijro etuvchi organlarining huquqiy hujjatlari O'zbekiston Konstitutsiyasi va boshqa qonunlar asosida chiqarilishi lozim. Bunday hujjatlar qonunlarni ijro etish maqsadida yaratiladi.

Bozor munosabatlarining tashkil topishi unda tadbirkorlarning ishtirok etishiga bog'liq. Shuning uchun ham ko'pchilik qonunga tenglashtirilgan hujjatlar tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanuvchi fuqarolar, korxonalar, birlashmalar, shirkatning tashkiliy tuzilmalari, ularning huquqiy maqomi, tadbirkorlarning huquq va majburiyatlarini belgilashga bag'ishlanadi.

Umuman, iqtisodiy islohotlarga, jumladan, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga bag'ishlangan qonun hujjatlari ularda mujassam topgan normalarning mohiyati va mazmuni jihatidan hozirgi zamon talablariga yetarli darajada javob beradi va jahon qonunchilik amaliyotining rivojlanish darajasiga mos keladi. Ular bozor munosabatlarining respublikada shakllanishi uchun asos bo'ldi va ushbu munosabatlarni tartibga solishni ta'minlash borasida muhim rolb o'ynamoqda.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, mamlakatamizda tashkil etilgan tadbirkorlik tizimini rivojlantirish uchun barcha zaruriy chora-tadbirlar ko'rilmoqda. Bu esa o'z navbatida tovar ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatishni yanada rivojlantirib borishga, shu asosda bozorni turli mollar bilan to'ldirishga, narx-navoning arzonlashuviga, aholi turmush tarzining yaxshilanishiga olib keladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. Alimov А. Kichik korxonalarni boshqarishni takomillashtirish // Xo'jalik va huquq - 2000 - № 12 - 31 b;

2. Alimov I. Yuridik shaxslarni tugatish // Xo'jalik va huquq, 2001 y., №12;

3. Anortoev I. Tadbirkorlik kontsessiyasi yoki franchayzingni qanday tushunmoq kerak // Xo'jalik va huquq, 1999 y., №9;

4. Anortoev I. Tadbirkorni himoya qilish lozim // Xo'jalik va huquq, 2001 - №4;

5. Ibratov B. Xususiy tadbirkorning huquq va burchlari // T.: Adolat, 2001 (Tadbirkor huquqiy kutubxonasi) 5-son;

6. Ibratov B. Tadbirkorlikning kelib chiqishi va rivojlanishining huquqiy asoslari // Xo'jalik va huquqi, 2001 - №8;

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.