INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Original paper
© M.S. Pardayeva1H_
1Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Toshkent, O'zbekiston
Annotatsiya
KIRISH: mazkur maqolada biologiya o'quv fanini o'qitish jarayonida o'quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish, ta'lim samaradorligini oshirishga imkon beradigan lokal darajadagi texnologiyalar va interfaol metodlardan foydalanish yo'llari yoritib berilgan.
MAQSAD: biologiyani o'qitishda lokal darajadagi texnologiyalar va interfaol metodlardan foydalanish yo'llari yoritib berishdan iborat.
MATERIALLAR VA METODLAR: biologiyani o'qitishda lokal darajadagi pedagogik texnologiyalardan foydalanish metodikasi bo'yicha qo'llanmalar, o'quv tadqiqot maqolalari va uslubiy o'quv dasturlarida qatnashgan o'qituvchilarning so'rov ma'lumotlarini o'z ichiga oladi. Usullar so'rovlar, suhbatlar, sinfda kuzatishlar va talabalar faoliyati ma'lumotlarini tahlil qilishni o'z ichiga oladi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR: o'qituvchi biologiya o'quv fanini o'qitish davomida dastavval qaysi mavzularda va qaysi bosqichida lokal texnoloiyalardan dars jarayonining qaysi bosqichlarida foydalanish mumkinligini aniqlab olishlari muhim amaliy ahamiyatga ega sanaladi. Shuningdek, dars jarayonida foydalaniladigan metodlar asosida topshiriqlar tizimini shakllantirib olishlari maqsadga muvofiq hisoblanadi.
XULOSA: xulosa qilib aytadigan bo'lsak, yuqorida keltirilgan interfaol ta'lim texnologiyalari va lokal darajadagi texnologilar asosida biologiya darslarini tashkil etish jarayonida samarali foydalanish maqsadga muvofiq sanaladi. Demak, har bir o'qituvchi interfaol metodlar, axborot-kommunikatsion texnologiyalari hamda local darajadagi texnologiyalarni o'zining pedagogik faoliyatida qo'llay olish kompetensiyalarini shakllantirgan bo'lishi lozim.
Kalit so'zlar: ta'lim samaradorligi, lokal darajadagi texnologiyalar, interfaol metod, bilish faolligi, biologiya ilmiy dunyqarash, Assessment, Venn diagrammasi, Klaster, Charxpalak, hujayra qobig'i, eukariot va prokariot hujayra, DNK, RNK.
Iqtibos uchun: Pardayeva M.S. Biologiyani o'qitishda lokal darajadagi pedagogik texnologiyalardan foydalanish metodikasi. // Inter education & global study. 2024. №10 B.122-130.
МЕТОДИКА ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ТЕХНОЛОГИЙ ЛОКАЛЬНОГО УРОВНЯ В ОБУЧЕНИИ БИОЛОГИИ
ISSN 2992-9024 (online) 2024, №10
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
© М.С. Пардаева1И 1Ташкентский государственный педагогический университет имени Низами, Ташкент, Узбекистан_
Аннотация
ВВЕДЕНИЕ: в данной статье выделены методы использования локальных технологий и интерактивных методов, которые позволяют повысить эффективность обучения, активизировать познавательную деятельность учащихся в процессе обучения предмету биологии.
ЦЕЛЬ: осветить пути использования технологий и интерактивных методов локального уровня в преподавании биологии.
МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: содержит методические пособия по методике использования педагогических технологий локального уровня в преподавании биологии, данные опросов педагогов, участвовавших в учебных исследовательских работах и методических программах. Методы включают опросы, интервью, наблюдения в классе и анализ данных об успеваемости учащихся.
ОБСУЖДЕНИЕ И ВЫВОДЫ: важное практическое значение имеет то, что учитель в процессе преподавания учебного предмета биология сначала определяет, на каких предметах и на каком этапе процесса урока могут быть использованы локальные технологии. Также целесообразно, чтобы они сформулировали систему заданий на основе методов, используемых в процессе урока.
ЗАКЛЮЧЕНИЕ: подводя итог, можно сказать, что представленные выше технологии интерактивного обучения и технологии локального уровня целесообразно эффективно использовать в процессе организации уроков биологии. Таким образом, у каждого учителя должны быть сформированы компетенции, позволяющие применять интерактивные методы, информационно-коммуникационные технологии и технологии локального уровня в своей педагогической деятельности.
Ключевые слова: эффективность образования, технологии локального уровня, интерактивный метод, познавательная деятельность, биологическое мировоззрение, оценка, диаграмма Венна, кластер, Водяное колесо, клеточная оболочка, эукариотическая и прокариотическая клетка, ДНК, РНК.
Для цитирования: Пардаева М.С. Методика использования педагогических технологий локального уровня в обучении биологии. // Inter education & global study. 2024. №10. С. 122-130.
METHODOLOGY FOR THE USE OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES AT THE LOCAL LEVEL IN THE TEACHING OF BIOLOGY_
© Matonat S. Pardayeva1®
1Tashkent State Pedagogical University named after Nizami, Tashkent, Uzbekistan
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Annotation
INTRODUCTION: this article highlights the methods of using local technologies and interactive methods that can improve the effectiveness of learning, enhance the cognitive activity of students in the process of teaching the subject of biology.
AIM: Purpose: to highlight the ways of using technologies and interactive methods at the local level in teaching biology.
MATERIALS AND METHODS: contains methodological manuals on the methodology of using local-level pedagogical technologies in teaching biology, data from surveys of teachers who participated in educational research and methodological programs. The methods include surveys, interviews, classroom observations, and analysis of student performance data.
DISCUSSION AND RESULTS: it is of great practical importance that the teacher, in the process of teaching the biology subject, first determines in which subjects and at what stage of the lesson process local technologies can be used. It is also advisable that they formulate a task system based on the methods used in the lesson process.
CONCLUSION: summing up, we can say that the interactive learning technologies and local-level technologies presented above should be effectively used in the process of organizing biology lessons. Thus, each teacher should have competencies that allow them to apply interactive methods, information and communication technologies and local-level technologies in their teaching activities.
Key words: ducational efficiency, local level technologies, interactive method, cognitive activity, biological outlook, evaluation, Venn diagram, cluster, Charkspalak, cell wall, eukaryotic and prokaryotic cell, DNA, RNA.
Dunyo miqyosida uzluksiz ta'lim tizimining barcha bosqichlarida ta'lim mazmuni va sifatini tubdan isloh qilish, shu asosda raqobatbardosh kadrlar tayyorlash hamda barkamol avlodni voyaga yetkazish muhim strategik yo'nalishlardan biri sifatida belgilangan. Yuksak taraqqiyot sari intilib borayotgan jamiyatimizda bugungi kunda axborotlar shiddati va yangiliklar oqimi tobora o'z ta'sirini ko'rsatib bormoqda. Ayniqsa, bu jarayon jamiyatning asosiy qismini tashkil etuvchi yoshlar ongida keskin burilishlar, yangicha qarashlarni vujudga kelishiga ta'sir ko'rsatmoqda. Yoshlar tarbiyasida, ta'limida qo'l lanilayotgan yangicha ta'sirchan yondashish ularning ertangi kunida ma'naviy-intellektual qiyofasini shakllantiruvchi poydevor bo'lib xizmat qiladi.
Qolaversa, mamlakatimizda yangi tahrirda qabul qilingan "Ta'lim to'g'risida"gi Qonun asosida olib borilayotgan islohotlarning tub maqsadi ham, jamiyat talab qilayotgan ana shunday ma'naviy yetuk, barkamol, chuqur va mustahkam bilimli yoshlarni tarbiyalash, shuningdek, ta'lim tizimini tubdan isloh qilish va uning sifatini oshirish, o'quvchilarning bilish
For citation: Matonat S. Pardayeva. (2024) 'Methodology for the use of pedagogical technologies at the local level in the teaching of biology', I nter education & global study, (10), pp. 122-130. (In Uzbek).
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
faoliyatini faollashtirish jarayonida o'ziga xos yangicha yondashish bugungi kunda pedagog shaxsiga qo'yilgan dolzarb vazifalardan biri sanaladi.
Mamlakatimizda kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan Davlat ta'lim standartlarining joriy qilinishi, umumta'lim maktablarida o'n bir yillik ta'limning tashkil etilishi, shuningdek, respublikamizning har bir hududida bosqichma-bosqich kimyo va biologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan tayanch maktablar hamda mamlakatimiz tuman (shahar)larida kimyo va biologiya fanlarini chuqurlashtirib o'qitishga ixtisoslashtirilgan maktablarning tashkil etishlishi, o'z navbatida, umumiy o'rta ta'lim maktablarining kimyo va biologiya o'qituvchilari bilan bir qatorda bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy kompetentligini shakllantirishga bo'lgan yangi ehtiyojlarni keltirib chiqardi.
Bugungi kunda mamlakatimiz ta'lim tizimining barcha bosqichlarida xorijiy tajribalarga asoslangan, mahaliy ma'lumotlar bilan boyitilgan, fanning so'nggi yutuqlarini o'zida mujassamlashtirgan, nazariya va amaliyotning birligini ta'minlashga xizmat qiladigan "Yangi avlod" darsliklarning nashr ettirilmoqda. Xususan, biologiya o'quv fanidan umumta'lim maktablarining 7-10-sinflarining o'quvchilari uchun yangi tahrirdagi, mazmunan to'liq yangilangan, amaldagi darsliklardan tubdan farq qiladigan darsliklar nashr ettirildi.
Barkamol avlodni har tomonlama uyg'un kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ro'yobga chiqarish sharoitlarini va ta'sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq - atvor andozalarini o'zgartirish mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning asosiy maqsadi va asosiy harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. Xalqning boy intellektual merosi, umum-bashariy qadriyatlar asosida zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O'zbekiston taraqqiyotining muhim sharti"
Yuqorida keltirilgan vazifalarni amalga oshirish jarayonida umumiy o'rta ta'lim muassasalarini biologiya o'quv fani o'qituvchilari va bo'lajak o'qituvchilar qo'yidagilarni bilish talab etiladi: mavzuni tushuntirishda innovatsiyon texnologiyalardan o'zining pedagogik faoliyatida samarali foydalana olish; zamonaviy axborot-kommunikatsiyon texnologiyalarni joriy etish; yangi avlod darsliklarida berilgan mavzular mazmunini to'liq o'zlashtirganligi; lokal darajalardagi pedagogik texnologiyalardan darsning qaysi bosqichlarida qo'llay olish kompetentligini shakllantirganligi; mavzu mazmunidan kelib chiqqan holda qaysi texnologiya yoki metodni tanlay olishi; laboratoriya, amaliy, loyiha ishlarida yangi metodlardan foydalanib aniq maqsadga erisha olish ko'nikma, mal aka, kompetensiyalarga ega bo'lishlari lozim.
Ta'lim jarayonida o'quvchi o'qituvchining bevosita rahbarligida, ta'lim mazmuni, metodlari, vositalari va shakllari yordamida tirik organizmlarda ro'y beradigan biologik qonun, nazariyalar, hodisa va voqealarning mohiyati, o'ziga xos xususiyatlarini o'rgan adi, bilim, ko'nikma, malaka va kompetensiyalarni egallaydi. O'qituvchi ta'lim jarayonida o'quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etadi, boshqaradi, nazorat qiladi, baholaydi va
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
o'qitishdan ko'zda tutilgan ta'limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarni amalga oshirish orqali shaxsning har tomonlama rivojianishiga zamin yaratadi.
O'qituvchi uchun ta'lim jarayoni o'quvchilarning faoliyati bilan uzviy bog'langan va mazkur jarayonni tahlil qilib, umumlashtirib, tegishli hollarda o'zgartirishlar kiritadigan ish jarayoni, kasbiy - metodik faoliyati sanaladi.
Ta'limni tashkil etishdan asosiy maqsad: mehnat bozorida raqobatbardosh darajaga va ixtisoslikka ega bo'lgan, mas'uliyatli, o'z kasbining ustasi, turdosh kasblarni erkin uddalaydigan, o'z ixtisosligi bo'yicha jahon standartlari darajasida samarali ish baja ra oladigan, muntazam o'z ustida ishlaydigan malakali mutaxassis-lar tayyorlashdan iborat. Tayyorlanayotgan kadrlarning malakali bo'lishi bevosita ularga dars berayotgan o'qituvchining kasbiy-metodik darajasining qay darajada takomillashganligiga bog'liq.
Biologiya darslarida o'rganilayotgan mavzuning didaktik maqsadi, vazifalari, mazmunidan kelib chiqqan holda, o'quvchilarning bilish faoliyati individual, kichik guruhlarda va yalpi holda tashkil etish shakllaridan o'z o'rnida va samarali foydalanish bo'lajak biologiya o'qituvchilariga tavsiya etiladi.
Biologiya o'qituvchilarini maktablarda faoliyat ko'rsatishga metodik tayyorlash jarayonida o'quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish uchun darsni o'quvchilarning o'tgan mavzu yuzasidan o'zlashtirgan bilimi, ko'nikma va malakalarini aniqlash, ularn i tizimlashtirish, yangi mavzu yuzasidan o'zlashtirilgan bilim, ko'nikma va malakalarni nazorat qilish va baholash, shuningdek, yangi mavzuni o'rganish jarayonida interfaol ta'lim texnologiyalari amaliy ahamiyat kasb etadi.
Interfaol so'zi inglizcha so'z bo'lib, "inter" - o'zaro va "act" - harakat qilmoq ma'nolarini bildirib, ularning umumiy mazmuni interfaol - ya'ni o'zaro harakat qilmoq ma'nosini anglatadi. Bunday o'zaro harakat turlariga "talaba - o'qituvchi" va "talaba-talaba" yoki "o'quvchi-o'quvchi"ning maqsadli harakatlarini kiritish mumkin. Interfaol o'qitishda o'qituvchi o'quv faoliyatninig faol tashkilotchisi bo'lib, o'quvchilar bu faoliyatning sub'ekti sifatida namoyon bo'ladi.
Interfaol o'qitish bu ta'lim oluvchilarning bilish faoliyatini rivojlantirishning maxsus tashkiliy shakli bo'lib, mazkur jarayonida ta'lim oluvchi o'qitishning ob'ektidan o'zaro hamkorlikning sub'ektiga aylanishi, o'quv jarayonida faol ishtirok etishi bila n tavsiflanadi. O'qitishning interfaol metodlari hayotiy vaziyatlarni modellashtirish, rolli o'yinlardan foydalanish, muammolarni hamkorlikda yechishda ko'rib chiqiladi. Interfaol o'qitish o'quvchilardan axborotlarni o'zlashtirish jarayonida faollik, ijodkorlik, mustaqillikni shakllantiribgina qolmay, ta'lim maqsadlarining to'laqonli amalga oshishiga yordam beradi.
O'quvchilarning bilish mustaqilligini samarali tashkil etish va oqilona boshqarish uchun bo'lajak biologiya o'qituvchilari quyidagi amallarni bajarishi lozim: o'rganilayotgan mavzuning ta'limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsad-laridan kelib chiqqan holda, o'quvchilarning bilish faoliyatini qaysi shaklda tashkil etish; o'quvchilarning bilish mustaqilligini faollashtirish yo'llarini oldindan loyihalash; o'qitishdan ko'zda tutilgan maqsadni amalga oshirish yo'llarini belgilash; dars davomida o'quvchilarning bilish faoliyatidan olingan natijani tahlil qilish va uning maqsadga muvofiqligini tekshirib ko'rish;
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal ISSN 2992-9024 (online)
HayHHO-reopeTMHecKMM u MeToguiHecKHM wypHan ono/i Mo-in
Scientific theoretical and methodical journal 2024, № 10
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
zarur hollarda o'quvchilarning bilish faoliyati loyihasiga tegishli tartibda o'zgartirishlar kiritish.
Shuningdek, bo'lajak o'qituvchi o'zining pedagogik faoliyatida lokal darajadagi pedagogik texnologiyalardan foydalanish o'quvchilarni interfaol harakat qilishlari orqali bilish faoliyatini faollashtirishiga, fan asoslarini mazmunan anglab yetishlari uchun zamin tayyorlaydi.
O'qituvchi biologiya o'quv fanini o'.qitish davomida dastavval qaysi mavzularda va qaysi bosqichida lokal texnoloiyalardan dars jarayonining qaysi bosqichlarida foydalanish mumkinligini aniqlab olishlari muhim amaliy ahamiyatga ega sanaladi. Shuningdek, dars jarayonida foydalaniladigan metodlar asosida topshiriqlar tizimini shakllantirib olishlari maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Biologiya o'quv fanini o'qitishda lokal darajadagi pedagogik texnologiyalar foydalanish deyilganda darsning muayyan bir qismida uy vazifasini so'rash, yangi o'rganilgan mavzuni mustahkamlash bosqichida foydalaniladigan texnologiyalar tushuniladi.
Biologik ta'lim sifatini oshirish jarayonida lokal darajadagi texnologiyalardan "Keys -stadi", "Insert", "Klaster", "Venn diagrammasi", "Aqliy hujum", "Kichik guruhlarda ishlash", "SWOT-tahlil", "FSMU", "Assesment", "Sinkveyn", "Charxpalak", "Tushunchalar tahlili" kabi bir qator metod va texnologiyalaridan dars jarayoniga foydalanish natijasida tirik organizmlarda boradigan biologik jarayonlar, voqea va hodisalarning tub mohiyatini to'liq o'zlashtirishga erishish mumkin. Quyida lakal darajadagi texnologiyal ardan foydalanish yo'llariga to'xtalsak.
Umumta'lim maktablarining 7-sinf o'quvchilari uchun mo'ljallangan "Biologiya" darsligidan o'rin olgan Eukariot hujayra. Hujayra qobig'i mavzusini o'qitish davomida bilimlarni faollashtirish (motivatsiya) bosqichida "Assesment"dan foydalanish tavsiya etiladi. Mazkur metod ta'lim oluvchilarning bilim darajasini baholash, nazorat qilish, o'zlashtirish ko'rsatkichi va amaliy ko'nikmalarini tekshirishga yo'naltirilgan. Mazkur texnika orqali ta'lim oluvchilarning bilish faoliyati turli yo'nalishlar (test, amaliy ko'nikmalar, muam-moli vaziyatlar mashqi, qiyosiy tahlil, simptomlarni aniqlash) bo'yicha tashhis qilinadi va baholanadi.
Test Tirik organizm hujayralarida uglerod, vodorod, kislorod va azot barcha kimyoviy elementlar-ning necha foizdan ortiq qismini tashkil etadi? A)10% B)50% C)2% D)90% Qiyosiy tahlil DNK va RNK o'rtasidagi farqni qiyosiy tahlil qiling?
Simtom Hujayra... Amaliy ko'nikma Prokariot va eukariot hujayrasining har biriga xos bo'lgan 3 tadan xususiyat yozing?
Shuningdek, hujayra membranasi orqali moddalarning passiv va aktiv transport orqali o'tish jarayonidagi o'xshashlik va farqli hamda umumiy jihatlarini Venn diagrammasi
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal ISSN 2992-9024 (online)
Научно-теоретический и методический журнал ОПО/1 Mo 1П
Scientific theoretical and methodical journal 2024, № 10
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
asosida tahlil qilishni tavsiya etamiz. Mazkur metod turli tushunchalar, asoslar, tasavurlarning analiz va sintezini ikki aspekt orqali ko'rib chiqish, ularning umumiy va
1-rasm. Klasterning umumiy ko'rinishi.
Shu mavzuni refleksiya bosqichida esa charxipalak texnologiyasidan foydalanish qo'l keladi. Ushbu texnologiya bo'lajak o'qituvchilarda muayyan mavzu bo'yicha o'zlashtirilgan kasbiy axborotlarni mustahkamlash, analiz-sintez qilish, takrorlash, baholash va mustaqil-ijodiy ishlash ko'nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Mazkur texnologiyadan mavzuga mos ravishda uy vazifalarini takrorlashda, baholashda va nazorat ishlarida foydalanish maqsadga muvofiqdir. Texnologiyani amalga oshirishda ishtirokchilar to'rt kishidan iborat kichik guruhlarga bo'linadi va ularga aniq mavzu bo'yicha tayyorlangan tarqatma materiallar tarqatiladi; berilgan harakat hususiyatlari ichidan o'zlari to'g'ri deb topgan harakatni ko'rsatilgan kataklar ichiga maxsus belgilar (+, -, X, Y) bilan belgilash tushuntiriladi; har bir guruh a'zosi individual tarzada ko'rsatilgan kataklarga o'z javoblarni belgilaydi va o'qituvchi navbatdagi bosqichda guruhlarning javoblar varaqasini soat strelkasi tartibida almashtiradi; bu harakat to har bir guruhning dastlabki ishi o'ziga qaytib kelguniga qadar takrorlanadi. Tarqatma materiallar o'z egalariga yetib kelganidan so'ng o'qituvchi to'g'ri javoblarni o'qib eshittiradi. Ishtirokchilar to'g'ri javoblarni dastlabki belgilari bo'yicha tekshirib, har bir to'g'ri javobni "1" ball bilan baholaydilar. Trening yakunida o'qituvchi baholash mezonini o'qib eshittiradi va har bir ishtirokchi yig'gan to'g'ri javoblari bo'yicha o'z-o'zini baholaydi. (Masalan, harakatlar 12 ta bo'lsa, bunda: 11-12 to'g'ri javob uchun "a'lo", 9-10 ta to'g'ri javob uchun "yaxshi", 6-8 ta to'g'ri javob uchun "qoniqarli" baho beriladi). Trener baholarga aniqlik kiritadi va mashg'ulotning zaruriy jihatlarini umumlashtirib, xulosalaydi Mazkur texnologiyadan quyidagi ko'rinishda foydalanish maqsadga muvofiq.
№ Organik olam vakillari EUKARIOT HUJAYRA. HUJAYRA QOBIG'I
Eukariot hujayra Prokariot hujayra Hayotning hujayrasiz shakli
1. Kokklar +
2. Eritrositlar +
3. Faglar +
4. Molodilo +
5. Batsilla +
© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 10
ISSN 2992-9024 (online) 2024, №10
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
6. Viruslar +
7. Tradeskansiya +
8. Vibrionlar +
9. Tamaki mozaikasi +
10. Qizil muxomor +
Biologiya darslarida bo'lajak biologiya o'qituvchilari yoki o'quvchilarning o'zlashtirgan bilimlarini tizimlashtirish, mustahkamligini ta'minlash maqsadida Klaster metodidan foydalanish muhim o'rin tutadi.
2-rasm. Klasterning umumiy ko'rinishi.
Klaster metodi bitta mavzu yoki bob bo'yicha yaxlit tuzish o'quvchilarning tizimli fikr yuritishlariga zamin yaratadi. Klaster metodi asosida asosiy g'oya yoki tushuncha o'rin oladi.
Klaster metodidan nafaqat, yangi mavzuni o'rganish jarayonida, balki o'quvchilarning o'zlashtirgan bilimlarini kutilmagan yangi vaziyatda qo'llash orqali baholashda foydalanish mumkin. O'qituvhchi dars jarayonida o'quvchilarga darslikdan olgan nazariy bilimlari asosida yuqorida berilgan "Klaster"ni to'ldirish taviya etadi.
Yuqorida keltirilgan tavsiyalar asosida o'qituvchi biologik ta'lim jarayonida o'qitish sifatini oshirish bilan bir qatorda o'quvchilar orasida quyidagi xususiyatlarni shakllantirishga zamin tayyorlaydi: guruh yoki jamoa bilan hamkorlikda ishlash kompetensiyalarini shakllantiradi; o'rtaga qo'yilgan muammoni hal qilishga ijodiy yondashish yo'llarini izlab toppish ko'nikmalarini tarkib toptiradi; guruh yoki jamoadoshlari bilan ruhiy va do'stona munosabatlarni vujudga keltirish; jamoa o'rtasida o'zining ichki imkoniyat va qobiliyatlarini to'liq namoyon qila olish; berilgan muammo yuzasidan erkin fikrlash, fikrlarni umumlashtirish, eng muhimlarini saralash; o'z faoliyatini nazorat qilish va mustaqil baholash; o'zining imkoniyatlari va kuchiga ishonch hosil qilish ; turli vaziyatlarda harakatlanish va murakkab vaziyatlardan chiqa olish ko'nikmalarini o'zlashtirish.
ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES
1. O.S.Xolmurodova, A.A.Ishanov, M.S.Pardayeva, U.M.Omonqulov Biologiyani o'qitishda innovatsion texnologiyalar [Matn]: o'quv qo'llanma/- Toshkent: "Zuxro baraka biznes" nashriyoti, 2024. - 280 b.
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
2. Ergashevich, R. U., Salimovna, P. M., & Mamayusufovich, A. S. (2023). Ways to use pedagogical technologies at the local level in biology lessons. European International Journal of Pedagogics, 3(05), 22-29.
3. Ergashevich, R. U., & Mamayusufovich, A. S. (2023). Issues of using integrative knowledge in forming students'professional competence.
4. Raxmatov va boshqalar Biologiya o'qituvchilari uchun metodik qo'llanma. 7 - sinf. -T.: - 2022 . - 160 b.
5. Saparov K. A. va boshqalar Biologiya: Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 7 - sinfi uchun darslik. -T.: "Zukko kitobxon bosmaxonasi", 2022. - 176 b.
6. omoh^ob, У. (2024). Iqtidorli o 'quvchilar bilan ishlash metodikasi. Ижтимюий-гумaнитaр фaнлaрнинг дoлзaрб муaммoлaри/Актуaльные прoблемы сoциaльнo-гумaнитaрных нaук/Actual Problems of Humanities and Social Sciences, 4(2).
7. OMONQULOV, U. B. (2024). BO 'LAJAK BIOLOGIYA O 'QITUVCHILARINING IQTIDORLI O 'QUVCHILAR BILAN ISHLASHGA METODIK TAYYORLASHNING KONSEPTUAL ASOSLARI. News of UzMU journal, 1(1.2), 177-180.
MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]
^Pardayeva Matonat Salimovna, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti mustaqil tadqiqotchisi, [Пардаева матонат Салимовна, исследователь Ташкентского государственного педагогического университета им. Низами ], [Matonat S. Pardayeva, researcher at Tashkent State Pedagogical University named after Nizami]; O'zbekiston, 100070, Shahar: Toshkent, Tuman: Chilonzor, Bunyodkor shoh ko'chasi (sobiq Xalqlar Do'stligi),27, ^ддре^ Узбеки^н, 100070,Гoрoд:Тaшкент, Рaйoн: Чилaнзoр, ули^ Бунёдгар (бывшaя Дружбы Нaрoдoв), 27], [address: Uzbekistan, 100070, City: Tashkent, District: Chilonzor, Bunyodkor Avenue (formerly Friendship of Peoples), 27].