Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 5.685 www.in-academy.uz
BIOLOGIYANI O'QITISHDA LOKAL DARAJADAGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
Barnoyeva Gulmira
Qorovulbozor kasb -hunar maktabi biologiya fan o'qituvchisi https://www.doi.org/10.5281/zenodo.10512419
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 08th January 2024 Accepted: 14th January 2024 Online: 15th January 2024
KEY WORDS Lokal darajadagi pedagogik texnologiyalar, «Keys», «Insert», «Klaster», Venn diagrammasi, «Aqliy hujurm, «Kichik guruhlarda ishlash», «Atamalar zanjiri», «Atamalar varag'i», tezkor o'yinlar va o'yin mashqlar.
Biologiyani o'rganishda o'quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish uchun darsning o'quvchilarning o'tgan mavzu yuzasidan oZ- lashtirgan bilim, ko'nikma va malakalarini aniqlash, ulami tizimlashtirish, yangi mavzu yuzasidan oZlashtirilgan bilim, ko'nikma va malakalarni nazorat qilish va baholash, shuningdek, yangi mavzuni o'rganish jarayonida lokal texnologiyalardan foydalanish maqsadga muvofiq.
Biologiyani o'qitishda lokal darajadagi pedagogik texnologiyalardan «Keys», «Insert», «Klastep>, Venn diagrammasi, «Aqliy hujum», «Kichik guruhlarda ishlash», «Atamalarzanjiri», «Atamalar varag'i», tezkoro'yinlar va o'yin mashqlarning turli shakllaridan foydalanish tavsiya etiladi. Biologiya kursi mazmunidagi muammoli masalalami o'qitishda «Keys»dan foydalanish yuqori samara beradi. «Keys» — case studies ingliz tilidan olingan bo'lib, jarayon yoki vaziyat degan ma'noni beradi. Dastlab bu texnologiyadan biznesmen va tadbirkorlami o'qitishda foydalanilgan bo'lib, hozirgi paytda o'qitiladigan fanning mazmunidan kelib chiqqan holda, tirik organizmlarda boradigan jarayonlaming tashqi va ichki, obyektiv va subyektiv omillari yuzasidan muammoli vaziyatlar yaratilib ulami hal etish uchun o'quv munozaralari tashkil etiladi. Biologiyani o'qitishda dastur mazmunidagi evolutsion tushunchalar yetakchilik qilgan, shuningdek, munozarali «o'simliklaming paydo bo'lishi va rivojlanishi», «hayvonot olamining paydo bo'lishi va rivoj- lanishi» kabi mavzulami o'qitishda foydalanish mumkin. Ta'lim-tarbiya jarayonida keysdan foydalanish uchun o'qituvchi:
• dastur mazmunidagi muammoli mavzulami aniqlashi, shu mav- zularni o'qitish uchun muammoli savol-topshiriqlar tuzishi;
• dars davomida muammoli savol-topshiriqlaming qiyinchilik dara- jasiga ko'ra yakka tartibda yoki o'quvchilarning kichik guruhlarida mustaqil ishlami tashkil etilishini aniqlashi;
• o'quvchilaming bilish faoliyatini mazkur muammolarni hal etish, o'quv munozaralari orqali bahsda qatnashtirish yo'llarini rejalash- tirishi;
• muammoli savol-topshiriqlar asosida tashkil etilgan o'quv muno- zaralarida yakuniy fikrni vujudga keltirishi lozim. Dastur mazmunidagi faqat faktik materiallami o'rganish nazarda
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 5.685 www.in-academy.uz
tutilgan mavzularda Insertdan foydalanish tavsiya etiladi. Insert — lokal darajadagi pedagogik texnologiya bo'lib, o'quvchilar tomonidan o'quv materialidagi asosiy g'oya va faktik materiallami anglashiga zamin yaratish maqsadida qo'llaniladi. 0 'quvchilarni Insert yordamida ishlash ko'nikmalarini rivojlantirish uchun ularga o'rganiladigan o'quv materiallari va maxsus jadval tarqa- tiladi. 0 'quvchilar har bir jumlani o'rganib chiqib, maxsus jadvalga muayyan simvollar yordamida belgilash tavsiya etiladi. Agar jumlada berilgan ma'lumot shu kungacha o'zlashtirgan bilim- lariga mos kelsa, «Bilaman» — V, agar ma'lumotlar tushunarli va yangi bo'lsa, u holda «Ma'qullayman» +, agar ma'lumotlar o'quvchilar o'zlashtirgan bilimlariga mos kelmasa, u holda «o'rganish lozim» —, o'quvchilar o'quv materiallarini o'zlashtirishda qiyinchilik his etsa, u holda «Tushunmadim» ? belgisini qo'yadi.
Ta'lim-tarbiya jarayonida Insertdan foydalanishda quyidagi talab- larga amal qilinishi:
• o'quvchilar kichik guruhga ajratilishi, lekin Insert vositasida dast- lab har bir o'quvchi yakka tartibda ishlashi va jadvalni to'ldirishi, guruh a'zolari belgilangan muddatda ishlashni yakunlagahlaridan so'ng, fikrlarini taqqoslashi;
• o'quv bahsi orqali kichik guruh a'zolarining jadvaldagi belgilarining bir xil bo'lishini ta'minlashi, ya'ni jadvaldagi keyingi ikki ustun bo'yicha bir xillikka erishishi;
• o'qituvchi o'quv materiali asosida tuzilgan savol-topshiriqlari va kichik guruh a'zolarining jadvaldagi belgilari asosida o'quv bahsini tashkil etishi lozim. Insert bilan ishlashning afzallik tomoni awal kichik guruh a'zolari o'rtasida, so'ng kichik guruhlar bilan o'zaro o'quv bahsi o'tkazilishi, bahsda o'quvchilar tomonidan yo'l qo'yilgan kamchiliklarni to'ldirish, bilimidagi bo'shliqlarni to'ldirish yuzasidan o'qituvchi tomonidan berilgan axborot ta'lim samaradorligiga xizmat qiladi. Insertdan foydalanilgan o'qituvchining pedagogik faoliyatidagi axborot manbayi funksiyasi birmuncha kamayib, o'quvchilarning bilish faoliyatini boshqarish va nazorat funksiyalari ortadi. Shu sababli, o'qituvchi bu masalalarni puxta rejalashtirishi va amalga oshirishi lozim. Biologiyani o'qitishda o'quvchilarning o'zlashtirgan bilimlarini tizimlashtirish, mustahkamligini ta'minlash maqsadida Klasterdan foydalanish muhim o'rin tutadi.
Klaster — cluster — ingliz tilida shajara degan ma'noni anglatadi. Ushbu lokal texnologiya o'quvchilar tomonidan o'zlashtirilgan va o'z- lashtiradigan g'oya, nazariya, qonuniyat hamda tushunchalar o'rta- sidagi bog'lanishini anglash, bir-biriga uzviyligini tushunishga imkon yaratib tahliliy-tanqidiy fikr yuritish ko'nikmalarini rivojlantirishga zamin tayyorlaydi. Klasterni tuzish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
• biologiya kursi mazmunidagi muayyan g'oya doska yoki qog'oz o'rtasiga yoziladi;
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 5.685 www.in-academy.uz
• ushbu g'oya bilan bogiiq qonuniyatlar, tushunchalar bir-biriga bog'liq holati ko'rsatkich bilan belgilanadi, so'ngra mazkur qonuniyat va tushunchalaming faktik ma'lumotlari grafik tarzda yoziladi va tarmoq hosil qilinadi;
• ushbu o'rganilgan mavzu va 0'rganiladigan mavzu o'rtasidagi bog'lanishlar haqida xulosa chiqariladi. Klasterdan foydalaniladigan darslarda o'quvchilar teng sonli kichik guruhlarga ajratilib, ularga o'quv topshirig'ining didaktik maqsadi va bajarilish tartibi tushuntirilgandan so'ng, ular belgilangan vaqt ichida fikrlarini jamlab, o'zlari tuzgan Klasterni himoya qilib, fikrlarini dalil- lashga imkon yaratilib, eng yaxshi va asosli tuzilgan Klaster aniqlanadi, g'oliblar rag'batlantiriladi. Klastemi bitta mavzu yoki bob bo'yicha yaxlit holda tuzish o'quvchilarning tizimli fikr yuritishiga zamin yaratadi. Klasterning asosidan asosiy g'oya yoki tushuncha o'rin oladi, masalan, hujayraning tuzilishi bo'yicha quyidagicha tuziladi:
Keyin har bir qism bo'yicha tarmoq shaklida, masalan, hara- katlantiruvchi kuchlar qismiga irsiy o'zgaruvchanlik, yashash uchun kurash va tabiiy tanlanish kiritilib, keyingi qatorda ularning turlari yoziladi va shu tariqa tushunchalar o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik jadval tarzida tasvirlanadi.
Ta'lim-tarbiya jarayonida lokal darajada qo'llaniladigan texnologiyalardan biri — Venn diagrammasi bo'lib, uni ishlab chiqqan ingliz olimi Jon Venn nomi bilan yuritiladi. Venn diagrammasi o'rganilayotgan mavzudan o'rin olgan fakt, tushuncha va jarayonlami tahlil qilish, sintezlash va taqqoslashni talab etadi. Ushbu diagrammadan tabiiy tanlanish va sun'iy tanlash, tabiiy tanlanish, yashash uchun kurash shakllarini tahlil qilish, sintezlash va taqqoslashda foydalanish mumkin. Masalan, gulli o'simliklarning oilalarini taqqoslashda foydalaniladigan Venn diagrammasi quyidagi ko'rinishda bo'lishi tavsiya etiladi.
Ra'nogul-
doshlar
oilasining -—
o'ziga xos
xususiyatlari
^O'xshashügl^-*
Tomatdosh-
L f. lar oilasining
I o'ziga xos
xususiyatlari
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 5.685 www.in-academy.uz
Ta'lim-tarbiya jarayonida o'quvchilar tomonidan tushuncha va atamalarni mustahkam o'zlashtirishga zamin tayyorlash muhim o'rin tutadi, shu sababli o'qituvchi har bir bob va mavzular mazmunidagi tushuncha va atamalarni «Atamalar zanjiri»ga keltirishi kerak.
«Atamalar zanjiri» bu atamalar va ularning ta'riflari bo'lib, ulardan o'qituvchi o'tgan mavzuni yakunlash, yangi o'iganilgan mavzu yuzasidan o'quvchilaming bilimlarini mustahkamlash maqsadida darsning birqismida foydalaiyiganligi sababli, ularni lokal texnologiyalar guruhiga kiritish maqsadga muvofiq. Mazkur texnologiyadan ta'lim-tarbiya jarayonida foydalanishga bir necha usulda yondashish mumkin.
• o'quvchilar kichik guruhlarga ajratilib, guruh a'zolaridan kichik konsultant tayyorlanadi. Kichik konsultant unga berilgan topshiriqdagi atamalar asosida guruh a'zolarini kartochka vositasida baholaydi. Bunda o'quvchilar aytilgan atamalaming izohini aytishi yoki izohga qarab atamani aniqlashi mumkin. Har bir to'g'ri javob uchun kartochka beril- ganligi sababli, kartochkalar soni ulaming to'plagan balini belgilaydi.
• o'quvchilarga bob va mavzular mazmunidagi tushuncha va atamalar ro'yxati beriladi. Ularning mazmuni va mohiyatiga ko'ra o'zaro mantiqiy bog'langan zanjir Klaster holiga keltirish talab etiladi. Ushbu yondoshuv ko'p vaqtni talab etsada samaradorligi yuqori bo'lib, o'quvchilaming mantiqiy fikr yuritish ko'nikmalarini rivojlantirish imkonini beradi.
• «atamalar zanjiri»dan o'tgan mavzuni yakunlash qismida foydalanilganda o'quvchilaming kichik guruh a'zolaridan og'zaki holda atamalami ketma-ket awalgilami takrorlagan holda mazmuni va mohiyatiga ko'ra o'zaro bog'liq holda yangi atama qo'shishi talab etiladi. Guruhning birinchi ishtirokchisi bitta atama bilan boshlagan o'yin yakunida guruh a'zolari soniga teng atamalar zanjiri vujudga keladi. Ikkinchi bosqichda mazkur atamalaiga ta'rif berish va ularni izohlash talab etadi. Biologiyani o'qitishda tezkor o'yinlar va o'yin mashqlardan ham foydalanish muhim o'rin tutadi. Lokal darajadagi pedagogik texnologiyalar darsning muayyan qismida o'quvchilaming bilish faoliyatini faollashtirib, ta'lim samaradorligini orttirishga xizmat qiladi.
References:
1. N.N. Azizxojayeva. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. 0 'quv qollanma. — Т.: 2003, TD PU .
2. N.N. Azizxojayeva. Ta'lim jarayoni samaradorligini oshirishda pedagogik texnologiyalar. Oliy o 'quv yurti o'qituvchilari va malaka oshirish kurslari tinglovchilari uchun metodik qo'llanma. Т.: 2007.
3. В.П. Беспалко. Педагогика и прогрессивные технологии обучения. — М.: ИРПО, 1995.
4. J.G '. Yo'Idoshev, S.A. Usmonov. Pedagogik texnologiya asoslari. — Т.: 0 'qituvchi, 2004.
5. Новые педагогические и информационные технологии в системе образования. У чебное п особи е для студентов п едвузов и систем ы повыш.квалиф. педкадров. (Е.С. Полат и др.) М .:И здательский центр «Академия». 2000.
6. М. Ochilov. Yangi pedagogik texnologiyalar. — Qarshi: Nasaf, 2000.
7. N. Sayidaxmedov. Yangi pedagogik texnologiyalar. — Toshkent: M oliya, 2003.
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 5.685 www.in-academy.uz
8. Г.К. Селевко. Современные образовательные технологии. Учебное пособие. М.: Народное образование,
9. J.O. Tolipova, A.T. G'ofurov. Biologiya ta 'limi texnologiyalari. — Т.: O 'qituvchi, 2002.
10. J.O. Tolipova, A.T. G'ofurov. Biologiya o'qitish metodikasi. Pedagogika oliy o'quv yurtlari talabalari uchun darslik. — T.:, M oliya-iqtisod, 2007.
11. J.O. Tolipova, A.T. G'ofurov. Biologiya o'qitish metodikasi. O 'quv-m etodik qo'llanm a. — Т.: «Bilim» 2004.
12. /. Azimov va boshqalar. Biologiya. M etodik qo'llanm a. — T.:, Abu Ali ibn Sino nomidagi Tibbiyot nashriyoti. 2002.
13. h ttp :// www.disser.hlO.ru/pedagog.html
14. http://w w w .ziyonet.uz/
15. http://w w w .istedod.uz/
16. http://w w w .pedagog.uz/