Научная статья на тему 'BIOLOGIYANI O‘QITISHDA KO‘NIKMA VA MALAKALARNI RIVOJLANTIRISHDA MASHQLARDAN FOYDALANISH'

BIOLOGIYANI O‘QITISHDA KO‘NIKMA VA MALAKALARNI RIVOJLANTIRISHDA MASHQLARDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
1
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
bilim / malaka / ko‘nikma / mashq ishlash / ma’lumot / fikrlash / bilim egallash. / жвижущим фактором четвертого прогресса / происходящего в мире / является самостоятельное мышление. При обучении биологии важное значение имеет использование упражнений в развитии самостоятельного мышления.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — S.Z. Jumayev

jahonda ro‘y berayotgan to‘rtinchi taraqqiyotining harakatlantiruvchi omili mustaqil fikrlashdir. Biologiyani o‘qitishda mustaqil fikrlashni rivojlantirishda mashqlardan foydalanish muhim ahamiyatga ega.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

USING EXERCISES TO DEVELOP SKILLS AND ABILITIES IN BIOLOGY TEACHING

жвижущим фактором четвертого прогресса, происходящего в мире, является самостоятельное мышление. При обучении биологии важное значение имеет использование упражнений в развитии самостоятельного мышления.

Текст научной работы на тему «BIOLOGIYANI O‘QITISHDA KO‘NIKMA VA MALAKALARNI RIVOJLANTIRISHDA MASHQLARDAN FOYDALANISH»

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal ISSN 2992-9024 (online)

Научно-теоретический и методический журнал ОПО/1 Mo 1П

Scientific theoretical and methodical journal 2024, № 10

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

BIOLOGIYANI O'QITISHDA KO'NIKMA VA MALAKALARNI RIVOJLANTIRISHDA MASHQLARDAN FOYDALANISH

© S.Z. Jumayev

1H

1Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Toshkent, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: jahonda ro'y berayotgan to'rtinchi taraqqiyotining harakatlantiruvchi omili mustaqil fikrlashdir. Biologiyani o'qitishda mustaqil fikrlashni rivojlantirishda mashqlardan foydalanish muhim ahamiyatga ega.

MAQSAD: biologiya fanini o'qitishda o'rganuvchilarning mustaqil fikrlashini mashqlar yordamida rivojlantirishni o'rganish.

MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqotda falsafiy, tarixiy, pedagogik, metodik, psixologik va pedagogikaga oid adabiyotlarni o'rganish, suhbat, pedagogik kuzatish, so'rovnoma, diagnostika, pedagogik tajriba-sinovdan foydalanildi. Nazariy qarashlar, tadqiqot usullari va yondashuvlar rasmiy manbalardan olinganligi, pedagogik ta'lim sohasidagi respublika va xorijiy davlat tadqiqotlariga asoslanganligi bilan belgilanadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: mazkur maqolada biologiya fanini o'qitishda mustaqil fikrlashni rivojlantirishni ta'minlashda mashqdan foydalanish orqali o'rganuvchilarning o'quv-bilish faoliyatini tashkil etishning pedagogik asoslari, hamda metodikasi yoritib berilgan.

XULOSA: xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, fanni o'rganish maqsadida berilgan mashqlarni bajarish orqali yangi ma'lumotlarni o'rganish maqsadida mustaqil fikrlash jarayoni amalga oshiriladi. O'rganish jarayonida mustaqil yondashuv asosida mashqlardan foydalanish ko'nikma va malakalarni egallanishini ta'minlaydi, mavzuning mazmuni to'g'ri ifodalash ko'nikmasini shakllantiradi, talabalarning bilim egallashlarida egallangan bilimni nazorat qilishga hamda egallagan bilimlarini tahlil qilishga imkon beradi.

Kalit so'zlar: bilim, malaka, ko'nikma, mashq ishlash, ma'lumot, fikrlash, bilim egallash.

Iqtibos uchun: Jumayev S.Z. Biologiyani o'qitishda ko'nikma va malakalarni rivojlantirishda mashqlardan foydalanish. // Inter education & global study. 2024. №10 B.122-130.

ИСПОЛЬЗОВАНИЕ УПРАЖНЕНИЙ ДЛЯ РАЗВИТИЯ НАВЫКОВ И УМЕНИЙ ПРИ

ОБУЧЕНИИ БИОЛОГИИ_

© С.З. Жумаев1И

Ташкентский государственный педагогический университет имени Низами,

Ташкент, Узбекистан_

Аннотация

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 10

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

ВВЕДЕНИЕ: жвижущим фактором четвертого прогресса, происходящего в мире, является самостоятельное мышление. При обучении биологии важное значение имеет использование упражнений в развитии самостоятельного мышления.

ЦЕЛЬ: изучение развития самостоятельного мышления учащихся при обучении биологии с помощью упражнений.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в исследовании использовались изучение философской, исторической, педагогической, методической, психологической и педагогической литературы, беседа, педагогическое наблюдение, анкетирование, диагностика, педагогический эксперимент. Теоретические взгляды, методы исследования и подходы определяются тем, что они взяты из официальных источников, основаны на отечественных и зарубежных исследованиях в области педагогического образования.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: в данной статье освещены педагогические основы и методика организации учебно-познавательной деятельности учащихся посредством использования упражнений в обеспечении развития самостоятельного мышления при преподавании биологии.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: в заключение можно сказать, что выполнение упражнений с целью изучения предмета способствует процессу самостоятельного мышления для усвоения новой информации. Использование упражнений на основе самостоятельного подхода в процессе обучения обеспечивает овладение навыками и умениями, способствует формированию навыков правильного выражения содержания темы, позволяет контролировать усвоенные знания и анализировать их в процессе овладения знаниями студентами.

Ключевые слова: знания, умения, навыки, упражнение работа, информация, мышление, приобретение знаний.

Для цитирования: Жумаев С.З. Использование упражнений для развития навыков и умений при обучении биологии. // Inter education & global study. 2024. №10. С. 122-130.

USING EXERCISES TO DEVELOP SKILLS AND ABILITIES IN BIOLOGY

TEACHING_

© Sirojiddin Z. Jumayev1®

1Nizami Tashkent State Pedagogical University, Tashkent, Uzbekistan_

Annotation

INTRODUCTION: the fourth factor driving the progress taking place in the world is independent thinking. When teaching biology, it is important to use exercises to develop independent thinking.

AIM: studying the development of students' independent thinking in biology education through exercises.

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal HayHHO-reopeTMHecKMM u MeTOflMHecKMM wypHan Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

MATERIALS AND METHODS: the study employed methods of studying philosophical, historical, pedagogical, methodological, psychological, and pedagogical literature, conversation, pedagogical observation, questionnaires, diagnostics, and pedagogical experiment. The theoretical views, research methods, and approaches are determined by the fact that they are taken from official sources, based on domestic and foreign research in the field of pedagogical education.

DISCUSSION AND RESULTS: this article covers the pedagogical foundations and methodology for organizing students' learning activities through the use of exercises to ensure the development of independent thinking in biology education.

CONCLUSION: in conclusion, it can be said that performing exercises aimed at learning the subject initiates the process of independent thinking to acquire new information. Using exercises based on an independent approach during the learning process ensures the development of skills and abilities, helps in forming the skill of accurately expressing the content of the topic, and allows students to control and analyze the knowledge they have acquired.

Key words: knowledge, skills, skills, exercise, work, information, thinking, knowledge acquisition.

For citation: Sirojiddin Z. Jumayev (2024) 'Using exercises to develop skills and abilities in biology teaching', Inter education & global study, (10), pp. 122-130. (In Uzbek).

Biologiyani o'qitishni tashkil etishning asosiy maqsadi ularning mazkur fan bo'yicha bilimlarni to'g'ri o'zlashtirishlarini ta'minlash hamda zaruriy ko'nikmalarni egallashlari, malakalarni to'liq egallab olishlariga erishishdan iborat. O'quv jarayonining tashkil etilishi natijasida biologiya fani bo'yicha bilimlarni izchillik, tizimlilik va amaliy natijalar asosida o'zlashtiriladi. Ta'lim berish jarayonining samarasi o'qitishning shakl, metod va vositalarini qo'llagan holda, bilish faoliyatlarini to'laqonli amalga oshirishga asoslanadi.

Inson yangi ma'lumotlarni o'rganishi bilish faoliyati orqali amalga oshiriladi. Bilish faoliyati kognitiv soha asosida o'rganiladi. Kognitiv (bilish) sohaga o'rganuvchining bilim, ko'nikma, malaka va kompetensiyalarga egalik qilishdan oldin psixologik - pedagogik talablar kiritiladi. Ya'ni yangi axborotni idrok etish, uning mohiyatini chuqur anglash, hayotga joriy etish, nazariy fikrlarni qiyoslash natijasida xulosa chiqarish, axborotni idrok etish va baholash qobiliyatiga erishish kabilarni o'zida namoyon etadi[1; 15-b.].

Chex pedagogi Y.A. Komenskiy materiallarni puxta va chuqur o'zlashtirishga katta ahamiyat bergan. O'rganilayotgan narsalarni o'zaro bog'lab "mustahkam asos" yaratish va ta'limni olib borish zarurligini ta'kidlagan. O'tilgan mavzuni mashq qilish va takrorlash o'quvchilarning mustahkam o'zlashtirishiga olib keladi deb ta'kidlagan. [2;273-b.].

Biologiyadan o'rganiladigan tushunchalarning o'zaro aloqadorligini uzviylik va izchillik asosida o'rganish ta'lim sifatini ta'minlashda muhim hisoblanadi. Biologiyani o'zlashtirishda o'rganuvchilarni sifatli tahsil olishi uchun shunchaki o'qishning o'zi yetarli emas. Ta'limni sifatli yo'lga qo'yilishida, eng avvalo, ma'lumotlarni o'qib o'rganib chiqish,

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 10

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal ISSN 2992-9024 (online)

Научно-теоретический и методический журнал ОПО/1 Mo 1П

Scientific theoretical and methodical journal 2024, № 10

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

o'rganilgan ma'lumotlar qay darajada o'rganilganligini tekshirish hamda kamchiliklarni aniqlash, aniqlangan, ya'ni o'rganilmay qolgan qismlarini takroran o'rgatish orqali ta'minlash mumkin. O'qish orqali o'rganishdan hosil qilingan bilimning egallanganlik darajasini aniqlanmasligi jarayonlarni o'rganilishidagi izchillikning buzilishiga, o'rganuvchining ma'lumotlarni to'liq o'zlashtirmasligiga sabab bo'ladi.

Aqliy faoliyatni tadrijiy ravishda shakllantirish nazariyasida bilimlarni o'zlashtirish jarayoni har bir mashqda (o'quv vazifasini bajarishda) bir yoki bir nechta aqliy harakatlardan iborat bo'lgan aqliy harakatlar (harakatlar) shaklida amalga oshiriladiga n o'rganuvchining o'quv-bilish faoliyati sifatida qaraladi. O'rganuvchilarda mustaqil fikrlash ko'nikmalarining mavjudligi biologiya mavzularini o'rgatishda muhim ahamiyat kasb etadi. Biologiyadan o'tiladigan mavzularni o'rgatishda o'rganuvchilarning mustaqil fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirishga ahamiyat berish lozim.

O'rganuvchilarning mustaqil fikrlashini ta'minlashda pedagog o'quv-bilish faoliyatining har bir elementi, o'rganish ketma-ketligi, mavzuga oid muammoli vaziyatlarni mavzu mazmunidan kelib chiqib shakllantiradi. O'rganuvchilarning o'quv-bilish faoliyatini mazkur muammoning javobini topishga qaratgan bo'lishi zarur. Bu esa mustaqil fikrlashni amalga oshirish bosqichlarini ketma-ketlik asosda bajaradigan topshiriqlardan foydalanish orqali amalga oshiriladi. Mustaqil fikrlashning tashkil etilishi nazariy egallangan bilimlarga asoslangn holda amalda qo'llanishiga sabab bo'ladi. Mustaqil fikrlashni amalga oshiradigan topshiriqlar egallangan nazariy amaliyotda bilim, ko'nikma, malaka va kompetensiyalarni tatbiq etishga olib keladi.

Mustaqil fikrlashning bosqichlari muammoli holatlarni tahlil qilish, gipotezalarni olg'a surish, ilgari egallangan bilim, ko'nikma, malaka va kompetensiyalarni boshqa yangi vaziyatlarda tatbiq eta olish, yangi bilim, ko'nikma, malaka va kompetensiyalarni rivojlantirish, o'z fikrlarini dalillashlardan tashkil topganligi rasm tarzida tasvirlandi.

С I. Muammoli vaziyatlarni tahlil qilish. Г И. Farazlarni ilgari surish.

III. Avval o'zlashtirgan bilim, ko'nikma va malakaiami

• yangi vaziyatlarda qo'llab, yangi bilim, ko'nikm a va malakaiami egallash.

Q IV. О'zfikrini dalillash.

Mustaqil

fikr yuritish

quyidagi

hosqiclilardn

amalga

oshiriladi

' V.Javobning to g'riligini tekshirib ko'rish.

1-rasm. Mustaqil fikr yuritish bosqichlari.

Amaliyot va nazariya uyg'unligini ta'minlash pedagogik jihatdan murakkab vazifa hisoblanadi. Muayyan vaziyat va muammoning mohiyatiga qarab muammoli topshiriqlar yordamida yaxshi natijalar yaratilishi mumkin. Faktlarni va ma'lumotlarni o'rganishda, topshiriqlar va mashqlar hamda masalalarni yechishda muammoli vaziyatlarni yaratishdan foydalanish qo'l keladi.

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 10

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Nazariy bilimlar asosida amaliyotda ko'nikmalarni tarkib toptirish har qaysi o'rganuvchining o'ziga xos individual xususiyatlariga bog'liq. O'rganuvchilarning individual jihatlari turlicha bo'lganligi bois o'quv-bilish faoliyati barcha o'rganuvchiga bir xil tartibda amalga oshirilganda o'rganuvchilar o'zlashtirish samaradorligi va bilim o'zlashtirish darajalari bo'yicha natijalar ham turlicha bo'ladi. Differensial ta'limni ta'minlashda ta'limning sifatini oshirishga qaratilgan individuallashtirilgan topshiriqlarning turlarini oshirish muamosini vujudga keltiradi.

O'zlashtirish shaxsning individual xususiyatlari bilan chambarchas bog'langanligi sababli, o'quv-bilish jarayonini differensial yondashuv va maqsadga yo'naltirilganlik negizida tashkillashtirish, xotirani shakllantirish, xulq-atvorni rivojlantirish, shuningdek, axborotni o'zlashtirishning yakka tartibdagi metodlaridan keng ko'lamda foydalanish lozim.

M.G.Davletshin fikricha, ko'nikma va malakalarning shakllanish qonuniyatlarini o'rganish, biror-bir faoliyatni egallashni tushunish qobiliyat va ko'nikmalarni tushunishdan boshlanishi kerak, odamlar faoliyatning turli turlarida qo'llaydigan shunday ko'nikma va malakalar mavjud. Bular harakat, sensor va aqliy ko'nikmalardir. Harakatliga jismoniy mehnatga oid bo'lgan barcha ko'nikmalar; sensorlikka yorug'lik, tovush va signal ma'lumotlari yordamida boshqarishda tez va aniq o'lchanadigan idrok etish; aqliy (intellektual) - og'zaki va yozma hisob-kitoblarni bir lahzada amalga oshirish, joylashuv va xaritada mo'ljalni aniqlash, kitob bilan ishlash, arxiv materiallarini yig'ish, ilmiy eksperiment o'tkazish va boshqalar kiradi [3;24-b.].

Ta'lim berish davomida ikkita element (ta'lim va tarbiya) bir maqsadga erishishga qaratiladi: ta'limning turli xil vositalari va usullarini qo'llash hisobiga o'quv-tarbiyaviy ishlar shiddatini oshirish, ijtimoiy buyurtmani bajarish. Shu asosda mazkur jarayonda o'rganuvchida qobiliyatlar, shaxsiy sifatlar, ma'naviy-axloqiy o'ziga xosliklar, bilish qobiliyatlari (tafakkur, xotira, tasavvur, iroda va h.k.) rivojlanadi.

O'rganuvchilarda bilish qobilyatlarini rivojlantirish tizimi

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Jadvaldan ko'rinib turibdiki, shaxsni shakllantirishning yagona maqsadiga ta'lim-tarbiyaviy jarayonning butun tarkibiy qismlari, ya'ni barcha elementlari: ta'lim maqsadi, ta'lim vazifalari, o'qituvchi, ta'lim oluvchi, ta'lim mazmuni, metodlari, shakllari, vositalari, mustaqil ta'lim topshiriqlari, mustaqil faoliyat, nazorat va o'z-o'zini nazorat qilish orqali erishiladi. Binobarin, ta'lim-tarbiyani alohida emas, balki yaxlit holda ko'rib chiqish, amalga oshirish ta'lim jarayoni ko'zlangan maqsadga erishish yo'li yaqinlashtiradi. Yuqorida ta'kidlaganimizdek, voqelikdagi barcha narsalar bir butun tizim sifatida o'zaro aloqador. Agar ulardan birining funksiyasi buzilsa yoki ulardan biri ishlamasa, maqsadga erishib bo'lmaydi [4;63-64-b.].

Biologiya mazmunini o'rganishda ma'lumotlarning ko'pligi va o'quv faoliyati elementlarining xilma-xilligi tegishli o'qitish usullaridan foydalanishda qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi, bu esa katta vaqt sarfiga olib keladi.

Mashqlarni bajarish natijasida tushunchalarni o'zlashtirish va yangiliklarni o'rganish uchun zarur sharoitlarga ega bo'ladilar. Bu esa mashqlar tizimi orqali bir qator tushunchalarni o'zlashtirishda, o'rganuvchilar bilimini faollashtirish va rivojlantirishda, o'rganuvchilarning mavzuni chuqur o'rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Mashqlarni bajarish yordamida tushunchalarni egallashda asosiy vazifalarni bajaradigan quyidagi mezonlar: tushunchalarni o'zlashtirishni to'liq amalga oshirish (o'rganuvchilar tomonidan o'rganilayotgan tushunchalarni to'liq qamrab olish), ular o'rtasidagi tushunchalarning o'zaro bog'liqligiga ko'ra o'zlashtirish, muayyan tushunchalarning o'zaro bog'liqligini tushunish, o'quv faolligini faollashtirish o'quv, amaliy ta'lim vazifalarini bajarishda qo'llaniladi.

Mashqlarning asosiy maqsadi o'quv-ishlab chiqarish masalalarini yechishda olgan bilimlarini qo'llash ko'nikma va malakalarini shakllantirish. Bu, tabiiyki, o'rganuvchilar zarur bilimlarni o'zlashtirgandan so'ng o'quv jarayoniga mashqlarni kiritishni taqozo etadi. Bu talab barcha mashqlarga, ayniqsa ta'limning boshlang'ich bosqichlarida o'tkaziladigan mashg'ulotlarga taalluqli. Biroq, keyinchalik, o'rganuvchilar yetarli bilim va amaliy tajribaga ega bo'lishlari bilanoq quyidagi mashqlarni berish mumkin:ularni bajarish uchun o'rganuvchilarda zarur bo'lgan ayrim bilimlar bo'lmasligi mumkin. Bunday hollarda mashqlar mavjud bilimlarni mustahkamlash va takomillashtirish bilan bir qatorda, yangi bilimlarni o'zlashtirish vositasi ham bo'lib xizmat qiladi [ 5;111 -b.].

Mashq - o'z bilimlarini chuqurlashtirish va tegishli ko'nikma va malakalarni shakllantirish maqsadida harakatlarni og'zaki va yozma ravishda takrorlash. Mashq qilish - ta'lim oluvchilarning o'z qobiliyatlari, bilim, ko'nikma va malakalarini rivojlantirishga qaratilgan faoliyati [7;3-b.].

Mustaqil ta'lim asosida tashkil qilingan o'quv-bilish jarayonida faqatgina bilim egallashdan iborat bo'lmasdan, balki ko'nikmlarni rivojlantirishga yo'naltirilishi kerak. Bilimni ko'nikmaga aylantirish uchun topshiriqlardan foydalaniladi. Topshiriqlar takror bajarilishidan egallangan bilimlarning ko'nikmalarga aylanish jarayoni sodir bo'ladi. Ko'nikmalarni hosil qilish uchun ma'lum bir maxsus metodlardan foydalanishni talab qiladi

[6;4-b.].

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal ISSN 2992-9024 (online)

Научно-теоретический и методический журнал ОПО/1 Mo 1П

Scientific theoretical and methodical journal 2024, № 10

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

O'rganuvchilar tomonidan fanni o'zlashtirishda o'rganuvchilarning o'quv faoliyati professor-o'qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlar asosida tashkil etiladi. Fanni o'qitishdagi mashq o'rganuvchiga ma'lum bir ko'nikmani o'rgatishga asoslanadi, shuning uchun berilgan topshiriqni bajarayotgan o'rganuvchining faoliyati o'qitish jarayonining tuzilishida asosiy o'rinni egallaydi.

2-rasm. O'qitish jarayonining tuzilishi.

Mashq qilish deganda biz mustaqil ta'lim olish, ko'nikmalarni shakllantirish bo'yicha ish, tayyorgarlik ishi va uni qayta bajarishni tushunamiz. Mashq — inson o'z oldiga qo'yadigan maqsadga erishish ham ijobiy natijaga erishishga yo'naltirilgan zahmatli mehnatdir. Mashq qilmay o'quv va amaliy ko'nikma va malakalarni egallash mumkin emas.

Ushbu jadvaldan ma'lumki, ta'lim jarayonining maqsadi va mazmuni umumlashtirilgan holda ifodalanadi va ta'lim elementlarini (o'qitish, o'qitish, o'qitish va baholashning maqsadi) belgilaydi. Umumiy maqsad va ma'no ta'lim maqsadlarini aniqlashtirish orqali ifodalanadi, ta'lim va o'qitish jarayonlari sozlanadi, shuningdek, ta'lim oluvchilarning o'zlashtirish darajasi oldindan tekshiriladi. Shuningdek, yo'l qo'yilgan xatolarni tuzatish haqida ta'lim maqsadi, o'quvchi va o'qituvchiga ma'lum qilinadi, natijada ta'lim sohasida amalga oshiriladigan ishlar tizimiga tegishli o'zgartirishlar kiritiladi.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

O'rganuvchining o'quv-bilish faoliyatini mashq asosida tashkil etish uchun o'qituvchi topshiriqni rejalashtiradi, o'rganuvchi tomonidan uni bajarishni amalga oshiradi va mashq asosida o'rganuvchining o'zini o'zi baholash ko'nikmasini shakllantiradi. O'rgan uvchining ko'nikmalarini rivojlantirish va o'quv faolligini yaratish uchun mashg'ulotlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Mashqlarni bajarish fanni o'qitish o'quv vazifasini amalga oshirishda va o'rganuvchilarning o'quv-tarbiyaviy faoliyatini tashkil etishda ijobiy ahamiyat kasb etishini inobatga olish lozim. Y.A.Komenskiy materialni puxta va asosli o'zlashtirishga katta ahamiyat beradi, mustahkam poydevor yaratish va ta'limni o'zaro chambarchas bog'liqlikda olib borish zarurligini ta'kidlaydi. Har bir mavzu majburiy hajmda qisqa va aniq ifodalanishi kerak. O'tilgan mavzuni mashq qilish va takrorlash o'quvchilarning uni puxta o'zlashtirishiga olib keladi. Darsda takrorlangan material xotirada yaxshiroq saqlanib qoladi. U ovoz chiqarib takrorlash juda foydali ekanini ko'rsatad i [7;2-b.].

Ko'nikma - anglashilgan faoliyatni qisqa vaqt ichida, yuqori sifatda, to'g'ridan to'g'ri, kam jismoniy hamda asab kuchi bilan amalga oshirish. Shakllantirishning dastlabki davrlarida bunday xatti-harakatlar katta e'tibor bilan bajariladi. Keyinchalik diqqat nazorati kamayib, natijada, avtomatik tarzda harakatga aylanib qoladi. Harakat turlari uch turga: harakat ko'nikmalari, sensor ko'nikmalar, aqliy ko'nikmalarga bo'linadi. Ko'nikmalar doimiy

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 10

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

mashq yordamida talab darajasida saqlab turiladi. Ma'lum davr oralig'ida takrorlanmaslik ko'nikma darajasining pasayishiga sabab bo'ladi. U takroriy mashqlar, malaka oshirish yo'li bilangina qaytadan tiklanadi.

Ko'nikmalarning hosil qilinishida bajariladigan topshiriqlar egallangan bilimlarni notanish vaziyatlarda qo'llay olishni avtomatik ravishda qiyinchiliklarsiz bajarishga o'rgatadi. Kognitiv faoliyatni uyushtirishda qo'llaniladigan mashqlar ko'nikmalarni shakllantirishga yordam beradi va o'rganuvchilarning bilim olishini nazorat qiladi. Bunda foydalaniladigan topshiriqlar o'rganuvchilarda mavzuni o'rganishga, professor o'qituvchini mavzu mazmunini o'rgatish vazifasini bajarishga, ko'nikmalarni hosil qilish xu susiyatiga ega bo'ladi.

Biologiyani o'qitish o'rganuvchilarning o'zlashtirish darajalarini nazorat qilib borish, ya'ni o'qitish mazmunining o'rganilgan va o'rganilmagan jihatlarini aniqlash, o'rganuvchilarda aniqlanadigan kamchiliklarni bartaraf etishga xizmat qiluvchi metod yoki vositadan foydalanishni talab qiladi. O'rganuvchilar mavzuning o'rganilmagan qismni aniqlab, qayta takroran o'rganishi mavzuni to'liq o'rganish vazifasini bajaradi. Natijada, o'rganuvchi bilimidagi kamchiliklarni to'g'rilash maqsadida o'rganganlarini takrorlab, o'rganib chiqadi. Mavzuning aniqlangan kamchiliklarini qaytadan o'rganib chiqish, topshiriqlardan foydalanish, o'rganuvchi mavzu bo'yicha to'laqonli bilim olishga undovchi bo'lib xizmat qiladi

O'rganuvchida o'zlashtirishga bo'lgan ishtiyoqni uyg'otish - yetuk, ijodkor pedagoglarga tegishli bo'lgan xususiyat. O'quvchida o'qishga motiv mavjudligidan dalolat beruvchi muhim xususiyatlardan biri - bu o'quv vazifasini amalga oshirishga tez va batafsil kirishishi, o'rganishga bo'lgan qiziqishning bardavomligi. O'rganuvchining o'rganish motivlari kuchli yoki kuchsiz darajada namoyon bo'lishi mumkin. Motivlar o'z-o'zidan vujudga kelmaydi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. Musurmanova A., Isaqulova N.J., Jumaniyozova M.T., Jumayev A.Sh. / Umumiy pedagogika / darslik/. — Toshkent.: Innovatsiya-Ziyo, 2020. — 194 bet.

2. Hashimov K., Nishonova S.. Pedagogika tarixi: Darslik. Q2/ Toshkent.;Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2005.- 304 b.

3. Давлетшин М.Г. Общая психология/ Курс лекций. - Ташкент, 2003. - с. 48.

4. Jurayev B.T. Pedagogik va psixologik fanlarni o'qitish metodikasi [Matn] : o'quv qo'llanma.- Buxoro : Fan va ta'lim, 2022. -326 b.

5. Ismailova Z.K., Maxsudov P.M., Ergashev O.K. «Mutaxassislik fanlarini o'qitish metodikasi». Darslik «Yangi asr avlodi», 2020-yil 262 b.

6. Ergashevich, R. U. (2019). Cognitive tasks in educational-upbringing process on biology. International scientific review, (LVII), 60-61.

7. Rakhmatov, U. E. (2018). DEVELOPMENT OF CREATIVE ABILITIES OF PUPILS UNDER USING TASKS AND PROBLEMS IN BIOLOGY LESSONS. In XLIII

[8;3-b.].

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE" INTERNATIONAL SCIENTIFIC REVIEW OF THE PROBLEMS AND PROSPECTS OF MODERN SCIENCE AND EDUCATION" (pp. 112-113). 8. Ergashevich, R. U. (2018). A perfection of the professional competence of teachers by using of creative works in biology lessons under solving tasks and exercises. European science review, (3-4), 225-227.

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

^Jumayev Sirojiddin Zafarovich, Biologiya va uni o'qitish metodikasi kafedrasi p.f.f.d (PhD), dotsent, [Жумаев Сирожиддин Зафарович, , кафедра биологии и методики её преподавания, p.f.f.d (PhD), и.о. доцента], [Sirojiddin Z. Jumayev Department of Biology and its Teaching Methodology, p.f.f.d (PhD), Acting Associate Professor]; manzil: O'zbekiston, Toshkent sh., Chilonzor tumani, Bunyodkor ko'chasi 27 uy,[адреc: Узбекистан, ул. Бунёдкор, 27, г. Ташкент], [address: Uzbekistan, 27, Bunyodkor st., Tashkent city]

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.