Научная статья на тему 'BIOLABORATORIYALARDA KATTA MUM KUYASINI (GALLERIAE MELLONELLA L.) KO’PAYTIRISH VA UNING SIFAT KO’RSATKICHI'

BIOLABORATORIYALARDA KATTA MUM KUYASINI (GALLERIAE MELLONELLA L.) KO’PAYTIRISH VA UNING SIFAT KO’RSATKICHI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
32
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Brakon / katta mum kuyasi / g’umbak / imago / pilla / biolaboratoriya / liniya / margarin / merva / meva qoqi / avtoklav / elektr pechkasi / quritish shkafi / birlamchi mahsulot.

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Sh.H.To’Xtayev, M.F.Xayrulloyev, Sh.U.Ro’Ziyev

Foydali hasharotlarni keng ko’lamda qo’llash uchun, ularni ommaviy ko’paytirish mexanizatsiyalashtirilgan usulda olib borilishi, dalaga tarqatish va hokazolar hozirgi kun muammolaridan biri bo’lib kelmoqda. Ayniqsa, chetdan foydali hasharotlarni keltirib iqlimlashtirish (introduksiya) borasida ko’plab ishlar olib borilmoqda. Katta mum kuyasi brakon ko’paytirish, mikrobiologik preparatlarni sinash va biokimyoviy izlanishlar olib borish uchun xomashyo mahsuloti hisoblanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BIOLABORATORIYALARDA KATTA MUM KUYASINI (GALLERIAE MELLONELLA L.) KO’PAYTIRISH VA UNING SIFAT KO’RSATKICHI»

BIOLABORATORIYALARDA KATTA MUM KUYASINI (GALLERIAE MELLONELLA

L.) KO'PAYTIRISH VA UNING SIFAT KO'RSATKICHI 1Sh.H.To'xtayev, 2M.F.Xayrulloyev, 3Sh.U.Ro'ziyev

1dotsent, 2o'qtuvchi, 3talaba Buxoro davlat universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.10936455

Annotatsiya. Foydali hasharotlarni keng ko'lamda qo'llash uchun, ularni ommaviy ko'paytirish mexanizatsiyalashtirilgan usulda olib borilishi, dalaga tarqatish va hokazolar hozirgi kun muammolaridan biri bo'lib kelmoqda. Ayniqsa, chetdan foydali hasharotlarni keltirib iqlimlashtirish (introduksiya) borasida ko'plab ishlar olib borilmoqda.

Katta mum kuyasi brakon ko'paytirish, mikrobiologik preparatlarni sinash va biokimyoviy izlanishlar olib borish uchun xomashyo mahsuloti hisoblanadi.

Kalit so'zlar: Brakon, katta mum kuyasi, g'umbak, imago, pilla, biolaboratoriya, liniya, margarin, merva, meva qoqi, avtoklav, elektr pechkasi, quritish shkafi, birlamchi mahsulot.

Аннотация. Одной из проблем современности является массовое размножение полезных насекомых механизированным способом, распространение в поле и т. д. для использования полезных насекомых в больших масштабах. В частности, ведется большая работа по акклиматизации (интродукции) полезных насекомых из-за границы.

Крупная восковая моль является сырьем для разведения, испытаний микробиологических препаратов и проведения биохимических исследований.

Ключовые слова: Бракон, восковая моль крупная, гриб, имаго, кокон, биолаборатория, линия, маргарин, шелковица, кожура плодов, автоклав, электрическая духовка, сушильный шкаф, первичный продукт.

Abstract. In order to use beneficial insects on a large scale, their mass reproduction in a mechanized way, distribution in the field, etc., is one of the problems of today. In particular, a lot of work is being done on acclimatization (introduction) of beneficial insects from abroad.

Large wax moth is a raw material for breeding, testing microbiological preparations and conducting biochemical research.

Keywords: Bracon, large wax moth, mushroom, imago, cocoon, biological laboratory, line, margarine, mulberry, fruit peel, autoclave, electric oven, drying cabinet, primary product.

Katta mum kuyasini biologik xususiyatlari.

Sinf hasharotlar - Insecta (Herapoda).

Turkum. Tanga qanotlilar - Lepidoptera.

Oila. Parvona kapalaklar - Puralidae.

Katta mum kuyasi (Galleriae mellonella L.) uning boshqa bir nomi asalari parvonasi ham deb ataladi. Ular dengiz sathidan 1500-2000 metr balandlikda va iqlim sharoiti mos kelmagan geografik mintaqadan tashqari, yer sharining asalari uchraydigan hamma joylarda uchraydi.

Katta mum kuyasining urg'ochi kapalagi qanotining uzunligi 33-35 mm (o'rtacha 33 mm) ga boradi. Tanasi va qanoti och jigarrangda, qanoti kulrang tanachalar bilan qoplangan orqa qanoti oqish kulrang sariq dog'lari bor, qorin qismi 10 bo'g'imdan va oxirgi qismida tuxum qo'ygichi bor. Erkak kapalaklar tinch holatda qanotlari keng yoyilgan, urg'ochilarning qanotlari yig'ilgan bo'ladi. Erkagi urg'ochi kapalaklarni o'ziga jalb qilish maqsadida o'zidan maxsus hid chiqaradi. Urg'ochilari 10-20 kun yashaydi, shu davr ichida otalanadi va tuxumini alohida to'plam holida 80-100 donadan jami 600-2000 tagacha tuxum qo'yadi. Tuxum oq yassi shaklda uzunligi 0,5-0,6

mm. Qurtlar dastlab birinchi yoshda oq rangda, boshi och sarg'ish. Tanasi siyrak qo'ng'ir tuklar bilan qoplangan. Katta yoshlari kulrang, tana uzunligi 30-40 mm gacha bosh qismi qo'ng'ir tusli bo'ladi. G'umbagi dastlab sarg'ish va rivojlanishi oxirida jigarrangda bo'ladi. G'umbagining uzunligi 14-18 mm, pillasi kulrang o'lchami 20-25 mm ularni o'lchami doim o'zgaruvchan bo'lib oziqlanishga bog'liq katta mum kuyasining rivojlanishi harorat va nisbiy havo namligiga bog'liq holda tuxum 7-10 kungacha, qurtlar 25-30, g'umbak 8-10 kun, yetuk zotlar (imago) 10 kun yashaydi. Qulay haroratda (30-32 oC) rivojlanishi 40-45 kun, 20o C da 70-80 kungacha davom etadi. Harorat 10o C da hasharot rivojlanishdan qoladi yoki bu holatda asalari uyalarida qishlab chiqadi. G'umbakdan kapalakning chiqishi ertalab soat 6 dan 16 gacha davom etadi va kechqurungacha joyida qoladi. Lichinkalarning oziqlanishi va haroratga bog'liq holda kapalaklarning rangi va o'lchami o'zgaruvchan. Kapalakning og'iz va ovqat hazm qilish apparati yaxshi rivojlanmagan. Voyaga yetgan kapalaklar oziqlanmaydi va lichinkalik davrida yig'ilgan oziq modda hisobiga rivojlanadi. Havo harorati sovuq kelganda katta mum kuyasi hamma bosqichlarida nobud bo'ladi. Tuxumdan chiqqan qurtlar rivojlanish davomida oziqa bo'ylab o'zlariga yo'lak tayyorlaydi, shu yo'lak bo'ylab harakatlanadi va oziqlanadi. Bir yilda 3ta avlod berib rivojlanadi. Laboratoriya sharoitida 6-7 ta bo'g'in berib rivojlanadi. Tuxum qo'yish 2 daqiqa (54 ta tuxum) davom etadi. Tabiiy sharoitda tuxum qo'yish 4 kecha-kunduz davom etadi. Tuxumdan chiqqan dastlabki qurtlar, 10-20 daqiqa davomida sekin harakatlanadi, keyinchalik faolligi ortib boradi. Ikki soatdan so'ng 5-10 daqiqa asal bilan oziqlanadi (laboratoriyada sun'iy ozuqa bilan) va keyingi kunlari mum bilan oziqlanishda davom etadi. Asosan qurtlari ba'zan g'umbaklari qishlab chiqadi.

Hozirgi kunda katta mum kuyasi qurtlari qo'lda va mexanizatsiyalashgan liniyalarda ko'paytirilmoqda. Shu munosabat bilan ularni rivojlanishi davomida sifat ko'rsatkich bo'yicha yetarlicha ma'lumotlar hozircha ma'lum emas. Shu bois biz ularni sifat ko'rsatkichi bo'yicha laboratoriya sharoitida o'rganib chiqdik.

Bu yerda har 1 kg suniy oziq muhitda 1100 ta tuxum joylashtiriladi. Oziqlar kerakli miqdorda haftada bir marta tayyorlanadi. Tuxumlarni qo'yish uchun plastinkali taxtacha to'plami (20x0,7mm) dan foydalaniladi. Plastinkalardan har kunda tuxumlar yig'ib olindi.

Qo'lda va mexanizatsiyalashtirilgan liniyalarda ko'paytirilayotgan katta mum kuyasini sifat ko'rsatkichlari

(1-jadval)

Ko'rsatmalar O'lchov birligi (gramm; dona) Mexanizatsiya Qo'lda ko'paytirish

Bir dona kapalakning o'lchami.

- urg'ochi kapalaklar mm 31 29

- erkak kapalaklar mm 29 26

- bir dona qurtning vazni mg 210 189

- g'umbakning vazni mg 170 163

Bir dona kapalakning pushtdorligi Dona 788 756

Urg'ochi kapalaklar miqdori % 54 52

Erkak va urg'ochi kaplaklar nisbati - 1:7 1:1,5

Shikastlangan qurtlar % 5,0 6,2

Yashovchanligi % 80 80

Yetuk zotning rivojlanishi davomiyligi harorat (30-32o C) da kun 17 15

Bir dona tuxumning vazni mg 0,034 0,033

1 gramm tuxumdagi qurtlar (1000 dona) Dona 29,1 28,4

Ushbu ishlab chiqilgan stanc artga rioya etilganda katta mumkuyasini sifat ko'rsatkichlari

yaxshilanadi va brakonni ko'paytirishda uni nufuzini va biologik samaradorligini yaxshilash imkonini beradi. Yuqorida ko'rsatib o'tilgan katta mum kuyasini sifat ko'rsatkichlarini aniqlash bo'yicha quyidagi ko'rsatmalar beriladi.

Sun'iy oziq muhit tayyorlash. Katta mum kuyasini ko'paytirish bo'yicha bir necha xil oziqli muhit tavsiya etilgan. Hozirda eng oddiy va arzon oziq (margarin, makkajo'xori, merva, bug'doy un, shakar, meva qoqi, ovqat qoldiqlari) muhitda parvarish qilinadigan qurtlar, kapalaklar o'zidan keying avlodni davomiyligini tezlashtiradi. Hamma qo'shilmalar aralashtiriladi va avtoklav, elector pechkasi va quritish shkaflarida 120-130 haroratda tayyorlanadi.

Bu oziq muhit katta mum kuyasi dastlabki mahsulotni hozirlash va qurtlarni ommaviy ko'paytirish uchun foydalaniladi.

Katta mum kuyasini ommaviy ko'paytirishda turli xil qo'shilmadan iborat oziq muhitdan foydalaniladi. Bu esa o'z navbatida katta mum kuyasi qurtlarini oziqlanishi davomida har xil omillarni keltirib chiqaradi. Oziq muhit tarkibidagi makka uni 3-4 kundan so'ng yumshoqligini yo'qotadi. Natijada qurtlarning oziqlanishi qiyinlashadi. Aksincha 1 sm maydonda qurtlar soni me'yordan ko'p bo'lishi ularni bir-birini jarohatlashga olib keladi. Bu asosiy ta'sir etuvchi omillardan biri hisoblanadi. Shu bilan birga oziq muhitni sifatli tayyorlanmasligi, sanitariya-gigiyena qoidalarining buzilishi hisobiga qurtlarning turli xil mikroorganizmlar bilan kasallanishiga olib keladi. Shuning uchun yuqorida ko'rsatib o'tilgan muammolar o'z vaqtida bartaraf qilinsa biolaboratoriyalarda ko'paytirilayotgan qurtlar, brakonlarni yig'ish va ulardan foydalanishda katta muvaffaqiyatlarga erishish mumkin.

Maxsus idishlarda ko'paytirish. Qurtlar solingan idishlarda ozuqaniing qalinligi 7-10 sm dan oshmasligi kerak. Qurtlar katta yosshga o'ta boshlagach 1-1,5 kg dan ozuqa aralaashmasi berib boriladi.

Ish jarayonida matoga to'plangan katta yoshdagi qurtlar har juni terib olinadi. Yig'ilgan qurtlar brakon va mum kaolagini ko'paytirish uchun foydalaniladi. Katta mum kuyasi kapalagini ko'paytirish va yuqori sifatli biomahsulot olish ko'p jihatdan hasharot ozuqasining to'yimli bo'lishiga va ularni to'g'ri oziqlantirishnni tashkil etishga bog'liq.

Katta mum kuyasini qurtlarini oziqlantirish uchun foydalanilayotgan ozuqa tarkibi quyidagilardan iborat.

- makkajo'xori uni

- bug'doy uni

- shakar

- asalari mumi (mervasi)

- margarin

- meva qoqi

- sut

- sut achitqisi

10 kg. miqdorida ozuqa tayyorlash ucgun quyidagi mahsulotlar kerak bo'ladi.

2-jadval

№ Tarkibiy qismlar Qo'llash sharoitlari

Katta mum kuyasi onalik mahsulotini tayyorlash

1 kg. bug'doy uni

2 kg. shakar

01 4.8 kg. meva 2 atm. bosimda avtoklav yoki maxsus

0,2 kg. margarin 1,8 litr sut 0,2 kg sut achitqisi pechlarda 40-45 daqiqa sterillanadi

2,0 kg. shakar 2 atm. bosimda avtoklav yoki maxsus

02 5,8 kg. makkajo'xori uni 0,2 kg. margarin pechlarda 40-45 daqiqa sterillanadi

2,8 kg. bug'doy uni

2,0 kg. shakar 2 atm. bosimda avtoklav yoki maxsus

03 0,2 kg. margarin 3,8 litr sut 0,2 kg sut achitqisi pechlarda 40-45 daqiqa sterillanadi

Katta mum kuyasi sanoatlashgan usulda ko'paytirish borasida ko'pgina ilmiy ishlar olib borildi. Bu usulni mohiyati shundaki, katta mum kuyasini ko'paytirish ishlari mexanizatsiyalashgan usulda amalga oshiriladi.

Katta mum kuyasi quyidagi moslamalar yordamida ko'paytiriladi:

- mum kuyasi qurtlarini ko'paytirish moslamasi;

- qurtlarni yoshlar bo'yicha ajratuvchi qurilma;

- burmali qog'ozlarni tayyorlash moslamasi;

Katta mum kuyasini birlamchi mahsulotini tayyorlashda asalari uylarida va biolaboratoriyada ko'paytirilayotgan qurtlar yoki kapalaklardan foydalanish yaxshi samara beradi. Bu ishlar mavsumda ikki marta olib borilishi kerak.

Katta mum kuyasini ko'paytiruvchi moslama

Asosan xo'jayin hasharotning qurtlari sun'iy ozuqa solingan universal moslama tovarlarda katta yoshgacha parvarish qilinadi. Shkafga 6 ta tova, LB-40 yoritgichi, issiqlik va namlikni bir me;yorda tutib turuvchi elektr jihozi hamda kasallikni oldini olish maqsadida bakterisidli lampa o'rnatilgan. Katta mum kuyasini onalik mahsuloti va ularning ommaviy ko'paytirish ishlari maxsus moslamada amalga oshiriladi. Bitta liniyada 7 dona moslama tashkil qiladi. Moslamaning ish unumdorligi bir siklda 110-120000 ta qurt.

Biolaboratoriyalarda onalik mahsulotini yetishtirish davomida har bir avlod yoki bir sikl uchun alohida shisha idishga (3ta) 100 tadan kapalak solinadi va plastmassa taxtachalar to'plami qo'yiladi. Shisha idishlar moslamaga o'rnatilgan so'kchaklarga (18ta) joylashtiriladi. Taxtachalar alohida olinib, unga qo'yilgan tuxunlar ajratib olinadi va kerakli miqdorda tuxumlar yig'ib olinadi. Bu esa ortiqch ozuqani sarflanishini oldini oladi.

Katta mum kuyasi qurtini ko'paytirish uchun har bir tovaga 1 kg dan sun'iy ozuqa solinadi va 15000-20000 tagacha 1-2 yoshdagi qurtlar qo'yiladi. Qurtlarni yoshi orta borishi bilan ozuqa miqdori qo'shib boriladi.

Mum kuyasini bir me'yorda ko'paytirishda moslama ichida qulay harorat (30-32oC) va nisbiy havo namligi (75%) bir xilda tutib turiladi. Moslamada qurtning rivojlanishi 25-27 kun davom etadi.

Xulosa.

Xulosa o'znida shuni aytish joizki, ko'p yillardan buyon kattamum kuyasini ko'paytirish bo'yicha sun'iy oziqa muhitlaridan foydalanish tavsiya qilingan. Mirzaliyeva tomonidan (19811986 y.) oddiy va arzon narxdagi sun'iy oziq muhiti tayyorlandi va hozirgi kunga kelib respublikamizning hamma viloyatlarida foydalanib kelinmoqda.

So'nggi yillarda mum kuyasi va boshqa ozuqa muhitlaridan foydalanib brakon entomofagini ko'paytirish ommalashib ketgan. Umaman olganda brakon, trixogamma va oltinko'z entomofaglarini sun'iy mexanizatsiyalshtirilgan liniyalarda va odam qo'l mehnatisiz ko'paytirish texnologiyalari ishlab chiqilgan.

Biz yuqorida qayd etgan ma'lumotlarimiz, ya'ni mum kuyasini ko'paytirish uchun kerak bo'ladigan ozuqa muhitlari va boshqa shart-sharoitlar bu texnologiyalarni ommalashtirish uchun foydali manbaa bo'lib xizmat qilib kelmoqda.

REFERENCES

1. X.X.Kimsanboyev, Sh.S.Muhammadaliyev, M.I.Rashidov va boshqalar "Asalari mumi parvonasi". Toshkent. "Oqituvchi" 1999.

2. Sh.X.To'xtayev, F.A.G'aniyeva "Qishloq xo'jaligining asosiy ekinlarni zararli organizmlari va ularga qarshi kurashni biologik usullari".Uslubiy qo'llanma BuxDU Sharq nashriyoti 2020 y. 17-bet.

3. Успенский.Ф.М Какой должина быт система интегрированной зашиты растений Ж"Хлопководство" Москва, 1975. Стр.25-30

4. С.Н.Алимуhаммедов, Интегрированиya зашита растений и качество продукциya. Москва. "Хлопководство", 1983, №5.стр. 6-8

5. С.Н.Алимуhаммедов, Исследованиya по зашите хлопкового полya. Москва, Журнал "Зашита растений", 1983," №2.стр.18-20.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.