Научная статья на тему 'BIBLIOTERAPIYA KITOBLAR VOSITASIDA DAVOLASH USULI'

BIBLIOTERAPIYA KITOBLAR VOSITASIDA DAVOLASH USULI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
344
46
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
biblioterapiya / psixologiya / kitob / mutolaa / kutubxona / ruhiyat / ma’naviyat / tafakkur

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — To‘ychiyeva Dildoraxon

Ma’lumki, inson salomatligini tiklashda bir necha davolash usullari mavjud. Inson ruhiyatini davolashda bir qator psixologik usullar qo‘llanilishi sir emas. Kitoblar vositasida davolash usuli ham ana shunday uslublardan biri hisoblanadi. Mazkur maqolada biblioterapiya-kitoblar yordamida davolash usuli va uning foydali jihatlari, inson his-tuyg‘ulari hamda psixologiyasini o‘zgartirishda muhim ahamiyatga ega ekanligi haqida qiziqarli ma’lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BIBLIOTERAPIYA KITOBLAR VOSITASIDA DAVOLASH USULI»

BIBLIOTERAPIYA - KITOBLAR VOSITASIDA DAVOLASH USULI

To'ychiyeva Dildoraxon

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Ma'lumki, inson salomatligini tiklashda bir necha davolash usullari mavjud. Inson ruhiyatini davolashda bir qator psixologik usullar qo'llanilishi sir emas. Kitoblar vositasida davolash usuli ham ana shunday uslublardan biri hisoblanadi. Mazkur maqolada biblioterapiya-kitoblar yordamida davolash usuli va uning foydali jihatlari, inson his-tuyg'ulari hamda psixologiyasini o'zgartirishda muhim ahamiyatga ega ekanligi haqida qiziqarli ma'lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: biblioterapiya, psixologiya, kitob, mutolaa, kutubxona, ruhiyat, ma'naviyat, tafakkur

BIBLIOTHERAPY - METHOD OF TREATMENT THROUGH BOOKS

Toychiyeva Dildorakhan Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture

Abstract: It is known that there are several treatment methods for restoring human health. It is no secret that a number of psychological methods are used in the treatment of the human psyche. Book therapy is one such method. This article provides interesting information about the method of bibliotherapy-book treatment and its useful aspects, its importance in changing human emotions and psychology.

Keywords: bibliotherapy, psychology, book, reading, library, psyche, spirituality, thinking

Kitob - insonning eng yaqin do'sti va maslahatchisi, aql qayrog'i va bilim manbaidir. Kitob fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai b o'lgani uchun ham xalqimiz uni nonday aziz, mo'tabar va muqaddas deb hisoblagan. Shuning uchun kitobga bo'lgan muhabbat, uni qadrlash, o'qishga ishtiyoq xalqimizning qon-qoniga singib ketgan.

Kitob, nafaqat, inson tafakkurini, ma'naviyatini oshirishga yordam beradi, balki uning aqliy faoliyatini, ruhiyatini va xarakterini ham ijobiy tomonga o'zgarishiga katta ko'mak beradi.

Ma'lumki, tibbiyotda inson salomatligini davolashda bir qator davolash usullari mavjud. Tibbiyotda dori va muolajalar yordamida bemor davolansa, psixoterapiya sohasida esa so'z va ruhiy holat orqali davolanadi.

Mutolaa - miya uchun eng yaxshi mashq. Bu mashg'ulot miyaga qabul qilingan axborotning saqlanishini ta'minlaydigan asab tolalarini ko'paytiradi. Odatda kitobni ma'naviyatni boyituvchi, bilimni oshirib, fikrlash, dunyoqarashni o'stiruvchi vosita deb bilamiz. O'z navbatida xorijlik olimlarning tadqiqotlaridan ma'lum bo'lishicha, mutolaa inson salomatligi uchun ham foydali mashg'ulot ekan.

Odamlarning bir qismida eshitishdan ko'ra ko'rish orqali qabul qilish ko'proq rivojlangan. Shuning uchun og'zaki nutqdan ko'ra yozma so'zning ta'siri kuchliroq ko'rsatishi kasalliklarni davolashda va profilaktikasida adabiyotni qo'llash asoslaridan biridir. Shifokorlar va kutubxonachilar bu muammodan yaxshi xabardorlar, chunki psixoterapiyaning eng ko'p qo'llaniladigan turlaridan biri bu -biblioterapiyadir. "Biblioterapiya" so'zi grek tilidan olingan bo'lib, "biblion-kitob", "terapiya -davolash", ya'ni "kitob bilan davolash" degan ma'noni anglatadi.

Aslida bu atama qadim zamonlardan beri qo'llanib kelinmoqda. Yani kutubxonachilik fanida bu yangi atama emas. Biblioterapiya. Qadimiy manbalarga, taxminan, 1200-1300 yillar avval Qohiradagi ko'plab mahalliy kasalxonalarda Qur'oni Karim kitobidan tibbiy davolash vositasi sifatida keng foydalanilgan. Chunki Islom dinining muqaddas kitobi bo'lgan Qur'oni Karimning oyatlarini eshitgan har bir kishi o'zida o'zgacha ruhiy xotirjamlik, ma'naviy yetuklikni his qiladi.

Boshqacha qilib aytganda, kitoblar ko'p yillar davomida odamlar uchun davolash vositasi bo'lib kelgan. Biroq, " kitob o'qish orqali davolash" birinchi marta amerikalik Benjamin Rush tomonidan tavsiya etilgan.

Biblioterapiyaning eng muhim afzalliklaridan biri kitobni o'qigan odam o'zini to'liq qabul qila boshlaydi. Vaqt o'tishi bilan u odamning o'ziga bo'lgan ishonch hissi ortadi.

Biblioterapiya - tibbiy terapiyaning istiqbolli yo'nalishi bo'lib, uni ishlab chiqish hamda bemorlarning manfaati uchun qo'llash zarur va muhimdir.

Biblioterapiya to'g'ri odam bilan kerakli kitobni o'z vaqtida uchrashtirishdir. Ya'ni biblioterapiya uchun kitob tanlashda davolanayotgan insonning psixologik holati juda muhim hisoblanadi. Kitobni o'qiyotganda hissiy holatiga ko'ra inson muammolarga ijodiy yondashishni o'rganadi, ya'ni bu odamga muammalardan chiqishning boshqa yo'llari ham borligini rsatadi. O'z hayotidagi o'xshashliklarni, farqlarni asar qahramoni hayoti bilan solishtiradi. Fikr-mulohaza yuritadi.

Kitob bilan davolash individual va guruhli shaklda amalga oshirilishi mumkin. Individual davolashda bemorlarning kitob o'qishi, biblioterapevt tomonidan tuzilgan o'qilgan materialning keyingi tahlili bo'yicha amalga oshiriladi. Guruhli davolashda har qanday psixoterapevtik guruhlar yaralishida hisobga olinadigan talablardan tashqari, guruh a'zolarining o'qiy olish darajasiga va kitobxonlik qiziqishlariga ko'ra tanlash zarurdir. Kitob bilan davolashni 5-8 bemordan iborat guruhlarda o'tkazish maqsadga muvofiq bo'lar edi. Guruhli mashqlar davomida o'qish uchun, hajm

jihatdan uncha katta bo'lmagan asarlar tanlanadi. So'ng munozara yuzaga keladi, uning natijasida guruhdagi shaxslar o'rtasidagi munosabatlar tizimi aniq ko'rinadi, o'qilganning asosida yetik xulosalar qilinadi. Shuningdek, guruh a'zolarining badiiy adabiyotga munosabatlari aniqlanadi, va kam o'qiydiganlarda o'qishga qiziqish uyg'onadi. Suhbatlar maxsus moslamaga yozib olinadi va guruhni yetakchisi -psixoterapevt tomonidan tahlil qilinadi.

Davolash metodikasining mohiyati, adabiyotlarning individual ro'yxatini tuzish bilan amalga oshiriladigan maxsus adabiyot tanlovidir. Tanlovning asosiy qoidasi shundaki, kitob qahramoni, o'zining baxtsizligini yoki kasalligini boshqalarning yordamisiz yengib o'tishi kerak.

Bemor uchun o'qishning individual rejasini shifokor va kutubxonachi tuzishadi. U olti-sakkiz kitobdan iborat bo'ladi, hamda faqat kasalxonada bo'ladigan vaqti uchungina emas, balki muolajadan keyingi moslashuv uchun. Kitob tanlashda kasallikning xarakterini o'rganish bilan bir qatorda, bemorning intellektual darajasini, qiziqishlarini ham o'rganish lozim.

Biblioterapiya bilan shug'ullanuvchi kutubxonachi qanday sifatlarga va kasbiy mahorat darajasiga ega bolishi lozim? U bemorlar bilan muloqot qilishni bilishi, ularning so'rovlariga qiyinchiliksiz javob bera olishlari kerak. Kutubxonachining kitobxon bilan suhbati davomida, uning nutqi o'rtacha baland ovozda aniq yumshoq va mayin ohangda bo'lishi lozim. Suhbatni olib borayotgan kishi bosim o'tkazishga, majburlashga, buyruq berishga haqqi yo'q. Kutubxonachiga minnatdorlik bildirilganda, "hech qisi yo'q", "tashvishlanmang" kabi javob beradi. Ammo minnatdorlik so'zlarini javobsiz qoldirish mumkin emas.

Turli davr va xalqlarning mashhur odamlari - Pushkin, Gyugo, A.Tolstoy va Rubakin - kitobning odamga ta'siriga turlicha munosabat bildirishgan. Ularda kitobga va o'qishga muhabbat hissi bo'lgan, ularni qalblariga amr berguvchi, ma'naviy qadriyatlar himoyachisi deb bilganlar. Bu biblioterapiyaning asoslaridan biri hisoblanadi. A.Moruaning so'zlariga ko'ra, kitob insonning o'z ustida tik turishga imkon beradi. U boshqa xalqlarga yo'l ochadi. N.Rerix kitobni sevishga chorlagan, bu haqida V.Shklovskiyning aytishicha, kitobga bo'lgan haqiqiy muhabbat - bu olamni bilishga va o'rganishga muhabbatdir.

Afsuski, bugun vrach-psixoterpevtlar ba'zi klinikalardagina biblioterapiyadan foydalanadilar. Tibbiy muassasalar vrachlari, psixologlari, kutubxonachilari bo'lgan mutaxassislar yetishmasligi sababli bu sohada ancha oqsoqliklar yuzaga kelgan. Keyinchalik esa biblioterapiya sohasini rivojlantirish uchun bir qator ishlar amalga oshirildi. Kanadada biblioterapiya uchun vrach va kutubxonachilar tayyorlanadi. Germaniyada Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan biblioterapiyaning amalda qo'llanilishi to'g'risida qonun qabul qilindi. Rossiyada bu sohaning rivojlanishida O.L.Kabachek, A.Y.Shaposhnikov, Y.N.Dreshev va boshqalarning hissalari kattadir.

Biblioterapevtik mashg'ulotlarining bilim va ko'nikmalariga ega bo'lish kutubxona kasbining obro'sini oshiradi.

Demak, kitob mutolaa qilish faqatgina kishining tafakkurini, dunyoqarishini, ma'naviyatini oshirishdagina emas, balki uning salomatligini, ruhiy ma'naviyatini tiklashda hamda o'zligini anglashda ham katta ahamiyatga egadir. Bu borada hozirgi kunda o'zbek va jahon adabiyotida diniy va psixologik mavzularda yaratilayotgan badiiy adabiyotlar o'rni kattadir. Ulardagi tasvirlangan hayotiy voqealar, qahramonlar xarekteri va ilgari surilgan tarbiyaviy g'oyalar kitobxonni hayotga bo'lgan qarashlarini, o'z xarakterini ijobiy tomonga o'zgartirishga yordam beradi. Shunday ekan, bugungi kunda yoshlarimiz o'rtasida kitobxonlik madaniyatini keng targ'ib qilishimiz, ularni kitob bilan doimo oshno bo'lishga o'rgatishimiz kerak.

Zero, buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy hazratlari yozganidek, "kitob -beminnat ustoz, bilim va ma'naviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbai "

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Roziyev E. Umarov A. Mutolaa madaniyati shaxs, jamiyat, taraqqiyot /A.Navoiy nomidagi O'zbekistan MK; A.Qodiriy nomidagi Toshkent Davlat madaniyat in-ti; Mas.muharrir M.Bekmurodov.-Toshkent: Fan, 2004.

2. Yo'ldasheva S. O'qish psixologiyasi. Qo'on: ART PRESS.-2022.

3. Umarov A.O. Kovalenko A.P. Psixologiya chitatelya i chteniya. T.: Izd-biblioteki Uzbekistana im. Alishera Navoi, 2004 yil.

4. S.Kambarova. Mutolaa madaniyati va o'quvchilarning tadqiqotchilik ko'nikmalarini shakllantirish metodikasi. T.: Innovatsion-Ziyo. 2020 y.

5. Yo'ldasheva S. Kitobxon faoliyatida mutolaaning ahamiyati. "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal Volume 3. 2022 y.

6. To'Ychiyeva, S. N. M. (2022). OILADA BOLANI KITOBGA QIZIQTIRISHNING YO 'LIARI VA VOSITALARI. Oriental Art and Culture, 3(2), 367-372.

7. To'Ychiyeva, S. N. M. (2022). BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASHDA AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZLARINING ROLI. Oriental Art and Culture, 3(2), 683-689.

8. Numonovna, T. S. (2021). The Role of Books in Raising the Morale of Young People. International Journal of Culture and Modernity, 11, 25-31.

9. Yuldasheva, S. (2023). The Experience of Learning to Read from Foreign Countries. EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION, 3(10), 42-46.

10. Yo'Ldasheva, S. (2022). KITOBNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI. Oriental Art and Culture, 3(4), 413-417.

11. Yuldasheva, S. N. (2023). A Modern Approach to the Development of Reading Culture. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION, 2(5), 28-32.

12. Yuldasheva, S. (2022). Level of Studying the Psychology of Reading in Foreign Countries. Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT, 2(4), 28-36.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.