Научная статья на тему 'KITOB MUTOLASINING INSON SALOMATLIGIDAGI PSIXOLOGIK O’RNI'

KITOB MUTOLASINING INSON SALOMATLIGIDAGI PSIXOLOGIK O’RNI Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

CC BY
528
28
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Kitob / miya / rivojlanish / old miya / orqa miya / funksiya / fiziologiya.

Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы — Murotmusaev K.B., L.Rahimberdiyeva

Kitob òqish barcha davrlarda ham shaxsiy rivojlanishning,inson dunyoqarashini kengaytirishning,ma’naviy ozuqaning eng samarali yòli hisoblangan. Va bugungi globallashuv davrida ham u òz maqomini yòqotganicha yòq. Kitob òqish nafaqat insoning subyektiv fikrlarini ijobiy tarafga òzgartirish,tanqidiy fikrni rivojlantirish,sòz boyligini ta’minlaydi balki u insonning fiziologik salomatligida ham juda muhim ròl òynaydi. Ya’ni kitob mutolasi jarayonida inson organizmida ijobiy fiziologik hodisalar ròy beradi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KITOB MUTOLASINING INSON SALOMATLIGIDAGI PSIXOLOGIK O’RNI»

KITOB MUTOLASINING INSON SALOMATLIGIDAGI

PSIXOLOGIK O'RNI

Murotmusaev K.B.

O'zbekiaton Reapublikaai Oriental Universiteti "Pedogogika vaPsixologiya"kafedrasi, dotsent, t.f.n.

L.Rahimberdiyeva O'zbekiaton Reapublikaai Oriental Universiteti "Pedogogika vaPsixologiya"kafedrasi,

1-bosqich talabasi

Annotatsiya: Kitob oqish barcha davrlarda ham shaxsiy rivojlanishning,inson dunyoqarashinikengaytirishning,ma'naviyozuqaningengsamaraliyolihisoblangan. Va bugungi globallashuv davridaham u oz maqominiydqotganichayoq. Kitob oqish nafaqat insoning subyektiv fikrlarini ijobiy tarafga Ozgartirish,tanqidiy fikrni rivojlantirish,soz boyligini ta'minlaydi balki u insonning fiziologik salomatligida ham juda muhim rol Oynaydi. Ya'ni kitob mutolasi jarayonida inson organizmida ijobiy fiziologik hodisalar roy beradi.

Kalitso'zlar: Kitob,miya,rivojlanish,oldmiya,orqa miyafunksiyafiziologiya.

Har bir o'zini shaxs, inson sifatida hurmat qilgan kishi tirik ekan rivojlanishga,o'sishga harakat qiladi. Inson taraqqiyotida uning aqliy salohiyati va albatta miya faoliyati juda muhum. Nevrolog olim Cangeux ta'kidlashicha:"Agar XX asr atom hamda molekulyar biologiya asri bo'lgan bo'lsa,XXI asr shubhsiz miya tadqiqoti asri bo'ladi" Darhaqiqat bizning zamonaviy dunyomizning ilm fan vakillari shaxs rivojlanishida uni boshqaruv markazi bo'lgan miyaning ahamiyati katta ekanligiga bir necha bor amin bo'lishdi. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki,inson miyasining sog'lomligi,uni o'z vazifasini to'liq va yaxshi bajarishi uchun doimiy &imulga muhtoj. Miya qancha ko'p ishlasa u shuncha sog'lom va baquvvat boladi, aqliy mehnat- bu tanamiz uchun sport qanchalik foydali bo'lsa aqliy mehnat miyamiz uchun shunday foydali.Kitob o'qish esa bu miya uchun "eng yaxshi sport turi"desak mubolag'a bo'lmaydi.

Mutahasislarning takidlashicha kitobni ovozni chiqazib tez o'qish uni inson xotirasida yaxshi saqlanishini ta'minlar ekan.Endi mana shu jarayonni ilmiy asoslar bilan korib chiqamiz:

Inson miyasi 2 ta asosiy qismdan iborat.Bular:

1-old miya (CEREBRUM) 2-orqa miya yoki kichik miya (CEREBELLUM). Orqa miya asosan tanamizning fiziologik harakatlarini boshqarishda ishtrok etadi.Jumladan:

Muvozanat saqlsh, tana a'zolarini bir-biriga mutanosib harakatlanishini boshqaradi. Asosiy aqliy faoliyatlar old miyada amalaga oshadi. Old miya ham o'z navbatida bir necha qismlarga ajraladi. Bular:

FRONTAL LOBE - old miya tog'ayi, peshona qismga yaqin joylashgan.

PARIETAL LOBE - o'rta miya. Boshning yuqori yuza qismida joylashgan.

TEMPORAL LOBE - o'rta miyaning o&ida quloq va ko'zga yaqin joylashgan old qismdan biroz. FRONTAL LOBEning orqa tomoniga ham ulangan.

OCCIPITAL LOBE - miya Bosh chanog'ining orqa va pa&ki qismida joylashgan sohasi.

Bu to'rttala qismning ham o'ziga yarasha vazifalari bor. Masalan biz yuqorida takidlagan kitob o'qish texnikasi asosan old miyaning 3-qismida TEMPORAL LOBEda amalaga oshadi, chunki bu qism auditorial ma'lumotlarni qabul qilish va saqlash vazifasini bajaradi. Endi yuqoridagi kitobni tez va ovozni chiqarib o'qish jarayonida miyaning bu sohasi o'z vazifasini toliq bajaradi, ya'ni ham ko'rish ham eshitish orqali ma'lumotni qabul qiladi va saqlaydi. Tez o'qish esa diqqatni bir joyga jamlash uchun yordam beradi, chunki tez o'qish uchun diqqat matnga qaratilgan bo'ladi, ovoz chiqarib oqish jarayonida esa inson aynan manashu tezlikni nazorat qiladi.

Diqqatni jamlash,nazorat qilish bilan esa miyamizning FRONTAL LOBE qismi shug'ullanadi. Va yana bir muhum jihat old miyaning aynan mana shu Frontal Lobe qismi xotirada saqlab qolish funksasini ham bajaradi. Bundan tashqari miyamiz umumiy holda 2 qismga ajraladi bular o'ng va chap yarimsharlar va albatta bularning ham umumiy holda o'z vazifalari mavjud. Jumladan O'ng yarimshar ko'proq hissiy taassurotlarni qabul qilishga moil,masalan o'ng yarimsharimiz ranglarni,umumiy sifatlarni aniqlaydi,bundan tashqari bu yarimshar eshitish orqali qabul qilingan ma'lumotlarni anglash funksiasini ham bajaradi . Chap yarimshar esa aniqlik,mavjudlikga moil masalan aynan manashu -o'qish jarayoni chap yarimshar orqali amalga oshiriladi.

Sir emas-ki,tana a'zolarimizda qachon hamkorlikda biror ish bajarilsa u albatta samarali natija beradi. Oddiy kundalik ishlarini olaylik,ularni bir qo'lda bajara olmaymiz, bir oyoqda yura olmaymiz shunga ko'ra nafaqat fizologik ishlarda baki aqliy faoliyatda ham hamkor bo'lib ishlash samaraliroq. Aynan mana shu kitob o'qish texnikasida Miyamizning Frontal va Temporal lobe qismlari, o'ng va chap yarimsharlari faol hamkorlikda ishlash natijasida qabul qilayotgan ma'lumotlarimiz miyamizda yaxshi va mu&ahkam saqlanadi. Keyingi texnika esa bu-o'qigan matinni tosh oyna qarshisida o'zimizga-o'zimiz aytib berish. Ho'sh bu jarayonda bizning miyamizda qanday fiziologik,funksional holatlar yuzaga keladi. Quyida buni ko'rib chiqamiz.

Tasavvur qiling tosh oyna qar shi sidasiz oynada o' z aksingizni ko 'rasiz, ko' zlaringizga qaraysiz va matinni gapirishni boshlaysiz. Bu holatda sizni kimdir eshitayotganini his qila olasiz, garchand u o'z aksingiz bo'lsa ham. Va bu holatda siz o'zingizni hatti-harakatlaringizni avtomatik tarzda boshqarishga tuzatishga harakat qilasiz. Aynan shu jarayonda odamda turli hissiyotlar paydo bo'la boshlaydi, jumladan:mas'uliyat, hayajon kabi hissiyotlar paydo boladi. Qabul qilingan ma'lumotlarga hissiyotlar qo'shilishi natijasida ma'lumotlar inson miyasida yaxshiroq joylashadi. Vaqti kelib mana shu bilimlardan foydalanish kerak bo'lganda,miyaga bu saqlangan habarlarni eslash kerakligi haqida signal borganda ana shu yuqorida aytib o'tilgan hissiyotlar o'sha ma'lumotlar bilan qayta jonlanadi va uni eslash osson,tez va emotsalar bilan aks eta boshlaydi. Hissiyotlar va qabul qilinayotgan, o'qilayotgan, eshitilayotgan ma'lumotlarni, xabarlarni birikuvi natijasida ular xotirada mu&ahkam saqlanishi haqida Michael J. Formicaning 2008-yildagi «Wisdom» nomli maqolasida, qachonki biz qabul qilgan ma'lumotlarni hissiyotlar bilan birga anglasak ana shunda bu bilimlar harakatlarimizga ko'chadi va bizni hayotimizni o'zgartiruvchi motivlarga aylana olishi yoritilgan.

Bundan tashqari o'qib o'rganilgan ma'lumotlarni boshqa odamga o'rgatish ham samarali yo'l, bunda albatta egallangan bilimlar takrorlanadi. Chunki, eshituvchiga tushunish oson bo'lishi uchun turli misollar keltirishga harakat qilishimiz natijasida ham ma'lumotlar xotiramizda mu^ahkamlanadi.Inson miyasida uzoq muddatli va qisqa muddatli xotiralar mavjud. Qabul qilgan ma'lumotlarimizni muhum sanashimiz,yoki ularga nisbatan munosabatimizga qarab ular miyamizda uzoq va qisqa muddatli xotira bo'lib saqlanadi. Masalan biror darslikni faqatgina baho olish uchun o'qigan talaba dars jarayonida o'qiganlarini u^oziga aytib beradi, vazifani topshiradi keyin esa bu bilimlarni unutadi. Chunki bu bilimlar miyaga qabul qilinish jaryonida ular faqatgina baho olish uchun qabul qilinayotgani haqida signal miyaga yetkazilgan boladi va bu ma'lumotlar miyada qisqa muddatli xotira bolib saqlangan boladi, yoki biror tanishimizning telefon raqami, ularni mobil telefonlarimizga saqlagunimizcha yodimizda turadi, saqlab bolganimizdan keyin esa ma'lumot o'z-o'zidan xotiramizdan o'chadi, chunki bu raqamlarni eslab qolayotganimizda ularni faqatgina telefonimizga saqlagunimicha kerakligini ongimizga singdirganmiz. Ammo mana shu qisqa muddatli, maqsadli ma'lumotlarni doimiy tarzda takrorlash ular haqida taffakur qilishimiz, ular miyamizda qayta-qayta jonlanishi natijasida qisqa mudatli xotiradan uzoq muddatli xotiraga aylanishi mumkin. Quyida buning fiziologik jarayonini korishimiz mumkin.

Miya eshitgan ma'lumotlarni 30 sekundgacha saqlaydi,agar ma'lumot masalan raqamlarni eslab qolish uchun o'qigandan so'ng birinchi 30 sekunddan so'ng ham takrorlash zarur. Bunda qisqa muddatli xotiralar, uzoq muddatli xotiraga aylanishi mumkin.

Xotira konsolidatsiyasining(mu^ahkamlanishining) uyali va molekulyar qismlari odatda o'rganishning da^labki daqiqalari yoki soatlarida sodir bo'ladi va neyronlar (asab hujayralari) yoki neyronlar to'plamidagi o'zgarishlarga olib keladi.

Hujayra darajasida xotira bu - neyronlarning tuzilishi va funktsiyalaridagi o'zgarishlar sifatida ifodalanadi. Masalan, yangi sinapslar - ular orqali ma'lumot almashadigan neyronlar o'rtasidagi aloqalar - neyronlarning yangi tarmoqlari o'rtasidagi aloqani ta'minlash uchun shakllanishi mumkin. Shu bilan bir qatorda, ikkita neyron o'rtasidagi aloqada sezgirlikni oshirish uchun mavjud sinapslarni kuchaytirish mumkin. Bunday sinaptik o'zgarishlarni mu^ahkamlash hipokampusda yangi RNK va oqsillarni sintez qilishni talab qiladi, bu sinaptik uzatishdagi vaqtinchalik o'zgarishlarni sinaptik arxitekturaning doimiy modifikatsiyasiga(takomillashuviga) aylantiradi. Vaqt o'tishi bilan miyaning umumiy tizimlari ham o'zgaradi. Da^lab, gipokampus yangi xotiralarni shakllantirish uchun neokorteksda (miyaning eng tashqi qatlami) taqsimlangan sensorli ishlov beruvchi hududlar bilan birgalikda ishlaydi. Neokorteks ichida hayotimizdagi hodisani tashkil etuvchi elementlarning tasvirlari ularning mazmuniga ko'ra miyaning bir nechta mintaqalarida taqsimlanadi. Misol uchun, vizual ma'lumot miyaning orqa qismidagi oksipital lobdagi birlamchi ko'rish korteksi tomonidan qayta ishlanadi, eshitish ma'lumotlari esa miyaning yon tomonlaridagi temporal loblarda joylashgan birlamchi eshitish qobig'i tomonidan qayta ishlanadi.

Xotira birinchi marta paydo bo'lganda, gippokampus bu taqsimlangan ma'lumotni tezda bitta xotiraga birlashtiradi va shu bilan hissiy ishlov berish mintaqalarida asosiy

funksani bajaradi. Umumiy qilib aytganda inson miyasi qabul qilgan ma'lumotlarni avvalo miya korteksida ya'ni u^ki parda qismida aks etirradi. Sensorli xotiraga aylanadi, keyin esa mana shu ma'lumotlar takrorlanishi,ularning u^ida fikr yuritishishi natij asida miayning qolgan qismlari ham harakatga keladi va ular kompleks bo'lib hamkorlikda mana shu ma'lumotlarni, bilimlarni miyaga kodlashadi,ya'ni saqlashadi. Bu yangi egallangan bilimlar esa miyaning yuzasida mayda chuqurliklar (wrinkle) ko'rinishini hosil qiladi. Qisqacah qilib aytganda miyada o'nqir- cho'nqirliklar hosil bo'ladi. Shuning uchun ham inson miyasi yong'oqqa o'xshaydi ya'ni yong'oq kabi o'nqir-cho'nqirliklardan tashkil topgan. Ammo bu kabi chuqurliklarni hayvonlarning masalan sichqon miyasida uchratish mumkin emas chunki ularda tafakkur,xotira kabi miyaning yuqori darajali funksional imkoniyatlari mavjud emas. Ular shartli va shartsiz reflekslar hisobiga harakatlanib yashashadi. Shuning uchun ham aynan mana shu o'nqir-cho'nqirliklar insoning intelektual darajasini belgilaydi. Kitob mutolasi esa bunday yangi chuqurliklarni(wrinkle) miya yuzasida paydo bo'lishi uchun eng yaxshi usuldir.

Bundan tashqari kitob mutolasi insonga turli depression holatlardan tezda chiqib ketishga yordam beradi.Kishi hayotida uchragan u uchun yoqimsiz va uni behalovat qiladigan barcha narsalarni o'zi uchun muammo,qiyinchilik va to'siq o'laroq ko'radi. Ammo psixologiyada ayni muammoli muhitdan chetga chiqib,ya'ni qaysidir man'noda o'z chegarasidan tashqariga o'tib holatni tashqaridan kuzatish eng yaxshi yechimdir. Inson o'z chegarsidan,doirasidan chiqshi uchun aqli,hayollari,diqqati boshqa tarafga,boshqa mavzularga qaratilishi kerak,kitob mutolasi jarayonida inson o'zining shaxsiy muammolari,shaxsiy hayotidan chiqib mutlaqo boshqa olamga tushib qoladi. Kitob qahramonlari bilan birga yashaydi,hayotning turli jabhalarini o'rganadi,va qarabsizki o'zining hayotidagi muammolari unga arzimasdek ko'rinadi.Natijada hayotga rozilik ko'zi ila boqadi bu esa unga baxtli yashash imkonini beradi.Shu sababli ham kitob mutolasidan tibbiyotda ham keng foydalanilib kelinmoqda.Boshqacha aytadigan bo'lsak,mutola psixoterapiyada yangi teropevtik yo'nalishga asos soldi desak mubolag'a bo'lmaydi,ya'ni-Biblioteropiya. XIX asrning o'rtalariga kelib, Minson Galt II ruhiy muassasalarda biblioterapiyadan foydalanish haqida yozgan va 1900-yilga kelib kutubxonalar Yevropa psixiatriya muassasalarining muhim qismi edi. Biblioterapiya atamasi - Samuel Makkord Kroters tomonidan 1916-yil avgu^dagi "Atlantic Monthly" maqolasida kiritilganidan so'ng, u oxir-oqibat tibbiy leksikonga kirib bordi.Bundan avvalroq 1272-yilda Qohiradagi Al-Mansur kasalxonasida davolanish uchun Qur'on o'qish buyurilgan. Ruhiy kasallik yoki hissiy bezovtalik bilan og'rigan bemorlarning tiklanishini osonlashtirish uchun mo'ljallangan rejalashtirilgan o'qish da^urida mazmuni asosida tanlangan kitoblardan foydalanish jarayoni ideal holda, uch bosqichda sodir bo'ladi: tavsiya etilgan asarda ma'lum bir xarakterga ega bo'lgan o'quvchining shaxsiy identifikatsiyasi, natijada psixologik katarsis paydo bo'ladi, bu esa matnda taklif qilingan yechimning o'quvchining o'z tajribasiga mosligini oqilona tushunishga olib keladi. Tarafdorlarning fikriga ko'ra, hikoya shakli tinglovchiga mavzu bo'yicha ma'ruza o'qish yoki to'g'ridan-to'g'ri murojaat qilish o'rniga, xayoliy sayohatga chiqishga imkon beradigan shifo vositasini taklif qiladi.Chunki bu holatda ular o'zini erkin his etishadi hamda bor qayg'ularini, dardlarini xayolan his etishadi. Bunda ularga o'z-

o'zini davolashda biblioterapiya bevosita yordam beradi.Hozirda bir guruh shifokorlar, professorlar, rassomlar va bioetiklar Grafik Tibbiyot veb-saytini boshqaradilar va sog'liqni saqlashda grafik romanlar va komikslardan foydalanishni muhokama qilish uchun yillik konferensiyani o'tkazadilar.

Islom olamining yirik ulamolaridan biri bo'lgan Shayh Muhammad Sodiq Muhammmad Yusuf rahmatullohi alayhi -"Doimiy kitob mutola qiluvchi insonlar,ming yillab yashashi mumkin"-degan go'zal fikrni aytganlarida naqadar haq edilar.Tabiiyki "Qanday qilib bir inson ming yil yashashi mumkin?" degan savol tug'iladi.Bitta kitobni yozish uchun muallif bu kitobga umrining balki ellik balki oltmish balki butun umrini bag'ishlagan bo'lishi,tinimsiz tadqiqotlar kuzatuvlar olib borgan bo'lishi mukin,hatto bu haqiqat.Endi bitta kitobni o'quvchi inson bu bilimlarni uzog'I bir oyda o'ragnib oladi,ya'ni kitobni uzog'I bir oyda o'qib tugatadi, yiliga o'n ikta kitob,o'n ikta kitob uchun mualliflar o'rtacha o'n,o'n besh yil sarfalganda ham umumiy bir yuz yigirma yoki bir yuz sakson yil yashashi mumkin.Bu yuqoridagi fikrning yaqqol dalili bo'la oladi.

Demak xulosa o'rnida aytishimiz mumkin-ki,bugungi kunda juda ommabop bo'lgan "shaxsiy rivojlanish"atamasini kitobsiz tasavvur etib bo'lmaydi.Kitob nafaqat aqliy,psixik balki jismoniy sog'lig'imiz,vujudimiz salomatligi uchun ham juda foydalidir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. «Psixofiziologiya» B.S.Abdullayeva,G.A.Yakubova.

2. www.memorylos^e^.com

3. https://www.spinalcord.com

OSMIRLARDAGI KASBIY OZLIGINI ANGLASHIDAGI XAVOTIRLANISHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Otamuratov R.U.,

O'zbeki&on milliy universiteti Jizzaxfiliali, "Oilapsixologiya"si o'qituvchisi

Annotatsiya. Maqolada o'smirlardagi kasbiy o'zligini anglash jarayonida paydo bo'luvchi xavotirlanishning psixologik xususiyatlarini kelib chiqishi va jarayonni o'rgangan olimlar nazariyalari masalalari ham keng yoritilgan.

Аннотация. В статье также широко освещаются вопросы происхождения психологических особенностей тревожности, возникающих в процессе реализации профессиональной идентичности подростков, и теории ученых, изучавших этот процесс.

Annotasion. In the article, the issues ofthe origin ofthe psychological characteri&ics of anxiety arising in the process of realizing the professional identity of adolescents and the theories of scientiüs who have tiudied the process are also widely covered.

Tayanch iboralar. Ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik, madaniy, empatiya, fru&ratsiya, shaxsiy ko'nikma, ijtimoiy ko'nikma, shaxslararo munosabatlar, fobiya, rigid,

- 49 -

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.