Научная статья на тему 'BERUNIYNING JAMIYAT TARAQQIYOTIGA QO‘SHGAN ULKAN HISSASI'

BERUNIYNING JAMIYAT TARAQQIYOTIGA QO‘SHGAN ULKAN HISSASI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

70
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Beruniy ijtimoiy hayot o‗ziga xos ―shartnoma‖ asosida tuzilishini e‘tirof etgan
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BERUNIYNING JAMIYAT TARAQQIYOTIGA QO‘SHGAN ULKAN HISSASI»

Tashkent Medical Academy

The significance of the scientific, cultural

heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in

BERUNIYNING JAMIYAT TARAQQIYOTIGA QO'SHGAN ULKAN

HISSASI

N. S. Matxoshimov

Central Asian Medical University tibbiyot universiteti

ANNOTATSIYA

Beruniy ijtimoiy hayot o'ziga xos "shartnoma" asosida tuzilishini e'tirof etgan.

Kalit so'zlar: Tabiatan, Hindiston, do'st, inoq, ittifoq.

Beruniy jamiyatni boshqarishda jamiyat podshohga xizmat qilmay, podshoh jamiyatga xizmat qilshshi kerakligini tushungan. Uning ta'kidlashicha, "Idora qilish va boshqarishning mohiyati balki boshliq zolimlardan aziyat chekkanlarning huquqlarini himoya qilish, birovlarning tinchligi yo'lida o'z tinchligini yo'qotishdir. Bu ularning oilasini, ularning hayoti va mol-mulkini himolya qilish va qo'riqlash yo'lida badan charchashidan iborat".

Buyuk olim Beruniy o'zining "Hindiston" asarida musulmonlar bilan hindlarning urf-odatlari o'rtasidagi farqlarni tahlil qilib, ular geografik sharoitlarga bog'liq degan fikrni ilgari surdi, geografik omilning rolini tahlil qilishni davom ettirib, hatto tillarning turlichaligi ham geografik sharoitlarga bog'liq deb qaradi. "Tillarning turlicha bo'lishiga sabab odamlarning guruhlarga ajralib ketishi, bir-birlaridan uzoq turishi"dir.

Beruniy ijtimoiy hayot o'ziga xos "shartnoma" asosida tuzilishini e'tirof etadi: "Inson o'z ehtiyojlarini tushunib, o'ziga o'xshash kishilar bilan birga yashashning zarurligini anglay boshlaydi. SHuning uchun o'zaro kelishuvchanlik qabilidagi "shartnoma" tuzishga kirishadi. Odamlarning birgaliqdagi turmushi insonni haqiqiy qudratga, uning ehtiyojlarini qondirishga olib kelmaydi, buning uchun yana mehnat qilish ham zarurdir" Bu fikrni davom ettirib, "insonning qadr-qimmati o'z vazifasini a'lo darajada bajarishdan iborat: shuning uchun insonning eng asosiy vazifasi va o'rni mehnat bilan belgilanadi, inson o'z xohishiga mehnat tufayli erishadi", deb yozgan edi u.

Tabiatan boshqarishga moyil bo'lgan hokim o'z fikri va qarorlarida qat'iy bo'lishi kerak, o'z ishlarini amalga oshirishda faylasuflarning qonunlariga, Alekssandr Makedonskiy Aristotelning falsafiy donishmandligiga amal qilganidek, bo'ysunishlik lozim: shohning o'zi ham «yaratuvchanlik "ongiga" ega bo'lmog'i, ayniqsa, dehqonlar

December 16

https://tma.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

Tashkent Medical Academy

The significance of the scientific, cultural

heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in

to'g'risida ko'proq g'am yeyishi kerak. "Podshohlik dehqonchiliksiz yashay olmaydi", dedi Beruniy. Beruniyda shunday fikrlar bor: "odil hokimning asosiy vazifasi oliy va past tabaqalar, kuchlilar va kuchsizlar orasida tenglik, adolat o'rnatishdan iboratdir".

Beruniy o'rta asr sharoitida haqiqiy ilmiy tabiatshunoslikka asos soldi, uning turli sohalarshda o'z davri uchun taajjubga soluvchi shunday fikr va ilmiy farazlarni olg'a surdiki, ular bir necha asrlardan so'ng Ovro'po ilmida o'z isbotini topdi. Beruniy O'rta asr sharoitida haqiqiy tajribaga, kuzatish, eksperimentga asoslanuvchi aniq ilmiy tafakkurni boshlab beruvchilardandir.

Beruniy filologiya sohasida ham qalam tebratib, mumtoz arab she'riyati, hind she'riyati tuzilishiga oid tadqiqotlar, Eron folklori namunalarining arab tiliga tarjimalarini yaratdi. Beruniy mamlakat ravnaqi fan ravnaqi bilan uzviy bog'liq deb bildi. "Har bir olim o'z muhokamasida amalshyotga asoslaninsh, o'z tadqiqotida aniq bo'lishi, to'xtovsiz mehnat qilishi, xatolarini qidirib tuzatishi, ilmda haqiqat uchun har xil uydurma, yuzakichilikka qarshi kurash olib borishi zarur", degan edi.

U xalqlar do'st, inoq, ittifoq bo'lib yashashi uchun kurashib, insoniyatga, u yaratgan fan va madaniyatga qirg'in keltiruvchi urushlarni qattiq qoraladi. Olim o'zining "Hindiston" asarida "xalqlar o'rtasida tortishish va talashish ko'p", deb afsuslanib yozgan edi. Uning Hindistonda olib borgan keng ilmiy-tadqiqot ishlari xalqlar o'rtasidagi do'stlik, o'zaro hamkorlik va madaniy munosabatlarni mustahkamlashga qaratilgan edi. Bundan ko'rinib turibdiki, Beruniy madaniy hamkorlik va ilm-ma'rifatning keng tarqalishiga katta e'tibor berdi.

Beruniyning asarlari musulmon SHarqi madaniyatining so'nggi rivojlanishiga katta ta'sir ko'rsatdi. So'nggi asarlarda arab va fors tillarida yozilgan Bayhaqiy, SHaxrizo'riy, Qiftiy, Yoqut Hamaviy asarlarida Beruniy haqida muhim ma'lumotlar keltiriladi. XIII asrda yashagan suriyalik tarixchi va tabib Xristian Ioanni Barerey (1226—1286) Beruniyga shunday baho beradi: "O'sha o'tgan yillarda yunon va hind falsafasi dengizini kechib o'tgan Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy o'tmish ilmlarida shuhrat qozondi. U matematika ilmlarida mutaxassis bo'lib, bu sohada qator muhim kitoblar yaratdi. Hindistonga borib, u yerda bir necha yil yashadi, hind faylasuflaridan ularning san'atini o'rgandi va ularga yunon falsafasini o'rgatdi. Uning asarlari nihoyatda ko'p, yetuk va nihoyatda ishonchlidir. Bir so'z bilan aytganda, o'z davrida, undan so'ng va hozirga qadar hamkasblari orasida astronomiya ilmida bunday bilimdon va bu ilmning asosini hamda nozik tomonlarini chuqur biladigan olim bo'lmagan". Beruniy haqidagi oliy baho va tavsiflar Tabriziy, Suyutiy, Qazviniy, Tusiy,

https://tma.uz/

December 16 Republican Scientific and Practical Conference

41

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science_

taraqqiyotidagi o'rni

'.qqtyottüa^

Muhammad ibn Mansur al-Allomiy, al-Xurosoniy kabilaming asarlarida ham keltiriladi.

XIX asrdan boshlab Ovro'po va Osiyo mamlakatlarida Beruniy merosi bilan qiziqish yanada keng tus oldi. Uning asarlari lotin, frantsuz, italyan, nemis, ingliz, fors, turk tillariga tarjima etila boshlandi. Beruniy asarlariga bag'ishlangan ovro'polik olimlar J. Reno, E. Zaxau, G. Zuter, E. Videman, K. Nallino, J. Sarton, R. Rayt, M. Meyerxof, osiyo olimlari S. X. Nasr, M. Kozim, S. Baraniy, M. Nizamuddin, SH. Yaltkay kabilarning kitoblari, tarjimalari nashr etildi. Bu tadqiqotchilar Beruniy ijodiga juda yuqori baho berdilar. Amerikalik tarixchi olim J. Sarton Beruniyning merosiga eng oliy baho berish bilan birga, uning o'z davrining jahondagi birinchi donishmandi deb baholaydi. Atoqli sharqshunos V. R. Rozen esa, unga ilmiy qarashlari taajjub qolarli darajada kengligi, uning hozirgi ma'nodagi haqiqiy fanning ruhiga ega ekanligini qayd etadi.

Beruniy o'z davrining farzandi sifatida davlat tuzumining qonun-qoidalarini yoqladi. Ammo shu bilan birga hukmdorga aql va adolat xos bo'lishi kerak, degan fikrga keladi. SHuningdek, axloqiy me'yorlarga zid xatti-harakatlarni qoralaydi. U hukmdorlar bo'lishi zarurligini ham, hokimiyatning merosiylik tamoyilini ham, xususiy mulkning, shu jumladan, yer mulkchiligining muqarrarligini ham tan olgan. Biroq Beruniyning fikricha, hukmdor zarur sifatlarga, ya'ni adolatga va aqlga ega bo'lishi zarur.

Beruniyning ijtimoiy qarashlarining qiziqarli tomoni shundaki, u dastavval qomusiy olim sifatida ilmiy-tadqiqot usullarini ishlab chiqishga intildi. Bu usullarning asosiy xususiyati o'rganilayotgan hodisalarga tajribaviy, ratsional yondashish bo'lib, uning eng muhim talabi - og'ishmay haqiqatga intilishdan iboratdir.

https://tma.uz/

Republican Scientific and Practical Conferena

December 16

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.