Научная статья на тему 'BENAZIR (GULCHEHRA ZOKIROVA) SHE’RLARINING AYRIM LINGVOPOETIK XUSUSIYATLARI TAHLILI'

BENAZIR (GULCHEHRA ZOKIROVA) SHE’RLARINING AYRIM LINGVOPOETIK XUSUSIYATLARI TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
antonimlik / o’xshatish / metafora / ma’no ko’chishi / lingvopoetika / badiiylik.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Asqaraliyeva Dilshoda, Nozima Qozoqova

Ushbu maqolada Benazir taxallusi bilan qalam tebratayotgan Gulchehra Zokirova she’riyatidagi ayrim lingvopoetik xususiyatlar yoritib beriladi. Adabiyotda har bir shoir yoki yozuvchining o’ziga yarasha ijod yo’li, tili va uslubi mavjud. Benazir shoiraning uslubi ham, tili ham barchaga birdek tushunarli va betakror. She’rlaridagi ajib o’xshatish, jonlantirish, qarshilantirish kabi xususiyatlar o’quvchini o’ziga tortadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BENAZIR (GULCHEHRA ZOKIROVA) SHE’RLARINING AYRIM LINGVOPOETIK XUSUSIYATLARI TAHLILI»

BENAZIR (GULCHEHRA ZOKIROVA) SHE'RLARINING AYRIM LINGVOPOETIK XUSUSIYATLARI TAHLILI

Asqaraliyeva Dilshoda Hojiakbar qizi

Namangan davlat universiteti talabasi Ilmiy rahbar: Nozima Qozoqova

Annotatsiya: Ushbu maqolada Benazir taxallusi bilan qalam tebratayotgan Gulchehra Zokirova she'riyatidagi ayrim lingvopoetik xususiyatlar yoritib beriladi. Adabiyotda har bir shoir yoki yozuvchining o'ziga yarasha ijod yo'li, tili va uslubi mavjud. Benazir shoiraning uslubi ham, tili ham barchaga birdek tushunarli va betakror. She'rlaridagi ajib o'xshatish, jonlantirish, qarshilantirish kabi xususiyatlar o'quvchini o'ziga tortadi.

Kalit so'zlar: antonimlik, o'xshatish, metafora, ma'no ko'chishi, lingvopoetika, badiiylik.

Аннотация: В данной статье будут освещены некоторые лингвопоэтические особенности поэзии Гульчехры Закировой, писавшей под псевдонимом Беназир. В литературе каждый поэт или писатель имеет свой творческий путь, язык и стиль. И стиль, и язык поэтессы Беназир одинаково понятны и неповторимы каждому. Странные сравнения, оживление, контрасты в его стихах привлекают читателя.

Ключевые слова: антонимия, сравнение, метафора, передача смысла, лингвопоэтика, художественность.

Annotation: In this article, some linguopoetic features of the poetry of Gulchehra Zakirova, who penned under the pen name Benazir, will be highlighted. In literature, every poet or writer has his own creative way, language and style. Both the style and the language of the poetess Benazir are equally understandable and unique to everyone. Strange similes, animating, contrasts in his poems attract the reader.

Key words: antonymy, simile, metaphor, transfer of meaning, linguopoetics, artistry.

Hozirgi zamonaviy o'zbek adabiyotining nazm yo'nalishida "Benazir" taxallusi ostida ijod qilayotgan Gulchehra Zokirova she'riyatiga to'xtaladigan bo'lsak, shoiraning betakror uslubi, so'z qo'llash mahoratiga alohida ta'kidlash lozim. Bilamizki, XXI asr she'riyatining bir qator o'ziga yarasha betakror xususiyatlari mavjud. Shoira she'riyatida ham ayni xususiyatlar yaqqol namoyon bo'ladi. Jumladan, shoira she'rlarida antonym so'zlardan badiiy tasvir yaratishda unumli foydalaniladi. Xususan, shoiraning "Ne uchun yaratding Allohim mani?" nomli she'ri boshdan oyoq antonym so'zlarni qo'llashga asoslangan: Birovning kulfati - birovning baxti, Birovning ulfati birovga g'anim. Birovning zavoli - birovning taxti, Ne uchun yaratding Allohim mani?

Ushbu misralarda "kulfat" so'ziga "baxt" so'zini qarshilantirish orqali shoira antonimlik hosil qilgan. Bilamizki, insonning boshiga biror kulfat tushsagina g'amgin holat yuzaga keladi. Baxt qushi qo'nsa esa xursandchiligidan ko'ngli ko'tariladi. Shoira ham xuddi shu narsani nazarda tutgan. Kimningdir shodligi, kimgadir g'amginlik olib kelishi mumkin. Birinchi misradagi "kulfat" so'ziga mos ravishda keyingi misrada "ulfat" so'zi qo'llanilgan. "Ulfat" esa do'st, birodar, o'rtoq so'zlari bilan sinonimlik hosil qiladi. Va bu so'zga qarama-qarshi ravishda "g'anim" ya'ni dushman so'zi mahorat bilan foydalanilgan. Endi esa uchinchi misrada ishlatilgan "zavol" so'ziga to'xtaladigan bo'lsak, l.kunning ikkinchi yarmi, kun oqqan payt bilan kun botar payt oralig'i; 2.ko'chma ma'noda-yo'q bo'lish, mahv bo'lish, o'lim; 3.ko'chma ma'noda-ofat, kushanda kabi ma'nolari mavjud. Shoira bu yerda yashirin shakily ma'no yuzaga keltirgan. Ya'ni shoira birinchi misrada "kulfat", ikkinchi misrada "ulfat", uchinchi misrada esa "ofat" so'zlarini qofiyalamoqchi. Mening yaralganim kimning yo'qligi, Kimning g'alabasi mening xatoyim. Kimning faqirligi mening to'qligim, Ne uchun dunyoga keldim Xudoyim?

Yuqoridagi misralarni tahlil qiladigan bo'lsak, yaralish bilan yo'q bo'lish, g'alaba va xato, faqirlik va to'qlik singari so'zlar orqali zidlantirish yuzaga kelgan. Uchinchi misradagi "faqir" so'zining ma'nolariga to'xtaladigan bo'lsak, 1) moddiy jihatdan nochor, kambag'al, qashshoq, muhtoj; 2) nochor, bechora, chorasiz; 3) ko'chma ma'noda: birinchi shaxs o'rnida yoki "men", "biz" olmoshlari bilan birlikda ishlatilib, so'zlovchining kamtarlik qilayotganini bildiradi. Darhaqiqat, yuqorida "faqir" so'zi moddiy jihatdan nochor ma'nosida qo'llamgan. Mening muhabbatim kimning nafrati, Mening quvonganim kimning ozori. Kimning ojizligi mening qudratim, Ne uchun yaraldim Parvardigorim?

Ushbu misralarda ham xuddi yuqoridagidek antonimlik hosil qilingan. Muhabbat va nafrat, quvonch va ozor, ojizlik hamda qudrat kabi so'zlar qarshilantirilgan. Xulosa qilib aytilganda, shoiraning ushbu she'ri boshidan oxirigacha antonimlik asosida yaratilgan. Ushbu jihat ko'p shoirlarda uchramaydigan noyob, o'ziga xos jihat desak, mubolag'a bo'lmaydi. Yana shuni alohida ta'kidlab o'tish joizki, shoiraning ushbu she'rining har so'nggi misrasida undalma va ritorik so'roq gapdan mahorat bilan foydalanilgan.

Shoira she'rlarida metafora, antonimlik va ma'no ko'chishlari kabilarni uchratishimiz mumkin. Quyida o'xshatishlarga misol keltiramiz. Osmonlarga qo'limni cho'zdim, Yulduzlarni benarvon uzdim. Sarboni yo'q karvonday to'zdim, Biyday cho'llaringda adashdim.

Ushbu misralarda shoira betakror, boshqa ijodkorlarda uchramaydigan o'xshatishlardan foydalanadi. She'rda lirik qahramonning orzusi shu qadar ko'pki, u osmonni ko'zlash va yulduzlarni-da ushlash qobiiyatiga ega. Yana lirik qahramon yulduzni benarvon uzadi, ya'ni u birovlarning yordamisiz o'z orzulariga erishadi. Sarbon so'zining ma'nolariga to'xtaladigan bo'lsak, 1) karvonboshi; tuyakash. 2) yo'lboshchi, rahnamo. Ushbu misralarda lirik qahramonga yo'l ko'rsatuvchi, dalda

beruvchi hech kim yo'qligi va shuning uchun tuya kabi cho'l-u biyobonda tentiraganligi mahorat bilan tasvirlangan. Darhaqiqat, shoira o'zining kechinmalarini she'rga ko'chiradi.

Ikkimiz eng go'zal qo'shiqmiz, Nazmimga navoday keraksiz. Men sizga, siz menga oshiqmiz, Siz menga ma'voday keraksiz.

Yuqoridagi misrada ham ajoyib o'xshatish mavjud. Lirik qahramon yorini o'zi bilan tenglashtirmoqchi, ya'ni navosiz nazm, nazmsiz navo bo'lmagani kabi lirik qahramonsiz yori, yorisiz lirik qahramon mavjud emas. Keying misradagi "ma'vo" so'ziga to'xtaladigan bo'lsak, 1) boshpana, turar joy, makon, 2) manzil. Shoira betakror o'xshatishdan foyadalangan. Lirik qahramon uchun uning yori xuddi boshpanasi singari unga zarurdir. Inson boshpanasiz yasholmagani kabi, lirik qahramon ham yorisiz, umr yo'ldoshisiz yashomaydi. Nigohingiz tong kabi ma'sum, Ko'zlaringiz dengizdek moviy, Bir shirin so'z, bitta tabassum, Sizga muhabbatim samoviy.

Tongning musaffoligi, tong otishi, uning oqligi singari o'xshatishlar boshqa shoir, yozuvchilarda uchratishimiz mumkin, lekin uni "begunoh, ma'sum, pok" kabi o'xshatmalar bilan hech kim tasvirlamagan. Shoira buni mahorat bian o'quvchiga yetkaza oldi. Nigohning tong kabi pokligi, begunohlgi hamda ko'zning dengizdek moviy rangda ekanligi mahorat bilan ifodalangan.

Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, XXI asr she'riyatida o'zining alohida takrorlanmas o'rni va mavqeyiga ega Benazir shoira she'rlarida badiiy san'atlardan mohirona foydalangan. Xususan, antonimlik hamda o'xshatishlar ko'p uchraydi. Betakror so'z boyligi bilan shoira boshqa shoir va yozuvchilardan farq qiladi. Uning she'rlari o'quvchi tiliga hamda diliga juda yaqin va yoqimlidir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. Abdupattoyev M. O'zbek tilining poetik sintaksisi. - Farg'ona, 2021.

2. Benazir. Ishq kalimasi. - Namangan, 2018.

3. Karimov O. Abdulla Oripov she'riyatida metaforik obrazlar. - Toshkent: "Akademnashr", 2014.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.